SHAXSNING INDIVIDUAL TIPOLOGIK XUSUSIYATLAR (Inson shaxsi va individuallik xususiyatlari, Temperament haqida tushuncha, temperament tiplari, temperament haqidagi nazariyalar, Xarakter haqida tushuncha, Qobiliyatlar haqida tushuncha)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
31
Faytl hajmi
89,7 KB
SHAXSNING INDIVIDUAL TIPOLOGIK XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Inson shaxsi va individuallik xususiyatlari.
2. Temperament haqida tushuncha, temperament tiplari, temperament haqidagi
nazariyalar.
3. Xarakter haqida tushuncha,
4. Qobiliyatlar haqida tushuncha
Tayanch so`z va iboralar:
Temperament, mijоz, хоlerik, sangvinik, flegmatik, melanхоlik, nerv
sistemasi, ОNF, nazariya, klassifikatsiya, piknik, atletik, leptоsоmatik, differentsial,
individuallik, ONF tipi: kuch, muvozanat, qo`zg`alish. Xarakter, urg`u, tamg`a,
ijtimoiy muhit roli, aksentuatsiya, ortiqcha urg`u berish, xarakter tipi: introversiya,
ekstroversiya, ambiversiya.
1.Temperament haqida tushuncha
Insonning ruhiy olami beto’xtov harakatlar majmuasidan iborat bo’lib, biri
ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o’xshash tarzda
hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof - muhit to’g’risidagi
taassurotlar, o’tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar,
xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar,
irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o’zaro o’rin almashtirib turish evaziga ontogenetik
dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur’ati,
mazmuni, shakli, ko’lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol
insonda rang-barang tarzda namoyon bo’lishi kuzatiladi. SHuning uchun bo’lsa
kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta’sir
kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik
ko’rsatadilar.
Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar
o’rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta’kidlanadi, ular orasidagi
farqlarni ajratib ko’rsatish maqsadida quyidagicha belgilar kiritiladi va o’ziga xos
tarzda tavsiflab beriladi, ularning ayrimlarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq:
1. Favqulotda temperamentning bir xil xususiyatlari motiv, psixik holat va
hodisalardan farqli o’laroq, aynan shu shaxsning o’zida, uning turli faoliyatlarida,
muomalasida ifodalanadi.
2. Temperament
xususiyatlari
tabiiy
shartlanganlik
omiliga
taalluqli
bo’lganligi tufayli inson hayoti va faoliyatining (umrining) davomida yoki uning
muayyan bir bo’lagida (ta’sirga beriluvchanligi sababligidan qat’iy nazar) barqaror,
o’zgarmas va mustahkamdir.
3. Yakkahol shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari o’zaro bir-
biri bilan g’ayriqonuniy ravishda birlashgan bo’lmasdan, balki ular o’zaro bir-biri
muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini
tavsiflovchi o’ziga xos tuzilmani vujudga keltiradi.
Psixologiya fanida temperament xususiyatlari deganda, alohida bir shaxsning
psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o’zgarmas
individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli
shakl va mazmunga ega bo’lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda,
faoliyatlarda nisbatan o’zgarmas temperament tipini tavsiflovchi tuzilmani tashkil
qiladi.
Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy-taraqqiyoti davrida temperamentga
nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to’g’risidagi talqinlar xilma-
xil bo’lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o’ziga xos tarzda tushuntirish uchun
xizmat qilib kelgan. Temperament lotincha “temperamentum” degan so’zdan
olingan bo’lib, buning ma’nosi “aralashma” degan tushunchani anglatadi.
Temperament to’g’risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan
oldingi 460 – 356 yillarda yashagan) yaratgan bo’lib, uning tipologiyasi to hozirgi
davrgacha qo’llanilib kelinmoqda.
Temperamentning fiziologik asoslari
Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning temperament
xususiyatlari jihatidan o’zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi
suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog’liq ekanligi
tasavvur qilinadi. Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to’rt xil suyuqlik (xilt) mavjud
bo’lib, ular o’t yoki safro (yunoncha “chole”), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis),
qora o’t (yunoncha melas “qora”, chole “o’t”), balg’am (yunoncha “phlegma”)
kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha:
1. O’tning xususiyati- quruqlikdir, uning vazifasi-tana a’zolarida quruqlikni
saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir.
2. Qonning xususiyati-issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir.
3. Qora o’tning xususiyati-namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab
turishdir.
4. Balg’amning (shilimshiq moddaning) xususiyati-sovuqlikdir, uning vazifasi
badanni sovutib turishdan iboratdir.
Gippokrat ta’limotiga muvofiq har bir insonda shu to’rt xil suyuqlik mavjud
bo’lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha
temperamentum)lardan qaysi biri salmoqliroq bo’lsa, shunga qarab insonlar
temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq o’t, sangvinikda qon,
flegmatikda balg’am, melanxolikda qora o’t ustun bo’lishi ta’kidlanadi.
Gippokratning to’rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni temperament
tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy
ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo’llanilib kelinmoqda.
Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan o’z hissasini qo’shgan
olimlardan biri rus fiziologi I.P.Pavlov (1849-1936) hisoblanadi. I.P.Pavlov
temperament ham shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib
chiqaruvchi omillar bilan bog’liq bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqaradi.
I.P.Pavlov ta’limoti bo’yicha, shartli reflekslar paydo bo’lishining individual
xususiyatlari ro’yobga chiqishining sabablari nerv sistemasini xususiyatlari
mohiyatidandir. Unga ko’ra quyidagi 3 ta xususiyatni ajratib ko’rsatadi:
1) qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi;
2) qo’zg’alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o’rtasidagi muvozanatlilik
darajasi;
3) qo’zg’alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi yoki nerv
jarayonlarining harakatchanligi.
TEMPERAMENT
SANGVENIK
XOLERIK
FLEGAMTIK
MELANXOLIK
MUVOZANATLASHGAN
MUVOZANATLASHMAGAN
SUST
KUCHSIZ
NERV SISTEMASI TIPLARI
I.P.Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan
temperamentga aloqador nerv sistemasi xususiyatlarining o’zaro qo’shiluvini nerv
sistemasining tipi deb nomlaydi va uni to’rtta tipga ajratadi. Ular quyidagilardan
iborat.
1. Kuchli, muvozanatli, epchil;
2. Kuchli, muvozanatsiz, epchil;
3. Kuchli, muvozanatli, sust;
4. Kuchli, muvozanatsiz sust.
Yirik rus psixologlaridan biri B.M. Teplov (1896 - 1965) va uning shogirdlari,
maslakdoshlari I.P.Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari
xususiyatlarining o’ziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq bo’ldilar. Ular nerv-
fiziologik jarayonlarning nozik qirralarini o’rganishga maxsus moslamalar yordami
bilan o’zgarishlarni qayd qilish hamda olingan natijalarni (omillarni) matematik
statistika metodlari orqali hisoblashni tatbiq etdilar. SHuningdek, B.M. Teplov ilmiy
maktabining namoyondalari tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslarning
hosil bo’lish tezligini tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi ham ta’riflab
berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi nerv
sistemasining notanish xususiyati dinamiklik deb nomlangan ham tavsiflangan.
Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh individual
xususiyatlari qo’zg’alish jarayoni to’xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin
qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik deb atay boshlaganlar. Shuning bilan
birga nerv sistemasining boshqa xususiyatlari mavjudligi to’g’risida ilmiy taxminlar
ilgari surilgan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va hakazo.
Nerv sistemasi tiplarining kelib chiqishi.
Nerv sistemasining umumiy tiplari kelib chiqishi yuzasidan mulohaza
yuritilganda, albatta I.P.Pavlovning ta’limotini eslash maqsadga muvofiqdir,
chunonchi irsiyat yo’li bilan shartlangan tip–bu genotip demakdir. Hozirgi davrda
nerv sistemasining umumiy tipi (genotip) irsiyatga bog’liq ekanligi haqidagi
ma’lumotlar, juda ko’p bo’lib, ular qiyosiy jihatdan hayvonlarni o’rganish natijasida
topilgandir.
Temperamentning tipologiyasi mobodo insonlar temperamentlari bo’yicha
qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o’zaro o’xshash shaxslarning
guruhi mavjudligi namoyon bo’ladi. Bu asnoda eramizdan oldingi davrda ham
temperament tiplari to’g’risida materiallar to’plangan.
