SHAXS SHAKLLANISHIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING AHAMIYATI

Yuklangan vaqt

2024-06-21

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

43,0 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
SHAXS SHAKLLANISHIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING 
AHAMIYATI 
 
Reja: 
1. Shaxsni shakllantirish jarayonida sport pedagogikasining ahamiyati.  
2. Jismoniy tarbiya va sportning shaxs shakllanishiga ta’siri. 
3.Rivojlanish tushunchasi, odamning rivojlanishi, jismoniy va psixik 
rivojlantirish, ularning birligi va xususiyatlari. 
4. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.  
 
Rivojlanish iborasi eng avvalo inson tanasi (gavda) a’zolarining ilk holati va uning 
o‘sish (rivojlanishi) darajasi bilan bog‘liqdir. Bu asosan biologik, fiziologik, 
biokimyoviy, psixologik, jismoniy tarbiya kabi keng qamrovli tabiiy va maxsus 
jarayonlarning hosilasidir. 
Rivojlanish - inson organizmidagi miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonidir. 
Rivojlanish natijasi - insonni biologik tur va ijtimoiy mavjudot sifatida voyaga 
yetishi. Insondagi biologik tur jismoniy rivojlanish bilan tavsiflanadi, morfologik, 
bioximik, fiziologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. 
Ijtimoiy rivojlanish esa, psixologik, ma’naviy, aqliy rivojlanishda ko‘rinadi. Agar 
inson, uni ongli, mustaqil faoliyatga layoqatli deb atashga imkon beruvchi darajada 
rivojlasa, uni shaxs deb ataydilar. Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki rivojlanish 
jarayonida shaxs bo‘lib yetishadi. Shaxs tushunchasi - bu insonning ijtimoiy 
tavsifnomasi, u ijtimoiy munosabatlar, boshqa odamlar bilan muloqot qilish ta’sirida 
shakllangan xususiyatlarini ko‘rsatadi. Shaxs sifatida inson ijtimoiy tizimda 
maqsadga yo‘naltirilgan va puxta o‘ylab chiqilgan tarbiya yordamida shakllanadi. 
Ilmiybaza.uz SHAXS SHAKLLANISHIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING AHAMIYATI Reja: 1. Shaxsni shakllantirish jarayonida sport pedagogikasining ahamiyati. 2. Jismoniy tarbiya va sportning shaxs shakllanishiga ta’siri. 3.Rivojlanish tushunchasi, odamning rivojlanishi, jismoniy va psixik rivojlantirish, ularning birligi va xususiyatlari. 4. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Rivojlanish iborasi eng avvalo inson tanasi (gavda) a’zolarining ilk holati va uning o‘sish (rivojlanishi) darajasi bilan bog‘liqdir. Bu asosan biologik, fiziologik, biokimyoviy, psixologik, jismoniy tarbiya kabi keng qamrovli tabiiy va maxsus jarayonlarning hosilasidir. Rivojlanish - inson organizmidagi miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonidir. Rivojlanish natijasi - insonni biologik tur va ijtimoiy mavjudot sifatida voyaga yetishi. Insondagi biologik tur jismoniy rivojlanish bilan tavsiflanadi, morfologik, bioximik, fiziologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy rivojlanish esa, psixologik, ma’naviy, aqliy rivojlanishda ko‘rinadi. Agar inson, uni ongli, mustaqil faoliyatga layoqatli deb atashga imkon beruvchi darajada rivojlasa, uni shaxs deb ataydilar. Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki rivojlanish jarayonida shaxs bo‘lib yetishadi. Shaxs tushunchasi - bu insonning ijtimoiy tavsifnomasi, u ijtimoiy munosabatlar, boshqa odamlar bilan muloqot qilish ta’sirida shakllangan xususiyatlarini ko‘rsatadi. Shaxs sifatida inson ijtimoiy tizimda maqsadga yo‘naltirilgan va puxta o‘ylab chiqilgan tarbiya yordamida shakllanadi.
Ilmiybaza.uz 
 
Shaxs, bir tomondan - ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi orqali, ikkinchi tomondan, - 
jamiyatga moddiy va ma’naviy boyliklarni berishi orqali aniqlanadi. 
Shaxs bo‘lish uchun, inson faoliyatda va amalda tabiat in’om etgan va hayot hamda 
tarbiya orqali shakllangan o‘z ichki xususiyatlarini ko‘rsata olishi lozim. 
Insonning rivojlanishi - o‘ta murakkab, uzoq davom etuvchi va ziddiyatli jarayon. 
Bizning organizmimizda butun hayotimiz davomida o‘zgarishlar bo‘lib turadi, lekin 
asosan insonning jismoniy va ichki dunyosi bolalik va o‘smirlik chog‘larida faol 
o‘zgaradi. Rivojlanish miqdoriy o‘zgarishlarning oddiy yigindisi va pastdan 
yuqoriga bo‘lgan to‘g‘ri chiziqli harakat emas. Bu jarayonning e’tiborli tomoni - 
shaxsning jismoniy, psixik va ma’naviy tomonlarini miqdoriy o‘zgarishlarga o‘tishi. 
Insonning rivojlanishi tabiiy boshqarib bo‘lmaydigan jarayondir, rivojlanish hayot 
shart-sharoitlariga bog‘liq emas. Hayotga juda sekin ko‘nikadigan hayvonlardan 
farqli ravishda inson yashash uchun kerakli vositalarni o‘z mehnati bilan yaratadi. 
 “Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ 
(lotincha “individium” so‘zidan olingan bo‘lib, “bo‘linmas”, “alohida shaxs”, 
“yagona” ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina 
tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir. 
Individuallik esa shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, uning namoyon 
bo‘lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o‘rganish, uning 
yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo‘lish va ularning hisobga 
olinishini taqozo etadi. Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, 
bilishga bo‘lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga 
ega. Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida 
shakllana boradi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh 
sub’ekti va ob’ekti, ta’lim quyidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga 
oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash quyidagi davlat siyosati insonni 
intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama 
rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur 
ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy 
Ilmiybaza.uz Shaxs, bir tomondan - ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi orqali, ikkinchi tomondan, - jamiyatga moddiy va ma’naviy boyliklarni berishi orqali aniqlanadi. Shaxs bo‘lish uchun, inson faoliyatda va amalda tabiat in’om etgan va hayot hamda tarbiya orqali shakllangan o‘z ichki xususiyatlarini ko‘rsata olishi lozim. Insonning rivojlanishi - o‘ta murakkab, uzoq davom etuvchi va ziddiyatli jarayon. Bizning organizmimizda butun hayotimiz davomida o‘zgarishlar bo‘lib turadi, lekin asosan insonning jismoniy va ichki dunyosi bolalik va o‘smirlik chog‘larida faol o‘zgaradi. Rivojlanish miqdoriy o‘zgarishlarning oddiy yigindisi va pastdan yuqoriga bo‘lgan to‘g‘ri chiziqli harakat emas. Bu jarayonning e’tiborli tomoni - shaxsning jismoniy, psixik va ma’naviy tomonlarini miqdoriy o‘zgarishlarga o‘tishi. Insonning rivojlanishi tabiiy boshqarib bo‘lmaydigan jarayondir, rivojlanish hayot shart-sharoitlariga bog‘liq emas. Hayotga juda sekin ko‘nikadigan hayvonlardan farqli ravishda inson yashash uchun kerakli vositalarni o‘z mehnati bilan yaratadi. “Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” so‘zidan olingan bo‘lib, “bo‘linmas”, “alohida shaxs”, “yagona” ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir. Individuallik esa shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o‘rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo‘lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi. Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim quyidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash quyidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy
Ilmiybaza.uz 
 
qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb 
yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. 
O‘quvchi yoshlarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va hayot-
turmushga layoqatli bo‘lib yetishishida barcha fanlar kabi jismoniy tarbiya fani, 
sport turlari, sayohatlar, xalq milliy o‘yinlari muhim o‘rin tutadi. 
Jismoniy rivojlanish deganda tananing barcha a’zolari sog‘lom, harakatlarni 
ixcham va tez bajarishini tushuniladi. Bu o‘z navbatida chaqqonlik, epchillik, 
kuchlilik, chidamlilik, egiluvchanlik kabi qator jismoniy sifatlardan tarkib topadi. 
Ular ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari 
(trenirovka), sport musobaqalariga tayyorgarlik va unda qatnashish yo‘llari bilan 
rivoj topadi.  
Jismoniy jihatdan rivojlanish, barkamol avlod bo‘lib yetishishida inson 
tanasidagi barcha faoliyatlar (funksiya) va ularni tarbiyalash pedagogik jihatdan 
muhim ahamiyatga egadir. Jismoniy rivojlanishning shiddatli (keskin) davri, 
maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi davrga to‘g‘ri keladi va butun 
maktab yoshi davri davomida davom etadi.  
Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari degan iboraga duch 
kelamiz. 
Bu 
inson 
badanining 
a’zolarini 
bichimi 
o‘lchami 
bo‘lib, 
shug‘ullanuvchilarni yoki individning jismoniy rivojlanishi haqidagi antropometrik 
ma’lumotlar tarzida ro‘yxatga olinadi. 
Jisman rivojlanishning yo‘nalishi, xarakteri, darajasi, shuningdek, inson 
o‘zida kamol toptiradigan fazilatlari va qobiliyatlari turmush sharoiti va tarbiyaga 
ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Jisman rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan o‘z jismi 
tarbiyasi maqsadlarida foydalanish – jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining 
muhim vazifasidir. Jamiyatdagi ijtimoiy sharoit jismoniy rivojlanishini hal qiluvchi 
omilidir. Omillar orasida mehnat bilan tarbiya jarayonining roli, ayniqsa jismoniy 
tarbiyaning roli muhimdir. Jisman rivojlanishga erishish uchun “jismoniy tarbiya” 
deb atalmish maxsus yo‘naltirilgan va tashkil qilingan faoliyatdan foydalana 
boshlandi. 
Ilmiybaza.uz qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. O‘quvchi yoshlarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va hayot- turmushga layoqatli bo‘lib yetishishida barcha fanlar kabi jismoniy tarbiya fani, sport turlari, sayohatlar, xalq milliy o‘yinlari muhim o‘rin tutadi. Jismoniy rivojlanish deganda tananing barcha a’zolari sog‘lom, harakatlarni ixcham va tez bajarishini tushuniladi. Bu o‘z navbatida chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, chidamlilik, egiluvchanlik kabi qator jismoniy sifatlardan tarkib topadi. Ular ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari (trenirovka), sport musobaqalariga tayyorgarlik va unda qatnashish yo‘llari bilan rivoj topadi. Jismoniy jihatdan rivojlanish, barkamol avlod bo‘lib yetishishida inson tanasidagi barcha faoliyatlar (funksiya) va ularni tarbiyalash pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Jismoniy rivojlanishning shiddatli (keskin) davri, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi davrga to‘g‘ri keladi va butun maktab yoshi davri davomida davom etadi. Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari degan iboraga duch kelamiz. Bu inson badanining a’zolarini bichimi o‘lchami bo‘lib, shug‘ullanuvchilarni yoki individning jismoniy rivojlanishi haqidagi antropometrik ma’lumotlar tarzida ro‘yxatga olinadi. Jisman rivojlanishning yo‘nalishi, xarakteri, darajasi, shuningdek, inson o‘zida kamol toptiradigan fazilatlari va qobiliyatlari turmush sharoiti va tarbiyaga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Jisman rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan o‘z jismi tarbiyasi maqsadlarida foydalanish – jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muhim vazifasidir. Jamiyatdagi ijtimoiy sharoit jismoniy rivojlanishini hal qiluvchi omilidir. Omillar orasida mehnat bilan tarbiya jarayonining roli, ayniqsa jismoniy tarbiyaning roli muhimdir. Jisman rivojlanishga erishish uchun “jismoniy tarbiya” deb atalmish maxsus yo‘naltirilgan va tashkil qilingan faoliyatdan foydalana boshlandi.
Ilmiybaza.uz 
 
Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini morfologik 
va funksional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo‘lgan 
asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni 
shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan.  
Pestalotsi bolalarning “vujudini tarbiyalash”ni astoydil yoqlab chiqqan. P.F. 
Lesgaft jismoniy bilim berishni, jismoniy tarbiyaning kengaytirilgan ma’nosi deb 
tushuntirgan. Lekin Lesgaftning jismoniy tarbiya haqidagi ta’limotning asosiy 
g‘oyasi tom ma’nodagi jismoniy ta’lim g‘oyasi edi. 
P.F. Lesgaft jismoniy tarbiya jarayonida bolalar ayrim harakatlarni ajratib 
olishlari va ularni o‘zaro taqqoslashni, ularni ongli ravishda boshqarishni va 
to‘siqlarga moslashtirishni, bu to‘siqlarni iloji boricha chaqqonlik va qat’iyat bilan 
o‘tishni (yengishni), boshqacha qilib aytganda, iloji boricha kamroq vaqt mobaynida 
oz mehnat sarflangan holda, ongli ravishda eng ko‘p jismoniy ish qilishni, yohud 
ko‘rkam va g‘ayrat bilan harakat qilishni o‘rganishlari kerak, deb hisoblardi. Bu 
yerda gap, bir tomondan, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalarini hosil qilish haqida, ikkinchi 
tomondan, 
harakatlarni 
bajarishga 
ongli 
munosabatda 
bo‘lish 
negizida 
ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatning turli tasavvur hamda mahoratni qaror 
toptirish haqidagi bormoqda.  
Jismoniy tarbiya jarayonida hamisha ham tarbiyaviy, ham ta’limiy 
elementlarning mavjudligi uni bir butun pedagogik jarayon deb qarashga olib keladi. 
Qayd qilingan elementlar qo‘yilgan vazifaga qarab, har biri alohida ko‘rinishda 
namoyon bo‘ladi. 
Jismoniy tarbiya – abadiy kategoriyadir, shu ma’nodaki tarbiyaning bu 
yo‘nalishi jamiyat paydo bo‘lgandan beri mavjud bo‘lib, bunday tuzum ham ijtimoiy 
ishlab chiqarishning va inson hayotining zaruriy shartlaridan biri sifatida davom 
etaveradi (A.D. Novikov, 1959 yil). 
Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan 
iboratki, bu asosan jamiyatda inson jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vosita 
sifatida xizmat qila olishligi va ayni paytda uning ma’naviy kamolotiga ham kuchli 
ta’sir ko‘rsata olishligidadir. Mazkur xususiyat jismoniy tarbiyaning barchaga 
Ilmiybaza.uz Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini morfologik va funksional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo‘lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Pestalotsi bolalarning “vujudini tarbiyalash”ni astoydil yoqlab chiqqan. P.F. Lesgaft jismoniy bilim berishni, jismoniy tarbiyaning kengaytirilgan ma’nosi deb tushuntirgan. Lekin Lesgaftning jismoniy tarbiya haqidagi ta’limotning asosiy g‘oyasi tom ma’nodagi jismoniy ta’lim g‘oyasi edi. P.F. Lesgaft jismoniy tarbiya jarayonida bolalar ayrim harakatlarni ajratib olishlari va ularni o‘zaro taqqoslashni, ularni ongli ravishda boshqarishni va to‘siqlarga moslashtirishni, bu to‘siqlarni iloji boricha chaqqonlik va qat’iyat bilan o‘tishni (yengishni), boshqacha qilib aytganda, iloji boricha kamroq vaqt mobaynida oz mehnat sarflangan holda, ongli ravishda eng ko‘p jismoniy ish qilishni, yohud ko‘rkam va g‘ayrat bilan harakat qilishni o‘rganishlari kerak, deb hisoblardi. Bu yerda gap, bir tomondan, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalarini hosil qilish haqida, ikkinchi tomondan, harakatlarni bajarishga ongli munosabatda bo‘lish negizida ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatning turli tasavvur hamda mahoratni qaror toptirish haqidagi bormoqda. Jismoniy tarbiya jarayonida hamisha ham tarbiyaviy, ham ta’limiy elementlarning mavjudligi uni bir butun pedagogik jarayon deb qarashga olib keladi. Qayd qilingan elementlar qo‘yilgan vazifaga qarab, har biri alohida ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Jismoniy tarbiya – abadiy kategoriyadir, shu ma’nodaki tarbiyaning bu yo‘nalishi jamiyat paydo bo‘lgandan beri mavjud bo‘lib, bunday tuzum ham ijtimoiy ishlab chiqarishning va inson hayotining zaruriy shartlaridan biri sifatida davom etaveradi (A.D. Novikov, 1959 yil). Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu asosan jamiyatda inson jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qila olishligi va ayni paytda uning ma’naviy kamolotiga ham kuchli ta’sir ko‘rsata olishligidadir. Mazkur xususiyat jismoniy tarbiyaning barchaga
Ilmiybaza.uz 
 
barobar umumiy qo‘llaydigan xususiy belgisidir. Lekin jamiyatning real hayotida 
konkret tarixiy sharoitlardan tashqarida bo‘lgan jismoniy tarbiya umuman yo‘q. Har 
bir ijtimoiy - iqtisodiy formatsiyada jismoniy tarbiyani amalga oshirishning konkret 
tarixiy tipi rivoj topadi. 
Jismoniy 
tarbiyada 
sport 
tayyorgarligi, 
organizmning 
funksional 
imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan, yuqori sport natijasi 
kishilarning jismoniy tayyorgarligini baholash kriteriyasiga aylanadi va jismoniy 
tarbiyaga mo‘ljal sifatida juda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. 
Tadqiqotchilar insonning rivojlanishini o‘rganib chiqib, bir tomondan - 
rivojlanish jarayoni va uning natijalari o‘rtasidagi qonuniy aloqalar, ikkinchi 
tomondan - ularga ta’sir etuvchi sabablarni ifodalovchi qator muhim bog‘liqliklarni 
aniqladilar. Rivojlanish omillarini tahlil qilish antik (antichnie) olimlardan 
boshlangan. Pedagogika va psixologiyada maktab o‘quvchilarining rivojlanishini 
o‘rganishda P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, G.S.Kostyuk sezilarli 
natijalarga erishganlar. Uzoq davom etgan tadqiqotlar umumiy qonuniyatni insonni 
rivojlanishi ichki va tashqi shart-sharoitlarga bog‘liqligini ochib beradi. Ichki 
sharoitlarga organizmning fiziologik va psixik xossalari kiradi. Tashqi sharoitlar - 
bu inson yashayotgan va rivojlanayotgan muhit. Tashqi muhitning o‘zaro ta’siri 
jarayonida insonning ichki dunyosi o‘zgaradi, yangi o‘zaro munosabatlar 
shakllanadi, bu esa o‘z navbatida o‘zgarishlarga olib keladi va bu benihoya davom 
etaveradi. Tashqi va ichki, ob’ektiv va sub’ektiv munosabat turlicha bo‘ladi, u 
shaxsning hayotiy faoliyatining turli shakllardagi ko‘rinishi va rivojlanishining turli 
bosqichlariga bog‘liq. 
 
2.2. Jismoniy tarbiya va sportning shaxs shakllanishiga ta’siri. 
Jismonan va ma’nan yetuk inson bo‘lib yetishish g‘oyalarining shakllanishida 
nafaqat G‘arbda, balki Sharqda ham o‘ylashgan, masalan Zardushtilik ta’limoti va 
uning muqaddas kitobi “Avesto”da shaxsning jismoniy va ma’naviy rivojlanishi 
bo‘yicha qimmatli fikrlar talqin etilgan.  
Ilmiybaza.uz barobar umumiy qo‘llaydigan xususiy belgisidir. Lekin jamiyatning real hayotida konkret tarixiy sharoitlardan tashqarida bo‘lgan jismoniy tarbiya umuman yo‘q. Har bir ijtimoiy - iqtisodiy formatsiyada jismoniy tarbiyani amalga oshirishning konkret tarixiy tipi rivoj topadi. Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funksional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan, yuqori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyorgarligini baholash kriteriyasiga aylanadi va jismoniy tarbiyaga mo‘ljal sifatida juda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Tadqiqotchilar insonning rivojlanishini o‘rganib chiqib, bir tomondan - rivojlanish jarayoni va uning natijalari o‘rtasidagi qonuniy aloqalar, ikkinchi tomondan - ularga ta’sir etuvchi sabablarni ifodalovchi qator muhim bog‘liqliklarni aniqladilar. Rivojlanish omillarini tahlil qilish antik (antichnie) olimlardan boshlangan. Pedagogika va psixologiyada maktab o‘quvchilarining rivojlanishini o‘rganishda P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, G.S.Kostyuk sezilarli natijalarga erishganlar. Uzoq davom etgan tadqiqotlar umumiy qonuniyatni insonni rivojlanishi ichki va tashqi shart-sharoitlarga bog‘liqligini ochib beradi. Ichki sharoitlarga organizmning fiziologik va psixik xossalari kiradi. Tashqi sharoitlar - bu inson yashayotgan va rivojlanayotgan muhit. Tashqi muhitning o‘zaro ta’siri jarayonida insonning ichki dunyosi o‘zgaradi, yangi o‘zaro munosabatlar shakllanadi, bu esa o‘z navbatida o‘zgarishlarga olib keladi va bu benihoya davom etaveradi. Tashqi va ichki, ob’ektiv va sub’ektiv munosabat turlicha bo‘ladi, u shaxsning hayotiy faoliyatining turli shakllardagi ko‘rinishi va rivojlanishining turli bosqichlariga bog‘liq. 2.2. Jismoniy tarbiya va sportning shaxs shakllanishiga ta’siri. Jismonan va ma’nan yetuk inson bo‘lib yetishish g‘oyalarining shakllanishida nafaqat G‘arbda, balki Sharqda ham o‘ylashgan, masalan Zardushtilik ta’limoti va uning muqaddas kitobi “Avesto”da shaxsning jismoniy va ma’naviy rivojlanishi bo‘yicha qimmatli fikrlar talqin etilgan.
Ilmiybaza.uz 
 
Jismoniy yetuk va ma’nan barqaror, komil inson bo‘lib shakllanish borasidagi 
fikrlarni rivojlanishida Imom Buxoriy, At Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, 
Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va 
boshqalarning xizmatlari beqiyosdir.  
Jismoniy tarbiya asosida esa insonni jismoniy rivojlanish va jismoniy 
tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan komil insonni kamol 
toptirish, uning qobiliyatlarini va harakat faolligini takomillashtirish, sog‘lom 
turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish kabilar yotadi. 
Demak, jismoniy tarbiyalash yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk 
hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, 
insonni jismoniy imkoniyatlarini rejalashtirishga, uning jismoniy tarbiya sohasida 
malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayondir. Jisman rivojlanish inson 
organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi – tashqi ko‘rinishini va uning 
xizmatining o‘zgarishi jarayonidir. 
Inson hayotning birinchi yetti yilligida bolalar sog‘lig‘ining asosiga zamin 
tayyorlanadi, hayotiy zaruriy harakat malakalari shakllanadi, takomillashadi, 
keyinchalik jismoniy rivojlanish uchun lozim bo‘lgan shart-sharoitlar yuzaga keladi. 
Russiyzabon olimlarimiz Shelovanova, Aksariynoy, Sorochek, Uvarov, 
Bikovlarni tadqiqotlarini natijalari shuni ko‘rsatadiki bolaning jismonan chiniqqan, 
chaqqon, kuchli bo‘lib o‘sishi uchun o‘z vaqtida to‘g‘ri rejalashtirilgan jismoniy 
tarbiya jarayoni muhim rol o‘ynaydi. Jismoniy tarbiyaning ahamiyatini noto‘g‘ri 
baholash bola organizmini rivojlantirishni susaytiribgina qolmay, uni aqliy 
rivojlanishiga ham salbiy ta’siri ko‘rsatishini jismoniy tarbiya amaliyoti isbotlab 
berdi. 
Bolaning organizimi tez rivojlana boshlaydi. Lekin organizmning himoya 
refleksi sust rivojlangan bo‘ladi, nisbatan kasalga tez chalinadi. Shunga ko‘ra bu 
yoshdagilar jismoniy tarbiyaning vazifasi – ularning sog‘ligini saqlash va 
mustahkamlash, chiniqtirish, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, gavdani to‘g‘ri 
tutish, umumiy va shaxsiy gigienaga e’tibor beradigan qilib voyaga yetkazishdir. 
Ilmiybaza.uz Jismoniy yetuk va ma’nan barqaror, komil inson bo‘lib shakllanish borasidagi fikrlarni rivojlanishida Imom Buxoriy, At Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning xizmatlari beqiyosdir. Jismoniy tarbiya asosida esa insonni jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan komil insonni kamol toptirish, uning qobiliyatlarini va harakat faolligini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish kabilar yotadi. Demak, jismoniy tarbiyalash yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonni jismoniy imkoniyatlarini rejalashtirishga, uning jismoniy tarbiya sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayondir. Jisman rivojlanish inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi – tashqi ko‘rinishini va uning xizmatining o‘zgarishi jarayonidir. Inson hayotning birinchi yetti yilligida bolalar sog‘lig‘ining asosiga zamin tayyorlanadi, hayotiy zaruriy harakat malakalari shakllanadi, takomillashadi, keyinchalik jismoniy rivojlanish uchun lozim bo‘lgan shart-sharoitlar yuzaga keladi. Russiyzabon olimlarimiz Shelovanova, Aksariynoy, Sorochek, Uvarov, Bikovlarni tadqiqotlarini natijalari shuni ko‘rsatadiki bolaning jismonan chiniqqan, chaqqon, kuchli bo‘lib o‘sishi uchun o‘z vaqtida to‘g‘ri rejalashtirilgan jismoniy tarbiya jarayoni muhim rol o‘ynaydi. Jismoniy tarbiyaning ahamiyatini noto‘g‘ri baholash bola organizmini rivojlantirishni susaytiribgina qolmay, uni aqliy rivojlanishiga ham salbiy ta’siri ko‘rsatishini jismoniy tarbiya amaliyoti isbotlab berdi. Bolaning organizimi tez rivojlana boshlaydi. Lekin organizmning himoya refleksi sust rivojlangan bo‘ladi, nisbatan kasalga tez chalinadi. Shunga ko‘ra bu yoshdagilar jismoniy tarbiyaning vazifasi – ularning sog‘ligini saqlash va mustahkamlash, chiniqtirish, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, gavdani to‘g‘ri tutish, umumiy va shaxsiy gigienaga e’tibor beradigan qilib voyaga yetkazishdir.
Ilmiybaza.uz 
 
Pedagogik jihatdan mos keladigan sharoitda jismoniy tarbiya va sport 
yordamida shaxsda jasurlik, matonat, jur’atlilik, xaqqoniylik, vijdonlilik, 
mehnatsevarlik o‘z imkoniyatlariga ishonch va boshqa xislatlar tarkib topadi. 
Jismoniy tarbiya umumpedagogik jarayonning bir qismi hisoblanadi. 
 
2.3.Rivojlanish tushunchasi, odamning rivojlanishi, jismoniy va psixik 
rivojlantirish, ularning birligi va xususiyatlari. 
Har qanday jarayon o‘z natijasiga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil 
harakatlar jamidan iborat bo‘ladi. Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi har 
tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayon ikki 
tomonlama bo‘lib uyushtirishni va rahbarlikni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning o‘zi 
aktivlik ko‘rsatishni ham talab etadi. Chunki u tarbiyaning umumiy maqsadlarini 
amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi, tarbiya formalari, metodlari va usullarini 
asosli tarzda tanlab oladi va tadbiq etadi. 
Qadimda ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar 
majmuasini zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. 
Sharq tarbiyasida islom dinining roli muhimdir. “Islom dini-bu ota-
bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat 
ekanligini unutmaylik. Ana shu ma’rifatli kishilarimiz jon - jon deb qabul qiladigan 
va yaxshi o‘gitlarga amal qiladilar. Mehr - oqibatli, nomusli, oriyatli bo‘lishiga 
izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar”. Islom dini har qanday 
davrda ham insonlarni poklikka undagan, yaxshi xislatlarni ko‘paytirib yomon 
xislatlardan xalos etishga chorlagan. 
Pedagogika tarbiyalanuvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun 
zarur bo‘lgan eng samarali shart-sharoitlarini o‘rganadi va aniqlaydi. Bu masalani 
hal qilish uchun avvalo “shaxs” degan umumiy tushunchaning ma’nosini va 
shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, rivojlanishning ko‘rsatkichlarini shaxsning 
shakllanishida ayrim muhim omillar rolini bilish, individning rivojlanish jarayoni 
bosqichlarini aniqlash, shaxsni shakllantirishda ta’lim-tarbiyaning shaxs faolligi 
rolini o‘rganish kerak bo‘ladi.  
Ilmiybaza.uz Pedagogik jihatdan mos keladigan sharoitda jismoniy tarbiya va sport yordamida shaxsda jasurlik, matonat, jur’atlilik, xaqqoniylik, vijdonlilik, mehnatsevarlik o‘z imkoniyatlariga ishonch va boshqa xislatlar tarkib topadi. Jismoniy tarbiya umumpedagogik jarayonning bir qismi hisoblanadi. 2.3.Rivojlanish tushunchasi, odamning rivojlanishi, jismoniy va psixik rivojlantirish, ularning birligi va xususiyatlari. Har qanday jarayon o‘z natijasiga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil harakatlar jamidan iborat bo‘ladi. Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib uyushtirishni va rahbarlikni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning o‘zi aktivlik ko‘rsatishni ham talab etadi. Chunki u tarbiyaning umumiy maqsadlarini amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi, tarbiya formalari, metodlari va usullarini asosli tarzda tanlab oladi va tadbiq etadi. Qadimda ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Sharq tarbiyasida islom dinining roli muhimdir. “Islom dini-bu ota- bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik. Ana shu ma’rifatli kishilarimiz jon - jon deb qabul qiladigan va yaxshi o‘gitlarga amal qiladilar. Mehr - oqibatli, nomusli, oriyatli bo‘lishiga izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar”. Islom dini har qanday davrda ham insonlarni poklikka undagan, yaxshi xislatlarni ko‘paytirib yomon xislatlardan xalos etishga chorlagan. Pedagogika tarbiyalanuvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan eng samarali shart-sharoitlarini o‘rganadi va aniqlaydi. Bu masalani hal qilish uchun avvalo “shaxs” degan umumiy tushunchaning ma’nosini va shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, rivojlanishning ko‘rsatkichlarini shaxsning shakllanishida ayrim muhim omillar rolini bilish, individning rivojlanish jarayoni bosqichlarini aniqlash, shaxsni shakllantirishda ta’lim-tarbiyaning shaxs faolligi rolini o‘rganish kerak bo‘ladi.
Ilmiybaza.uz 
 
Birinchi galda rivojlanish tushunchasining ma’nosini ochib berish lozim. Bu 
masalaga filosofik, psixologik, jismoniy jihatdan baho berish bilan asoslanadi.  
Filosofiya rivojlanishi - tabiat, jamiyat va tafakkurning xususiyati deb 
quyidan yuqoriga tomon bo‘lgan harakat deb, yangining tug‘ilishi va eskining yo‘q 
bo‘lishi yoki tubdan o‘zgarishi deb hisoblaydi. 
Shuning uchun pedagogikada shaxsning rivojlanish jarayoniga inson shaxsini 
takomillashtirishning murakkab va ziddiyatli yo‘li deb qaraladi. 
Murakkab bo‘lgan tushunchani tahlil qilinganda turli olimlar turli 
xususiyatlarni asosiy tomonlar deb ko‘rsatib kelganlar. Aql, hissiyot va irodani 
shaxsning uch asosiy tomoni deb ajratib ko‘rsatish eng dastlabki urinishlardan edi. 
Keyinchalik pedagog olimlar shaxsni o‘rganishga boshqacha yondasha boshladilar. 
Shaxs doim bir butun, murakkab hodisa bo‘lib unda insonning biologik xususiyatlari 
ham, ijtimoiy xususiyatlari ham gavdalanadi. Bir shaxsda uning hamma tomonlari, 
xususiyatlari ham sifatlari bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu bog‘lanishlar 
nihoyatda xilma-xil bo‘lib, turli kishilarda turlicha sodir bo‘ladi. Ba’zan ular bir-
biriga zid va o‘zgaruvchandir. 
Psixologik rivojlanish - kishining har bir sifati, masalan irodasi, xotirasi yoki 
xarakter xususiyati uning qanday tilak va orzular bilan yoki boshqa sabablar bilan 
kirishganiga qarab mutlaqo har xil ahamiyat va qimmat kasb etadi. Xayol boyligi 
kishining ijodiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan qimmatli xususiyatdir ammo, odam 
xayolida o‘ylab turgan narsalarini amaliy faoliyatida ro‘yobga chiqarmasa, bu xayol 
boyligi salbiy xususiyat bo‘lib qoladi. Musiqaga qobiliyati bo‘lgan kishi uni 
yaxshiroq o‘rganish uchun intilmasa va mehnat qilmasa, uning qobiliyati o‘smaydi.1 
Turmushda kishi o‘zidagi ba’zi zaif tomonlarni, odatlarni kuchliroq sifatlari 
bilan qoplashga harakat qiladi. Biror narsani uncha tez tushunib ololmaydigan odam 
astoydil harakat qilib va zo‘r berib uni tushunib oladi va mehnatini to‘g‘ri tashkil 
etadi. Har bir kishi juda ko‘p odamlar bilan xilma-xil munosabatlarga kirishganda 
o‘zining turli xususiyatlarini namoyon qiladi.  
                                                           
1Очилова Г.О., Мусаханова Г.М. “Педагогика” Тошкент. ТДИУ, 2005 йил.36-бет 
 
Ilmiybaza.uz Birinchi galda rivojlanish tushunchasining ma’nosini ochib berish lozim. Bu masalaga filosofik, psixologik, jismoniy jihatdan baho berish bilan asoslanadi. Filosofiya rivojlanishi - tabiat, jamiyat va tafakkurning xususiyati deb quyidan yuqoriga tomon bo‘lgan harakat deb, yangining tug‘ilishi va eskining yo‘q bo‘lishi yoki tubdan o‘zgarishi deb hisoblaydi. Shuning uchun pedagogikada shaxsning rivojlanish jarayoniga inson shaxsini takomillashtirishning murakkab va ziddiyatli yo‘li deb qaraladi. Murakkab bo‘lgan tushunchani tahlil qilinganda turli olimlar turli xususiyatlarni asosiy tomonlar deb ko‘rsatib kelganlar. Aql, hissiyot va irodani shaxsning uch asosiy tomoni deb ajratib ko‘rsatish eng dastlabki urinishlardan edi. Keyinchalik pedagog olimlar shaxsni o‘rganishga boshqacha yondasha boshladilar. Shaxs doim bir butun, murakkab hodisa bo‘lib unda insonning biologik xususiyatlari ham, ijtimoiy xususiyatlari ham gavdalanadi. Bir shaxsda uning hamma tomonlari, xususiyatlari ham sifatlari bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu bog‘lanishlar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, turli kishilarda turlicha sodir bo‘ladi. Ba’zan ular bir- biriga zid va o‘zgaruvchandir. Psixologik rivojlanish - kishining har bir sifati, masalan irodasi, xotirasi yoki xarakter xususiyati uning qanday tilak va orzular bilan yoki boshqa sabablar bilan kirishganiga qarab mutlaqo har xil ahamiyat va qimmat kasb etadi. Xayol boyligi kishining ijodiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan qimmatli xususiyatdir ammo, odam xayolida o‘ylab turgan narsalarini amaliy faoliyatida ro‘yobga chiqarmasa, bu xayol boyligi salbiy xususiyat bo‘lib qoladi. Musiqaga qobiliyati bo‘lgan kishi uni yaxshiroq o‘rganish uchun intilmasa va mehnat qilmasa, uning qobiliyati o‘smaydi.1 Turmushda kishi o‘zidagi ba’zi zaif tomonlarni, odatlarni kuchliroq sifatlari bilan qoplashga harakat qiladi. Biror narsani uncha tez tushunib ololmaydigan odam astoydil harakat qilib va zo‘r berib uni tushunib oladi va mehnatini to‘g‘ri tashkil etadi. Har bir kishi juda ko‘p odamlar bilan xilma-xil munosabatlarga kirishganda o‘zining turli xususiyatlarini namoyon qiladi. 1Очилова Г.О., Мусаханова Г.М. “Педагогика” Тошкент. ТДИУ, 2005 йил.36-бет
Ilmiybaza.uz 
 
Shaxsning eng barqaror va ahamiyatli xislatlari uning boshqa odamlarga, 
mehnatga, Vatanga bo‘lgan turli munosabatlarida ifodalanadi. Bu xislatlar kishidagi 
ayrim psixik jarayonlarning kechish xarakterini ham ko‘p jihatdan belgilab beradi.  
O‘quvchi yoshlarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va hayot-
turmushga layoqatli bo‘lib yetishishida barcha fanlar kabi jismoniy tarbiya fani, 
sport turlari, sayohatlar, xalq milliy o‘yinlari muhim o‘rin tutadi. 
Jismoniy rivojlanish - tananing barcha a’zolari sog‘lom, harakatlarni ixcham 
va tez bajarishini tushuniladi. Bu o‘z navbatida chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, 
chidamlilik, egiluvchanlik kabi qator jismoniy sifatlardan tarkib topadi. Ular 
ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari (trenirovka), 
sport musobaqalariga tayyorgarlik va unda qatnashish yo‘llari bilan rivoj topadi.  
Jismoniy jihatdan rivojlanish, barkamol avlod bo‘lib yetishishida inson 
tanasidagi barcha faoliyatlar (funksiya) va ularni tarbiyalash pedagogik jihatdan 
muhim ahamiyatga egadir. Rivojlanish - inson organizmidagi miqdor va sifat 
o‘zgarishlari jarayonidir. 
Pedagogika fani shaxsni biologik va ijtimoiy xususiyatlari o‘zaro 
chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Kishining yoshi, 
sog‘ligi, kasalligi, uning faoliyatidagina emas, balki turmush tarziga ham ta’sir 
qiladi. Lekin shaxsning butun qiyofasini belgilab beradigan unga o‘z jismoniy 
kamchiliklarini xarakteridagi salbiy xususiyatlarni yo‘qotish kuch bag‘ishlaydigan 
sabablar, qiziqishlar, maqsadlar, ya’ni ijodiy hayot natijalari hal qiluvchi rol 
o‘ynaydi. 
Shaxs tushunchasi ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishga ehtiyoj sezishini 
va aktiv ishtirok etishini har bir kishining boshqa odamlar bilan munosabatda 
bo‘lishi ehtiyojini, bu munosabatning mazmuni va formalarini, shaxs bilan uning 
atrofidagi kishilar o‘rtasidagi munosabatlar tizimini, uning tabiatga tevarak atrofdagi 
dunyoga munosabatini shaxsning asosiy xususiyatlari deb ajratish mumkin. 
Shaxsning ko‘p sohali va har tomonlama faoliyatida turli xil odamlar bilan aloqada 
shaxsning hamma qiziqishlari namoyon bo‘ladi, uning odamlarga umumiy ishga, 
o‘z malakasiga o‘ziga bo‘lgan munosabatlari shakllanadi. Biroq shaxs ijtimoiy 
Ilmiybaza.uz Shaxsning eng barqaror va ahamiyatli xislatlari uning boshqa odamlarga, mehnatga, Vatanga bo‘lgan turli munosabatlarida ifodalanadi. Bu xislatlar kishidagi ayrim psixik jarayonlarning kechish xarakterini ham ko‘p jihatdan belgilab beradi. O‘quvchi yoshlarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va hayot- turmushga layoqatli bo‘lib yetishishida barcha fanlar kabi jismoniy tarbiya fani, sport turlari, sayohatlar, xalq milliy o‘yinlari muhim o‘rin tutadi. Jismoniy rivojlanish - tananing barcha a’zolari sog‘lom, harakatlarni ixcham va tez bajarishini tushuniladi. Bu o‘z navbatida chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, chidamlilik, egiluvchanlik kabi qator jismoniy sifatlardan tarkib topadi. Ular ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari (trenirovka), sport musobaqalariga tayyorgarlik va unda qatnashish yo‘llari bilan rivoj topadi. Jismoniy jihatdan rivojlanish, barkamol avlod bo‘lib yetishishida inson tanasidagi barcha faoliyatlar (funksiya) va ularni tarbiyalash pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Rivojlanish - inson organizmidagi miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonidir. Pedagogika fani shaxsni biologik va ijtimoiy xususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Kishining yoshi, sog‘ligi, kasalligi, uning faoliyatidagina emas, balki turmush tarziga ham ta’sir qiladi. Lekin shaxsning butun qiyofasini belgilab beradigan unga o‘z jismoniy kamchiliklarini xarakteridagi salbiy xususiyatlarni yo‘qotish kuch bag‘ishlaydigan sabablar, qiziqishlar, maqsadlar, ya’ni ijodiy hayot natijalari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shaxs tushunchasi ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishga ehtiyoj sezishini va aktiv ishtirok etishini har bir kishining boshqa odamlar bilan munosabatda bo‘lishi ehtiyojini, bu munosabatning mazmuni va formalarini, shaxs bilan uning atrofidagi kishilar o‘rtasidagi munosabatlar tizimini, uning tabiatga tevarak atrofdagi dunyoga munosabatini shaxsning asosiy xususiyatlari deb ajratish mumkin. Shaxsning ko‘p sohali va har tomonlama faoliyatida turli xil odamlar bilan aloqada shaxsning hamma qiziqishlari namoyon bo‘ladi, uning odamlarga umumiy ishga, o‘z malakasiga o‘ziga bo‘lgan munosabatlari shakllanadi. Biroq shaxs ijtimoiy
Ilmiybaza.uz 
 
turmush mahsuli bo‘lish bilan birga tirik organizm hamdir. Organizmning hayoti 
biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Birinchi galda nerv sistemasining xossalari 
mavjudga keltiradigan temperament xususiyatlari tufayli insonning butun xulq-
atvori alohida xarakterga ega bo‘ladi. Shaxsning tarkib topishi va xulq-atvorida 
ijtimoiy va biologik jihatlar munosabati nihoyatda murakkab bo‘lib, kishi 
taraqqiyotining turli davrlarida uning boshqa odamlar bilan bo‘lgan aloqalarining 
turli vaziyat va ko‘rnishlarida har xil keskinlikda namoyon bo‘ladi.  
Shaxsga avvalo uning ijtimoiy qiyofasiga, kishining o‘z atrofidagi odamlar 
hayoti bilan bog‘liq holda ifodalanadigan qiyofasiga qarab baho beriladi, kishi 
tevarak atrofidagi odamlar bilan xilma-xil munosabatlarga ba’zan o‘ziga bog‘liq 
bo‘lmagan munosabatlarga kirishib o‘zining mohiyatini namoyon qiladi. Shaxsning 
barcha xislatlari atrofdagi kishilar bilan munosabatida shakllanadi. Shaxs odamlar 
orasidan tashqarida yashay olmaydi va shakllanmaydi. 
Hozirgi davrda shaxsni ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash davlat 
siyosatining bosh mezoni hisoblanadi. Shaxs rivojlanishiga to‘g‘ri yondashish 
uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini uning xulq-atvorini va unga ta’sir ko‘rsatish 
vositalarini bilish zarur. 
 
