Sharq olimlari nutq madaniyati va notqilik to‘g‘risida
Yuklangan vaqt
2024-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
29,4 KB
Sharq olimlari nutq madaniyati va notqilik to‘g‘risida
Mavzu rejasi:
1. Sharqda notiqlik san'ati.
2. Sharqda voizlar oldidagi talablar.
3. Sharqning mashhur notiqlari. Tаniqli vоizlаr: Kоshifiy, Mеhnаgiy, Kaykovus,
Riyoziy hayoti va faoliyati.
4. Nаvоiyning nоtiqlik vа nutq mаdаniyatigа оid аsаrlаri, fikrlari.
Hozirda nutq madaniyati, nutq odobi deb yuritilayotgan nuqtai nazarlar qadimda
yashab o‘tgan ajdodlarimizning tafakkuri mevasidir. Buning yorqin namunalari
yozma manbalarda, xalq udumlarida saqlanib, bizgacha yetib kelgan: xalq og‘zaki
tilidagi, lahja va shevalardagi til va nutqqa oid fikrlar; qadimiy yozma obidalar
(toshbitiklardagi matnlar, tarixiy memuarlar, mumtoz adabiyot asarlari va
boshqalar); xalq og‘zaki ijodi asarlari – doston va ertaklar, maqol va matallar;
qadimdan turli shakllarda saqlanib bizgacha yetgan mifologik asarlar – afsonalar,
latifalar, miflar; “Ibratli hikoyalar”, “Hikmatlar” nomi bilan bizgacha yetib kelgan
yozma asarlar shular jumlasidandir.
Eng qadimgi yozma obidamiz “Avesto”da til, nutq, nutq odobi, tilga munosabat,
tilni ulug‘lashga oid fikrlar ham mavjud. Unda aytilishicha, o‘sha davr dini va
ma’naviyati asosini e’tiqod, ezgu niyat, ezgu so‘z va ezgu amal tushunchalari tashkil
qilgan712. Keltirilgan ezgu so‘z tushunchasi xalq uchun foydali bo‘lgan fikrni
ifodalagan, uni nutq odobi va madaniyatiga amal qilgan nutq hamda kishilarga
manfaat keltiruvchi va ta’sir etuvchi, qolaversa, ularni tarbiyalovchi vosita, so‘z deb
tushunmoq kerak. Bu fikrni ba’zi o‘rinlarda ezgu so‘z o‘rnida ezgu kalom, ezgu fikr,
muqaddas so‘z kabilar ifodalashida ham ko‘rish mumkin.
Qadimiy turkiy yozma yodgorliklaridan “Kul Tegin yodgorligi”dagi kichik
yozuvda tabg‘achlarning chuchuk so‘z ekanligi haqida gapiriladi va ular o‘zining
shirin muomalasi bilan yiroq ellarni o‘ziga yaqinlashtirishi ta’kidlanadi:
Tabg‘ach budun so‘zi chuchuk,
Og‘izi yumshoq ermish.
Suchuk so‘zi, yumshoq qiliq(la) avrab,
Yiroq budunni ancha yaqinlatar ermish.
Shu bilan birga, ushbu yodgorlikda kishining, ayniqsa, dushmanning shirin tiliga
ishonib aldanish kerakmasligi ham aytiladi:
Chuchuk so‘ziga, yumshoq qilig‘iga aldanib,
Ko‘p, turk buduni, o‘lding.
Demak, bizning ajdodlarimiz VI-VII asrlardayoq shirin, yoqimli tilni ulug‘lagan,
yolg‘on va qo‘pol tilni qoralagan.
Sharqda, jumladan, Movarounnahrda badiiy, ilmiy ijodning taraqqiyoti,
shuningdek, va’zxonlik, “Qur’on”ni targ‘ib qilish bilan mushtarak holda so‘zning
ahamiyati, ma’nosi va undan maqsadga muvofiq foydalanish borasida qadimdan
ko‘p yaxshi ilmiy va nazariy qoidalar aytilgan. Va’zxonlik ( so‘zga chechanlik,
notiqlik) san’atining uslubi barobarida nutq oldiga qo‘yilgan talablar zamonga mos
holda shakllantirib borildi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr
Farobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Koshg‘ariy, Zamaxshariy,
Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug‘
siymolar nutq odobi masalalariga, umuman, nutqqa jiddiy e’tibor berishga da’vat
etish bilan birga tilga, lug‘atga, grammatika va mantiq, tilshunoslikka bag‘ishlangan
asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador nazariy
va ilmiy fikrlar bildirdilar.
Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o‘z davridagi barcha fan sohalari
bo‘yicha ijod qilib 150 dan ortiq asar qoldirdi. Bizgacha yetib kelgan asarlari
“Xronologiya”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya” va boshqalardir.
