OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ fanidan
“SHAXSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR”
KURS ISHI
TOSHKENT – 2023
1
M U N D A R I J A
KIRISH …………………………………………………………………..
3-5
I. SHAXSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR, FUQAROLIK
TUSHUNCHASI
6-11
1.1. Inson huquqlari va shaxsiy huquqning mazmun mohiyati…………….
6-8
1.2. Yashash huquqi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi……...
9-11
II. YANGILANGAN KONSTITUTSIYA: TO‘LDIRILGAN,
KAFOLATLANGAN SHAXSIY HUQUQ VA
ERKINLIKLAR
12-21
2.1. Bosh qomusimiz – shaxsiy huquq va erkinliklarning mustahkam asosi 12-17
2.2 .Inson huquqi va erkinligining huquqiy tasnifi
17-21
XULOSA…………………………………………………………………… 22-23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………......
24-25
KIRISH
2
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. So‘nggi yillarda inson manfaatlarini
ilgari surish, shaxsiy huquq va erkinliklarni himoya qilish masalalari yurtimizda
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani rost.
O‘zbekiston bu borada bir qancha xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT
tuzilmalari
bilan
konstruktiv
muloqot
va
amaliy
hamkorlikni
jadal
rivojlantirmoqda. Zero, insonlarga qulaylik yaratish, fuqarolarning har tomonlama
erkin va forovon hayotini ta’minlash, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat
boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish bilan
bog‘liq muammolarning ilmiy yechimini topish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolik – insonning muayyan davlat bilan doimiy siyosiy va huquqiy
munosabatda ekanligini anglatuvchi tushuncha bo‘lib, Konstitutsiya va qonunlarda
belgilangan tartibda shaxsni muddatsiz shu davlatga mansubligini o‘rnatadi va
unga nisbatan davlatning yurisdiksiyasi joriy etiladi. Shu orqali shaxsning huquq
va erkinliklari davlat organlari tomonidan kafolatlanadi, davlat hududida va uning
tashqarisida himoyalanish huquqi ta’minlanadi, o‘zaro huquq va majburiyatlarda
tenglik prinsipi qo‘llaniladi, hamda davlat va jamiyat oldidagi jamiiki muayyan
burchlarni amalga oshirish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.
Fuqarolarimizga yanada qulaylik yaratish, inson huquqlari va shaxsiy
erkinliklar, manfaatlarini ma’muriy-huquqiy himoya qilish asoslarini yanada
takomillashtirish bilan bog‘liq ustuvor vazifalarning amalga oshirilishida ushbu
kurs ishi mavzusini o‘rganishda muayyan darajada xizmat qiladi.
Kurs ishi mavzusini o‘rganilganlik darajasi: O‘zbekistonda Akmal
Saidov, S.B.Boboqulov, I.B.Zokirov, B.I.Ibratov, O.Oqyulov, H.R.Rahmonqulov,
SH.N.Ro‘zinazarov va shu kabi olimlar tomonidan inson huquqlari, shaxsiy huqu
va erkinliklar mavzusi atroflicha, umumiy asoslarda o‘rganilgan, fuqarolik
huquqining muayyan mavzularida tahlil etilgan. Baribir bu borada amalga oshirishi
kerak bo‘lgan ishlar hali ko‘p edi. Yangilangan Konstitutsiyada esa bu bo‘shliq
3
anchayin to‘ldirildi, dunyo tajribasi mentalitetimizga moslashtirilgan holda inson
huquqlari yanayam aniq, ravshan belgilab berildi.
Kurs ishi maqsadi. Inson huquqlari va shaxsiy huquq va erkinliklar bilan
bog‘liq turli holatlardagi muammolarni o‘rganish, tahlil etish, ularni imkon qadar
huquqiy tartibga solish, ularning hayotimizda tutgan o‘rni va qo‘llanish sohalari,
fuqarolik huquqida huquqiy munosabatlar, talablarning o‘ziga xos jihatlari va
shartnomalarni takomillashtirish borasida tegishli takliflar, tavsiyalar ishlab
chiqishdan iborat.
Kurs ishi vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
Inson huquqlari va shaxsiy huquq va erkinliklar mazmuni va turlarini
o‘rganish
Inson huquqlari va shaxsiy huquq va erkinliklar tushunchasi mazmun-
mohiyatini tahlil qilish
Inson huquqlari va shaxsiy huquq va erkinliklar haqida ma’lumotlar,
qilingan ilmiy ishlar, dissertatsiyalar, chop etilgan adabiyotlarni
o‘rganish
Inson huquqlari va shaxsiy huquq va erkinliklar mavzusini tahlil qilish
Inson huquqlari va shaxsiy huquq va erkinliklarning huquqiy
asoslarini o‘rganish.
Kurs ishining predmeti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-
bobi va Inson huquqlari va shaxsiy huquq va erkinliklarga oid normativ-huquqiy
hujjatlar, kurs ishi mavzusining predtmetini tashkil etadi.
Kurs ishining obyekti: Inson huquqlari va shaxsiy huquq va erkinliklar
bilan bog‘liq shartnomalar, ularga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish,
shartnomalarning ahamiyati, mohiyati va ularni takomillashtirish borasidagi
moddiy-huquqiy muammolar tashkil etadi.
4
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishida bayon etilgan
mulohazalar, nazariy xulosalar va amaliy takliflar xalqaro munosabatlarda
O‘zbekistonning o‘rnini aniqlash, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotda
tutgan mavqeyini o‘rganish uchun asos qilib olish mumkin. O‘rganish
natijalari o‘quv yurtlarida mavzuga oid ma’ruzalarni o‘qitishda ma'lumot
sifatida foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
5
I. SHAXSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR, FUQAROLIK TUSHUNCHASI
1.1. Fuqarolik tushunchasining mazmun-mohiyati
O‘zbekistonda fuqarolikni olish asoslari to‘g‘risidagi qonunning 12-
moddasida ifodalangan, unda ko‘rsatilishicha: «O‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi:
1. Tug‘ilganda;
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi natijasida;
3. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan
asoslar bo‘yicha;
4. Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha”1
Fuqarolikni olishning asosiy usuli shaxs tug‘ilishi bilan fuqarolikka ega
bo‘lishidir. Boshqa usullar ancha kam uchraydi. Buni tushunish mumkin:
odamlarning aksariyati fuqarolikni tug‘ilganda olib, o‘z hayotlari davomida
almashtirmaydilar.
Tug‘ilish asosi bilan fuqarolikka ega bo‘lish xalqaro ommaviy huquqda
“filiatsiya” deb yuritiladi. Fuqarolikka ega bo‘lishning eng keng tarqalgan usuli
filiatsiya yoki fuqarolarni tug‘ilish asosida olishdir. Xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan norma va prinsiplaridan kelib chiqsak, har bir bola fuqarolikni
olish huquqiga egadir. Bola huquqlari to‘g‘risidagi 1959-yilgi Deklaratsiyaning 3-
prinsipi mazmuniga, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi 1966-yilgi
Xalqaro paktning 24-moddasi 3-bandi, Bola huquqlari to‘g‘risidagi 1989-yilgi
Konvensiyaning 7-moddasi 1-bandiga muvofiq, bola hech bir holda apatrid, ya’ni
fuqaroligi yo‘q shaxs bo‘lib qolmasligi kerak.
1 Zokirov I.B. Fuqarolik huquqi: Darslik. 1 qism. –T. TDYUI nashriyoti, 2009.
6
Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini
himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini toʻldiradi, fuqarolik
jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga
koʻmaklashadi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar tushunchasini aniqlashdan avval umuman,
huquq, erkinlik degan tushunchalarni aniqlash lozim. Huquq davlat tomonidan
ta’minlanadigan, himoya qilinadigan nimadir qilish, amalga oshirish, munosib
yashash sharoitiga ega bo‘lish, zo‘rliklardan himoya qilinishning tabiiy
imkoniyatidir.
Erkinlik esa, biror-bir narsada (xulq-atvorda, faoliyatda) qonun bilan
taqiqlanmagan, biror-bir cheklashning yo‘qligidir. Ya’ni, huquqda asosiy masala
imkoniyatga ega bo‘lish, erkinlikda esa, cheklashning yo‘qligidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning asosiy huquq va
erkinliklari uch guruhga bo‘lib mustahkamlangan. Bular: “Shaxsiy huquq va
erkinliklar”, “Siyosiy huquqlar”, “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar”.
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari ustuvor huquq hisoblanadi va bu
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida birinchi o‘rinda berilganligidan ham
ko‘rinadi. Shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i, e’tiqodi
bilan bog‘liqdir. Shaxsiy huquq va erkinliklar insonni shaxs sifatida namoyon
etuvchi imkoniyat hisoblanadi.
Shaxsiy huquq va erkinliklarni, odatda, tabiiy huquqlar ham deb yuritiladi.
Ular inson tug‘ilishi bilan vujudga keladi. Ularni davlat bermaydi. Faqat shu
huquqlarni davlat ta ’minlaydi va shunga majbur. Shaxsiy, ya’ni tabiiy huquqlar
barcha mamlakatlarda mavjud va davlat tomonidan ta’minlanadi. Shaxsiy huquq
va erkinliklar xalqaro hujjatlar bilan ham himoya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqishda va qabul
qilishda fuqarolarning shaxsiy huquqlari belgilangan xalqaro hujjatlar, jumladan,
7
Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi qoidalariga amal qilinadi. Natijada
birinchi marta, Konstitutsiyada yashash huquqi qayd qilinib, bu huquqni
ta’minlashni davlat o‘z zimmasiga oldi.
Davlat inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish
uchun shart-sharoitlar yaratadi. Zero, mol-mulkni fuqarolik muomalasiga kiritish
orqali mulkdor va tadbirkor daromadlarini oshirishning samarali usullaridan biri
mol-mulkni ishonchli boshqarish hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra mol-mulkni ishonchli
boshqarish, asosan, tadbirkorlik faoliyatida qo‘llash uchun ishlab chiqilgan
huquqiy konstruktsiya hisoblanadi va har qanday mol-mulk emas, aynan
tadbirkorlik muomalasiga kiritish orqali daromad olish mumkin bo‘lgan mol-mulk
mazkur munosabatning ob’ekti bo‘ladi. Bunda ishonchli boshqarish uchun eng
maqbul ob’ekt korxonalar hisoblanadi. Zero, korxona fuqarolik huquqining ham
ob’ekti, ham sub’ektidir.
Shaxsiy huquq va erkinliklar, boshqa huquqlardan farq qilib, ularni cheklash
mumkin emas. Alohida hollarda cheklash zarurati bo‘lsa, bu Konstitutsiya asosida,
unda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Ya’ni, ba’zi hollarda cheklash
qonunga asosan amalga oshirilishi belgilangan.
Lekin shunday huquqlar borki, ularni aslo cheklash, ulardan mahrum qilish
mumkin emas. Masalan, yashash huquqi. Shaxsiy huquqlardan barcha shaxslar,
fuqaroligidan qat’i nazar, foydalanadi va davlat ham barchaga, fuqaroligidan qat'i
nazar, shaxsiy huquq va erkinliklardan foydalanishga imkon yaratadi.
Konstitutsiyaga asosan shaxsiy huquq va erkinliklar bilan bog‘liq insonning
hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
hisoblanishi ham bu huquqlarning huquq va erkinliklar tizimida ustuvor
hisoblanishiga olib keladi.
8
1.2. Yashash huquqi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi
Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini
himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini toʻldiradi, fuqarolik
jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga
koʻmaklashadi.
Davlat inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish
uchun shart-sharoitlar yaratadi. Insonning hayoti, shaxsi va erkinligi daxlsizdir2, -
deb qayd qilingan g‘oya Konstitutsiyada ham to‘la o‘z ifodasini topgan.
Inson hayoti Konstitutsiyada yashash huquqining belgilanishi va har
tomonlama ta’minlanishi bilan kafolatlanadi. Zero, yashash huquqi har bir
insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish esa eng og‘ir jinoyat
hisoblanadi.
Insonning yashash huquqi qonunlar bilan himoya qilinadi. Yashash huquqi
hayot kechirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun inson hayotiga har qanday tajovuz
qonunga asosan jazolanadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida inson
hayotiga qilingan tajovuzlarga tegishli tartibdagi jazolar ham belgilab qo‘yilgan.
Jumladan, Kodeksning 97-moddasida qasddan odam o‘ldirish uchun, 98-
moddada kuchli ruhiy hayajon natijasida qasddan odam o‘ldirish uchun, 99-
moddada onaning o‘z chaqalog‘ini (bolasini) o‘ldirganlik uchun jinoiy javobgarlik
belgilangan. Shuningdek, Jinoyat kodeksida ehtiyotsizlik orqasidan odam o‘ldirish,
zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib odam o‘ldirish uchun ham jinoiy javobgarlik
belgilangan.
