Ilmiybaza.uz
SHAXSNING XISSIY VA IRODAVIY SOHASI
Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib,
bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki
kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga
kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda
yuzaga keladi.
Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib
chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki
yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi
emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush
tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
Ilmiybaza.uz
Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi
odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi
hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi
qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va
paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror
hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni
fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik
mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy
kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini
mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik
vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi.
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati
bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib
turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining
faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir,
boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham
bog‘liqdir. CHunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan
paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish
paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura
boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. 1
Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning
qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari
ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon
topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay
qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «YUragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter
bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki
a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi.
Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining
oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim
hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi.
Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-
fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik
hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi
ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb
yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan
paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo
bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik
1 Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan .699 p
Ilmiybaza.uz
asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi
dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak».
Hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi.
CHunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida
bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi
neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi
bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.
Hissiyotlarning organik ifodalanishlari – bu
psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalil
asosida paydo bo‘lgan intellektuallashtirish
nuqtai nazaridir. Tasavvur fundamental
psixologik dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning
hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida
o‘rnatiladigan aloqalarga mos keladi, va tasavvurlar o‘rtasidagi nizolika nisbatan
ta’sirlanish sifatida ko‘rib chiqiladi, deb hisoblagan I.F. Gerbart, bu nazariyaning
aniq ifodasini keltirdi. V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. SHunday qilib,
hissiyotlarni tadqiq qilishda ular haqidagi sub’ektiv, ya’ni, hissiyotlarning psixik
tabiati haqidagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma’lum
organik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
1872 yilda CH. Darvin «Inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi»
asarini chop etdi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida
umumiyliklar mavjud. O‘z fikrini u hayvonlar va odamlar turli emotsional
holatlarining tashqi ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi.
Ushbu kuzatishlardan olingan ma’lumotlar evolyusion ta’limot nomini olgan
hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga asosan, hissiyotlar tirik
mavjudotlar evolyusiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan organizmning yashash
sharoitlari va vaziyatlariga moslashishni ta’minlovchi moslashish mexanizmlari
sifatida yuzaga keldi.
Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884 yilda U. Djemsning «Hissiyot
nima?» maqolasining chop etilishidan boshlanadi. U. Djems va undan mustaqil
ravishda G. Lange hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar, unga asosan,
hissiyotlarning paydo bo‘lishi hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va
tizimlar sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan
hissiyotlar, emotsional kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha,
«yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz; qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz
uchun xursand bo‘lamiz». Bu hissiy xabar miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum hulq-
atvorni o‘t oldiradi, teskari somatosensor va visserosensor afferentatsiya esa
hissiyotni yuzaga keltirishini bildiradi.
8.2.Эмоция
назариялари
(Джеймс-Ланг, Кеннон-Бард,
С.Шахтёр, Д.Зингер). Қарама-
қарши эмоциялар назарияси
(Р.Саломон бўйича).
Ilmiybaza.uz
Lindsey-Xebbning faollashtirish nazariyasi Djems-Lange va Kennon-
Bardlarning psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga ko‘ra,
emotsional holatlar bosh miya quyi qismi nayining retikulyar formatsiyaga ta’siri
bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi.
Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror bir seskantiruvchiga javoban
faollik darajasining o‘zgarishidir.
Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni,
tafakkur va ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning
orasida, birinchi navbatda, L. Festingerning kognitiv dissonans nazariyasini
ta’kidlab o‘tish lozim. Uning asosiy tushunchasi dissonansdir. Bu sub’ektning
ob’ekt haqida psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga
keladigan salbiy emotsional holat. Bu nazariyaga muvofiq, ijobiy emotsional
kechinmalar odamda o‘zi kutgan natijalar tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday
ijobiy emotsional holat konsonans sifatida xarakterlanadi, Salbiy hissiyotlar
faoliyatdan kutilgan natijalar va voqeiy natijalar o‘rtasida farqlar yoki dissonans
bo‘lganida yuzaga keladi.
S.SHexterning kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan
emotsional holat qabul qilinadigan rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy
o‘zgarishlar bilan birga insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv
baholashi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari va
ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Kognitivistik nazariyalar qatoriga P.V. Simonovning hissiyotlar axborot
beruvchi konsepsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional
holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini
baholashi bilan belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval
orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun
taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan
ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradiMiya po‘stlog‘i emotsional
holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi. I.P. Pavlov tomonidan aynan, miya
po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va ifodalanishi, boshqarishi, tanada yuz
beradigan barcha hodisalarni o‘z nazorati ostida ushlab turishi, po‘stloq osti
markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, ularni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan.
YUqorida bayon etilganlarning tasdig‘i sifatida sub’ektiv kechinmalar va ularning
tashqi ifodasi o‘rtasida keskin farqlar kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish
mumkin. Miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i shikastlangan bemorlarda istalgan
seskantiruvchi muvofiq kelmaydigan tashqi ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator
ko‘z yoshlarga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini
qayg‘uli, yig‘lab turib esa, ba’zan xursandchilik sezadilar.
Ilmiybaza.uz
Inson hissiyotli kechinmalarida ikkinchi signal tizimi katta ahamiyatga ega,
chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar,
fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya,
tomosha qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin.
Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, ahloqiy, estetik yuksak insoniy
hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi.
Hissiyotlarning tarkibiy qismlari: 1) sub’ektiv kechinma, 2) organizm
reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga kelgan va xayoldagi fikrlar yig‘indisi, 4)
o‘ziga xos yuz ifodasi, 5) umumlashtirilgan hissiyotli reaksiyalar: salbiy hissiyotda
atrofdagi voqealarga nisbatan munosabatingiz ham salbiy bo‘ladi, 6) ushbu hissiyot
bilan assotsiatsiyalangan harakatlarga moyillik.
SHaxsning xususiyatlariga ta’rif berish ko‘p holatlarda ushbu odamning
nimani yoqtirishini, nimadan nafratlanishini, mag‘rurlanishi, uyalishi, hasad qilishi
va qayg‘urishi sababini aniqlashni bildiradi. Individ barqaror hislari predmeti,
ularning jadalligi va xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami, hislari va
bu bilan, uning individualligini ochib beradi. S.L. Rubinshteynning yozishicha,
shaxsning xarakteri va aqliy qobiliyati, qiziqishlari va boshqa odamlarga
munosabatlarining barcha o‘ziga xos xususiyatlari hissiyotlar va sezgilarning
kamalak rangida namoyon bo‘ladi va aks etadi.
Emotsionallik tug‘ma bo‘ladi, lekin affektlar, sezgilar hayot jarayonida
rivojlanadi, bu esa insonning shaxs sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday
rivojlanish inson emotsional sohasiga yangi ob’ektlarni kiritish, shaxs sezgilarini
ongli irodaviy boshqarish va nazorat qilish darajasining oshishi ahloqiy
boshqarishga yuksak ahloqiy qadriyatlar (vijdon, mas’uliyatlilik, nomus va
boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog‘liq.
Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud.
Lekin bir davr sezgisidan keyingi davr sezgisiga o‘tish shaxsning har tomonlama
rivojlanishi bilan bog‘liq. Hissiyotlar odam energiyasini to‘plovchi faoliyatga
nisbatan kuchli rag‘bat bo‘lishi mumkin, asosiysi, ularni tegishli tarzda
yo‘naltirishdir.
Hissiyotlar ehtiyojlar bilan ularning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan
bog‘liq. Hissiyotlar ikki valentli – ular yoki ijobiy, yoki salbiy bo‘ladi. Hissiyotlar –
organizmning muhit bilan o‘zaro ta’sirining mutanosibligi darajasini bevosita
baholash mexanizmi. Ehtiyojlar o‘rnidagi hissiyotlar harakatga yo‘naltiriladi.
Ko‘plab hissiyotli ifodalarda boshlang‘ich hissiyotlarning to‘rt xili: shodlik
(zavqlanish), qo‘rqinch, g‘azab va hayratlanish ajratiladi.
Hislar – bu inson ongida uning yuksak ehtiyojlarining qondirilishi yoki
qondirilmasligida paydo bo‘ladigan voqelikka nisbatan munosabatining aks etishi.
Ilmiybaza.uz
Hissiyot va tuyg‘ular o‘rtasida umumiylik ko‘p, lekin farqlar ham mavjuddir.
Xuddi shunday, hissiyotlar – bu kengroq tushuncha, hislar emotsional
kechinmalarning ifodalanishlaridan biri. Hissiyotlar – birlamchi, hislar esa – paydo
bo‘lishi, kelib chiqishi jihatidan ikkilamchi. Hissiyotlar yo‘nalishli reaksiya
xususiyatiga ega bo‘lgani uchun, ular ko‘pincha, noaniq va etarlicha anglanmagan
bo‘ladilar, sezgilar esa, ko‘p hollarda aniq va jism bilan bog‘liq bo‘ladilar.
Hissiyotlar biologik jarayonlar bilan, sezgilar esa – ijtimoiy soha bilan bog‘liq
bo‘ladilar
Hissiyotlar turlicha vazifalarni bajaradilar. Ularning boshqaruvchi, aks ettiruvchi,
daraklovchi,
undovchi
(rag‘batlantiruvchi),
mustahkamlovchi,
o‘tkazuvchi,
moslashuvchi, kommunikativ, hosil qiluvchi, ifodalovchi vazifalari shular
jumlasidandir.
