SHAXSNING HISSIY VA IRODAVIY SOHASI (Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari, Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar, Yuksak hislar. Hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari. Hissiy ton, affek)
Yuklangan vaqt
2024-04-13
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
51
Faytl hajmi
122,3 KB
Ilmiybaza.uz
SHAXSNING HISSIY VA IRODAVIY SOHASI
Reja:
1. Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari.
2 .Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar. .
3. Yuksak hislar. Hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari. Hissiy
ton, affekt, str
4. Shaxsning irodasi haqida tushuncha.
Ilmiybaza.uz
Tayanch so`z va iborala:
Emotsiya, hissiyot, kechinma, hissiyot funksiyasi: imprissiv, eksprissiv tomon,
hissiyot shakli: hissiy ton, emotsiya, kayfiyat, affekt, stress, stenik his, astenik his,
yuksak hislar: intellektual, axloqiy, praksik, Iroda, maqsad, tilak, istak, xohish,
irodaviy akt, irodaviy harakat, irodaviy zo`r berish, shaxs sifati: mustaqillik,
dadillik, sabr, bardosh.
Hissiyot haqida tushuncha
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech
vaqt bu narsalarga batamom befarq bo’lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni
doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko’rsatadigan ob’ektlarga
sub’ekt sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hakozo.
CHunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu
narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo’ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar
yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko’tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va
kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham
yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko’rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar
bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam
atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo’ladi va uning munosabatlari
ham aks ettiriladi.
Kishilar
idrok
qilayotgan,
ko’rayotgan,
eshitayotgan,
bajarayotgan,
o’ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo’lmaydilar. Bir xil predmetlar,
shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana
boshqalari g’azab, nafratimizni uyg’otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo’rquvni
Ilmiybaza.uz
his qilamiz, dushman ustidan g’alaba qozonish yoki qiyinchilikni yengish zavq
uyg’otadi.
Hissiyot tushunchasiga adabiyotlarda turlicha ta’riflar uchraydi jumladan;
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida hissiyot -
kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki
nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha turli xil shaklda bildiradigan
kichik munosabatdir. M.Vohidovning «Bolalar psixologiyasi» o’quv qo’llanmasida
hissiyot
deb-tashqi
olamdagi
narsa
va
hodisalarga
bo’lgan
ichki
kechinmalarimizning
ongimizda
aks
ettirilishga
aytiladi.
Q.Turg’unov
muallifligidagi lug’atda hissiyot-shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga,
kishilarga hamda o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida kelib chiqadigan yoqimli yoki
yoqimsiz kechinmalardan iborat. Professor E.G’oziev muallifligidagi «Umumiy
psixologiya» darsligida hissiyot odamda, tirik mavjudotlar miyasida, ya’ni
shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi ob’ektlarga
nisbatan uning munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo’llaniladi.
Yuqoridagi ta’riflardan ko’rinib turibdiki, hissiyot bizning tuyg’ularimizning
o’ziga xos aks ettirish jarayoni bo’lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish
jarayonida bizda tug’iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi.
Demak, hissiyotlar o’z- o’zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va
hodisalarning ta’siri bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi.
Adabiyotlarda hissiyot bilan birga emotsiya tushunchasi ham keng doirada
qo’llaniladi. Aynan emotsiya tushunchasining mazmuni nimadan iborat va hissiyot
tushunchasi bilan o’zaro bog’liqligi qanday degan savol tug’iladi? SHunga muvofiq
emotsiya tushunchasining mazmun mohiyatini yoritadigan bo’lsak; jumladan
professor E.G’ozievning “Umumiy psixologiya” darsligida emotsiya-odatda tashqi
alomatlari yaqqol namoyon bo’ladigan his- tuyg’ularni, ichki kechinmalarni
ifodalanishidan iborat psixik jarayonni yuzaga kelishining aniq shaklidir, deb
ta’riflanadi.
Emotsiya - shaxsning voqelikka o’z munosabatini his qilishidan kelib
chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli yoki
Ilmiybaza.uz
yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko’rinadiki, hissiyot tushunchasi
emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo’lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush
tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
Hissiyotlar o’zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,
qiziqishlari va intilishlari bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, odamning organik
ehtiyojlarini qondirishi bilan bog’liq bo’lgan hissiyotlar odamda rohatlanish,
qanoatlanish tuyg’usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik
odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab
bo’ladi.
Odamning hissiyotlari uning mazmuni hamda shakllari, ijtimoiy- tarixiy sharoit
bilan bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davrida odamning ehtiyojlari
o’zgarib boradi. Natijada odamda borgan sari yangi, yangi hissiyotlar, chunonchi,
ma’naviy, intellektual va estetik hissiyotlar paydo bo’ladi.
Hissiyotlar ham boshqa bilish jarayonlari kabi odamning faoliyatlari davomida
namoyon bo’ladi. Masalan, mehnatsevarlik hissini yuzaga keltirish uchun ma’lum
muddat davomida ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanish kerak. U yoki bu
faoliyat davrida yuzaga kelgan hissiyot ana shu faoliyatning o’ziga ta’sir qilib, uni
o’zgartiradi. Masalan, hohlamasdan o’zini majbur qilib ishlayotgan odam bilan o’zi
hohlab sitqidildan ishlayotgan odam ishining unumdorligi o’rtasida juda katta farq
mavjud. Odamning kayfiyati yaxshi xursand, ruhi tetik bo’lganda ishi ham barakali
bo’ladi, aksincha odamning dili g’am, qandaydir tashvishli yoki g’amgin bo’lganda
qo’li ishga bormaydi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning inson hayotidagi roli
juda kattadir. Hissiyot boshqa bilish jarayonlariga ham ta’sir qiladi. Masalan,
odamning ruhi tetik, xursand bo’lgan paytda, idroki hali juda jonli, esda olib qolishi,
tuyg’ularga boy, tafakkuri o’tkir, nutqi burro bo’ladi.
Hissiyot odamda sodir bo’layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam
uchun ahamiyatli bo’lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi.
Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo’zg’ovchilardan
aniq bo’lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo’shilib ketadi va paydo bo’lgan
hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg’otib, biror hissiy nom bilan
Ilmiybaza.uz
ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan
shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo’zg’atuvchilar tirik mavjudotlar uchun
xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning
shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida
namoyon bo’ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada
hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. Impressiv so’zi lotincha taassurot degan
ma’noni anglatadi.
I.P.Pavlov tirik mavjudotlarning atrofimizdagi muhitga moslashuvida hosil
qiladigan buziladigan dinamik streotiplar orqali biror hissiyot va emotsional
kechinmalarning ijobiy va salbiy sifatlarini tushuntirib beradi.
Dinamik stereotip deganda tashqi qaytarilish natijasida hosil qilingan shartli
reflekslar, nerv bog’lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. Har turli
qiyinchiliklar va qarshiliklarga duch kelishi natijasida dinamik stereotiplarning
«o’zgarishi» salbiy emotsional holatni yuzaga keltiradi. Hissiyot bu uning
kechirilishining turli shakllari faqat darak vazifasini emas, balki boshqaruvchilik
funktsiyasini ham bajaradi. Emotsiya harakatlari juda ko’p tana o’zgarishlar
ifodalanadi. Odam organizmidagi o’zgarishlar kechirilayotgan hissiyotning ob’ektiv
ko’rsatkichi hisoblanadi. Moslashish xarakteriga oid bo’lgan, ya’ni ovozning
o’zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo’ladigan jarayonning qayta
o’zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologiyada emotsional
harakatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi.
Hissiyotlar odatda juft-juft bo’lib uchraydi. Masalan, yoqimli- yoqimsiz, xush-
noxush, xursand-xafa, g’azab-muhabbat, nafrat kabi ana shunday hissiyotlar
sub’ektiv xarakterga ega bo’ladilar, lekin ularning tashqi ifodasi ham bo’ladi.
Masalan, hushchaqchaq odam bilan g’amgin odamning yuz ifodasini ko’z oldimizga
keltirib ko’rish mumkin. Aynan mazkur jarayon psixologiyada ambivalentlik yoki
ikki taraflamalik deb ataladi.
Ambivalentlik-lotincha har tomonlama kuchga ega ma’nosini anglatib
kishining bir ob’ektning o’ziga nisbatan bir vaqtning o’zida paydo bo’ladigan bir -
biriga qarama – qarshi emotsional irodaviy holatdir.
Ilmiybaza.uz
Hissiyotda ambivalentlik bu rohatlanish va azoblanishni birga qo’shilib va biri
ikkinchisiga o’tib ketmaydigan emas, balki bunda birga bo’lish kechiriladigan
hissiyotning zarur xarakterli sifatlaridan birini tashkil qiladi. Masalan, rashk hissida
muhabbat va nafrat.
1. Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po’sti qismining
faoliyati bilan bog’liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora
qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po’stining
faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog’liqdir,
boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham
bog’liqdir. CHunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo’rqqan
paytida esa rangi o’chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o’zgarish
paydo bo’ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura
boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi.
Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon
aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham
qatnashadi.
Masalan,
materialni
yaxshi
bilmaydigan
talaba
imtihon
topshirayotganda terlab ketadi, tomog’iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay
qoladi. Odamda qattiq qo’rqish paytida «Yuragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter
bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki
a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi.
Juda ko’p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po’stloq osti qismlarining
oralig’i bilan ham bog’liqdir. Masalan, ko’rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim
hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi.
Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o’zining nerv-
fiziologik asosiga ega bo’lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik
hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi
ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb
yozgan edi: «Menimcha, ko’pincha odatdagi turmush tartibining o’zgargan
Ilmiybaza.uz
paytlarida odat bo’lib, qolgan birorta mashg’ulot yaqin kishidan judo bo’lganda,
aqliy iztirob chog’ida kechiriladigan og’ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski
dinamik streotipning o’zgarishi, uning yo’qolishi va yangi dinamik streotipning
qat’iylik bilan hosil bo’lishidan iborat bo’lsa kerak».