Og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarni o‘lim jazosi orqali hayotdan mahrum
qilish masalasi ham yashash huquqi bilan bog‘liq hodisa. Bu ayrim davlatlarda
oxirgi chora tariqasida qo‘llaniladigan jazo. Mamlakatimizda demokratlashtirish
2 Qarang: Yangi tahrirdagi O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi, 56-modda.
9
jarayoni chuqurlashib borishi bilan bu masalaga ham yondashuv o‘zgarib
bormoqda.
Umuman O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘lim jazosini qo‘llashni
kamaytirishga harakat qildi. Mustaqillikka erishgan vaqtda Jinoyat kodeksining 30
dan ortiq moddalarida o‘lim jazosi belgilangan bo‘lsa, 1994-yilda 13 ta moddada,
1998-yilda 8 ta moddada, 2001-yilda 4 ta moddada o‘lim jazosi ko‘zda tutildi.
2008-yildan e’tiboran esa yurtimizda o‘lim jazosi butunlay bekor qilindi.
Insonning yashash huquqi to‘la-to‘kis bo‘lishi, yashashi, hayoti davomida
hayotdan to‘la bahramand bo‘lishi va o‘z imkoniyatlaridan to‘la foydalanishi
uchun unga, albatta, erkinlik va daxlsizlik zarur. Shuning uchun Bosh
qomusimizda fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egaligi, hech
kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi
mumkin emasligi alohida moddalar bilan belgilab berilgan.
Erkinlik shaxsning o‘z ixtiyori bo‘yicha yashash, hayot kechirish imkoniyati
bo‘lib, faqat shaxs qonunlarga itoat etishi zarur. “Mamlakatimizda har bir
kishining erkinligi, uning shaxsiy daxlsizligi bilan ta’minlanadi. Daxlsizlik degani
shaxsning erkinligini cheklovchi hech qanday harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligidir.
Qonunda belgilangan asoslardan tashqari hech kimning erkinligi cheklanishi,
erkinlikka zarar yetkazilishi mumkin emas”3. Qonun tegishli hollarda kishilarning
erkinligini cheklashga yo‘l qo‘yadi. Ya’ni, ular jinoiy harakat sodir etsa yoki
shunday harakat sodir etishda gumon qilinsa, shaxsni jamiyatdan ajratishga zarurat
tug‘iladi. Lekin, har qanday erkinlikni cheklash qonunga asosan va qonun vakolat
bergan organlar tomonidan amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari ma’lum
muddatga shaxslarni ushlab turishi, sud organlari qamoqqa olish haqida sanksiya
3 Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. – Toshkent : O’zbekiston, 2016. -
56 b.
10
(rozilik) berishi va ozodlikdan mahrum qilish yoki boshqa erkinlikni cheklovchi
jazolar berishi mumkin.
Mamlakatimizda har bir kishining erkinligini yanada kengroq ta’minlash
maqsadida va jahon tajribasiga tayangan holda shaxsni ushlab turish (ya’ni
erkinligini cheklash) masalasini adolatli hal qilish uchun: “Boshqa demokratik
davlatlar kabi O‘zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, hibsga olish, shuningdek,
boshqa protsessual majburlov choralarini qo‘llash uchun sanksiya berish huquqini
ham sudlarga o‘tkazish kerak, deb o‘ylayman, – deb Prezident bu masalani kun
tartibiga qo‘ygan edi. Davlatimiz rahbarining otaning qilgan xatosi uchun farzand
javob bermaydi, deya oilasida sudlangan ota uchun bolalar jabr ko‘rish holatlariga
ham barham berildi. Natijada shaxsning daxlsizligini ta’minlash yanada
kuchaytirildi.
11
II. BOB. YANGILANGAN KONSTITUTSIYA: TO‘LDIRILGAN,
KAFOLATLANGAN SHAXSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR
2.1. Bosh qomusimiz – shaxsiy huquq va erkinliklarning
mustahkam asosi
2023-yil 1-maydan e’tiboran Oʻzbekistonning 65 foizga yangilangan va
ancha “toʻlishgan” bosh qomusi kuchga kirdi. Bunga 30-aprel kuni boʻlib oʻtgan
referendum natijasiga koʻra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul
qilinishi asos boʻldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri
ilova qilingan.