2.4. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.  
Tug‘ilgan inson shaxs bo‘lib shakllanishi lozim. Bu jarayon bir qancha 
omillar ta’sirida sodir bo‘ladi va muayyan qonunlarga bo‘ysunadi. Odatda shaxs 
shakllanishi uchun uchta asosiy omillar tan olinadi. Bular irsiyat, atrof-muhit va 
tarbiyadir. Ushbu omillarning hech biri vaziyat va sharoitlarga bog‘liq bo‘lmagan 
holatda mustaqil ravishda shaxs shakllanishiga ta’sir eta olmaydi. Bundan tashqari 
ba’zi omillar faolroq, muntazamroq ta’sir ko‘rsatadi va kishilarning ongli irodasiga 
bo‘ysunadi boshqalari esa boshqarilishi qiyin bo‘lgan omillardir. Ba’zi omillarning 
ta’siri stixiyali ravishda sodir bo‘ladi va shaxs tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi ayrim 
kishilarning irodasiga, tashkilotchilik qobiliyatlarida va boshqalarda bog‘liq 
bo‘lmaydi. 
Tarbiyaga shaxsni uning his-tuyg‘ularini xarakterini, jismoniy rivojini, xulq-
Ilmiybaza.uz turmush mahsuli bo‘lish bilan birga tirik organizm hamdir. Organizmning hayoti biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Birinchi galda nerv sistemasining xossalari mavjudga keltiradigan temperament xususiyatlari tufayli insonning butun xulq- atvori alohida xarakterga ega bo‘ladi. Shaxsning tarkib topishi va xulq-atvorida ijtimoiy va biologik jihatlar munosabati nihoyatda murakkab bo‘lib, kishi taraqqiyotining turli davrlarida uning boshqa odamlar bilan bo‘lgan aloqalarining turli vaziyat va ko‘rnishlarida har xil keskinlikda namoyon bo‘ladi. Shaxsga avvalo uning ijtimoiy qiyofasiga, kishining o‘z atrofidagi odamlar hayoti bilan bog‘liq holda ifodalanadigan qiyofasiga qarab baho beriladi, kishi tevarak atrofidagi odamlar bilan xilma-xil munosabatlarga ba’zan o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan munosabatlarga kirishib o‘zining mohiyatini namoyon qiladi. Shaxsning barcha xislatlari atrofdagi kishilar bilan munosabatida shakllanadi. Shaxs odamlar orasidan tashqarida yashay olmaydi va shakllanmaydi. Hozirgi davrda shaxsni ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash davlat siyosatining bosh mezoni hisoblanadi. Shaxs rivojlanishiga to‘g‘ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini uning xulq-atvorini va unga ta’sir ko‘rsatish vositalarini bilish zarur. 2.4. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Tug‘ilgan inson shaxs bo‘lib shakllanishi lozim. Bu jarayon bir qancha omillar ta’sirida sodir bo‘ladi va muayyan qonunlarga bo‘ysunadi. Odatda shaxs shakllanishi uchun uchta asosiy omillar tan olinadi. Bular irsiyat, atrof-muhit va tarbiyadir. Ushbu omillarning hech biri vaziyat va sharoitlarga bog‘liq bo‘lmagan holatda mustaqil ravishda shaxs shakllanishiga ta’sir eta olmaydi. Bundan tashqari ba’zi omillar faolroq, muntazamroq ta’sir ko‘rsatadi va kishilarning ongli irodasiga bo‘ysunadi boshqalari esa boshqarilishi qiyin bo‘lgan omillardir. Ba’zi omillarning ta’siri stixiyali ravishda sodir bo‘ladi va shaxs tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi ayrim kishilarning irodasiga, tashkilotchilik qobiliyatlarida va boshqalarda bog‘liq bo‘lmaydi. Tarbiyaga shaxsni uning his-tuyg‘ularini xarakterini, jismoniy rivojini, xulq-
Ilmiybaza.uz 
 
atvorini muayyan yo‘nalishda shakllantirish maqsadida kishilar bir-biriga ta’sir 
ko‘rsatadigan ijtimoiy hodisa deb qarash lozim. Pedagogika sohasining yetuk 
olimlari ijtimoiy omilning hal qiluvchi ahamiyatiga ega ekanligini himoya qiladilar, 
shaxs yaxshi yoki yomon bo‘lib tug‘ilmaydi. Balki, tarbiyaning ta’siri ostida yaxshi 
yoki yomon bo‘lib o‘sadi deb isbotlaydilar. Xo‘sh shaxs tarbiyasi uchun ta’sir 
etuvchi omillar qaysilaridan iborat? Bu asosan uchta omilni tashkil etadi. Biologik 
omil, atrof - muhit va tarbiyadagi omillardan iboratdir. 
Biologik omil. Bu omilning ta’sirini avvalo shuning uchun e’tiborsiz qoldirib 
bo‘lmaydiki, shaxs tirik organizmdir, uning hayoti biologiyaning umumiy 
qonunlariga ham, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga ham 
bo‘ysunadi. Hayotning muayyan davrlarida shaxsning ayrim organlari va butun bir 
organlar sistemasining tuzilishida va funksiyalarida o‘zgarishlar yuz beradi. 
Shaxsning sog‘liq holati va bu holat ko‘p yoki oz muddat buzilib turishi biologik 
omilga taalluqli. Shaxs hayotida nerv faoliyatining individual va tipologik 
xususiyatlari, yosh va jinsiy jihatdan bo‘lgan tafovutlar katta rol o‘ynaydi, ular 
oldida irsiy emas, balki tug‘ma xususiyat va tafovutlardir. Organizmning biologik 
yetilishi qonunlarga asoslanadi. Bu qonun muhitning ba’zi bir tarbiyaviy ta’sirlariga 
turli darajada bo‘ysungan holda amal qilishi kerak. Lekin shaxs organizmining 
biologik hayoti uning psixik rivojlanishini bevosita belgilab bermaydi va shu bilan 
birga, unga nisbatan mutlaqo betaraf va befarq hodisa bo‘lib ham qolmaydi. 
Biologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lgan irsiyatning roli olimlar tomonidan jiddiy 
muhokama qilinib kelinmoqda. Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ota-ona 
organizmining uzoq muddat bir xil sharoitda yashash natijasida mustahkam 
o‘rnashib qolgan xossalari irsiyat yo‘li bilan o‘tadi. Abu Ali Ibn Sino oila tarbiyasida 
ota-onaning o‘rniga alohida to‘xtalib quyidagi fikrni ilgari suradi: “Bola tug‘ilgach, 
avvalo, ota-onaga yaxshi nom qo‘yishi, so‘ngra esa uni yaxshilab tarbiya qilishi 
kerak. Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo‘ladi”. 
Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta’siri deganda ota-onalarga 
o‘xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarni takrorlanishini tushunmoq kerak. Har 
bir bola ota-onasidan ba’zi bir biologik belgilarga ega bo‘lgan holda dunyoga keladi; 
Ilmiybaza.uz atvorini muayyan yo‘nalishda shakllantirish maqsadida kishilar bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy hodisa deb qarash lozim. Pedagogika sohasining yetuk olimlari ijtimoiy omilning hal qiluvchi ahamiyatiga ega ekanligini himoya qiladilar, shaxs yaxshi yoki yomon bo‘lib tug‘ilmaydi. Balki, tarbiyaning ta’siri ostida yaxshi yoki yomon bo‘lib o‘sadi deb isbotlaydilar. Xo‘sh shaxs tarbiyasi uchun ta’sir etuvchi omillar qaysilaridan iborat? Bu asosan uchta omilni tashkil etadi. Biologik omil, atrof - muhit va tarbiyadagi omillardan iboratdir. Biologik omil. Bu omilning ta’sirini avvalo shuning uchun e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydiki, shaxs tirik organizmdir, uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga ham, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga ham bo‘ysunadi. Hayotning muayyan davrlarida shaxsning ayrim organlari va butun bir organlar sistemasining tuzilishida va funksiyalarida o‘zgarishlar yuz beradi. Shaxsning sog‘liq holati va bu holat ko‘p yoki oz muddat buzilib turishi biologik omilga taalluqli. Shaxs hayotida nerv faoliyatining individual va tipologik xususiyatlari, yosh va jinsiy jihatdan bo‘lgan tafovutlar katta rol o‘ynaydi, ular oldida irsiy emas, balki tug‘ma xususiyat va tafovutlardir. Organizmning biologik yetilishi qonunlarga asoslanadi. Bu qonun muhitning ba’zi bir tarbiyaviy ta’sirlariga turli darajada bo‘ysungan holda amal qilishi kerak. Lekin shaxs organizmining biologik hayoti uning psixik rivojlanishini bevosita belgilab bermaydi va shu bilan birga, unga nisbatan mutlaqo betaraf va befarq hodisa bo‘lib ham qolmaydi. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lgan irsiyatning roli olimlar tomonidan jiddiy muhokama qilinib kelinmoqda. Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ota-ona organizmining uzoq muddat bir xil sharoitda yashash natijasida mustahkam o‘rnashib qolgan xossalari irsiyat yo‘li bilan o‘tadi. Abu Ali Ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o‘rniga alohida to‘xtalib quyidagi fikrni ilgari suradi: “Bola tug‘ilgach, avvalo, ota-onaga yaxshi nom qo‘yishi, so‘ngra esa uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak. Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo‘ladi”. Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta’siri deganda ota-onalarga o‘xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarni takrorlanishini tushunmoq kerak. Har bir bola ota-onasidan ba’zi bir biologik belgilarga ega bo‘lgan holda dunyoga keladi;
Ilmiybaza.uz 
 
ya’ni: tananing tuzilishi, sochining, ko‘zining, terisining rangi, bo‘yi-basti, qaddi-
qomati, nerv tizimining xususiyatlari. 
XVI asrda vujudga kelgan preformizm oqimi namoyondalarining fikricha, 
odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo‘lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega 
bo‘ladi, rivojlanish ana shu xususiyatlarning miqdoriy ko‘payib borishidan iboratdir. 
Amerikalik pedagog va psixolog E.Torndaykning fikricha, shaxsning barcha 
xususiyatlari, shu jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o‘tadi, go‘yo 
odamning boshqa a’zolari kabi qobiliyat ham tabiatdan berilgandir. 
Ma’lum bir oilalardagi qobilyatlarning nasldan-naslga o‘tishi haqida 
gapirganda ko‘pincha, tegishli qobiliyatlarning rivojlanishi uchun qulay imkoniyat 
yaratayotgan oilaviy sharoitni hisobga olmaydilar. 
Insonning rivojlanishi irsiy dasturlari determinirlangan (ma’lum bir sababga 
asoslangan) va o‘zgaruvchan qismlarni o‘z ichiga oladi, ular insonni inson ekanligini 
bildiruvchi umumiylik, hamda ularni bir-biriga o‘xshamaydigan o‘ziga xoslikni 
belgilaydi.  
Irsiy xususiyatlarga asab tizimi xususiyatlari ham kiradi. Ota-onalarning nerv 
faoliyatidagi kamchiliklari, shu jumladan, patologik kamchiliklar - ular psixik asab 
buzilishlari va kasalliklarni (masalan, shizefreniya) keltirib chiqaradi va avloddan-
avlodga o‘tadi. Qon kasalliklari (gemofiliya), qand diabeti, ba’zi endokrinik 
kasalliklar (bo‘y gipofizining buzilishi) ham irsiy xarakterga ega. Avlodga 
alkogolizm va ota-onalarning narkomanligi ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Insonning rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq qilishning pedagogik aspekti uch 
asosiy muammoni o‘rganishni talab etadi, bu - intellektual, maxsus, va axloqiy 
xususiyatlarning irsiy o‘tishi. 
Taniqli genetik akademik N.P.Dubinin normal miya uchun genetik bog‘lanish 
yo‘q, deb hisoblaydi va intellekt ota-onadan farzandga o‘tadi, degan keng tarqalgan 
fikr ilmiy-tadqiqot natijalariga muvofiq kelmaydi (ya’ni bu fikr noto‘g‘ri). 
Maxsus sifatlarning irsiy o‘tishi. Fiziologiya va psixologiya fanining 
ko‘rsatishicha inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror bir qobiliyatni 
rivojlanishiga ta’sir etadigan imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan 
Ilmiybaza.uz ya’ni: tananing tuzilishi, sochining, ko‘zining, terisining rangi, bo‘yi-basti, qaddi- qomati, nerv tizimining xususiyatlari. XVI asrda vujudga kelgan preformizm oqimi namoyondalarining fikricha, odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo‘lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega bo‘ladi, rivojlanish ana shu xususiyatlarning miqdoriy ko‘payib borishidan iboratdir. Amerikalik pedagog va psixolog E.Torndaykning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, shu jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o‘tadi, go‘yo odamning boshqa a’zolari kabi qobiliyat ham tabiatdan berilgandir. Ma’lum bir oilalardagi qobilyatlarning nasldan-naslga o‘tishi haqida gapirganda ko‘pincha, tegishli qobiliyatlarning rivojlanishi uchun qulay imkoniyat yaratayotgan oilaviy sharoitni hisobga olmaydilar. Insonning rivojlanishi irsiy dasturlari determinirlangan (ma’lum bir sababga asoslangan) va o‘zgaruvchan qismlarni o‘z ichiga oladi, ular insonni inson ekanligini bildiruvchi umumiylik, hamda ularni bir-biriga o‘xshamaydigan o‘ziga xoslikni belgilaydi. Irsiy xususiyatlarga asab tizimi xususiyatlari ham kiradi. Ota-onalarning nerv faoliyatidagi kamchiliklari, shu jumladan, patologik kamchiliklar - ular psixik asab buzilishlari va kasalliklarni (masalan, shizefreniya) keltirib chiqaradi va avloddan- avlodga o‘tadi. Qon kasalliklari (gemofiliya), qand diabeti, ba’zi endokrinik kasalliklar (bo‘y gipofizining buzilishi) ham irsiy xarakterga ega. Avlodga alkogolizm va ota-onalarning narkomanligi ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Insonning rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq qilishning pedagogik aspekti uch asosiy muammoni o‘rganishni talab etadi, bu - intellektual, maxsus, va axloqiy xususiyatlarning irsiy o‘tishi. Taniqli genetik akademik N.P.Dubinin normal miya uchun genetik bog‘lanish yo‘q, deb hisoblaydi va intellekt ota-onadan farzandga o‘tadi, degan keng tarqalgan fikr ilmiy-tadqiqot natijalariga muvofiq kelmaydi (ya’ni bu fikr noto‘g‘ri). Maxsus sifatlarning irsiy o‘tishi. Fiziologiya va psixologiya fanining ko‘rsatishicha inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror bir qobiliyatni rivojlanishiga ta’sir etadigan imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan