SHAXS IJTIMOIYLASHUVI (Shaxs haqida tushuncha, Shaxsning o`z-o`ziga baho berishi, Ijtimoiylashuv jarayonida ijtimoiy rollar va ijtimoiy pozitsiya. Ijtimoiy ustanovkalar)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
6
Sahifalar soni
32
Faytl hajmi
245,9 KB
SHAXS IJTIMOIYLASHUVI
Reja:
1. Shaxs haqida tushuncha.
2. Shaxs nazariyalari
3. Shaxsning o`z-o`ziga baho berishi
4. Ijtimoiylashuv jarayonida ijtimoiy rollar va ijtimoiy pozitsiya. Ijtimoiy
ustanovkalar
Tayanch so`z va iboralar:
Shaxs, individ, individuallik, himoyalanish mexanizmi, shaxs tuzilishi, shaxs
nazariyasi: G.Ayzenk, Z.Freyd, K.Rodjers, A Maslou, o`zini o`zi baholash, nazorat
qilish, boshqarish, metod: kuzatish, proyektiv texnikalar, so`rovnomalar va amaliy
testlar.
1. Shaxs haqida tushuncha
Shaxs tushunchasi keng va ko’p qirrali. Mehnat qila olish ko’nikmasining
mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan
kishi asta – sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va
xususan o’zini o’rganish va faol tarzda qayta o’zgartirish jarayonining sub’ektga
aylanmoqda. Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi, ya’ni shaxs, individ, individuallik
tushunchasining o’zaro bog’liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur
tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham
dastlab individ tushunchasining mazmuniga to’xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri
ostida chiqqan “Umumiy psixologiya” darsligida “Individ” tushunchasida kishining
nasl nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi
odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi
qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli
kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor
E.G’ozievning “Umumiy psixologiya” darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha
ajralmas, alohida zot ma’nolarini anglatib inson zotiga xoslik masalasini belgilab
beradi. SHuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog’lom odamlar ham, chaqaloq ham,
nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb
ataladi.
M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan “Psixologiyadan qisqacha izohli
lug’atda” individ bo’linmas, ayrim jins, shaxs ma’nolarini anglatib, biologik turga
kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida ko’rsatib o’tiladi.
Keltirilgan ta’riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan
jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug’ullanuvchi, kishilar bilan
normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi.
Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik
shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir.
Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun
imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining
rivojlanishi uchun imkoniyat tug’diradi, qo’llarining shakli shamoyili mehnat
qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjudligini ko’rsatadi. Yuqorida
aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta’kidlanadi va
bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida tushuntirish
lozim.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir.
Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror
birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o’ziga xosligini, uning boshqa
odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik
tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron
xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi,
iqtidori, har xil shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi.
Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va
psixikasining o’ziga xosligi hamda uning qaytaril-masligidir. Zikr etilgan psixologik
xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o’zida mujassamlashtirgan odam yo’q,
inson shaxsi o’z individualligi jihatidan betakrordir.
INDIVIDUALLIK
INSON
INDIVID
SHAXS
“Endopsixika” va “ekzopsixika” haqida tushuncha
Hozirgi kunda asosiy muammolardan biri bir shaxsning boshqa odamlardan
ajratib turadigan individual tuzilishga ega ekanligidir. Ushbu psixologik muammoni
hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-
atvorni oldindan bashorat qilish imkonini yaratadi.
Shaxs tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning
bir necha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi binobarin, ushbu bo’laklarning
yig’indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiya fanida
psixologlar shaxsning psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli jihatlariga
asoslanib, turkumlarga ajratishni tavsiya etmoqdalar.
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning
voqelikka ta’siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo’lganligini
tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan
“ichki psixik” (“endopsixik” – yunoncha endo ichki degan ma’noni bildiradi) degan
g’oyani ilgari surdilar. Uning talqiniga ko’ra, “endopsixika” shaxsning psixik
tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funktsiyalarning o’zaro
bog’liqligini aks ettiradi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan
“endopsixika” aynan bir narsa degan tushuncha tasdiqlanadi, chunki u odam
shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning “endopsixik”
qismi bo’lsa, shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-
qarshi bo’lgan barcha jihatlarni, shaxslararo va ob’ektiv munosabatini belgilaydi.
“Endopsixika” o’z navbatida shaxsning ta’sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi
bilish jarayonlarining xususiyatlarini irodaviy zo’r berish xislatlarini ixtiyorsiz
harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. “Ekzopsixika” esa o’z tarkibida
shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi
ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab
oladi. Tabiiy asosga ega bo’lgan “endopsixika” biologik shart-sharoitlarga bog’liq
bo’lsa, “ekzopsixika” aksincha ijtimoiy voqeliklar ta’sir ostida yuzaga keladi, tarkib
topadi, takomillashib boradi.
Ta’kidlab o’tilgan, fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o’tkazgan tajribalariga
murojaat qilamiz. Qo’sh omillik nazariyasi tadqiqotchilari tajribalarida 80-130 sm
balandlikdagi odamning shaxs xususiyatlarini tarkib toptirish uchun o’rganilgan.
Buning natijasida ular shaxsi tuzilishida ko’p xislatlari o’xshashligi topilgan.
Bunday odamlarning past (pakana) bo’lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida hech
qanday nuqson va kamchilik yo’q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi
bolalarga xos kulguni hech bir tanqidsiz, o’ta soddalikni, muayyan darajada
emotsional (hissiy) zo’riqishni namoyon qiladigan vaziyatga nisbatan chidamlilikni,
uyat hissining kamroq ekanligini uchratish mumkin. Shaxsning xislatlariga na
“endopsixika”, na “ekzopsixika” qismlarini kiritish mumkin emas. Chhunki
shaxsning sifatlari mitti odamlarning mahsuli bo’lib ular bo’yicha nisbatan o’z
tengqurlari o’rtasidagi farq aniqlangan davrdan e’tiboran shunday bir ijtimoiy
vaziyatda paydo bo’lishi, tarkib topishining takomillashishi tabiiydir. SHuni alohida
ta’kidlab o’tish joizki, mitti odamlarga bo’ydor kishilarga qaraganda boshqacha
munosabat - ularni pisand qilmaslik, kamsitilish, ular ham barcha kabi narsalarni his
qilishi, orzu qilishi, ajablanishi, hayron qolishi sababli ularda shaxsning o’ziga xos
tuzilishi vujudga keladi. Bunday yaqqol voqelik ularning ruhiy ezilishini, ba’zan
boshqalarga, xatto o’zlariga nisbatan tajovuzkorona yo’l tutishlarini niqoblaydi,
xolos. Mabodo biz mitti o’zlari bilan bap-baravar bo’yli kishilar muhitida yashaydi
deb tasavvur qilsak, u holda ularda ham tevarak-atrofdagi boshqa odamlardagi kabi
mutlaqo
boshqacha
shaxsiy
fazilatlar,
xususiyatlar,
xislatlar
sifatlar
mujasassamlashishi mumkin bo’lar edi.
2. Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari
Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to’g’risida
xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda
turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o’ziga xos
yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik,
psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin. Ularni
quyidagi tizimda yaqqol ko’rish imkoniyatini beradi.
