SHAYBONIYLAR DAVLATIDA QO‘SHIN TUZILISHI VA HARBIY ISH
Yuklangan vaqt
2024-03-02
Yuklab olishlar soni
7
Sahifalar soni
33
Faytl hajmi
122,6 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI
Tarix fakulteti
O‘zbekiston tarixi kafedrasi
Kurs ishi
SHAYBONIYLAR DAVLATIDA QO‘SHIN TUZILISHI VA HARBIY ISH
Bajardi:
Tekshirdi:
Toshkent-2023 yil
2
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………..…………..3
I-BOB. Shayboniylar davlatida qo‘shin tuzilishi.……………………………....7
1.1. Shayboniylar davlatida qo‘shin tarkibi…..………………………….……….... 7
1.2. Shayboniylar olib borgan harbiy yurishlar…………………………............…10
II-BOB. Shayboniylar davlatida harbiy ish …………………………….…..….19
2.1. Shayboniylar davlatida jang qilish taktikasi..........………...................…...…..19
2.2.Shayboniylar davlatida harbiy unvonlar....................................………………25
Xulosa…………………………………………………………………..…..…….31
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati……………..………………………… 32
3
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Jаmiyatimiz mа‘nаviyatini yuksаltirishgа
ustuvor yo`nаlish berilayotganligining аsl boisi ham shundаki, har tomonlаmа
tаrbiya ko`rgаn, mа‘rifаtli, mа‘nаviyati yuksаk milliy g`oya vа milliy istiqlol
mаfkurаsi g`oyalаrini o`z ongidа qаror toptirgаn komil insonlаrni voyagа yetkаzib
borish ko`p jihatdаn mа‘nаviyat sohasidagi sаy-harаkаtlаr tizimidа yoshlаrgа,
tаlаbаlаrgа tаriх tа‘limini berish, O`zbekiston tаriхi fаnini o`qitish, bu fаndаn tа‘lim
berish sifаtini dаvr tаlаblаri dаrаjаsigа ko`tаrish alohida o`rin tutаdi.
Shu munosаbаt bilаn mustаqillik yillаridа bu borаdа qаtor muhim tаdbirlаr
аmаlgа oshirildiki, ulаr o`zining ijobiy sаmаrаsini berа boshlаdi. XV asr oxirlariga
keiib temuriyzodalaning o‘zaro taxt taiashishlari Xuroson va Movarounnahr
ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga salbiy ta‘sir ko`rsatdi. Siyosiy tanglik avj olib, madaniy
hayotizdan chiqdi. Dehqonchilik, savdo-sotiq va boshqa hududlar bilan bo‘ladigan
madaniy aloqalarga putur yetdi. Movarounnahr mayda hokimliklarga bo`linib ketdi.
Kurs ishi mavzusining o`rganilishi darajasi. Muhammad Shayboniyxon va
uning O’zbek davlatchiligi tarixida tutgan o’rni bugungi kunga qadar alohida
tadqiqot ob’yekti sifatida o’rganilamagan bo’lasada bir guruh mahalliy va xorijlik
tadqiqotchilarning asarlarida mavzuga oid qimmatli ma’lumotlar uchraydi.
Xususan, Ahmad Zaki Validiy To’g’on, Muhammad Fuod Ko’prulu,
K.Eraslon, M. Kafali, Ya.Qoraso’y, N.N. Tumanovich, Tanju O’ral Seyhan, Charlz
R’yo, amerikalik olim A.Bodrogligeti, amerikalik taniqli turkiyshunos olim
E.Olvort,
R.Grosset,
major
olimlaridan
H.Vamberi,
Ya.Ekmann,
rus
sharqshunoslaridan V.V.Bartold, A.A.Semenov, B. D.Grekov, A. Yu.Yakubovskiy
va boshqalarning tarixiy asarlari kiritishimiz mumkin. Bundan tashqari shu
davrgacha Shayboniyxon ijodini tadqiq qilingan Akbiyik O’zay, Temur Xo’ja o’g’li
dissertatsiya ishlarini kiritishimiz mumkin.
Kurs ishining davriy chegarasi sifatida. Muhammad Shayboniyxon
yashagan va hukmronlik qilgan davr oralig’idagi 1451 – 1510-yillar belgilangan. Bu
4
davrda ro’y bergan voqea-hodisalar, siyosiy jarayonlar, murakkab tarixiy jarayonlar
tarixi yoritib berilgan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Muhammad Shayboniyxon shaxsi,
uning hukmronlik davri tarixi, davlat boshqaruvi va siyosiy jarayonlar, bu
masalaning davlatchilik, madaniy hayot rivojida tutgan o’rnini ilmiy tadqiq etish va
umumlashtirish bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Kurs ish doirasida quyidagi ilmiy vazifalarni hal etish rejalashtirilgan:
– Muhammad Shayboniyxonning hayot yo’li yoritilgan manbalarni tahlil
qilish;
– XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Dashti Qipchoq va Movarounnahrdagi
siyosiy ahvolni o’ranish;
– Muhammad Shayboniyxonning markazlashgan davlatga asos solishi va
uning ahamiyatini ko’rsatib berish;
– Muhammad Shayboniyxonning harbiy yurishlari va sarkardalik faoliyatini
yoritish;
– Muhammad Shayboniyxon hukmronligi davrida davlat boshqaruvi
soxasidagi o’zgarishlarni tahlil qilish;
– Muhammad Shayboniyxon hukmronligi davrida Movarounnahr va
Xurosondagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni ko’rsatib bersih;
– Muhammad Shayboniyxon hukmronligi davrida madaniy hayot va
me’morchilikka berilgan etiborni aniqlash;
– Muhammad Shayboniyxonning ilm-fan sohasiga qo’shgan hissasini
ko’rsatib berish;
– Muhammad Shayboniyxonning hayot yo’lini ilmiy adabiyotlar va manbalar
orqali yoritish.
5
Kurs ishining ob’yekti va predmeti. Muhammad Shayboniyxon faoliyati
tadqiqotning ob’yekti sifatida belgilandi. Muhammad Shayboniyxon davrida yuz
bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlardagi o’zgarishlarni ko’rsatib
berish ilmiy tadqiqot ishining predmeti qilib tanlab olindi.
Kurs ishining manbaviy asoslari.
Kurs ishinig manbaviy asoslarini XV – XVI asrlarda mahalliy mualliflar
tomonidan yozilgan asarlar tashkil qildi. Xususan, turkiy tilida yozilgan Muhammad
Solihning “Shayboniynoma Zaxiriddin Muhammad Boburning “Boburnom” ,
Xondamirning “Habib us-siyar fi axbori afrodi bashar, Hofiz Tanish Buxoriyning
“Abdullanoma” asarlari bitiruv malakaviy ishining asosiy manbasi bo’lib xizmat
qildi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. Kurs ishini o'rganish va tahlil
qilishda dialektikaning umumfan – mantiqiy, tizimli yondashuv va analiz-sintez
uslublari hamda maxsus tarixiy – tarixiy-genetik, xronologik va tarixiy qiyoslash
uslublaridan foydalanildi. Shuningdek, tarixiy bilmoqning xolislik, sababiylik
(determinizm), tarixiylik va tizimlilik (sistemali) tamoyillaridan ham foydalanildi.
Turli manba va ma'lumotlarni tahlil qilishda ularga qiyosiy va tanqidiy nuqtayi
nazardan yondashildi. Davr xususiyatlarini nazarda tutgan holda voqealar tarixiylik,
tadrijiylik, sivilizatsion yondashuv usullari asosida umumlashtirildi va tahlil etildi.
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov va O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ilmiy-nazariy
ko'rsatmalar, turli tadbir, marosim va tantanalarida so'zlagan nutqlari, O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida belgilangan muhim vazifalar
haqidagi ko'rsatmalardan foydalanildi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
– Muhammad Shayboniyxonning hayot yo’li yoritilgan manbalarni tahlil
qilish;
6
– XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Dashti Qipchoq va Movarounnahrdagi
siyosiy ahvol ko’rsatib berildi;
– Muhammad Shayboniyxonning markazlashgan davlatga asos solish
jarayoni yoritildi;
– Muhammad Shayboniyxonning harbiy yurishlari, sarkardalik mahoratlari
yoritib berildi;
– Muhammad Shayboniyxonning davlat boshqaruvi soxasidagi isloxotlari
aniqlandi;
– Muhammad Shayboniyxon hukmronligi davrida Movarounnahr va
Xurosondagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot ko’rsatib berildi;
– Muhammad Shayboniyxon hukmronligi davrida madaniy hayotning ahvoli
aniqlandi;
– Muhammad Shayboniyxonning ilm-fan sohasiga qo’shgan hissasini
ko’rsatib berildi.
Kurs ishi natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati. Ushbu Kurs ishda turli
ilmiy ma’lumotlarni hisobga olgan holda, yangi uslubiy va nazariy yondashuvlar
asosida Muhammad Shayboniyxon davrining o’ziga xos xususiyatlari o’rganilib
umumlashtirildi. Bu ishning ilmiy ahamiyatini belgilab beradi. Shuningdek, ushbu
tadqiqot natijalaridan, oliy o’quv yurtlarida talabalarga ma’ruzalar o’qish
jarayonida, O’zbekiston tarixining tegishli bo’limlari, darsliklar va o’quv
qo’llanmalari yozishda, maxsus kurslarda qo’llanma, monografiya va risolalar
tayyorlashda, O’zbekistonda tarixiy-madaniy merosni o’rganish va targ’ib qilishda
foydalanish mumkin.
Ishning hajmi: Ushbu kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro`yxatidan tashqari 32 betdan iborat.
7
I.BOB.Shayboniylar davlarida qo‘shin tuzilishi.
1.1 Shayboniylar davlatida qo‘shin tarkibi.
Tarixdan ma'lumki, XI-XVI asrlarda g'arbda Dnepr daryosi va Qora dengiz,
shimoli-sharqda Irtish daryosi va Balxash ko'ligacha, janubda esa Xorazm va
Sirdaryoning quyi oqimlari oralig'idagi yerlar Dashti Qipchoq deb yuritilgan. Bu
hududda dastlab Jo'ji ulusi norai bilan Oltin O'rda xonligi tashkil etilgan.1XIV asr
oxirlarida Oltin O'rda xonligi Amir Temur tomonidan tor-mor etilganidan so'ng
parchalanib, bir necha xonliklarga bo'linib ketdi. Volga daryosining o'rta va quyi
oqimlarida Qozon va Ashtarxon (Hojitarxon) xonliklari, Qrim yarim orolida Turkiya
ta'sirida bo'lgan Qrim xonligi vujudga keldi. Dashti Qipchoqning sharqiy qismida
esa Oq O'rda tashkil topdi. Bu katta hududda qiyot, mang'it, do'rmon, qushchi,
o'rtachi, nayman, tuba, toyraas, jot, xitoy, uyg'ur, qorluq, ushun (usun), karlavut,
ichki, ming, tan gut, qo'ng'irot va boshqa qabilalar yashagan. Bu ulus O'zbeklar
davlati, uning aholisi «o'zbeklar» deb atalgan.
Dashti Qipchoqning sharqiy qismi, ya'ni Oq O'rdada2 shayboniylardan bo'lgan
Abulxayrxon (1428-1468) tarqoq bo'lgan mayda xonliklarni birlashtirib, katta
davlatga asos soldi. Keyinchalik mang'it urug'lari ham Abulxayrxon qo'l ostiga
birlashtirildi.
Qozoq
urug'lari
XV
asrning
40-yillarida
Abulxayrxonga
bo'ysunishdan bosh tortib Chu va Yettisuv vohasiga ko'chib ketdilar va keyinchalik
Qozoq xonligiga asos soldilar (1465).Dashti Qipchoqda siyosiy tartibsizliklar, katta
yer egalari bilan dehqonlar va chorvadorlar o'rtasida ichki ziddiyatlar kuchayishi
natijasida davlat zaiflashib bordi. Ana shunday sharoitda hokimiyatni qo'lga olgan
Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon (1451-yilda tug'ilgan, yoshlik
yillarida Samarqand va Buxoro madrasalarida o'qigan) Dashti Qipchoqdagi3
qabilalarni birlashtirib, davlat hokimiyatini yanada mustahkamlaydi.
1 Abdullanoma 2 kitob T-2000
2 Buxoro yoxud MOvarounnahr tarixi Toshkent G`.Gulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti-1990
3 Mirza Muhammad Haydar tarixiy Rashidiy
8
Amir Temur vorislari o'rtasida olib borilgan to'xtovsiz feodal urushlar
temuriylar davlatining kuchsizlanishiga olib keldi va birin-ketin ular qaramidagi
davlatlar va mulklar ajralib chiqib ketdi. Xorazmdan Astrobodgacha bo'lgan keng
raasofada joylashgan turkmanlar bir necha qabilalardan tashkil topgan bo'lib,
ko'pincha o'zaro kelisha olmas edilar. Lekin ular qulay vaziyatdan foydalanib
Temuriylar davlatidan ajralib chiqdilar. Farg'ona vodiysi ham ajralib mustaqil davlat
tashkil etdi. Bundan tashqari forsiy dehqon aholi joylashgan Hisor va Badaxshon
ham mustaqil davlatga aylandi. Movarounnahrda temuriy hukmdorlarning o'rnini
Abulxayrxonning
nevarasi
Shayboniy
asos
solgan
o'zbeklar
davlati
egalladi.Temuriylar davlatining zaiflashganligi, tarqoqlikning kuchayishi va
hokimlikka
da'vogarlarning
o'zaro
to'xtovsiz
urushlari
shayboniylarning
Turkistonga hujumi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Shayboniyxon XV asr
oxirlarida Turkistonga bir necha bor yurishlar qilib O'tror, Sabron, Yassi (Turkiston)
shaharlarini bosib oldi.U 1499-1507-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent,
Shohruhiya, Farg'ona, Qunduz, Xorazm, Balx va Hirotni ishg'ol qilib,
Movarounnahr va Xurosonda o'z hokimiyatini o'rnatdi.Muhammad Shayboniyxon4
boshchiligidagi ko'chmanchi o'zbeklar XVI asr boshlarida Movarounnahr va
Xurosonni egallab, temuriy shahzodalar hukmronligiga chek qo'ydilar va bu ulkan
hududda o'zlarining markazlashgan davlatiga asos soldilar. Bu davlat poytaxti avval
Samarqandda bo'lgan bo'lsa, XVI asr o'rtalaridan boshlab Buxoroga ko'chiriladi.
Shundan keyin bu davlat Buxoro xonligi deb ham atala boshladi. Butun XVI asr
mobaynida hokimiyatni o'z qo'llarida saqlab kelgan shayboniylar sulolasi
hukmronligi o'zbek davlatchiligi tarixida katta ahamiyatga ega bo'lib, xuddi shu
davrda o'zbek xalqining etnik Shakllanishidagi uchinchi davr boshlandi. Dashti
qipchoqlik o'zbeklar Movarounnahr va Xurosondagi mahalliy turkiy xalq o'zining
azaliy qon-qarindoshlari bilan qo'shilib ketdi va ularga ham o'zining nomini
berdi.Tarixiy manbalar va tadqiqotlarda XV asrning 20-yillarida Qipchoq dashtining
Sharqiy yerlarida tashkil topgan, qirq yildart ziyodroq hukm surgan Abulxayrxon
4 Shayboniylar davlati va huquqi Toshkent “Adolat” 2007
9
(1428-1468) hamda Movarounnahrda tashkil topgan Muhammad Shayboniyxon
(1450-151.0) davlatlarini ko'chmanchi o'zbeklar davlati deb atashgan. Ammo bu
unchalik to'g'ri emas, chunki ushbu davlatlarning asosiy aholisi mol chorvachiligi
bilan shug'ullangani holda, ular tarkibiga, shuningdek, Sirdaryoning quyi qismida,
qisman Xorazm vohasining chekkalarida hunarmandchilik, dehqonchilik bilan
shug'ul-lanuvchi urug' va qabilalar ham kirgan. Qipchoq Dashtida o'z taʻsirini
kuchaytirib Sirdaryo bo'ylaridagi shahar va qalʻalar-ni qayta qo'lga kiritib
mustahkam o'rnashib olgach, qulay fursat kutib turgan Muhammad Shayboniyni
1499-1507 yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruxiya, Farg'ona, Xoraemni
ishg'ol qilib, Movarounnahrni to'la o'z qo'liga kiri tishga imkon berdi.1505 yilning
kuzida Shayboniyxon qo'shinlari Xurosonni zabt etib qo'lga kiritish harakatlarini
boshlab Maymana va Foryob gacha bordi. 1506 yil 5 mayda Sulton Husayin
Boyqaro vafot etdi. Shundan keyin barcha temuriylar o'e kuchlarini birlashti rib
shayboniylarga zarba berish o'rniga hokimiyatni Badiuzza mon Mirzo va Husayin
Muzaffar Mirzo bo'lishib olib ikki hokimiyatchilik vujudga keldi 1506 yilda Balx
shahri temuriy larning birlashgan kuchlari etib kelmasdanoq shayboniylarga taslim
buldi.Shuni taʻkidlash lozimki, M.Shayboniyxon Xurosonga5 qarshi keskin harbiy
harakatlarni boshlashdan oldin dastlab o'zining piri Mavlono Muhammad Xitoyini
elchi qilib yuborib, temu riy mirzolarning jang qilmasdan bo'ysunishlarini taklif
qiladi Elchi har ikkala Mirzolartomonidan Bog'i Jahonro ulangi da qabul qilinadi.
«Shayboniyxon aytadiki, — deydi elchi, — sizning ota-bobolaringiz boshiga og'ir
kunlar tushganda, qiyin voqealar yuz berganda (Sulton Abusaid Mirzo, Sulton
Husayin Boyqaro nazarda tugilmoqda — Z.M.) bizning ulug' darajali xo nadonimiz
hoqonlari (Ulug'xon Abulxayrxon)ga borib, itoat shartlarini bajardilar.
5 Muhammad SHayboniyxon va uning o`zbek davlatchiligi tarixida tutgan o`rni-2018
10
1.2Shayboniylar olib borgan harbiy yurishlar
Ma’lumki, XIV asr boshlariga kelib, 1236 yilda Botuxon tomonidan asos
solingan Oltin O‘rda davlati ikki qismga bo‘linib ketadi va uning sharqiy qimida
Oq O‘rda davlati tashkil topadi. Ayrim tarixiy manbalarda bu hududlar “O‘zbeklar
mamlakati” deb ham eslatiladi. XV asrning o‘rtalariga kelib Sharqiy Dashti
Qipchoq hududlarida Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon urug‘idan bo‘lgan
Abulxayrxon ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatiga asos soldi. Movarounnahrdagi o‘zaro
kurashlardan foydalangan Abulxayrxon Sirdaryoning o‘rta oqimidagi bir qancha
shaharlarni, Xorazmning bir qismini bosib olishga erishdi.Manbalarning (Mulla
Shodi, “Fathnoma”)6 ma’lumot berishicha 864 hijriy (1459-1460 yy.) yilda
Abulxayrxonning katta o‘g‘li Shohbudog‘ vafot etadi. Undan qolgan sakkiz yoshli
Muhammad va besh yoshli Mahmud uyg‘ur Boyshayx ko‘kaldosh tarbiyasiga
beriladi. Shohbudog‘ning katta o‘g‘li Muhammad Shohbaxt keyinchalik
Shayboniylar davltiga asos soladi. Manbalarning ma’lumot berishicha, Muhammad
Shohbaxt Shayboniyxon iste’dodli shoir va sarkarda, zamonasining o‘qimishli va
bilimdon kishilaridan bo‘lgan. XV asrning so‘nggi choragiga kelib temuriy
shahzodalar o‘rtasidagi toj-taxt uchun o‘zaro kurashlar avj olgan edi. Ko‘pgina
mulklar va viloyatlar, xususan, Farg‘ona, Hisor, Samarqand bilan Buxoro, Toshkent,
Xorazm o‘zlarini mustaqil hisoblab,ko‘p hollarda bir-birlari bilan kurash olib borar
edilar. Shuning uchun ham Movarounnahrdagi temuriylar saltanati amalda mustaqil
boshqariladigan kichik-kichik viloyatlarga bo‘linib ketgan edi. Shayboniyxon esa
temuriylar hukmronligiga barham berish uchun bunday vaziyatdan ustalik bilan
foydalanishga harakat qildi.
Temuriylar o‘rtasidagi sulolaviy urishlar, keyinroq esa Shayboniyxon qo‘shinlarini
qo‘llab-quvvatlashda Toshkent mulki zodagonlari katta rol o‘ynadilar. 1485 yilda
Toshkent hokimiyatini mashhur diniy arbob Xo‘ja Ahror yordamida Yunusxon
egallagan bo‘lsa, uning vafotidan so‘ng o‘g‘li Mahmudxon(1487-1503yy) Toshkent
taxtini egallaydi. Mahmudxon temuriylarga qarshi kurashda Shayboniyxon ittifoqini
6 Ahmedov.B. O‟zbekiston tarixi manbalari. Toshkent, 2001 yil
11
umid qilgan bo‘lsa-da, niyatiga yeta olmadi. 1494 yilda Samarqand hukmdori Sulton
Ali Mirzo vafot etgach, temuriylar o‘rtasidagi nizolar yanada kuchayib ketdi.
Bundan foydalangan Shayboniyxon 1497 va 1499 yillarda Samarqandga hujum
uyushtirib, uni ikki marta qamal qildi.1500 yilda Andijon hokimi Bobur Mirzo7
Samarqandga yurish qildi. Ammo, Shayboniyxon undan oldinroq harakat qilib
Samarqandni qamal qildi hamda shahar hokimi Sulton Ali bilan kelishib,
Samarqandni egalladi. Boburning Samarqandni egallash borasidagi harakatlari zoye
ketdi. Bunga qadar Shayboniyxon Buxoroni ham qo‘lga kiritgan edi. Shundan so‘ng
Shayboniyxon 1503 yil bahorida asosiy qo‘shinlari bilan Toshkent hokimi
Mahmudxon va Farg‘ona hokimi Ahmadxonlarga qarshi yurish qilib Toshkent
viloyatidagi Shohruhiya va boshqa ko‘pgina qal’alarni bosib olishga erishadi.
