SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOYLASHUVI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

12

File size

Fayl hajmi

28,8 KB


SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOYLASHUVI.
REJA:
1.Shaxs haqida umumiy tushuncha. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
2.Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. 
3.Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. 
4.Shaxs ijtimoiylashuvi.SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o‘rni.
5.SHaxs rvojlanishining yosh va individual xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar: pedagogik antropologiya, individ, shaxs, individuallik, o’sish,
rivojlanish, ijtimoiylashuv, irsiyat, muhit, tarbiya, yosh davrlari.
SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOYLASHUVI
        Shaxs haqida umumiy tushuncha. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib,
psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan
boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan
jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida
shaxs  kadrlar  tayyorlash  tizimining bosh  subyekti  va obyekti, ta’lim  sohasidagi
xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
        Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-
axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon
bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har
bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan
rivojlanishi  hamda  muayyan  kasb  yo’nalishi  bo’yicha  mehnat  qilish  huquqni
kafolatlaydi.
Logotip
SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOYLASHUVI. REJA: 1.Shaxs haqida umumiy tushuncha. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. 2.Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. 3.Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. 4.Shaxs ijtimoiylashuvi.SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o‘rni. 5.SHaxs rvojlanishining yosh va individual xususiyatlari. Tayanch tushunchalar: pedagogik antropologiya, individ, shaxs, individuallik, o’sish, rivojlanish, ijtimoiylashuv, irsiyat, muhit, tarbiya, yosh davrlari. SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOYLASHUVI Shaxs haqida umumiy tushuncha. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy- axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun
ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson
sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
       Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan
miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish
mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga
o’tish,  yangilanish,  yangining  paydo  bo’lishi,  eskining  yo’qolib  borishi,  miqdor
o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi.Rivojlanishining manbai qarama-
qarshiliklarni  o’rtasidagi  kurashdan  iboratdir.Bola  shaxsining  rivojlanishi  inson
ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik,
biologik  mavjudot  hamdir.  Demak,  uning  rivojlanishida  tabiat  rivojlanishining
qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot
sifatida  baholanar  ekan,  uning  rivojlanishiga  biologik  va  ijtimoiy  qonuniyatlar
birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush taj-ribasi bilan birga
boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
         Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan
kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat
a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib
o’rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.Shaxsning fazilatlarini
to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish
lozim.Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga
ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.Tarbiya bolaga
samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish
maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama
aloqa mavjud.
Shaxs  rivojlanishiga  ta’sir  etuvchi  omillar.  Fanda,  odamning  shaxs  sifatida
rivojlanishiga  biologik  va  ijtimoiy  omillarning  ta’siri  o’rtasidagi  munosabatni
belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo’ladimi?
Yoki tabiiy omillar yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular
o’rtasidagi o’zaro munosabat qanday?
Logotip
Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi.Rivojlanishining manbai qarama- qarshiliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir.Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush taj-ribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo’ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o’rtasidagi o’zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini
egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi.
Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan,
deydilar.
        XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs
rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini
inkor etadi.Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim – bixeviorizm XX asr boshlarida
yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga
o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim
E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs
rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy
o’zgarishdan  iborat,  deb  qaraydilar.  Naslning  rolini  absolyutlashtirib,  uni  inson
taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.Demak, bir guruh xorijiy olimlar
rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog’laydilar.Biologik oqimga qarshi falsafiy
oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola
shaxsining  jismoniy,  psixik  rivojlanishi  u  yashaydigan  muhitga  bog’liq  deb
ko’rsatadilar.
        Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir
tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy
sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblay-dilar. Demak, odam
bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga
etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek,
maqsadga  muvofiq  amalga  oshadigan  tarbiya  ham  birdek  ahamiyatga  ega.  Bu
omillarning ta’-sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar
ta’limotiga  suyaniladi.Falsafada  shaxsni  jamiyat  bilan  bog’liq  bo’lgan  ijtimoiy
hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning
munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar.
      Falsafiy-antropologik  yondashuv  o’zining  tadqiqotchilik  va  tarbiyaviy
funktsiyasiga  ko’ra  o’quvchining  ma’naviy  dunyosiga  yo’naltirilgandir.  Ana  shu
sababli mazkur yondashuv pedagogikadagi mavjud boshqa ilmiy yoki gnoseologik
yondashuvlardan farqli ravishda muloqot va o’zaro bir-birini tushunish asosida ta’lim-
Logotip
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog’laydilar.Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblay-dilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’-sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar. Falsafiy-antropologik yondashuv o’zining tadqiqotchilik va tarbiyaviy funktsiyasiga ko’ra o’quvchining ma’naviy dunyosiga yo’naltirilgandir. Ana shu sababli mazkur yondashuv pedagogikadagi mavjud boshqa ilmiy yoki gnoseologik yondashuvlardan farqli ravishda muloqot va o’zaro bir-birini tushunish asosida ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil etishni talab etadi. Mazkur yondashuvning o’ziga xosligi
ta’lim-tarbiya jarayonining barcha sub’ektlariga nafaqat dunyoqarash ko’rinishida,
balki mavjudlik usuli tarzida qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik usulini birinchi
navbatda borliqni anglab etish sifatida tushunish lozim. Ikkinchidan, mazkur mavjudlik
usulini uzluksiz ravishda o’z-o’zi, boshqalar va boshqa madaniyatlar bilan muloqot
tarzi sifatida aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi. 
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat
va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga
etadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin.
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.Demak, tarbiya bilan
rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.Shunday qilib, bola
shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli nasl-
nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan
xulosani chiqarish mumkin.  Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir
to’rt yondashuv qaror topgan:
1. Biologik yondashuv – inson tabiiy mavjudot bo’lib, uning butun xatti-harakatlari
tug’ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo’ysunishga majbur,
shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
2. Ijtimoiy yondashuv – inson biologik mavjudot sifatida tug’iladi, faqat hayotiy
faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri
ostida ijtimoiylashadi.
3. Psixologik yondashuv – insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar)
tabiiy tavsifga ega, insonning yo’nalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa
sanaladi.
4. Yaxlit yondashuv – shaxs yaxlit tavsifga ega bo’lib, uning rivojiga nafaqat uning
faoliyatidagi o’ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko’rsatadi. SHu bilan birga
ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida
muhim rol o’ynaydi.
Logotip
tarbiya jarayonini tashkil etishni talab etadi. Mazkur yondashuvning o’ziga xosligi ta’lim-tarbiya jarayonining barcha sub’ektlariga nafaqat dunyoqarash ko’rinishida, balki mavjudlik usuli tarzida qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik usulini birinchi navbatda borliqni anglab etish sifatida tushunish lozim. Ikkinchidan, mazkur mavjudlik usulini uzluksiz ravishda o’z-o’zi, boshqalar va boshqa madaniyatlar bilan muloqot tarzi sifatida aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir. Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi. Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga etadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin. To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli nasl- nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to’rt yondashuv qaror topgan: 1. Biologik yondashuv – inson tabiiy mavjudot bo’lib, uning butun xatti-harakatlari tug’ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo’ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi. 2. Ijtimoiy yondashuv – inson biologik mavjudot sifatida tug’iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi. 3. Psixologik yondashuv – insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo’nalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi. 4. Yaxlit yondashuv – shaxs yaxlit tavsifga ega bo’lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o’ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko’rsatadi. SHu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi.
        Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga
xos  bo’lgan  anatomik,  fiziologik  (jismoniy)  va  psixologik  xususiyatlar  yosh
xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va
tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola
rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish
muhimdir. Chunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy
etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos
Komenskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar.
        Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil
yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin.Masalan, ko’rish va
eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi,
sergap  yoki  kamgapligi,  serg’ayrat  yoki  g’ayratsizligi, yalqov  yoki  tirishqoqligi,
palapartish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar
nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
        Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning
umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish, metodikasini bilish
muhim.  Temperament  (lot. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga munosabati”
ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud.
Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi:
1.
Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan
davr.
2.
Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3.
Maktabgacha bo’lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar (bolalar) –7 yoshdan 11-12 yoshgacha.
5.
O’rta va kata maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar, ilk o’spirinlar) – 12-17
yosh.
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi
davrlarga bo’linadi:
-
go’daklik (1 yoshgacha);
-
ilk yosh (1-2 yosh);
Logotip
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi. Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar. Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin.Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi: 1. Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr. 2. Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3. Maktabgacha bo’lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 4. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar (bolalar) –7 yoshdan 11-12 yoshgacha. 5. O’rta va kata maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar, ilk o’spirinlar) – 12-17 yosh. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo’linadi: - go’daklik (1 yoshgacha); - ilk yosh (1-2 yosh);
-
ilk yosh guruhi (2-3 yosh);
-
kichik yosh (3-4 yosh);
-
o’rta yosh (4-5 yosh);
-
katta yosh (5-6 yosh);
-
maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim).
Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati egallaydi. Bu
juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning tashqi ko’rinishi
kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o’sishi
tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
        Jismoniy o’sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi.
Bu yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi.
O’rta va katta maktab yoshi (o’smirlik, ilk o’spirinlik 12-17 yosh). O’smirlikning
murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o’zgarishlar bilan
bog’liqdir. Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham deyiladi. Bu davrda
jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O’smir hayotida
mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari katta rol o’ynaydi. Ba’zilarining o’zlashtirishi
pasayadi, intizomi bo’shashadi.Bu davr o’spirinlarning ilk balog’atga etgan davridir.
Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O’spirin
yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini
orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg’ularida ham o’zgarish yuz beradi. O’z-
o’zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu
davrda, ular o’rtasida munozaralar o’tkazish yaxshi natija beradi. O’spirinlar o’z
guruhiga  intiladi.  Shuning  uchun  ham  o’spirinning  barcha  intilishlari  ma’lum
maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Ularda o’quv fanlarini tanlashga nisbatan
ehtiyoj kuchaya boradi.
        O’spirinlik – bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o’z
fikrlarini  mustaqil  ifodalashga  harakat  qilib,  shaxslik  xislat-larini  namoyish  eta
boshlaydilar. Shunda o’qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g’o’r fikrlari va
dunyoqarashlarini to’g’ri yo’naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o’z-o’zini anglash,
ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Logotip
- ilk yosh guruhi (2-3 yosh); - kichik yosh (3-4 yosh); - o’rta yosh (4-5 yosh); - katta yosh (5-6 yosh); - maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim). Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning tashqi ko’rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o’sishi tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. Jismoniy o’sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi. O’rta va katta maktab yoshi (o’smirlik, ilk o’spirinlik 12-17 yosh). O’smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O’smir hayotida mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari katta rol o’ynaydi. Ba’zilarining o’zlashtirishi pasayadi, intizomi bo’shashadi.Bu davr o’spirinlarning ilk balog’atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O’spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg’ularida ham o’zgarish yuz beradi. O’z- o’zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular o’rtasida munozaralar o’tkazish yaxshi natija beradi. O’spirinlar o’z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o’spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Ularda o’quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi. O’spirinlik – bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o’z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislat-larini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o’qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g’o’r fikrlari va dunyoqarashlarini to’g’ri yo’naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o’z-o’zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o’zini tutishi, odamlar bilan tez
muloqotga kirishishi ham turtki bo’ladi. O’zini kattalardek his etish, o’ziga xosligini
namoyon etish, boshqalarning diqqatini o’ziga qaratishga harakat qiladi. 
       Axloqiy muammolarni o’z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot
mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o’z qiziqishlari bilan o’lchaydilar. Shu bois
ularga katta yoshlilarning beg’araz, to’g’ri yo’nalish berishlari o’ta muhim.Mazkur
davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei,
jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir.
        Albatta, bu borada, ta’lim muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar ijtimoiy
harakati  ta’siri  katta  ahamiyatga  ega.  CHunki  o’spirin-yoshlar  mustahil  hayot
ostonasida bo’lib, ularning bu hayotga to’g’ri qadam qo’yishi uning jamiyatning faol
fuqarosi bo’lishining muhim shartidir.
        Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. Gender” atamasi 1968 yilda
amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan bo’lib, “jins”
ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o’rganilgan
bo’lsa-da, yangi atamaning paydo bo’lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga
keltirdi. “Gender tarixi”, “Gender psixologiyasi”, “Falsafaning gender tomonlari”,
“Gender  antropologiyasi”,  “Gender  sotsiologiyasi”,  keyinchalik  esa  “Gender
pedagogikasi” kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender” tushunchasi, avvalo, erkak va
ayol, o’g’il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik
tomonlarini qamrab oladi. 
       Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan,
faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so’z bo’lib, jinsga
mansublikning ijtimoiy jihatlari ma’nosini anglatadi.... Bu tushuncha erkaklar va
ayollar o’rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy
va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi. Erkaklar va ayollarga tegishli
ijtimoiy bog’liqlik, xulq-atvor va kutilgan natijalarni ifodalaydi. Psixologlar ham
gender tushunchasiga o’ziga xos tarzda yondashganlar: psixikaning gender asoslari jins
va u bilan bog’liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning psixologik ko’rinishidir. Olimlar
orasida  bu  xususiyatlarning  qaysi  biri  tug’ma,  qaysi  biri  esa  ta’lim  va  tarbiya
jarayonida rivojlanganligi to’g’risida keskin munozaralar bormoqda. O’g’il va qiz
bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular maktabga
Logotip
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o’zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo’ladi. O’zini kattalardek his etish, o’ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o’ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o’z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o’z qiziqishlari bilan o’lchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilarning beg’araz, to’g’ri yo’nalish berishlari o’ta muhim.Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir. Albatta, bu borada, ta’lim muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta’siri katta ahamiyatga ega. CHunki o’spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo’lib, ularning bu hayotga to’g’ri qadam qo’yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo’lishining muhim shartidir. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. Gender” atamasi 1968 yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan bo’lib, “jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o’rganilgan bo’lsa-da, yangi atamaning paydo bo’lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. “Gender tarixi”, “Gender psixologiyasi”, “Falsafaning gender tomonlari”, “Gender antropologiyasi”, “Gender sotsiologiyasi”, keyinchalik esa “Gender pedagogikasi” kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender” tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o’g’il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi. Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so’z bo’lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma’nosini anglatadi.... Bu tushuncha erkaklar va ayollar o’rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi. Erkaklar va ayollarga tegishli ijtimoiy bog’liqlik, xulq-atvor va kutilgan natijalarni ifodalaydi. Psixologlar ham gender tushunchasiga o’ziga xos tarzda yondashganlar: psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog’liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning psixologik ko’rinishidir. Olimlar orasida bu xususiyatlarning qaysi biri tug’ma, qaysi biri esa ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlanganligi to’g’risida keskin munozaralar bormoqda. O’g’il va qiz bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular maktabga
kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma’lum bo’ladi. Bu farqlar
orasida psixologlar (A.E.Taras, 2002) qizlar o’g’il bolalardan matematik va vizual
qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta’kidlashadi. O’g’il bolalarda qizlarga qaraganda
o’ziga  ishonch  hissi  kuchliroqdir.  Qiz  bolalar  bir  xillikka  asoslangan  qiziqarsiz
faoliyatni engilroq qabul qilishadi. O’zgaruvchan muhitga tez moslashishadi. O’g’il
bolalar har bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o’rganib,
keyin unga baho berishadi. 
       Bugungi kunda o’g’il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy,
emotsional, xulq-atvorga oid farqlar to’liq o’rganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib,
o’quvchilarning  rivojlanishida  hisobga  olish  lozim  bo’lgan  quyidagi  gender
xususiyatlarni sanab o’tish mumkin:
qiz bolalar o’g’il bolalarga qaraganda ikki marta ko’proq savol berishadi; 
qizlar to’g’ridan-to’g’ri o’zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda kelishib
ketadi; o’g’il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o’z ңuqtai nazarida
qolishni afzal ko’rishadi;
mustaqil hal etish bilan bog’liq vazifalarni bajarishda o’g’il bolalar sifati, qiz bolalar
esa hajmini hisobga olishadi;
o’g’il bolalar ko’proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig’iga e’tibor berishadi;
qizlarga ko’proq psixologiya, adabiyot yoqadi;
o’g’il bolalar dialog, munozarani afzal ko’rishadi; qiz bolalar monologlikka moyil,
eshitishni va o’zida aks ettirishni yoqtiradi;
o’g’il bolalar ko’proq virtual(mo’jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar o’g’il
bolalarga qaraganda ratsional va pragmatik. Ular o’z tanlovlarini foydalilik nuqtai
nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga
qarab amalga oshirishadi;
o’g’il bolalar o’z tuyg’ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o’z xohish va istaklarini
yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi.
Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta’siri
ostida  shakllanish  jarayoni,  bir-birlari  bilan  muloqotda  bo’lishlarini  ifodalasa,
ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur
bo’lgan  namunali  xulq,  psixologik  mexanizm,  sotsial  norma  va  qadriyatlarni
Logotip
kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma’lum bo’ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 2002) qizlar o’g’il bolalardan matematik va vizual qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta’kidlashadi. O’g’il bolalarda qizlarga qaraganda o’ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni engilroq qabul qilishadi. O’zgaruvchan muhitga tez moslashishadi. O’g’il bolalar har bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o’rganib, keyin unga baho berishadi. Bugungi kunda o’g’il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy, emotsional, xulq-atvorga oid farqlar to’liq o’rganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib, o’quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo’lgan quyidagi gender xususiyatlarni sanab o’tish mumkin: qiz bolalar o’g’il bolalarga qaraganda ikki marta ko’proq savol berishadi; qizlar to’g’ridan-to’g’ri o’zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda kelishib ketadi; o’g’il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o’z ңuqtai nazarida qolishni afzal ko’rishadi; mustaqil hal etish bilan bog’liq vazifalarni bajarishda o’g’il bolalar sifati, qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi; o’g’il bolalar ko’proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig’iga e’tibor berishadi; qizlarga ko’proq psixologiya, adabiyot yoqadi; o’g’il bolalar dialog, munozarani afzal ko’rishadi; qiz bolalar monologlikka moyil, eshitishni va o’zida aks ettirishni yoqtiradi; o’g’il bolalar ko’proq virtual(mo’jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar o’g’il bolalarga qaraganda ratsional va pragmatik. Ular o’z tanlovlarini foydalilik nuqtai nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi; o’g’il bolalar o’z tuyg’ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o’z xohish va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi. Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo’lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo’lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni