Reja:
1. Jamiyat tushunchasi, uning mohiyati, mavjudligi va taraqqiyoti
omillari.
2. Taraqqiyotning
o’zbek
modeli-jamiyat
rivojining
tadrijiy
rivojlanish konsepsiyasi, uning asosiy tamoyillari.
3. Jamiyat va oila. Sog’lom avlod tarbiyasi-jamiyat kelajaki uchun
harakat
4. Jamiyat falsafasi, taraqqiyotning o’zbek modelini o’rganishning
ahamiyati.
Jamiyat nima? Insoniyat azal-azaldan jamoa bo’lib yashaydi. Yer sayyorasi uning
abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada
yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat to’siqa g’irgan. Demak,
umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning umri, xayoti utgan hamma davri, joy
va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi.
Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar xayoti, sivilizasiyaning muayyan
davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qullanadi. Har qanday xolda
ham, u umumiy tushuncha bo’lib, ayrim odam va aloxida shaxs jamiyat a’zosi deb
ataladi.
Jamiyat—tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borlik bo’lib, odamlar
uyushmasining maxsus shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab
munosabatlar yigindisi, degani turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda
rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi muraqqab tizimdir. Har bir yangi davrda
jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat
mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Prezident Islom
Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy
asoslari yaratildi.
Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birlikidan iborat. Hozirga qadar
adabiyotlarda moddiy va ma’naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy
xayot tadqiqiga ko’proq e’tibor berilar. Xolbuki, jamiyatning tub mohiyati uni
tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Xuddi inson tanasini uning
ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma’naviy jixatlarini ham
bir-biridan ajratish va ularning birini iqqinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir.
Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma’naviy manfaatlarini
uyg’unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi egani ta’kidlangan. Inson ma’naviyatini
yo’qsaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham
hozirgi davrda aholi ma’naviyatini yo’qsaltirishga, milliy g’oya va mafkura
asoslarini shakllantirishga katta e’tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jixatdan
qashshoq bo’lgani uchun ilmsiz bo’lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo’lgani uchun
qashshoq bo’ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq ma’naviyatini yo’ksaltirish orqali
iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga katta e’tibor berilyapti.
Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo’lib, jamoa bo’lib uyushishga
nima majbur qilgan, degani masala qadim zamonlardanoq ulug mutafakkirlar
e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, xudo bilan
bog’lab izohlashdir.
Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va ma’naviy
extiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo’lib birlashishga
kunikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafaqqur tufayli jamiyat bo’lib
yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o’zaro
munosabatlarga qirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish,
yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri
bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish imkonini bergan.
Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning
tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar
o’rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy,
mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy munosabatlar
deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlarini
qondirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur
sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, maxalla, Vatan kabi
qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z mohiyatini yo’qotadi.
Insonning moddiy extiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport
vositalari, o’zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy
extiyojlarga olamni bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka
intilish, bilim, san’at, g’oya, mafkura go’zallik bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi
intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy extiyojlarni madaniy shakllarda
qondirilishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy
extiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini
bilishga, moddiy va ma’naviy olamni uygunlashtirishga, tabiat va jamiyatni o’z
maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va texnika
insonning ma’naviy va moddiy extiyojlarini qondirish quroli, muhim vosita bo’lib
xizmat qiladi. Inson yuksak ma’naviyat tufayligina o’z ehtiyojlarini madaniy
shakllarda oqilona va tularoq qondirish imkoniga ega bo’ladi.
Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berilayotganining
sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayoti kishilarning
moddiy va ma’naviy extiyojlari bilan uzviy bog’liq xolda vujudga keldi.
Jamiyatning moddiy xayotiga quyidagilar kiradi:
- kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan
iqtisodiy shart-sharoitlar;
- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg’i, kommunikasiya vositalari;
- moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida amal qiladigan iqtisodiy
munosabatlar majmui;
- moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.
Jamiyatning ma’naviy xayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson tug’risidagi
qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, g’oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-
tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar g’iradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi
munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar,
tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim urin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-
huquqiy jixatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning
chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim
ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari qondirilishida
mexnat, mulk va mexnatning ijtimoiy taksimlanishi beqiyos ahamiyatga ega.
Mexnatning kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida
muayyan kasb-kor bilan shugullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga
keladi va ular jamiyat strukturasida o’ziga xos urin egallaydi, jamiyat taraqqiyotiga
muayyan xissa qo’shadi.
Jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakur tarixida
jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan,
nemis faylasufi Gegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq
ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbax din bilan bog’lagan, ijtimoiy taraqqiyot
sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz mutafakkiri O. Kont
jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy taraqqiyotining uch
bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izoxlagan. K.Marks
jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan
bog’lagan, barcha ijtimoiy xodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan
tushuntirgan.
Ijtimoiy
ziddiyatlarni
sun’iy
ravishda
mutlaqlashtirgan va
ziddiyatlarni xal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga
oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taqlif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday
nazariyaning bir yog’lama va xato ekanini ko’rsatdi.
Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani tug’risidagi qarashlar AQSh
faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra jamiyatlar
taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga
ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizasiyali yondashuv
g’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra har bir xalq o’zining
betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan xolda,
boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning
o’ziga xos modelini yaratadi.
Jamiyat xayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o’z oldiga
quygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muxtoj bo’lgani
kabi, jamiyat ham o’z oldiga g’uygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy
barqarorliqqa extiyoj sezadi.
Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning
muayyan darajadagi bir teg’is faoliyat ko’rsatish imkoniyatidir. U turg’inlik
tushunchasidan
keskin
farqlanadi.
Ijtimoiy-siyosiy
turginlik
tushunchasi
jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimning tanazzuli alomatidir.
Jamiyatda barqarorlik begarorlik bilan, ing’iroz gullab-yashnash bilan almashib
turishi ham mumkin. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy soxalarida
muayyan yutuqlarga erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ruyobga chiqarilib
bo’lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti yo’lida yangi muammolar tugiladi va
ularni xal etish vazifasi paydo bo’ladi. Jamiyat a’zolarining ma’naviy saloxiyati,
milliy psixologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy to’zum kishilarni
boshqarishning o’ziga xos usullarini xayotga tadbiq etadi. Insoniyat xayoti tarixida
jamiyat barqarorligini ta’minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik,
totalitar va demokratik usullari tajribadan utgan.
Beqarorlik ichg’i va tashqi jarayon va taxdidlar natijasida vujudga keladi.
Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy to’zumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy to’zumga
utish davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chikishi
kishilar psixologiyasidagi salbiy o’zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida,
ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo’qolishida, g’oya va
mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo’lishida,
ijtimoiy adolat mezonlarining bo’zilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish
qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o’z ifodasini
topadi.
Jaxon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o’z taraqqiyot yo’lini tanlash
huquqiga ega bo’lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash
garovi eganini ko’rsatdi. O’zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keyin o’z
milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’lini
tanlash, rivojlanishning o’zbek modelini yaratish imkoniga ega bo’ldi.
Taraqqiyotning o’zbek modeli – jamiyatning tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi
sifatida. Ijtimoiy rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish
borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz
mentalitetiga tayanadi.
Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo’ldan — inqilobiy va tadrijiy
yo’ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy
o’zgarishlar yo’li nomaqbo’l va yaroqsiz eganini, jamiyatning tadrijiy (evalyusion)