Farg‘onadagi Arxian qal’asi yonida bo‘lgan shafqatsiz jangda Maxmudxon halok
bo‘ladi va Toshkentda qoldirilgan uning o‘g‘li Muhammad Sulton Shayboniyxon
qo‘shinlari yaqinlashishi bilan Toshkentdan qochib ketadi.Toshkentga mustahkam
o‘rnashib olgan Shayboniyxon qo‘shinlarining katta qismi uning ukasi Mahmud
Sulton boshchiligida Xorazmga yurish boshladilar. Kat va Buldumsoz qal’alarini
egallagan Mahmud Sulton bu hududlardagi bir qism aholini majburan Buxoroga
ko‘chirishga buyruq beradi. 1505 yilda o‘n oylik qamaldan so‘ng ko‘chmanchi
o‘zbeklar Urganch shahrini egallaydilar.Shayboniyxonning o‘zi katta qo‘shni bilan
1504 yilda Hisor viloyatiga yurish qildi. Bu paytdagi Hisor viloyatining hokimi
Xusravshoh ancha katta harbiy kuchga ega bo‘lsa-da, Shayboniyxonga jiddiy
qarshilik ko‘rsata olmadi. Buning natijasida Hisor viloyati barcha tog‘li tumanlari
bilan birga Shayboniyxon ixtiyoriga o‘tdi va Qunduz, Tolqon, Badahshon hamda
Balx ishg‘ol etildi.Shaybonixonning markazlashgan davlat tuzish yo‘lidagi
raqiblaridan biri Dashti Qipchoqdagi qozoq sultonlari edi. XVI asrning boshlarida
qozoq sultonlari Shayboniyxonning janubga qilgan harbiy yurishlaridan foydalanib
Movarounnahrga bir necha marta bosqinchilik urushlari uyushtiradilar, Buxoro va
Samarqandni talon-taroj qilib, aholini asir qilib olib ketadilar. 1509 yilda
7 Z.M.Bobur Boburnoma “Yulduzcha” nashriyoti, 1989
12
Shayboniyxon qozoq sultonlari Jonish Sulton, Burunduqxon va Qosim Sultonlarga
qattiq zarbalar berib, buning natijasida Sig‘noq, Yassi, Savron shaharlarini qo‘lga
kiritadi hamda Turkistondagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ta’mirlashga
buyruq beradi. Shayboniyxon 1509 yilning yozida Marvni egallashga muvaffaq
bo‘ldi. Uning bu davrga qadar bo‘lgan yurishlari natijasida Dashti Qipchoq,
Xorazm, Movarounnahr va Xurosonning katta qismi Shayboniylar qo‘l ostida
birlashtirildi. Marv shahrini egallagan Shayboniyxon Eronning kichik viloyatlariga
yurish qiladi hamda Mashhad va Tus shaharlarini egallab, ulardagi muqaddas
joylarni ziyorat qilib, ba’zi me’moriy inshootlarni ta’mirlashga buyruq beradi.
Mashhad va Tus shaharlarini egallagan Shayboniyxon Erondogi Shoh Ismoil asos
solgan Safaviylar davlatiga xavf soladi. 1510 yilda Erondan orqaga qaygan
Shayboniyxon uning izidan katta kuch bilan yetib kelgan Eron shohi Ismoil Safaviy
qo‘shinlari bilan jangga kirishdi. Marv yaqinida bo‘lib o‘tgan bu jangda
Shayboniyxonning kam sonli qo‘shinlarimag‘lubiyatga uchradi hamda
zamondoshlari tomonidan “Xalifa ur-Rahmon va Imom az-Zamon”8 deb
ulug‘langan Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon bu jangda halok bo‘ldi.Marv
yaqinidagi g‘alabadan so‘ng Shoh Ismoil Shayboniylarga qarshi kurashda temuriy
shahzoda Zahiriddin Bobur bilan ittifoqchilikni taklif etdi. Undan tashqari,
Shayboniyxon o‘limidan keyinoq o‘zbek sultonlari orasida boshlangan
kelishmovchiliklar davlatni zaiflashuviga olib keldi hamda shayboniylar keyingi
janglarda mag‘lubiyatga uchray boshladilar. Natijada Huroson va Xorazm qo‘ldan
boy berildi. Bobur 1511 yilda Shoh Ismoil qo‘shinlari yordamida shayboniylar qo‘l
ostidagi Hisor, Ko‘lob, Qunduz, Badaxshon va Qarshi yerlarini egallab,
Samarqandni ham uchinchi marta qo‘lga kiritdi. Movarounnahrni butunlay qo‘lga
kiritish niyatida bo‘lgan Boburga Safaviylarning tajribali sarkardasi Najmiddan
Soniy boshchiligidagi 12 ming qo‘shini kelib qo‘shildi.Boburning ittifoqchilari,
shia mazhabidagi eroniy qizilboshlilarning9 talon-tarojlari (ayniqsa, Samarqand va
Qarshi shaharlarida) tufayli mahalliy aholi Boburni qo‘llab-quvvatlamadi. Bobur va
8 Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi Toshkent G`.Gulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti-1990
13
eroniylarning birlashgan qo‘shinlari bilan Shayboniylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jang
1512 yilning noyabrida G‘ijduvon yaqinida bo‘lib o‘tadi. Mazkur jangda
Shayboniyxonning jiyani, Sulton Mahmudning o‘g‘li Ubaydulla Sulton tomonidan
ittifoqchilar qo‘shnini tor-mor
etildi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng Bobur
Movarounnahrdan butunlay chiqib ketdi va Qobul hamda uning atroflarida o‘z
hukmronligini to‘la mustahkamladi. 1526 yilning boshida Bobur Hindistonga yurish
boshladi va u yerdagi Ibrohim Lo‘diyning qo‘shinlarini to‘la tor-mor keltirib, yangi
saltanat-Boburiylar saltanatiga asos soldi. Bu saltanat Hindistonda 332 yil (1526-
1858 yy) hukmronlik qildi.Muhammad Shayboniyxonning vafotidan so‘ng
davlatdagi markaziy hokimiyat anchagina zaiflashdi. Beklar (amirlar) va
sultonlarning ko‘pchiligi Shayboniyxondan keyingi bir nechta xonlarga nomigagina
bo‘ysundilar. Shayboniyxon vafotidan so‘ng uning jiyani Sulton Mahmudning o‘g‘li
Kuchkunchixon (1510-1530 yy.) taxtga o‘tirdi. Aynan Kuchkunchixon davrida
sultonlarning mustaqilligi kuchaya borib, ular orasida Buxoro mulki hukmdori
Ubaydulla Sultonning obruyi ancha baland edi. Kuchkunchixondan keyingi
hukmdor Abu Sa’id (1530-1533 yy.) ning qiska hukmronligi davrida Movarounnahr
va Xurosonda markaziy hokimiyat zaiflashib, amirlar va sultonlar o‘rtasidagi nizolar
yanada kuchaydi. Bu paytda Xorazm mustaqil davlat bo‘lib ajralib chiqdi va
Turkiston yerlari parchalana boshladi.O‘zaro urushlarga birmuncha barham
berishga erishgan Ubaydulla Sulton 1512 yilda Buxoro hukmdori bo‘lgan bo‘lsa,
1533 yildan butun markazlashgan o‘zbek davlatining oliy hukmdori etib saylanadi.
Ubaydullaxon paytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chiradi. O‘sha paytda
Samarqand hukmdori bo‘lgan Kuchkunchixonning o‘g‘li Abdulla Sulton ham
Ubaydullaxon hokimiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.XVI asrning 40-yilariga kelib
yirik zadagonlar va sulolalar o‘rtasida Movarounnahrning poytaxt shaharlari va
mulklari uchun o‘zaro kurashlar yana avj oldi. Hukmdor xonadoni vakillari
o‘rtasida ayniqsa Buxoro va Samarqand uchun kurash kuchaydi. Bu davrda
Samarqandda Kuchkunchixonning uchinchi o‘g‘li Abdullatifxon (1541-1552 yy.)
