SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA
IJTIMOYLASHUVI. YAXLIT PYEDAGOGIK
JARAYONDANTARBIYANING MOHIYATI VA MAZMUNI.
Reja:
1. “Shaxs” tushunchasi va shaxs rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
2. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
3. Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar.
4. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari.
5. Shaxs rivojlanishining ginder xususiyatlari.
6. Shaxsning ijtimoiylashuvi.
7. Pedagogik jarayon va uning tuzilishi.
8. Pedagogika jarayon qonuniyatlari.
9. Pedagogika jarayon tamoyillari.
Tayanch tushunchalar: pedagogik antropologiya, individ, shaxs,
individuallik, o’sish, rivojlanish, ijtimoiylashuv, irsiyat, muhit, tarbiya, yosh
davrlari, jarayon, pedagogik jarayon, pedagogik tizim, yaxlit yondashuv,
komponent, yaxlit pedagogic jarayon, qonuniyat, tamoyil.
1. “Shaxs” tushunchasi va shaxs rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan,
shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi,
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini
ifodalashga xizmat qiladi.
Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson
sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i
kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh
subekti va obekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga
oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan
miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir.
Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan
yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib
borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi.
Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir.
2. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy
omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan
buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli
bo’ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri
yuqoridir? Ular o’rtasidagi o’zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy- biologik omillarni yuqori
qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini
belgilab bergan, deydilar.
16 asr falsafasida vujudga kelgan Preformizm oqimi namoyandalari esa
shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va
tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim - Bixeviorizm 20 asr boshlarida
yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga
o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim
e.Torndaykdir.
Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs
rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat
miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni
inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga
bog’laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil
bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi
u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi.
Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga
moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga
oshiriladi.
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot
egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil
bo’ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs
kamolga etadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’ sirini ham yo’qotish
mumkin.
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va
uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa
ega bo’lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har
tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
3. Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. Zamonaviy pedagogikada
shaxs shakllanishiga doir to’rt yondashuv qaror topgan:
1.
Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo’lib, uning butun
xatti-harakatlari tug’ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga
bo’ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib
boradi.
2.
Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug’iladi, faqat
hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy
guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.
3.
Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok,
fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo’nalganligi - qiziqishlari,
qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.
4.
Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo’lib, uning rivojiga
nafaqat uning faoliyatidagi o’ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir
ko’rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish
kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o’ ynaydi.
Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to’rt - bilologik, ijtimoiy,
psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan.
4.Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari.
Muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va
psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni
hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola
rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi.
Bolaning individual - o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning
umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’ rganish, metodikasini bilish
muhim. Temperament (lotincha. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga
munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari
majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham
mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi:
1. Go’daklik (1 yoshgacha);
2. Ilk yosh (1-2 yosh);
3. Ilk yosh guruhi (2-3 yosh);
4. Kichik yosh (3-4 yosh);
5. O’rta yosh (4-5 yosh);
6. Katta yosh (5-6 yosh);
7. Maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim).
5.Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari.
“Gender” atamasi 1968 yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan
ilmiy iste’molga kiritilgan bo’lib, “jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar
ilgari ham psixologiyada faol o’rganilgan bo’lsa-da, yangi atamaning paydo
bo’lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. “Gender tarixi”,
“Gender psixologiyasi”, “Falsafaning gender tomonlari”, “Gender
antropologiyasi”, “Gender sotsiologiyasi”, keyinchalik esa “Gender pedagogikasi”
kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender” tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o’g’il
va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik
tomonlarini qamrab oladi.
Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud.
Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so’z
bo’lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma’nosini anglatadi. Bu
tushuncha erkaklar va ayollar o’rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning
jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi.
Pedagogik ma’noda gender - o’g’il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy
sotsiomadaniy birligi bo’lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional
xususiyatlari, o’quv faoliyatidagi o’zaro teng va farqli jihatlarini o’z ichiga oladi.
6.Shaxsning ijtimoiylashuvi
Ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi,
ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o’zlashtirilishi,
dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi.
Ijtimoiylashuv jarayoni o’zining sifat xususiyatlariga, tarkibiga,
qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan
insonda namoyon bo’lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o’ziga xosliklari) ko’ra
murakkabdir. Ana shu sababli u o’zida turli fanlar tomonidan ko’rib chiqiladigan
ijtimoiylashuvning xilma-xil - madaniy, axloqiy, xuquqiy, mehnat, psixologik
ko’rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda esa, bu sohadagi
ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va ehtiyojlarining o’ziga
xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi sifatida alohida e’tibor bilan
qarab o’tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan
va muhim pedagogik yangidan shakllanuvchi tajribalarni - tarbiyalanganlik, ta’lim
olganlik, ma’lumotlilik va rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri
mobaynida muttasil o’zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga
kelish natijasidir.
Pedagogikaning vazifasi - insonga fikrlovchi shaxs, ijtimoiy faol fuqaro
bo’lib yetishishiga, jamiyatda o’z o’rnini va xulq-atvorini, o’z istak-maqsadlarini
yo’nalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik tizim bilan
birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga yo’nalgan
shaxs bo’lishiga yordam berishdir.
Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud:
ana’naviy - oila va yaqin muhit orqali o’quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb
etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish;
institutsional - ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari tomonidan
o’quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish;
shaxslararo - o’quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda
muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish;
refleksiv - o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini loyihalashni
pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.
7. Pedagogik jarayon va uning tuzilishi.
Pedagoglik kasbining paydo bo’lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa
ko’rinadiki, dastlab uning doirasida differensiallashuv va integratsiyalashuv
jarayoni chegaralangan bo’lsa, keyinchalik ta’lim va tarbiya bir-biriga qarama-
qarshi qo’yila boshladi: o’qituvchi o’qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin 19
asrga kelib, taraqqiyparvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda
ob’ektiv nuqtai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala
boshladi. I.F.Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad
yo’q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita yetishmaydi.
Nemis pedagogi A.Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi:
“Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bo’ladi, yoki
aksincha”
Pedagogik jarayonning yagonaligi g’oyasi K.D.Ushinskiy g’oyalarida chuqur
ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o’quv va
tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. Pedagogik jarayon boshqa
barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, madaniy va boshqalar) bilan
chambarchas bog’langan.
O’quv-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati - yaxlitlik, undagi barcha
muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati.
Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’minlash pedagogik
jarayonning mohiyatini tashkil etadi.
Pedagogik jarayonga uning tarkibiy qismlarining o’zaro aloqadorlikda
qonuniy joy egallashi birligini o’ zida ifoda etuvchi yagona tizim sifatida qarash
mumkin. Tuzilish (struktura) - bu tarkibiy qism(element)larning tizimdagi
joylashuvidir. Tizimlarning tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida