Shaxs rivojlanishning asosiy qonuniyatlari
Reja:
1.
“Shaxs” tarbiyasining tarkibiy qismlari.
2.
Bola shaxsinign rivojlanishi, tarbiyasi va kamoloti.
3. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
4. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari.
5. Shaxsning ijtimoiylashuvi.
SHaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan
jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik
jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va
sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak.
“Individ”
nima?
Bola
ma’lum
yoshga
qadar
“individ”
sanaladi. Individ lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas»,
«alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi.
Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy
xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat.
Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan
qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida
shakllana boradi.
Shaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy
etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Keltirilgan ta'riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan
jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug’ullanuvchi, kishilar bilan
normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi.
Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik
shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir.
Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun
imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining
rivojlanishi uchun imkoniyat tug’diradi, qo’llarining shakli shamoyili mehnat
qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko’rsatadi. Yuqorida
aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta'kidlanadi va
bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida tushuntirish
lozim.
Shaxsning
eng
muhim
xususiyatli
jihatlaridan
biri
-
bu
uning
individualligidir. Individuallik deganda
insonning
shaxsiy
psixologik
xususiyatlarining
betakror
birikmasi
tushuniladi.
Individuallik
kishining
o’ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik
fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik
jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyat
motivlari, inson maslagi, dunyqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar,
qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan
farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi hamda uning
qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini
o’zida mujassamlashtirgan odam yo’q, inson shaxsi o’z individualligi jihatidan
betakrordir.
Shaxs bo'lish uchun odam, albatta, tarbiyalanishi kerak.Ta'lim-tarbiyasiz,
hayotdagi yaxshilik va yomonlikni bilmasdan, ularni farqlamasdan turib, odamning
shaxs bo'lib shakllanishi mumkin emas.Ta'lim-tarbiya, yaxshi-yomonning farqiga
boradigan darajaga yetishish esa uzoq vaqt talab qilishi, hatto, insonning umri
oxiriga qadar davom etishi mumkin. Demak, har qanday odamni ham, bu dunyoda
bosh ko'tarib yurgan hamma insonlarni ham shaxs deb atay olmaymiz. Bu nomga
sazovor bo'lishning o'z talablari, mezon - o'lchovlari bor. Bu talab-mezonlar ichida
ma'naviy-ma'rifiy mezonlar muhim o'rin egallaydi.«Yuksak ma'naviyat —
yengilmas kuch» kitobida o'qiymiz:Har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir
bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib
chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga
ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta'lim-
tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim». Yurtboshimiz ota-
onalar, ustoz va murabbiylarga «har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rish
zarur»ligini uqtirmoqda. Butun ta'lim-tarbiya mana shu imkoniyatni ro'yobga
chiqarishga, jism-u jonimizda yashirinib yotgan shu qobiliyatni kashf qilib, uni
takomillashtirishga qaratilmog'i lozim. Boshqacha aytganda, har bir inson
tug'ilishidanoq tayyor shaxs bolmaydi. Erkin va mustaqil, chuqur va keng fikrlash,
hamma narsa to'g'risida xolis mushohada yuritish, hayotda ongli turmush kechirish
esa insonni komillik - mukammallikkaeltadi.Dunyoda narsa va hodisalarning son-
sanog'i yo'q. U to'g'risida har bir fan o'zining ilmiy qarashlarini ilgari suradi. Ilmning
bo'lsa, chek-u chegarasi yo'q. Ya'ni, narsa va hodisalar mohiyatini o'rganish mangu
davom etaveradi. O'z fikriga, shaxsiy qarashiga ega bo'lmagan,aytayotgan gapi yoki
qilayotgan ishi uchun javob berish mas’uliyatini his qilmaydigan odam shaxs degan
yuksak mavqega ko'tarila olmaydi. Ana shunday odamlar to'planib «olomon»ni,
«to'da»ni hosil qiladi.Har qanday mamlakat va uni ichdan buzmoqchi bo'lgan yovuz
niyatli kuchlar aynan shu olomon to'dani hosil qilishni, uning vayronkor kuchidan
o'z manfaatlari yo'lida foydalanishni o'ylashadi. Ular kishilarni mustaqil, erkin
