Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi. Yaxlit pedagogik jarayon
Yuklangan vaqt
2024-09-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
37,9 KB
Ilmiybaza.uz
Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi. Yaxlit pedagogik jarayon
Reja:
1. “Individ”
va
“shaxs”
tushunchasi.
Shaxs
rivohlanishining
ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi.
2. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o’rni.
3. Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari.
4. Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va uning tuzilishi.
5. Pedagogik jarayon qonuniyatlari va tamoyillari .Pedagogik jarayonda
tarbiyaning mohiyati va maqsadi.
Tayanch iboralar: Individ, shaxs, individuallik, muhit, tarbiya, rivojlanish,
faoliyat, ijtimoiylashuv bixeviorizm, progmatizm. Yaxlit, tzim, tarbiyaning
maqsadi, tarbiya maqsadining xilma-xilligi, barkamol avlod tarbiyasi, milliy
tarbiya asoslari, tarbiya tizimining uzluksizligi, barkamol shaxs tarbiyasi.
1“Individ” va “shaxs” tushunchasi. Shaxs rivohlanishining
ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo'lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan,
shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan
xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyatning a'zosini ifodalashga xizmat
qiladi. Odam shaxs bo'lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o'zini yaxlit inson
sifatida his etishi, o'z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog'i
Ilmiybaza.uz
kerak.
«Individ» nima? Bola ma'lum yoshga qadar «individ» sanaladi. Individ
(lotincha «individium» so'zidan olingan bo'lib, «bo'linmas», «alohida shaxs»,
«yagona» ma'nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina
tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.
Individuallik esa shaxsning o'ziga xos xususiyatlari bo'lib, uning namoyon
bo'lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o'rganish, uning
yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo'lish va ularning hisobga olinishini
taqozo etadi.
Individual yondashuv o'quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo'lgan
qiziqish hamda iste'dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida
shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh
subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga
oshiruvchi sifatida ta'riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-
axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida
namoyon bo'lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga
oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish,
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo'nalishi bo'yicha mehnat
qilish huquqini kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga avlanishi uchun ijtimoiy muhit
sharoitlari va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta'sirida odam inson sifatida rivojlanib
boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning o'zi nima?
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'ladigan
miqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir.
Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan
yangi holatlarga o'tish, yangilanish, yangining paydo bo'lishi, eskining yo'qolib
borishi, miqdor o'zgarishining sifat o'zgarishiga o'tishini ifodalaydi. Rivojlanishning
manbayi qarama-qarshiliklarning o'rtasidagi kurashdan iboratdir.
Ilmiybaza.uz
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta'limotga
asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning
rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga
biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni bir-biridan ajratib
bo'lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etadi. Inson butun umri davomida
o'zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga
berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib,
murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o'ziga munosib o'rin egallaydi. Chunki
rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini to'g'ri ko'rish va bexato baholash uchun uni turli
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to'g'ri hal etish uchun uning xulqiga
ta'sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta'sir etishi uchun o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini
bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya
o'rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi. Shaxs ijtimoiy
munosabatlar iaravonida shakllanadi. Chunki ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda
birga yashash bilan bog'liq bo'lgan holat va hodisalar o'rgatiladi. Bu jarayonda
o'quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Ular ma'lum
ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko'rsatma) orttiradilar, ya'ni,
ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday
jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy
me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul
qilib, o'rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega
bo'ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta'sir
etadi. Bu ta'sir ta'lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning
shakllanishiga turli g'oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir ko'rsatadi.
Ilmiybaza.uz
Odamlar ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar
va uni o'rganadilar.
Ijtimoiylashuv jaravoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson
jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi
salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi hayotiy
holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba'zan aksi ham bo'ladi: to'liq
ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba'zi salbiy holatlarga
qarshi kurashishda faollik ko'rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko'p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o'qituvchilar hamda
ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g'oyasi
yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. Zero, O'zbekiston Respublikasining
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta'kidlab o'tilganidek, uzluksiz ta'limni
tashkil etish, rivojlantirish hamda ta'limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb
masaladir. Ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda
yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar
muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.
2.Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o’rni.
