O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI
YUNUS RAJABIY NOMIDAGI O’ZBEK MILLIY MUSIQA VA SAN’ATI
INSTITUTI
O’ZBEK MAQOMI TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI
MAQOM ASOSLARI FANIDAN
Kurs ishi
SHASHMAQOM CHOLG’U QISMLARINING IJROCHILIGI
```
Toshkent-2022
2
Kirish
Har bir xalq va millatning o’z tarixi, milliy qadriyatlari hamda an’analari
qatorida mumtoz musiqiy me’rosi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan,
o’zbek xalqining musiqa merosi ham o’ziga xos, serqirra, sermazmun va nihoyatda
rang-barangdir. Xalqimizning ko’hna va boy musiqa madaniyati ko’p asrlik tarixga
ega bo’lib, bunda maqom turkumi milliy musiqa merosimizning chinakam
gultojidir.
Maqomlar Sharq xalqlarida juda qadim zamonlardan mavjud bo’lgan musiqa
janridir. Ular bu xalqlarning o’ziga xos musiqa boyliklari asosida kasbiy sozanda va
xonandalar tomonidan yaratilgan va uzoq madaniy-tarixiy taraqqiyot jarayonida
mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga kelgan.
Maqomlar Sharq xalqlari musiqasining asosini tashkil etadi. Shu sababli
maqomlarni atroflicha o’rganilishi musiqa madaniyatimiz tarixida muhim
ahamiyatga ega.
Maqomlarning nazariy ham amaliy tomonlari bor. Ularning nazariy jihatlari
Sharq musiqasiga bag’ishlangan risolalarda o’z ifodasini topgan. O’zbek-tojik
xalqlaridagi maqomlarning amaliy tomonlari esa, ustoz sozanda va xonandadan
shogirdga og’zaki tarzda o’tib, bizgacha yetib kelgan maqomlar turkumidagi birdan-
bir janr – Shashmaqom ko’rinishini tasavvur etish mumkin.
Shashmaqom ikki yuz ellikka yaqin kuy va ashulalardan iborat hamda o’zbek-
tojik xalqlari musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etadi. Maqomlar, shu
jumladan, Shashmaqom masalasi musiqa madaniyatimiz tarixida juda kam
o’rganilgan sohalaridandir. Shashmaqom O’rta Osiyoda yashab kelgan maqom
turkumlarining eng so’nngi shaklidir va bundan taxminan ikki asr ilgari (XVIII a.)
shakllangan. 1
Shashmaqom cholg’u yo’llari xalq musiqasidagi kabi rang-barangligi,
jozibadorligi va boy mazmunga ega bo’lganligi ularning qiymatini yanada oshiradi.
Maqomlarning cholg’u yo’llari tinglab ko’rilsa, ular ham mungli, ham muloyim,
1 И. Ражабов. Мақомлар. Тошкент, 2006-йил, 11-12-бетлар.
3
ham orombaxsh, ham kishiga shijoat baxsh etuvchi kuylardan iborat ekani aniq
seziladi.2
“Shashmaqom cholg’u ashula bo’limidagi kuy va ashula yo’llarining
eshituvchilarga to’g’ri yetib borishi ularga zavq va lazzat bag’ishlay olishi ularni
boshqa muzika asarlari kabi yaxshi ijro etilishiga bog’liq “3.
“Maqom ijrochiligida qochirim va nolish qilish vositalaridan foydalana olish
masalasiga ham alohida ahamiyat bermoq lozim. Bu siz maqom yo’llarining badiiy-
estetik ta’sir kuchi sezilmay qoladi”4
2 И. Ражабов. Мақомлар. Тошкент, 2006-йил, 181-бет.
3 И.Ражабов, “Мақомлар масаласига доир” Тошкент, 1963-йил 268-бет.
4 Шашмақом VI жилд. Ёзиб олувчи Ю.Ражабий Тошкент,1975-йил 187-бет.
4
Maqom cholg’u qismlarining ijrochiligi
Maqomlarning ijrochiligi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maqomlarning ijro
etilishida musiqa cholg’ularidan tanbur va doyra yetakchi sozlardan hisoblangan.
Professor Fitrat domlaning aytishicha, maqomlar ijrosida: ikkita tanbur, bitta dutor,
bitta qo’biz yoki sato, bitta doyra va ikkita-uchta hamnafaslik hofizlar jo’r bo’ladi.
Tanbur uch torli (setor) va to’rt torli (chortor) bo’lgan. Uch torli tanbur, ayniqsa,
Xorazmda keng qo’llangan. O’n ikki maqomning ijro etilishida XV asrgacha ud
qanday o’rin tutgan bo’lsa, Shashmaqomda ham tanbur shunday ahamiyatga ega
bo’lgan.5
Yunus Rajabiy rahbarligida respublika radiosi huzurida 1927-yilda oʻzbek
xalq cholgʻulari ansambli tashkil etildi. Bu jamoa ijrosida Shashmaqom turkumidagi
asarlar bilan bir qatorda Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllari va ularning cholg’u
qismlari, jumladan “Buzruk”, “Navo”, “Segoh”, “Surnay Irog’i” kabi cholg’u
kuylari magnit tasmasi hamda grammofon plastinkalarga yozib olingan. Bu cholg’u
kuylaridan, ayniqsa, “Segoh” - orkestr jo’rligida o’ziga xos qiyofada eshituvchiga
o’zgacha kayfiyat bag’ishlaydi.
O’zbekiston xalq artisti, taniqli sozanda va yetuk san’atkor Turg’un Alimatov
ham maqom ijrochiligida o’z ijro maktabini yaratgan. T. Alimatov ijrosida
Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllariga mansub bo’lgan “Buzruk”, “Segoh”,
“Navro’zi Ajam” kabi asarlar o’zgacha ijro talqinida gavdalanadi.
F. Sodiqov rahbarlik qilgan Toshkent davlat konservatoriyasining talabalar
ansambli ijrosida Fargʻona—Toshkent mumtoz cholg’u yoʻllaridan Nasrulloyi kuyi
Toshkent grammofon yozuv studiyasida magnit tasmaga yozib olindi.6
Keyinchalik 1985-1980-yillarda Abdurahim Hamidov rahbarligidagi talabalar
ansambli ijrosida Shashmaqom cholg’u qismlaridan tashqari yana 6 ta Mushkiloti
Dugoh, Talqinchai Mushkiloti Dugoh, Ufari Mushkiloti Dugoh, Samarqand Ushshog’i,
Cho’li Iroq va Surnay Irog’i kuylari magnit tasmalarga tushirildi. Ushbu audio yozuvlar “Shashmaqom cholg’u
5 И. Ражабов. Мақомлар. Тошкент, 2006-йил, 151-бет.
6 Р.Юнусов, Фахриддин Содиқов. Тошкент, 2005-йил 183-bet.
5
yo’llari” turkumi sifatida katta grammofon lappaklaridan iborat albom shaklida
ko’paytirilib sotuvga chiqarildi.7
1990-yillarda Xorazm teleradiosi qoshida tuzilgan Ro’zmat Jumaniyozov
rahbarlik qilgan maqom ansamblida Xorazm maqomlarining aytim yo’llari bilan bir
qatorda, cholg’u qismlarining ham ba’zilari yozib olingan. Bunga Saqili Navo
kuyini misol qilib keltirishimiz mumkin. Lekin, hozirgi kungacha Xorazm
maqomlarining cholg’u qismlari to’liq holda yozib olinmagani achinarli holat,
albatta. Bu esa Xorazm maqomlarini targ’ib qilishda, cholg’u qismlarini o’r
ganishda bir muncha qiyinchiliklarga sabab bo’ladi.
7 “Jannatmakon” jurnali. 2013-yil mart soni, 34-bet.
6
Shashmaqom cholg’u ijrochiligi
Shashmaqom cholg’u ijrochiligi haqida gapirar ekanmiz, bunda bevosita
Shashmaqom turkumining cholg’u, ya’ni Mushkilot bo’limining tarkibiy qismlari
nazarda tutiladi. Shashmaqom cholg’u qismlarining ijrochiligi bo’yicha qilingan
ishlar, avvalo, Toshkent davlat konservatoriyasida 1972-yilda Sharq musiqasi
kafedrasining ochilishi bilan uzviy bog’liq. Bu kafedra san’atshunoslik fanlari
doktori, professor Fayzulla Karomatov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Vaqt o’tishi
bilan Sharq musiqasi kafedrasi sertarmoq, mohiyatan fakultetlararo bo’linmaga
aylandi. San’atshunoslik fanlari doktori Ishoq Rajabov, cholg’u ijrochiligi bo’yicha
Yunus Rajabiyning maslahati va tavsiyasiga ko’ra O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan
san’at arbobi, sozanda va bastakor Faxriddin Sodiqov, tanburdan O’zbekistonda
xizmat ko’rsatgan artist Rizqi Rajabiylar ishni boshlab yubordilar.8
Maqom ijrochiligi bo’yicha akademik Yunus Rajabiyning izdoshi va yaqin
safdoshi, atoqli ustoz-murabbiy Faxriddin Sodiqov talabalar cholg’u ansambli fanini
o’z zimmasiga olar ekan, o’quv vazifalari o’rnida ayrim mezonlari avvallari
sinovdan o’tkazilgan yangi ijodiy maqsadlarni ko’zlaydi.9
F.Sodiqov rahbarlik qilgan talabalar maqom ansambli dastlabki, ya’ni 1972-
1973-o’quv yilida quvonarli natijalarga erishganini alohida e’tirof etmay bo’lmaydi.
Maqom ansambli sinfi bo’yicha yozgi imtihon sinovi mazmunan ajoyib konsertga
aylanib ketgani rost. Namoyish etilgan o’quv-ijro dasturi an’anaviy musiqamizni
ijroviy o’zlashtirish darajasining sinovi shaklida hozirgi zamon maqom cholg’u
ijrochiligi sohasida chinakam katta ijodiy yutuq qo’lga kiritilgani ko’pchilikka ayon
bo’ldi.
Ustoz atigi bir o’quv yili mobaynida shogirglarining kasbiy ulg’ayishini sezdi,
cholg’u jo’rnavozligi mezonlarini har bir ishtirokchi ozmi-ko’pmi anglab
yetganidan mamnun bo’ldi. Tez orada uning say’i-harakatlari bilan yoshlar ansambli
8 Р.Юнусов, Фахриддин Содиқов. Тошкент, 2005-йил 180-181-betlar.
9 Шашмақом сабоқлари (мақола ва маърузаларнинг иккинчи тўплами). 2007-йил 46-bet.
7
ijrosidagi Shashmaqom turkumidan Tasnifi Buzruk, Tarjei Buzruk, Garduni Buzruk,
Muxammasi Nasrulloyi qismlari Toshkent grammofon yozuv studiyasida magnit
tasmaga yozib olindi va Д—035327/28 belgisi ostida alohida katta lappak tarzida
ko’paytirilib, erkin sotuvga chiqarildi. 10
«Mono» sifatli audio yozuvda chiqarilgan grammofon lappaklar endilikda
ma’lum ma’noda tarixiy yodgorlik. Biroq, qat’iy ishonch bilan aytsa bo’ladiki, unda
bitilgan ayrim asarlarning ijrosi barkamollik oily mezonlari bo’yicha ham tanhodir.
Bulardan yolg’iz “Tarjei Buzruk” u paytlarda tanqis bo’lgan stereo vositasida qayta
yozib olingan bo’lib, Olmatida o’tkazilgan “Osiyo mamlakatlari III xalqaro musiqa
minbari” tadbirida tanlangan asarlar qatoriga kiritilishi natijasida shu nomli albom
/ГОСТ 5289-73 //С30 07496/ lappagiga ko’chirilib shinavandalarga tortiq qilindi.11
Sharq musiqasi kafedrasi o’qituvchi va talabalari. 1974-yil
10 Р.Юнусов, Фахриддин Содиқов. Тошкент, 2005-йил 182-183-betlar.
11 Шашмақом сабоқлари (мақола ва маърузаларнинг иккинчи тўплами). 2007-йил 47-bet.
8
Darhaqiqat, Toshkent grammofon yozuvi studiyasida ikkala texnikaviy
sifat—« mono» va «stereo» yozuvi yordamida hujjatlashtirilgan lappak-disk qilib,
«Shashmaqom cholg’u yo’llari» nomida berilgan Tarjei Buzruk hozirgi kunga qadar
barcha talaba va sozandalar uchun ixtisoslik bo’yicha dasturulamal vazifasini bajarib
kelayotir. U hamon respublikamiz radiosi orqali bot-bot yangrab turadi, bundan esa
ko’p sonli tinglovchilarimiz bahramand bo’lishi mumkin.12
Vaqti soati kelib bu an’analarni Faxriddin Sodiqovning ishongan shogirdi,
ustozona dutor ijrochiligi maktabining taniqli vakili Abdurahim Hamidov davom
ettiradi. Uning boshchiligida 1985—1990-yillarda birin-ketin bitilgan grammafon
yozuvlar alohida qimmatga ega bo’ldi. Zero, olti yil davomida jami 52 ta cholg’u
maqom asarlari yoddan ijro etilib, Toshkent ovoz yozish studiyadasida magnit
tasmalariga tushirildi. Bulardan 46 tasi bevosita Shashmaqom Mushkilotlarini to’liq
tashkil etgan holda yana 6 tasi quyidagilar ; Mushkiloti Dugoh, Talqinchai
Mushkiloti Dugoh, Ufari Mushkiloti Dugoh, Samarqand Ushshog’i, Cho’li Iroq va
Surnay Irog’i.
Ushbu audio yozuvlar “Shashmaqom cholg’u yo’llari” turkumi sifatida jami
11 dona katta grammofon lappaklaridan iborat beshta alohida albom shaklida
ko’paytirilib sotuvga chiqarildi. Bular «Melodiya» firmasi tamg’asi ostida
ko’paytirildi:
- “Shashmaqom cholg’u yo’llari. Navo va Dugoh maqomlari”. 1984-yil yozuvlari,
1986-yil nashri, 2 lappak, adadi 2000 dona;
- “Shashmaqom cholg’u yo’llari. Dugoh va Segoh maqomlari”. 1988-yil yozuvlari
va nashri, 3 lappak, adadi 1500 dona;
- “Shashmaqom cholg’u yo’llari. Buzruk va Rost maqomlari”. 1988-yil yozuvlari,
1989-yil nashri, 2 lappak, adadi 1500 dona;
- “Shashmaqom cholg’u yo’llari. Rost va Iroq maqomlari”. 1989-yil yozuvlari va
nashri, 2 lappak, adadi 3100 dona;
- “Shashmaqom cholg’u yo’llari. Iroq maqomi”. 1990-yil yozuvlari va nashri, 2
lappak, adadi 2000 dona.
12 Р.Юнусов, Фахриддин Содиқов. Тошкент, 2005-йил 186-bet.