“Geodeziya” asarining kirish qismida fanlarning paydo bo‘lishi va tarmoqlanib
ko‘payishi haqida so‘z yuritib, har bir fanning inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar
talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari
ham shu ehtiyojning hosilasidir. Inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga ko‘ra rostni
ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko‘plab munozaralarga sabab bo‘ladi.
In-son bu munozaralar jarayonida rostni yolg‘ondan ajratadigan “mezon”ni yaratadi.
Bu mantiq fani edi. Inson nutqida shubhali o‘rinlar sezilsa, ma’lum “mezon”
yordamida ular tuzatiladi. Olim mantiqni o‘rganmasdan, uni malomat qilganlarga
hayron qoladi va ularga achinib: “Agar u dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan,
gap bilan bog‘lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o‘lchovi) va mantiqni
(logika) mutolaa qilganida edi, so‘zning (nutq) nasr va nazmga ajralishini bilgan
bo‘lardi” - deydi.
Demak, Beruniy nutqning ikki xil — nasr va nazm ko‘rinishi borligini
ta’kidlamoqda. Nutqning bu turlari ma’lum qoidalar asosida shakllanadi. Nasr nahv
qonun-qoidalari, nazm aruz talablariga binoan tuziladi. Aruzga qaraganda nahvning
ta’sir doirasi keng, u nasr uchun ham, nazm uchun ham zarur. Beruniy yozadi: “Nahv
nasrda va aruz nazmda aytilgan so‘zning me’yorini o‘lchovchi va xatosini
tuzatuvchi aniq ikkita mezon bo‘lib qoldi, lekin nahv bular ikkisining
umumiyrog‘idir, chunki u nasrni ham, nazmni ham birgalikda o‘z ichiga qamrab
oladi. Xullas, yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan
foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning birontasiga ahamiyat bermaslik, bulardan
birining qoidasi buzilsa, qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay qo‘ymaydi”.
Beruniy shakl va mazmun birligiga katta ahamiyat beradi. Uningcha, shakl
mazmunga xizmat qilishi, mazmunsiz har qanday chiroyli shakl ham el orasida
e’tibor qozonmaydi. Nutqning nasriy shaklida ham, nazmiy shaklida ham mazmun
asosiy mezon ekanligini ta’kidlaydi. Abu Rayhon Beruniyning bebaho asarlari
sahifasida so‘z, uning ahamiyati, so‘zni to‘g‘ri qo‘llash va so‘z qo‘llash
me’yorlaridan tashqari tildagi o‘zlashma so‘zlar va bevosita nutq madaniyati va til
estetikasiga aloqador bo‘lgan mulohazalar ham mavjud. Beruniyning yozishicha,
tilning tarixiy taraqqiyoti davrida til lug‘at tarkibida “...o‘sha tilda faqatgina oz kishi
fahmlaydigan bir muncha begona so‘zlar paydo bo‘ladi va ular tushunarsiz bo‘lgani
uchun bunday so‘zlarga salbiy munosabatda bo‘ladi”. Olimning ta’kidlashicha,
“Odamlar
bilmagan
narsalariga
dushmanlik
ko‘zi
bilan
qaraydilar”17.
Atrofimizdagi hamma narsa va hodisa kabi til ham rivojlanishi va o‘zgarishini,
tildagi bunday o‘zgarishlar, avvalo, xalq tarixida sodir bo‘lgan iqtisodiy-ijtimoiy,
siyosiy o‘zgarishlar tufayli yangi so‘zlar kirib kelishini va aksincha ayrimlari
iste’moldan chiqib ketishini yaxshi bilgan olim bu hodisalarga ijobiy munosabatda
bo‘ladi va tilning asosiy vazifasi kishilarning o‘zaro madaniy muloqotini ta’minlash
deb hisoblaydi: “Til – so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir”.
Ulug‘ faylasuf Abu Nasr Forobiy (870-950) ilmning turli sohalarini mukammal
bilgan va ular haqida mustaqil fikrlar bayon qilgan allomadir. Nutq va aql
tarbiyasiga oid ilmlar to‘g‘risida Farobiy qimmatli fikrlar aytgan. To‘g‘ri so‘zlash,
to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda
leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati zo‘rligi haqida
shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, nutqiy qoidani qanday
ifodalash, bayon etish, qanday so‘zlash va qanday javob berish (masalasi) ga
kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi — jismlarga va hodisalarga ism
beruvchi til haqidagi ilmdir deb tasdiqlayman”.
Ikkinchi ilm grammatikadir: u jismlarga berilgan nomlarni qanday tartibga solishni
hamda narsalar (substansiya) va hodisalarning (aksidensiya) joylashishini va bundan
chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni
o‘rgatadi.
Uchinchi ilm mantiqdir: “ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logik
figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi. Bu
xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima to‘g‘ri, nima
yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaramiz”.
Ko‘rinadiki, leksikologiya, grammatika va mantiq fanlarining nutq tuzishdagi
ahamiyatini ikki buyuk olim ham yuksak darajada anglaganlar va ularga katta
ahamiyat berganlar. Notiq nimani va qanday so‘zlashi kerakligini bilishi va to‘g‘ri
xulosalar chiqarishi uchun o‘z nutqida so‘z va gaplarning joylashish tartibi katta
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydilar. Nutq odobi, nutqiy mahorat, poetik nutq
xususiyatlari, uning har bir badiiy janrda o‘ziga xos namoyon bo‘lishi haqidagi ba’zi
fikrlar Abu Nasr Forobiyning “She’r san’ati”20 asarida uchraydi. Abu Nasr
Forobiyning ushbu risolada keltirilgan bir she’rida yolg‘on so‘zlaydigan notiqdan
uzoqroq yurishni maslahat beradi:
Uzoq yur bo‘lsa botil, so‘zi yolg‘on,
Haqiqat tarqatib, bo‘lsa imkon21.
Beruniy bilan zamondosh bo‘lgan Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997 y.) ham
o‘zining “Mafotih-ul-ulum (Ilmlar kaliti) asarida o‘sha davr notiqligining ba’zi bir
masalalari, adabiyotshunoslik fani istilohlari, ularning ta’rifi haqida, shuningdek,
devonxona ish qog‘ozlari va ularning shakllari, ishlatiladigan terminlar (atamalar)
haqida ma’lumot beradi. Asarning beshinchi bobida aruz va qofiya ilmi hamda
she’riyatda ishlatiladigan badiiy tasvir vositalari, ularning fazilatlari va nuqsonlari
ustida so‘z boradi. Asarda aruz ilmi, undagi 15 bahr ko‘rinishi she’riy misollar bilan
beriladi. Aruz ilmiga tutash qofiya ilmi, uning istilohlari ta’rif va izohlar bilan qayd
etiladi. Asarning beshinchi bobi besh bo‘linmadan tashkil topgan. Beshinchi
bo‘linma X asr O‘rta Osiyo she’riyatiga bag‘ishlangan. X asrdayoq o‘lkamizda
badiiy nutq yuksak darajada rivojlangan, uning nazariyasi mukammal ishlangan
edi”. (X.Xayrullayev, R.M.Bahodirov. Abu Abdulloh al-Xorazmiy. M. 1988, 58-
bet; “O‘zbek adabiyoti va san’ati” gaz., 1989, 18 avgust.).
Tilshunoslik tarixida Mahmud Koshg‘ariy salmoqli o‘rin egallaydi. U
tilshunoslikning juda ko‘p sohalari bo‘yicha asarlar yozdi. Qiyosiy tarixiy
tilshunoslikning otasi, fonetist, leksikolog, leksikograf, turkiy tillar sarf va nahv
ilmining asoschisi sanaladi. Bizgacha Mahmud Koshg‘ariyning hayoti haqida juda
oz ma’lumot yetib kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning tug‘ilgan yili aniq emas.
Lekin lug‘at yozilganda muallifning keksayib qolganligini hisobga olsak, u XI asr
boshlarida tug‘ilgan deb hisoblash mumkin. M.Koshg‘ariyning turkiy tillarga
bag‘ishlangan ikkita asar yozganligi ma’lum. Ulardan bir “Javohirun nahv fil lug‘atit
turk” (“Turkiy tillarning sintaksisi javohirlari”, ikkinchisi esa “Devonu lug‘atit turk”
(“Turkiy so‘zlar to‘plami) deb ataladi. Uning semasiologiya sohasidagi fikrlari ham
juda qimmatli. Olim so‘zlarning ma’nolarini izohlabgina qolmay, ma’no
o‘zgarishlari yuzasidan ham nozik kuzatishlar olib borganligini ta’kidlaydi.
Ma’noning kengayishi, torayishi va ma’no ko‘chish usullari bilan birga so‘zlardagi
omonimiya va sinonimiya hodisalari ham asarda tilga olinadi. Mahmud
Koshg‘ariyning boshqa tillardan so‘z olish haqidagi fikrlari ham mavjud. Olim o‘z
ona tilimizda mavjud bo‘lgan so‘zlarni boshqa chet tillardagi so‘zlar o‘rnida
ishlatilish holatlariga salbiy munosabat bildiradi. Masalan, o‘g‘uzlarning qumg‘on
so‘zi o‘rnida oftoba so‘zini qo‘llashlariga tanqidiy munosabatda bo‘lib, bunday
holatning til uchun zararli ekanligini qayd etadi.