Shaxs tarbiyasiga ta'sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta'siri o'rtasidagi munosabatni
belgilashga oid munozara ko'pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta'siri kuchli
bo'ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o'rin tutadimi? Balki tarbjyaning ta'siri
yuqoridir? Ular o'rtasidagi o'zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo'nalish deb nomlangan nuqtayi nazar yetakchi o'rinlardan
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori
qo'yadi. Ular tug'ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o'rnini belgilab
bergan, deydilar. XV asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari
esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, va tarbiyaning rolini inkor
etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim — bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga
kelgan bo'lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o'tib,
insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta'limot vakili amerikalik olim
Ilmiybaza.uz
E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D'yul, A.Kombe ham shaxs
rivojlanishini biologik nuqtayi nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat
miqdoriy o'zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni
inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga
bog'laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan
belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy psixik rivojlanishi u
yashaydigan muhitga bog'liq deb ko'rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta'sir tushuniladi.
Shu nuqtayi nazardan tarbiya tufayli bolani o'zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga
moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam
bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo'lib kamolga
yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit),
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga
ega. Bu omillarning ta'sirini aniqlashda ilg'or pedagogik olimlar, psixolog va
faylasuflar ta'limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab
voqelik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga
bog'liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi.
Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o'z navbatida inson faolligini
namoyon etadi. Zero, shaxs ma'lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs
kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi yoki yo'q qilishi mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo'lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat
kurtaklari bo'lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g'oyani ifodalaydi.
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak,
shaxs bilan jamiyat o'rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit. inson
o'rtasidagi murakkab aloqa ta'siri ostida ro'y beradi, inson ularga faol ta'sir etadi va
Ilmiybaza.uz
shu yo'l bilan hayoti va o'z tabiatini o'zgartiradi.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta'siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga
oshiriladi. Ya'ni, birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera olmagan bilim, ma'lumot
egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog'liq ko'nikma va malakalar hosil
bo'ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib, shaxs
kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo'qotish
mumkin.
To'rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta'sir etadi, bu tarbiya doimiy va
uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o'ringa ega
bo'lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta'sirida har tomonlama
rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Shaxs rivojlanishida faoliyatning o'rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit,
tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani
inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo'ladi.
Faoliyat o'zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni
maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning
muayyan shakli, ko'rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil
etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko'ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda
rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to'g'ri
tashkil etish lozim. Lekin ko'p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar
yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan
bo'ladi. O'smir va o'spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o'yin, o'qish va mehnat
kiradi. Ular yo'nalishiga ko'ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik,
hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko'ra tanlangan sohalardan iborat.
Faoliyatning asosiy turi muloqotdir.
Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O'smir faoliyati muhit va tarbiya
ta'sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning
Ilmiybaza.uz
butun vujudi bilan sevib, o'z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o'zini
shaxs sifatida ko'rsata olishi unda o'z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning
ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko'zga tashlanadi.
Ta'lim jarayonidagi faollik o'quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam
egallashga, o'z qobiliyatini namoyon etishga yo'llaydi. Bilishga bo'lgan faollik
o'quvchining intellektual rivojlanishini ta'minlaydi.
Faollik ko'rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi.
Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatning ham turlarini kengaytiradi. Shunga ko'ra,
o'quvchining turli yosh davrlarida faoliyati turlicha bo'ladi. Ta'lim muassasasida,
hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh
davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o'zgarib turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir.
Chunki har bir inson o'z mehnati, g'ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O'qituvchi
qanchalik yaxshi o'qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o'zi harakat
qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma'naviv-axloqiy
kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o'z faoliyatini to'g'ri yo'lga
qo'ymaganligidadir.
Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natiiasi hamdir. Demak,
shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini
shakllantirish - uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini
rivojlantirish muhim sanaladi.
3.Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari. Muayyan bir yosh
davriga xos boigan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh
xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim va
tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta'siri kuchli bo'ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to'g'ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o'qitish uchun bola
rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga
olish muhimdir. Chunki bola organizmining o'sishi ham, rivojlanishi ham, psixik
taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo'ladi. Abu Ali ibn Sino, Yan Amos
Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini
uqtirib o'tganlar.
Bolaning o'ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil
Ilmiybaza.uz
yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo'lishi mumkin.
Masalan, ko'rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi,
hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg'ayrat yoki g'ayratsizligi,
yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig'inchoqligi yoki ishga
tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta'siri bo'lib, o'qituvchi yoki
tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual — o'ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning
umumiy tiplari va bolaning o'ziga xos xususiyatini o'rganish, metodikasini bilish
muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati»
ma'nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o'ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham
mavjud. Masalan, 5-sinf o'quvchilari bilan 10-sinf o'quvchisini tenglashtirib
bo'lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga
bo'linadi:
1. Go'daklik davri — chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha boigan
davr.