Hissiyotlar va sezgilar organizm holati va inson hulq-atvorini boshqarish vazifasini
bajaradilar. Xuddi shuningdek, yaxshi so‘z jon ozig‘i deydilar. Bunda, avvalambor,
muhim o‘rin tutgan insonning boshqa odamning emotsional holatiga verbal ta’siri
ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Bunda hissiyotlar va sezgilarning boshqaruvchi vazifasi
namoyon bo‘ladi. Aks ettiruvchi vazifasi voqealarning umumiy baholanishi
ifodalandi, sezgilar butun organizmning qamrab olgani uchun, ular ta’sir
ko‘rsatayotgan omillarning foydasi yoki zararini aniqlashga va zararli ta’sir
aniqlangunicha ta’sirlanish imkonini beradi CH.Darvin fikriga ko‘ra, hissiyotlar
moslashtiruvchi vosita sifatida yuzaga kelgan. O‘z vaqtida paydo bo‘lgan sezgi
tufayli organizm atrof-muhitga samarali tarzda moslashib olish imkoniyatiga ega.
Hissiyotlarning umumlashtiruvchi vazifasi vaqt va fazoda bir-biriga yaqin
bo‘lgan alohida voqea va dalillarni birlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari,
hissiyotlar ekspressiv vazifani bajaradilar. Ko‘p hollarda ular periferik xususiyatga
ega bo‘lgan organik o‘zgarishlar (qizarish, oqarish, nafasning tezlashishi, erakning
tez-tez urishi va boshqalar) bilan birgalikda kechadi, ifodali harakatlar (mimika va
pantomimikada, vokallashtirish)da ifodalanadi. Kundalik hayotda ifodali harakatlar
orqali biz, odatda, atrofdagi odamlarning emotsional holati, kayfiyatidagi
o‘zgarishlarni etarlicha aniq idrok qilamiz va baholaymiz.
Hissiyotlar – bu juda murakkab psixik hodisalar. Ahamiyatga ega bo‘lgan
hissiyotlarga quyidagi emotsional holatlar turlarini kiritish mumkin: hissiyot
affektlari, kayfiyatlar, ehtiroslar, stresslar, frustratsiyalar, hissiyotlarning emotsional
toni, emotsional munosabat.
Affekt – sub’ekt uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy sharoitlarining keskin va
kutilmaganda o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladigan va aniq
ifodalangan harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‘lish birga kuzatiladigan
kuchli va nisbatan qisqa muddatli emotsional holat. Affektiv holat ongli faoliyatning
tormozlanganligi bilan ifodalanadi, sub’ekt hulq-atvorini ongli nazoratining izdan
Ilmiybaza.uz
chiqishida namoyon bo‘ladi. Affekt real sharoitlarda sub’ektning xavfli, ko‘p
hollarda kutilmaganda paydo bo‘lgan vaziyatlardan mutanosib holda chiqib ketish
yo‘lini topa olmaslik layoqatsizligida rivojlanadi. Affektga misol tariqasida kuchli
g‘azab, achchig‘lanish, dahshat, shiddatli quvonch, chuqur qayg‘u, umidsizlik
kabilarni keltirish mumkin. Affektning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu
emotsional ta’sirlanishning engib bo‘lmas darajada odamga qandaydir faoliyatning
bajarish zaruriyatini bog‘lashdan iborat, lekin bunda odamda voqelik hissi
yo‘qoladi.
Emotsiyalar affektlardan davomiyligi bilan farq qiladi. Ularning boshqa
alohida qirrasi faqat joriy voqealarga emas, balki, taxminiy yoki yodga
olinadiganlarga nisbatan ham ta’sirlanish hisoblanadi.
Emotsiyalarning mohiyatini tushunish uchun tashqi muhitning jism va
hodisalarining ko‘pchiligi his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatib, ularda murakkab,
ko‘p qirrali emotsional hissiyotlar va sezgilar va bir vaqtning o‘zida ham zavqlanish,
ham qoniqmaslikda ifodalanadi, sezgilarni keltirib chiqarishlari mumkin.
Emotsional jarayonlarning boshqa xildagi iodalanishi qo‘zg‘alish va tinchlanish
hisoblanadi. Qo‘zg‘algan emotsional holat, odatda, faol xususiyatga ega bo‘lib,
faoliyat yoki unga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq. Tinchlanish faoliyatning
pasayishi bilan bog‘liq bo‘lsada, undan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishning
asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Harakat faolligiga ta’sir ko‘rsatishga qarab, emotsiyalar stenik va astenik
turlarga bo‘linadi. Stenik emotsiyalar va sezgilar faol harakatga undaydi, inson
kuchlarini to‘playdi. Xuddi shunday, quvonch va ilhomlanish hislari insonni
energiyaviy faoliyatga rag‘batlantiradi. Astenik emotsiyalar insonni bo‘shashtiradi,
faolligini pasaytiradi, faoliyatni to‘xtatadi.
