SHARQ UYG‘ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK FIKRLAR VA TA’LIMIY-AHLOQIY FIKRLARNING RIVOJLLANISHI
Yuklangan vaqt
2024-08-26
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
26,5 KB
SHARQ UYG‘ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK FIKRLAR VA
TA’LIMIY-AHLOQIY FIKRLARNING RIVOJLLANISHI
Reja:
3.1.Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya
masalalari.
3.2.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilik” asari – pandno-ma asar sifatida.
3.3. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar.
3.4.Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati.
3.5.Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari.
3.6.Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning
asarlaridagi pedagogik fikrlari ilmiy-pedagogik qarashlari.
3.1.Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya
masalalari.
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya
masalalariga oid maqollar:
«Odamning olasi ichida – yilqiniki tashqi(sirti)da».
«Ho‘kizning ortin oyog‘i bo‘lguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq»
«Tirishqoqning labi yog‘liq, yerinchoqning boshi qonlik».
«Odobning boshi – til»
«Ilon o‘zining yegriligini bilmay, tuyaning bo‘ynini yegri deydi»
«Ko‘kka suzsa yuzga tushun».
«Bir qarg‘a bilan qish kelmas».
«Keng to‘n to‘zimas, kengashli bilig artamas”.
«Kichikda qatiqlansa ulg‘adu sevinur».
«Erdamsizdan qurt chertilur»
3.2.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilik” asari – pandno-ma asar sifatida.
«Qutadg‘u bilig» - baxt-saodatga yeltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni
bildiradi. Demak asar nomidan ham uning pand-nasixat, ta’lim-tarbiyaga oid yetuk
didaktik asar, xar tomonlama yetuk insonni tarbiyalaydigan darslik yekanligi yaqqol
ko‘rinib turibdi. «Qutadg‘u bilig» asari Sharqda pandnoma turkumidagi an’anaviy
kitob tuzish tartibiga rioya kilingan xolda tuzilgan.
Avval nasriy muqadddima, so‘ng 73 bobdan iborat kitobning mundarijasi
beriladi. Dastlabki o‘n bir fasli debocha bo‘lib, xamda, na’t va Qoraxonni madh
yetish, ta’lim maqsadi, o‘n ikki burj, tilning axamiyati, muallifning uzri, yezgulik
xaqida, bilim olishning axamiyati, kitobga nom berilishi, keksalikdan afsuslanish
kabi fasllardan iboratdir.
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar. Asar o‘n
to‘rt bobdan iborat. Dostonning dastlabki to‘rt bobi an’anaga ko‘ra muqaddima
bo‘lib, beshinchi bobdan asosiy qism boshlangan. Bu boblarda, asosan, bilimning
axamiyati, jaxolatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, saxovat va baxillik,
kamtarlik hamda axloqlilikning yeng muxim xususiyatlari tarannum yetiladi.
Asarda boshqa ta’limiy-axloqning asarlar kabi insonni barkamol yetishning
asosiy belgisi bu uning xushxulqligidir, deyiladi. Shuning uchun adib asarda axlokiy
tarkibiy kismi sanalgan tilni tiyish, mol dunyoga muxabbat qo‘iishning oqibatlari,
saxovat va baxillik, kamtarlik, jinoyat yo‘lidan saklanish xaqida, xarom va
xalollikning farzlari, ularni bir-biridan farklay olish, ye’tiqod va sadoqat kabi
muxyam masalalar ustida fikr yuritadi.
Ulug‘likka yetsang unutma o‘zing,
Agar atlas kiysang, unutma bo‘zing.
Qora bosh yag‘isi qizil til turur,
Necha bosh yedi u, yana ham yeyur.
Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati. Kaykovusning
o‘zi ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta’rif berilgan javonmardlar
tarbiyasiga bag‘ishlangan. Kaykovus «... barcha fikr va tushunchalarim sening
uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim bilur yedim,
hammasini qirq to‘rt bobda bayon yetdim», deyish bilan har bir yoshning aqliy,
axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog‘langan holda kamolga
yetkazish yo‘llari va usullarini bayon yetgan. Kitobda javonmardlar yegallashi zarur
bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazariyasi ko‘zda tutilgan:
1. Bilim olish haqida.
2. Hunar va turli kasb yegalari haqida.
3.Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy yetuklik haqida.
Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va maoni, ya’ni ham sipohiylik,
ham ma’rifat, ham donishmandlikka yega bo‘lish zarur bo‘lib, bu xislatlar ana shu
yuqoridagi to‘rt yo‘nalishda zikr yetilgan.
Kaykovus Pifagor aytgan quyidagi o‘n xislatni har bir kishi o‘zida tarkib
toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o‘zidan zo‘r kishi bilan urishmaslik; hasadchi kishi
bilan birga jamoat o‘rtasida o‘tirmaslik: riyokor, ikki yuzlamachi kishi bilan do‘st
bo‘lmaslik: yolg‘onchi kishi bilan muomala qilmaslik: baxil bilan suhbatda
bo‘lmaslik; g‘ayr, dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir yerda
o‘tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aysa, shu aybni yo‘qotishga
harakat qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik; muxtoj
bo‘lgan odamni gina, qahr bilan qo‘rqitmaslik; gunohkorning gunohini avf yetish;
kichiklarga mehribon bo‘lish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik kabi hayotiy
tavsiyalarni keltiradiki, inson o‘z hayotida har bir daqiqada bunday hatti
harakatlarga duch keladi.
Xorazmiyning didaktik qarashlari. Asarlari: «Al jabr va al-muqobala», «Hind
arifmetikasi xaqida kitob», «Er satxini o‘lchash», «Quyosh soatlari to‘g‘risida»,
«Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.
Al-Xorazmiy
va
uning
hamkasbi
Banu
Muso
Bag‘dodda
Baytul
xikmadaolimlar bo‘lganlar. Ularmavjud yunon ilmiy qo‘lyozmalarini tarjima
qilidilar,ularni o‘rgandilar va algebra, geometriya, astronomiya oid asarlar yozdilar.
Albatta, al-Xorazmiy Al-Ma’mun rahnamoligida ishlagan va xalifaga bag‘ishlab
ikki asar yozgan. Bu uning algebra haqidagi va astronomiya haqidagi risolalalari
yedi. al-Xorazmiy asarlari ichida yeng mashhur va muxim ahamiyatga yega bolgani
“Aljabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”edi. Shu asar “algebra”
tushunchasini yoritilgan yeng birinchi kitob yedi.
Didaktik qarashlari:
Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa qo‘shdi. U birinchilardan
bo‘lib, induksiya, deduksiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.
U birinchi marta insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda
ifodaladi.
Hindlarning o‘nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan
butun dunyoga yoyildi.
Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil yetib, «Xorazmiy ziji» nomi
bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.
Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar. Asarlari: «Baxt-
saodatga yerishuv to‘g‘risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari haqida»,
«Shaharni o‘rganish haqida» va boshqalar.
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarhan ibn Aalagh al-Forobiy
tahminan hijriy 257(milodiy 870 yilda) tug‘ilgan. U haqli ravishda hamma
zamonlarda ham islom olamining buyuk faylasuflaridan biri sifatida tan olinadi.Al
Forobiy falsafa, mantiq sohalarida izlanishlar olb borgan, shu bilan birga musiqa
nazariyasiga oid Kitab al-musiqa al-kabir (Buyuk musiqa kitobi)ni yozgan. Biroq
uning yeng mashhur asari “Madina al-fadila” (Fozil odamlar shahri)ni gayriplaton
yo‘nalishi vakillari tomonidan Platon davlatchiligi bilan taqqoslaganlar.
Farobiyning ko‘p tomli asarlari “Baxtsaodatgaerishuvto‘g‘risida”, “Ixso – al -
ulum”, “Ilmlarningkelibchiqishi”, “Aqlma’nolarito‘g‘risida”asarlarni o‘z ichiga
olgan.
Didaktik qarashlari: Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa qo‘shdi. U
birinchilardan bo‘lib, induksiya, deduksiya, sinov-kuzatish va sinov
metodlariga asos soldi.
U birinchi marta insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda
ifodaladi.