Buxoroda esa Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon (1540-1550 yy.) hukmronlik
qilib har ikkalasi ham o‘zini rasmiy xon deb hisoblar edi. O‘zaro hamda sulolaviy
14
kurashlar davom etayotgan bir sharoitda Shayboniyxonning nabirasi Muhammad
Yorsulton bir necha oy taxtni boshqarganidan so‘ng amaldagi hokimiyat Baroqxon
(Navro‘z Ahmadxon, 1551-1556 yy.) qo‘liga o‘tdi. Toshkent va Sirdaryo bo‘yidagi
shaharlar hukmdori bo‘lgan Navro‘z Ahmadxon Buxoroda o‘z hokimiyatini tan
oldirish uchun Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlariga bir necha
marta yurishlar qilib turdi.1556 yilda Navro‘z Ahmadxon vafot etgach Balx
hukmdori Pirmuhammadxon (1556-1561 yy.) Buxoro taxtiga o‘tiradi. Shunga
qaramasdan 1556 yilda Axsi va Andijon mulki hukmdorlari Buxoroni egallashga
harakat qilib ko‘rdilar. Ammo, o‘sha paytda juda katta nufuzga ega bo‘lgan jo‘ybor
shayxi Xo‘ja Islom tomonidan qo‘llab quvvatlangan shayboniy Iskandar Sultonning
o‘g‘li Abdulla Sulton bunga yo‘l qo‘ymadi. Pirmuxammadxon Balxda qolib taxtni
boshqarayotgan, uning nomiga xutba o‘qitilib, tangalar zarb etilayotgan bo‘lsada,
1557 yildan Buxoroda Abdulla Sulton hukmronlik qila boshlaydi.Mustaqil mulklar
va yirik zadagonlarning o‘zaro urushlaridan ularning o‘zlariga qarshi foydalangan
Abdullaxon II10 asta-sekinlik balan Movarounnahr va Xuroson yerlarini o‘z
hokimiyati ostiga birlashtira boshladi. Uning bu harakatlarini jo‘ybor shayxlari
Xo‘ja Islom hamda uning o‘g‘li Xo‘ja Sa’dlar faol qo‘llab-quvvatlab turdilar. 1561
yilda Abdullaxon II Pirmuxammad bilan aloqalarni uzdi va otasi Iskandar Sultonni
(1561-1583 yy.) xon deb e’lon qildi. Iskandar Sulton nomigagina xon bo‘lib,
mamlakatni boshqaruv ishlariga deyarli aralashmas, hokimiyat amalda Abdullaxon
II qo‘lida edi. 1583 yilda Iskandar Sulton vafot etgach Abdullaxon II rasmiy xon
deb e’lon etildi.Shayboniy hukimdorlari orasida Abdullaxon II o‘zining
qat’iyatliligi, yaxshi siyosatchi va sarkardalik qobiliyati bilan ajralib turadi. U
markazlashgan shayboniylar davlatini tiklash maqsadida bebosh va o‘zlarini
mustaqil hisoblaydigan amirlar, sultonlar, mulklar hukmdorlari bilan tinimsiz kurash
olib borishga majbur bo‘ldi. Tinimsiz urushlar natijasida 1573 yilda Farg‘ona, 1574
yilda Shahrisabz Qarshi, Hisor viloyatlari, 1578 yilda Samarqand, 1582 yilda
Toshkent, Shohruhiya, Sayram, Ohangaron, 1583 yilda Balx, 1584 yilda
10 Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi Toshkent G`.Gulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti-1990
15
Badaxshon, 1588 yilda Hirot va uning atroflari,1595 yilda Xorazm Abdullaxon II
hokimiyati ostiga birlashtirildi. Tinimsiz urushlardan charchagan joylardagi
mahalliy aholi ko‘p hollarda Abdullaxon II ning markazlashtirish siyosatini qo‘llab-
quvvatlar edi. Abdullaxon II uzoq yillik olib borilgan urushlardan so‘ng butun
Movarounnahr, Hisor, Xurosonning katta qismi, Xorazm va Turkistonni qo‘lga
kiritib Shayboniyxon tuzgan davlatni qayta tiklashga erishdi. Ammo, hududiy
jihatdan juda katta bo‘lgan bu davlat siyosiy jihatdan o‘ta mustahkam emas edi. Bu
davlatning kuch-qudrati hokimiyat tepasida turgan hukmdorning shahsiy
fazilatlariga11 suyanar hamda unda mustahkam davlatchilik tizimi yaratilmagan edi.
Aynan shuning uchun ham 1598 yilda Abdullaxon II vafot etgach, oradan qisqa
muddat o‘tib qiyinchiliklar va jangu-jadallar natijasida tiklangan bu davlat
inqirozga yuz tutda, hamda hokimiyat tepasiga boshqa sulola vakillari
keldilar.Ularning ko`plari Shayboniyxon Buxoro va Samarqandda bo`lgan paytda u
bilan tanishgan edilar. Ayrim Temuriylar ham bosqinchilarning qo`shinlariga qat`iy
qarshilik ko`rsatdilar. Vujudga kelgan tahlikali holatlarda shu paytgacha bir biriga
dushman bo`lgan feodallarni vaqtinchalik bo`lsada Temuriylar tevaragida
birlashishiga olib keldi. 12XVI asr boshlarida zaiflashib borayotgan Temuriylar
saltanatiga Dashti qipchoq tomondagi o`zbeklar hukmdori Muhammad Shohbaxt
Shayboniy hujumi boshlandi. Shayboniyxon 1500 – 1501 yillarda Samarqand va
Buxoroni, 1504-yilda Hisor viloyatini, 1504 – 1505-yillarda Urganchni, 1506 –
1507-yillarda Xuroson poytaxti Hirot hamda Balxni, shuningdek, Marv, Mashhad
va Nishopur shaharlarini zabt etdi. Toshkent, Farg’ona va Sirdaryo yerlari ham
Muhammad Shayboniyxonga qaram bo`lib qoldi. Shunday qilib, Movarounnahr va
Xuroson birlashtirildi va Shayboniylar sulolasi hukmronligi qaror topdi. 1469-yildа
Sulton Аbusаyid vafotidan so’ng temuriylаr sаltаnаti yanа ikki qismgа bo’linib
ketganligi tarixdаn mа’lum. Movarounnahrdа Sulton Аbusаyid аvlodlаri nаvbаt
bilаn hukm surdilаr. Dаstlаb uning o’g’li Sulton Ahmad Mirzo (1469 – 1494),
so’ngrа Sulton Mаhmud Mirzo (1494 – 1498) vа nihoyat Mahmudning o’g’li Sulton
11 Mirza Muhammad Haydar tarixiy Rashidiy
12 Ahmedov.B. O‟zbekiston tarixi manbalari. Toshkent, 2001 yil
16
Аli Mirzo (1498 – 1500) mustаqil hukmronlik qilаdilаr. Fаrg’onаdа Umarshayx
hokimlik qilаr edi. Bu hukmdorlаr orаsidа аyniqsа Sulton Ahmad uquvsiz, sustkаsh
vа buning ustigа sаvodsiz bo’lgаn. Uning dаvridа siyosiy tаrqoqlik vа toj-u taxt
uchun kurash аvjigа mingаn. 1494-yildа Sulton Ahmad Mirzo Mo’g’iliston xoni
Sulton Mahmud o’zаro ittifoq bo’lib, lashkarlаrini Fаrg’onаgа yuborgаn bir pаytdа
Umarshayx fojiаli halok bo’lаdi. Bu haqida Bobur quyidagicha yozadi “ ... bu asnoda
g’arib voqea dast berdi, ma’lum bo’ldiki Axsi qo’rg’oni baland jar ustida bino
bo’libdir, imoratlar jar yoqasida erdi. Ushbu tarixda dushanba kuni ramazon oyining
to’rtida Umarshayx Mirzo jardin kabutar va kabutarxona birla uchib shunqor bo’ldi.
Unda o’ttiz to’qquz yashar erdi”13. Bu dаvrdа Bobur Mirzo endiginа 12 yoshgа
to’lgаn edi. U ulug’ sohibqiron bobosi dаvlаtini birlashtirishni o’zining ezgu niyati
deb bilаr edi. Аnа shu ezgu mаqsаd bilаn harаkаt qilgаn Bobur Mirzo
boshchiligidаgi Аndijon qo’shinlаri 1495–1496-yillarda Samarqandga ikki marta
muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497-yil kuzida u Sаmаrqаnd atrofidagi bir qancha
joylarni va yetti oylik qamaldan so’ng Samarqandni egаllаydi, Boysung’ur
Qunduzga qochadi. Zahiriddin Bobur bobosi Аmir Temurning rаsmiy poytaxti
Sаmаrqаnddа bor yo’g’i yuz kunginа hukmronlik qiladi, xolos. U tez orаdа
Аndijongа qаytishgа mаjbur bo’lаdi. Buni muаrrihlаr har xil sаbаblаr bilаn
shаrhlаydilаr.Birinchi sаbаbi, Sаmаrqаnd uzoq vаqt qаmаl qilingаnligi oqibаtidа
shаhardа oziq-ovqаt tаnqisligi kuchaygan. Ikkinchi sаbаbi esа, Bobur Mirzoning
yo’qligidаn foydаlаngаn mаhalliy hukmdorlаr Аndijondа qo’zg’olon ko’tаrаdilаr vа
shаharni qo’lgа olаdilаr. Bobur Mirzo Аndijondаgi o’zboshimchа beklarni tаnobini
tortib qo’yish mаqsаdidа Sаmаrqаnddаn chiqib Аndijon sаri otlаnаdi. Sаmаrqаnd
yosh shаhzodа xotirаsidа judа chuqur iz qoldiradi. Bu Bobur Mirzoning
Movarounnahr poytaxtigа birinchi bor qаdаm qo’yishi edi. 1498-yildа Buxorodа
turgаn temuriylаrdаn bo’lmish Sulton Аli Sаmаrqаndgа kirib kelаdi. Uning
ixtiyorida qurolli kuch yo’q bo’lib u аmirlаr qo’lidа shunchaki bir qo’g’irchoq edi,
xolos. Mаmlаkаtdаgi bundаy boshboshdoqlik, boshqaruv tizimining tez-tez bir
qo’ldаn ikkinchi qo’lgа o’tib turishi, xalqning og’ir iqtisodiy ahvoli Movarounnahr
13 Fan va turmush jurnali. 2000 – 2006 yillar.
17
tuprog’idаn temuriylаrni surib chiqаrishni o’z oldigа vаzifа qilib qo’ygаn boshqa bir
turkiy qabila – Dashti Qipchoqdagi chorvador o’zbek nomi bilan ataluvchi qavm va
qabilalarning Muhammаd Shayboniyxon boshchiligida bu hududlаrni egаllаb
olishlаrigа yordаm berdi. Muhammаd Shayboniyxon 1500-yildа jаngsiz
Sаmаrqаndni egаllаdi. U shaharni tаlаydi, temuriy shahzodаlаrni qilichdаn
o’tkаzadi. Аholigа kаttа vа og’ir soliqlаr solinadi. Bu hol Sаmаrqаnd shаhri
аholisining norozilik qo’zg’olonigа sаbаb bo’ldi. Qo’zg’olongа Аbulmаkаrim
boshchilik qiladi. Shayboniyxon bu davrda Samarqandda 600 kishini qoldirib o’zi
Ko’limalikda dam olayotgan edi. Shunda Samarqand shаhri аhli 19 yoshli Bobur
Mirzoni Sаmаrqаndgа chorlab, shаhar dаrvozаlаrini ungа ochib berdilаr.
Shayboniyning Sаmаrqаnd shаhridа qoldirib ketgan 600 kishidan iborаt аskаrlаri
qirib tаshlаndi. Bobur Mirzo shoh etib ko’tаriladi. Sаmаrqаnd tumаnlаri, Qarshi,
G’uzor hududlаri ham Bobur Mirzo hukmronligini tаn oldi. Sаmаrqаnddа sodir
bo’lgаn voqealаrdаn xabar topgаn Muhammаd Shayboniyxon Turkiston аtroflаridаn
kаttа qo’shin to’plаb yana Sаmаrqаnd sаri yurdi. Bu dаvrdа Sаmаrqаnddа og’ir
vаziyat vujudgа kelgan edi. Qurg’oqchilik tufаyli shаhar oziq-ovqаt vа yem-xаshаk
tаnqisligigа uchrаdi. Nаtijаdа Bobur Mirzo lashkarlаrining bir qismini tаrqаtib
yuborishga majbur bo’ladi. U oz sonli qo’shin bilаn qolgаn edi. Bundаn foydаlаngаn
Shayboniyxon hujum boshlаydi. Bobur Mirzo Kesh, Toshkentdаn kelayotgan
yordamchi kuchlаrni kutmаsdаn jаnggа kirаdi. Zarafshon qirg’og’idа bo’lgаn jаngdа
Bobur Mirzo yengilаdi vа Sаmаrqаnddа yashirinаdi. Shayboniyxon Sаmаrqаndni
uzoq vаqt qаmаl qilаdi. Shаhardа misli ko’rilmаgаn og’ir ahvol yuzаgа keldi. Bobur
Mirzo och-yalаng’och qolgаn Sаmаrqаndni yarim tundа tashlab Toshkent tomon
otlаndi. U tog’аsi Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon huzurigа Sаmаrqаndni
qаytаrib olishdа yordаm so’rаb borаdi. Biroq Muhammаd Shayboniyxon Bobur
Mirzo, Sulton Mahmudxonning birlashgan qo’shinlаrini yengadi. Bobur Mirzo
Mo’g’ilistongа qochishdаn boshqa chora topа olmаdi. Bu dаvrdа Аndijon ham
Shayboniylаr tomonidаn egаllаngаn edi. Muhammаd Shayboniyxon 1505-yilgа
kelib butun Movarounnahrni egаllаb bo’lib, Xurosonni qo’lgа kiritish mаqsаdidа
tаyyorgаrlik ko’rаyotgаn edi. Bobur Mirzo 1504–1507- yillar oralig’ida
18
Mo’g’iliston vа Movarounnahr yerlаridа quvg’inda yuradi vа nihoyat oz sonli
lashkar bilаn Hisor tog’lаridаn oshib, Qobul shаhrini egаllаydi. U boshidаn judа
og’ir kunlаrni o’tkаzdi. Bobur Mirzo Аfg’onistondаgi tаrqoq qаbilаlаrni birlashtirdi.
Qobuldаn so’ng G’аznа egаllаndi. Qobul Bobur Mirzo dаvlаtining poytaxti edi. U
1508-yildа rаsmiy surаtdа o’zini Аfg’oniston dаvlаtining podshosi deb e’lon qiladi.
Hatto Xuroson hukmdori Husаyn Boyqаro Bobur Mirzo bilаn birgаlikdа
Muhammаd Shayboniyxongа qarshi jаnggа otlаnishgа o’zаro kelishib olgаn edi.
Fаqаt Husаy Boyqаro Mirzoning 1506-yildagi kutilmаgаn bevаqt o’limi bu rejаning
аmаlgа oshuvigа imkon bermаdi. Muhammаd Shayboniyxon Movarounnahr so’ng
Xurosonni egаllаb, bu hududlаrni temuriylаrdаn tortib oldi. Xurosonning ham
bo’ysundirilishi bilan amalda Muhammad Shayboniyxon butun mintqani yagona bir
markaz Samarqand qo’l ostida birlashtira oldi. Binobarin u temuriyzodalar amalga
oshiraolmagan ishni bajara oldi. Bu uning davlatchiligimiz oldidagi hizmatidir. Shu
tariqa Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni o’z ichiga olgan hududda Muhammad
Shayboniyxon hukumronligi o’rnatildi va davlatchiligimiz tarixida Shayboniylar
sulolasi hukumronligi davri boshlandi. Shayboniyxon tobora davlati sarxadlarini
kengaytirishga urindi.Bu orada Eronda Safaviylar sulolasiga asos solgan Eron shohi
Ismoil ziyrаklik bilаn Shayboniyxon harakatlarini kuzаtib turаr vа u
Shayboniyxonning bu harаkаtini to’xtatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi.
Shoh Ismoil bilаn Shayboniyxonning to’qnаshuvi аniq bo’lib qoldi. Eron hukmdori
Ismoil (Xatoiy taxallusi bilan she’r yozgan) Аrdаbel shahridagi safaviylаr
xonadonidаn edi. U Ozarboyjondаgi turk qаbilаlаri ko’mаgidаn foydаlаnib uncha
kаttа bo’lmаgаn, biroq kuchli vа tаrtib-intizomli qo’shin tuzа oldi. 1510-yildа
Sirdаryo bo’ylаridа mo’g’ullаr bilаn qozoqlаrning birlashgan kuchlаridаn tаlofаt
ko’rgаn
Shayboniyxonning
17
ming
kishilik
qo’shini
Mаrvgа
kirib
Movarounnahrdаn keladigаn yordаmni kutаdi. Bundаn xаbаr topgаn shoh
Ismoilning 70 ming kishilik qo’shini Mаrv qo’rg’onini qurshovga oldi. Biroq
Shayboniyxon tomonidаn qаttiq mudofаа qilingаn shаharni qo’lgа olа olmаgаn
Ismoil hiylа ishlаtdi vа qal’ada himoyalanayotgan Shayboniygа: “Аgаr mаrd
bo’lsаng tashqarigа chiqib, men bilаn mаydondа olishаsаn”, deydi.
19
II-bob Shayboniylar davlatida harbiy ish.
2.1 Shayboniylar davlatida jang qilish taktikasi.
Ma’muriy boshqaruv. Mansab va unvonlar. XIV asrning boshlarida
Movarounnahrning Muhammad Shayboniyxon tomonidan bosib olinishi bu
hududlarning xon urug‘i vakillari bo‘lgan o‘zbek sultonlari tomonidan bo‘lib
olinishiga sabab bo‘ldi. Ayrim hollarda Shayboniyxon ba’zi qabila boshliqlariga
ma’lum mulklarni ham bergan. XVI asrning 60-yilllaridan boshlab Buxoro
shayboniylar davlatining ma’muriy-siyosiy markazi sifatida e’tirof etilgannidan
so‘ng qonun kuchiga ega bo‘lgan barcha hujjatlar Buxorodan chiqarilgan.
Davlatdagi murakkab boshqaruv apparatini tashkil etgan ko‘p sonli amaldorlar
guruhi ham aynan Buxoroda markazlashgan.Ma’muriy jihatdan Buxoro xonligi
viloyatlar va tumanlarga bo‘lingan. Mirza Devonning ma’lumot berishicha, Buxoro
xonligi boshqaruvida o‘ziga xos an’ana va qonunlar o‘rnatilgan bo‘lib, joylardagi
yuqori mansabga ega bo‘lgan zodagonlar davlat boshlig‘i tomonidan hokimlikka
ko‘tarilgan. Yirik hududlarda tashkil topgan shayboniylar davlati xon14 tomonidan
boshqarilgan. Xonlikning siyosiy tizimida o‘zbek davlatchiligining somoniylardan
temuriylargacha bo‘lgan davrida qaror topgan davlat boshqaruvi qonun-qoidalari
hamda xususiyatlari bilan birgalikda ko‘chmanchilarga xos an’analar ham mavjud
bo‘lgan. Xon-cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lib, u o‘z atrofida viloyat, tuman
hokikimlari hamda nufuzli qabila boshliqlarini birlashtirganidan so‘ng mustaqil
siyosat olib borgan. Ammo, ayrim viloyat hokimlari mavqei kuchayib markaziy
hokimiyatga bo‘ysunmay qo‘ygan holatlar ham bo‘lib turgan. Bunday holat ayniqsa
Abdullaxon II davrida kuchayib bo‘lib, u buysunmas hokimlarning barchasini
zo‘rlik bilan bo‘ysundirgan edi.
Shayboniylar davlati boshqaruvida islomiy odat va shariat qonun-qoidalariga
qattiq rioya qilingan. Davlatdagi oliy hukmdorlik otadan bolaga emas, balki
suloladan eng ulug‘ yoshli shaxsga o‘tish tartibi dastlabki shayboniylar davrida
14 Ibrohimov. A. Bizkim o‟zbeklar. Toshkent, 1999 yil
20
saqlanib qolgan bo‘lsada, XVI asrning 40-yillaridan15 boshlab vorisiylikda otadan
bolaga o‘tish an’anasi kuchayadi hamda Abdullaxon II davrida aniq bir shaklga
tushadi. Ammo, bu holat uzoq davom etmadi.Davlat boshqaruvida xon saroyidagi
oliy darajali amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv hamda viloyatlar
va tumanlar qo‘lida mahalliy boshqaruv asosiy o‘rinda turar edi. Tabiiyki, xon ular
yordamida hamda bevosita ishtirokida davlatdagi ma’muriy boshqaruvni amalga
oshirgan.Ilgarigi sulolalar davrida bo‘lgani kabi shayboniylar davrida ham eng oliy
davlat idorasi-dargoh hisoblangan. Dargoh tepasida xon turgan bo‘lib, bu idora
saroy devonida jamlangan hamda davlatning ichki va tashqi hayotiga oid barcha
masalalarni hal qilgan. Chunonchi, davlatning oliy darajali amaldorlari a’zo hamda
odatda bosh vazir tomonidan boshqariladigan bu mahkama davlatning siyosiy,
moliyaviy, harbiy, tashkiliy va boshqa masalalarini ko‘rib chiqar edi. Bu yerda qabul
qilingan qarorlar xonning tasdig‘i bilan kuchga kirib, hayotga tadbiq etilgan.
Ta’kidlash joizki, ko‘plab ko‘kaldosh, otaliq, naqib, vaziri a’zam, vazir, devonbegi
kabi oliy darajali saroy amaldorlari, nuyon, tug‘begi, kutvol, dorug‘a, qurchiboshi
kabi harbiy amaldorlar, jo‘ybor shayxlari, sadrlar, shayxulislom kabi diniy
ulomolarning fikrlari va manfaatlari ham qarorlar qabul qilinishida muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan.Shayboniylar davlat boshqaruvidagi muhim vazifalardan
biri naqib hisoblangan. Naqiblik mansabi xon huzurida juda katta vakolatlarga ega
bo‘lib, naqib xonning eng yaqin va ishonchli kishilaridan hisoblangan. Manbalarga
ko‘ra, rasmiy qabul marosimlarida naqibning oliy hukmdordan chap tomonda
birinchi bo‘lib joy olishi naqibning dargohdagi yuksak martabasidan dalolat beradi.
Shuningdek, xon tomonidan chiqarilgan farmon va yorliqlarda ham naqibning nomi
birinchi bo‘lib zikr etilgan. Naqibga davlatning ichki va tashqi siyosati hamda harbiy
masalalarda oliy hukmdorning birinchi maslahatchisi sifatida qaralgan. Ayrim
hollarda harbiy muzokaralar uchun ham xon raqiblar tomonga o‘z naqibini
jo‘natgan.Harbiy yurishlarni uyushtirish, urushlarni davom ettirish yoki to‘xtatish,
raqib tomonning harbiy-strategik tomonlarini o‘rganish kabi vazifalar ham naqibga
yuklatilgan hamda xon uning maslahatlari bilan qaror qabul qilgan. Manbalarga
15 M.Bobur Boburnoma “Yulduzcha” nashriyoti, 1989
21
ko‘ra, naqiblarga o‘ta ma’suliyatli bo‘lgan elchilik vazifalari ham yuklatilgan.
Shayboniy hukmdorlari naqiblik lavozimiga asosan payg‘ambar avlodlari
hisoblangan sayidlar xonadoniga mansub shaxslarni tayinlaganlar.
Xon yasovuli lavozimidagi shaxslar sulola ichki munosabatlariga oid
bo‘ladigan tadbirlarni boshqarib turgan. Chunonchi, oliy hukmdor bilan shahzodalar
o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatilgan tartib asosida yo‘lga qo‘yish, xonning
shahzodalarni qabul qilishi, ularning arzlari, iltimoslarini xonga yetkazish kabi
tadbirlar shular jumlasidandir.Shayboniylar xonlari hayotida ovchilik muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan. Shuning uchun ham xon huzuridagi qushbegi yoki amiri
shikor lavozimi ma’suliyatli hisoblangan. Amiri shikorning vazifasi xon va
sultonlarning ovlarini uyushtirib turish bo‘lgan. Ov qilinadigan joy atrofidagi
qishloqlar aholisi o‘z ot-ulovi, qurol-aslahasi bilan kelib xon va sultonlarning ov
o‘tkazishlarida ularga yordam berish, ular qo‘nib qolganlarida qo‘noq hamda oziq-
ovqat bilan ta’minlash ishlari ham qushbegining vazifasi hisoblangan. Manba tili
bilan aytganda, “turli ovchi qushlar (lochin, burgut-E.B.), tozi itlar va boshqalar” ni
tayyorlash ham amiri shikorning zimmasida bo‘lgan. Davlat dargohidagi xavfsilikni
ta’minlash, ichki tartib qoidalar, keldi-ketdidan xabardorlik eshikog‘aboshi
lavozimidagi shahs zimmasida bo‘lgan. Ushbu mansab chap eshikog‘aboshi, o‘ng
eshikog‘aboshi, eshikog‘aboshi kabi lavozimlarga taqsilanib, bu xizmat vakillari
urush paytlarida oliy hukmdorning eng muhim harbiy topshiriqlarini ham bajarib
borganlar.Umuman olganda, A.Ziyo tadqiqotlariga ko‘ra, o‘sha zamonlarga xos
ravishda davlatning biror-bir xizmat idorasi, xizmat turi namoyondalari urush
paytlarida o‘zlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalariga qo‘shimcha ravishda harbiy
faoliyat bilan ham shug‘ullanib kelganlar.
Bu holatni miroxo‘r (oliy hukmdorga tegishli yilqi, ot-ulov, ularning
ta’minoti kabilarga mas’ul), shig‘ovul ( chet el elchilarini qabul qilish bo‘yicha
maxsus xizmat boshlig‘i), qushbegi, chuhraboshi (maxsus harbiy qism boshlig‘i),
bakovul, dasturxonchi kabi xizmatlar faoliyati orqali ham ko‘rishimiz mumkin.
YA’ni, ular o‘z idoraviy vazifalaridan tashqari harbiy yumushlarni ham bajarib
22
kelganlar. Mamlakatning siyosiy hayotida, davlat boshqaruvida harbiy ma’muriy
amaldorlar, yirik sarkardalar, qo‘shin boshliqlarining (umaro) ham o‘rni katta edi.
Dargohdagi harbiy ishlar bilaan bog‘liq chuhraboshi va qurchiboshi (qurol-
aslaha xizmati boshlig‘i) vazifalaridan tashqari jibachi, jarchi, qorovulbegi, tug‘begi
kabi xizmatlar ham bo‘lgan. Ichki va tashqi xavfni bartaraf etishda, yangi yerlarni
bosib olish uchun qilinadigan istilochilik yurishlarda qo‘shinlarning soni, harbiy
tayyorgarligi, qo‘shin boshliqlarining qo‘mondonlik mahorati kabilar katta ahamiyat
kasb etgan.Shayboniylar davlati boshqaruvida harbiy-ma’muriy amaldorlardan
tashqari, ulamolar, shayxlar va xojalarning ham mavqei katta bo‘lgan. Eng kuchli
hukmdorlar ham ulamolar bilan hisoblashishga majbur bo‘lganlar. XVI asrning
boshlarida Shayboniyxon yirik din peshvolarning davlat ishlariga siyosiy ta’sirini
anchagina pasaytirishga muvaffaq bo‘lgan va diniy hamda dunyoviy hokimiyatni
o‘z qo‘l ostida birlashtirgan edi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Buxoro xonliligining
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida, ayniqsa Buxoro shahrida yirik din
peshvolarining ta’siri yana kuchayadi. Bu davrda ayniqsa, Buxoro yaqinidagi
Jo‘ybor qishlog‘idan chiqqan xojalarning mavqei juda oshib ketadi.XVI asrning
o‘rtalaridan boshlab Jo‘ybor shayxlari oliy hukmdor taqdirini hal qilish darajasidagi
mavqega ko‘tariladilar. Qishloqlarda katta-katta yerlarga, shaharlarda esa yirik
ko‘chmas mulklarga ega bo‘lgan shayxlar yirik zodagonlar va amaldorlarga ham o‘z
ta’sirini o‘tkazganlar. Manbalarga ko‘ra, zabardast shayboniylar hukmdorlaridan
biri bo‘lgan Abdullaxon II ham avval Xoja Islom, keyin esa Xoja Sa’dlarning siyosiy
va xo‘jalik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘lgan.
Shayx-ul-islom16 ham jo‘ybor shayxlari xonadonidan saylangan. Din
peshvolari orasida shayx ul-islom, sadr, qozi kalon, mufti kabi diniy mansablarning
mavqei ancha yuqori bo‘lgan.
Harbiy qurilish va boshqaruv. Shayboniylar davlatida, siyosatida,
boshqaruv ishlarida yirik sarkardalar, qo‘shin boshliqlari, qo‘mondonlar va
16 Ahmedov.B. O‟zbekiston tarixi manbalari. Toshkent, 2001 yil
23
amirlarning harbiy mahorati katta ahamiyatga ega edi. Barcha shayboniy
hukmdorlari harbiy siyosatni Dashti Qipchoq o‘zbeklarining an’analariga asoslanib
olib borganlar hamda bu jarayonda zarur hollarda zudlik bilan to‘planadigan ko‘p
sonli qo‘shinlarga tayanganlar. Undan tashqari shayboniylar ichki va tashqi xavfni
bartaraf etishda, davlat sarhadlarini kengaytirish uchun qilinadigan yurishlarda
qo‘shinlarning soni, harbiy tayyorgarligi, jang usullari, qurol-yarog‘lar, qo‘shin
boshliqlarining harbiy mahorati kabilarga ham katta e’tibor qaratganlar.
Shayboniylar qo‘shini asosan qalb deb ataluvchi markaziy qism,
barong‘or (o‘ng qanot) va javong‘or(so‘l qanot) qismlaridan va hirovul
(qo‘shinning orqa qismi) dan tashkil topgan. Qo‘shin oldida manglay deb ataluvchi
harbiy qism yarim doira shaklida saf tortib borgan. Uning olidida esa tez
harakatlanuvchi kichik jangovor qism ilg‘or bo‘lgan.
Shuningdek, umumiy qo‘shin oldida qorovul deb ataluvchi maxsus qism,
qo‘shinning o‘ng va so‘l qanotlari oldida boruvchi kichik g‘o‘l deb nomlanuvchi
bo‘linmalar hamda qo‘shin ortidan boruvchi maxsus yordamchi bo‘linma-chanox
harakat qilgan.Qo‘shin tarkibida tug‘chi qism, ya’ni, bayroq ostida zahirada
turuvchi (tug‘ni qo‘riqlovchi) 20-30 ming kishilik jangovar harbiy bo‘linma hamda
zabongiri, ya’ni, dushman tomonidan “til” to‘tib keluvchi maxsus bo‘linma va
xabargiri-dushman to‘g‘risida ma’lumot keltiruvchi (razvedka) maxsus bo‘linmalar
ham bo‘lgan. Harbiy yurishlar paytida xon uchun rasmiy qabul marosimlari
o‘tkaziladigan joy-bargoh deb atalgan. Qo‘shinda saralangan o‘zbek navkarlaridan
tuzilgan xonning xos soqchilari ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Qo‘shinni
yig‘ish va yurishga tayyorlash, ularning maoshini to‘lash hamda boshqa tashkiliy
ishlar bilan maxsus amaldor-tavochi shug‘ullangan. Qo‘shinni qurol-yarog‘ bilan
ta’minlashga ma’sul bo‘lgan amaldor jevachi bo‘lib, u xonning qurol-aslahalariga
ham javobgar bo‘lgan. Xon va qo‘shin boshliqlarining alohida topshiriqlarini
bajaruvchi shahslar yasovul (Abdullaxon II davrida-muboshir) deb atalgan.
Xonning shahsi va saroyni qo‘riqlovchilar qurchi, xon bayrog‘ini ko‘tarib
yuruvchilar yalov bardor deb nomlangan.