“Devonu lug‘atit turk”ning adabiy qimmati benihoya kattadir. Unda uch yuzga
yaqin she’riy parcha va ko‘plab maqol hamda hikmatli so‘zlar bo‘lib, shoir bunday
she’riy parchalarga qisqa-qisqa sharhlar beradi, xalq maqollarining mohiyatini
yoritib, ularning ishlatilish o‘rnini ham ko‘rsatadi. Asarda ham til, til odobi, nutq,
muomala, yaxshi va yomon so‘z, yoqimli va mayin so‘z, ezmalik va chaqimchilik,
to‘g‘ri va yolg‘on so‘z haqida aytilgan fikrlar uchraydi. Masalan: Ardam boshi til-
adab va fazilatning boshi til,22 deb ta’kidlaydi. Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariy
o‘zi o‘rgangan har bir lahja, shevalardagi farqli hodisalar – qattiq va yumshoq
talaffuz, dag‘al va mayin ohang, yumshoq va dag‘al (qo‘pol) muomala haqida ham
fikrlar bildirgan. Bular bevosita qadimdan ota-bobolarimizning nutq odobi va
madaniyatiga alohida e’tibor bilan qaraganliklarini ko‘rsatadi.
O‘rta asr sharqining buyuk allomalari orasida mashhur tabib, faylasuf, shoir Abu
Ali ibn Sino alohida o‘rin tutadi. Uning turli sohalar bilan birga ta’lim-tarbiya, axloq
va nutq haqida ham fikrlari mavjudki, ular bilan yaqindan tanishish notiqlik san’atini
mukammal o‘rganishga yordam beradi. Ibn Sinoning fikricha, inson tili shunchaki
aloqa vositasi bo‘lmasdan, balki muloqot egalariga muayyan axloqiy va estetik ta’sir
etishini ham ko‘zda tutadi. Shu sababli Ibn Sino “Kishi nutqining kuchi shundaki, u
boshqa kishilarga ham ta’sir qila oladi” deb hisoblagan.
Ibn Sino nutq madaniyati, nutqning sifatiga xos belgilaridan tashqari nutq
texnikasi, notiq amal qilishi lozim bo‘lgan ba’zi talablar haqida ham fikr yuritgan.
Masalan, ovozdan o‘rinli foydalanish yuzasidan shunday maslahat bergan:“Ovozni
yo‘qotmaslik, nafas olish organini ishdan chiqarmaslik uchun, avvalo, o‘qishni past
ovoz bilan boshlab, keyinchalik asta- sekin kuchaytirish, lekin kuchli ovoz bilan
o‘qish ham uzoq davom etmasligi kerak”.
Yaxshi do‘st qaysi yo‘l bilan axloqiy kamchiliklarni tuzatishda boshqalarga
yordam berishi mumkinligi masalasiga ibn Sino alohida e’tibor beradi va notiq
quyidagilarga amal qilishi lozim deb biladi:
1. Nasihat qo‘pol ohangda berilmasligi kerak.
2. Suhbatdoshning ilm darajasini hisobga olish zarur.
3. Nasihatga ko‘p berilmasdan, o‘rtoqlik suhbati tarzida olib borish kerak.
4. Nasihatni muloyim ohangda, yolg‘iz olib borish kerak.
5. Agar ta’na qilmoqchi bo‘lsang, boshqalar kamchiligi bilan qiyoslab ta’na qil.
6. Agar o‘z e’tiqodingni aytmoqchi bo‘lsang, faqat bir faktga tayanma, balki ko‘p
masalalar bilan isbotla, suhbatdoshingni buni yuragiga yaqin olishga, shu narsa
haqida o‘ylashga va haqiqatni izlashga ishontir.
7. Agar suhbatdoshing sening gaplaringga e’tibor bilan quloq solayotgan bo‘lsa,
suhbatni oxirigacha davom ettir va hech nimani sir saqlama, lekin uning
e’tiborsizligini sezsang, gapni boshqa mavzuga bur.
Ibn Sinoning ta’lim-tarbiya beruvchi muallimlar haqidagi fikrlari ham e’tiborga
loyiq. Uning fikricha, muallim mardonavor, rostgo‘y va pokiza inson bo‘lmog‘i,
bola tarbiyasi usullarini hamda ma’naviyat qonun-qoidalarini mukammal bilishi
zarur. Alloma bolaga yakka-yolg‘iz ilm bermasdan, balki ko‘pchilik ya’ni guruh
asosida darsni olib borish kerak deydi. Chunki bolalar bir-birlari bilan o‘zaro
muloqotda bo‘lib turishlari, bir-birlaridan yaxshi xulqni o‘zlashtirishlari darkor. Ibn
Sinoning fikricha, muallim quyidagi qoidalarni bilishi shartdir: o‘quvchini noxush
ta’sirlardan asrashi, uning xush axloqli va vijdonli do‘stlar bilan birgalikda
bo‘lishligini nazorat qilib turishi kerak. Abu Ali ibn Sinoning o‘qituvchining nutqi,
uning qisqa, aniq, ortiqcha so‘zlardan xoli, tinglovchining yoshi, aqliy darajasiga
mos bo‘lishi yuzasidan aytgan fikrlari Beruniy mulohazalari bilan hamohangdir.