Biogenetik nazariyaning negizida etilish bosh omil sifatida qabul qilingan
bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan
SHAXSNI O‘RGANISH BORASIDAGI
NAZARIYALAR
Biogenetik
(S.Xoll, E.Krechmer, Z.Freyd va
boshqalar)
Sotsiogenetik
Psixogenetik
Ijtimoylashuv
Organish nazariyasi
Rollar nazaryasi
Psixodinamik
Kognitiv
Personal
o’zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh
omili biologik determinantlarga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ularning mohiyatida
ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi.
Taraqqiyot jarayonining o’zi biologik yetilishning universal bosqichi sifatida
sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf
qilishgan, biogenetik qonuniyat fanning taraqqiyoti nazariyani tashkil qilganda
hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rolь o’ynagan.
Biroq fanning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda
qo’pol xatoliklarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, biologik qonunga ko’ra shaxs
psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyatni tarixiy
taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya
edi.
Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan bo’lmish amerikalik psixolog
S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb “rekapitulatsiya qonuni”ni
(filogenezni qisqacha takrorlanishini) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi
individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi.
Biogenetik
kontseptsiyaning
boshqa
bir
turi
nemis
“konstitutsion
psixologiyasi” (inson tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari
tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negizida bir qancha
biologik omillarni (masalan tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning
jismoniy tipi bilan psixologik xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud deb
taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir
boshida tsikloid toifasiga xos (tez qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta barqaror),
ikkinchi uchida shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-
tuyg’usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u shaxs rivojlanishi
davriga ko’chirishga harakat qiladi, natijada o’smirlarda tsikloid xususiyatlari (o’ta
qo’zg’aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o’spirinlarda esa shizoidlik
xususiyatlari) bo’ladi degan xulosa chiqaradi.
Biogenetik nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell,
S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga asoslanib ish ko’radilar va bu jarayonda
muvozanat, integratsiya va yangilanish tsikllari o’zaro o’rin almashinib turadi,
degan xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko’rinishi Zigmund Freydni
shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar
bilan shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u jinsiy maylga (libidoga) bog’liqdir.
Biologik nazariyaga qarama-qarshi bo’lgan nazariya sotsiogenetik nazariya
hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashuvga binoan shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar
jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish usullari va uni qurshab turgan odamlar bilan
o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv
nazariyasiga ko’ra inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning ijtimoiy shart-
sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
G’arbiy Evropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu rollar
nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o’zining har bir
a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror
usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo’lgan
maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatlarida o’zgalar bilan munosabat
muloqot o’rnatishda sezilarli iz qoldiradi.
AQSH da keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu individual tajriba va
bilimlarni egallash (mustaqil o’zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan
shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko’pincha ko’nikmalarni
egallash, bilimlarni o’zlashtirishdan iborat bo’lib, uning samarasi qo’zg’atuvchini
uzluksiz ravishda mustahkamlab borilishining mahsulidir. Bu nazariyaning
tarafdorlari E.Torndayk va B.Skinnerlar hisoblanadi.
K.Levin tomonidan tavsiya qilingan “fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi
psixologiya fani uchun (o’z davrida) muhim ahamiyatni kasb etadi. K.Levinning
nazariyasiga ko’ra, individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini
o’tovchi ishtiyoq (intilish) maqsadlar bilan boshqarilib turiladi, va ular fazoviy
zarurat maydonining ko’lami va tayanch nuqtasiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik,
sotsiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar
taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Ushbu yondashuvni
uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o’z
mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o’zaro tafovutlanadi.
Psixologiyaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy
qismlari bo’lishi emotsiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil
qiluvchi
nazariya
psixodinamika
deyiladi.
Mazkur
nazariyaning
yirik
namoyondalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta
davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egaligini
ta’kidlaydi.
Kognitiv yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, J.Kelli va boshqalarni
kiritish mumkin.
J.Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u
intellekt funktsiyalari va intellekt davrlari ta’limotini o’z ichiga qamrab oladi.
Intellektning asosiy funktsiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya
(moslashish, ko’nikish) dan iborat bo’lib, intellektning funktsional invariantligi deb
yuritiladi.
Sobiq sovet psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy,
P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontьev, B.G.Ananьev, L.I.Bojovich singari
yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu masala
bilan shug’ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning tuzilishi,
ilmiy manbai, rivojlanishning o’ziga xosligi bo’yicha yondashuvda muayyan
darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza
yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va undan
so’ng ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiq. Ontogenezda shaxs
taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga alohida ilmiy
psixologik ta’rif berish nuqtai-nazaridan yondashishni quyidagi nazariya va
yo’nalishlarini ko’rsatib berish mumkin. Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan
(L.S.Vigotskiy); motivatsion yondashish (L.I.Bojovich); faoliyatga ko’ra munosabat
(D.B.Elьkonin); shaxsning ijtimoiylashuv xususiyatiga e’tiboran (A.V.Petrovskiy);
shaxsning tutgan pozitsiyasini hisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo.
Shunday qilib, jahon va hamdo’stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir
qator puxta ilmiy-metodologik asosga ega bo’lgan shaxsning rivojlanishi
nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning
shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo’lib, xizmat qiladi, amaliy
va nazariy muammolarni yechishda keng ko’lamda qo’llaniladi.
Umumiy
psixologiya
fanida
shaxsning shakllanishi
va
rivojlanishi
qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar
tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta’rif berilgan va uning tuzilishini o’ziga xos
tarzda tasavvur qilishgan. Quyida mualliflar tomonidan keltirilgan ta’riflar
tahlillarining keltirib o’tamiz.
A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti
ham sub’ektidir. A.N.Leont’ev ushbu masalaga boshqacharoq yondashadi va unga
shunday ta’rif beradi: shaxs faoliyat sub’ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan
jamiyatda o’z rolini anglovchi, jamiyatning ishga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs
deyiladi.
Bu
muammo
mohiyatini
chuqurroq
ochishga
harakat
qilgan
S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs - bu tashqi ta’sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi,
ichki shart-sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin o’zaro farqlanib turuvchi
tushunchalar qo’llanib kelinadi, chunonchi odam, shaxs, individuallik. Ularning
mohiyatini aniqroq izohlab berish, har birining psixologik tabiatini tahlil qilish
maqsadga muvofiq.
1. Odam sut emizuvchilar sinfiga dahldorligi biologik jonzot ekanligi
odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik qo’llarning mehnat faoliyatiga
moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga
kirishi, uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong
bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z
qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniga ham egadir.
2. Shaxs mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan. Jamiyatda
rivojlanuvchi til yordami bilan boshqa kishilar bilan (muloqot) muomalaga
kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi
hisoblanadi.
3. Individuallik – har qanday insonning betakror, o’ziga xos xususiyatlarga
egadir. SHaxsning o’ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga
keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy sohalarida
namoyon bo’ladi.
Sobiq sovet psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir qator manbalar keltirilgan.
Jumladan, S.L.Rubinshteyn bo’yicha shaxs tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega:
1. Yo’nalganlik – ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar faoliyat va
xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
2. Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar – hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
3. Individual tipologik xususiyatlar – temperament, xarakter, qobiliyatlarda aks
etadi.
K.K.Platonov ta’limotiga ko’ra shaxs tuzilishi quyidagicha shaklga ega:
1. Yo’nalganlik ost tuzilishi – shaxsning ahloqiy qiyofasi va munosabatlarini
birlashtiradi. Unda harakatchanlik, barqarorlik jadallik ko’lami (hajmi) darajalarini
farqlash lozim.
