Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

11

File size

Fayl hajmi

23,4 KB


Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
Reja:
1.Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi.
2.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar:
a) irsiyat (biologik omil);
b) muhit (ijtimoiy omil);
v)ta’lim va tarbiya;
g) faoliyat va faollik.
3.Bolalarning  o`sish davrlari xususiyatlari.
       Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli
bo’lib, konkret  kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini  ifodalashga  xizmat
qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson
sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i
kerak.
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi.
 Individ lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida
shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi.
Individuallik esa  tarbiya  jarayonini  amalga  oshirishda  bolaning  shaxsiy
xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat.
Individual  yondashuv  o’quvchilarning  aqliy  qobiliyatlari,  bilishga  bo’lgan
qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida
shakllana boradi.
Logotip
Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi Reja: 1.Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi. 2.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar: a) irsiyat (biologik omil); b) muhit (ijtimoiy omil); v)ta’lim va tarbiya; g) faoliyat va faollik. 3.Bolalarning  o`sish davrlari xususiyatlari.        Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. “Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi.  Individ lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi. Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat. Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
SHaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy
etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining
bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni
amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy-
axlohiy  jihatdan  tarbiyalash,  uning  har  tomonlama  rivojlangan  shaxs  sifatida
namoyon bo’lishiga erishishni  nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga
oshirilishi  har  bir  fuharoning  bilim  olish,  ijodiy  qobiliyatini  namoyon  etish,
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat
qilish huquqni kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit
sharoitlari  va  tarbiya kerak  bo’ladi.  Ana  shular  ta’sirida  odam  inson  sifatida
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning o’zi nima?
Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi
holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi,
miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat
jarayoni  sanaladi.  Rivojlanishining  manbai  qarama-qarashliklarni  o’rtasidagi
kurashdan iboratdir.
Bola  shaxsining  rivojlanishi  inson  ijtimoiy
 
  mavjudotdir,  degan  falsafiy
ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak,
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga
ega.  SHuningdek,  shaxs  bir  butun  mavjudot  sifatida  baholanar  ekan,  uning
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo’lmaydi.
CHunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq
bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar
Logotip
SHaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy- axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni  nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanishning o’zi nima? Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi  inson ijtimoiy  mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir- biridan ajratib bo’lmaydi. CHunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar
tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida
boradi.
SHaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga
ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya  bolaga  samarali  ta’sir  etishi  uchun  o’sish  va  rivojlanish
qonuniyatlarini  bilish  va  hisobga  olish  maqsadga  muvofiq.  SHunday
qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning  ta’siri  o’rtasidagi  munosabatni
belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda.
Insonning  shaxs  sifatida  rivojlanishiga ijtimoiy  voqealar, tabiiy
omillar yoki tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch omilning o’zaro munosabati qanday?
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori
qo’yadi.  Ular  tug’ma imkoniyatlar,  taqdir,  tole har  kimning  hayotdagi  o’rnini
belgilab bergan, deydilar.
XVI  asr  falsafasida  vujudga  kelgan preformizm oqimi  namoyandalari  esa
shaxs  rivojlanishidagi  naslning  roliga  katta  baho  berib, ijtimoiy
muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij  psixologiyasidagi  yana  bir  oqim  –  bixeviorizm  XX  asr  boshlarida
yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga
o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim
E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va  uning  vakillari  D.D’yul,  A.Kombe  ham
shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat
miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib,
uni inson taqdirida
 
   hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak,  bir  guruh  xorijiy  olimlar  rivojlanishni biologik  (nasliy)  omilga
bog’laydilar.
Logotip
tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. SHaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch omilning o’zaro munosabati qanday? Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida   hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog’laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil
 
   omil
bilan  belgilaydilar.  Bu  oqim  vakillari  bola  shaxsining jismoniy,
psixik rivojlanishi
 
   u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi.
SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga
moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak,
odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib
kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit),
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga
ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va
faylasuflar ta’limotiga  suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab
voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga
bog’liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi.
Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini
namoyon etadi. Zero, shaxs  ma’lum ijtimoiy tuzum  mahsulidir. Jamiyat  shaxs
kamolotining  muayyan  imkoniyatlarini  ro’yobga  chiqarishi  yoki  yo’q  qilishi
mumkin.
Faylasuflar shaxsni  tabiatning  bir  bo’lagi deb  baholaydilar.  Bu  insondagi
layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani
ifodalaydi.
Jamiyat  taraqqiyoti shaxs  rivojlanishi  uchun  keng  imkoniyatlar yaratadi.
Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
SHunday  qilib,  odam  shaxsining  jamiyatdagi  rivojlanishi tabiat,  muhit,
inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir
etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.
SHaxsga  ijtimoiy  muhitning  ta’siri ham  muhim.  Bu tarbiya
 
   tizimi
 
  orqali
amalga oshiriladi.
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi,
mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi.
Logotip
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil   omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi   u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga  suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi. SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya   tizimi  orqali amalga oshiriladi. Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi.
Ikkinchidan,  tarbiya  tufayli  tug’ma  kamchiliklar  ham  o’zgartirilib,  shaxs
kamolga yetadi.
Uchinchidan,  tarbiya  yordamida  muhitning  salbiy  ta’sirini  ham  yo’qotish
mumkin.
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak  Prezident  I.A.Karmimovning  quyidagi  so’zlarini  keltirishni  joiz
bilamiz  «…yurtimizning  ertangi  kuni,  taraqqiyoti  uchun  mas’uliyatni  o’z
zimmasiga olishga qodir bo’lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz …».
SHunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish bir-biriga ta’sir etadigan bu
tarbiya tamoyilidir.
Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya
tufayli  nasl-nasabi,  oila  muhiti,  ijtimoiy  muhit  ta’sirida  har  tomonlama
rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni. SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit,
tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani
inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi.
Faoliyat  o’zi  nima? Faoliyat inson  tomonidan  tabiiy  va  ijtimoiy  hayotni
maqsadga  muvofiq  o’zgartirishga  yo’naltirilgan  ijtimoiy-tarixiy  turmushning
o’ziga xos shaklidir. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan
faoliyat mohiyatiga ko’ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda
rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g’ri
tashkil  etish  lozim.  Lekin  ko’p  holatlarda  shaxsning  rivojlanishi  uchun
imkoniyatlar  yaratilmaydi,  tarbiyalanuvchilarning  ijtimoiy  mehnat,  bilish
faoliyatlari cheklangan bo’ladi.
O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va mehnat
kiradi.  Ular  yo’nalishiga  ko’ra  bilishga  doir,  ijtimoiy,  sport,  badiiy,  texnik,
hunarmandchilik  hamda  shaxsiy  qiziqishga  ko’ra  tanlangan  sohalardan  iborat.
Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.
Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va tarbiya
ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning
butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o’zini
Logotip
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga yetadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin. To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak Prezident I.A.Karmimovning quyidagi so’zlarini keltirishni joiz bilamiz «…yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz …». SHunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish bir-biriga ta’sir etadigan bu tarbiya tamoyilidir. Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni. SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi. Faoliyat o’zi nima? Faoliyat inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq o’zgartirishga yo’naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o’ziga xos shaklidir. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko’ra belgilanadi. Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g’ri tashkil etish lozim. Lekin ko’p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo’ladi. O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va mehnat kiradi. Ular yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir. Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o’zini
shaxs sifatida ko’rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning
ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi.
Ta’lim  jarayonida  faollik  o’quvchiga  bilimlarni  chuqur  va  mustahkam
egallashga, o’z qobiliyatini namoyon etishga yo’llaydi. Bilishga bo’lgan faollik
o’quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi.
Faollik  ko’rsatishning  asosini  esa  hamma  vaqt  ehtiyoj  tashkil  etadi.
Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko’ra,
o’quvchining  turli  yosh  davrlarida  ularning  faoliyati  turlicha  bo’ladi.  Ta’lim
muassasasida  hamma  vaqt  bir  xil  talab  shaxs  rivojlanishida  ijobiy  natija
beravermaydi.  Turli  yosh  davrlarida  faoliyatning  turlari  va  mohiyati  o’zgarib
turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir.
CHunki  har  bir  inson  o’z  mehnati,  g’ayrati,  intilishi  bilangina  faollashadi.
O’qituvchi qanchalik yaxshi o’qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining
o’zi  harakat  qilmasa,  rivojlanish  muvaffaqiyatli  kechmaydi.  Zero,
barcha ma’naviy-axlohiy  kamchiliklarning  asosiy  sababi ham  insonning  o’z
faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’ymaganligidadir.
SHuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak,
shaxs  faolligi  asosida  ijtimoiy  faollik,  tashabbuskorlik,  ijodkorlik  xislatlarini
shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini
rivojlantirish muhim sanaladi.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh davriga
xos  bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy)  va psixologik
 
   xususiyatlari yosh
xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim
va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli
bo’ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun
bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni
hisobga olish muhimdir. CHunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham,
psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino,
Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash
zarurligini uqtirib o’tganlar.
Logotip
shaxs sifatida ko’rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi. Ta’lim jarayonida faollik o’quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o’z qobiliyatini namoyon etishga yo’llaydi. Bilishga bo’lgan faollik o’quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi. Faollik ko’rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko’ra, o’quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo’ladi. Ta’lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o’zgarib turishi kerak. Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. CHunki har bir inson o’z mehnati, g’ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O’qituvchi qanchalik yaxshi o’qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o’zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma’naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o’z faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’ymaganligidadir. SHuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik   xususiyatlari yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi. Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. CHunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar.
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. CHunki bir xil
yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi,
hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi,
yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki
ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib,
o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning
umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish
muhim.
SHuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham
mavjud.  Masalan,  5-sinf  o’quvchilari  bilan  10-sinf  o’quvchisini  tenglashtirib
bo’lmaydi.  SHuning  uchun  bolaning  jismoniy  va  psixik  kamoloti  quyidagi
davrlarga bo’linadi:
1.      Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha
bo’lgan davr.
2.      Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3.      Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4.      Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
5.      O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
6.      Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh.
Zero, O’zbekiston Respublikasining  «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da
ham  ta’kidlab  o’tilganidek,  uzluksiz  ta’limni  tashkil  etish  va  rivojlantirish
tamoyillari  ta’limning  ijtimoiylashuviga  erishish  dolzarb  masaladir.  Ta’lim
oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat,
madaniyat  va  ijodiy fikrlash  qobiliyatini  rivojlantirish  kabilar  muhim  ijtimoiy
talablar hisoblanadi.
Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati
egallaydi. Bu juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning
tashqi ko’rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi.
Muskullari tez o’sishi tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Logotip
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim. SHuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan 10-sinf o’quvchisini tenglashtirib bo’lmaydi. SHuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi: 1.      Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr. 2.      Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3.      Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 4.      Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha. 5.      O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh. 6.      Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh. Zero, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ham ta’kidlab o’tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi. Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning tashqi ko’rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o’sishi tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.