I.P.Pavlov ta’limoti bo’yicha nerv sistemasi tiplarining va Gippokrat ta’limoti
bo’yicha temperamentning o’zaro munosabatlari
Temperament
tiplari
Nerv sistemasining
kuchi
Nerv tizimining
muvozanati
Nerv tizimining
ildamligi
Xolerik
Kuchli jo’shqin
Muvozanatsiz
qizg’in
Serharakat
Sangvinik
Kuchli serharakat
Muvozanatli
Serharakat
Flegmatik
Kuchli vazmin
Muvozanatli
Inert (sust)
Melanxolik
Kuchsiz
Muvozanatsiz
tormozli
Serharakat yoki
inert
Ularda temperament tipi deyilganda, insonlarning muayyan guruhlarini
tavsiflovchi psixik xususiyatlarning yig’indisi (majmuasi) tushuniladi. Hozirgi
davrda temperament tipi deganda, ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo’lgan
xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarning qonuniy,
zaruriy
o’zaro
bog’liqligi
tushuniladi.
Temperament
tipini
tavsiflovchi
xususiyatlarning qonuniy tarzda o’zaro bog’liqligi turlicha aks etishi mumkin.
Nerv sistemasi va temperamentning bog’liqligi
Nerv tizimining turlari
Kuchli
Kuchsiz
Jonli
Inert
Nerv
jarayonlari
xususiyatlar
i
Kuch
Vazminlik
Harakatlani
sh
Kuchli
Harakatlani
sh
Kuchli
Harakatlani
sh
Kuchli
Sust
Kuchsiz
Harakatcha
n yoki sust
Temperame
nt
Xolerik
Sangvinik
Flegmati
k
Melanxoli
k
Temperament va psixik reaktsiyaning bog’liqligi
Temperament
Reaktsiya
Tezkorlik
Kuch
Sangvinik
Xolerik
Flegmatik
Melanxolik
Tez
Tez
Sekin
Sekin
o’rta
haddan tashqari
kuchli
kuchsiz
Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar
yordami bilan aniqlanishi mumkin va ularning psixologik tavsifini quyidagi jadvalda
ko’rishimiz mumkin.
Senzitevlik
Reaktivlik
Faollik
Reaksiya tempi
Ekstraverlikик va
interaventlikвентлик
Xarakatlarning siliqligi
(qotib qolganligi)
Reaktivlik va
faollikning o’zaro
munosabatlari
муносабати
Temperament tiplarining psixologik tavsifnomasi
1. Senzitivlik (lotincha Sensus – sezish, his qilish degan ma’no anglatadi).
Senzitivlik yuzasidan insonda birorta psixik reaktsiyani hosil qilish uchun zarur
bo’lgan o’ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan,
sezgilarning paydo bo’lishi uchun kerak qo’zg’ovchining ozgina kuchi (ularning
quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga
ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi.
2. Reaktivlik. Bu to’g’rida aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tashqi va
ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional reaktsiya qilishiga qarab
munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro’yobga chiqishi-emotsionallik,
ta’sirlanuvchanlikda ifodalanishidir.
3. Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir
etishi va maqsadlarni amalga oshirishda ob’ektiv hamda sub’ektiv qarama-
qarshiliklarni faollik bilan yengishga qarab fikr yuritiladi.
4. Reaktivlik bilan faollikning o’zaro munosabati. Odamning faoliyati ko’p
jihatdan nimaga bog’liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki
sharoitlarga (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu
niyatlarga, xohish-intilishlariga ko’ra fikr bildirish nazarda tutiladi.
5. Reaktsiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaktsiyalar va jarayonlarning
kechish tezligiga, nutq sur’atiga, farosatliligiga, aql tezligiga asoslanib xulosa
chiqariladi.
6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib
qolganlik), shaxsning o’zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik yengillik va
chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdek,
uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligiga (rigidligi qotib qolganligicha)
nisbatan baho berishdan iboratdir.
7. Ekstravertlik va introvertlik. SHaxsning faoliyati va reaktsiyasi ko’p
jihatdan kechinmalarga bog’liq, chunonchi favqulotdagi tashqi taassurotlarga
(ekstravertlik) yoki aksincha, timsollarga, tasavvurlarga (introvertlik) taalluqligiga
asoslangan holda munosabat ifodasidir.
Temperament tiplarining tavsifnomasi
Turli temperament tipiga mansub insonlarda har xil xarakter xususiyatlari,
shaxs sifatlari, holatlari ro’y beradi. Temperament tiplariga mos xususiyatlarni
muhimlari quyidagi jadvalda aks ettiriladi.
Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo’lar-bo’lmas narsalarga qattiq xoxolab
kulaveradi. Muhim bo’lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan
hamma narsalarga tetik va zo’r qo’zg’alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va
harakatlari yaqqol ko’rinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining
qandayligini, narsalarga yoki odamga bo’lgan munosabatlarini bilish oson.
Diqqatini tez bir joyga to’playdi.
Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va
yorug’lik qo’zg’ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g’ayratli va ishchan,
darslarda tez-tez qo’l ko’tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi
ishlarga g’ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga
chaqirish oson. U o’z hissiyotlarining namoyon bo’lishini va o’zining ixtiyorsiz
harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik
bilan kirishadi, diqqatini tez to’playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Harakatlari nihoyat
darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va
intilishlari juda o’zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. Yangi
talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko’cha
oladi. Malakalarni tez o’zlashtiradi va tez qayta o’zgartiradi. Aqli ixcham.
Ekstrovertlik xususiyatiga ega. O’tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga
qaraganda quyiroq tashqi taassurotlarga javob beradi.
Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik
bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning uchun u
tinimsiz o’zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq
silliq va qo’proq qotib qolgan. SHuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta
barqarorlik, zo’r qatьiylik bor, diqqatini ko’chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik
tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, amio unga qiziqsa.
Flegmatik - senzitivligi sust, hissiy qo’zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini
chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u
vazminligicha qolaveradi. Katta ko’ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini
buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G’ayrati ishchanligi bilan ajralib
turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. CHidamliligi,
matonati, o’zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining
tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to’playdi. Rigid (qotib qolgan),
diqqatini qiyinchilik bilan ko’chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi.
Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo’shiladi. Tashqi taassurotlarga
qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
Melanxolik - yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi
chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko’ra, ko’zlaridan yosh oqib ketaveradi.
Nihoyatda arazchan, sekin yig’laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O’ziga
ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug’iladigan bo’lsa, qo’lini yuvib
qo’ltig’iga urib qo’ya qoladi. G’ayratsiz qatьiy emas. Diqqati tez chalg’iydi,
barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega.
СУСТ
ТИРИШҚОҚ
БЕҚАРОР
ИНТРО
ЭКСТРА
КИРИШУВЧАН
КИРИШУВЧАН
АСАБИЙ
ТАШВИШЛИ
ХАВОТИРЛИ
ПЕССИМИСТ
ВАЗМИН
СЕКИН КИРИШУВЧАН
ТАШВИШЛИ
ЖИЗЗАКИ
НОТИНЧ
ҚИЗИҚҚОН
ҚУЗҒАЛУВЧАН
БЕРИЛУВЧАН
ФАОЛ
КИРИШУВЧАН
ОЧИҚ
СЕРГАП
ИЛТИФОТЛИ
ЧАҚҚОН
БЕҒАМ
ҚУЛАЙЛИКНИ
ЁҚТИРУВЧИ
ЎЙЧАН
ТИНЧЛИКСЕВАР
ЙЎНАЛГАНЛИК
ИШОНЧЛИ
ХОТИРЖАМ
Faoliyatning individual uslubi va temperament
Faoliyatning individual uslubi insonda o’zidan o’zi vujudga kelmaydi, u shaxs
kamolotining barcha bosqichlarida (bog’cha yoshidan e’tiboran to kasbiy mahorat
egallagunga qadar) shakllanib boradi. Insonning temperamenti faoliyatning
individual uslubini tarkib toptiradi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual
uslubi deyilganda shaxs uchun o’ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga
muvofiq yo’llari individual tizimi tushuniladi.
Temperament xususiyatlarining o’ziga xos yig’indisi inson faoliyati
munosabatlari va bilim jarayonlarida faolligining individual uslubi jarayonida
namoyon bo’ladi.
Faoliyatning individual uslubi faqat temperamentga emas, balki boshqa
sabablarga, shaxsiy tajriba jarayonida hosil bo’lgan ko’nikma va malakalarga ham
bog’liqdir. Faoliyatning individual uslubini inson organizmini tug’ma xususiyatlari
va asab tizimi tiplarining faoliyat sharoitlariga moslanishi deb qarash mumkin.
Faoliyatning individual uslubi asosini asab tizimi xususiyatlari yig’indisi tashkil
qiladi. Faoliyatning individual uslubiga kiruvchi ikki xil xususiyatlar mavjud.
1. Asab tizimi individual xususiyatlari nuqsonlarining o’rnini to’ldiruvchi
tajriba jarayonida shakllangan xususiyatlar.
2. Insonda mavjud layoqat va qobiliyatlardan maksimal darajada foydalanish
imkonini beruvchi xususiyatlar.
Temperamentning hususiyati faollikning samaradorligida emas, balki
usullarning o’ziga xosligidadir. SHu ma’noda Ye.A.Klimov tomonidan olib
borilgan tadqiqotga ko’ra, stanokchi, to’quvchilarning ishini kuzatish natijalari
muhim sanalgan. Ma’lum bo’ldiki, bir necha stanokda ishlashda nerv tizimi
harakatchan tipdagi ham, harakatsiz tipdagi xodimlar ham ishlab chiqarishda
muvaffaqiyatlarga erishishadilar. Temperamentni harakatchanligiga ko’ra qarama-
qarshi xususiyatli kishilar bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat taktikasiga
murojaat qilishlari aniqlandi. Harakatchanlari shoshilinch, tezroq bajaradi,
temperamentning sust tipdagi kishilar esa shoshilinch harakatning zarurligini
bildiradigan tayyorlov ishlariga ko’p e’tibor berishi bilan ajralib turadi.
Faollikning individual uslubini V.S.Merlin, Ye.A.Klimovlar o’rganib, uning
kishida darrov paydo bo’lmasligi va faqat stixiyali tarzda paydo bo’lishini
ko’rsatishdi. Agar kishi o’z temperamentiga muvofiq yaxshi natijalariga erishishiga
yordam beradigan o’zining yo’llari va usularini faol izlasa, individual uslub yuaga
keladi.
Odamlarning birgalikdagi faolligi sharoitlarida ular temperamentning dinamik
fazilatlari ular faoliyatining pirovard natijasiga har biri individual ishlagan holdagiga
qaraganda ancha jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Bunda mazkur faoliyatni bajarish uchun
ancha qulay va kamroq qulay bo’lgan temperamentning har xil tiplarini birga
qo’shilib ketishi aniq bo’ladi. CHunonchi, xolerik temperamentli kishining faoliyati
sangvinik yoki xolerik temperamentli kishi bilan sherik bo’lib ishlaganiga qaraganda
flegmatik yoki melanxolik bilan birgalikda ishlagan hollarda ancha samarali bo’ladi.
Bunday faktlar shuni ko’rsatadiki, temperamentning u yoki bu xususiyatlarining
ahamiyatini ko’pgina faoliyat turlarini birgalikdagi xarakterini hisobga olmasdan
baholab bo’lmaydi. O’z temperamentining xususiyatlarini egallash va ularning
o’rnini to’ldirish, faoliyatning individual uslubini shakllantirish bolalik yillaridan
boshlanib, ta’lim va tarbiya ta’sirini negizida yuzaga keladi.
3. Xarakter haqida tushuncha
Har bir odam har qanday boshqa odamdan o’zining individual psixologik
xususiyati bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor xarakter muammosiga
qaratiladi. “Xarakter” so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib “tamg’a, belgi” degan
ma’noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko’rsatayotgan har qanday
shaxs o’zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib
turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi. SHu boisdan
insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib
bo’lmaydi. Chunonchi aqlning topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko’rishning
o’tkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir.
Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy
belgilari ta’kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining
tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo’luvchi,
mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi.
SHaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi.
Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida
namoyon bo’ladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan
individual
psixologik
xususiyatlari
yig’indisi
tushuniladi.
Xarakter
xususiyatlarining namoyon bo’lishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning
individual o’ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog’liq. Xarakterning
intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda
shaxsda muhit va tarbiya ta’sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida,
atrofdagi olamga o’z o’ziga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan
individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda ko’p xususiyatlari
odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana
shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo’ladi. Odam
xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko’pincha ob’ektiv
sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini
qo’llaydi. Xarakter xislatlari ma’lum tarzda harakat qismlariga, ba’zan esa sharoitga
qarama-qarshi harakat qilishga undar ekan, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq
namoyon bo’ladilar va bu xarakterni, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashning
muhim
vazifasidir.
SHaxsning
qa’tiyatlilik,
tanqidiylik,
fahm-
farosat,
kuzatuvchanlik kabi xislatlari intellektual, quvnoqlik, mehribonlik hissiy-irodaviy
sifatlarga kiradi. Odatda shaxsning munosabatlari xarakter xislatlarining individual
xususiyatlarini ikki xilini aniqlash imkoniyatiga ega:
Shaxs xarakterining xususiyati ro’yobga chiqadigan har qanday vaziyat
hissiy kechinmalarning o’ziga xos xislati uning munosabatlariga bog’liq.
Har qanday favquloddagi tipik (muhitdagi) xarakterning sifatlari hamda
individual usullari shaxsning munosabatlariga taalluqlidir.
Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning irodasi,
hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual
xususiyatlariga bog’liqdir. Chunonchi, mehnatda ko’zga tashlanadigan tirishqoqlik,
puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa
omillarga:
diqqatning to’planishiga;
harakatlarning maqsadga yo’nalganligiga;
irodaviy zo’r berishga;
usullar mahsuldorligiga;
aqlning ishtirokiga bog’liq
Xarakterning fiziologik asoslari
Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar,
xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli
ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat.
Xarakter xislatlari shaxsning qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib
qoladigan xususiyatlari bo’lganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham
individual hayot jarayonida asab tizimining o’zgargan xususiyatlaridan iborat.
Hayvon asab faoliyatining tug’ma konstituttsion turi genotip. Lekin hayvon
tug’ilganidan keyin tashqi sharoitlarning g’oyat xilma-xil taassurotlariga duch
keladi va bunga muayyan faoliyat orqali muqarrar javob berishi lozim bo’ladiki,
ko’pincha bu faoliyatlar mustahkamlanib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi.
SHu sababli hayvonning batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid belgilardan
tashqari muhit ta’siri ostida hosil bo’lgan o’zgarishlarning qotishmasi-fenotip
xarakteridir. Dinamik stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo’lib qolgan
xususiyatlarning, jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv-fiziologik asosidir.
Xarakterning nerv-fiziologik asosini tushunish uchun I.P.Pavlovning ikkinchi signal
tizimi haqidagi ta’limoti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal tizimi nutq va
tafakkurning fiziologik asosi bo’lish bilan birga, kishi hulqini ham idora qiladi.
Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlari,
chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o’z burchiga sadoqatli bo’lishlarini o’z ichiga
olmaydi va ololmaydi ham, albatta xarakter psixologiyasining mazmuni o’zining
kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy hodisadir. Xarakterning mazmunini tashkil qilgan
tomonlarini yoritilishi tufayli, psixologiya ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi.
Xarakter xislatlari kelib chiqishining muhim fiziologik sharoitlaridan biri -
xarakter xususiyatlarining fiziologik hamda psixologik jihatdan ifodalanishi
o’rtasida o’xshashlik bo’yicha taxminiy xulosa chiqarishdir. Ma’lumki, I.P.Pavlov
ilmiy maktabi materiallarida e’tirof etilishicha, laboratoriya sharoitida ovqatlanish
orqali, shuningdek, teriga elektr toki bilan ta’sir qilish tufayli mustahkamlashda
aynan bir hayvonda bir xil shartli qo’zg’ovchiga javoban ikki xil dinamik stereotipni
hosil qilish mumkin. Xarakter stereotiplar va so’lak ajralishidan iborat ijobiy va
tormozlanish shartli reaktsiyalari bilan javob qaytaradi. Teriga elektr toki bilan ta’sir
qilish sharoitda esa qo’zg’ovchilarning o’ziga mudofaa harakatlari stereotiplari
reaktsiyasi bilan javob beradi. Bu hodisalar negizida yotgan fiziologik mexanizm
ko’chirish mexanizmi deyiladi. Ko’chirish mexanizmining mohiyati shuki,
sharoitga bog’liq tarzda markaziy nerv sistemasida har xil funktsional holat paydo
bo’ladi, chunonchi, ovqatlanishning markazlarida kuchli qo’zg’alish yuzaga keladi
va bunda ovqatlanish bilan bog’liq dominanta tug’iladi. Teriga elektr toki bilan ta’sir
qilishda mudofaa bilan bog’liq harakat markazlari kuchli qo’zg’alish tufayli
muhofaza (mudofaa) dominantasi vujudga keladi.
Hayvonlardagi mazkur hodisalarning shaxs xarakteri xislatlari namoyon
bo’lishi bilan o’xshashligi mavjud. Bular: 1) ular hayvonlar va odamlar uchun
stereotip xususiyatga ega; 2) sharoitga bog’liq holda odamlarda va hayvonlarda bir
qo’zg’ovchiga javoban xilma-xil stereotip xususiyatli reaktsiyalar tizimi vujudga
keladi; 3) funktsional holatlar har ikkalasida ham barqaror va doimiy xususiyat kasb
etadi. Funktsional holatlar hosil bo’lishining tashqi omillariga asoslanib, xarakter
xislatlari shakllanishning fiziologik sharoitlaridan biri-ko’chish mexanizmi asosida
dinamik stereotiplarning vujudga kelishidir.
Xarakter xislatlarining dinamik stereotiplarga bog’liq nerv tizimining shartli
reflektor funktsional holati shaxsning sharoitiga nisbatan turlicha munosabatiga
bog’liqdir. Masalan, tajribaga nisbatan tekshiriluvchining munosabati o’zgartirilsa,
unda
nerv
jarayonlarining qo’zg’aluvchanligi,
harakatchanligi,
to’xtalishi
kuchayadi, demak nerv tizimining funktsional holati o’zgaradi. SHunday qilib,
xarakter xislatlarining asosi ko’chish mexanizmi insonlarda hayvonlarnikidan
keskin tafovutlanadi, chunki unda ikkinchi signal tizimi nihoyatda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Xarakter xislatlarining namoyon bo’lishi bilan nerv tizimiga qiyoslansa, u
holda birinchisining ruyobga chiqishi o’zgacha fiziologik sharoitga asoslanishi
mumkin. Sobik sovet psixologiyasida ta’kidlanishicha, nerv sistemasi umumiy
tipining zid xususiyatlari psixologik jihatdan zid harakat usullariga mos tushadi.
B.M.Teplov, V.M.Merlin, Ye.A.Klimovlarning tadqiqotlarida o’qish, sport va
mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farqlari aniqlangan. Xuddi shu
bois xarakter xislatlari paydo bo’lishining o’zgacha fiziologik sharoiti nerv tizimi
umumiy tipining xususiyatlari hisoblanadi. Ma’lumki, nerv tizimining umumiy tipii
- bu temperamentning fiziologik asosi hamdir. SHuning uchun temperament tipi
xarakterning individual o’ziga xos xislatlarining ruyobga chiqishidagi muhim
psixologik sharoitlardan biri bo’lib hisoblanadi. I.P.Pavlov tajribasining
ko’rsatishicha, muayyan tizimda tashqi ta’sir hukm surganda nerv tizimi umumiy
tipining xususiyatlariga taalluqli dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik
vujudga keltirish yoki, aksincha, halaqit berishi mumkin.
Xarakter tarkibi
Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig’indisidan
iborat emas, balki o’zaro bir-biriga bog’liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi.
Xarakter xislatlarining muayyan qismidan xabardor bo’lishlik notanishlarni tashxis
qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma’lum
bo’lsa, uning dili (ko’ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin, yoki inson
kamtar, mo’min, yuvosh xususiyatli bo’lsa, albatta u ko’ngilchan ekanligi
ko’nglimizga keladi.
Odatda psixik xususiyatlarning o’zaro bog’lik tizimi simptomokomplekslar
(omillar) deyiladi. «Simptom» yunon symptoma belgi, mos tushish, «kompleks»
lotincha, aloqa, majmua degan ma’no anglatadi. Misol uchun, qarama-qarshi
simptomokoplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda insonlarda bu tizim o’ziga
ishonish o’zidan mag’rurlanish, maqtanchoklik, o’zbilarmonlik, urushqoqlik, kek
saqlash kabilar birikmasida yuzaga keladi. Boshqa toifadagi shaxslar o’zlarining
kamtarinligi, ko’ngilchanligi, iltifotliligi, dilkashligi, haqqoniyligi bilan ajralib
turadilar. Voqelikka shaxsning bir xil munosabati xarakter xislatlarining o’zaro bir-
biriga bog’liqligini bildiradi.
Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning turli munosabatlari bilan
belgilanadigan xarakter xussusiyatlarining to’rtta tizimi farqlanadi.
Jamoa va ayrim odamlarga bo’lgan munosabatlarini ifodalovchi
xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik va shu kabilar).
Mehnatga bo’lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (mehnatsevarlik,
yalqovlik, vijdonlilik, mehnatga ma’suliyat yoki ma’suliyatsizlik bilan munosabatda
bo’lishi kabilar).
Narsalarga bo’lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (ozodalik va
ifloslik, narsalar bilan ayab yoki ayamasdan munosabatda bo’lish kabilar).
Odamning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (izzat-
nafslilik, shuhratparastlik, mag’rurlik, o’zini katta olish, kamtarlik kabilar).
Bundan tashqari, kamroq ahamiyatga ega bo’lgan boshqa juda ko’p
xususiyatlar ham mavjud: o’ziga ishonish, o’zbilarmonlik, o’ziga bino qo’yish,
maqtanchoqlik.
Xarakterning tarkibi faqat ayrim xususiyatlarining o’zaro bog’liqligi bilan
emas, balki bir butun xarakterga xos bo’lgan xususiyatlar bilan belgilanadi.
Xarakterning xususiyatlari jumlasiga birinchidan, ularning chuqurlik darajasi kiradi.
Shaxsning markaziy, asosiy munosabatlari bilan belgilanadigan xususiyatlarini biz
xarakterni bir muncha chuqurroq xususiyatlari deb ataymiz. Masalan, barkamol
shaxsda odamlarga, jamoa va mehnatga nisbatan vijdonan munosabatda bo’lish
bilan belgilanadigan xususiyatlar chuqurroq xususiyatlar hisoblanadi. Ikkinchidan,
xarakter kuchi yoki faolligi. Xarakter faolligi xarakter xususiyatlarining kishini biror
narsaga qarshilik ko’rsatish darajasi bilan belgilanadi.
Uchinchidan, xarakterning tarkibiy xususiyatlariga uning barqarorlik va
o’zgaruvchanlik darajasi kiradi. Xarakter barqarorligi va o’zgaruvchanligi ham
moslashish faoliyatining zarur shartlaridandir.
Agar tashqi sharoitning o’zgarishi bilan har gal xarakter boshqacha bo’lib,
o’zgarib qoladigan bo’lsa, unday paytda odamning xatti-harakatlari tashqi sharoit
ta’siriga nisbatan passiv javob reaktsiyasiga aylanib qolgan, xatti-harakat batamom
passiv moslashishga aylangan bo’lar edi. Odamning xarakter xususiyatlari juda
xilma-xil hayot sharoitlarida ham qarshilik qiluvchi sharoit bo’lishiga qaramay
uning xatti-harakatlarini boshqaradi.
Xarakter ma’lum darajada plastikdir (egiluvchandir). Xarakterning plastikligi
ikki xil ma’noga ega, birinchidan, xarakterning barqarorligi singari muhim faol ta’sir
qilishidir. Ikkinchidan, xarakter ma’lum darajada plastik bo’lganligi uchungina
istalgan odamning xarakterini qayta tarbiyalay olamiz.
Kishiga mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga aylanib qolgan iroda
sifatlari xarakterning iroda bilan bog’liq bo’lgan xislatlaridan, bu sifatlar alohida
ko’rinib emas, balki shaxsning fazilatiga aylanib qoladi, qat’iyat, sabr-toqat,
chidamlilik, dadillik, o’zini tuta bilish, mustaqillik, intizomlilik, ma’suliyatni his
qilish, o’z-o’zini tanqid qilish axloqiy xislatlardir.
Xarakter aktsentuatsiyasi
Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va
normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda xarakterning aktsentuatsiyasi
(ortiqcha urg’u berilishi) deb ataladi.
Xarakterga ortiqcha urg’u berilishi ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi
natijasi sifatida normaning oxirgi variantlaridan biri sanaladi. Bunda individda
boshqalariga nisbatan barqarorlik bo’lgani holda bir xil stressogen (qattiq
hayajonlanuvchi) omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi. Xarakterning aktsentuatsiyasi
o’ta noqulay vaziyatlarda patologik buzilishlarga va shaxs hulq-atvorining
o’zgarishlariga, psixopatiyaga olib borishi (xarakter shaxsning adekvat ijtimoiy
adaptatsiyaga to’sqinlik qiluvchi va amalda takrorlanmaydigan patologiyasi, garchi
to’g’ri davolash sharoitlarida ba’zi tuzatishlarga berilsa ham) mumkin, lekin uni
patologiyaga oid deb hisoblash noo’rindir.
Xarakterning aktsentuatsiyasi (ortiqcha urg’u berilishi) turlarini tasniflash
ancha murakkablik tug’diradi va har xil nomenklaturasi bo’yicha bir-biriga mos
kelmaydi. (K.Leongard, A.Lichko). Lekin aktsentuatsiyalashgan xususiyatlarning
tavsifi ma’lum darajada bir xil bo’lib qoladi. Bu har ikkala tasnif sxemalaridan
muvaffaqiyatli terminlarni olib va bunda psixiatrik terminologiya («shizofreniya
xususiyatlari», «epilepsiya» xususiyatlari va hokazo) bilan to’g’ridan-to’g’ri
o’xshashlik bo’lishidan qochgan holda ortiqcha urg’u beriladigan xususiyatlar
ro’yxatini keltirish imkoniyatini beradi. Xarakterni ortiqcha urg’u berilgan holda
baholash psixiatrning emas, balki pedagogning diqqatini jalb qilishini taqozo etadi,
garchi aktsentuatsiya muammosining o’rtacha qo’yilishi tarixi psixiatriya va
psixonevrologiyaga borib taqalganda ham shunday hisoblanadi.
Nemis psixiatri K.Leongard fikricha, 20-50% kishilarda ba’zi xarakter
xususiyatlari shu darajada kuchliki, ba’zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy
portlashlarga olib kelishi mumkin.
Xarakter aktsentuatsiyasi – biror xususiyatning boshqalari zarariga kuchli
rivojlanishi va atrofdagilar bilan munosabatlarning yomonlashuviga olib kelishidir.
Xarakter aktsentuatsiyasi turli darajada yengil va hatto psixopatiya darajasigacha
bo’lishi mumkin. O’smirlar orasida xarakter aktsentuatsiyasi ko’p (50-80%)
uchraydi.
K.Leongard tomonidan xarakter aktsentuatsiyasi muammosi o’rganilib uni
shaxsda namoyon bo’lishiga qarab quyidagilar tasniflanadi:
Gipertim tip - haddan tashkari aloqaga kirishuvchan, ko’p gapiradi, imo
ishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, ko’pincha
xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib qo’yganligi sababli ziddiyatlar
kelib chiqadi.
Distim tip - kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist,
ziddiyatlardan o’zini olib qochadi, uyda yolg’iz qolishni yoqtiradi.
Sikloid tip - kayfiyati tez o’zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda –
gipertim, yomon paytda distim tipga o’xshab qoladi.
Qo’zg’aluvchan tip - muloqotda passiv, verbal va noverbal reaktsiyalari
sust, qaysar, ba’zan urushqoq, ko’pincha turli mojarolarning tashabbuskori.
Kuchaytiruvchi tip - kamgap, aql o’rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga
erishishni hohlaydi, tez xafa bo’ladi, shubhalanuvchan, kasoskor. Kichik-kichik
muammolarni kattalashtirishga, bo’rtirishga moyil.
Pedant tip - ziddiyatlarga kam qo’shiladi, ko’pincha passiv holatda bo’ladi,
atrofdagilarga ko’plab rasmiy talablar qo’yadi, tartibli, jiddiy ishonchli xodim.
Xavotirli tip - kamgap, odamovi, o’ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o’zini
olib qochadi, tinchliksevar, o’z-o’zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.
Emotiv tip - tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradilar,
xafa bo’lsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, g’amxo’r,
ma’suliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi.
Namoyishkorona
(demonstrativ)
tip
-
muloqotga
tez
kirishadi,
yetakchilikka intiladi, hokimiyat va maqtovni yoqtiradi, boshqalarni o’ziga jalb qila
oladi, noyob tafakkurga, xulq- atvorga ega.
Ekzaltirlashgan tip. O’ta mulokotga kirishuvchan, ko’p gapiradi,
qiziquvchan, do’stlari va yaqinlarga e’tiborli, boshqalarga yordam beradi, did-
farosatli, samimiy.
Ekstrovertlashgan tip
-
muloqotga kirishuvchan, do’stlari ko’p,
ziddiyatlardan o’zini olib qochadi, boshqalarni diqqat bilan eshitish mumkin.
Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.
Introvertlashgan tip - muloqotga kirishishga qiynaladi, «ichimdagini top»,
falsafiy fikr yuritishni yoqtiradi, qat’iyatli, e’tiqodi mustahkam, qaysar, tafakkuri
qotib qolgan.
To’g’ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonida xarakter aktsentuatsiyasini
tarbiyalash va tuzatish mumkin.
Xarakter tipologiyasi
Psixologiya tarixida xarakterning tipologiyasini yaratishga bir necha bor urinib
ko’rilgan. Nemis psixologi va psixiatri E.Krechmer tomonidan XX asr boshlarida
tavsiya etilgan tipologiya eng mashhur va dastlabki urinishlardan biri edi.
Keyinchalik
uning
hamkasblari
U.SHeldon,
E.Fromm,
K.Leongard
va
A.E.Lichkolar tomonidan ham shunday tipologiyalar tavsiya etilgan. Inson
xarakterining barcha tipologiyalari quyidagi asosiy
g’oyalarga
muvofiq
tarzda tashkil etilgan.
1. Inson xarakteri uning ontogenetik taraqqiyoti mobaynida namoyon bo’la
boshlaydi va butun hayot davomida barqaror bo’lib boradi.
2. Xarakter tarkibiga kirgan xususiyatlar tasodifiy uyushgan emas. Ular
xarakter tipologiyasini tuzish imkonini beruvchi bir-biridan farq qiluvchi tiplardan
iborat.
3. Mazkur tipologiyaga ko’ra ko’pchilik kishilarni ma’lum guruhlarga
birlashtirish mumkin.
E.Krechmer odam tanasining tuzilishi va konstitutsiyasiga ko’ra, eng ko’p
uchraydigan uchta tipni ajratib ko’rsatgan (astenik, atletik, piknik). Ularning har biri
shaxsni ma’lum xarakter tiplari bilan bog’langan bo’lsa ham, aslida hech qanday
ilmiy asoslab bo’lmaydi.
1. Astenik tip – Krechmer fikricha, uncha katta bo’lmagan gavda tuzilishli,
o’rtacha yoki undan balandroq bo’yli, oriq kishilardir. Asteniklarning tana va yuz
terisi nozik, yelkasi tor, yassi, mushaklari yaxshi rivojlanmagan.
2. Atletik tip – skelet va mushaklar yaxshi rivojlangan, o’rtachadan yuqori,
baland bo’yli, keng yelkali, kuchli ko’krak qafasli, boshini tik tutib yuradigan
kishilardir.
3. Piknik tip – bosh, ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i yaxshi rivojlangan,
semirishga moyil, tayanch-harakat a’zolari yaxshi rivojlanmagan kishilardir.
E.Krechmer mazkur tiplar bilan ayrim ruhiy kasallik o’rtasida muvofiqlik bor,
degan fikrni ilgari suradi. Masalan, atletik va astenik tiplar shizofreniyaga moyilroq
deb hisoblaydi.
E.Krechmer tipologiyasi hayotiy kuzatishlar asosida xulosalar chiqarish orqali
tuzilgan bo’lsa ham kamchiliklarga ega. Ba’zi ilmiy tadqiqotlar ma’lum tana
tuzilishiga ega kishilar ruhiy kasalliklarga moyil ekanligini aniqladi va xarakter
aktsentuatsiyasi haqidagi fikrlarni ilgari surish imkonini berdi.
Xarakter borasidagi nazariyalar
Xarakter borasidagi ta’limotlar tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Xususan,
Arastu va Aflotun kishi xarakterini basharasiga qarab aniqlashni taklif qilgan edilar.
Ularning xarakterologiyasi asosi qanchalik sodda bo’lsa, shunchalik g’aroyib faraz
yotardi. Kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan o’xshashlik belgisini
topish tavsiya qilinardi, so’ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonnning xarakteri
bilan aynan bir xil deb qarash kerak edi. Jumladan, Arastuning aytishi bo’yicha,
buqaniki singari yo’g’on burun ishyoqmaslikni bildiradi, chuchqanikiga o’xshash
teshiklari katta-katta keng burun ahmoqlikni, arslonniki kabi burun mag’rurlikni,
echkilar, qo’ylar, va quyonlarniki singari junining mayinligi qo’rqoqlikni, sherlar va
yovvoyi chuchqalarniki kabi junning dag’alligi botirlikni anglatadi.
Xarakterni aniqlashning bu va shunga o’xshash fiziologik tizimi aql-sadosini
biz, masalan, o’rta asrlik Suriyalik yozuvchi Abul-Faraj Bar Ebreyda ko’ramiz.
Uning kitobida shunday ko’rsatma mujassamlashgandir: «Yo’g’on va kalta bo’yli
kishi bo’yval singari qahr g’azabga kelishi moyilligiga ega». Uzun va ingichka
bo’yli qo’rqoqlik alomati. Bunday kishi bug’u singari hurkadigan bo’ladiki, «Qaysi
birining bo’yni juda kichik bo’lsa, buri singar makkor bo’ladi».
XVIII asrda Iogann Kaspar Lafaterning fiziologik tizimi mashhur bo’lib ketdi.
U inson boshi «Qalbini ko’rsatadigan oyna» bo’lib sanaladi va uning tuzilishini,
bosh suyagining konfiguratsiyani, imo-ishorasini o’rganish kishi xarakterini
o’rganishning asosiy yo’li deb hisobladi. Lafater taniqli odamlar shaxsi ustidan bir
qator oqilona kuzatishlar qoldirdi. Ular uning ilmiy jihatdan mutlaqo ahamiyatsiz,
lekin juda qiziqarli «Fiziognomika» kitobida yig’ilgandir. Lafaterning fikriga ko’ra,
Gyotening geniyligi haqida eng ko’p darajada uning, «burni dalolat beradiki, u
Gyote pozitsiyasining «mahsuldorligini, mazmuni va muhabbatini - qayd etadi».
Lafaterning o’limidan keyin ko’p o’tmay paydo bo’lgan yangi xarakteriologik
ta’limot frenologiya degan nom oldi.
Frenologiya nemis vrachi Frants Gallning nomi bilan bog’langandir. Gall
ta’limotining asosida xarakterning barcha xususiyatlari bosh miya yarim sharlarida
o’zlarining qat’iy ixtisoslashgan markazlarga ega degan tasdiq yotadi. Bu
fazilatlarning rivojlanish darajasi miyaning tegishli qismlari kattaligiga to’g’ridan-
to’g’ri bog’liqdir. Gallning maslagiga ko’ra, bosh suyaklari miyaning qavariq va
chuqurcha joylariga aniq mos kelganligi uchun ham, uning ruhiy belgilarini aniq
aytib berish uchun kishining bosh suyagiga bir nazar tashlash yoki shunchaki
boshning «Bo’rtik joylarini» ushlab ko’rish aftidan yetarli bo’lsa kerak.
Bu ta’limotda umuman miya yarim sharining tuzilishi shaxs xususiyatlariga
bog’liq bo’ladi, degan to’g’ri boshlang’ich fikrdan tashqari barchasi nihoyat
darajada noto’g’ridir.
Charlez Darvin ham o’zining «Odamda va hayvonlarda his-tuyg’ularning
ifodalanishi to’g’risida» degan kitobida yozgan ediki, fiziognomistik «har bir
individning o’z shaxsiy qiziqishlariga erishib, faqat yuzlaridagi asosan ma’lum bir
muskullarni qisqartirishi, bu muskullar kuchliroq rivojlangan bo’lishi mumkinligi
va shuning uchun bu liniyalar va ularning odatdagi qisqarishidan paydo bo’ladigan
yuz qisqarishi ancha chuqur va ko’zga ko’rinarli bo’lishi mumkinligini jiddiy
ravishda bilishi kerak.
Darvinning bu g’oyalari ko’pgina psixologlarning izlanishlari uchun asos
bo’ldi. Ular o’zlarining fiziognomik ta’limotlarini yuz ifodasining tavsiflanishi va
tushuntirilishi hamda uning yumshoq to’qimalari holati asosiga qurila boshladilar.
Mimikani psixologik jihatdan tushuntirib beradigan o’ziga xos fiziognomik
ma’lumotlar tuzildi.
Xarakterning shakllanishi
Organizmning
nasliy
xususiyatlari
xarakter
xususiyatlarining
paydo
bo’lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik
qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi (egizaklar).
Egizaklar temperament xususiyatlari jihatdan o’xshasalar ham xarakter xislatlari bir-
biridan farq qiladi. Xarakterning har bir xususiyati shaxs munosabatlari bilan
bog’liqdir. Lekin, shaxs munosabatlari o’z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan
belgilanadi. Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va o’zgarmaydigan narsa emas.
Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y yoki yolg’onchi, qo’rqoq yoki
jasur bo’lib tug’ilmaydi. Har bir odamning xarakteri, temperamenti asosida, ijtimoiy
muhit ta’siri Bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o’z-o’zini
tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o’zgarib boradi. Xarakterning taraqqiyoti kishining
irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining rivojlanib borishi bilan mustahkam bog’liqdir.
Kishining butun hayoti davomida uning xarakteri tarkib topishiga ijtimoiy
muhit, avvalo shu kishi bilan birga yashab turgan va ishlab kelgan jamoa katta ta’sir
ko’rsatadi. Kichik bolalarda xarakterning tarkib topishida taqlidning roli katta.
Bolalar ota-onasiga, yaqin kishilariga va kattalarga o’xshashlikka harakat qiladi.
Ular kattalarning yurish-turishlari, dasturxon atrofida o’zini tutishi va boshqalarga
taqlid qiladilar, kichiklar va jonivorlarga munosabatlarini kuzatadilar. Ota-onalar va
o’qituvchilar, umuman katta yoshdagilar hammasi o’zlariga ham e’tibor bilan
qarashlari, o’zlarida ijobiy xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim.
Bolalarda ijobiy, irodaviy va ahloqiy sifatlarni tarbiyalab yetkazmoq uchun ota-
onalar va tarbiyachilarning o’zlari bunday sifatlarga ega bo’lishlari lozim.
Xarakterning o’sishida tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalashning roli katta. O’sib
kelayotgan yosh avlodning xarakteri, avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi.
Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta ma’suliyatli vazifa ota-onalar,
o’qituvchilar va bolalar bog’chasi tarbiyachilari zimmasiga tushadi. Xarakterni
tarbiyalashda pedagog bolaning temperamenti ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi
bilishi lozim. Xarakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijobiy tomonlarini
o’stirishdan, uning salbiy tomonlarini yo’qotishdan va bu salbiy tomonlarni
xarakterning ijobiy xislatlari bilan almashtirishdan iborat. Xarakterning salbiy
tomonlarini yo’qotish, ijobiy tomonlarini tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining o’z
temperamentini o’zi idora qilishiga o’rgatishi lozim. O’z temperamentini idora qila
bilish xarakterning ijobiy xislatidir.
Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyalovchi roli nihoyatda
katta. Inson yakka, bir-biridan ajralgan tarzda hayot kechirmaydi, muayyan
jamoada, ya’ni muayyan oilada, maktabda, sexda va hokazolarda hayot kechiradi.
Jamoa shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’indir. Har bir o’qituvchi va
tarbiyachi bola xarakterining ayrim xislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali
ta’sir qilib, ijobiy natijalarga erishishi mumkin.
Xarakterning tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, dadillik, sabotlilik singari ijobiy
xislatlari bolalar bog’chasida o’yin faoliyatida tarkib topa boshlaydi. To’g’ri
uyushtirilgan maktab jamoasi sharoitida o’quvchilarda uyushqoqlik, intizom,
saranjom-sarishtalik, o’z-o’zini tuta bilish, o’zini idora qilish, o’ziga nisbatan
talabchan bo’lish kabi xarakter xislatlari tarbiyalanib yetishadi. Kishi jamoada bir-
bir bilan aloqa qilish jarayonida boshqalarning va o’zining xarakter xususiyatlarini
bilib oladi. Xarakterni bir xili ijobiy, boshqa bir xili salbiy ekanligini ajratib oladi.
Bunday sharoit kishini o’z xarakterini o’zi tarbiyalash, jumladan, o’z xarakterini
qaytadan tarbiyalashni yo’lga soladi.
Har bir kishi ma’lum yoshdan boshlab o’z xarakteri va uning sifatlari uchun
o’zi javobgardir. O’z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarini
ko’zda tutmog’i lozim. O’z kamchiliklariga iqror bo’lish kamchiliklarini
yo’qotishga boshlaydi.
Gipertim tip - haddan tashkari aloqaga kirishuvchan, ko`p
gapiradi, imo-ishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga
moyil, ko`pincha xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib
qo`yganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi.
Distim tip - kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist,
ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, uyda yolg`iz qolishni yoqtiradi.
Sikloid tip - kayfiyati tez o`zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda -
gipertim, yomon paytda distim tipga o`xshab qoladi.
Qo`zg`aluvchan tip - muloqotda passiv, verbal va noverbal reaksiyalari
sust,
qaysar,
ba`zan
urushqoq,
ko`pincha
turli
mojarolarning
tashabbuskori.
Kuchaytiruvchi tip - kamgap, aql o`rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga
erishishni hohlaydi, tez xafa bo`ladi, shubhalanuvchan, qasoskor. Kichik-
kichik muammolarni kattalashtirishga, bo`rtirishga moyil.
Pedant tip - ziddiyatlarga kam qo`shiladi, ko`pincha passiv holatda
bo`ladi, atrofdagilarga ko`plab rasmiy talablar qo`yadi, tartibli, jiddiy
ishonchli xodim.
Xavotirli tip - kamgap, odamovi, o`ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o`zini
olib qochadi, tinchliksevar, o`z-o`zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida
bajaradi.
Emotiv tip - tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradilar,
xafa bo`lsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, hamxo`r,
ma`suliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi.
Namoyishkorona (demonstrativ) tip - muloqotga tez kirishadi,
yetakchilikka intiladi,hokimiyat va maqtovni yoqtiradi, boshqalarni
o`ziga jalb qila oladi, noyob tafakkurga, xulq- atvorga ega.
Ekzaltirlashgan tip- o`ta muloqotga kirishuvchan, ko`p gapiradi,
qiziquvchan, do`stlari va yaqinlarga e`tiborli, boshqalarga yordam beradi,
did-farosatli, samimiy.
Ekstrovertlashgan tip - muloqotga kirishuvchan, do`stlari ko`p,
ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, boshqalarni diqqat bilan eshitish
mumkin. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.
Introvertlashgan tip - muloqotga kirishishga qiynaladi, "ichimdagini
top", falsafiy fikr yuritishni yoqtiradi, qat`iyatli, e`tiqodi mustaqkam,
qaysar, tafakkuri qotib qolgan.
To`g`ri tashkil etilgan ta`lim-tarbiya jarayonida xarakter aksentuatsiyasini
tarbiyalash va tuzatish mumkin.
4. Qobiliyat haqida tushuncha
Shaxsning tayyor bilim yoki ko’nikmaga yega bo’lmay turib, u yoki bu narsani
tez faxmlay olishi, bilimlarni tez o’zlashtirishi, xozirjavobligi, olingan bilimni keng
xajmda va uzoq muddat xotirada saqlay olishi kabilar namoyon bo’ladigan tezlik
sifati qobiliyat deb aytiladi.
Ma’lumki xar bir shaxsning kamol topishi, uning organizmining o’sishi
ijtimoiy shart -sharoit va ta’lim-tarbiyagagina bog’liq bo’lmay, usha shaxsning
shaxsiy faolligi g’ayrati, shijoati va mustaqilligiga xam bog’liq bo’ladi. Shaxs
kamolotida mexnatsevarlik hamda o’zini aktiv anglashning muxim axamiyati bor.
Umumiy psixologik ta’limotga ko’ra odamda kompensatsiya qobiliyati bor.
Buning ma’nosi shuki, shaxs ruxiyatidagi bir xossa o’rnini boshqa bir qancha
xossalar tuldiradi. Unda bo’lmagan qobiliyatlar o’rnini bosadigan boshqa
qobiliyatlar vujudga keladi. Bu jarayonda ijtimoiy muxit va to’g’ri yo’lga qo’yilgan
ta’lim va tarbiya aloxida urin tutadi.
Talabalik yosh shaxsda individual sifatlarning tez o’sishi bilan xarakterlanadi.
SHaxs hayotining bu davrida qobiliyatlilik bilan bog’liq sifatlar xam turli xillarda
namoyon bo’ladi. Bu jixatdan quyidagi qobiliyat sohiblariga ajratish mumkin:
1. Zexn o’tkir, bilim yegallashga intiluvchi, tirishkok talabalar. Bunday
qobiliyatga yega bo’lgan talabalar darslarni tez o’zlashtiradi. Ularga ilmiy ozuqa
berilsa, fikri o’saveradi, oqiloona yo’l ko’rsatilsa, shoshilmay, toliqmay maqsad sari
intiladi.
2. Zexni o’tkir, gapga quloq soladigan talabalar. Bu tur qobiliyat yegalariga xos
sifat shundaki, ular bilimlarni sekin o’zlashtiradilar, O’qituvchiining doimiy
nazoratiga muxtoj bo’ladilar.
3. Zexni o’tkir, bilimga intiluvchan, lekin o’zboshimchalik va o’jarlikka moyil
talabalar. Bu turdagi qobiliyat yegasi bo’lgan talabalar uzluksiz tarbiyaga muxtoj
bo’ladilar. To’g’ri ta’lim va tarbiya berilsa, ularadn buyuk odamlar yetishib chiqadi.
4. Gapga kiradigan, hamma narsani bilishga qiziqadigan, bilimlarni sekin
o’zlashtiradigan va bo’shang talabalar. Bular ilg’or talabalar bilan izma-iz bora
oladilar. Buning uchun ularga ittifoq qilib, juda qattiq talablar qo’ymay, ko’ngilini
ko’tarib, amalga oshirayotgan ishlarini ma’qullash maqsadga muvofiqdir. SHunday
qilinsa, bunday talabalar iste’dodli talabalar darajasiga ko’tariladi, xotirasi keng
qamrovli va maxsuldor bo’ladi.
5. Zexni past, beparvo va bo’shang talabalar. Ularni donolik sabr-toqat bilan
o’qitish va tarbiyalash mumkin. SHundagina bular ham yaxshi mutaxassis bo’lib
yetishadi.
6. Badjaxl va g’ayritabiiy talabalar. Ular qiyinchlik bilan tarbiyalanadilar.
Ulardagi o’jarlik xislatini yo’qotib, ijobiy tomonga yo’naltirish mashaqqatli mexnat
yevaziga amalga oshiriladi.
Yuqoridagi qobiliyat turlariga mansub talabalar bilan ham jamoaviy, ham
individual tarzda tarbiyaiiy tadbirlarni o’tkazish maqsadga muvofiqdir. CHunki
talabalar qobiliyat jixatdan qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning insoniy tabiati
va fiziologik a’zolari bir xildir.
Kishining qobiliyati xilma-xil bo’lib, qiziqishlar tufayli o’z ustida ishlash
natijasida paydo bo’ladi va rivoj topib boraveradi. Odam faoliyatining xarakteriga
qarab qobiliyatlar ham turlicha bo’ladi. Masalan, matematik qobiliyat, pedagogik
qobiliyat va xokazo.
Shaxs faoliyatidagi biror sohasiga nisbatan bulgan qobiliyatlilik undagi
faoliyatning
boshqa
tomonlariga
ham
ijobiy
ta’sir
ko’rsatadi.
Faoliyatning moxiyatidan kelib chiqib, qobiliyat ham turli kasb yegalarida turlicha
namoyon bo’ladi, ayrim shaxslar bir necha sohalarga nisbatan xam qobiliyatli
bo’ladilar.
Qobiliyatning yanada yuqori va sifatli ko’rinishi talant yoki istedoddir. SHaxs
qobiliyatlarida namoyon bo’ladigan tug’ma xususiyatlar istedod deb yuritiladi.
Shaxsdagi istedodlilik sifati unda qobiliyatning yuqori ko’rinishi, bilim va
malakalarni tez yegallash, u yoki bu yumushni tez va soz ado yeta olish bilan
aniqlanadi.
Istedodlilik darajasiga yerishgan shaxsda aql va idrok, xotira, hayol, tafakkur
kabi ruxiy jarayonlar ancha rivoj topgan, iroda sifatlari barqarorlashgan, nutq
riiojlangan
bo’ladi.
Shuning
uchun
ularning
kuzatuichanligi,
bilimlarni
o’zlashtirishi, olingan bilimni amalda qo’llashi, o’z sohasi bo’yicha yangilik
yaratishga moyilligi boshqalaradn farq qiladi. O’z navbatida olingan bilim va xosil
qilingan ko’nikmalar shaxsdagi istedod darajasining yanada o’sishiga xizmat qiladi.
Talantli shaxslar yirik hajmdagi amaliy va nazariy masalalarni hal yetadilar,
ilg’or xarakterga yega bo’lgan yangilik va ijodiy ishlarni amalga oshiradilar.
Talantli bo’lishning yagona sharti shaxsning o’z ustida sistematik ravishda
ishlashidir. Agar odam o’z ustida muntazam ishlashni davom yettirmasa, undagi
talantlilik sifati susaya boradi va sinadi. Talant o’zining geniy, genial kabi
darajalariga yegadir. Xar tomonlama taraqqiy yetgan, avlodlar tajribasini ijodiy
o’zlashtiradigan, uni o’z davriga tadbiq yetib, yangi bilim va tajriba bilan
boyitadigan, mustaqil fikrlar asosida yaratuvchilik ijodkorlik xususiyatiga yega
bo’lgan, optimistik goya bilan sugorilgan, vatan va jamiyat nuqtai nazaridan ish
tutadigan, ilg’or dunyoqarash yegasi bo’lgan, o’zining ijtimoiy burchiga hamma
vaqt sodik bo’lgan shaxslar geniy shaxslardir. Geniy shaxslar garmonik rivojlangan
shaxslar bo’lib, ijtimoiy hayot voqealarini, ilm-fanni xar tomonlama va chukur
o’zlashtirgan bo’ladilar.
Geniy shaxslarning ijtimoiy hayotni o’rganish sohasida tuplagan tajriba va
bilimlari insoniyat tarixida misli kurilmagan o’zgarishga olib keladi. Ular uz xalklari
va Vatanlari uchun baxtli va farovon hayotni xadya yetish bilan birga, bu hayotning
kelajagi, istikboli. va taraqqiyoti qonuniyatlarini xam kashf yetadilar.
Geniylikning yana bir muxim tomoni shundaki, bunday shaxslar tabiiy va
ijtimoiy fanlar sohasida kelgusi-avlod uchun bitmas tuganmas nazariyalar
yaratadilar. Bu nazariyalar kelgusi avlodlar ko’lida goyaviy qurol bo’lib xizmat
keladi.
Imom Buxoriy, Alisher Navoiy, Maxdumi A’zam yoki A.S.Pushkin,
I.P.Pavlovning
geniyligi
fan
sohasida,
Michurinning
geniyligi
tabiatni
o’zgartirishda, K.E.Siolkovskiyning geniyligi planetalararo kosmik uchish
masalalarida namoyon bo’ladi. Yuksak talant yegasi bo’lgan bu daxolarning fan
sohalarida yaratgan yangiliklari keyingi avlodlar uchun abadiy bilim manbaidir.
O’rta Osiyoning mashxur mutafakkirlari Abu Ali Ibn Sino, Forobiy, Beruniy,
Al Xorazmiy kabi mashxur olimlar fan olamida geniylikning yuksak chukkisiga
ko’tardilar.SHunday kalib, shaxsning geniy yoki geniallik sifati uzoq muddat
mobaynvda uz ustida samarali mexanat kalishning, o’qib-o’rganishning natijasidir.
Mashxur rus yozuvchisi M.Gorkiy xaqli ravishda ta’kidlaganidek shaxsning
individual sifatlari mexnat jarayonida yuzaga keladi.
Shaxsning qobiliyati tug’ma layoqat asosida muxitga, ta’lim-tarbiyaga bog’liq
holda o’sib boradi. Xar bir odam bolasi «mudrab yotgan» layoqat (tug’ma
imqoniyat) bilan dunyoga keladi. Undan so’ng u mansub bo’lgan ijtimoiy muxit bu
layoqatni yuzaga chiqaradi. Layoqat ayniqsa yoshlik chog’larda jadal riiojlanadi.
Masalan, Seryoja Xalyapin (Moskva shaxri) 14 yoshida maktabni tamomlab,
A.I.Mendeleev nomli Moskva Ximiya-texnologiya institutining talabasi bo’ladi.
Amerikalik Mayk Grost 11 yoshida Michigan uniiersitetiga qabul qilingan.
Angliyalik Maybelle 4 yoshida 1 sinf o’quvchisi bo’ladi. Yerevanlik Adiva
Aruponyan 12 yoshida politexnika institutining kibernetika fakultetiga qabul
qilinadi. Olti yoshli qirg’iz yigiti Asilbek Saydanov mashxur yepos - «Manas»ni
yoddan
aytib,
respublika
ko’rigida
birinchi
darajali
diplom
bilan
taqdirlangan. Meksikalik Antonio Xuares yesa, bir vaqtning o’zida ispan tilida
gaplashib turib, ingliz tilidagi tekstni bemalol yoza oladi. Bunday masalalarni
kattalar hayotidan xam keltirish mumkin.
Chunonchi, Toshmuhammad Sarimsoqov 30 yoshga to’lmay akademik bo’ladi,
Nikolay Nazarov 14 yoshda ToshDUni bitirdi. SHavkat Alimov va Raxim Xayitov
25 yoshida professor bo’ladi. Ilxam Mamadov 20 yoshida fan nomzodi bo’ladi va
h.k.
Bu kabi o’ta qobiliyatli bo’lishning poydevori oilaviy muhit hisoblanadi. Oila
muhiti ularni qiziqtirgan narsa ustida jiddiy bosh qotirishga undashi tufayli doimo
aqliy ozuqaga tashnalik yuzaga keltirgan. Natijada boshqalar uchun murakkab
hisoblangan aqliy mushohada ular uchun odatiy va oson bo’lib qolgan. Har bir
shaxsning o’zi faol harakat qilgandagina ijtimoiy muxit, ta’lim va tarbiya uning
layoqati, istedod hamda qobiliyatini o’stirmog’i mumkin. Agar shaxs o’z kasbini
sevib, unga kuchli mehr qo’ysa, uning qobiliyati tez o’sadi. Kishining qobiliyati
uning qiziqishlari bilan mustaxkam bog’liq bo’lib, qiziqishlar ta’sirida qobiliyat
o’sadi va u boshqa individual sifatlar mazmuniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Temperament so`zining lug`aviy ma`nosi?
2. Gippokrat bo`yicha temperament tiplari?
3. Xarakter deganda nimani tushunasiz?
4. Xarakter qanday shakllanadi?
5. E.Krechmer bo`yicha qanday xarakter tiplari mavjud?
6. Xarakter nimalarda namoyon bo`ladi?
7. Geniallik deganda nimani tushunasiz?