2. Bog'chagacha bo'lgan yosh davri — 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha bo'lgan yosh davri — 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar (bolalar)—7 yoshdan 11,12 yoshgacha.
5.O'rta maktab yoshidagi o'quvchilar (o'smirlar) — 14—15 yosh.
6.Katta yoshdagi maktab o'quvchilari (o'spirinlar)-16-18 yosh.
Kichik maktab yoshida o'yin faoliyatining o'rnini endi o'qish faoliyati
egallaydi. Bu juda qiyin o'tish davri bo’lib, bolaning bo'yi, og'irligi jihatdan uning
tashqi ko'rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi.
Muskullari tez o'sishi tufayli serharakat bo'ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy o'sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi.
Bu yoshda bola bilim olish va o'rganishga qiziquvchan bo'ladi. Bolalar qiziqishini
qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha, ekskursiyalarni tashkil etish
zarur. Mazkur yosh davri o'quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli
bo'ladi, his-tuyg'ulari mazmuni o'zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga
qiziqadilar.
O'rta maktab yoshi (o'smirlik 12—15 yosh). O'smirlikning murakkabligi
Ilmiybaza.uz
anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o'zgarishlar bilan bog'liqdir.
Bolaning o'sishi tezlashadi. Bu davrni o'tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy
yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe'1-atvoriga ta'sir etadi. O'smir hayotida
mehnat, o'yin, sport va jamoat ishlari katta rol o'ynaydi. Ba'zilarining o'zlashtirishi
pasayadi. Intizomi bo'shashadi.
Hozirgi davr o'smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko'zga tashlanadi:
1. Intellektual rivojlanish — tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil
etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to'garaklar, studiya, seksiya,
turli tadbirlar o'tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o'qishga qiziqishi ortadi.
2. O'z-o'zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o'zini boshqalar bilan
solishtira boshlaydi.
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda, o'smir xarakterida murakkab qarama-
qarshiliklar ham mavjud bo'ladi. Bu o'smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar — yosh
xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.
Lekin o'smirlarning hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas, 38
foiz o'smir hech qaysi o'quv fanlarini o'qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki
ikkita o'quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o'quv faniga qiziqishi aniqlangan.
Kichik yoshdagi o'smirlar qiziqishi o'qituvchiga bog'liq. Lekin ularning qiziqishlari,
shuningdek, kitob o'qishlari ham barqaror emas.
Turli to'garaklarga 21 foiz o'smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan
shug'ullanadi. 40 foiz o'quvchida, sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham
barqarorlik yo'q. Eng muhim qiziqish - teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni
88 foiz o'smir tomosha qiladi.
Ular oddiy kunni o'z ixtiyorlari bilan qanday o'tkazadilar, degan
savolgajavobtopish uchun o'tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85
foiz o'smir vaqtini o'z holicha o'tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko'radi, 50 foizi
sport bilan shug'ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon
baho olmaslik uchun maktabga boradigan o'smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
O'smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tornonidan
ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta'sir etadi. Shuning
uchun maktab hayoti «qiyin» vazifalarga to'liq bo'ladi.
Bu yoshda o'smirlar kattalar oldida o'zining erkinligini namoyish etishga
Ilmiybaza.uz
harakat qiladi. O'z-o'zini tarbiyalashga bo'lgan talab o'sadi. «Dangasa», «qo'pol»,
«bee'tibor», «qobiliyatsiz» degan kattalarning baholarini ular og'rinib qabul qiladilar.
O'smir yoshida, o'g'il va qiz bolalar o'rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual
malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e'tibor
berish lozim. O'z-o'zini tarbiyalash natijasida o'g'il bolalar kuchli, erkin, e'tiborli,
jasur; qizlar esa - o'ta ko'nikuvchan, kamtar va jiddiy bo'la boshlaydilar. Shuning
uchun o'smirga o'z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13—14 yoshgacha
o'smirda burch hissi, mas'uliyatni his etish, vazminlik paydo bo'la boshlaydi.
Muhimi, o'smir shaxsini hurmat qilish, kamsitmaslik, katta bo'lib qolganligini tan
olish zarur.
Katta maktab yoshi - kollej, litsey o'quvchilari (o'spirinlik davri 15-18 yosh). Bu
davr o'spirinlarning ilk balog'atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish
tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O'spirin yoshlar hayotga kelajak
nuqtayi nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya
boradi, his-tuyg'ularida ham o'zgarish yuz beradi. O'z-o'zini tarbiyalashga
kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular o'rtasida
munozaralar o'tkazish yaxshi natija beradi. O'spirinlar o'zguruhiga intiladi. Shuning
uchun ham o'spirinning barcha intilishlari ma'lum maqsadga yo'naltirilgan boiishi
zarur. Ularda o'quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
O'spirinlik bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o'z
fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta
boshlaydilar. Shunda o'qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g'o'r fikrlari va
dunyoqarashlarini to'g'ri yo'naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o'z-o'zini anglash,
ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o'zini tutishi, odarnlar bilan
tez muloqotga kirishishi ham turtki bo'ladi. O'zini kattalardek his etish, o'ziga
xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o'ziga qaratishga harakat qiladi.
Axloqiy muammolarni o'z qarashlari nuqtayi nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot
mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o'z qiziqishlari biian o'lchaydilar. Shu bois
ularga katta yoshlilarning beg'araz, to'g'ri yo'nalish berishlari o'ta muhim. Mazkur
davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsningjamoadagi mavqeyi,
jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir. Albatta, bu borada, ta'lim
Ilmiybaza.uz
muassasasida faoliyat ko'rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta'siri katta
ahamiyatga ega. Chunki o'spirin-yoshlar mustaqil hayot ostonasida bo'lib, ularning
bu hayotga to'g'ri qadam qo'yishi Lining jamiyatning faol fuqarosi bo'lishining
muhim shartidir.
4.Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va uning tuzilishi.
Tizim atamasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Ular: tizim – xossa sifatida; tizim
– ob’ekt sifatida. SHaxsiy kompyuterlar asosida lokal va ko’p pog’onali hisoblash
tarmoqlari yaratilmoqda va ularni joriy etish ijobiy natijalar beradi.
Hisoblash tarmoqlari o’zida ma’lumotlarga ishlov berishning yaxlit kompyuter
tizimlari (YaKT)ni mujassamlashtiradi. Ma’lumotlarga ishlov berishning YaKT
ma’lumotlarni
tasvirlashning
yagona
usuliga,
tizim
kompyuterlari
bilan
foydalanuvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatning yagona usuliga asoslangan hamda
mutaxassislarning va ularning professional ishlarida axborotga va hisoblashga
bo’lgan talabini qondiruvchi murakkab-texnologik va dasturiy majmuadir.
Tizim – ob’ekt sifatida juda murakkab va ma’lum shaklda tartiblangan
(uzluksiz ta’lim tizimi, ta’lim-tarbiya jarayoni va shu kabilar) ichki tuzilmaga ega
bo’lgan jarayonlarda namoyon bo’ladi va qaralayotgan jarayonni tizimiy
o’rganishga imkoniyat yaratadi.
Tizim qo’yilgan maqsadlarga erishish maqsadida birlashgan, boshqaruv
personalining xarakterlarini o’zaro muvofiqlashtirish va bir-biriga moslash
sohalarida ishlatiladi.
Tizim, tizimiy tahlil va tizimiy yondashuv jarayonlarida muntazam foydalanilib
boraveradi va tadqiqot ishlarini samarali olib borishning asosiy negizlaridan birini
ta’minlaydi.
Tizim – xossa sifatida makon va zamondagi muayyan miqdordagi hamma
tartiblangan unsurlardan va ularning ratsional kombinatsiyasidan tashkil topgan. Bu
unsurlarning har biri butun ob’ekt faoliyatining muvaffaqiyatiga ta’sir etadi.
Tizim – ma’lum maqsad sari yo’naltirilgan yoki yagona ma’lum maqsad
asosida ifodalangan o’zaro bog’liq manbalar (qism tizimlar, tizim elementlari)
majmuasi yoki o’zaro ta’sir (qonuniyat) asosidagi qism tizimlar va tizim elementlari
majmuasi.
MAQSADI: Muammoni bir butun qilib tadqiq etishga imkon yaratish.
Ilmiybaza.uz
VAZIFALARI: ta’lim jarayonini bir butun yaxlit tizim shaklida ifodalash;
ta’lim-tarbiya jarayoniga «tizim yaxlit», «tizimiy yondashuv» tadqiqot usullarini
joriy etishga imkoniyat yaratish.
Tizim ta’lim-tarbiya jarayonini tizim elementlari, qism tizimlar ko’rinishida
ifodalab, kadr orasidagi aloqadorlikni o’rnatish orqali ta’lim-tarbiya jarayonidagi
qonuniyatlarni
ochish
imkoniyatini
yaratadi
va
mazkur
jarayonlarni
optimallashtirishga yordam beradi.
Tizim ta’lim-tarbiyaga oid muammolarni hal etishda «tizimiy tahlil», «tizimiy
yondashuv», «ieraxik tizim» larga tegishli tadqiqot usullarini amaliyotga joriy
etishda keng qo’llaniladi.
Tizim pedagogik texnologiyalarning istiqbolli variantlarini yaratishda va
ularning zamon talabiga javob beradigan variantlar monitoringni ishlab chiqarishda
doimo kerak bo’ladi.
Tizim Sistema (yun. Systeme - qismlardan iborat, butun) – o’zaro munosabat
va aloqada bo’lgan muayyan yaxlitlikni hosil qiluvchi ko’p qismlar (elementlar)
majmui.
Tushunchalar, taxminlar, nazariyalar, ilm, formatlashtirilgan mantiqiy tizimlar.
Tizim (Sistema) – yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit, ham
o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmui.
Tizim- bu o’zaro uzviy bog’liq, tarkibiy va tashkiliy jihatdan bir butun bo’lgan
elementlar majmuasidir.
Tizim o’z navbatida qism tizim va qism elementlaridan tashkil topgan bo’lib,
ichki va tashqi aloqadorliklar bilan bog’liq o’zining bosqichli rivojlanishi
tuzulmasiga strukturasiga ega.
Tizim elamenti – bu uning ichki funktsional tarkibiga taalluqli, lekin
masaalani hal qilishda qismlarga ajratilmaydigan bir bo’lagiga aytiladi.
Aloqadorlik – bu muhit, tizim va elementlari orasidagi moddiy, energetik,
iqtisodiy va axborotlar almashinuvidir.
Muhit – bu tizimni o’rab turgan faoliyat ko’rsatishiga ta’sir ko’rsatadigan
narsadir.
Pedagogika qonuniyatlari.
Ta’lim-tarbiyaning jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy
Ilmiybaza.uz
shart-sharoitlarga bog’liqligi.
Ta’lim-tarbiyada shakllanish, rivojlanish va jtimoiylashishning
yaxlitligi.
Tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalashning birligi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida muloqotning ustuvorligi.
Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual
xususiyatlarini inobatga olish.
Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o’zaro aloqadorligi.
Pedagogik jarayon vazifasi, shakl va metodlarning o’zaro
aloqadorlogi.
Ta’limda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini
hisobga olish.
Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi.
yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi.
Bugungi kunda 0‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning
asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat.
Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi - barkamol shaxs va
intellektual
salohiyatli
mutaxassis
tayyorlashdan
iborat
bo‘lib,
0‘zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay
oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis,
ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni
tayyorlashni ko‘zlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy
omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsad-natijasi barkamol
avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va
rahbarlikni, shuningdek, o‘quvchi shaxsning o‘zi tomonidan faollik
ko‘rsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi,
chunki, u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi,
maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor,
tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va
tarbiyaga tadbiq etadi.
0‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya ko‘p omilli xarakterga ega, ya’ni bola
shaxsining qaror topishiga oila, maktab, jamoatchilik, ijtimoiy muhit,
Ilmiybaza.uz
shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi bevosita va bilvosita ta’sir etadi.
Tarbiyaning natijalari bir xil tavsifda bo‘lmaydi. Bu o‘quvchilarning
psixologik (individual-tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlariga,
ularning hayotiy va ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy jihatlariga bog‘liq. Tarbiya
odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash, bolaning atrof-
muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga
keladigan munosabatlar va shaxs xususi- yatlarini shakllantirish bilan qo‘shib
olib boriladi. 0‘z-o‘zini tarbiyalash shaxsning o‘zida ijtimoiy qadrga ega
bo'lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy
xislatlarni bartaraf ettirishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi.
0‘z-o‘zini qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlarni, zararli
sifatlarni yo’qotishga, bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat mazmunidir.
Bola xulqidagi nosog’lom muhit, ota-onaning tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolari,
0‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. Qayta
tarbiyalash
jarayonida
salbiy
xulq,
hosil
qilingan
zararli
sifatlar
o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab, oila, ota-onaning hamkorligi
lozim bo’ladi. Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o'zigagina emas, balki
uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim.
Sharq
mutafakkirlari
ta’limni
hech
qachon
tarbiyadan
ajratib
qarashmagan.
Hozirgi kunda ta’lim jarayoni o‘qituvchilar tomonidan bilim, iqtidor va
ko‘nikmalarni
shakllantirishga
qaratiladi.
Tarbiya
esa
shaxs
tarbiyalanganligining mezoni sifatida shaxsiy xislatlarni shakllantirish bilan
bog’liq bo‘lib, bugungi kunda bu xislatlarni ma’naviy qadriyatlar asosida
shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. Umumiy ta’lim maktabining
yuqori sinflarida ma’naviy qadriyatlarning mohiyatini o‘rganish, tarbiyaviy
imkoniyatlardan keng foydalanish, asosan dars jarayonini tashkil etish, uning
asosiy qismlariga qo‘yiladigan talablarga ijodiy yondashishga bog‘liq.
Tarbiya
nazariyasidagi
asosiy
muammolarni
aniqlash
uchun
quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
-tarbiyaviy ish ma’nosini aniqlash;
-
tarbiya istaklarini tasniflash;
Ilmiybaza.uz
-
o‘quvchilarning ma’naviy ehtiyoji va talabi;
-
o‘quvchilarning yoshi, sinfning umumiy saviyasiga mosligini inobatga
olish;
-
o‘quvchi bilim saviyasi, mantiqiy fikr doirasining o‘sishi, tarbiyasiga
ta’sirini aniqlash;
-
o‘qituvchining shaxsiy xislatlarini shakllantirish, olib boriladigan
tarbiyaviy ishlarni tadqiq etish.
Milliy mentalitetimizga ko‘ra, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan
ayricha tasavvur etish mumkin emas. Ta’lim va tarbiya - o'zaro uzviy bog‘liq
bo’gan sharqona tushunchalardir. Birincchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek:
«Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi va poyoni yo‘q. Toki
hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan
yangi-yangi talablarga binoan muttasil o'zgarib-yangilanib boraveradi».
Bu uzluksiz jarayon ta’lim-tarbiya uchun mas’ul barcha rahbarlar va
xodimlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Negaki, oldimizda turgan
eng ezgu maqsadlarimiz mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi
kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, «O’zbekistonning XXI asrda jahon
hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham - bularning barcha-barchasi,
avalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar
bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir».
Tarbiyaning yana bir xususiyati, uning uzoq muddat davom etishidir.
Tarbiya natijalari tez sur’atlarda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. 0‘zida insoniy
sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq
muddatli davr talab etiladi. Muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar
mavjud
sharoitda
shaxning
harakat
qilishi
tarbiya
maqsadini
murakkablaishtiradi.
Maktab tarbiyasi shaxs ongini, dunyoqarashini shakllantirishda muhim
o‘rin tutadi. Yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan
hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois, tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik
yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berishni talab etadi. Tarbiyaning yana bir
xususiyati, uning uzluksizligidir. Tarbiya jarayoni - bu o'qituvchi va
o‘quvchilarning birgalikdagi
uzluksiz,
tizimli
harakatlaridan
iborat.
Ilmiybaza.uz
0‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari
yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi
g‘oyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari
jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning
uzluksiz o'tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi jamiyatda har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan
shaxsni tarbiyalash - tarbiya maqsadi sifatida
Mamlakatning moddiy va ma’naviy yuksalishida xalqimizning boy
ma’naviy merosga, umumbashariy qadriyatlarga, zamonaviy madaniyatga
ega bo‘lgan, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan erkin
shaxsni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammosidir.
Bu borada qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»da barkamol avlodni shakllantirish va yuqori
malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish bosqichlari, shu bilan
birga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni jahon .ta’limi darajasiga
ko‘tarish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Bu vazifalarni amalga oshirish barkamol avlodni har tomonlama
tarbiyalab voyaga yetkazishdek istiqbolli muammoni hal etishni ta’lim
tizimida faoliyat yurituvchi o'qituvchi-murabbiylar, shu yo‘nalishda ijod
qiluvchi mutaxassis olimlar, jamoat tashkilotlari, rahbar xodimlar oldiga
qo‘yilishini davr talab etmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, oldimizda turgan
eng dolzarb va istiqbolli muammolardan biri - erkin fuqaro ma’naviyatini,
ozod va erkin shaxsni va shu asosda barkamol avlodni shakllantirish
masalasidir. «Boshqacha aytganda, - deydi I.A.Karimov, - biz o‘z haq-
huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida
sodir
bo’layotgan
voqea-hodisalarga
mustaqil
munosabat
bilan
yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq
manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol
insonlarni tarbiyalashimiz kerak».
Yuqorida qayd etilgan fikr asosidagi tarbiyani amalga oshirish ma’naviy
yetuk, barkamol avlodni shakllantirish bilan uzviy bog’liq holda amalga
Ilmiybaza.uz
oshiriladi. Bunda xalqimiz
ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy
merosimizning keng o‘rganilishi, ularga hurmat uyg‘otilishi, milliy
an’analarimiz va urf-odatlarimizning saqlanishi va mazmunan boyitilishi,
shuningdek, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning har tomonlama
taraqqiy etishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi paytda uzluksiz ta’lim tizimida «Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi»,
«Ma’naviyat asoslari», «Milliy istiqlol g‘oyasi», «Axloqshunoslik»,
«Tarbiyaviy ishlar metodikasi» va shu kabi fanlar mazmuni mustaqillik
mafkurasi asosida qayta tayyorlanganligi va boshqa turli fanlar mazmuniga
ma’naviy qadriyatlar ruhining singdirilishi yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasida
buyuk burilish bo‘ldi. Ular orqali yoshlarimiz butun insoniyat, jumladan,
Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari, shuningdek, o‘zbek xalqi yaratgan
ma’naviy boyliklar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga
kiritdi.
Ayniqsa,
buyuk
vatandoshlarimiz
(qomusiy
va
hadischi
olimlarimiz)ning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissalarini yoritish
orqali ularga milliy-ma’naviy merosda faxrlanish tuyg'usini tarbiyalash,
qadriyatlar va urf-odatlarimizga ongli munosabatda bo’lishni singdirish
imkoniyati yaratildi.
Hozirgi
demokratik
jamiyatdagi
tarbiyaning
maqsadi
yuksak
ma’naviyatli, milliy taraqqiyot mafkuramizda qat’iy turuvchi, ona-Vatan
ravnaqi fidoyisi, o‘zini va yon-atrofdagilarni yot g‘oyalardan asrovchi, yurt
tinchligi, davlatimiz ravnaqi, xalq farovonligi yo’lida dovyuraklik va
tashabbuskorlik bilan faoliyat yurituvchi barkamol shaxsni tayyorlash
asosida barkamol avlodni shakllantirishdan iboratdir.
Bunday tarbiyaviy faoliyat uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas qismidir
va jamiyat taraqqiyotiga mos tarbiya vositalari, metodlari, usullari, yo‘llari
va shu kabilar yuksalib boraveradi. Bunda:
-
xalqimizning boy ma’naviy va intellektual salohiyati va umumbashariy
qadriyatlarga suyangan holda tarbiyani rivojlantirish;
-
tarbiyaviy ishlarni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish;
-
oliy o‘quv yurtida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish Iozim.
-
o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va shu yo'nalishdagi ta’lim-
Ilmiybaza.uz
tarbiya jarayoni ishlarini yagona dinamik tizim sifatida ifodalab olish va uni
muvaffaqiyatli faoliyat yuritish mexanizmlarini ishlab chiqish;
-jamiyat taraqqiyoti saviyasi va darajalarini e’tiborga olgan holda
yoshlarning tarbiyasidagi davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish
muammolari bilan muntazam qiziqib borish;
-
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni jamiyat taraqqiyoti mosligini
kuzatish va nazorat qilishni va bu sohada monitoringni yo‘lga qo‘yish hamda
uning
natijalari
asosida
tarbiyada
rostlash
va
tuzatishlar
kiritish
mexanizmlarini ishlab chiqish;
-
oliy o‘quv yurti talabalarining ma’naviy shakllanganligini aniqlashni
modellashtirish Iozim va bu modelning obyektiga adekvatligini nazorat qilish
orqali yoshlarning ma’naviy shakllanganligini aniqlashning tizimini yaratish.
Ulardan kerak bo‘lganda ayrim talaba yoki guruh, kurs, fakultet va
shuningdek, oliy o‘quv yurtining talabalarining ma’naviy yetukligini aniqlash
mexanizmini ishlab chiqish va uni yuksaltirishga uslubiy tavsiyalar tizimini
ishlab chiqib, joriy etishga erishish va hokazo.
Ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllangan barkamol inson quyidagi
xususiyatlarni o‘zida mujassam qiladi:
-
butun oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilari, mahalla-ko‘yi, hamqishloqlari va
butun mamlakat xalqining farovonligi haqida qayg‘uradi;
-
odob-axloqli va fe’l-atvori yoqimli bo‘lishini insoniy burch deb
hisoblaydi;
-
ota-bobolaridan yodgor bo‘lib qolgan milliy-ma’naviy meroslarni yuksak
qadrlaydi;
-
milliy qadriyatiarni e’zozlaydi, avaylab-asraydi va ularga sodiq bo’lib
qoladi;
-
unda vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ulari barqaror
bo’ladi;
-
umumxalq ma’qullagan Konstitutsiyani va shu kabi muhim davlat
hujjatlarini hurmat qiladi hamda Davlat ramzlariga sadoqatli bo‘ladi;
-
Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsata
oladi va shu kabilar.
Ilmiybaza.uz
Yoshlarimiz oldiga qo‘yilgan talablarga e’tibor berilsa va shu ketma-
ketlikdagi ta’lim-tarbiya olib borilsa, muxtaram Prezidentimiz I.A.Karimov
orzu qilganidek, «Barkamol avlod - 0‘zbekiston taraqqiyotining poydevori»
degan shior amalga oshadi. Bu orzuni amalga oshirishda dastlab «Barkamol
avlod orzusini», ya’ni maqsadni quyidagicha ifodalab olamiz: Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, barkamol avlodni tayyorlashning qonuniy davlat
ahamiyatiga ega bo’lgan hujjatidir. Bunda, birinchidan, milliy dasturni to’iq
bajarishga erishish, ikkinchidan, butun xalqni mazkur savobli ishga to’liq jalb
qilish, uchinchidan, umumommaning mazkur ishlar mazmun-mohiyatiga
tushunib olishiga erishish va nihoyat, to‘rtinchidan, har bir fuqaro
belgilangan vazifalarning bajarilishiga ishonch hosil qilishiga va bu
jarayonga munosib hissa qo‘shishiga ishtirok etish istagini uyg'onishiga
erishish barchamizning orzuimizdir.
Shu yo‘sindagi olib borilgan ta’lim-tarbiya oxirida barkamol shaxsga
qo‘yilgan talab (mezon) bilan tarbiyalangan shaxsdagi intellektual salohiyat
solishtirilib ko‘riladi va mezon bo‘yicha talablar bajarilgandan keyin tayyor
mutaxassisga «Mehnat bozori» - ya’ni kasbiy faoliyat uchun yo’lanma
beriladi. Bugunda mustaqil 0‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi - buyuk
davlat barpo etish, xalqning maqsad- muddaolarini amalga oshirish, milliy
g‘oyani yoshlar qalbi va ongiga singdirishdan iborat.
Barkamol shaxs tarbiyasi jarayoniga bunday yondashish ta’lim-
tarbiyaning har bir bosqichida puxta tayyorgarlikka ega bo’lishni va
maqsadga yetishni kafolatlaydi. Maqsadga yetish tadbirlari avvaldan ishlab
chiqilgan mezonlar asosida olib boriladi. Ta’lim-tarbiya mazmuniga qarab
yoki ushbu jarayonni boshqarish mazmuniga qarab maqsadlar tizimi (ketma-
ketligi) yoki yaxlit-yagona bir maqsad bo’lishi mumkin va u Davlat ta’lim
standartlariga yoki mutaxassislarga qo‘yiladigan jahon ta’limi talablari
asosida shakllangan (tuzilgan) bo’ladi.
Barkamol avlod tarbiyasining qayd etilgan ilmiy asoslangan ta’lim-
tarbiya jarayoni, ayniqsa, ta’limni boshqarishda istiqbolli natijalarni qo’ga
kiritish imkonini beradi va eng asosiy, «Barkamol avlod - 0‘zbekiston
taraqqiyotining poydevori», degan ezgu niyatlarning og’ishmay amalga
Ilmiybaza.uz
oshishiga fundamental asos bo’ladi. Yuqorida keltirilgan fikrlarga tayangan
holda, shunday xulosa qilish mumkin. Yoshlarni barkamol darajada
tarbiyalash uchun milliy istiqlol g‘oyalari bilan ularni yaqindan tanishtirish,
ya’ni ularning qalbida, eng avvalo, milliy ong, milliy g'urur, milliy mafkura
tushunchalarini shakllantirish orqali ularning vaqtini bo‘sh qoldirmaslik,
ularni ijtimoiy foydali ishlarga jalb qilish Iozim. Yoshlar bilan shunday
usullarda shug'ullanish natijasida, talabalarni bu ishlarga jalb qilish orqali
ularni tashqi salbiy ta’sirlardan saqlab qolish imkoniyati paydo bo’ladi.