Ming yil muqaddam bitilgan allomamizning bu fikrlari barkamol avlodni to‘g‘ri
yo‘lga solishga, ularni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk qilishga, ularning bir-birlari
bilan muloqot qilgandagina komil inson bo‘lib yetishishlarini tasdiqlaydi.
Kaykovusning “Qobusnoma” asari
“Qobusnoma” muallifi Kaykovus o‘z davrining qomusiy bilimlarga ega bo‘lgan
mutafakkirlaridan biri bo‘lgan. U tibbiyot, falakiyot, ayniqsa, diniy bilimlarni
mukammal bilgan inson bo‘lgan. U o‘z davrigacha yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid
asarlarni o‘rganib chiqqan, ilm-fan, madaniyat rivojlangan Samarqand, Buxoro kabi
shaharlarda bo‘lgan Nosir Xisravning “Saodatnoma”, “Ro‘shnoinoma” asarlarini
o‘rgangan. XI asrning 82-83 yillarida Gʻarbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus
ibn Iskandar o‘z o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab “Nasihatnoma”sini yaratadi va o‘sha
davr an’anasiga ko‘ra, uni bobosi podshoh Shamsulmaoliy Qobus sharafiga
“Qobusnoma” deb ataydi “Qobusnoma asrlar mobaynida Sharqu Gʻarb
mutafakkirlarining diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan: 1702-1705 yillarda turk
tiliga, 1786-1787 yillarda Muhammad Siddiq Rashidiy tomonidan uyg‘ur tiliga,
1881 yilda Qayum Nosiriy tomonidan tatar tiliga hamda XIX asrdayoq ingliz,
fransuz, olmon tillariga tarjima qilingan. 1935 yilda Tehron universitetining
profesori, atoqli adib Said Nafisiy “Qobusnoma”ni Tehronda katta ilmiy sharh bilan
nashr ettirdi. 1860 yilda “Qobusnoma” o‘zbek tiliga birinchi marta buyuk o‘zbek
shoiri va mutafakkiri Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan tarjima qilingan. Ogahiy
tarjimasining qo‘lyozma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik
institutining qo‘lyozmalar fondida va Sank-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomli
kutubxonada saqlanadi.
Qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri “Qobusnoma”da ham
notiqlik va notiq odobi haqida ibratomuz gaplar aytilgan bo‘lib, ular hozir ham
ma’lum darajada ahamiyatini yo‘qotmagandir. “Qobusnoma” Kaykovus tomonidan
1082-1083 yillarda yaratilgan bo‘lib, 44 bobdan iborat.
Uning 6-7-boblari so‘z odobi haqidadir. Asar muallifning farzandiga qilgan
nasihatlari sifatida yozilgandir. U farzandini yoqimli, muloyim, o‘rinli so‘zlashga,
behuda gapirmaslikka undaydi: Yaxshi so‘zlashga o‘rgan va muloyim so‘zlashdan
boshqa narsani odat qilma, negaki, qanday so‘zni gapirishni istasang, til shuni
gapiradi. So‘zni o‘z joyida so‘zla, joyida aytilmagan so‘z, agar u yaxshi so‘z bo‘lsa
ham, yomon ko‘rinadi”. “Kishi suxandon va notiq bo‘lishi lozim”. Har bir notiq o‘z
nutqi ustida ko‘p mashq qilishi, xalq oldida nutq so‘zlaganda yoqimli va bama’ni
gapirishi, xalqning e’tiborini qozonishi zarur. “Xalq oldida gapirganda so‘zing
go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening so‘z bilan baland darajaga
erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so‘z orqali biladilar, har kishining
ahvoli o‘z so‘zi ostida yashiringan bo‘ladi”.
Notiq so‘zning ma’nolarini har tomonlama o‘rgangan bo‘lishi kerak, deb
hisoblaydi Kaykovus. “Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga
rioya qilg‘il, so‘zlaganingda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar
gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’noga ega ekanini bilmasang, qushga
o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar!” Notiq xalq tilini, xalqning fikrini,
ruhiyatini bilishi kerak. “Shunday kishini notiq (suxango‘y) deymizki, uning har
so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ham ma’lum bo‘lsin”.
So‘zlaganda o‘ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani ko‘z oldiga keltirib
gapirgan notiq pushaymon bo‘lmaydi. “O‘ylamasdan so‘zlama, har bir so‘zni o‘ylab
gapir, to aytgan so‘zingdan pushaymon bo‘lmagaysan”.
Kaykovus notiqlarni “bilag‘onlik” qilib tildagi so‘zlarni buzib so‘zlamaslikka,
hamma vaqt mavjud til me’yorlariga amal qilishga chaqiradi: “Agar so‘zni va ilmni
yaxshi bilsang ham, hech bir so‘zni buzma, to‘g‘ri ta’rifla. So‘zni bir xil gapir. Ko‘p
bilu, oz so‘zla, kam bilsang ko‘p so‘zlama, chunki aqlsiz kishi ko‘p so‘zlaydi,
deganlarki, jim o‘tirish salomatlik sababidir. Ko‘p so‘zlovchi daho aqlli odam bo‘lsa
ham, xalq uni aqlsiz deydi...” So‘zning qadri, undan foydalanish, kam so‘zlab, ko‘p
ma’no yuklash, ravshan fikrlash kabi masalalar ustida XP- XSH asr mutafakkirlari
Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylar ham ibratli fikrlar bildirganlar.
Ulug‘ shoir Yusuf Xos Xojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy
yodgorligi bo‘lgan “Qutadg‘u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida so‘zlarni
to‘g‘ri tanlash va qo‘llash haqida: “Bilib so‘zlasa, so‘z bilig sanalur” degan edi.
Gapirishdan maqsad so‘zlovchining ko‘zda tutgan narsa, hodisa, voqealarni
tinglovchiga to‘g‘ri, ta’sirchan yetkazishidan iborat. Shunday ekan, nutqning
to‘g‘riligi, ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutafakkir yana so‘zlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda hovliqmasdan,
so‘zning ma’nolarini yaxshi anglab, ravon nutq tuzishga chaqiradi:
Tilning foydasi talaydir, ortiqcha hovliqma, Goho til maqtaladi, goho so‘qiladi.
Modomiki shunday ekan, so‘zni bilib so‘zla, So‘zing ko‘r uchun ko‘z bo‘lsin, (u)
ko‘ra bilsin.
“Qutadg‘u bilig” asarining bir necha bobi bevosita odob-axloq qoidalariga
bag‘ishlangan bo‘lib, unda nutq odobi talablarini tushuntirish alohida o‘rin tutadi.
Asarda “Til ardami” (“Til odobi”) deyilgan maxsus bob bo‘lib, unda tilning
ahamiyati, nutq odobiga oid mulohazalar bayon qilinadi. Yusuf Xos Hojib ham o‘z
asarining qismlaridan birida tilning ahamiyati haqida so‘zlaydi. Uning fikricha, til
kishini bilim-ma’rifatga, e’zoz va hurmatga erishtiradi:
Aqlu idrok, bilim tarjimoni – til,
Ulug‘lovchi mardni ravon tilni bil
Til-la kishi bo‘lur ulug‘, baxtiyor,
Til-la beqadr er, g‘amga giriftor.
Yusuf Xos Hojib fikricha, ko‘p so‘z so‘zlagan qadrsiz bo‘lishi, topib so‘zlagan
kishi esa iqbol topadi:
Bilib so‘zlangan har so ‘zda iqbol bor,
Bilimsiz so‘z-la o‘z baxtin qilur xor.
Tilning aql ifodachisi ekanligi, til bilan dil bir bo‘lishi, haqiqatning doimo
insonlarga foyda kelitirishini uqtiradi:
So‘z dilda yaralar, tilda tug‘ilar,
Egri so‘zdan poklik kuyar, bo‘g‘ilar.
To‘g‘ri so‘zlangan so‘z ko‘p foydali ish,
Gar egri so‘zlansa, barchasi so‘kish.
Yusuf Xos Hojib tilning, nutqiy odobning inson hayotidagi rolini shu darajada
yuksak baholaydiki, bunga ko‘ra kishi tili tufayli podshohlikka erishishi, aksincha,
“yashil ko‘k”ka, ya’ni qanchalik yuksaklikka erishgan bo‘lsa, undan judo bo‘lib,
yerga qulashi mumkin:
So‘z foydasi tufayli, ko‘rgin, qora yerdagi,
Yashil ko‘kka yuksaladi, to‘rga chiqadi.
Agar til so‘zni uddalab so‘zlay olmasa,
Yashil ko‘kda bo‘lsa ham, u kishini pastga tushiradi, ko‘r.
Shunday qilib, donishmand shoir Yusuf Xos Hojib o‘z asarida mansabdor
shaxslarning notiqlik san’ati sirlaridan, ya’ni tilning lug‘aviy boyligi va
grammatikasini puxta o‘rganish, nutqning ichki va tashqi shakliga birday e’tibor
berish, mantiqli, go‘zal va ta’sirchan nutq tuza olish, til birliklarini maqsadga
muvofiq hamda o‘rinli ishlatish vazifalaridan xabardor bo‘lishlarini qayd etgan.
Ahmad Yugnakiy (XII-XSH) iste’dodli shoir va donishmand murabbiydir. Undan
saqlanib qolgan yagona adabiy so‘z san’ati va adabiy meros “Hibatul-haqoyiq”
(“Haqiqatlar armug‘oni”) badiiy so‘z san’ati va adabiy tilning juda qimmatli hamda
nodir yodgorligidir. Bu asar didaktik doston bo‘lib, axloq-odob masalalari undagi
ko‘pchilik boblarning mavzusini tashkil etadi. Shoir til odobi, saxiylik, baxillik,
kamtarlik, ezgulik va boshqalar haqida xuddi Yusuf Xos Hojib kabi zamonasining
peshqadam murabbiysi sifatida fikr yuritib, kishilarga o‘git beradi.
Rost, sog‘lom va mazmunli so‘zlashni, kerak bo‘lganda, sir saqlay olishni maqtab,
laqmalik, yolg‘on so‘zlash va sergaplikni qoralagan shoir tilni tiyish odobning boshi
deydi. So‘zlaganda nutqni o‘ylab, shoshmasdan tuzishga, keraksiz, yaramas
so‘zlarni ishlatmaslikka, mazmundor so‘zlashga chaqiradi. Noto‘g‘ri tuzilgan nutq
tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb so‘zlovchini ogohlantiradi:
Uqib so‘zla so‘zni eva so‘zlama,
So‘zing qizla, kedin, boshing qizlama.
Yana:
Kudazgil tilingni, kel oz qil so‘zung,
Kudazilsa bu til kudazlur o‘zung.
(Tilingni tiy, so‘zingni qisqa qil, bu til tiyilsa, o‘zing ham saqlanasan). Demak, shoir
nutqiy odobning asosiy sharti tilni tiyish, o‘rinli so‘zlash, insonning tili va dili bir
bo‘lishidir, deb hisoblaydi.
Nosiruddin Rabg‘uziy o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida alohida mavqe qozongan
adibdir. Uning “Qissasi Rabg‘uziy” asari turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. U
payg‘ambarlar
haqidagi
qissalardan
iboratdir.
Rabg‘uziy
hikoyalarida
insonparvarlik, yurtparvarlik, insonni komillik darajasiga ko‘tarish, axloqiy poklik,
ma’naviy barkamollik sari undash g‘oyalari yetakchilik qiladi. Ular orasida til odobi
va qalb pokligi ham alohida o‘rin tutadi. Bu jihatdan “Luqmon va uning xojasi”
hikoyati ibratlidir:
“Luqmonga xojasi aydi: -“Borg‘il, bir qo‘y bo‘g‘izlab etindin qayu yaxshiroq ersa
manga kelturgil”. Qo‘yni bo‘g‘izladi, tili birla yurakni olib keldi. Xojasi so‘radi: -
Bularni naluk (nima uchun) kelturding?
Aydi: -“Qo‘yda tildin, yurakdin yaxshiroq yo‘q. Agar yovuz ersa tildin, yurakdin
yovuzroq yo‘q”.
Tilga e’tibor berish, har bir aytiladigan so‘z mas’uliyatini ta’kidlash hikoyadagi
asosiy g‘oyaviy-badiiy niyatdir. Bu yerda donolik, hozirjavoblik ham ulug‘langan.
Alisher Navoiy notiqlik haqida
O‘zbek mumtoz adabiy tilining homiysi bo‘lgan buyuk so‘z ustasi Alisher Navoiy
turkiy tilda go‘zal nutq tuzish, uni tinglovchiga yetkaza bilish jarayonida ham
o‘zining butun ijodi bilan o‘zbek tilining barcha qirralarini, mavjud boyliklarini
namoyon eta oldi. Alisher Navoiyning “Muhokamatul lug‘atayn”, “Mahbubul-
qulub”, “Nazmul-javohir” asarlari o‘zbek tilida nutq tuzishning go‘zal namunalari
bo‘lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta hissa qo‘shdi. A.Navoiy
“Mahbubul-qulub”da tilning ahamiyati, undan foydalanish, notiqning dilidagi fikrni
to‘g‘ri aks ettirishi lozimligi haqida shunday deydi: “Saodatbaxsh ruh zuloliga
matla’ ham til. Tilga ixtidorlig‘ — hakimi xiradmand; so‘zga ixtiyorsiz — layni
najand. Tilki fasiq va dilnazir bo‘lg‘ay, ko‘broq bo‘lg‘ay agar ko‘ngil bila bir
bo‘lg‘ay” (“Saodatbaxsh ruhning tiniqligi manbai ham til, baxtsizliklar yulduzining
boshlanishiga sabab ham til. Tiliga kuchi yetadigan (kishi) aьut podshosidir: so‘zga
ahamiyat bermaydigan (kishi) la’natlangan, past (kishi)dir”. Til go‘zal va dillarni
olovlantiruvchi bo‘lishi bilan birga (so‘zlovchining) dilidagini aks ettirsa, yanada
yaxshiroq bo‘ladi”).
Hazrat mayin, yoqimli, shirali ovoz bilan so‘zlash odobi haqida, o‘ylamasdan
so‘zlamaslik haqida yozadi: “Tildin azubat dilpisanddur va miynat sudmand.
Chuchuk tilki achig‘likka evruldi, zarari on bo‘ldi. Chuchuk so‘z sof ko‘ngillarga
nushdur... So‘zni ko‘nglingda pishqirmaguncha tilga kelturma, harnakim
ko‘nglingda bo‘lsa, tilga so‘rma” (“Tilning shirin va yoqimli hamda yumshoqligi
foydadur. Chuchuk til achchiq aylansa, ommaga (tinglovchiga) zarar yetadi. Kishini
mast qiluvchi qilsalar, harom bo‘ladi. Chuchuk so‘zni toza ko‘ngillar simiradi...
So‘zni ko‘nglingda pishitib olmaguncha so‘zlama, ko‘nglingda bo‘lgan har qanday
qoidani ham ayta berma”).
Navoiy nutq samimiy, dilkash, yurakdan chiqadigan bo‘lmog‘i kerakligi,
insonning so‘zi uning ichidagini ifodalashi, uning kimligini nutqi aytib turishini
ta’kidlaydi:
O‘rtadi chun bo‘yla zavoli ichin,
Bu so‘z ila ayladi xoli ichin. (HA, 255-b).
Alisher
Navoiy
so‘zlovchining
nutqi
tinglovchiga
qiziqarli
bo‘lishini
ta’minlaydigan omillardan biri sifatida suhbatdoshning, ya’ni tinglovchining
kimligini, saviyasini, ehtiyojini hisobga olishi, deb hisoblaydi:
Har biriga o‘zgacha so‘z muddao,
O‘zgacha so‘z demaki, yuz muddao. (HA, 334-b).
Shunday qilib, shoirning so‘z, uning ma’nolari, unda mujassam bo‘lgan
tushunchalar, so‘zning kuchi, muqaddasligi haqidagi fikrlari uning nutq madaniyati
yuzasidan bildirgan mulohazalari negizini tashkil qiladi. Alisher Navoiy nutqning
mazmundorligi, maqsadga muvofiqligi, qisqa va lo‘ndaligi, tilning lisoniy
me’yorlari, nutqda til qonun-qoidalariga amal qilinishi, aniqligi, ifoda vositalariga
boyligi, qo‘pol vositalardan xoli bo‘lishligi, vaziyatbopligi, xushohangligini
madaniyatli nutqning lisoniy talablari deb hisoblaydi.
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari badiiy nutqning go‘zal
namunasidir. Bobur o‘zi hammabop yozishi bilan birga, boshqalarga ham shunday
ish tutishni maslahat beradi. Jumladan, o‘z o‘g‘li Humoyunga yozgan bir xatida
birovga yuboriladigan maktubni muallifning o‘zi bir necha bor o‘qib ko‘rishi
lozimligi, uning ravonligiga, so‘zlarning ko‘zda tutilgan ma’noni to‘g‘ri aks
ettirayotganligiga ishonch hosil qilinishi, shundan so‘nggina uni jo‘natish
mumkinligini ta’kidlaydi. So‘zlarning xato yozilishi aytilmoqchi bo‘lgan fikrni
xiralashtiradi, o‘quvchini qiynaydi: Yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va
o‘qimaysen ne uchunkim, agar u ko‘p xayol qilsang edi, o‘qiyolmas eding.
O‘qiyolmagandan so‘ng albatta tag‘yir bo‘lur eding. Xatingni xud tashvish bila
o‘qusa bo‘ladur, vale asru mug‘laqdur. Nasri muammoni hech kishi ko‘rgan emas.
Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas, iltifotni to bila bitibsen. Qulunjni yo
bilan bitibsen. Xatoingni xud har tavr qilib o‘qusa bo‘ladur, vale bu mutloq
alfozingdin maqsud tamon mafxum bo‘lmaydur. Gʻolibo xat biturda koxilliging ham
ushbu jihattindur. Takalluf qilmay deysan, ul jihatdin mug‘lak bo‘ladur. Bundin nari
betakalluf va ravshan va pok alfoz bila bitgin; ham senga tashvish ozroq bo‘lur va
ham o‘qiguvchiga”28.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, Sharq mutafakkirlari notiq oldiga tilni puxta
o‘rganish, go‘zal va ta’sirchan nutq tuza bilish, til boyliklarini maqsadga muvofiq
hamda o‘rinli ishlatish vazifalarini qo‘yadilar.
Savollar:
1. Sharq notiqlik san’ati tarixi haqida nimalarni bilasiz?
2. Buyuk allomalarning nutq va til haqidagi fikrlarini bilasizmi?
3. Beruniyning grammatikaga oid fikrlarida qanday ilmiy g‘oyalar ilgari surilgan?
4. Kaykovusning notiqlikka qo‘shgan hissasi haqidagi fikrlaringiz?
5.Alisher Navoiyning so‘z qudrati haqidagi fikrlaridan keltira olasizmi?
6. Z.M.Bobur xatida qanday ilm haqida fikr yuritgan?