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol
ko’rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo’lsak, biron yoqimli kuydan
lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha
qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-
fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo’lsak, qo’yidagilarni ko’rishimiz mumkin.
Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin.
Bunda ajablanishga hech qanday o’rin yo’q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni
bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli
buzib bo’lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana
shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar
masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish
uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug’diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar
tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug’diradi.
Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab
hisni tashkil qiladi.
SHunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo
faoliyati bilan bog’liq bo’lsa ham bari bir bosh miya po’sti orqali idora qilinadi.
CHunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida
bo’ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po’sti qismidagi
neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi
bosh miya po’sti bilan bog’liq.
2. Inson va hayvonlardagi emotsiyalar
Ilmiybaza.uz
Odam his-tuyg’ulari bilan hayvon hissiyotlari o’rtasida juda katta farq bo’ladi.
Odamda juda ko’p miqdorda his-tuyg’ular borki, bunday hissiyotlar xayvonlarda
uchramaydi. SHuning uchun ham odam ham xayvon uchun umumiy bo’lgan
g’azablanish, qo’rqish, jinsiy hissiyot, qiziquvchanlik, xursandchilik, g’amginlik
emotsiyalari hayvonlarda sifat jihatidan farq qiladi. SHu o’rinda S.SHexterning
emotsional faktorlarning paydo bo’lishi kognitiv-fiziologik kontseptsiyasini keltirib
o’tish joiz.
Insoniy emotsiyalar «insoniylashtirilgan» ijtimoiy sharoit bilan bog’liq holda
namoyon bo’ladi. Emotsiyalarning «insoniylashuvi» shunday namoyon bo’ladiki,
ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni, juda boy va murakkabdir. Odamlar bilan
mehnat,
siyosat,
madaniyati,
oilaviy
hayot
o’rtasida
paydo
bo’lgan
munosabatlarning ko’pligi, sof insoniy hissiyotlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Ular bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshiga ochiq ko’ngillik bilan
jilmayish, keksalar va nogironlarga hurmat bilan joy berishni o’rgatdi. Odam o’z
Fizik faktorlar (ta'sir etuvchi
stimullar)
Psixologik (kognitiv) faktorlar:
xotira, aktual qiziqish) va extiyojlar
nuqtainazaridan vaziyatni baholash
Emosional kechinma (fizik, fiziologik va psixologik
omillar asosida)
Fiziologik omillar (nerv-muskul tizimini o'zgarishi)
Ilmiybaza.uz
hissiyotlarini o’zi boshqaradi. Ba’zi kishilar emotsiyalarini yashirish niyatida
qarama-qarshi emotsiyalarni ifodalaydilar. Masalan, qayg’urish yoki qattiq og’riq
paytida kulimsirash, kulgilari kelgan paytda yuzlarini jiddiy, o’ychan holga keltira
oladilar. Lekin o’zining imo- ishoralari va mimikalarini boshqara olishga qaraganda
nafas olish, qon aylanish va ovqat hazm qilish tizimidagi o’zgarishlarni ushlab
qolish juda qiyin bo’ladi. Odam xayajonlangan paytda bir maromda nafas ola biladi,
ko’z yoshlarini ushlab qola oladi, lekin rangini o’zgartirish yoki qizartirishga qodir
emas. Ammo emotsiyalarni paydo qiluvchi narsalardan o’zini chalg’itishi mumkin.
Hissiy holatlarning ifodalanishi
Hissiy holatlarning ifodalanishi birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi,
qo’l, oyoq harakatlari), ikkinchidan organizmdagi turli hodisalarni, ya’ni ichki
a’zolar faoliyatining va holatining o’zgarishida, uchinchidan tabiatda, ya’ni
organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni,
shuning bilan birga modda almashinuvida bo’ladigan o’zgarishlarni o’z tarkibiga
oladi.
His-tuyg’ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo-ishora, vajohat va qaddu-
qomatning o’zgarishi, ayiruv, tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (so’lak, ter
ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o’zgarishlarni kiritish mumkin.
Bunga nutqning faol o’zgarishlari, «ovoz mimikasi» va gaplar tarkibining sintaksis
o’zgarishi, «tutilmasdan gapirish», yoki alohida «silliqlik» hamda «ifodalilik»ning
yuzaga kelishi nihoyat hissiyot o’zining to’la qisman ifodasini topadigan xatti-
harakatlarga taalluqlidir. Kishining emotsional kechinmalari vaqtida nutqining
tezligi o’zgaradi. Ko’pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va
ahamiyati o’zgaradi. O’tkazilgan tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, g’amginlik va
ma’yuslik hislarini ifodalovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi, so’zlashgan
kishining tovushi ham bo’linib - bo’linib chiqadi.
Hislarni kechirish shakllari
Ilmiybaza.uz
Hissiyot kechinmalari turli holatlarda turlicha tezlik bilan paydo bo’ladi.
Ba’zan hissiyot to’satdan, darhol paydo bo’ladi. Masalan, kishi birdan xursand
bo’lib ketadi, darhol g’azabga keladi, achchiqlanadi va hokozo. Lekin ba’zan shu
hissiyotlar o’zi dafa’tan qo’zg’almaydi, balki asta-sekin tug’ila boshlaydi. SHunday
hissiy kechinmalarning qay darajada tez paydo bo’lmasligini belgilash qiyin yoki
butunlay bilib bo’lmaydi. Emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo’lishi
mumkin. Hissiyotlarni kuchi avvalo yoqimli va yoqimsiz tuyg’ularning naqadar
kuchli bo’lishidadir. Hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros
bilan kechirilganligi bilan belgilanadi.
Hissiyotning qo’zg’alish xususiyatlari paydo bo’lish yo’lini kuchi va
barqarorligi bir qancha sabablarga bog’liqdir. Atrof-muhitning holati shu paytdagi
ehtiyojlarning kuchi shu xislat tuzilishiga sabab bo’lgan hodisalarning shaxsiy va
ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu xislat qanday vaziyatda
paydo bo’lishi va o’tmishi hamda shaxsning individual xususiyatlariga bog’liqdir.
Hislarning ayni vaqtda naqadar tez kuchli va barqaror bo’lishiga ko’ra his-
tuyg’ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, stress,
kayfiyat va boshqalar.
Hissiy ton. Hissiyot ko’pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy jarayonlarning
o’ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo’ladi. Yoqimli suhbatdosh, kulguli voqea,
yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko’ngildagi mashg’ulot, hushchaqchaq sayohat, og’ir
ish kabilar. Hissiy ton tushunchasiga ko’pgina adabiyotlarda turlicha ta’riflar
uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiyning “Umumiy psixologiya” darsligida hissiyot
jon sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilingan narsa va hodisaga
munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy bo’yoq yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan
bog’langan hissiyot, deb ta’riflanadi. Professor E.G’oziev tomonidan hissiy ton-u
yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan
iboratdir. Q.Turg’unov lug’atida hissiy ton - hissiyot sezgi yoki idrok jarayonida
shaxsning idrok qilingan narsaga hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus
emotsional bo’yoq yoqimli va yoqimsiz kechinma bevosita sezgi yoki idrok bilan
Ilmiybaza.uz
bog’langan hissiyot. Masalan, og’riq bir qator qo’zg’ovchilar yaqqol ifodalangan
yoqimsiz hissiy ton bilan ajralib turadi.
Ko’pincha emotsiyalar o’zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga
qaramay, bunday sifatni hissiy holatlar stenik (yunoncha so’zdan olingan bo’lib,
kuch degan ma’noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xatti-
harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat
bag’ishlaydi. Masalan, xursandchilikdan shaxs «parvoz qiladi», «yulduzni narvonsiz
oladi», kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi. Faollik qilib, tinchimaslik uning
sifatiga aylanadi. Q.Turg’unov lug’atida stenik hisga quyidagi ta’riflar uchraydi:
stenik hislar - shaxsning hayot faoliyatini kuch-g’ayratining orttiradigan barcha
bilish jarayonlarini faollashtiradigan ijobiy hissiyot turi. Aksariyat hollarda
xushxabar, muvaffaqiyat shaxsda stenik xususiyatli emotsiyalarni vujudga keltiradi.
Ba’zi hollarda emotsiyalar o’zining sustligi, motorli, kuchsizligi bilan
tavsiflanadi. Bunday hissiy holat astenik (yunoncha so’zdan olingan bo’lib,
kuchsizlik, zaiflik ma’nosini bildiradi) deb atashadi. Bunday hissiyot insonni
bo’shashtiradi, uni xayolga cho’mdiradi, xayolparast qilib qo’yadi. SHu sababdan
favqulotda shaxsdagi befoyda emotsional kechinmaga, uyalish, vijdon azobi,
andisha esa qo’rqoqlikka aylanib qolishi xavfi kuchli.
Psixik jarayonlardan ayniqsa, emotsiya o’zining aniq tashqi ifodasiga ega
bo’lishi bilan tavsiflanadi. Emotsional o’zgarishlar organizmning tashqi
o’zgarishlarida shu qadar yaqqol ifodalanadiki, biz odamni tashqi ko’rinishiga
qarab, unda qanday xususiyatlar yuz berayotganini, uning xursand yoki xafaligini,
g’azablanganligini yoxud biror narsadan qo’rqib ketganini va shu kabi his-
tuyg’ularning ko’pini aytib bera olamiz. Hissiyotlarning tashqi alomatlari ifodali
harakatlar deb ataladi.
Emotsiyalarning tashqi ifodasi turli ko’rinishlarda ro’y beradiki, unda asosiy
o’rinni ko’rgazmali jihatlar asosiy o’rin egallaydi.
Birinchidan, emotsiyalar nafas olish a’zolarining ishlarida o’zgarish yasaydi.
Masalan, yoqimli his-tuyg’ular ishga tushganda nafas olishning tezligi va
ampilitudasi ortadi, yoqimsiz his-tuyg’ular ustun kelganda kamayadi, qo’zg’algan
Ilmiybaza.uz
vaqtida nafas harakatlari tezlashadi hamda chuqurlashadi, zo’r berish vaqtida-
sekinlashadi va yuzakilashadi, hayajon vaqtida tezlashadi, hamda kuchsizlashadi,
kutilmagan holatda, hayron qolishda zudlik bilan tezlashadi, qo’rquvda sekinlashadi
va hakozolar.
Turli emotsional holatlarda nafas olishning o’zgarishi
a) xursandlikda nafas olish bir minutiga 17 marta;
b) faol xafalikda 9 marta;
v) qo’rqishda 64 marta;
d) jahl chiqqanda 40 marta.
Ikkinchidan, emotsiya imo – ishoralarda, mimikada, ya’ni kishining yuzida
bo’ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma’nodor harakatlarida ko’rinadi.
Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya’ni organizmning qon tarkibidagi va
boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni va shuning bilan birga modda
almashishida bo’ladigan yanada chuqur o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi.
Demak, emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, aft-bashara va
qad-qomatning o’zgarishlari, ayrim tashqi sekretsiya bezlarining faoliyati yosh
so’lak, ter ajralishi hamda ayrim harakatlarning xususiyatlaridagi o’zgarishlar, ya’ni
ularning tezligi, kuchi, koordinatsiyasi va hokazolar kiradi.
Emotsiyalarning eng aniq va yaqqol ko’rinishlaridan biri kulgi bilan yig’idir.
L.N.Tolstoy o’z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi nigohlarning
85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan. «Har xil sabab bilan yig’lagan paytda
odamning boshi va og’zi har xil qiyofada o’zgaradi» - degan edi. Leanardo da-
Vinchi.
Rus psixologi P.M.Yakobson tomonidan ishlangan rasmlardan ko’rinib
turibdiki, odamning aftidagi qiyofa asosan lablar, qosh va ko’z o’zgarishlarining bir-
biriga nisbatan turlicha holatga, shuningdek, ko’zning qanchalik chaqnab turishiga
bog’liqdir. Ko’zning qanchalik chaqnashi ko’z yoshining miqdori, ko’z shilliq
pardasidagi tomirlarning kattalashuvi bilan belgilanadi. Maskaning tagida ko’rinib
turgan ko’z o’zining ifodasini yo’qotgan bo’ladi. Ko’z, lab, qovoq, qoshning har xil
holati, xatto odam chehrasini ham turli qiyofaga kiritadi.
Ilmiybaza.uz
Odam hissiyotlarini bildirishning eng nozigi va eng kuchlisi san’at, xususan,
muzika bilan lirik she’rlardir, ularni tom ma’noda hissiyotning tili deyish mumkin.
Odam o’zini va gavda harakatlarini, shuningdek tovushni ataylab chiroyli qilib
ko’rsatishi mumkin. U garchi «muayyan hissiyotlarni o’zi kechirmayotgan bo’lsa
ham o’sha hissiyotlarni ifodalaydigan harakatlar qila oladi.
Har bir kishi ham o’z hissiyotlarining tashqi ifodalarini ma’lum darajada
o’zgartirishi mumkin. Odamlarni kundalik muomalalarida badanning xilma-xil
ifodali xarakatlari, imo-ishoralar xususan, ko’z bilan qilinadigan imo-ishoralar,
tovushning ohangi, g’amginligi muhim ahamiyatga ega. SHunchaki bir xo’mrayish,
salgina jilmayib kulish, yelka qisish kabi ifodali harakatlar kishining maqsadini
anglatadi.
Kayfiyat tushunchasiga psixologik manbalarda turli nuqtai nazardan
yondashilgan taqdirda ham mazmunan ular bir xillikni anglatadi. Jumladan
K.Turg’unov lug’atida shaxsning kuchsiz yoki o’rtacha kuchga ega bo’lgan nisbatan
barqaror umumiy emotsional holati, A.V.Petrovskiyning “Umumiy psixologiya”
darsligida kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun xatti-harakatiga tus
berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi, deb ta’kidlanadi. Professor
E.G’oziev fikricha, kayfiyat shaxsning ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida
tus berib turuvchi emotsional holatdir.
Kayfiyat, ya’ni odamning xursand yoki g’amgin kayfiyati hech vaqt sababsiz
maydonga kelmaydi. Odam bajarayotgan biror ishning mavaffaqiyatli tugashi yoki
imtihondan yaxshi o’tish- yaxshi tetik kayfiyatni yuzaga keltiradi. Qilayotgan
ishingizni oldinga yurmasligi yoki ishga berilgan yomon baho odamda ma’yuslik,
kuchiga ishonmaslik kayfiyatini tug’diradi.
Kayfiyatning xush yoki noxush bo’lishi, birinchi navbatda odamning sihat-
salomatligi bilan ham bog’liqdir. Masalan, ichimiz qattiq og’rib turgan vaktda
kayfiyat chog’ bo’lmaydi.
Odatda odamda kayfiyatning u yoki bu turi, ya’ni xushchaqchaqlik xursandlik
yoki g’amginlik, ma’yuslik, tushkunlik ustun bo’lishi mumkin. Ana shunga qarab
odamlar xushchaqchaq, g’amgin, sertashvish deb turli guruhlarga bo’linadilar. Lekin
Ilmiybaza.uz
shuni aytish kerakki, odam o’z kayfiyatining quli bo’lib, qolmay, uni boshqara
bilishi kerak. O’z kayfiyatini idora qila biladigan odamlarning har doim ruhi tetik,
kayfiyati chog’ va ishida unum bo’ladi. Kayfiyatni idora qila olmaydigan odamlar
bilan yashash juda qiyin bo’ladi. Bunday odamlar arzimagan narsadan kayfiyatini
buzib, to’msayib yuradigan yoki arazlab yotadigan odamlar bo’ladi. Bunday
odamlarni odatda «sirkasi suv ko’tarmaydigan» yoki «jahli burnini uchida
turadigan» odamlar deyishadi. Agar odam xar doim o’ylab, aql bilan ish tutsa,
kayfiyatini bo’lgan bo’lmagan narsalarga buzavermaydi.
Inson kayfiyatini paydo bo’lishiga va o’zgarishiga ta’sir qiluvchi quyidagi
ikkita omillarni tahlil qilish lozim: Ulardan bittasi ob’ektiv va sub’ektiv xususiyatli
vaziyatdir: a) tabiiy omillarga taalluqli bo’lgan vaziyat (havoning sovuqligi yoki
issiqligi); b) shaxslararo munosabatning noqulayligi va boshqalar. Ikkinchisini bir
manba sifatida talqin qilish mumkin, bu-sub’ektiv, shart-sharoitlardir. Masalan,
mehnat va o’qish faoliyatiga kerakli vositalarning mavjudligi. Ikkinchi sub’ektiv
munosabatlar, iliq psixologik muhit, muloqotmandlik maromi, rag’batlantirish,
muloqot o’rnatish uslubi, shaxsiyatiga tegmaslik, teng xuquqlilik, shaxsning
psixologik xususiyatlarini hisobga olish va hokozo.
Affekt tushunchasiga berilgan ta’riflarga asosiy e’tiborni qaratadigan bo’lsak
bu ham shaxsning kuchli emotsional holatlari bilan bog’liqdir. K.Turg’unovning
lug’atida aytilishicha, affekt tez va kuchli paydo bo’lib, shiddat bilan o’tadigan qisqa
muddatli emotsional holatdir. A.V.Petrovskiyning “Umumiy psixologiya”
darsligida affekt haddan ziyod tez kechishi bilan miyada paydo bo’luvchi, shaxsni
tez qamrab oluvchi, jiddiy o’zgarishlarni yuzaga keltiruvchi jarayonlar ustidan
irodaviy nazorat buzilishiga yetaklovchi organizm a’zolari funktsiyasini izdan
chiqaruvchi emotsional jarayonlarga aytiladi. M.Vohidov darsligida affekt to’satdan
tez paydo bo’lib, tez orada o’tib ketadigan nihoyatda kuchli hissiy holat sifatida
e’tirof etiladi.
Affekt lotincha so’z bo’lib, ruhiy hayajon ehtiros degan ma’noni anglatadi.
Affektlar ko’pincha to’satdan paydo bo’ladi va ba’zan bir necha minut davom etadi.
Affekt holatida kishini ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib
Ilmiybaza.uz
qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda portlash singari
birdaniga boshlanib ketadi. Ba’zan affektlar tormozlanish holati tarzida namoyon
bo’ladi va bunday holatda organizm bo’shashib, harakatsiz bo’lib va shalvirab
qoladi. Bunday holat ko’pincha odam birdaniga qo’rqqanida, to’satdan quvonganida
va shu kabi holatlarda o’zini yo’qotib qo’yish ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Affekt holatini boshlanishida shaxs insoniy qadriyatlarning barchasidan
uzoqlashib, o’z hissiyotining oqibati to’g’risida ham o’ylamaydi, hatto tana
o’zgarishlari, ifodali harakatlar bilinmay boradi. Kuchli zo’riqish oqibatida mayda
kuchsiz harakatlar barham topadi. Tormozlanish miya yarim sharlari po’stini to’liq
egallay boshlaydi, qo’zg’alish po’stloq osti nerv tugunlaridan oraliq miyada avj
oladi, xolos. Buning natijasida shaxs hissiy kechinmasiga (dahshat, g’azab,
nafratlanish, umidsizlik va hokazolar) nisbatan o’zida kuchli hohish sezadi.
Ma’lumotlarning ko’rsatishicha ko’pincha hissiyotlar affektiv shaklda o’tishi
tajribalarda sinab ko’rilgan. Jumladan: 1) teatr tomoshabinlarida; 2)tantana
nashidasini surayotgan olomonlarda; 3)es-xushini yo’qotgan telbasimon odamlarda;
4) ilmiy kashfiyot laxzasida; 5) tasodifiy qizg’in uchrashuvlarda, jo’shqin
shodliklarda mujassamlashadi.
Affektlar vujudga kelishining dastlabki bosqichida har bir shaxs o’zini
tushunish, o’zini qo’lga olish, uddalash qurbiga ega bo’ladi. Ularning keyingi
bosqichlarida irodaviy nazorat yo’qotiladi, irodasiz harakatlar amalga oshiriladi,
o’ylamasdan xatti-harakat qilinadi. Affektiv holatlar ma’suliyatsizlik, axloqsizlik,
mastlik alomatida sodir bo’ladi, lekin shaxs har bir harakati uchun javobgardir,
chunki u aql-zakovatli insondir. Affektlar o’tib bo’lgandan keyin shaxsning
ruhiyatida osoyishtalik, charchash holati hukm suradi. Ba’zi hollarda holsizlanish,
barcha narsalarga loqayd munosabat, harakatsizlik, faollikning barham topishi, hatto
uyquga moyillik yuzaga keladi. SHuni ham unutmaslik kerakki, affektiv qo’zg’alish
muayyan davrgacha davom etishi, ba’zan o’qtin-o’qtin kuchayishi yoki susayishi
sodir bo’lib turishi mumkin.
Stress tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta’riflar uchraydi.
Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress– ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin
Ilmiybaza.uz
boshdan kechirilishining davomiyligiga ko’ra kayfiyatlarga yaqin bo’lgan his-
tuyg’ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta’rif beriladi. Profssor
E.G’ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og’ir jismoniy va
murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me’yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar
tug’ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga
keladigan hissiy zo’riqishlar sifatida ko’rsatiladi.
Stress-inson organizmini haddan tashqari zo’riqish natijasida paydo bo’ladigan
tanglik jarayonidir.
Stress ko’rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:
1. Konstruktiv-biz turidagi (ko’pchilik orasida);
2. Destruktiv – men turidagi (yakka shaxs o’zi bilan) kechadigan jarayon.
Stress holatini oddiy tilda aytadigan bo’lsak, bu insonlarda kechadigan
tushkunlik holatidir. Insonning aqliy jihatlari va fiziologik tizimida stress holati
bo’lmasligi mumkin emas. Bular ko’p hollarda muloqotlarda va boshqa ijtimoiy
jarayonlarda yuz beradi. Stressni fiziologik va psixologik turlari mavjud. Fiziologik
stress - bu o’ta jismoniy zo’riqish, biror og’riq, qo’rquv, kasalliklar natijasida
vujudga keladi.
Fiziologik stress organizm o’ta zo’riqishi, temperaturaning baland yoki past
bo’lishi, nafas olishning qiyinlashishi bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, ba’zida odam
organizmida qattiq og’riq bo’lganda, og’riq nimadan kelib chiqqanligini tushunib
yeta olmaslik oqibatida odamda qo’rquv, xavotirlanish paydo bo’ladi va stress
holatiga olib keladi.
Psixologik stress-odamning ruhiy holatiga voqealarni ta’siri tufayli paydo
bo’ladigan stress .
Psixologik stress informatsion stress va emotsional stress turlariga ajraladi.
Informatsion stress axborotlarni haddan tashqari ko’p qabul qilish vazifalarni
bajarishda bir qancha yechimlar bo’lsa-da, aniq ulardan qaysi birini tanlash yuqori
darajadagi shiddat bilan qaror qabul qilishdagi ikkilanishi natijasida kelib chiqishi
mumkin. Axborotlarni haddan tashqari ko’p qabul qilish oqibatida odam psixikasi
zo’riqadi (charchaydi) va buyrak usti bezlaridan stressli garmonlar ko’p ishlab
Ilmiybaza.uz
chiqara boshlaydi. Haddan tashqari zo’riqish natijasida miyada tormozlanish yuz
beradi va oqibatda tanglikka olib kelgan axborotgina miyada aks etaveradi. Miya
boshqa axborotlarni tashqi ta’sirni qabul qila olmay qoladi. Bu ba’zi hollarda salbiy
yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Miyada stressga olib kelgan axborot
tormozlanib, saqlanib qolganda tanglik holatining yuqori nuqtasiga chiqqanda
tanglik holatidan chiqib ketolmay o’z joniga qasd qilishgacha olib kelishi mumkin.
Emotsional stress-ta’qiq qilish, falokat, hayotiy o’zgarishlar (oilaviy mojarolar,
to’satdan ishdan bo’shatish yaqin kishisini yo’qotish, uzoq muddatli sevgidan qutila
olmaslik sababli, xavf ostida qolganda, atrofdagilar tomonidan noto’g’ri munosabat
qilinganda va hokazolarda) ko’rinadi.
Olimlar o’tkazgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, falokat, hayotiy o’zgarishlar,
kundalik tashvishlar ko’proq stresslar hisoblanadi.
Falokat – bu notinchlik, urush, yer qimirlash, suv toshqinlari, avtohalokatlar va
hokazo. Bularning hammasi inson ruhiy holatiga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Olimlar shuni ta’kidlashadiki, qattiq yer qimirlashi, suv toshqinlari, yong’in bo’lishi
kabi falokatlarning inson ruhiyatiga katta ta’sir ko’rsatishi natijasida xavotirlanish
darajasi yuqori bo’lishi kuzatiladi.
Hayotiy o’zgarishlar - bu insonni hayotida yuz beradigan voqea va hodisalardir.
Masalan, yaqin kishisining halok bo’lishi, kutilmaganda ish o’rnini yo’qotishi,
ajralishlar va hokazo. Agarda inson bir qancha inqirozli vaziyatni boshidan o’tkazsa,
qattiq kasallanishi va hattoki o’limga ham olib kelishi mumkin.
Kundalik tashvishlar-bu ish joylarida sodir bo’ladigan qiyinchiliklar, o’qish
joylaridagi o’quvchilarning o’quvchilarga, o’qituvchilarning o’qituvchilarga
noto’g’ri munosabatda bo’lishlari, imtihonlarni muvaffaqiyatsiz yakunlanishi va
hokazolarda namoyon bo’ladi. Kundalik tashvishlar mayda stresslarni kelib
chiqishiga sabab bo’lishi mumkin, mayda stresslar to’planib borib inson sog’lig’iga
ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, qon bosimining oshishi, yurak faoliyatining buzilishi va
boshqalarda kuzatilishi mumkin. Doimiy yuz berib turadigan kundalik tashvishlar,
aqliy, jismoniy, emotsional va ruhiy zo’riqishga olib kelishi mumkin
Ilmiybaza.uz
Stress ayrim odamlarda yengil kechadi, ayrim odamlarda jiddiyroq, qiyinroq
o’tadi. Bunga asosiy sabab quyidagilar deb belgilanadi: uning hosil bo’lishi stressli
vaziyatga qay darajada munosabatda bo’lishimizga va bu holatni baholashimizga va
u bilan kurashishimizga bog’liqdir. Masalan, optimist odamlar stress holatini
taqdirning bir sinovi deb qabul qilsa, pessimist odamlar uning hayotiga xavf-xatar
tug’ildi, deb qabul qilar ekanlar. Pessimistlarda xavotirlanish darajasi yuqori bo’ladi
va ular vaqtida ovqatlanmasalar ham stress holatiga tushib qolaveradilar. Psixologlar
Maykl SHayer va Marlьz Karver fikricha, optimist inson eng og’ir, qiyin vaziyatda
ham yaxshi deb oldinga intiladi, o’z organizmida stress moslashib olishiga yo’l
qo’ymaydi.
Umuman
olganda
stress
atamasi
XX-asrning
40-yillariga
kelib
ommaviylashgan. Bunga sabab stress holatini to’g’ri tushunish va undan
himoyalanishni o’rganish, chunki stress turli salbiy munosabatlar natijasida vujudga
kelishi mumkin.
Birinchi bo’lib stress bo’yicha 1932 yili fiziolog Uolter Kennon va 1936 yilda
vrach Gans Selьe chuqurroq tushuncha berishga harakat qilganlar.
U.Kennonning gomeostaz nazariyasi asosida 1933 yilda «Psixika va tana» asari
yaratildi. Bu asarda barcha tashqi sharoit o’zgarishlariga optimal (to’la) moslasha
oladigan bir yaxlit organizm haqida yozilgan. Organizmdagi turli o’zgarishlar, ya’ni
ochlik, qo’rquv, jahldorlik holatlarini ko’p yillar kuzatib o’rganish natijasida
«gomeostoz» ya’ni organizmni ichki holatini davomiyligi nazariyasi yaratildi.
Uning fikricha, gemostoz va tashqi muhit ta’sirida asosiy o’rinni markaziy va
vegetativ nerv tizimi egallaydi. Markaziy nerv tizimi tashqi-muhit, bilan vegetativ
nerv tizimi esa gemeostoz holatini saqlab turadi. Bundan organizmni «qochishi va
kurashishi» uchun energiya ishlab chiqaruvchi simpatoadrenal tizimi muhim rolь
o’ynaydi. Quyida Jems Lange va Kenon-Bard nazariyasining mohiyati keltirilgan.
Jems Lange nazariyasi
Emotsiogen stimulni idrok
qilinishi
Organizmning nerv-muskul
reaksiyasi
Kennona-Bard nazariyasi
Emotsiogen stimulni idrok
qilinishi
MNS bir vaqtda yuzaga keladigan
impulslar qayta ishlashi
Ilmiybaza.uz
U.Kennon yana shuni ta’kidlab o’tadiki, organizmni stressga qarshi kurashish
yoki qochish vaqtida yurak urishi tezlashadi, qon aylanishi buziladi, ya’ni maqsadga
intilish uchun tayyorgarlik ko’rishda organizmda qochish va kurashish kechadi. Bu
reaktsiyani u organizmni moslashish tizimi deb ataydi.
Kanadalik olim vrach G.Selьe (1936-1976 yillar) o’zini 40 yillik ilmiy
izlanishlari bilan U.Kennon nazariyalariga qo’shimchalar kiritib, stress psixologiya
va tibbiyotda asosiy tushunchalarda biri ekinligini aytib o’tgan. G.Selьe stress har
doim ham zararli emas, ba’zan inson organizmiga yordam, ko’mak foyda berishi
mumkin. Ayrim hollarda stressga tushib qolganda odam yashash uchun kurashish
o’z ehtiyojini qondirish uchun faollashib, o’zi bilmagan zahiradagi energiyasini
ishga solishi mumkin degan. U tirik organizmning noqulay tashqi sharoitlariga
moslashuvchanlik muammosini o’rganib chiqqan.
Ilmiybaza.uz
G.Selьeni fikricha, shu sabablar muhim va nomuhim stressini keltirib
chiqaradi. Bu vaziyatlar bir-biriga bog’liqdir. Bunda 3 bosqich ajratiladi.
- xavotirlik;
- moslashish;
- o’ta charchash bosqichi.
Xavotirlik bosqichida taloqning kichrayishi, yog’ qavatining yo’qolishi,
oshqozonda o’tkir yallig’lanishning sodir bo’lishi, buyrak tepasida likotsidlarning
kamayishi kuzatiladi. SHu bilan birga teri jarohatini pasayishi, ko’z yoshlanishi,
so’lakning ajralishi kuzatiladi. Agarda ta’sir kuchli bo’lsa, bu bosqichda xavotirlik
holati boshlanadi.
Moslashish bosqichida buyrak usti bezlari kattalashadi, organlar va
to’qimalarning ishlashi sekinlashadi. Agar stressni keltirib chiqaruvchi omil
organizmga kuchli ta’sir etsa etmasa shu holat uzoq vaqt saqlanib qoladi. Agar ta’sir
kuchli bo’lsa, uchinchi bosqich boshlanadi.
O’ta charchash bosqichi- organizmda kuzatilayotgan yutuqlarga ko’ra bosqich
xavotirli bosqichga yaqin. Bunda odatda organizm kasallanadi.
CHet el mualliflari asosan ijtimoiy, psixik va fiziologik stress shakllarini
ajratadilar. Ularning fikricha, ijtimoiy stress asosida shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy
yashash sharoiti yotadi. Ijtimoiy ziddiyatlar doimiy o’ziga ishonmaslik va
keskinlikni yuzaga keltiradi.
4. Yuksak hislar
Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida, yakka holda
mavjud bo’lmaydi. Yuzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar,
kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi.
Yuksak hislar o’z tarkibiga birinchi soddaroq ko’rinishdagi turli hislarni oladi.
Inson faoliyatining qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi, hislarni qaysi birining
asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislarning muhim turlari: praksik , axloqiy,
intellektual, estetik turlari ajratiladi.
Praksis hislar. Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq
aqliy faoliyatiga, shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo’lish sohasiga
aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e’tirof
etadigan yoki inkor qiladigan maqsadlarga erishish yo’llarini baholaydigan ta’sir
Ilmiybaza.uz
qilish usullari va ko’lamlarini ma’qullaydigan va ma’qullamaydigan, ularni to’g’ri
tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik
hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Mehnat inson hayotining asosi
bo’lib, insonning mehnatga bo’lgan hissiy munosabati yuksak hislar orasida muhim
o’rinni egallaydi,
Mehnat faoliyatida shaxs:
1. Biror maqsadni anglaydi.
2. Uni e’tirof qiladi yoki inkor etadi.
3. Maksadga erishish yullarini baholaydi.
4. Uni tadbik etish usullari va qurol vositalarini ma’kullaydi yoki
ma’qullamaydi.
5. Ularning tanlanganligiga shubhalanadi.
6. Inson muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradi va h.
Ahloqiy hislar odamning boshqa kishilarga, jamoa va o’zining ijtimoiy
burchlariga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadi. Inson bu hislarni kechirar ekan,
ma’lum ahloqqa, ya’ni ijtimoiy ahloq - qoidalari va normalari majmuiga asoslanib,
boshqa kishilarning xatti-harakatlariga yoki ruhiy hususiyatlariga hamda o’zining
xatti-harakatlariga baho beradi.
SHaxsning yetakchi ahloqiy hislaridan biri bu burch hissidir. Bu his odam
yashab va ishlab turgan tor doiradagi jamoa (oila, maktab, ishlab chiqarish, korxona)
manfaatlari nuqtai nazaridan turib, harakat qilish lozimligini anglaganda ham
kechiriladi. Odam o’zining ijtimoiy burchlari nimalardan iborat ekanligini bilib va
tushunibgina qolmay, balki ularni bajarish zarurligini ichdan his qilib qayg’uradi.
Kishilar hayoti va faoliyatida o’zaro yordamlashish, hamjihatlik, intilish va
manfaatlar birligiga asoslangan o’rtoqlik munosabatlari yuzaga keladi.
O’rtoqlik munosabatlarining yuksak cho’qqisi do’stlik hissida namoyon
bo’ladi. Do’stlik hissi o’rtog’iga mehribonlikda uni ko’rish u bilan gaplashish o’z
fikr hislari bilan o’rtoqlashishda namoyon bo’ladi. Haqiqiy do’stlik hissi do’stga
nisbatan yuksak talabchanlik bilan bog’liqdir. Xato va kamchiliklarni tuzatishga
Ilmiybaza.uz
ham yordam berish, do’stlikka yaqin bo’lgan muhim ahloqiy his muhabbat hissidir.
Muhabbat jamiyatda nikoh va oilaning ahloqiy psixologik asosi hisoblanadi.
Agar odamning jamiyatdagi xatti-harakatlari ahloq normalariga mutlaqo zid
bo’lsa, odam vijdon azobiga uchraydi. Vijdon azobi murakkab hissiy holatdir.
Mobodo odam biror ahloqsiz harakat qilib, vijdon azobiga uchrasa, undan qutilishi
juda qiyin bo’ladi. CHunki vijdon azobiga uchragan odam jamiyat oldida o’zining
nohaqligini biladi va o’zini-o’zi so’roq qila boshlaydi. SHuning uchun odam
o’zidan-o’zi qochib qutila olmagandek, vijdon azobidan ham hech qachon qochib
keta olmaydi.
Ma’lumki, vijdon azobi kishining qalbida chuqur ichki kurash hissini
tug’diradi. O’z xatti-harakatida ahloq tomoyillariga amal qilmagan, uyati ham
vijdoni bo’lmagan kishilarni «vijdonsiz» odamlar deyiladi. Kishi yomon bir ish qilib
qo’yganligi bu kishining o’ziga munosib emasligini, anglashi bir tomondan
vijdonini qiynaydi, vijdon azobiga soladi, ikkinchi tomondan ahloq talablariga xilof
ish qilish bilan boshqalardan malomatga qolishni, ularni o’rniga nisbatan salbiy
xislat paydo qilishni ham tushunadi. Masalan, mazkur jarayonga quyidagi misolni
keltirib o’tish joiz. AQSH prezidenti R. Trumen 1945 yili 6 avgustda Yaponiyaning
Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasini tashlashga buyruq bergan edi.
Amerikaning birinchi darajali uchuvchisi Mayor Klod Izerli Xirosimaga atom
bombasini tashlab 300 000 kishini yostig’ini quritishda ishtirok etdi. Atom bombasi
zarbidan o’lgan yosh bolalarni qariyalarni, xotin-qizlarni o’z ko’zi bilan ko’rgan
Izerli vataniga qaytganda “Xirosima qahramoni”ni sifatida uni tantana bilan kutib
olishadi.
Izerlini vijdon azobi kundan kunga battarroq qiynay boshladi. U vijdonini
tinchitmoq uchun nafaqadan, hamma mukofatlardan voz kechdi, o’ziga berilgan
ordenlarni qaytarib bermoqchi bo’ldi. Pul to’plab Xirosimaga yordam yubordi.
Ammo vijdon azobi hamon uni ezardi, ta’kib qilardi, kechalari uxlolmasdan o’zini
o’zi o’ldirishga urinib ko’rardi. Ammo natija chiqmadi, zora qamasalar, deb jinoyat
qildi. Nihoyat Klod Izerli aqldan ozibdi, deb uni jinnixonaga yotqizdilar.
Ilmiybaza.uz
Estetik hislar ham yuksak ahloqiy hislardan hisoblanadi. Estetik his deganda
biz go’zallikni idrok qilish, go’zallikdan zavqlanish va go’zallik yaratishga intilishni
tushunamiz. Estetik hissiyot hamma odamlarga xos bo’lgan hissiyotdir. Atrofdagi
tabiat manzaralari estetik hissiyotlarimizning birinchi manbai hisoblanadi. Masalan,
bahor faslidagi tog’ manzaralari yaylovlarda qo’y va qo’zichoqlarning o’tlab
yurishlari, baland qorli qoyalarni uzoqlardan mag’rur turishlari odamda estetik
lazzatlanish hissini tug’diradi yoki xuddi dengizdek ko’z ilg’amaydigan ko’m-ko’k
paxtazorlar uzoqlarda chiroyli bo’lib ko’rinib turgan dala tepaliklari odamda
qandaydir ko’tarinki ruh tug’diradi.
Odamlar hayotning turli faktlariga va ularning san’atini aks ettirishiga
qandaydir go’zallik yoki xunuklik fojiali yoki kulguli, oliyjanoblik va razillik, nozik
yoki dag’al hodisalar sifatida munosabatda bo’ladilar. Bu hislar tegishli baholarda
estetik didlarda namoyon bo’ladi va o’ziga xos badiiy lazzatlanish holatida
kechiriladi.
Estetik hissiyotlarning manbalari juda ko’p va xilma-xildir. Masalan, tabiat
manzaralaridan lazzatlanishdan tashqari tasviriy san’at asarlari, badiiy- adabiy
asarlar, muzika va xaykaltaroshlik, arxitektura va me’morchilik ishlari ham odamda
estetik hisni tug’diradi. Bundan tashqari odamlarning o’zaro bir-birlari bilan bo’lgan
munosabat va muomalalari ham estetik hissiyotlarning manbalari bo’la oladi.
Odamning kiyinishi, uyining tutishi, qanday jihozlanshi, boshqalar bilan muomalasi
ham estetik hislarimizning manbai bo’la oladi. Masalan; dag’al gaplashadigan
kishidan odam nafratlanadi, aksincha muomalali, gapni o’rinli va madaniyatli qilib
gapiradigan kishidan odam zavqlanadi. SHunday odamlarga taqlid qilgisi keladi.
Umuman odamning estetik hissiyotlari ko’p manbalarga ega bo’lgan murakkab
hissiyotlardandir.
Intellektual hissiyotlar ham o’z mohiyati jihatidan ahloqiy hissiyotlarga yaqin
bo’lgan hissiyotlardir.
Intellektual hissiyotlar odamning bilish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan
hissiyotlar bo’lib, biror narsadan hayron qolish, hayratda qolish, shubhalanish kabi
holatlarda ifodalanadi. Intellektual hissiyotlarga dastavval ajablanishni kiritish
Ilmiybaza.uz
mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va
qandaydir tushunib bo’lmaydigan, hayratda qoldiradigan emotsiyalarga berilib
qolgan odam o’zining bilish extiyojlarini qondirishga intiladi. Haqiqatni izlash
shubhalanish hissi bilan bir vaqtda amalga oshirish mumkin. Bu his odam faol bilish
faoliyati orqali hosil qilgan g’oya hamda e’tiqodlarni hayotga tadbiq qilish uchun
bo’lgan kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo’ladi.
4. Iroda haqida tushuncha
Ma’lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab
o’zgaradi. SHu bois o’z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. SHaxs
o’z harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o’z ehtiyojlari uchun
foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o’z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib
o’zgartiradi, qayta quradi va o’ziga moslashtiradi.
Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o’z
ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas,
balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam
oldindan biron-bir maqsadni ko’zlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun
yordam bera oladigan vositali yo’l va usullarni oldindan qidirib topadi, to’sqinlik
va qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch-g’ayratini ishlata oladi.
Odam faqat o’ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda- gina
emas, balki, tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli va oqilona
ravishda ish tutadi.
Odam tevarak - atrofdagi narsalarni o’zgartirib o’ziga moslashtirar ekan,
yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo’shadi,
voqelikni o’zgartiradi va to’ldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan
tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki
turkumga bo’lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa,
ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir.
Ilmiybaza.uz
Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ko’pincha impul’siv
tarzda, ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo’talish, aks urish, ko’z
qovog’ini ochib yumilishi va shu kabilar. Bu harakatlarni odam oldindan o’ylab
rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin.
Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog’liq bo’ladi.
Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz
esga tushirish holatlari ham bo’ladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz
harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi
yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi.
Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy
harakatlar oldindan belgilangan maqsad asosida to’la ongli ravishda amalga
oshiriladigan harakatlardir. Lekin ixtiyoriy harakat deganda, faqat jismoniy
harakatlar emas, balki, aqliy harakatlar ham tushuniladi. SHunday qilib, iroda
tushunchasiga nisbatan adabiyotlarda turlicha ta’riflar uchraydi. Jumladan,
A.V.Petrovskiy darsligida iroda – bu kishining o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga
erishishida qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini
ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi demakdir, deb ta’riflanadi.
Q.Turg’unov muallifligidagi lug’atda ta’riflanishicha, iroda – shaxsning ongli
harakatlarida, o’z-o’zini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish
yo’lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon
bo’ladigan ixtiyoriy faolligidir. M.Vohidov fikricha, iroda deganda biz oldindan
belgilagan, qat’iy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim
qiyinchiliklarni, to’siqlarni yengish bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni tushunamiz.
Professor E.G’ozievning “Umumiy psixologiya ” darsligida iroda-bu tashqi va
ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson
tomonidan ongli boshqarilishidir, deb keltiriladi. Umuman olganda iroda shaxs
faolligining ko’rinishi hisoblanadi. SHu bois uning yuzaga kelishi bir qator
harakatlarni amalga oshirilishi bilan izohlanadi.
Maqsad va unga erishishiga intilish
Maqsadga erishish imkoniyatlarini topish
Motivlarni paydo bo'lishi va imkoniyatlarni mustahkamlash
Irodaviy harakatlar bosqichlari
Ilmiybaza.uz
Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo’ladi. Odam o’z oldiga
qo’ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi.
Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni yengib bo’lsa ham maqsadini
amalga oshirishga intila boradi. Masalan, odam biror imorat solayotgan paytda
oxirgi natija qanday bo’lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun
qanday qiyinchiliklar bo’lsa ham yengib ishni davom ettira beradi. Yoki talaba
universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis bo’lib chiqishini
yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o’qishni davom
ettira beradi.
Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim
hususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini
anglashdan iboratdir.
Odamning irodaviy harakati to’la-to’kis determinizmga, ya’ni sababiy
bog’lanish qonuniga bo’ysunadi. SHu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita
sabablari sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli-tuman hayotiy
sharoitlar bo’lishi mumkin.
Odamning irodaviy faoliyati ob’ektiv jihatdan bog’langandir. Irodaviy
faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt
shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog’liq ravishda
irodaviy xarakatlar odam to’la ravishda javob beradigan ish sifatida boshdan
Ilmiybaza.uz
kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli shaxs ko’p jihatdan o’zini ma’lum sharoitda
anglaydi, o’z hayot yo’li va taqdirini o’zi belgilashi mumkin.
Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta
o’ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xatti-
harakatlarni irodaviy harakat deb bo’lmaydi. SHu bilan birga iroda avvaldan
mavjud bo’lmagan, lekin faoliyatni natijasiga erishishdan so’ng hosil bo’lishi
mumkin bo’lgan qoniqishga butun e’tiborini qaratishdan iboratdir.
Ko’p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g’alaba qozonish emas,
balki
o’z-o’zini
yengish
hamdir.
Bu
ayniqsa,
muvozanatsiz,
hissiy,
qo’zg’aluvchan, sust kishilarga xos bo’lib, o’zlarining tabiiy xarakterologik
xususiyatlari bilan kurashishga to’g’ri keladi.
Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi. Inson kuchli irodasiz
katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Odamzod boshqa tirik mavjudotlardan
o’zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham
ajralib turadi.
Irodaning nerv-fiziologik asoslari
Irodaviy ya’ni ixtiyoriy harakatlarning nerv – fiziologik asosida bosh miya
katta yarim sharlari po’stlog’ining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo’lgan
murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim to’la ongli harakatlar
bo’lgani uchun bosh miya po’stlog’ida yuzaga keladigan optimal qo’zg’alish
manbalari bilan ham bog’liq bo’ladi. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb
yozgan edi: “Mening tasavvurimcha, ong ayni shu chog’da xuddi shu sharoitning
o’zida ma’lum darajada optimal (har holda o’rtacha bo’lsa kerak) qo’zg’alishga
ega bo’lgan bosh miya katta yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan
iborat “.
Bundan tashqari irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi
signallar tizimining faoliyati bilan bog’liqdir. Ma’lumki, odam ayrim nojo’ya
harakatlardan o’zini so’zlari orqali (ya’ni o’ziga-o’zi pand- nasihatlar qilish yoki
tarbiya berish orqali ) ushlab qoladi. SHuning uchun irodaviy, ixtiyoriy
harakatlarni amalga oshirishda ikkinchi signallar tizimining roli juda kattadir. Ana
Ilmiybaza.uz
shu sababdan bo’lsa kerak akademik I.P.Pavlov ikkinchi signallar tizimiga baho
berib, bu signallar tizimi insonlar hulq-atvori va ixtiyoriy harakatlarining yuksak
boshqaruvchisidir” - degan edi. SHuni ham aytish kerakki, iroda ikkinchi signallar
tizimi birinchi signallar tizimiga asoslangan holda ishlaydi. Agar ikkinchi signallar
tizimi o’z faoliyatida birinchi signallar tizimiga asoslanmasa, odamning aks
ettirish jarayoni ma’lum bir tizimli, ma’noli bo’lmaydi. Ikkinchi signallar tizimi
birinchi signallar tizimiga asoslanishi bilan birga uning faoliyatini boshqarib,
nazorat qilib turadi. Demak, irodaviy, ixtiyoriy harakatlarda ikkinchi signallar
tizimi bilan birga birinchi signallar tizimi ham ishtirok etadi.
Irodaviy ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda nerv tizimining umumiy
normal holati ham juda katta ahamiyatga egadir. Masalan, uzoq davom etadigan
qattiq kasallikdan so’ng nerv tizimi nihoyatda madorsizlanib, odamning irodasi
bo’shashib ketadi. Odam biror ishdan qattiq charchagan paytda ham nerv tizimi
zaiflashib,
irodasi
bo’shashib
ketadi.
Ana
shuning
uchun
irodaning
mustahkamligini ta’minlash maqsadida odam vaqti – vaqti bilan dam olib turishi
kerak.
Irodaviy akt va uning tuzilishi
Ixtiyoriy harakatning dastlabki boshlang’ich nuqtasi harakat maqsadining
vujudga kelishi va shu maqsadning o’rtaga qo’yilishidir va uning tuzilishini
quyidagicha izohlash mumkin.
Maqsad - kishining shu paytda ma’qul yoki zarur deb topgan ish harakatini
tasavvur etish demakdir. Masalan, inson pedagogika universitetiga kirib o’qishni
zarur deb topdi yoki viloyatga ish bilan borib kelish zarurligini tushundi, deylik.
Bularning hammasida kishining maqsadi o’z-o’zidan zohir bo’layotganga
o’xshaydi, ba’zan esa bu maqsad bir qadar fikr yuritish natijasida yuzaga keladi.
Maqsadni tasavvur qilish odatda shu maqsadga erishish istagini va zarur ishni
amalga oshirish bilan bog’liq bo’lib, u quyidagicha ifodalanishi mumkin.
Ilmiybaza.uz
Xatti-harakatdan kutilgan maqsad turlicha ravshanlikda tasavvur etilishi
mumkin. Maqsad qancha ravshan bo’lsa, unga yetishish yo’lidagi intilish ham
shuncha muayyan bo’ladi.
Maqsad ko’zlash kishining avvalo shaxsiy (biologik va madaniy ruhiy)
ehtiyojlariga bog’liq. Ko’pincha kishining maqsad ko’zlashi va biron-bir narsaga
intilishi tevarak-atrofdagi tabiiy vaziyatga, yoki xuddi shu paytda kishi
yashayotgan jamiyatga bog’liq bo’ladi. Masalan, kishi qiyin ahvolga tushib qolsa,
shu ahvolidan bir amallab qutilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Kishi shu
vaziyatni ma’lum darajada o’zgartirish, bir nimaga barham berish, bir nima qilish,
bir nima ko’rish va shu kabi maqsadni o’z oldiga qo’ya oladi. Kishi jamoat tartibini
birov buzayotganligiga bevosita guvoh bo’lishi va tartib buzuvchilarga qarshi
kurash uchun shu onda qandaydir choralar ko’rishni maqsad qilib qo’yishi
mumkin.
Kishida kelib chiqadigan ehtiyojlar darrov yaqqol tasavvur qilinadigan
maqsad tarzida hosil bo’la qolmaydi. Ko’ngildan kechayotgan ehtiyoj va intilishlar
turli darajada anglanishi va turlicha tasavvur qilinishi mumkin. Masalan, kelib
chiqadigan ehtiyoj va intilishlar ba’zan istak tarzida ko’ngildan kechadi-kishi
hozirgi ahvoldan noroziligini his qilib turadi-yu, lekin qanday maqsadga
yetishilayotganini, binobarin, shu maqsadga erishishga doir yo’l- yo’riqlarni aniq
bilmaydi. Istak shunday holatki, bunda odam o’ziga allanima kerakligini his qilib
turadi-yu, bu narsani nima ekanligini aniqlab ololmaydi, ya’ni uni tasavvur
qilolmaydi, fahmiga yetmaydi. Bunday odamning o’zi ba’zan “menga bir narsa
kerak, bir narsa yetishmayapti, ammo bu narsaning nima ekanligini o’zim ham
bilmayman” degan gapni ko’ngildan o’tkazadi. Boshqa kishilar to’g’risida ham:
“nima istayotganini o’zi bilmaydi” deymiz.
Istak paytida kishi qanday maqsadga intilayotganini bu maqsadga
erishishning yo’l-yo’riqlarini anglab yetmas ekan, demak, istakni bevosita amalga
oshirish ham mumkin emas.
Ehtiyoj ko’ngildan kechib, mudom kuchaygan shu ehtiyojni qondirishga
intilish maqsadi ham anglanila boshlaydi. Bunday anglanilgan ehtiyojlar tilak-
Ilmiybaza.uz
havaslar deb ataladi. Ammo odam o’z intilishlarining maqsadini tasavvur
qilganda ham shu maqsadga yetishish yo’llari va vositalarini hali tasavvur qila
olmasligi mumkin. Bunday to’la anglanilmagan intilishlar (tilak, havas) ba’zan
zo’r xayol surish bilan, ba’zan esa cheksiz orzu bilan bog’liq bo’ladi. Ba’zan
(xayolparast insonlarda) bunday tilak havaslar ko’ngildan kechirish orqali orzu
(fantaziya) doirasida qolib ketaveradi. Xilma-xil tilak havaslari to’lib-toshgan
kishilar ham mavjud. Bu kishilar doimo xo’rsinadilar, armon qiladilar, o’zlarini
ham tevarak-atrofdagi kishilarni ham tanqid qiladilar. Bu kishilar ko’pincha yaxshi
orzular qilishadi-yu, amalda kam faoliyat ko’rsatishadi yoki butunlay faoliyat
ko’rsatishmaydi.
Harakat yo’llari, usullari topilib odam ularni tasavvur qilayotgan ekan, demak
ehtiyojni qondirishga intilish tamomila anglaniniladi, odamning tilak-havasi esa
bir narsa bo’lib qoladi. Bunday intilish holati ba’zan hoxish deb ataladi. Kishi biror
ishni qilmoqchiman, falon ishni bajarmoqchiman, o’qishga kirmoqchiman va
hokazo deb gapirar ekan buning ma’nosi shuki, mazkur kishi o’z intilishlarining
maqsadini va shu maqsadga yetish vositalarini anglash, tasavvur qilish va bilish
bilangina cheklanib qolmay, maqsadga yetish mumkinligini, ma’lum bir yo’ldan
ish ko’rishga tayyorligini va qilinadigan harakatlarining oqibatini kam anglaydi.
SHunday kishilar borki, ularda muayyan tilak-havaslar tarzida tamomila
anglanilgan intilishlar doimo katta o’rin tutadi. Bunday kishilar o’zlariga nimalar
kerakligini, nimani hoxlayotganliklarini, nima ish qilmoqchiliklarini va uni qanday
bajarish kerakligini hamisha biladilar. Bunday kishilar o’z oldilariga hamisha aniq
maqsad qo’yadilar va shu maqsadga yarasha ish ko’radilar. Bunday kishilarni
ma’lum maqsadni ko’zlaydigan kishilar deyiladi. Ma’lum maqsadni ko’zlash
kishining ijobiy sifatidir. Bu sifatni taraqqiy ettirish, irodani tarbiyalash va o’z–
o’zini tarbiyalashning vazifalaridan biridir.
Har bir kishining anglab, bilib, ko’ngildan kechiradigan ehtiyojlari ko’p,
uning vazifalari va intilishlari ham kam emas. SHuning uchun kishida xilma-xil
maqsadlarda doimo zoxir bo’lib turadi va bu maqsadlarni ro’yobga chiqarish istagi
tug’iladi. Har bir kishida amaliy va nazariy vazifalar vujudga kelib turadi va ana
Ilmiybaza.uz
shu vazifalarni hal etish kerak bo’ladi. Barovar amalga oshirib bo’lmaydigan bir
necha maqsad kelib chiqqanda, qanday bo’lmasin faqat bittasini tanlab olib boshqa
maqsadlarni qo’yib turishga to’g’ri keladi. Qaysi maqsadni oldinroq, boshqasini
esa keyinroq amalga oshirish masalasini hal qilishga to’g’ri keladi. Ba’zi
maqsadlarni esa qo’yib turishga to’g’ri keladi.
Ba’zan shunday ham bo’ladiki, kishi oldida bir-biriga zid keladigan bir nechta
maqsad ko’ndalang turadi va shu maqsadlardan birini tanlab olish shart bo’ladi.
Masalan, yigit yoki qiz maktabni tugatib, oliy o’quv yurtiga kirib o’qisam, degan
masalani hal etayotganda turli maqsadlar va ularga yetish yo’llari degan maqsadlar
o’rtasida ichki qarama-qarshilik, ichki “kurash” ro’y berishi mumkin.
Maqsad qo’yish bilan bir vaqtda yoki undan keyin shu maqsadga qaysi yo’l,
usul va vositalar bilan yengish masalasi kelib chiqadi.
Kundalik turmushimizda yoki faoliyatimizda maqsad qo’yish bilan birga uni
amalga oshirish usullari darrov anglanadi. SHuning uchun bu yerda maqsad
qo’yish bilan to’ppa-to’g’ri harakat boshlanib ketishi mumkin. Masalan, kishi
qo’liga qalam olishni hoxlasa, uni bemalol olishi mumkin, uxlagisi kelsa yotadi va
hokazo.
Oddiy ixtiyoriy harakatlar shu bilan ta’riflanadi. Ammo yangi
maqsadlarni qo’yishda o’sha maqsad usullarini qidirib topish, tasavvur qilish va
o’ylab ko’rishga to’g’ri keladi. Bu yerda maqsad bitta bo’lgani holda unga bir
necha yo’l va usul bilan yetishish mumkin. Qanday bo’lmasin eng yaxshi yo’l va
usulni tanlab olishga to’g’ri keladi. Ayrim ixtiyoriy harakatlarning murakkabligi
shular jumlasidan kelib chiqadi.
Bir necha maqsad ko’ngilga kelib, shulardan biriga turli yo’l va usullar bilan
erishish mumkin bo’lsa, kishi muayyan bir maqsadni tanlab olishi va shu
maqsadga yetish uchun muayyan eng muvofiq yo’lni tanlab olishi kerak. SHunga
ko’ra, ijtimoiy mehnat faoliyatda ham, kasb-korda ham, shaxsiy ishlarda ham,
boshqa kishilarga bo’lgan munosabatda ham kishi o’z intilishlarini va ixtiyoriy
harakatlarini oldindan rejalashtiradi.
Rejalashtirish murakkab aqliy faoliyat bo’lib, aniq, muayyan va ravshan
maqsadni belgilash, shuningdek shu maqsadga yetish uchun eng to’g’ri usul va
Ilmiybaza.uz
vositalarni qidirib topishdan iborat. Rejalashtirish jarayonida mumkin va zarur
bo’lgan hamma harakatlar, mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va to’siqlar hisobga
olinadi, ish-harakat natijalariga dastlabki baho beriladi. Odam asosiy rejaga ega
bo’lgan bir qarorga kelishi, maqsadiga yetishishi mumkin.
Harakat motivlari va motivlar kurashi. Kishi biron maqsadni, ayniqsa, shu
maqsadga yetish uchun biron yo’l va usulni tanlar ekan, nega boshqa maqsadni
emas, xuddi shu maqsadni tanlashi kerak, bu maqsadga nima uchun boshqa yo’llar
bilan emas, balki mana shu yo’llar bilan hal etishish kerak degan savolni
ko’ngildan o’tkazadi. Maqsadni va unga yetish yo’lini tanlash jarayonida unga
ma’qul yoki noma’qulligi nuqtai nazaridan baho beriladi.