Bunga qadar 1992-yildan buyon konstititutsiyaga jami 15-marta oʻzgartish
kiritilgan edi. Bu safar esa oʻzgarishlar koʻlami kattaligi sabab hujjatning yangi
tahriri qabul qilindi. Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128
tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman,
Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilangan.
E’tiborlisi, bu o‘zgartirishlarning asosiy qismi inson huquqlari, shaxsiy
huquq va erkinliklar, fuqarolarimizga qulaylik yaratishni nazarda tutadigan muhim
hujjatlardir. Jumladan,
– Konstitutsiyaning 1-moddasidagi “Oʻzbekiston – suveren demokratik
respublika” jumlasi quyidagicha oʻzgartirildi:
Oʻzbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren,
demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Huquqiy davlatda barcha jarayonlar qonuniy asoslar ustiga quriladi, davlat
xizmatchilaridan huquq doirasida fikrlash, barcha masalalarga huquqiy koʻz bilan
qarash talab etiladi. Qolaversa, huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun oldida
12
teng boʻladi, davlat hokimiyatining oliy organlari ham qonunlarga boʻysunadi va
qonunlarning muqarrar ijrosini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston oʻzini ijtimoiy davlat deb eʼlon qilishi bilan, har bir fuqarosiga
munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda.
Bu – mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda
kuchli tabaqalanish avj olishiga yoʻl qoʻymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham
sifatli taʼlim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy himoya dasturlari ishlashi,
imkoniyati cheklangan va qoʻllovga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash,
adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi kabilarni anglatadi.
Oddiyroq aytganda, eng kambagʻal oilaning bolalarida ham sogʻ-salomat oʻsib-
ulgʻayib, yaxshi taʼlim olib, farovonlikka erishish imkoniyati boʻlishi kerak.4
Dunyoviy davlatda davlat va din bir-biridan ajratilgan boʻladi. Davlat diniy
eʼtiqodidan qatʼi nazar barchaga bir xil munosabatda boʻladi, dinga oid
masalalarda neytral pozitsiyani egallaydi.
Yangi konstitutsiyaning 154-moddasi bilan, 1-moddadagi qoidalarni qayta
koʻrib chiqish mumkin emas, deb belgilandi. Xuddi shuningdek, 154-moddaning
oʻzidagi aynan shu qoidadan iborat band ham qayta koʻrib chiqilishi mumkin
emas.
Boshqacha aytganda, bu norma – Oʻzbekiston hech qachon demokratiyadan
voz kechmasligi, huquqiy davlatchilikka sodiqligi, monarxiyaga yoki islomiy
respublikaga aylanmasligini nazarda tutadi. Mazkur bandlar ham yurtimizda inson
huquqlari,
shaxsiy
huquq
va
daxlsizlikning
naqadar
yuksak
darajaga
ko‘tarilayotganining isbotidir.
Yangilangan Konstitutsiyaning 15-moddasiga quyidagicha qoʻshimcha
qoʻshildi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida
4 www.norma.uz. “NORMA” Axborot huquqiy tizimi.
13
oliy yuridik kuchga ega, toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladi va yagona huquqiy
makonning asosini tashkil etadi.
Konstitutsiyaning toʻgʻridan toʻgʻri amal qilishi fuqarolarga nafaqat
qonunlar, balki bevosita konstitutsiyadagi normalarga ham asoslangan holda ish
olib borishga, xususan sudga murojaat qilishga imkon beradi.
Referendumda qabul qilingan qonunga binoan, Oliy sud 3 oy ichida tegishli
Plenum qarorini qabul qilishi kerak. Bu qaror asosida sudlar tomonidan
konstitutsiya normalarini toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi hujjat sifatida qoʻllash
yuzasidan yagona sud amaliyoti joriy etiladi.
Yangi konstitutsiyaning 19-moddasi (avvalgi 18-modda) – fuqarolarning
jinsi, millati, mavqeyi va hokazolardan qatʼi nazar qonun oldida tengligi haqida.
Bu moddaning 2-qismi quyidagicha oʻzgartirildi: Imtiyozlar faqat qonunga
muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi shart.
Bu bilan konstitutsiyaning amalda ishlamay kelgan normalaridan biri real
voqelikka moslashtirildi. Amaliyot shundayki, turli jabhalardagi imtiyoz va
preferensiyalar nafaqat qonunlar asosida, balki koʻp holatlarda qonunosti hujjatlar
– qaror va farmonlar asosida berib kelinyapti.
Konstitutsiyaning yangi tahririga asosan, Inson bilan davlat organlarining
oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va
noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
Ijtimoiy munosabatlar cheksiz shakllarga ega, ularni normativ-huquqiy
hujjatlarda toʻliq kodifikatsiya qilib chiqish amalda imkonsiz. Endilikda,
qonunchilikda aniq belgilab qoʻyilmagan masalalarda ziddiyat yuzaga kelsa,
masala davlat emas, inson foydasiga hal etiladi.
Bundan tashqari, turli hujjatlarni yuritishda davlat organlari tomonidan xato-
kamchilik oʻtgan taqdirda, masalan pensiya tayinlashda tegishli hujjatlar bazadan
14
topilmay, noaniqlik yuzaga kelganida ham vaziyat fuqaro foydasiga hal etilishi
kerak.
Huquq va erkinliklarning cheklanishi masalasi avvalgi konstitutsiyada
quyidagi ikkita norma bilan tartibga solingan edi:
Insonning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va
erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni
cheklab qoʻyishga hech kim haqli emas.
Fuqarolar oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa
shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va
erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.
Konstitutsiyaning yangi tahririda yuqoridagi ikkita norma deyarli
oʻzgarishsiz saqlab qolindi. Shu bilan birga, quyidagicha yangi norma qoʻshildi:
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat
konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sogʻligʻini, ijtimoiy axloqni, boshqa
shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda
jamoat tartibini taʼminlash maqsadida zarur boʻlgan doirada cheklanishi mumkin.
Huquqlar cheklanishiga doir bu meʼyorlar, yangi konstitutsiyaning boshqa
bir moddasiga asosan, soʻz erkinligi huquqiga ham tegishli. Yaʼni axborot izlash,
olish va tarqatish huquqi faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholi sogʻligʻini, ijtimoiy
axloqni, boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, jamoat
xavfsizligi va tartibini taʼminlash, davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan
boshqa sirning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida cheklanishi mumkin.
Taʼkidlash lozim, “ijtimoiy axloq” tushunchasi Oʻzbekiston qonunchiligiga
hali kiritilmagan. Ushbu tushuncha hamda mazkur modda boʻyicha inson
huquqlari “jamoat tartibini taʼminlash maqsadida” cheklanishi boʻyicha vakolatli
organning huquqiy sharhiga zarurat bor. Huquqlar taʼminlanishi bilan ijtimoiy
axloq va jamoat tartibini saqlash oʻrtasidagi oltin oʻrtalik aniq belgilab qoʻyilishi
15
kerak. Shu bilan birga, yuqorida aytganimizdek, konstitutsiyaga binoan endilikda
barcha noaniqliklar inson foydasiga hal etiladi.
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar.
Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni
izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga boʻlgan huquqlari amalga
oshirilishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalari oʻzi taqdim etadigan
axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.
Senzuraga yoʻl qoʻyilmaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga
toʻsqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Asosiy yangilik – OAV faoliyatiga toʻsqinlik uchun javobgarlik
konstitutsiya darajasida belgilandi. MJtK va Jinoyat kodekslariga tegishli
javobgarlik kiritilishi haqida 4-5 yildan beri gapirib kelinadi, lekin ularning
barchasi ogʻizda va qogʻozda qolib ketmoqda.
Endilikda, referendumda qabul qilingan qonunga koʻra, Vazirlar Mahkamasi
qonunchilikni yangi konstitutsiyaga moslashtirish dasturini 2 oy muddat ichida
ishlab chiqib, parlamentga kiritishi kerak.
Yuqoridagilardan tashqari, konstitutsiyaga boshqa koʻplab normalar ham
qoʻshilgan, jumladan:
Oʻzbekistonda oʻlim jazosi taqiqlanadi. Agar shaxsning oʻz aybini tan
olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga
tortilishi mumkin emas.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish
chogʻida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Har kim oʻz shaxsiga doir notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishini, oʻzi
toʻgʻrisida qonunga xilof yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmay
qolgan maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqiga ega.
16
Davlat internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash uchun
shart-sharoitlar yaratadi.
2.2. INSON HUQUQLARI SOHASIDA TAʼLIM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi
bilan 2022-yilning 5-6-dekabr kunlari Samarqandda inson huquqlari sohasida
taʼlim boʻyicha global forum oʻtkazildi.
Inson huquqlari sohasida taʼlim inson huquqlarini har tomonlama hurmat
qilish va ularga rioya etishni ragʻbatlantirish uchun nihoyatda muhim ahamiyatga
ega. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 26-moddasida, “Har bir inson
taʼlim olish huquqiga ega. Taʼlim inson shaxsini toʻla barkamol qilishga va inson
huquqlari hamda asosiy erkinliklariga nisbatan hurmatni kuchaytirishga
qaratilmogʻi lozim. Taʼlim barcha xalqlar, irqiy va diniy guruhlar oʻrtasida bir-
birini tushunish, xayrixohlik va doʻstlikka xizmat qilishi hamda Birlashgan
Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash borasidagi faoliyatiga yordam berishi
kerak”, deyiladi.
2011-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari sohasida
taʼlim toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi qabul qilingan. Deklaratsiyada har bir inson
oʻzining barcha huquqlari va asosiy erkinliklari toʻgʻrisida bilish, ularni soʻrash
huquqiga hamda inson huquqlari sohasida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻlishi
kerakligi koʻrsatilgan. Zero, inson huquqlari boʻyicha taʼlim inson huquqlarining
umumiyligi, ajralmasligi va oʻzaro bogʻliqligi tamoyillariga muvofiq jamiyat
tomonidan hurmat qilinishi va ularga rioya etilishini ragʻbatlantirish uchun muhim
ahamiyatga egadir.
Inson huquqlari sohasida taʼlimga taalluqli qoidalar koʻpgina xalqaro
hujjatlarga, jumladan Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro
pakt, Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Ayollarga nisbatan kamsitishning
barcha
shakllarini
bartaraf
etish
toʻgʻrisidagi
konvensiya,
Irqiy
17
kamsitishningbarcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga
kiritilgan.
Inson huquqlari sohasidagi taʼlim quyidagiuch jihatni qamrab oladi:
birinchidan, inson huquqlari toʻgʻrisidagi bilimlarni, ular nimadan iboratligi,
qay tarzda kafolatlanishi yoki himoya qilinishiga doirbilimlarni olish;
ikkinchidan, inson huquqlari boʻyicha taʼlimning konteksti va usuli
tashkillashtirilgan hamda inson huquqlari qadriyatlariga (masalan, fikr erkinligi va
boshqalar) muvofiqlashtirilgan boʻlishi kerakligini hamda inson huquqlari
sohasidagi taʼlimda oʻqitish jarayoni uning mazmuni kabi muhimligini tan olish;
uchinchidan, taʼlim oluvchilar mustaqil ravishda yoki boshqalar bilan
birgalikda, inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni koʻrgan holda,
oʻz hayotlarida inson huquqlari qadriyatlarini qoʻllash imkoniyatiga ega
boʻlishlarini taʼminlash.
Inson
huquqlari
boʻyicha
BMT
Oliy
komissari
Folʼker
Tyurk
taʼkidlaganidek, “Inson huquqlari – bu insoniyatning umumiy tilidir. Biz uchun har
bir ovozga hamohang boʻladigan inson huquqlari tizimi zarur. Inson huquqlariga
taalluqli barcha masalalarda biz hammamiz yakdil boʻlib ish koʻrishimiz kerak”5.
1993-yilda Inson huquqlari boʻyicha umumjahon konferensiyasida inson
huquqlari
sohasidagi
taʼlim
“mamlakatlar
oʻrtasida
barqaror
uygʻun
munosabatlarni rivojlantirish va ularga erishish hamda oʻzaro anglashuv va tinchlik
uchun juda muhimdir”, deyaeʼtirof etilgan. 1994-yilda BMT Bosh Assambleyasi
1995 – 2004-yillarni “Inson huquqlari sohasida taʼlim 10 yilligi”, deb eʼlon qildi va
BMTga aʼzo barcha davlatlarni “inson huquqlarining umumiy madaniyatini
yaratish maqsadida oʻqitish, tarqatish va xabardor qilish”ga yordam koʻrsatishga
daʼvat etdi. 2004-yilda esa BMT Bosh Assambleyasi barcha sohalarda inson
5 www.gov.uz. O’zbekiston Respublikasi hukumat portali