fikrlashda chalg'itadigan o'zlarining buzg'unchi g'oyalarini, mafkuralarini tiqishtiri-
shadi, o'z domiga tushgan yoshlarni, hatto, boshqacha o'ylamasligi o'ziga o'rgatilgan
aqidalardan chetga chiqmaslikka qasam ham ichirishadi. Soxta «ommaviy
madaniyat» targ'ibotchilarining niyati ham shunga o'xshash. Ular insonning
hayvoniy his-tuyg ularini qo'zg'atuvchi tomoshalari kuchi va ta'siri bilan jamiyatda
shaxslarni yo'q qilib, odamlarni hech narsa to'g'risida jiddiy o'ylamaydigan, nimani
eshitsa yoki ko'rsa, shuni ortidan ko'r-ko'rona ergashib ketaveradigan olomonga
aylantirishni istaydilar.Har ikki harakat ham, oxir-oqibatda, xalq, millat ustidan o'z
hukmronligini o'rnatish, uning taqdiriga egalik qilish, boyliklarini talash va yovuz
niyatlarni ko'zlaydi.Demak, har birimiz har qanday narsa va hodisa to'g'risida
o'zimizning mustaqil fikrimizga ega bo'lishimiz, uni himoya qila olishimiz bizni
ko'plab yomonliklardan asrab qoladi. Shundagina biz turli buzg'unchi fikrlar,
g'oyalar ta'siriga tushib qolmaymiz, vayronkorlikka da'vat etuvchi kimsalar ortidan
ergashmaymiz. O'zligimizni, milliyligimizni, kelajagimizni saqlab qolamiz.Erkin va
mustaqil, chuqur va keng fikrlash o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi. Buning uchun
odam ko'plab bilimlarni o'zlashtirishi aql-u idrokini boyitishi, ko'nikma va tajribalar
orttirishi talab etiladi. Ezgu fazilatlar esa ko'cha-ko'yda emas, balki ma'rifat
dargohlarida - ta'lim-tarbiya o'choqlarida o'zlashtiriladi.Yurtboshimiz yana bir
muhim qoidani ta'kidlaydi: “Ta'limni tarbiyadan tarbiyani esa ta'limdan ajratib
bo'lmaydi - bu sharqona qarash,sharqona hayot falsafasidir”. Mazkur qarashga,
chinakam hayot falsafasiga amal qilibgina jamiyatda komil insonni voyaga
yetkazishi mumkin. Bizning xalqimiz ilmli, ko'p narsani biladigan kishilarni
nihoyatda hurmat qiladi, qadrlaydi. Bunday kishilarga mahalla-ko'yda ham, mehnat
jamoalarida ham, yor-u do'stlar orasida ham alohida e'tibor, diqqat qaratiladi. Lekin
faqat bitta shart bilan: agar o'sha bilimli, ko'p narsani biladigan kishi, avvalo,
insongarchilikni ham bilsa, olgan ta'limi tarbiyasiga mos kelsa, aytayotgan gapi
bilan qilayotgan ishi o'rtasida tafovut, ziddiyat bo'lmasa. Eng muhimi - o'sha odam
faqat olim bo'lishninggina emas, odam bo'lish ilmini ham mukammal egallagan,
boshqalarga hurmat va e'zoz ko'rsatish tajribasini ham o'zlashtirgan bo'lsa.
Go’dak tug’ilganidan ma’lum yoshga qadar, ya’ni borliqni eng oddiy tarzda
anglaguniga qadar individ sanaladi. Bu davrda ham bola atrofdagi turli kishilar bilan
o’zaro munosabatda bo’ladi, istaklarini xatti-harakatlari, ovozi yordamida
ifodalashga intiladi. Biroq, uning bu harakatlari ongli tarzda emas, balki shartli
reflekslar yordamida tashkil etiladi. Demak, biologik mavjudot sanaladigan individ
shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini anglashi, shuningdek, o’z
xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak.
Har bir shaxs o’zgalardan farq qiladi. SHaxsni o’zgalardan farqlovchi jihatlar
individuallik sanaladi. Individuallik shaxsning o’ziga xos xususiyatlarning aks
etishi sanaladi
Tarbiya jarayonini tashkil etishda bola shaxsini puxta o’rganish, uning
yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo’lish va uning individual
xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
Individual yondashuv o’quvchining aqliy qobiliyati, bilishga bo’lgan qiziqishi
va iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bolaning harakatlari uning
ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ongli ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va
ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs
sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Bu ijtimoiy talabning amalga
oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish,
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat
qilish huquqni kafolatlaydi.
Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishida irsiyat, ijtimoiy
muhit va tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ta’siridagina individ shaxs
sifatida rivojlanib boradi.
Bola shaxsining rivojlanishi shaxs ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy
ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik biologik mavjudot hamdir. SHaxs
tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Pedagogika, psixologiya va faosafa fanlarida
individning shaxs sifatida rivojlanishiga irsiyat (biologik omillar), muhit (ijtimoiy
omillar) hamda tarbiya kabi omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni
belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etadi.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli
bo’ladimi yoki biologik (tabiiy) omillar yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning
ta’siri yuqoridir?
O’z davrida ulug’ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy ilk bor ilgari inson
kamolatida uch narsa – irsiyat, muhit hamda tarbiya muhim rol o’ynaydi degan
qarashni ilgari surgan bo’lsa, Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori
qo’yadi. Ular tug’ma xususiyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini
belgilab bergan, deydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari shaxs rivojlanishini ijtimoiy
omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, ruhiy
rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar. Muhit deganda odam
yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan
tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin,
degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb
hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib
borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit
(bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan
tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or
pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
SHaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni,
sharoit esa shaxsni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi.
SHaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi
layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani
ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi.
Demak, shaxs va jamiyat o’rtasida uzviy aloqa mavjud.
SHunday qilib, shaxsning jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va
inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi; inson ularga faol ta’sir
etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.
SHaxs rivojlanishini ta’minlashda ijtimoiy muhit tomonidan ko’rsatiladigan
ta’siri tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni: 1) tarbiya ta’sirida muhit bera
olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq
ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi; 2) tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham
o’zgartirilib, shaxs kamolga yetadi; 3) tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini
ham yo’qotish mumkin; 4) tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh davriga
xos
bo’lgan
anatomik,
fiziologik
(jismoniy)va
psixologik
xususiyatlari
yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda
ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli
bo’ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun
bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni
hisobga olish muhimdir. CHunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham,
psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn
Sino, YAn Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani
tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar.
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. CHunki bir xil
yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi,
hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi,
yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki
ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib,
o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning
umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish
muhim.
SHuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham
mavjud. Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan 10-sinf o’quvchisini tenglashtirib
bo’lmaydi. SHuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga
bo’linadi: Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha
bo’lgan davr. Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham
mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1. Go‘daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha
bo‘lgan davr.
2. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha bo‘lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) – 7 yoshdan 11–12
yoshgacha.
5. O‘rta va katta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk o‘spirinlar) –
12–17 yosh.
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda
quyidagi davrlarga bo‘linadi:
– go‘daklik (1 yoshgacha);
– ilk yosh (1–2 yosh);
– ilk yosh guruhi (2–3 yosh);
– kichik yosh (3–4 yosh);
– o‘rta yosh (4–5 yosh);
– katta yosh (5–6 yosh);
– maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta'lim).
Shaxsning ijtimoiylashuvi – ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik
funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va
qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi.
Ijtimoiylashuv
jarayoni
o’zining
sifat
xususiyatlariga, tarkibiga,
qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan
insonda namoyon bo’lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o’ziga xosliklari) ko’ra
murakkabdir. Ana shu sababli u o’zida turli fanlar tomonidan ko’rib chiqiladigan
ijtimoiylashuvning xilma-xil – madaniy, axloqiy, xuquqiy, mehnat, psixologik
ko’rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda esa, bu sohadagi
ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va ehtiyojlarining
o’ziga xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi sifatida alohida e’tibor
bilan qarab o’tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy
belgilangan va muhim pedagogik yangidan shakllanuvchi tajribalarni –
tarbiyalanganlik, ta’lim olganlik, ma’lumotlilik va rivojlanganlik hamda ularning
kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil o’zgarib borishi (mukammallashuvi)
jarayoni va yuzaga kelish natijasidir.
Bu holda shaxsga nisbatan sust ravishda yondashuv kuzatilmaydi, balki u
ijtimoiy munosabatlarning va pedagogik tizimning sub’yekti sifatida, tajriba
egallashda faollik va mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o’z-o’zini
shakllantiruvchi, shu bilan birga o’z hayot yo’li uchun javobgarlikni his etuvchi
sub’yekt sifatida qaraladi. Pedagogikaning vazifasi – insonga fikrlovchi shaxs,
ijtimoiy faol fuqaro bo’lib yetishishiga, jamiyatda o’z o’rnini va xulq-atvorini, o’z
istak-maqsadlarini yo’nalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik
tizim bilan birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga
yo’nalgan shaxs bo’lishiga yordam berishdir.
Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud:
ana’naviy – oila va yaqin muhit orqali o’quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb
etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish;
institutsional – ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari tomonidan
o’quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish;
shaxslararo – o’quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda
muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish;
refleksiv – o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini loyihalashni
pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.
Ijtimoiylashuvning quyidagi
umumiy mexanizmlari mavjud:
ana’naviy,
institutsional, shaxslararo, refleksiv
O’quvchilarni
ijtimoiylashtirishning
muhim
sharti
ularda
ijtimoiy
kompetentlikni qaror toptirishdir. Ijtimoiy kompetentlik insondan ijtimoiy
vaziyatlarga yo’nalganlik va boshqarish qobiliyatini talab etuvchi boshqa kishilar
bilan kommunikatsiyani yo’lga qo’yishda o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy
kompetentlikning asosiy funktsiyalariga moslashuv, ijtimoiy orientatsiya, shaxs
integratsiyasi va umumijtimoiy tajribani kabilar kiradi.