2. Ijtimoiy tajriba ost tuzilishi – ta’lim natijasida shaxsiy tajribada egallangan
bilimlar, ko’nikmalar, malakalar va odatlarni qamrab oladi.
Yo’nalganlik
Bilim ,ko’nikma, malaka
Individual psixologik
xususiyatlar
Biogenetik
(S.Xoll, E.Krechmer, Z.Freyd va boshkalar)
Bilish faoliyati va hayot jarayonida egallanadi
Qobiliyat, xarakter, temperament
3. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi – ijtimoiy turmush jarayonida
shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
4. Biologik shartlanganlik ost tuzilishi – miya morfologik va fiziologik
xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik o’zgarishlarni,
shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik holatlarini birlashtiradi.
A.G.Kovalyov talqiniga binoan shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik – voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga
o’zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g’oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar,
ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini
belgilaydi.
2. Imkoniyatlar – faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshirishini ta’min-lovchi
tizim, o’zaro ta’sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar.
3. Xarakter – ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi.
Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Xarakter tizimi
irodaviy va ma’naviy sharoitlarga ajraladi.
4. Mashqlar to’plami – hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish
(korrektsiyalash), o’zini-o’zi nazorat qilish, o’zini-o’zi boshqarishni ta’minlaydi
Shaxsning faolligI
Shaxs o’zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol munosabatda
bo’ladi. SHaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga
ko’rsatadigan ta’siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar
ham o’zaro munosabatda bo’ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib
yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina qolmasdan, uni
o’zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida,
ehtiyojlarida namoyon bo’ladi. XX asr boshlarida avstriyalik psixolog Z.Freyd shaxs
faolligini quyidagicha tushuntiradi. Odam o’zining avlodlaridan nasliy yo’l bilan
o’tgan instinktiv mayllarining namoyon bo’lishi tufayli faoldir, instinktiv mayllar
asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo’ladi Z.Freyd shaxsning faolligini
jinsiy mayllar bilan bog’laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy
psixologiyasi to’g’ri hal qilib beradi. Inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning
ehtiyojlar, deb tushuntiradi.
Psixologik nuqtai nazardan borliq to’g’risida mulohaza yuritilganda, tirik
mavjudotlarning
(oddiy tuzilishga ega bo’lganidan tortib, to murakkabigacha) tevarak-atrof bilan
hayotiyahamiyatga ega bo’lgan turli xususiyatli bog’lanishlarni ta’minlab turuvchi
faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan qat’iy nazar) ularning barchasi uchun
umumiy bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Ularning faolligi tufayli murakkab tuzilishli
faoliyat yuzaga kelib, (ongning mahsuli sifatida) turli-tuman mohiyatli har xil
ko’rinishdagi ehtiyojlar (ularning toifalarga aloqadorligi kelib chiqishi jihatidan
biologik, moddiy, ma’naviy va boshqalar)ni qondirish uchun xizmat qiladi. Xuddi
shu boisdan faollik faoliyatning asosiy mexanizmlaridan biri bo’lib, tirik
mavjudotlarning,o’z imkoniyati darajasida tashqi olam ta’sirlariga javob qilish
uquvchanligining tarkibi sanaladi. Shu o’rinda A.Maslouning ehtiyojlar
ierarxiyasini keltirib o’tish zarur
Psixologik manbalarga asoslanib, fikr yuritishimizda ehtiyoj – jonli
mavjudotning tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur shart-sharoitlarga nisbatan
faolligini namoyon qiluvchi holat tariqasida ifodalaniladi.
O‘zini-
o‘zi qaror
toptirish
ESTETIK EHTIYOJ:
go‘zallik garmoniya
BILISh EHTIYOJI:
bilish tushunish
HURMATGA BO‘LGAN EHTIYOJ:
hurmat qozonish, ma'qullash
YAQINLIK TUYG‘USIGA EHTIYOJ:
odamlar qabul qilishi va hurmat qozonish
sh
XAVFSIZLIKKA NISBATAN EHTIYOJLAR:
o‘zini himoya qilish hissi
FIZIOLOGIK EHTIYOJLAR:
ovqat, chanqoq
Insonning faolligi boshqa mavjudotlardan ham mohiyat, ham shakl jihatidan
tafovutga ega bo’lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda qondirilishida
o’z ifodasini topadi. Jumladan, mavjudotlar va hayvonlar o’zlarining tanasi va uning
a’zolari tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga binoan, o’z o’ljasini tutib
olishga nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan
payqash, sezgirlik orqali zudlik bilan faol harakat qiladi. Hayvonlar ehtiyojlarining
qondirilish jarayoni qanchalik maqsadga muvofiq ravishda kechgan bo’lsa, bu esa
o’z navbatida ularning qurshab olgan yashash muhitiga yengillik bilan moslashuvini
ta’minlaydi. Masalan, asalari xatti-harakatlarining tug’ma, irsiy dasturida uning
gullarga qo’nib, nektar yig’ish ehtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu
ehtiyojlarni qondirish ob’ektlari (gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi,
qaysi tomonda joylashganligi, mo’l-ko’lligi kabilar va hokozo) aks etadi. SHu
boisdan mavjudotlarning ehtiyojlarida ularning faolligi omili sifatida tabiiy
alomatlar instinktlar, shartsiz reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi.
Odamning ehtiyoji unga ta’lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, ya’ni
insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko’nikma, malaka, odat, ma’naviyat,
qadriyatlar bilan yaqindan tanishishi ularni o’zlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Tabiat tomonidan vujudga keltirilgan jism, narsa, buyum inson uchun biologik
ehtiyojni qondiruvchi o’lja ma’nosini va ahamiyatini yo’qotadi. Odam boshqa
mavjudotlardan farqli o’laroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrining xususiy
ehtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni zaruriyat talabiga binoan tubdan
qayta o’zlashtirishga, takomillashtirishga qodir ongli zotdir. Xuddi shu boisdan
odamning o’z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot darajasi
bilan o’lchanadigan faoliyat shakli va turini egallashning faol muayyan maqsadga
yo’naltirilganligi, ma’lum rejaga asoslangan ijodiy ko’rinishi sifatida alohida
ahamiyat kasb etadi. Insondagi tor ma’nodagi ehtiyojlar uning shaxsiy talablarini
qondirish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik faoliyatida yuzaga keluvchi
jamoaviy ehtiyojlar yakkaxolligiga oid xususiyat kasb etadi. Aytaylik, ma’ruza
o’qishga taklif qilingan mashg’ulotga o’qituvchining puxta tayyorgarligi o’z
predmetining o’ta fidoiysi ekanligi uchun emas, balki jamoa nufuziga dog’
tushirmaslik ma’suliyati ijtimoiy burch hissiga nisbatan ehtiyoj sezganligi tufayli
amalga oshadi. Shaxsiy ehtiyoj guruhiy, jamoaviy munosabatlar uyg’unlashib
ketganligi sababli o’zaro qorishiq xususiyatiga ega bo’ladi. Har qanday individual
faoliyatga nisbatan ehtiyojning tuzilishi ijtimoiy alomat, umumiylik, hamkorlik
xususiyatini kasb etib, faoliyatga yondashuvda yakkaxollik umumiylikni,
umumiylik esa alohidalikni uzluksiz ravishda beto’xtov aks ettirib turadi.
Psixologiya fanida ehtiyojlarni tasniflash ularni kelib chiqishi va o’z
predmetining xususiyatiga binoan amalga oshiriladi.
Odatda o’zlarining kelib chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy va madaniy turga
ajraladi.
Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyati faolligi o’z shaxsiy hayotini himoya qilish,
o’z avlodi hayotini saqlash, uni qo’llab-quvvatlash uchun zaruriy shart-sharoitlarga
yuritilganlik, tobelik aks etadi. Tabiiy ehtiyojlar tarkibiga odamlarning ovqatlanishi,
tashnalikni qondirishi, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan saqlanish, musaffo
havoga intilish tana a’zolariga dam berish kabilar kiradi. Tabiiy ehtiyojlar uzoq vaqt
davomida qondirilmasa, uning oqibatida inson halokatga mahkum bo’ladi, o’z
sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostida qoldiradi.
Inson faoliyatining faolligi insoniyat madaniyati mahsuli bilan bog’liqligini
ifodalab, madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Madaniy ehtiyojlar to’g’risida
mulohaza yuritilganda uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari
bilan uzviy bog’lanib ketishini ta’kidlab o’tish lozim.
Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o’zaro uyg’unlashgan bo’lib,
birinchisi ikkinchisini taqozo etadi. Chunki ular bir-birining negizidan kelib chiqadi.
Xuddi shu boisdan madaniy ehtiyojlar ob’ektiga tabiiy ehtiyojlarini qondiruvchi uy-
ro’zg’or buyumlari, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan bog’lanish
vositalari, madaniy aloqalar o’rnatish usullari, shaxslararo muomalaga kirishish
uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, o’qish va tajriba orttirish
yo’llari kiradi. Odatda jamiyatda ta’lim va tarbiya tizimini egallash, xalq an’analari,
marosimlari, bayramlari, odatlari rasm-rusumlari, xulq-atvor ko’nikmalarini
o’zlashtirish jarayonida rang-barang madaniy ehtiyojlar vujudga keladi, yangicha
ma’no kasb eta boshlaydi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, tabiiy ehtiyojlar
qondirilmasa, ular insonni halokat yoqasiga yetaklaydi, biroq madaniy
ehtiyojlarning qondirilmasligi unday oqibatlarga olib kelmaydi, uning kamolotini
sekinlashtiradi.
Psixologiya fanida ehtiyojlar o’z predmetining xususiyatiga ko’ra moddiy va
ma’naviy turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai turlicha
ekanligi e’tirof etiladi.
Insonning ovqatlanishi, kiyinishi, uy-joyga ega bo’lishi, maishiy turmush
ashyolariga intilishi, komfort hissini qondirish bilan bog’liq madaniyat
predmetlariga nisbatan ehtiyoj sezish moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga
keltiradi. Ma’naviy madaniyatni yaratish va o’zlashtirish shaxsning o’z fikr
mulohazalari va his-tuyg’ulari bo’yicha boshqa odamlar bilan muomalaga kirishishi
hamda axborot almashtirishi, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishishi, mahalliy
matbuotni o’qish, kino va teatr ko’rish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish,
ya’ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma’naviy ehtiyojlar tizimini vujudga keltiradi.
Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq bo’lib vujudga
kelgan ma’naviy ehtiyojlarni qondirish jarayoni moddiy ehtiyojlarning tarkibiga
kiruvchi moddiy narsalar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi kitob, yozuv
qog’ozi va boshqalar.
Ehtiyojlarning turlari haqida fikr bildirilganda yana shu narsaga e’tibor berish
kerakki, kelib chiqishiga binoan tabiiy turga taalluqli ehtiyoj o’z predmetiga ko’ra
moddiy guruhga xuddi shu mezonlar bo’yicha bir davrning o’zida madaniy
ehtiyojning moddiy yoki ma’naviy ehtiyoj turkumiga kiritish mumkin. SHu tariqa
ehtiyojning kelib chiqishi va predmeti, xususiyati bo’yicha ikki mezonga asoslanib,
muayyan guruhlarga ajratiladi. Inson ongining tarixiy taraqqiyotiga nisbatan va
ehtiyojlarning ob’ektiga bergan munosabatiga binoan har xil tasniflanadi va xuddi
shu mezonlarga ko’ra ular rang-barang turlarga ajratiladi. Ularning izchilligi,
barqarorligi, davomiyligi, ko’lami, ahamiyatliligi, predmetliligi, ijtimoiyligi,
individualligi kabi xususiyatlari bilan o’zaro bir-biridan farqlanadi. Ehtiyojlar
faoliyati va xulq-atvor motivlari bilan teng aloqada bo’ladi.
Psixologiya fanida ehtiyoj quyidagi tiplarga ajratiladi:
1. Individual – yakka shaxsga yo’naltirilgan.
2. Guruhiy – real guruhlarga moddiy va ma’naviy intilish.
3. Jamoaviy – jipslashgan guruhlar talabi majmuasi.
4. Xududiy – etnik guruhning muayyan o’ziga xos talablari qondirilishi.
5. Etnik – ma’lum millat yoki xalqlarning safarbarligini ta’minlash.
6. Umumbashariy – yer yuzi xalqlarining umumiy talablarining majmuaviy aks
etishi.
Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo’ladi. Qiziqish
shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda insonning individual
xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziqish – insonlarning dunyoqarashi,
e’tiqodlari, ideallari, ya’ni uning oliy maqsadlari, orzu niyatlari, orzu umidlari bilan
bevosita muhim rolь o’ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlash
uchun xizmat qiladi. Qiziqishlarning klassifikatsiyasi va ularning mazmuni quyidagi
jadvallarda ifodalanadi.
Qiziqishning klassifikatsiyasi
Barqarorligi
Barqaror
Barqaror
Maqsadi
Kengligi
Bevosita
Bilvosita
Тоr
Keng
Mazmuni
Ijtimoiy-Siyosiy
Intellektual
Estetik
Sport
Qiziqish bilimlarni ongli, puxta, barqaror, anglagan holda o’zlashtirishda,
shaxs qobiliyati, zehni, uquvchanligini rivojlantirishga, olamni mukammalroq
tushunishga, bilim saviyasining
kengayishiga yordam beradi. SHu o’rinda qiziqishlarning tarkibiy qismlar sifatida
quyidagilarni keltirib o’tish joiz:
Qiziqish motiv singari borliqning mo’’jizakor tomonlarini bilishga, fan
asoslarini egallashga, faoliyatning turli tuman shakllariga nisbatan ijodiy
yondashishni vujudga keltiradi, mehnatga, ta’limga mas’uliyat bilan munosabatda
bo’lishni shakllantiradi, har qaysi yakkahol (individual)
shaxsga ishchanlik,
g’ayrat-shijoat, engilmas irodani tarkib toptirishga puxta psixologik shart-
sharoitlarni yaratadi.
Qiziqishning psixologik mohiyatidan kelib chiqqan holda yondashilganda,
qiziqish, insonga intilish, faollik, ichki turtki ehtiyojni ro’yobga chiqarish manbai,
rolini bajaradi.
Shaxsning o‘zi uchun qimmatli va yoqimli bo‘lgan muayyan narsa
va hodisaarga munosabati
Mazmuni
Qiziqish ma'lum yo‘nalganlikni
anglatadi. Moddiy, ijtimoiy,
siyosiy , kasbiy, bilish estetik
sportga kizikish va boshkalarga
ajratiladi.
Maqsad
Qiziqish bekaror va barqaror
xarakterda bo‘ladi. Bevosita
faoliyat jarayonining o‘ziga
bo‘lgan qiziqish bavosita bu
faoliyat natijalariga qiziqish.
Barqarorligi
Qiziqishlar har xil muddatli va
saqlanishligi bilan tavsiflanadi.
Qiziqishlarning barqarorligi esda
olib qolishning davomiyligida
ko‘rinadi.
Kengligi
Qiziqishlar bitta sohada
to‘plangan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, ko‘p ob'ektlar
o‘rtasida taqsimlangan bo‘lishi
mumkin.
Qiziqishlar
Qiziqish muammosi psixologik nuqtai nazardan L.A.Dobrinin, N.D.Levitov,
M.F.Belyaev,
L.A.Gordon,
L.I.Bojovich,
N.G.Mordova,
M.G.Davletshin,
M.V.Vohidov, E.G’.G’oziev va boshqalarning nazariy metodologik xususiyatga ega
bo’lgan asarlarida hamda maxsus eksperimental tadqiqotlarida rivojlantirildi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining dastlabki ko’rinishi – bu odamlar
tomonidan anglab etish yoki tushunish imkoniyatidir. SHaxs qiziqish mahsulini,
uning oqibatini anglash, tasavvur etish orqaligina ob’ektiv borliqdagi narsa va
hodisalarga ongli, tanlab munosabatda bo’ladi. Lekin bu voqelik (anglash,
tushunish) insonda birdaniga sodir bo’lmaydi, balki muayyan vaqt davomida unda
bilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari, individual-tipologik xususiyatlari rivojlanishi
tufayli yuzaga keladi. Inson o’z shaxsiy qiziqishini qondirgandan keyin unda
yoqimli his-tuyg’ular uyg’onadi, ruhiy qoniqish esa o’z navbatida lazzatlanish
(praksik) hissini vujudga keltiradi, buning natijasida frustratsiya (ruhiy tushkunlikka
tushish) uning shaxsiyatini egallaydi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi ko’rinishi uning irodaviy sifatlar
bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo’r berish, muayyan qaror
bo’yicha intilish, ba’zi qiyinchiliklarni yengish, mustaqillikni namoyon qilish
xususiyatini qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari yetaklaydi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining to’rtinchi ko’rinishi-uni oliy nerv faoliyati
xususiyatlari va temperament tiplari bilan birga mujassamlashgan holda namoyon
bo’lishidir.
Qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to’g’risida mulohaza yuritilganda,
dastavval rus olimi I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotini ta’kidlab
o’tish joiz, uning “bu nima?” refleksi, ya’ni orientirovka (mo’ljal olish) refleksi
qiziqishning moddiy negizini tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etadi. I.P.Pavlov
va uning shogirdlaridan keyin P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, B.M.Teplov,
V.S.Merlin, V.D.Nebilitsin va boshqalar insondagi qiziqishning nerv-fiziologik
mexanizmlarini bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida orientirovka refleksi
negizida murakkab muvaqqat bog’lanishlarning vujudga kelishidir, degan tarzda
talqin qildilar. Qiziqishning moddiy asoslari o’zaro induktsiya qonuni, po’stloqdagi
optimal qo’zg’alish o’chog’i va dinamik stereotiplar (I.P.Pavlov), dominanta
(A.A.Uxtomskiy), orientir murakkab psixofiziologik hodisa ekani (E.N.Sokolov) va
boshqalar bo’lib hisoblanadi.
Psixologiyada qiziqish mana bunday tiplarga ajratilishi mumkin:
Mazmuniga ko’ra: shaxsiy va ijtimoiy;
Maqsadiga binoan: bevosita va bilvosita;
Ko’lamiga qaraganda: keng va tor;
Qiziqishlar darajasi bo’yicha: barqaror va beqaror va boshqalar.
Qiziqishning
mazmun
jihatidan
o’zaro
tafovutlanishi
quyidagilarda
mujassamlashadi: bilish ehtiyojlarining ob’ektlari qaysilar, bilimning mazkur
faoliyat maqsadi bilan mutanosibligi; shaxsning yashayotgan muhitiga nisbatan
munosabati kabilar.
Qiziqishning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo’ladigan
qiziqishlarning voqelik, jismlar va hodisalarning emotsional jozibaliligi, his-
tuyg’ularga ega bo’lishligi, tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga keladi.
Bevosita qiziqishlar o’rganilayotgan narsaning ma’nosi bilan uning shaxs faoliyati
uchun ahamiyati mots tushgan taqdirda paydo bo’lishi mumkin. Psixologiyada
bevosita qiziqishning yuzaga kelishini faoliyatning maqsadini anglash bilan bog’liq
bo’lgan bilishni ehtiyoj deb atash qabul qilingan. U yoki bu narsalarni (hodisalar
mohiyatini) bilish, ko’rish, idrok qilish, anglab yetish uchun qiziqarli tuyulgan ichki
kechinmalar bevosita qiziqishni aks ettiradi. Bilvosita qiziqishlar mehnat faoliyati
yoki ta’lim olish jarayonining muayyan ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun
sub’ektiv ahamiyati o’zaro mos tushganida bilvosita qiziqish yuzaga keladi. Mehnat
faoliyati va ta’lim jarayonini ongli tashkil etish yetakchi va ustuvor rolь o’ynaydigan
bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish uchun maxsus tamoyillarga, omilkor yo’l-
yo’riqlarga o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Odamlarning qiziqishlari o’zining ko’lami bilan bir-biridan farq qiladi.
SHunday shaxslar toifasi ham mavjudki, ularning qiziqishlari faqat bir sohaga
qaratilgan bo’ladi. Boshqa bir toifaga taalluqli odamlarda esa qiziqishlar qator
sohalarga, fanlarga, ob’ektlarga yo’naltirilganini uchratishimiz mumkin. Lekin turli
sohaga nisbatan qiziqishlarning biri, agarda ularni oqilona boshqarish imkoniyatiga
bo’lsa, ikkinchisiga salbiy ta’sir etishi mumkin emas, Qiziqishning torligi ko’pincha
salbiy hodisa sifatida baholanishi mumkin, lekin ayni chog’da ularning kengligi ham
nuqson tariqasida tahlil qilinsa bo’ladi. Biroq shaxsning barkamol shaxs bo’lib
kamol topishi qiziqishlar ko’lamini tor emas, balki keng miqyosda bo’lishini taqazo
etadi.
Qiziqishlar o’zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga ajratiladi.
Barqaror qiziqishga ega bo’lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan predmetlariga,
ob’ektlariga, hodisalarga nisbatan o’z maylini hech o’zgarishsiz saqlab tura oladi.
SHu boisdan inson ehtiyojlarini o’zida mujassamlashtiruvchi, shaxsning ruhiy
fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar deyiladi.
Inson shaxsi xulq-atvorining o’z motivlari bo’ladi. Motiv – ma’lum ehtiyojlarni
qondirish bilan bog’liq bo’lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar
inson shaxsi faolligining mohiyatini tashkil etsa motivlar bu mohiyatning namoyon
bo’lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog’liqdir. Shuning uchun
motivlar bir-biridan ehtiyoj turlariga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning
qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar yoki ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi
bilan bog’liq bo’lgan motivlar bo’lishi mumkin. Motivlar anglanilgan va
anglanilmagan bo’lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi,
ammo o’sha narsa nimaligini tasavvur qila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi
hulq-atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sababdir. Xatti-
harakatlarning muhim motivi e’tiqoddir. E’tiqod-shaxsning o’z qarashlari,
tamoyillari, dunyoqarashiga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan
ehtiyojlar tizimidir. Tilaklar ham xatti-harakat motivlari bo’lib, bu motivlarda
mazkur vaziyatda bevosita bo’lmagan yashash va taraqqiy etish sharoitlarida
ehtiyojlar o’z ifodasini topadi.
Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar borasida eng ko’p o’rganilgan
masala ko’rsatma berishdir. Bu masala gruzin psixologi D.N.Uznadze va uning
xodimlari tomonidan ishlangan. Ko’rsatma berish deganda bilish faoliyati bilan
bog’liq bo’lgan ehtiyojlarni ma’lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi.
Talabalar o’qituvchilar beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar.
Shaxsning malaka va odatlari
Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir
necha xil bo’ladi (yozish, o’qish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni
ko’zlab biror nima bajarish malakaga bog’liqdir.
Malaka - deb avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xatti-
harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta-qayta takrorlash natijasida hosil qilish
mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo’lishi mumkin. Masalan, mashina
haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, o’tin
arralash-sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi.
Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo’ladi. Odat kishi qalbiga o’rnashib,
uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish,
ovqatlanish, ozoda yurish kabilar.
Odatlar ijobiy va salbiy bo’ladi. Salbiy odatlarga yolg’on gapirish, ichish,
chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asoslarini shartli
refleksning hosil bo’lish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas,
balki dinamik stereotip tarzidagi, ya’ni takrorlash natijasida mustahkamlangan
shartli reflekslar majmuasidan iborat. Masalan, bola bolalar bog’chasiga
o’rganguncha qiynaladi, chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil
bo’ladi. Yangi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog’liq
bo’ladi. Ilgarigi malakalar yangisiga ijobiy ta’sir qilsa, malakalarning kuchayishi
kuzatiladi. Masalan, chet tillaridan birortasini o’rgangan odam boshqa bir chet tilini
o’rganishda qiynalmaydi.
Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta’sir qilsa malakalar
interferentsiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa
sohaga o’tsa qiynaladi. Shaxs shug’ullanayotgan ishi bilan uzoq vaqt
shug’ullanmasa malakalar so’nishi hodisasi kuzatiladi. Bu malakalarning
diavtomatizatsiyasi
deyiladi.
Malakalarning
hosil
bo’lish
negizi
va
mustahkamlanishi odamning yoshiga bog’liq, masalan tilga 4-5 yoshda tez
o’rganiladi. Hunar egallash 12-13 yoshda tez o’rganiladi. Malakalarning
mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual xususiyatlariga bog’liq, asab
tizimiga bog’liq bo’ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanxoliklarda sekin
hosil bo’ladi.
Demak, malakalar shaxsning tarkib topishiga katta ta’sir ko’rsatadi. SHaxsni
individualligi uning ijtimoiy munosabatlarida belgilanadi. Bu borada quyidagi
fikrlarni keltirib o’tish joiz. Atoqli psixolog K.K.Platonov shaxsni “konkret odam
yoki dunyoni yaratuvchi sub’ektdir”, L.I.Bojovich esa “odam o’zini anglash
jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda “men” degan tushuncha paydo bo’ladi” deb
ta’kidlaydilar. A.N.Leontevning “Faoliyat, Ong, Shaxs” degan kitobida shaxs
haqida ajoyib fikrlar mavjud. “Bu oliy olam birligi hayotida doimiyligini saqlaydi,
har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko’z o’ngida va o’z ko’z o’ngida
qoladi”.
Mazkur fikrlardan ko’rinadiki, shaxs o’zini-o’zi anglashga qodir, ijtimoiy
munosabatlarning sub’ekti, o’zini-o’zi anglash imkoniyatiga ega bo’lgan ongli
mavjudot sifatida e’tirof etiladi. Shu bois, insonlar jamoasi, ijtimoiy tarixiy
jarayonlarining ta’sirida kamolga yetadi.
Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining tadqiqot doirasi
predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tassavvurlarning
yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning
ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiya
hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning
namoyondalari
tomonidan
turlicha
fikrlar
bildirilayotganligi
keltirib
chiqarilayotganligi bunga yaqqol misoldir.
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli
ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, shaxs tuzilishning
xilma-xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. B.G.Anan’evning
fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emotsiya) va irodaga ajratish
jarayonini inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki
ko’rinishi bo’lib, uning haqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan olingan.
L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funktsiyalarini yuksak,
madaniy hamda quyi, tabiiy turlarga ajratish mumkin. Chunki ularning negizida
ta’lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar tizimi
o’zaro ta’sirining ifodalanishi yotadi.
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchilikni eng asosiy
sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida namoyon bo’ladi. Ular shaxsning
tuzilishiga ko’ra substantsional va ideal, irsiy va psixologik tomonlarga ega bo’lib,
u V.M.Banьshikov tadqiqotlarida asoslaniladi.
Mulohazadan ko’rinib turibdiki, bunda shaxsning “substantsional tomonini”
irsiy, kundalik faoliyatda egallagan somatik jabhalar bilan taqqoslaganda, mustaqil
strukturaviy tarkib sifatida, alohida reallikka ega emas. Bunday tahlil individual
voqelik ustida gap borayotganini bildiradi. A.G. Kovalevning fikricha, temperament
tabiiy xususiyatlarning muhimligini bildirib keladi.
B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishiga quyidagilar kiradi:
Umuminsoniy psixologik xususiyatlar
Milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o’ziga
xos xususiyatlar.
Shaxsning individual betakror xususiyatlari.
Chet el psixologlarining shaxs tuzilishi mohiyatini ochib berishga qaratilgan
ko’pgina yondashuvlari ham yuksak ko’rsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu
masalani yoritish uchun keskin o’zgarish kiritolmadi. Olimlarning shaxsning
psixologik mohiyatini tushunchalar tuzish yordami bilan xaspo’shlashi ijobiy
izlanish tarzida o’ziga tortadi, lekin unda shaxs “kundalik turmushimizda biz bilgan
shaxsning aynan timsolidir” deb ta’riflanadi.
AQSH psixologi G.Olportning fikricha, shaxs: ichki tizim, “dinamik qurilma”,
“men”, “qandaydir metapsixologik men”, o’zida oldindan maqsad va dizpozitsiyani
va aks ettiruvchi inson tafakkuri va hulq-atvorida mutanosib ravishda qaror
toptiruvchi jonzotdir”. Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy, tarixiy jihatdan yaqqol
baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o’rnini psixologik talqin egallaydi.
Psixologlardan T.Parsond, G.Mid va boshqalar “shaxsning rolli tuzilishi nomli
“kontseptsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit sub’ektiv dunyosini uning psixologik
qiyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar.
Keyingi yillarda chet el psixologiyasida olimlar diqqatini shaxs modelining
psixologik omillari tortmoqda. Ularning asosiy variantlari G.Ayzenk, R.Kettell
kontseptsiyalari bilan bevosita bog’liqdir. Mazkur kontseptsiyalar ko’p yoki oz
miqdordagi “omillar ( Ayzenkda ular 2-3 ta, Kettellda esa 20 tadan ziyod) ga
asoslangan bo’lib, ular muayyan darajada umumlashgan individuallikni yoki shaxs
qiyofasini ifodalovchi psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi ruhiy tizimni qayd
qilishga asoslanadi. Ammo tub ma’nodagi shaxsning psixologik kontseptsiyasi ham
individuallik qiyofalarini haqiqiy ijtimoiy psixologik mohiyatini ochish
imkoniyatiga ega emas, chunki xususiyatlarning qonuniy ravishdagi o’zaro aloqalari
tavsiflanmay qolgan.
K.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funktsional
tuzilishi katta qiziqish uyg’otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyliklarini
qamrab oluvchi modelini yaratishga intiladi. Shaxs xususiyatlari, qiyofasi uning
tuzilish elementlari bo’lib, xossalari hisoblanadi. K.K.Platonov shaxs tuzilishini turli
tomonlariga aloqador 4 tuzilmaga ajratadi :
1. Shaxsning axloqiy munosabatga yo’nalganlikni birlashtiruvchi ijtimoiy
shartlangan osttuzilish. Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy
mayllarga bevosita bog’liq bo’lmay, tarbiyaviy yo’l bilan shakllantiriladi.
2. Tajriba osttuzilishi, unga ta’limiy yo’l bilan egallagan bilimlar, malakalar,
ko’nikmalar, odatlar kiradi. Ammo bu narsa shaxs qiyofasining biologik shartlangan
ta’siri ostida kechadi. Ushbu ost tuzilish orqali shaxs insoniyatning tarixiy tajribasi
bilan bog’liq bo’ladi.
3. Shaxsning individual xususiyatlari bilan shartlangan ba’zi psixik jarayonlar
kiritiladi. Bunda biologik shartlangan xususiyatlarining ta’siri aniqroq ko’zga
tashlanadi.
4. Biologik shartlangan osttuzilish bo’lib, biopsixik xususiyatlarni fazilatlar
temperament, jinsiy va yosh xususiyatlar, shuningdek, insonning patologik
o’zgarish birlashtiradi. Bu ost tuzilish mashq orqali shakllantiriladi.
K.K.Platonov “shaxsning tomonlari va uning ost tuzilishi” tushunchalarini
sinonim sifatida qo’llanilganligini quyidagicha izohlab beradi: shaxsning moddiy
jabhalari emas, balki funktsional tomonlarining o’zaro ta’siri to’g’risida to’xtalish
muhimdir”.
V.S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga alohida ahamiyat bergan.
Uning fikricha, shaxsning qismlarga ajratib talqin qilinmaydigan jabha bu uning
xislatidir, ularning har biri muayyan yo’nalganlik mohiyatini mujassamlashtirgan
bo’lib, shaxs munosabatini aks ettiradi. Shaxs tuzilishi deganda V.S.Merlin bo’yicha
insonning o’z-o’ziga, o’zgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatni o’zida
birlashtiruvchi shaxs xususiyatlarining tashkiliy aloqadorligini anglatuvchi “
simptokomleks”- ni tushuniladi. Tadqiqotchi N.I.Raynvaldning fikricha, shaxsning
tuzilishi va uning har bir qiyofasi (timsoli) uch mezon asosida tahlil qilinishi lozim:
1. Orientirovka darajasi va anglanganlik xususiyati;
2. U yoki bu ehtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda
tashkiliyligi;
3. Insonning emotsional irodaviy bilishga oid sifatlarini namoyon bo’lishining
jadalligi, jiddiyligi va zo’riqishi va boshqalar
N.I.Raynvaldning
izohlashicha,
faollikning
regulyatsiyasida
psixik
funktsiyalarni umumlashgan guruhlashtirish uch o’lchovli (mezonli) tasnifi aql
(intellekt), hissiyot (emotsiya) va iroda mohiyati zimmasiga tushishi, shaxs
tuzilishini temprament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa
ekstroversiya, introversiya omillariga ajratilishiga barham beradi.
N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi A.R.Luriyani miya faoliyatining uch
blokli rolli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi aql (intellekt) ko’p hollarda
informatsion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkililik) programmalashtirish
bloki bilan bog’liq, xilma-xil emotsional holatlar (hissiyot) yuzaga kelishining
negizida “energetik” blok yotadi.
Aql, hissiyot, iroda va ularni ro’yobga chiqaruvchi miyaning bloklari,
harakatlantiruvchilarni emas, balki o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan insonning atrof-
muhitga nisbatan munosabatining uch tomonini anglatadi.
Keltirilgan fikr mulohazalardan shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning
tuzilish tarkibi, uning o’ziga xos individual xususiyatlari bilan belgilansa, ayrim
olimlar tomonidan tashqi ob’ektiv omillar asosida yuzaga kelishi ko’rsatib o’tilgan.
4. Shaxs ijtimoiylashuvi
Har birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda
paydo bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari
fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki
sotsializatsiya deb yuritiladi.
Demak, sotsializaqiya yoki ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani
egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir.
Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv - har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi,
uning normalari, talablari, kutishlari va ta'sirini qabul qilgan holda, har bir harakati
va muomalasida uni ko‘rsatishi va kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o‘z
navbatida o‘zgalarga ta'sirini o‘tkaza olishi jarayonidir.
Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli
faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga
ko‘rsatilayotgan ta'sir oddiy, mexanik tarzda o‘zlashtirilmay, u har bir shaxsning
ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha sub'ektiv
tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta'sirlar
odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10 - 15 ta
o‘quvchidan iborat akademik litsey o‘quvchilarini olaylik. Ularning bilimni, ilmni
idrok qilishlari, ulardan ota - onalarining kutishlari, o‘qituvchilarning berayotgan
darslari va unda yetkazilayotgan ma'lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir
xilday. Lekin baribir ana shu 15 o‘quvchining har biri shu ta'sirlarni o‘zicha, o‘ziga
xos tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o‘quv ko‘rsatgichlari va
iqtidorida aks etadi. Bu o‘sha biz yuqorida ta'kidlagan ijtimoiylashuv va
individualizatsiya jarayonlarining o‘zaro bog‘liq va o‘zaro qarama - qarshi
jarayonlar ekanligidan darak beradi.
Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro‘y beradigan shart - sharoitlarini ijtimoiy
institutlar deb ataymiz. Bunday institutlarga oiladan boshlab, mahalla, rasmiy davlat
muassasalari (boqcha, maktab, maxsus ta'lim o‘choqlari, oliygohlar, mehnat
jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi.
Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o‘ziga
xosdir. Insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq elementlari aynan oilada,
oilaviy munosabatlar tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham xalqimizda «qush
uyasida ko‘rganini qiladi» degan maqol bor. Ya'ni, shaxs sifatlarining dastlabki
qoliplari oilada olinadi va bu qolip jamiyatdagi boshqa guruhlar ta'sirida sayqal
topib, takomillashib boradi. Bizning o‘zbekchilik sharoitimizda oila bilan bir
qatorda mahalla ham muhim tarbiyalovchi - ijtimoiylashtiruvchi rolь o‘ynaydi.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, ba'zan odamning qaysi mahalladan ekanligini
surishtirib, keyin xulosa chiqarishadi, ya'ni mahalla bilan mahallaning ham farqi
bo‘lib, bu farq odamlar psixologiyasida o‘z aksini topadi. Masalan, bitta mahalladan
yaxshi kelin chiqsa, aynan shu mahalladan qiz qidirib qolishadi. Ya'ni, shu
mahalladagi ijtimoiy muhit qizlarning iboli, aqlli, sarishtali bo‘lib yetishishlariga
ko‘maklashgan. Masalan, ayrim mahallalarda sahar turib ko‘cha - eshiklarni
supurish odatga aylangan va barcha oilalar shu udumni buzmaydilar. Shunga
o‘xshash normalar tizimi har bir ko‘cha-mahallaning bir-biridan farqi, afzallik va
kamchilik tomonlarini belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallaga katta bo‘layotgan
yoshlar ijtimoiylashuvida bevosita ta'sirini ko‘rsatadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv o‘choqlariga maktab va boshqa ta'lim
maskanlari kiradi. Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus
tarzda uyqunlashtiriladi. Bizning ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz
ta'lim oladigan, bola bilimlar tizimini o‘zlashtiradigan maskan sifatida qabul
qilamiz. Lekin aslida bu yer ijtimoiylashuv tarbiyaviy vositalarda yuz beradigan
maskandir. Bu yerda biz ataylab tashkil etilgan, oxirgi yillarda joriy etilgan
«Ma'naviyat darslari», «Etika va psixologiya» kabi tarbiyalovchi fanlarni nazarda
tutmayapmiz. Gap har bir darsning, umuman maktabdagi shart-sharoitlar, umumiy
muhitning tarbiyalovchi roli haqida. Masalan, dars paytida o‘qituvchi butun diqqati
bilan yangi darsni tushuntirish bilan ovora deylik. Uning nazarida faqat dars,
mavzuning mazmuni va undan ko‘zlangan maqsad asosiyday. Lekin aslida ana shu
jarayondagi o‘qituvchining o‘zini qanday tutayotganligi, kiyim - boshi, mavzuga
sub'ektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi o‘quvchilarga munosabati hamma
narsani belgilovchi, ijtimoiy tajriba uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omildir.
Shu nuqtai nazardan o‘quvchilar didi, kutishlari va talablariga javob bergan
o‘qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa o‘qituvchining ta'siri faqat
salbiy rezonans beradi. Xuddi shunday har bir sinfda shakllangan muhit ham katta
rolь o‘ynaydi. Ba'zi sinflarda o‘zaro hamkorlik, o‘rtoqchilik munosabatlari yaxshi
yo‘lga qo‘yilgan, guruhda ijodiy munozaralar va bahslar uchun qulay sharoit bor.
Bu muhit tabiiy o‘z a'zolari ijtimoiy xulqini faqat ijobiy tomonga yo‘naltirib turadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti - bu mehnat jamoalaridir. Bu muhitning
ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli pishib
qolgan, ma'lum tajribaga ega bo‘lgan, hayot haqidagi tasavvurlari shakllangan
paytda keladi. qolaversa, egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat malakalari va
bilimlar ham juda muhim bo‘lib, shu muhitdagi ijtimoiy normalar harakteriga ta'sir
qiladi. Lekin baribir shaxsning kimlar bilan, qanday o‘zaro munosabatlar muhiti
ta'sirida
ekanligi
uning
yetuklik
davridagi
ijtimoiylashuvining
muhim
mezonlaridandir. Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri - o‘sha
jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o‘zaro munosabatlar, rahbarning kimligi va
uning jamoaga munosabati bo‘lib, ko‘p incha oylik - maosh masalasi ana shulardan
keyin o‘rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, soqlom ma'naviy
muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson taqdirida katta
rolь o‘ynaydi.
Shaxs sotsializatsiyasi to‘g‘risida gap ketarkan, aytish kerakki, sotsializatsiya
sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bo‘lib, u — individning ijtimoiy muhitga
qo‘shilishi, ijtimoiy ta'sirlarni o‘ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot
sistemasiga kirib borishi jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, bir
tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta'sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan
esa, ularni hayotda o‘z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon etadi. Bu jarayon
normal individda tabiiy tarzda ro‘y beradi, chunki individda shaxs bo‘lishga ehtiyoj
hamda shaxs bo‘lishiga imkoniyat va zaruriyat bordir. Shuning uchun ham bola
tug‘ilib, ijtimoiy muhitga qo‘shilgan ondan boshlab, undagi shaxs bo‘lishga
intilishni, undagi shakllanish jarayonini kuzatish mumkin (masalan, chaqaloqlardagi
bevosita emotsional muloqotga ehtiyojning borligi).
Shaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishining o‘z sohasi, bosqichlari va
muassasalari mavjud.
Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi:
1) faaliyat sohasi, ya'ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki
bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar jabxasi, soxasi kengayib, boyib
boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va
ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo‘lidagi aktivligi unda
o‘ziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‘smirlik
davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni
paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z
o‘rnini tasavvur qilishga erishadi.
3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya'ni ''Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi
jarayoni bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat
qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-o‘zini
baholash, anglash, nazorat qilish- xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs
psixologiyasining tarkibiy qismidir.
Shaxs ijtimoiylashuvining ushbu bosqichlari mavjud. Masalan, birinchi
bosqich—mehnat
faoliyatigacha
bo‘lgan
bosqich
bo‘lib,
unga
bolaning
maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning
ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit,
ijtimoiy ta'sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik
borasida muhim bosqich o‘tiladi. Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati davri — bu
davr odamning yetuklik yillari bilan bog‘liq bo‘lib, avvalgi davrlarda singdirgan
ijtimoiy ta'sirlarni bevosita faol faoliyatda, shaxslararo munosabatlar sistemasida
namoyon etadi. Kasbga ega bo‘lib, aniq hayot yo‘lini tanlagan, turmush qurib,
kelgusi avlodni tarbiyalayotgan shaxsda namoyon bo‘ladigan barcha ijtimoiy
fazilatlar shu davrning mahsulidir. Nihoyat, uchinchi bosqich — mehnat
faoliyatidan keyingi davr bo‘lib, bunga asosan aktiv mehnat faoliyatidan so‘ng
qarilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs ijtimoiylashuvi davom
etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi,
shunga ko‘ra shaxs strukturasida ham xususiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Bu jarayon ro‘y beradigan sharoitlar — muassasalar xususida gapiriladigan
bo‘lsa, turli davrlarda oila, bolalar muassasalari, maktab, boshqa dargohlari, mehnat
jamoalarining roli nazarda tutiladi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Shaxsga ta`rif bering?
2. Individ deb nimaga aytiladi?
3. Individuallik tushunchasi mazmuni?
4. Psixolog olimlar talqinida shaxs tuzilishi talqini?
5. Shaxsni o`rganishning qanday nazariyalari mavjud?
6. Biogenetiklar talqinida shaxs tushunchasi?
7. Psixogenetik nazariyaning qanday yo`nalishlari bor?
8. J. Piaje bo`yicha intellekt nazariyasi mazmuni?
9. S.L.Rubenshteyn fikricha shaxs tuzilishi?
10. O`z-o`zini amglashning besh tarkkibiy qismi?