Kayfiyat – bu u yoki bu emotsiyalarning barqaror kechinmasi. Uzoq davom etuvchi,
hulq-atvorni bezovchi emotsional holat. Uni individning shaxsiy tomonlarini, asosiy
hayotiy hissiyotlarini, ishiga nisbatan muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik, qulay
yoki noqulay sharoit, odamlar munosabatlaridagi madaniyat darajasi, ichki holat
kabilarni qamrab oluvchi ta’sirlar keltirib chiqaradi. Kayfiyatda hissiyotlar va
sezgilarning rag‘batlantiruvchi vazifasi, ularning inson faoliyatiga ta’siri namoyon
bo‘ladi. Kayfiyat ijobiy yoki salbiy, ma’lum jadallik, ifodalanish, zo‘riqish va
barqarorlikka ega bo‘lishi mumkin.
Emotsiyalar va sezgilar ta’siridagi psixik faollikning eng yuqori darajasi
ko‘tarinkilik, eng quyisi – apatiya deb ataladi. Psixik faoliyatning salbiy ta’sirlar
tomonidan sezilarsiz darajada o‘zgarishi izdan chiqish holatidir. Insonning
emotsional barqarorligi turli emotsiogen ta’sirlarga nisbatan hulq-atvorining
turg‘unligida ifodalanadi. Qiyinchiliklarga nisbatan barqarorlik, boshqa odamlar
hulq-atvoriga nisbatan bardoshlilik tolerantlik ( lot. – bardosh) deb ataladi.
Ilmiybaza.uz
Inson fikrlari va harakatlari yo‘nalishini belgilab beruvchi barqaror, chuqur va
kuchli his ehtiros deb ataladi. Ehtiroslarning asosiy belgisi ularning amaliy natijaga
ega bo‘lishi, irodaviy va emotsional holatlarning yagonaligidir. Ehtiros insonni
hislar ob’ekti haqida astoydil o‘ylashga, ular asosidagi ehtiyojlarning qondirilishini
to‘laqonli va yaqqol tasavvur etishga, bu qondirilish yo‘lida haqiqiy yoki bo‘lishi
mumkin bo‘lgan to‘siq va qiyinchiliklarni xayol qilish va har tomonlama o‘ylashga
majbur qiladi. Ehtiroslar turg‘unligi, vaqt bo‘yicha insonga egalik qilish davomiyligi
bilan xarakterlanadi. SHaxsning olamga nisbatan chuqur tanlangan munosabatining
ifadalanishi sifatida ehtiroslar ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
Turli sezgilar (hidlar, ranglar, tovushlar va h.k.) biz uchun yoqimli, neytral
yoki yoqimsiz bo‘ladi. Hissiy ton. Hissiyot ko‘pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy
jarayonlarning o‘ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo‘ladi. YOqimli suhbatdosh,
kulguli voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko‘ngildagi mashg‘ulot, hushchaqchaq
sayohat, og‘ir ish kabilar. Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-
biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiy holatlar stenik (yunoncha
so‘zdan olingan bo‘lib, kuch degan ma’noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda
emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga
kuch quvvat, qanoat bag‘ishlaydi. Emotsional javob – jismli muhitdagi joriy
o‘zgarishlarga nisbatan operativ emotsional ta’sirlanish.. Nizoli asosidagi
emotsional holatlarga stress, frustratsiya, affekt kiradi.
Stress tushunchasining mazmuni mohiyati
borasida qator ta’riflar uchraydi. Jumladan,
A.V.Petrovskiy tomonidan stress–ffektiv
holatga yaqin turadigan, lekin boshdan
kechirilishining davomiyligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ularni
boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta’rif beriladi. Professor
E.G‘ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og‘ir jismoniy va
murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me’yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar
tug‘ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga
keladigan hissiy zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi.
Stress – inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan
tanglik jarayonidir.
Stress ko‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:
Konstruktiv – biz turidagi (ko‘pchilik orasida);
Destruktiv – men turidagi (yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan jarayon.
Stress tushunchasi kanadalik olim Gans Sele tomonidan kiritilgan, u stressni
organizmning jismoniy yoki psixik jarohatni keltirib chiqaradigan ta’sirlarga
nisbatan moslashish-himoya reaksiyalari yig‘indisi sifatida ta’riflagan. Stress
8.3. Стресс тушунчаси ва
психик зўриқиш ва уни
бошқариш.