Maqsadni va unga yetishish yo’llarining ma’qulligi yoki noma’qulligini
belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb ataladi. Kishi nega
boshqa bir maqsadni emas, balki xuddi shu vositalar bilan ish ko’rishni, yoki ish
ko’rmoqchi bo’layotganining sababi nima degan savolga javob motiv mazmunini
tashkil etadi.
Irodaviy
ixtiyoriy
harakatlar
g’ayri
ixtiyoriy
(irodadan
tashqari)
harakatlardan farq qilib, motiv tufayli sodir bo’ladi.
Inson irodaviy faoliyatining motivlari xilma-xildir, kishining intilishi va
hohishlari qaysi ehtiyojlardan kelib chiqsa, avvalo shu ehtiyojlar ixtiyoriy
motivlarga kiradi. Ma’lum maqsad va unga erishish yo’llarini tanlash ko’pincha
biror ehtiyojning mazmuniga va ahamiyatiga bog’liq. Kuchliroq ehtiyoj boshqa
motivlar orasida kuchliroq motiv bo’lishi mumkin.
Bir necha maqsad yoki ularga olib boruvchi bir necha yo’l bo’lgan taqdirda
ularning ma’qul yoki noma’qul ekanligi chamalab ko’riladi. Biron maqsad va bu
maqsadni amalga oshirish yo’llarini belgilab beruvchi yoki belgilab bermovchi har
qanday narsa harakatning motivi deb ataladi. “Motiv – deb yozadi I.P.Ivanov –
kishi nima uchun o’z oldiga boshqa bir maqsadni emas, balki aynan shu maqsadni
qo’yishi kerak, nima sababdan u o’z maqsadiga erish- moq uchun boshqa bir
yo’llar bilan emas, balki xuddi shu yo’l bilan harakat qilishi kerak degan savolga
javobdir”.
Ilmiybaza.uz
Maqsad va unga erishish yo’llarini tanlash jarayonida odatda tafakkur va
hissiyot ishtirok etadi.
Tafakkur faoliyati (fikr qilish) bu yerda asosan har bir motivga “qarshi “yoki
“tarafdor”likni muhokama qilib asoslashdan iborat bo’ladi. Kishi motivlarni
muhokama qilishda va asoslab berganda odatda ayni hodisa yuzasidan yoki
o’zining xatti-harakatlarida doimo asoslanadigan ma’lum bir faktlardan tamoyil va
qoidalardan foydalanadi. Motivni shu tariqa muhokama qilish va asoslab berish
motivatsiyalash deb ataladi.
Maqsadni va unga erishish yo’lini tanlash jarayonida hissiyot turtki rolini
o’ynaydi. Hissiyot ayrim tasavvur va motivlarni yorqin, jonli va jozibali qilib
ko’rsatadi. Hissiyot kishining intilishlarini faollashti-radi va susaytiradi, hissiyot
biron maqsadni, biron harakat yo’lini tanlab olishga turtki beradi.
Maqsadlarga, erishish yo’llarini va vositalarini tanlash sharoiti ba’zan ichki
kurash xarakteriga ega bo’ladi, bu kurashda turli kuch va jozibaga ega bo’lgan bir
necha motiv maydonga chiqadi. SHuning uchun ham bu jarayon motivlar kurashi
deb yuritiladi.
Motivlardan biri ko’proq asosli, ikkinchisi kamroq asosli ekanligi ularning
kurash jarayonida oydinlashib qoladi, ba’zi motivlar kuchliroq hissiyot bilan
maydonga chiqsa, ba’zi motivlar sust hissiyot bilan maydonga chiqadi.
Ko’pincha motivlar kurashi tafakkur (aql) bilan hissiyot o’rtasidagi
kurashdan iborat bo’ladi. Odam ba’zan “ikkiga bo’linib” qoladi: “Aql uni desa,
hissiyot (ko’ngil) buni deydi”.
Motivlar kurashi ba’zan har xil hislar o’rtasidagi, masalan, burch hissi bilan
unga zid bo’lgan qandaydir boshqa shaxsiy his o’rtasidagi kurash tarzida boradi.
Bu motivlar ko’pincha bir-biriga qarshi ta’sir ko’rsatadi, qarorga kelish va uni
ijro etishni paysalga solib, iroda jarayonini susaytiradi. Motivlarning bunday
kurashida kishida ichki konflikt holati vujudga keladi.
Ana shunday ichki ziddiyat holati bu ziddiyatdan qutilishga intilishi bilan
ko’pincha shu zid holatidan qutilish yo’lini yengillashtiruvchi yo’llarni axtarish
bilan bog’langan bo’ladi.
Ilmiybaza.uz
Ichki nizo holati g’oyat ko’ngilsiz noxush holat sifatida kechishini har kim
o’z tajribasidan biladi. Kishi dunyo va hayotni ravshan tasavvur qilgandagina ish
va harakatlariga, ahloq qoidalariga amal qilgandagina uning shaxsiy motivlari
jamiyat manfaatlariga qo’shilib ketgandagina ichki nizo holatiga yo’l qo’ymasligi
yoki undan qutilishi mumkin.
Qarorga kelish. Maqsadga yetishish yo’llarini va vositalarini tanlash
jarayonida rejalashtirish, motivlar kurashi bilan bog’langan bo’lib, qarorga kelish
bilan tugaydi. Qarorga kelish-muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish
yo’lida harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Motivlar kurashida buning
ma’nosi shuki, motivlardan biri hal qiluvchi rol o’ynagan bo’ladi. Masalan,
kechqurun qayoqqa borish kerak – teatrgami yoki o’rtog’ining yonigami-degan
motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo’lgan joyi haqida qarorga keladi.
Kishi ba’zan tez qarorga keladi, bu qarorning bajarilishi mumkinligiga
ishonadi. Buni qat’iyat deb ataymiz. Ba’zi motivlar kurashi uzoq vaqtga cho’zilib
ketadi va qaror bajarilishiga ishonchsizlik hamda ikkilanishlar bilan qabul qilinadi.
Bu qat’iyat sezgirlikdir. Masalan, o’rta maktabni bitirayotgan va bitirgan ba’zi
yigit-qizlar qaysi o’quv yurtiga yoki korxonaga kirish masalasini tez hal qiladilar,
boshqalari esa juda uzoq vaqt ikkilanib, xayolga tolib yuradilar. Qat’iyat odamda
jiddiylik
vaziyatining
yengillashtirishi
mamnunlik
tuyg’usini
tug’dirsa,
qat’iyatsizlik ikkilanish hissi, jiddiylik tuyg’usi va alohida noaniq holat bilan birga
sodir bo’ladi.
Biror qarorga kelish sur’ati bir qancha sabablarga, jumladan, ehtiyojga, hal
qiluvchi motiv kuchiga, vaziyatga, hissiyotga tafakkur va xayolning taraqqiyot
darajasiga, kishining turmush tajribasi va bilimlariga, temperamenti va
xarakteriga, boshqa kishilarning nasihat, buyruq, iltimos takliflariga quloq
solishiga bog’liq bo’ladi. Biror qarorga kelish sur’ati asosan qo’yilgan maqsadning
ahamiyatiga, biror qarorga keltiruvchi faoliyatning xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Murakkab tarzdagi motivlar kurashi va qarorga kelish faqat shunday hollarda
bo’ladiki, bunda odamning hayoti va faoliyati uchun ayniqsa muhim ahamiyatga
Ilmiybaza.uz
ega bo’lgan yangi maqsadlar qo’yiladi va bu maqsadlarni amalga oshirish uchun
yangicha usullar va vosita talab qiladi.
Qat’iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas, shuningdek bu qarorni
tez va dadil bajarishda ham zohir bo’ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni aniq
belgilangan muddatda bajarish – qat’iyatni namoyon qilish demakdir.
Qaror qabul qilinsa-yu, keyin o’zgartirilsa, yoki boshqa qaror bilan
almashtirilsa, yoxud butunlay bekor qilinsa, bunday qarorni yuzaki yoki bo’sh
qaror deb ataladi. Qat’iyat va mustahkam qarorga kelish-irodaning yuksak
sifatidir.
Qabul qilingan qarorning o’zgarishi ko’pincha yana bu qaror to’g’risida
yetarli darjada o’ylamaslikdan, emotsional holatning o’zgarishidan yoki kishi
harakat qilayotgan sharoit o’zgarishidan kelib chiqadi. Qarorning o’zgarishi
ko’pincha motivlar kurashining qaytadan boshlanib ketishiga va oxirgi marta
qat’iy qaror qabul qilishga olib keladi.
Qarorni ijro etish. Qaror unga muvofiq keladigan choralar ko’rish va
harakat qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o’tishni ijro qilish (yoki
bajarish) deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro
etishdir.
Irodaviy harakatlar ikki xil bo’ladi: jismoniy va aqliy harakatlar. Jismoniy
harakatlarga har xil mehnat operatsiyalari, o’yin, sport mashg’ulotlari va
boshqalar. kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala yechish, yozma ishlar, dars
tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko’p vaqt
takrorlanib, o’zlashib ketgan ko’nikma va odat bo’lib ketgan harakatlar ham
murakkab irodaviy harakatlardandir.
Qarorni ijro etish odatda ma’lum vaqt, muddat bilan bog’liq bo’ladi. Qaror
kechikmasdan belgilangan vaqtda ijro etilsa bu irodaning ijobiy sifatidan dalolat
beradi. Bu esa ishchanlik, puxtalikni bildiradi.
Ammo qabul qilingan qaror hamisha bajarilavermaydi. Ayrim hollarda esa
o’z vaqtida ijro etilmay qoladi. Kishining ba’zi bir holatlarida a’zoyi-badani
bo’shashib turganda, xafalik chog’ida o’z kuchlari va imkoniyatlaridan hafsalasi