O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
Kurs ishi
SHAYBONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA XIVA XONLIGI
Toshkent-2023
1
MUNDARIJA
KIRISh………………………………………………………………… 3
I–BOB. XIVA XONLIGIGA ASOS SOLINIShI VA DAVLATNI
MUSTAHKAMLASh UChUN KURASh (XVI–XVIII ASRLAR)
1.1. Xorazmda o‘zbek xonligining tashkil topishi vaqtidagi siyosiy ahvol.
Xiva shahrining poytaxt etib tanlanishi…………………….........................12
1.2. Arab
Muhammadxon
va
uning
avlodlari
davrida
xonlikning
mustahkamlanishi hamda siyosiy inqiroz oqibatlari.......................................25
II-BOB. XIVA XONLIGINING TASHQI SIYOSIY ALOQALARI VA
MADANIY HAYOTI
2.1. Xiva
xonligining
tashqi
siyosiy
aloqalari
boshlanishi……………………………………………………………..……36
2.2. Xiva
xonligida
ijtimoiy-iqtisodiy
va
madaniy
hayoti…………………………......................................................................48
XULOSA……………………………………………………………………57
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..60
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Istiqlol sharofati bilan tiklanayotgan qadriyatlar va
Vatanimiz tarixini xolisona o‘rganish bilan bog‘liq ijobiy jarayonlar milliy
o‘zligimizni anglash va mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chuqur
zamin
yaratmoqda.
O‘zbekistonning
istiqboldagi
taraqqiyoti
haqida
Prezidentimiz I.A.Karimov: “Avvalambor shu yurtda yashayotgan har qaysi inson
o‘zligini
anglashi,
qadimiy
tariximiz
va
boy
madaniyatimiz,
ulug‘
ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi tez o‘zgarayotgan
hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha
o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur”1, ― deb yozadi.
Mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi bo‘lgan Xiva xonligining 400 yildan
ziyodroq vaqt mobaynida mavjud bo‘lib turgan davrda o‘zbek davlatchiligi
boshqaruv
tizimi
va
milliy–madaniy
qadriyatlari,
an’analari
mujassamlashtirilgan, ayni paytda hududiy jihatdan o‘ziga xos jihatlari saqlab
qolingan. XVI asr boshlarida vujudga kelgan Xiva xonligida siyosiy, ijtimoiy–
iqtisodiy jarayonlar bilan bir qatorda, san’at, adabiyot, me’morchilik kabi sohalar
izchil
rivojlandi. “Xorazm
va
Xiva
tarixi,—
degandi
Prezidentimiz
I.A.Karimov,— xalqimizning yozuv, ilm-fan, san’at, madaniyat va ma’naviyat
sohalaridagi yuksalish bosqichlarini o‘zida mujassam etadi”2. Darhaqiqat Xiva
xonligida davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi bilan bir qatorda madaniyat
va ma’rifat, me’morchilik va san’at yuksalib bordi. Qo‘li gul ustalar betakror
me’moriy obidalar tikladilar, mahoratli hunarmandlar sopol, yog‘och, metalldan
noyob buyumlar yasadilar, adabiyot va san’at nomoyondalari yirik tarixiy va
badiiy asarlar, musiqa va raqs namunalarini ijod qildilar. Natijada
Shermuhammad Munis, Muhammadrizo Ogahiy, Muhammad Rahimxon Feruz,
Muhammad Yusuf Bayoniy kabi Xorazmlik allomalarning hayoti va ijodiy
faoliyati Xiva xonligi tarixini butun dunyoga ko‘z-ko‘z qilishga zamin yaratdi.1
1 1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – B. 17.
2 Karimov I.A. Xiva shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi //
Asarlar. 6–jild. — Toshkent: O‘zbekiston, 1998. — 375–bet.
3
“Ayniqsa, Xorazmning shonli tarixi bizda o‘tmish merosimiz bilan haqli
ravishda faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadi,― degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov.
― Chunki Xorazm tarixi o‘zbek davlatchiligi tarixining uzviy qismidir, uning
qudrati va qadimiyligi timsolidir. Ana shu bebaho meros bugungi avlod
zimmasiga buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lishdek ulkan mas’uliyat ham
yuklaydi”1.
O‘zbek davlatchiligi tarixida Xiva xonligining ham o‘rni bor. O‘z davlat
hujjatlarini o‘zbek tilida olib borgan mazkur davlat tarixining siyosiy jihatlarini
(aspekti) o‘rganish o‘zbek davlatchiligi tarixini yoritishdagi muhim vazifa
hisoblanadi. “Madomiki, o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat olgan xalqni
yengib bo‘lmas ekan,— degandi Prezidentimiz I.A.Karimov,— biz tariximizni
tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur.
Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur”2. Mamlakatimizning
istiqboldagi taraqqiyoti asoslariga qaratilgan ushbu muhim fikrlar biz tanlagan
dissertatsiya mavzusining o‘ta dolzarb ekanligini ham tasdiqlaydi.
Tadqiqotning davriy chegarasi. Kurs ishining xronologik chegarasi
sifatida 1511-1770 yillar voqealari tanlandi. Bu davplarda Xorazm hududidagi
siyosiy birlashma goh markazlashgan kuchli qudratli davlat sifatida namoyon
bo‘lgan bo‘lsa, ba’zan qo‘shni davlatlarga qaram, vassal davlat sifatida faoliyat
olib bordi. XVI asr boshlariga qadar parchalangan, qaram hudud bo‘lib kelgan
Xorazmda ko‘chmanchi o‘zbeklar yordamida yangi mustaqil davlat tiklanganligi
ham ilmiy ishimizning xronologik chegarasini shunday belgilashimizni taqozo
qildi.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Xiva xonligi tarixida bo‘lib o‘tgan
siyosiy jarayonlar besh asrga yaqin davrni o‘z ichiga oladi hamda uning
manbashunosligi va tarixshunosligi masalasi alohida bir tadqiqot yo‘nalishini
tashkil qiladi. Xiva xonligi tarixini o‘rganishga birinchi navbatda mahalliy
tarixchilar jiddiy e’tibor qaratishgan. Ular orasida Xivada yashagan va xonlikda
amalga oshirilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy jarayonlarning shaxsan guvohi
bo‘lgan, Abulg‘ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Komyobning ilmiy
4
merosi muhim o‘rin egallaydi.
Xorazm tarixnavislik maktabining asoschisi haqli ravishda Abulg‘ozi
Bahodirxon hisoblanadi. Uning “Shajarayi turk” va “Shajarayi tarokima” asarlari
Xiva xonligining XVI-XVII asrlar tarixini o‘rganishda muhim manba
hisoblanadi. Uning asarlaridagi ma’lumotlar xonlikning siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va etnik jarayonlari masalalariga tegishlidir.
“Firdavs ul-iqbol” nomli asar muallifi bo‘lgan Munis Xorazmiy Abulg‘ozi
Bahodirxondan keyin Xorazm tarixini xronologik asosda yozgan yirik muarrix
hisoblanadi8. Uning qo‘lyozmalari voqea va hodisalar bayoniga xolisona
yoshdoshganligi hamda yoritilayotgan voqealarning haqqoniyligiga erishganligi
bilan ajralib turadi. Munis tarixiy voqealar va Xiva xonlari shajarasini 1812
yilgacha yoritgan9. Muarrixning 1829 yilda vafot qilishi natijasida to‘xtab qolgan
ishlarni jiyani Muhammadrizo Ogahiy davom ettirgan.
Ogahiy “Firdavs ul-iqbol”ning 2–qismini yakunlagandan keyin «Riyoz ud-
davla” (“Baxt saodat bog‘lari”)1, “Zubdat ut–tavorix” (“Tarixlar qaymog‘i”)2,
“Jomi’ ul-voqeoti sultoniy” (“Sulton voqealari yig‘indisi”)3, “Gulshani davlat”
(“Davlat gulshani”)4, “Shohidu–l–iqbol” (“Iqbol shohidi”)5 kabi tarixiy asarlar
yozgan. Ularda 1813–1872 yillar oralig‘idagi xonlik hayoti, yirik siyosiy arboblar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar xronologik tarzda mohirona joylashtirilgan6.2
“Munis va Ogahiyning asarlari adabiy va tarixiy asar sifatida biroz
nuqsonlari bo‘lsada,— deb yozgandi akademik V.V.Bartold,— bu asarlar
bayonotining mukammalligi va haqiqiy materiallarning miqdori jihatidan Buxoro
va Qo‘qon xonliklarining tarixiga doir bizning davrimizgacha saqlanib kelgan
2 1 Ogahiy Muhammadrizo mirob. Riyoz ud-davlat // Qo‘lyozma. O‘zR. FAShI. ― № 821/II, 5364/II, 7474.
Yana qarang: Miyan Buzruk. O‘zbek tarixiga oid to‘rt muhim kitob. – B. 57-61; Izvlecheniya iz “Riyaz ad-davla”
A.K.Borovkova / MITT. – T. II. ― M.,–L. 1938. – S. 427-475.
2 Ogahiy Muhammadrizo mirob. Zubdat ut-tavorix // Qo‘lyozma. O‘zR. FAShI. ― № 821/III. Yana qarang:
Miyan Buzruk. O‘zbek tarixiga oid to‘rt muhim kitob. – B. 57-61; Izvlecheniya iz “Zubdat at-tavorix” Z.Aksakova
/ MITT. – T. II. ― S. 477-499.
3 Ogahiy Muhammadrizo mirob. Riyoz ud-davla // Qo‘lyozma. O‘zR. FAShI. ― № 9786. Yana qarang:
Izvlechenie iz “Djame al-vakeat-i sultani” / Materialы po istorii turkmen i Turkmenii (MITT). — T. II.
– S. 500-558; Ogahiy asarlarining tavsifi (katalog. № 28-30).
4 Ogahiy Muhammadrizo mirob. Gulshani davlat // Qo‘lyozma. O‘zR. FAShI. – № 7572; Yana qarang:
Sultonova Q. “Gulshani davlat” muhim adabiy manba. Filol. fan. nom. … diss. ― Toshkent, 1993.
5 Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy. Shohidu–l iqbol. ― Toshkent: Muharrir, 2009. – 335 b.
5
,
hamma asarlardan ustun turadi”.
Xiva xonligi tarixini to‘laqonli yoritishga intilgan muarrixlar orasida
shubhasiz Muhammad Yusuf Abdulkarimbek o‘g‘li Bayoniy yuqori o‘rinlardan
birini egallaydi. 1911 yilda Xiva xoni Asfandiyorxon amaldor Avazberdi eshon
o‘g‘li Tolib xo‘ja tavsiyasi bilan Bayoniyga buyuk Munis va Ogahiydan meros
qolgan ishlarni davom ettirish hamda xonlik tarixini yangi avlod tushunadigan
tilda yozishni buyuradi. Natijada 1914 yilda 16 bobdan iborat katta tarixiy asar
yaratiladi. Unda bashariyatning vujudga kelishidan tortib, to XX asr
boshlarigacha bo‘lgan davrda Xorazm zaminida ro‘y bergan voqealar aks
ettiriladi. Keyinchalik muallif o‘z izlanishlarini davom qildirgan bo‘lsa–da, 1923
yildagi vafoti oqibatida, mo‘ljallagan rejalari amalga oshmasdan qolgan.
Bayoniyning 508 varaqdan iborat “Shajarayi Xorazmshohiy” asari qo‘lyozmasini
o‘rgangan akademik Muhammadjon Yo‘ldoshev shunday deb yozgandi: “Bu asar
bayonotining mukammalligi va haqiqiy materiallarning ko‘pligi jihatidan Munis
va Ogahiyning ko‘p tomlik qo‘lyozmalaridan ko‘p marta ustun turadi”3.1.
Bayoniyning zamondoshi bo‘lgan Sayyid Homid to‘ra Komyob ham
o‘zining “Tavorix ul-xavonin” (“Xonlar tarixi”)2 asarida Xiva xonligi siyosiy
tarixidan o‘rin olgan yirik arboblarning hayotini yoritgan.
Yuqorida tilga olingan xorazmlik solnomachilar va muarrixlar asarlarida:
Xiva xonligining ma’muriy boshqaruv tizimi, unvon va mansablar; yerga egalik
munosabatlari; sug‘orish ishlari; soliq masalalari; jug‘rofiy ma’lumotlar; qo‘shni
davlatlar bilan elchilik va savdo–sotiq aloqalari; qoraqalpoqlar bilan
munosabatlarga aniqlik kirituvchi faktlar; xonlik aholisining etnik tarkibi va
etnomadaniy jarayonlar, obodonchilik masalalari, madaniy hayotga doir noyob
ma’lumotlar bor.
Xiva xonligi tarixini o‘rganish va yoritishga rus hamda ingliz tadqiqotchilari
katta hissa qo‘shganlar. Ularning ayrimlari sayyoh va diplomat sifatida xonlik
3 1 Yo‘ldoshev M. Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi. ― Toshkent: O‘zdavnashr, 1959.
– B. 70.
2 Sayyid Homidjon to‘ra Komyob. Tavorix ul-xavonin. — Toshkent: Akademiya, 2002. – 116 b.
6
hududlariga kelgan vaqtda yo‘llar, quduq, manzil- makonlar, istehkomlarni
sinchkovlik bilan kuzatib, barcha belgilarni eslab qolishga harakat qilganlar.
Natijada Xiva xonligi haqidagi josuslik ma’lumotlari to‘plana boshlangan va
ulardan kelgusida amalga oshiriladigan harbiy maqsadlarda keng foydalanilgan.
Bunday manbalar qatoriga Rossiyadagi ingliz savdo agenti A.Jenkinsonning
xotiralari A.Bekovich–Cherkasskiy harbiy ekspeditsiyasi haqidagi ma’lumotlar
harbiy vrach Blankennagel1 va kapitan N.Muravevning sayohati tafsilotlari hamda
podpolkovnik G.I.Danilevskiy va polkovnik N.P.Ignatev ekspeditsiyalarining
hisobotlari kiradi. Ularning diplomatik niqoblar ostidagi barcha harakatlarida
josuslik ma’lumotlari to‘plashga uringanliklari ko‘rinib turadi.
Xiva xonligi tarixini o‘rganishni yangi sahifasi chor Rossiyasi bosqinidan
keyin boshlandi. Ruslar bilan Xivaga kelgan sharqshunos A.L.Kun,
Y e .Jelyabujskiy, general-leytenantlar V.N.Troskiy, M.A.Terentev, shuningdek
polkovniklar
L.F.Kostenko,
F.I.Lobыsevich, K.Abaza,
V.Lobachevskiy,
A.Shepelev amerikalik jurnalist A.Ya.Mak- Gaxan o‘zlarining taassurotlari
asosida yozgan asarlarida qiziqarli tarixiy ma’lumotlar uchraydi.
Xiva xonligi tarixini haqqoniy yoritish ishiga taniqli rus olimlaridan
akademik V.V.Bartold katta hissa qo‘shdi. Uning qalamiga mansub asarlarda
Xorazm tarixining ko‘plab sahifalari xolisona yoritildi9. Bundan tashqari,
V.V.Bartoldning shaxsiy fondidagi (68–fond) hujjatlar orasida Xiva shahri tarixi
va xonlikning hayotiga oid 200 varaqdan ko‘proq noyob materiallar saqlanmoqda.
Xiva xonligi tarixini yoritishda 1914 yildan Rossiya Fanlar akademiyasi
muxbir a’zosi Nikolay Ivanovich Veselovskiy (1848–1918) ning xizmatlari
alohida tahsinga sazovordir. 1873 yilda Peterburg universitetini tugatgan
tadqiqotchi uzoq yillar olib borgan izlanishlaridan keyin, magistrlik
dissertatsiyasi matni asosida “Xiva xonligi haqida qadim zamonlardan hozirgacha
tarixiy-geografik ma’lumotlar4 ”11 nomli kitobini nashr qildirdi. Shu bilan bir
qatorda u o‘z asarida Xorazm vohasi va Xiva xonligi tarixiga oid to‘plangan
4 11 Veselovskiy. N.I. Ocherki istoriko-geograficheskix svedeniy o Xivinskom xanstve ot drevshix vremen do
nastoyaщego. — SPb., 1877. – S. 7.
7
ma’lumotlarning yetarli darajada emasligini ta’kidlagan. Keyingi yillarda
Turkiston hayoti bilan bevosita tanishgan prof. N.I.Veselovskiy o‘zining bir qator
tadqiqotlari natijalarini nashr qildirishga erishdi1.
Xiva xonligining Rossiya bilan olib borgan 300 yillik savdo-sotiq va
diplomatlik munosabatlari sahifalari prof. S.V.Jukovskiyning 1915 yilda nashr
qilingan asaridan o‘rin egalladi. Mazkur rus olimining ushbu asari biroz
shovinistik qarashlardan xolis bo‘lmasada Xiva xonligi tarixini yoritishda juda
katta ahamiyat kasb etadi.
Sho‘rolar davrida Xiva xonligi tarixini o‘rganish ishiga Ya.G‘.G‘ulomov,
P.P.Ivanov,
M.Yo‘ldoshev,
O.Sodiqov,
I.V.Pogorelskiy,
G‘.Napesov,
Q.Muhammadberdiev, N.Qalandarov, T.G.To‘xtametov kabi olimlar ham katta
hissa qo‘shdilar. O‘z davrida arxivlarda saqlangan xujjatlarni o‘rgangan va ularni
taxlil qilish asosida ilmiy asarlar yozgan mazkur olimlar ob’ektiv voqelikni
yoritishga erishganlar.
Manbalar va ilmiy adabiyotning bir turkumi Xivaning qo‘shni mamlakatlar
bilan olib borilgan munosabatlari va aloqalariga bag‘ishlangan. Xivaning xalqaro
miqyosidagi faoliyati va o‘rnini ko‘rsatish uchun ulardan keng foydalanildi. Xiva
xonligini qo‘shni davlatlar, jumladan, Eron, Rossiya, Buxoro va Qo‘qon xonligi
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning ayrim jihatlarini aks ettirgan ilmiy adabiyotlarda4
Xiva xonligi va Eronning ichki siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti; ikki davlatning
o‘zaro siyosiy aloqalari; iqtisodiy aloqalar; ikki davlatning etnomadaniy
hayotida yuz bergan jarayonlar hamda o‘zaro aloqalarga xizmat qilgan karvon
yo‘llari tarixi yoritiladi.
Chor Rossiyasiga qaramligi davrida Xiva xonligida yashagan turkman va
qoraqalpoq xalqlari tarixini chuqur o‘rgangan taniqli tadqiqotchi Yu.E.Bregel1
keyingi yillarda, yuqorida ta’kidlanganidek, AQSh ning Blumington universiteti
qoshidagi Ichki Osiyo instituti direktori lavozimida ishladi. Shu davrda uning
sa’yii-harakatlari bilan Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” (1988) nomli
asari to‘laqonli ravishda nashr etildi2 hamda “Musulmon Markaziy Osiyosi”3
nomli fundamental bibliografik ma’lumotnoma va bir qator maqolalar nashr
8
qilindi4.
Xiva xonlarining qoraqalpoqlar bilan munosabatlarini yoritish masalasiga
akademik S.Kamalov ulkan hissa qo‘shdi. U 1953 yilda “Xiva xonligidagi
qoraqalpoqlar Rossiyaga qo‘shib olinishidan oldin (1800-1873 yy.)” mavzusida
nomzodlik va 1969 yilda “Qoraqalpoqlar XVIII-XIX asrlarda (Rossiya va O‘rta
Osiyo xonliklari bilan munosabatlari tarixidan)” mavzusida doktorlik
dissertatsiyasini himoya qildi. Keyingi yillarda olimning “Qoraqalpoqlarning XIX
asrda Xiva xonlariga qarshi
xalq ozodlik harakatlari”, “Xorazm vohasi
xalqlarining do‘stligi haqida”, “XVIII asrdagi qoraqalpoq – rus munosabatlari”
kabi nomli maqolalari nashrdan chiqdi va ulardan biz dissertatsiya ishimizda
foydalanishga harakat qildik.
Akademik S.Kamalovning ijodiy faoliyati ayniqsa mustaqillik yillarida
sermahsul bo‘ldi. Shu davrda uning Xiva xoni va uning amaldorlari zulmiga
qarshi xalq ozodlik harakatlari va qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanishi
bilan bog‘liq bir qator monografiya va maqolalari e’lon qilindi
Bundan tashqari so‘nggi yillarda “O‘zbekistonning yangi tarixi” nashrining
“Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida” nomli birinchi kitobida,
O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti tomonidan “Mustabid tuzumning
O‘zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari”.51
nomli kitobning yozilishi katta ahamiyatga ega.
Mavzuni yoritishda O.Qo‘shjonov va N.Polvonovning “Xorazmdagi
ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va harakatlar”2 nomli monografiyasi muhim rol
o‘ynadi. Unda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragidagi
Xorazm vohasidagi ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar arxiv hujjatlari,
qo‘lyozma asarlar, xotiralar va boshqa manbalar asosida yoritilgan. Asarning
muhim jihati shundaki, unda tarixshunoslik va manbashunoslik masalalariga
alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ayrim mualliflarning asarlarida yo‘l qo‘yilgan
5 1 Mustabid
tuzumning O‘zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari (1865–1990
yillar). ― Toshkent: Sharq, 2000.
2 Qo‘shjonov O., Polvonov N.. Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va harakatlar. ― Toshkent: Abu matbuot-
konsalt MChJ, 2007. – 387 b.
9
kamchiliklar va xatolar tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.
Xiva
xonligi
tarixi
yoritilgan
yangi
nashrlar
orasida
professor
O.Masharipovning “Xorazmnoma” rusumidagi uchinchi kitobi muhim o‘rin
egallaydi. Unda Xorazmda XIV asrning ikkinchi yarmidan XX asrning
boshlarigacha bo‘lgan davrdagi ijtimoiy – siyosiy, madaniy hayotga oid yangi
ma’lumotlar berilgan3.
Mavzuning o‘rganilish darajasi tahlili shuni ko‘rsatdiki, Xiva xonligi tarixini
tashkil topgandan to tugatilgungacha bo‘lgan davri, undagi siyosiy jarayonlar
alohida tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilmagan. Shu sababli, o‘ta murakkab
bo‘lsa–da, Xiva xonligi tarixining ayrim qirralarini oydinlashtirish mazkur
tadqiqotning asosiy vazifalari va maqsadining shakllanishiga turtki bo‘ldi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Xiva xonligi tarixining siyosiy
qirralarini yaxlitlikda manbalar asosida chuqurroq o‘rganish va xolisona yoritish
asosiy maqsad qilib qo‘yildi. Tadqiqot jarayonida quyidagi muammolarni hal
qilish asosiy vazifalar qilib belgilandi va ular tubandagi qismlarga bo‘lib
yoritildi:
— XVI asr boshlarida Xorazmdagi siyosiy vaziyatni tahlil qilish;
— Xorazmda o‘zbeklar boshqaruv tizimining o‘rnatilishi va Xiva
shahrining poytaxt etib tanlanishi muammosini yechishga harakat etish;
— Xiva xonligi tarixida Arab Muhammadxon va uning avlodlari ma’muriy
boshqaruv hamda davlatni mustahkamlash sohasidagi xizmatlarini dalillar
asosida ko‘rsatish;
—
Xiva xonligining Rossiya, Eron va Buxoro bilan tashqi munosabatlari
sahifalarini yoritish;
— Qo‘ng‘irotlar
sulolasining
hokimiyatni
egallashi
sabablarini manbalar asosida yanada aniqlashtirish;
—
Xivaning
qo‘ng‘irotlar
davrida
qo‘shni mamlakatlar bilan
munosabatlarini tahlil etish;
— Xivaning qo‘ng‘irotlar davrida qoraqalpoqlar bilan o‘zaro aloqalari
tarixiga ba’zi chizgilar berish;
10
— XIX asr boshlarida Xiva xonligi siyosiy va iqtisodiy yuksalishining
ob’ektiv ham sub’ektiv sabablarini aniqlash;
— Xiva xonligining chor Rossiyasi tomonidan istilo qilinishi va yarim
mustamlaka davlatga aylantirilishi sabablari va oqibatlarini ko‘rsatish;
— XIX asrning oxirgi choragida Xiva xonligidagi ijtimoiy–iqtisodiy va
madaniy ahvolni tafsiflash;
— Xiva xonligida iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar va ularning natijalarini
ko‘rsatish;
— Xiva xonligida siyosiy munosabatlarning keskinlashishi va xonlikning
tugatilishi sabablarini yangi davr xujjatlari asosida o‘rganish va boshqalar.
Kurs ishining nazariy-uslubiy asoslari: Kurs ishining materialari
tarixiylik, haqqoniylik prinsiplari, tadqiqotni tarixiy solishtirish, statistik, analiz
va umumlashtirish usullari tashkil etadi. Milliy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘orilgan
umuminsoniy qadriyatlar tadqiqotning asosiy yo‘nalishi bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, tadqiqotlar davomida tarix fanining davriylik, uzviylik, mantiqiy
qiyoslash, taqqoslash, haqchillik kabi tamoyillariga amal qilindi.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalardan
kelib chiqqan holda kirish, ikki bob, to’rt paragrif, xulosa, va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
11
I–BOB. XIVA XONLIGIGA ASOS SOLINIShI VA
DAVLATNI MUSTAHKAMLASh UChUN KURASh
(XVI – XVIII asrning 60–yillari)
1.1. Xorazmda o‘zbek xonligining tashkil topishi. Xiva
shahrining poytaxt etib tanlanishi
Mo‘g‘ullar davrida bo‘lib tashlangan, Temuriylar davrida goh Samarqand,
goho Xurosonga bo‘ysungan Xorazm ahli ko‘chmanchi o‘zbeklar (1505) va Eron
qizilboshlari (1510) bosqiniga duch kelib, Shaybonixon vafotidan so‘ng tez orada
ozodlik uchun kurashni boshladi1.
Xorazm vohasi va uning atroflaridagi hududlarda xalq ozodlik harakati 1511
yilda boshlandi. Vazir shahri ulamolari madad so‘rab Abul Mansur Elbarsxon ibn
Berke sulton o‘g‘liga murojaat qildilar. O‘zbeklarning shaharga yaqinlashib
kelayotganidan xabar topgan aholi kechasi qizilboshlarni o‘ldira boshladilar.
G‘alaba haqida Abulg‘ozi shunday yozadi: “Ulug‘ to‘y qilib, o‘zbek va sart
barchasi yig‘ilib, ittifoq bilan tarix to‘qqiz yuz o‘n birda va qo‘y yilinda
Elbarsxonni xon ko‘tardilar”2. Vazirga qaram Yangi shaharga Bilbars, Tirsakka
esa yana bir o‘zbek hokim etib tayinlandi. Elbars va Bilbars Jo‘jining beshinchi
o‘g‘li Shaybonning vorisi Arabshoh avlodlaridan bo‘lganligi bois ularning xonlik
sulolasi Arabshohlar deb ham nom oldi.
O‘zbek xonligi tashkil etilib, oradan uch oy o‘tgach, Elbars Urganchni
egallash maqsadida qo‘shin tortib keldi. Shahardan yarim farsax masofada6
bo‘lgan jangda Elbarsxonning qo‘li ustun kelib, hokim Subxonquli boshliq
qizilboshlar va ularning ittifoqchilari yengildi. Urganchni egallagan Elbarsxon
Dashtda qolgan Yodgorxon o‘g‘lonlariga chopar jo‘natdi. Oradan sal vaqt o‘tib,
Abulaqxonning bir o‘g‘li va Amnakxonning olti o‘g‘li eldoshlari bilan birga
Xorazmga keldilar. Ularning kuchiga tayangan Elbarsxon qisqa muddatda Xiva,
Hazorasp, Katni oldi. Kelajakda inisi Bilbars lashkarlari ko‘magida Elbarsxon
Xurosonning Mahnacha va Durun degan yerlari hamda turkmanlarning Abulxon
6 1 Munirov Q. Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari. — Toshkent Fan, 1960. – B. 6.
2 Abulg‘ozi Bahodirxon. Shajarayi turk. — Toshkent: Cho‘lpon, 1992. – B. 121.
12
va Mang‘ishloq hududlariga tez-tez bosqinchilik yurishlari qilib turdi. Shunday
qilib, Elbarsxon davrida davlatning siyosiy geografiyasi shakllanib, janubda
Xuroson, shimolda Orol, g‘arbda Kaspiy, sharqda Buxoro xonliklari bilan
chegaradosh bo‘ldi1.
Xorazmga kelib joylasha boshlagan o‘zbek urug‘–qabilalari vakillari turk-
mo‘g‘ul an’analariga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etib, xonlikning
ijtimoiy-siyosiy holatiga katta ta’sir eta boshlashdi. Bu davrda o‘z hududlarini
kengaytirish va daromadliroq mulklarni egallashga intilgan o‘zbek sultonlari
o‘rtasidagi o‘zaro kurashni avj oldirishga turtki bo‘lgan udel–mulk tizimining
salbiy jihatlari yaqqol qo‘zga ko‘rina boshladi. Akademik Ya.G‘ulomov to‘g‘ri
ta’kidlaganidek, boshqaruvning udel tizimi birlashishga yordam berish o‘rniga
Xorazmdek hosildor mamlakat xo‘jaligining tushkinlikka uchrashiga olib kelgan
edi2.7
1516 yilda Elbarsxonning vafotidan keyin farzandlari o‘rtasida taxt va
mansab uchun kurash boshlandi. Bu davrda Yodgorxonning nabiralari orasida
Berkening o‘g‘li Sultonhojidan yoshi ulug‘i yo‘q edi. Shu bois uni Vazirga
keltirib, xon qilib ko‘tardilar. Sultonhojining qo‘shini oz bo‘lib, atrofdagi
dushmanlariga qaqshatqich zarba bera olmadi. Uning vafotidan keyin esa taxtga
Abulakxon o‘g‘li Hasanquli ko‘tarildi. Endilikda yangi xon taxti Vazirda emas,
balki Urganchda joylashgandi. Shu davrga qadar Urganchda ark bo‘lmagan.
Eshsulton degan amaldor shahar arkini qurdirgan.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, barcha o‘zbek sultonlari Urganchga xujum
uyushtirib, qamal qildilar. “Urganch ulug‘ shahar,— deb yozgandi Abulg‘ozi. —
Tez-o‘q qahatlik bo‘la qoldi. Bir eshakning kallasi qirq-ellik tanga bo‘ldi,
topilmadi”3. O‘ta og‘ir muhtojlikni boshidan kechirgan Urganch aholisi 4 oy
davomidagi qamaldan so‘ng taslim bo‘ldi. Shahar olingach, Hasanquli va uning
katta o‘g‘li Bilol Sulton o‘ldirildi.
7 1 Qarang: Abulgazi. Texte. Perevod Sablukova (18161 g.)..— Kazan, 1897. – P. 225-227..
2 Gulyamov Ya. Istoriya orosheniya Xorezma … – S. 190-191.
3 Abulg‘ozi Bahodirxon. Shajarayi turk. — Toshkent: Cho‘lpon, 1992. – B.125.
13
Urganchda So‘fiyon xon deb e’lon qilindi. Vazir, Yangishahar, Tirsak,
Xuroson, Durun, Mang‘ishloq turkmanlarining ko‘pgina ovullarini boshqarish
Sultong‘ozi boshliq Berke sulton nabiralariga topshirildi. Amudaryoga yaqin
Xiva, Hazorasp, Kat, Bo‘ldumsoz va Ingichka, Kopettog‘ yon bag‘ridagi
Bog‘obod, Nisoy, Obivard, Chahordeh, Mahna, Chacha aholisi hamda daryo
irmoqlari bo‘yida o‘tirgan Abulxon va Dehistondagi turkmanlar Amnakxonning
to‘rt o‘g‘li tomonidan bo‘lib olindi. Xon topshirig‘i bilan barcha amaldorlar soliq
yig‘ishi va poytaxtga yuborib turishi lozim edi.
Xorazmda vatan tutgan o‘zbeklar hukmdorlari bilan turkmanlar orasidagi
munosabatlar asta-sekin keskinlashib bordi. Ayniqsa esari, adaqli, xizir, ali eli,
tevachi kabi turkman urug‘lari oqsoqollari elati gardaniga yuklangan soliqlardan
norozi edilar. Sababi katta–kichik elatlarga soliq to‘plash uchun yuborilayotgan
amaldorlarning soni 40 dan oshib, ularning xarxashasi haddan tashqari ko‘payib
ketdi. Soliq yig‘uvchilarning o‘ldirilgani haqidagi xabar So‘fiyonning to‘rt inisi
bilan turkmanlar ustiga qo‘shin tortishiga turtki bo‘ldi. Ersari elatiga yetib kelgan
Sufiyon qo‘shinlari aholining katta-yu–kichigini ayamasdan qira boshladi.
O‘ldirilgan 40 o‘zbeklar xuni uchun turkmanlarga 40 ming qo‘y o‘lpon to‘lash
majburiyati yuklandi38
1522 yilda So‘fiyonxon vafot qilgach, Urganchdagi
xon
taxtiga
Buchg‘axonni keltirib o‘tqazdilar. Uning davrida Buxoro xonligi lashkarlarining
Eron hududlariga ko‘plab yurish qilganligi sababli Eron shohi Tahmosp
Buchg‘axon bilan yaqin qarindosh tutinish uchun uning akasi So‘fiyonning
Oyshabegi ismli bo‘yi yetgan qiziga uylandi. Bu Eron va Xorazm o‘rtasidagi
munosabatni yaxshiladi.
Buchg‘axon 1526 yilda vafot etgach, Urganch taxti Avanishxon qo‘liga
o‘tdi. Urganchga kelgan Durun hokimi Muhammadg‘ozining Avanishxonning
katta o‘g‘li Dinmuhammad tomonidan o‘ldirilganligi Amnakxonning o‘g‘illari
hamda Elbarsxonning avlodlari o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvga sabab bo‘ldi.
8 3 Firdavs al-Ikbal. Sochinenie Munisa i Agaxi. // MITT.― T. II. – S. 324-325.
14
Avanishxon Vazir yaqinidagi Qumkend degan joyda Sultong‘ozining
tarafdorlarini yengdi va Elbarsxon avlodidan bo‘lgan 16 ta xonni o‘ldirdi.
Qarindoshlari bilan Buxoroga ketgan Sultong‘ozining katta o‘g‘li Umarg‘ozi
ukasi Sherg‘ozi bilan birga, Ubaydullaxon saroyida tarbiyalana boshladi, ular
biroz ulg‘aygach, otalari mulkiga da’vogarlik qildilar. Vaziyatdan foydalangan
Ubaydullaxon Toshkentdan Baroqxon, Samarqanddan Juvanmardxon, Hisordan
Hamza Mahdiy sultonning lashkarlarini Buxoroga to‘pladi. 1538 yilda Buxoro
qo‘shinlari kelayotganidan xabar topgan Xiva va Hazoraspda o‘tirgan
Amnakxonning o‘g‘illari Avanishxonning oldiga qochib bordilar. O‘z navbatida,
xon Urganchni tark etib, Ustyurt tomon jo‘nadi. Orqasidan yetib kelgan qo‘shin
Avanishxonni Bayot qiri etagida asirga oldi. Ubaydullaxon uni Umarg‘oziga
berdi va u o‘ch olish niyatida Avanishxonni o‘ldirdi.
Ubaydullaxon Urganchni boshqarishni o‘g‘li Abdulazizga topshirdi. Yangi
hukmdor bilan birga to‘rt qismga ajratilgan o‘zbek urug‘larini boshqarish uchun
Hisor, Samarqand, Toshkent to‘ralari va Buxoro amaldorlari qoldirildi.
Ubaydullaxon o‘zi bilan Aqatoyning bir gala xotin bola chaqalarini ham olib
ketdi. Ammo ulardan biri — 18 yashar Hojimxon Xorazmda yashirinib qoldi.
Kelgusida u Durun hokimi Dinmuhammad bilan maslahatni o‘rtaga qo‘yib,
Urganchga yurish rejasini tuzdi. Lashkar Qurdush degan joyga kelganida unga
xizir eli, adoqli turkmanlaridan 1000 kishi qo‘shildi. Shahar olingach, dorug‘a va
uning o‘nga yaqin amaldori qatl etildi. Hazorasp dorug‘asi qochdi. Ushbu
voqealardan xabar topgan Abdulaziz ham Urganchni tark etib, otasi oldiga
shoshildi.
Buxoro xoni Ubaydulla 40 ming lashkarlik katta qo‘shinni Xorazmga
jo‘natdi.
Buxoroliklar
Hazoraspni
egalladi
degan
xabarni
eshitgan
Dinmuhammad o‘zining 3 ming kishilik qo‘shini bilan jangga kirishni niyat qildi.
“Buxoro qo‘shinlari kunduzi dam oladi va kechalari yuradi”1 degan ma’lumot
asosida Shikast ko‘li yaqinidagi yo‘lning ikki yoqasida pistirma qo‘ygan
Dinmuhammad va Yusuf sultonning lashkarlari buxoroliklar ustiga qo‘qqisdan
xujum qilib, bosqinchilarning ustidan g‘alaba qozondi. Asir olingan Buxoro
15
amaldorlari Xorazmdan haydab ketilgan barcha o‘zbek sultonlari va oila
a’zolarini qaytarishga va’da berdilar. Ularni olib kelish vazifasi Hojimxonga
topshirildi2.
Buxoroga borgan Hojimxonni Ubaydullaxon yaxshi qabul qildi, otasi va
qarindoshlarini
olib
ketishga
ruxsat
berdi3.
Undan
keyin
Hojimxon
Samarqanddan Jumanmardxon va Hisordan Kolxon hamda uning otasi
Aqatoyxonni olib, Urganchga qaytdi. 1547 yili Urganchda xon taxtiga ko‘tarilgan
Kolxon zamoni tinch va obodonchilik davri bo‘ldi. “Kolxon xon bo‘ldi, bir pulga
bir non bo‘ldi dedilar’9,— deb yozgan Abulg‘ozi.
Kolxon otasi Aqatoyxonni Vazirga hokim qilib tayinladi. Xiva va Hazoraspni
boshqarish Buchg‘axonning o‘g‘illari Esh va Do‘stga berildi. Ammo vaqt yetib
ulg‘aygan Amnakxonning nabiralari orasida birlik bo‘lmadi. Ular bir–biriga xavf
tug‘dirib, ayrimlari Buxoroga qochib ketdilar.
Bu vaqtda Buxoroda So‘fyonxonning Yunus ismli o‘g‘li ham bor edi.
“Yunusxon aqlli va juvonmard va g‘ayur, yorliqi qatti kishi erdi”1,— deb
yozgandi u haqda Abulg‘ozi. Yunusxon Mang‘it hokimi Ismoilbiyga kuyov
bo‘lib, 1556 yilda qaynotamni ko‘rib kelaman deb 40 yigiti bilan Xorazmga yo‘l
oldi. To‘q qal’asiga yaqin kelgan Yunusxon Urganch shahri devorlarini ko‘rdi.
Kun botgach, uning yigitlari shahar qal’asi devorlarini mash’ala ko‘tarib
qo‘riqlayotgan soqchilardan bir nechtasini o‘ldirib, shahar ichiga kirdilar.
Nochor ahvolga tushib qolgan shahar hokimi Mahmud sulton Vazirga qochib,
Aqatoyxon huzuriga bordi. Aqatoyxon qo‘shini Urganchga kelgach esa,
Najmiddin Kubro maqbarasi yaqinida qonli jang bo‘ldi. Unda yengilgan
Aqatoyxon o‘ldirildi va jasadi Vazirga jo‘natildi. Aqatoyning katta o‘g‘li
Hojimxon Xurosondagi ukalari bilan askar yig‘ib, Urganch yaqinida
Amudaryodan kechib o‘tdi. Bunday xabar topgan Yunusxon shaharni tashlab
Buxoroga qochdi, uning o‘g‘li Qosim sulton esa o‘ldirildi2.
Vaqt o‘tib So‘fyonxon va Kolxonning barcha farzandlari o‘ldi hamda
9 1 Abulg‘ozi Bahodirxon. Shajarayi turk. – B. 137.
2 Munis va Ogahiy. Firdavs ul-iqbol // Qo‘lyozma. O‘zR. FAShI. № 5364/I. – B. 70-71.
16
ulardan nasl qolmadi. Avanishxonning o‘g‘illari Xurosonda va Aqatoyxonning
o‘g‘lonlari Xorazmda hukmdorlik qilardilar. Buchg‘axonning Esh ismli o‘g‘li
Xivani, Do‘st — Hazoraspni, Buram esa Katni boshqardi. 1557 yilda Do‘stni xon
ko‘tardilar, ammo uni Hojimxon tan olmadi. Bundan aziyat chekkan Eshsulton
qo‘shin to‘plab, Urganch ustiga yurdi. Ammo Qumqal’a yaqinidagi Churnuk
degan joyda bo‘lgan 8 kunlik jangda Hojimxonni yenga olmadi4.
Xivaga qaytgan Eshsulton uyg‘ur va naymanlarni yerlaridan quvdi. Ularning
yerlarini do‘rmon urug‘iga berdi. Yangi qo‘shin bilan kelib Urganch va To‘q
qal’asi orasidagi maydonda Hojimxon bilan yana bir hafta urishdi. Ammo hech
bir taraf g‘olib kelolmadi. Shunda Eshsulton kechasi qo‘shini bilan yashirin
holda Urganchga bordi. Qal’adagi uyg‘ur va naymanlardan boshqa aholiga
tegmadi. Bir qism aholi Vazirga qochdi. Hojimxon Aqatoyxon o‘g‘lonlarini
yordamga chorlab, Urganchni 4 oy qamal qildi va oxiri oldi.
“Urganchda Eshsultonni o‘lturub va Hevaqda Do‘st sultonni o‘lturub oq
kigizning bir kunjini Ali sulton va uch kunjini inisi tutib Hojimxonni o‘rtada yerda
o‘lturtub, o‘ttiz to‘qqiz yoshina yetganda yilqi yilinda tarix to‘qqiz yuz oltmish
to‘qquzda Urganch viloyatinda xon ko‘tardilar”10.1 Muarrix Munisning xabar
berishicha, Hojimxon o‘zining 42 yillik hukmronligi davrida goh Urganch, goh
Xivada yashagan.
1558 yilda Xorazmga Antoniy Jenkinson ismli elchi keldi. Rus podshosi Ivan
Grozniydan ruxsat olgan va "London–Moskva" savdo kompaniyasi agenti
bo‘lgan ushbu ingliz o‘z vaqtida Yevropa, Osiyo va Afrikaning ko‘pgina
mamlakatlariga sayohat qilgan va 1557–1572 yillarda Rossiyaga 4 marta kelgan
edi. Xorazmdan keyin Buxoroga borib qaytgan Jenkinson, qish fasli
boshlanganligi sababli Urganch va Vazir shaharlarida 4 oy davomida qolib ketadi.
Keyinchalik o‘z xotiralarida Xorazm vohasi haqida qiziqarli esdaliklar qoldiradi2.
Jumladan, u Ko‘hna Urganch haqida shunday yozgandi: "Urganch qal’asi
tekislikda joylashgan va loy devor bilan o‘ralgan. Uy-joylar ham loydan
10 Abulg‘ozi Bahodirxon. Shajarayi turk – B.150.
3 Djenkinson A. Puteshestvie v Srednyuyu Aziyu 1558-1560 gg // V kn.: Angliyskie puteshestvenniki v
Moskovskom gosudarstve v XVI v. Perevod s angliyskogo L.Gote. ― L., 1932. – S. 167-215.
17
tiklangan, ammo tartibsiz qurilganday ko‘rinadi. Keyingi yetti yil ichida, o‘zaro
nizolar natijasida, qal’a to‘rt marta qo‘ldan-qo‘lga o‘tgan, shu sababli bu yerda
savdogarlar kam. Shaharda usti bostirilgan bitta uzun ko‘cha bor va u bozor
vazifasini ham o‘taydi"4. Jenkinson Amudaryoning o‘zani o‘zgarib borayotgani
sababli Vazir va Urganch shaharlarining yaqin kelajakda mushkul ahvolda
qolishini to‘g‘ri bashorat qilgandi1.
1573 yilda Buxoro hukmdori Abdullaxon katta qo‘shin bilan Xorazmga
yurish boshladi. Bundan xabar topgan Temur sulton Kubatog‘ (Mang‘it yaqinida)
dan tortib, Toshsoqa qirlarigacha bo‘lgan o‘zbek va sartlarni Xivaga to‘pladi.
Vazir halqi ham kelib Xiva qal’asiga qamaldi. Buxoro qo‘shinlarining boshi
Yangiariqga yetgan vaqtda Abdullaxon Qulanchi degan joyga kelib to‘xtadi. O‘n
kundan keyin “Hoji Muhammadxon Xurosondan qo‘shin bilan kelayotir” degan
xabar tasdiqlandi. Ushbu vaziyatda Abdullaxon Xivaga chopar jo‘natib, Po‘lat va
Temur sultonlarga sulh taklif qildi. Ikki o‘rtada bir–birovga dahl qilmaslik haqida
kelishilganidan so‘ng, Buxoro qo‘shinlari orqaga qaytdi2.
Keyingi yillarda ham Xiva shahri Buxoro bilan munosabatlarda muhim rol
o‘ynadi. 1595 yilda Buxoro hukmdori Abdullaxon ikkinchi bor Xorazmga yurish
qilgan vaqtda Hazorasp hokimi Muhammad sulton a’yonlarini olib Xivaga
qochdi. Bu yerga to‘plangan o‘zbeklarning yetakchilari bir–biriga ishonmasdan
Pahlavon Mahmud maqbarasiga borib, Qur’oni Karimni o‘rtaga qo‘yib, ont
ichsalarda, birika olmadilar. Natijada Temur sulton va Po‘lat sultonning o‘g‘illari
2 ming uylik qavmi bilan Vazirga yo‘l oldilar.
Ertasiga Buxoroning 3 ming kishilik qo‘shinlari yo‘lga tushgan xivaliklar
izidan Olmaotishgan qal’asi yaqinida quvib yetdi. Xivaliklar aravalarni bir joyga
to‘plab, mudofaa janglari boshladilar. Juda ko‘p moli va odamlaridan ajralgan
xivaliklarning bir qismi Vazirga qochib borishga muvaffaq bo‘ldilar. Ularning
izidan kelgan Abdullaxon qo‘shinlari Vazir qal’asini bir oy davomida qamal qilib
turdilar. Qal’ani olishga ko‘zi yetmagan Abdullaxon sulx taklif qildi. Qaytish
vaqtida Urganch o‘zbeklari davlatmand amaldorlarining mol–mulki tortib olindi
va kishi boshiga 30 tangadan o‘lpon solindi. Pul topa bilmay o‘g‘il–qizini sotib
18
berganlar ko‘p bo‘ldi, deb yozgandi Abulg‘ozi1.
Buxoroliklar bosqini vaqtida 3 ming kishilik askar bilan Xurosonning Durun
degan joyida turgan Hojimxon o‘z o‘g‘illari va qarindoshlari bilan Qazvinga
borib, shoh Abbos huzuriga qo‘ndi. Shoh Hojimxonni yaxshi qabul qildi va unga
iltifot ko‘rsatdi. Buxoro hukmdori Abdullaxonning o‘g‘li Abdulmo‘min boshliq
lashkarlar Xurosonning barcha hududlarini egalladi va Asfaroyin degan joyda
qizilboshlar qamalda qoldi, degan xabarni olgan shoh Abbos katta qo‘shin bilan
Bastomga ketdi2.
Shu vaqtda Hojimxon Urganchda buxorolik sipohlardan 40 va Xivada 60
kishigina qolganligini eshitib, tezda Astrobodga yo‘l oldi. Quran tog‘iga
yetganida Hojimxonga taka va yovmut turkmanlaridan 50-60 kishi qo‘shildi.
O‘rta quduq degan joyda ularga yana shuncha esari turkmanlari qo‘shildi.
Qo‘shini soni ortgan Hojimuhammadxon o‘g‘illari Arab Muhammadxon va
Muhammadquli bilan Urganchga, Po‘lat sulton o‘g‘li Bobo sulton esa Xivaga
qarab ketdilar.
Urganchga kelgan Hojimxon hokim Sari sulton va uning navkarlarini
o‘ldirtirdi. Xiva devorlarini buzib, qal’aga kirgan Bobo sulton lashkarlari esa
Berdi Manglishbiy ismli arbob va unga qarashli 100 dan ortiq navkarlarni
o‘ldirdilar. Shundan keyin yordam bergan turkmanlarga sovg‘a-salomlar berib
orqasiga qaytardilar. Bobo sulton Hazoraspga va inisi Hamza sulton Xonqaga
bordilar.
Xorazmdagi ahvoldan xabar topgan Buxoro xoni Abdullaxon Xo‘jamquli
qushbegiga Hazoraspga borishni buyurdi. Kutilmaganda yovning qal’a oldida
paydo bo‘lganidan xayratga tushgan Bobo sulton 15 navkari, 3 ta esari turkmani
va qal’adagi sartlar bilan mudofaaga kirishdi. Hazoraspga yetib kelgan
Abdullaxon qal’ani 4 oy qamal qildi va Bobo sultonni taslim bo‘lishga majbur
etdi. Bu voqea 1598 yilda ro‘y bergan edi.11.3
11 1 Abulg‘ozi Bahodirxon. Shajarayi turk. – B. 154.
2 Firdavs al-Ikbal. Sochinenie Munisa i Agaxi // MITT.― T. II. – S. 85-86.
3 O‘sha joyda. – S.88..
19
Oradan biroz vaqt o‘tgach, Abdullaxon dunyodan o‘tdi. Bu haqda Bistomda
turgan Hojimxon xabar topgach, shoh Abbosdan ruxsat olib Xorazmga qaytishga
shoshildi va sakkiz kun deganda Urganchga yetib keldi. Yangi sharoitda u
Urganch bilan Vazirni boshqarishni o‘ziga olib, Xiva bilan Katni Arab
Muhammadxonga, Hazoraspni esa Isfandiyor sultonga berdi. Ikki yildan keyin
Hojimxon Urganch va Vazir qal’alarini boshqarishni Turkiyadan kelgan o‘g‘liga
topshirdi. O‘zi esa Xivada kichik o‘g‘li Arab Muhammadxon oldida turdi.
Hojimxon davrida Xorazmda o‘rnatilgan osoyishtalik bois qishloq xo‘jaligi va
irrigatsiya qurilishi ishlariga e’tibor kuchaydi. Urganch va Kat hokimi Ali Sulton
tashabbusi bilan Yangiariq va Tosh Yormish ariqlari qazildi.
Ko‘p voqealarning shaxsan guvohi bo‘lgan Hoji Muhammadxon 1601 yili
83 yoshida dunyodan o‘tdi2. Tarixiy manbalarda Hojimxon nomi bilan Xiva
shahrining Xorazm xonligi poytaxti qilib belgilanganligi qayd qilinadi. Shu
davrdan boshlab rus manbalarida Xorazmdagi davlatning nomi Xiva xonligi deb
yozila boshlandi.
Xorazm xonligiga asos solingan tarixiy sana haqida taniqli olimlar o‘z fikrlarini
bildirganlar. Xususan, akademik V.V.Bartold “Xorazm xonligiga asos solinishi,
aftidan 1511 yilga to‘g‘ri keladi”12,1 ― deb yozgandi. Akademik Ya.G‘ulomov
esa “Elbarsxonning Xorazmshox qilib tayinlanishiga Shayboniyxonning
o‘limidan keyin muvaffaq bo‘lindi va bu voqea 1511 yoki 1512 yilda sodir
bo‘lgan deb qaralishi lozim”2,― deb ta’kidlagandi. Xiva shahrining xonlik
markaziga aylangan sanasi haqida turlicha fikr va xulosalarni asoslashga
intiladilar.
Ushbu masalaga birinchilar qatorida e’tibor qaratgan olimlardan biri
— akademik Ya.G‘ulomov hisoblanadi. U fan nomzodi vaqtida, ya’ni 1941 yilda
nashr qildirgan maqolasida Munis Xorazmiyning Do‘stxon “Poytaxt shahar
Xivada birinchi bo‘lib taxtga o‘tirgan kishi”3 degan fikrlariga tayangan holda
12 Bartold V.V. Ocherk istorii turkmenskogo naroda // Sochinenie. ― T. II. ―Ch. I. ― M.: Nauka, 1963. –
S. 596
13 G‘ulomov Ya. Xorazmning sug‘orilish tarixi…― Toshkent: O‘zFAN, 1959. – B. 184.
14 Munis. Firdavs al-ikbal // Materialы po istorii kazaxskix xanstvo XVI-XIX vv. ― Alma-Ata, 1969. – S. 445.
20
“1556 yilda Do‘stxon Bo‘chg‘axon o‘g‘li Xiva shahrini o‘zining poytaxti qildi”3,
― deb yozgandi. Ushbu xulosaning shakllanishiga balki Abulg‘ozi
Bahodirxonning “Bo‘chg‘axonning o‘g‘lonlari Esh, Do‘st va Buram Hevaq,
Hazorasp va Katda bo‘ldi. Do‘stni xon ko‘tardilar. Faqir va nihol kishi erdi. ...Esh
sultonning xotiri uchun akasi Do‘stni xon qildilar”, ― degan so‘zlari ham ta’sir
o‘tkazgan bo‘lsa ajab emas.
Xiva shahridagi yodgorliklar tarixini chuqur o‘rgangan tadqiqotchi
K.Xudoyberganov ham Xiva shahrining poytaxt sifatida tanlangan vaqti muarrix
Munis va akademik Yaxyo G‘ulomov kabi, 1556 yil deb belgilash lozimligini
isbotlashga harakat qildi. Uning fikricha, Xiva shahri Do‘stxon Bo‘chg‘axon
o‘g‘li davrida poytaxt qilib tanlangan va Arab Muhammadxon davridan boshlab,
Xiva shahri markaz bo‘lgan davlat – Xiva xonligi nomini olgan.
1959 yilda professor Ya.G‘ulomov o‘zining 17 yil oldin belgilagan sanasidan
farqli o‘laroq “Arab Muhammadxon davrida markazni Xiva shahriga
ko‘chirganlar, shu davrdan boshlab xonlik Xiva xonligi nomini olgan”,― degan
boshqa bir fikrni ilgari suradi. Arab Muhammadxon Xiva xonligi taxtida 1602-
1621 yillarda o‘tirganligini hisobga olsak, Ya.G‘.G‘ulomov belgilagan
xronologik sanalar orasida salkam 50 yillik farq borligi ayon bo‘ladi.
Akademik Ya.G‘.G‘ulomovning keyingi fikrlariga yaqinroq sanalarni
yoqlagan tarixchi G.A.Agzamova shunday yozadi: “Xivaning
Xorazmni
poytaxtiga aylanishi 1611-1612 yillarga to‘g‘ri kelib, bu davrda davlatni
boshqargan Arab Muhammadxon hukronligi bilan xarakterlanadi. XIX asr
muarrixi Munis: “Arab Muhammadxon otasidan so‘ng poytaxt shahar Xivada
hukmron bo‘ldi” , deb qayd qilib o‘tadi.
Akademik B.Ahmedov o‘rta asr tarixchilari Muhammad Tohir va Mahmud
ibn Valining ma’lumotlariga tayangan holda “Xiva XVII asr boshlarida, taxminin
1610-1612 yillarda Xorazmning poytaxtiga aylangan”, ― deb yozadi. Tarixchi
A.Abdurasulov xonlik poytaxtining Xivaga ko‘chirilgan davridan boshlab, to
feodal davlat tugagunga qadar taxtga o‘tirgan xonlar shajarasidagi birinchi
hukmdori Hoji Muhammad Aqatoy xon va uning boshqaruv davrini 1557-1603
21
yillar deb ko‘rsatadi3. Ko‘rinib turibdiki, “O‘zbekiston tarixi” kitoblarining ko‘p
nashrlaridan o‘rin olgan Xiva shahrining 1598 yildan boshlab, xonlik poytaxti
ekanligi haqidagi sanani aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazishga katta
zaruriyat sezilmoqda.
Xiva xonligining dastlabki mashhur hukmdorlari orasida Hojimxon (1519-
1602) muhim o‘rin egallaydi. Asli ismi ― Hoji Muhammadxon Aqatayxonning
katta o‘g‘li bo‘lib, u 1560-1602 yillarda Xorazm xonligini boshqargan. Tarixchi
Munisning guvohligicha, u o‘zining 42 yillik hukmronligi davrida goh Urganch,
goh Xiva shahrida istiqomat qilgan4.
Yuqorida zikr qilingan Do‘stxon vafotidan keyin Hojimxon taxtni egalladi. Bu
haqda Abulg‘ozi Bahodirxon shunday yozadi: “Bu voqeot hijriy to‘qquz yuz
olmish beshda, yilqi yilining oyoqi erdi. Taqi Vazirni berdilar. Urganch va
Hazorasp va Katni Ali sultonga berdilar”1. Demak, Hojimxon xon taxtini ilk bor
egallagan vaqtda Xiva shahri hali poytaxt emas, balki Vazirning mavqei
balandroq bo‘lgandi.
Hojimxon 1595 yilda Buxoro hukmdori Abdullaxon ibn Iskandarbek bilan
urushda yengilib, Kazvin shahrida Eron shohi Abbos xuzuriga borib yashadi.
1598 yilda Xorazmga qaytib, Urganch bilan Vazirni o‘zi olib, Xiva bilan Kotni
o‘g‘li Arab Muhammadxonga, Hazoraspni esa — nevarasi Asfandiyor sultonga
(Arab Muhammadxon o‘g‘li) berdi. Tarixiy manbalarda uning nomi bilan Xiva
shahrining xonlik poytaxti qilib belgilanganligi qayd qilinadi2.
1595 yilda Xorazmni bo‘ysundirgan Buxoro hukmdori Abdullaxon II 1598
yilda vafot qildi. Bundan foydalangan Xorazm o‘z davlat mustaqilligini tikladi,
Xiva esa uning muhim markaziga aylandi. 1598 yili Xiva shahri tarixida yangi
davr boshlandi – shahar xonlik markazi sifatida tanlandi3.
Haqiqatan ham 1572–1573 yillarda Amudaryo o‘zanining keskin o‘zgarishi
natijasida voha atrofidagi ko‘pgina shahar va qishloq aholisi daryoga yaqinroq
joylarga ko‘cha boshlaydi. Natijada Gurlan yaqinida Vazir va Xiva bilan
Amudaryo oralig‘ida Yangi Urganch shaharlariga asos solinadi. Poytaxt
Gurganch shahri taqdiri haqida Abulg‘ozi quyidagilarni yozib qoldirgandi: “Biz
22
dunyoga kelmasdan o‘ttiz yil ilgari Amu suvi, Xost kinorasining yuqorisini Qora
ayg‘ir to‘qayi derlar, ul yerdin yo‘l yasab oqib, Tuk qal’asini borib, Sir tengizina
quygan ekandur. Ul sababdin Urganch cho‘l bo‘lubti. Ra’iyat Urganch cho‘l ham
bo‘lsa o‘lturub, xon boshliq sipoh xalqi yoz Amu suvining yoqasinda munosib
yerlarda ekin ekib o‘lturub, ekkanini olg‘andin Urganch borurlar erkandur”1.13
Ushbu so‘zlardan ko‘rinib turibdiki, Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi bilan
xonlik markazi birdaniga boshqa joyga ko‘chirilmagan. Ammo bu holat uzoqqa
cho‘zilmagan. Xon va uning amaldorlari oilasi uchun ichimlik suvi bilan
ta’minlangan, shu bilan birga osoyishta qarorgoh kerak edi. Vohadagi boshqa
shaharlarga qaraganda qulayroq deb Xiva shahri tanlangan. XVII asr muarrixi
Mahmud bin Vali o‘zining “Bahr ul-asror” asarida: “Xorazm beshinchi iqlimdagi
katta mamlakatdir. Obu-havosi salqin. Qadimgm fors podsholari davridan to
bundan yigirma yil muqaddam bo‘lgan vaqtgacha uning poytaxti Urganch
bo‘lgan. Hozir esa undan Jayhun dayorsining yiroqlashishi sababli mamlakat
poytaxti unga tobe bo‘lmish Xivaga ko‘chirilgan. Xiva – katta shahar, iqlimi
toza”2, ― deb yozadi.
XVII asrda yashagan yana bir tarixchi – Muhammad Tohir o‘zining “Ajoyib
at-taboqat” asarida “Xorazm shaharlaridan biri Xivaq bo‘lib, u yerda shayx
Najmuddin Kubro tug‘ilgan. Hozirgi zamonda Xiva poytaxt shahardir”,― deb
yozgandi.
Xiva shahri va atrofidagi yerlar Polvonyop arig‘idan suv bilan
ta’minlanganligi bois, bu yerda xon saroyi va boshqa mustahkam imoratlar
qurilishi davom ettiriladi. Shaharda hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari
kengaya boradi. 1616 yilda Arab Muhammadxon Xorazm xonligi markazining
Gurganchdan Xivaga ko‘chirilganligi sharafiga katta madrasa barpo qildirdi3.
Maydoni 43,0x43,0 m. bo‘lgan va dastlab bir qavatli qilib qurilgan ushbu madrasa
13 1. Abulg‘ozi. Shajarayi turk. – B. 167.
2 Mahmud bin Vali. More tayn otnositelno doblestey bagorodnыx. Geografiya. Perevod B. Ahmedova.
—
Toshkent: Fan, 1977. – S. 43; Ahmedov B.A. Tarixdan saboqlar. – B. 332; A’zamova G.A. Xivaning xonlik
poytaxtiga aylanishi va rivojlanishiga oid ba’zi ma’lumotlar (XVI–asrning birinchi yarmi) // O‘zbekistonda ijtimoiy
fanlar. ― Toshkent, 1997. – № 7-8. – B. 85.
3 Ahmedov B.A. Tarixdan saboqlar. – B. 332.
23
yonida Olloqulixon madrasasi qad ko‘targandan keyin, 1838 yilda Arab
Muhammadxon madrasasining ikkinchi qavati ham tiklandi.
XVII-XVIII asrlarda Xivaning Ichan qal’a qismidagi tiklangan Ko‘hna Ark
saroyi devorlari ustida 2 qavatli va ayvonli Oq shayx bobo imorati quriladi. Bino
o‘z vaqtida katta karomatlar ko‘rsatgan dindor shayx yashagan joy o‘rnida barpo
etilgan. Rivoyatlarga qaraganda XIV asrda Xivada yashagan ushbu dindor
shaxsning ismi-sharifi ― Shayx Muxtor Vali bo‘lgan1.
Xorazm vohasidagi xalq ozodlik harakati kuchaygan bir sharoitda vujudga
kelgan xonlikning mustahkamalanishi murakkab bir siyosiy vaziyatga to‘g‘ri
kelgan. Yangi davlatni boshqarishga bosh bo‘lgan arboblar va ularning avlodlari
orasidagi doimiy nizolar kuchaygan bir vaqtda, Mavorounnahrda eng kuchli
saltanat shaklida tan olingan Buxoro xonligi bilan munosabatlar o‘ta keskin bir
vaziyatlarni vujudga keltirgan. Natijada ikki o‘rtadagi harbiy to‘qnashuvlar
minglab odamlarning taqdiriga halokatli ta’sir ko‘rsatgan.
Xorazmga ko‘chib kelgan va soni ortib borayotgan o‘zbek urug‘lari orasidagi
ziddiyatlar mahalliy aholi (sart) lar va turkmanlarning o‘zaro munosabatlariga
ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Amudaryo irmoqlariga yaqin yerlarni o‘zlashtirgan
mahalliy o‘troq aholi dehqonchilik bilan shug‘ullanib, bog‘u–rog‘lar,
bug‘doyzorlar barpo etgan bir vaqtda asosan chorvachilik bilan mashg‘ul
ko‘chmanchilarning hayoti, turmush tarzi, urf–odatlari yangi bir etnik muhitni
shakllantira boshladi.
Xiva xonligining dastlabki salkam bir asr davomidagi ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy taraqqiyoti negizida boshqaruv tajribasi to‘plandi. Unga asoslangan holda
Xorazm vohasi va uning atrofidagi hududlarda markazlashgan boshqaruv
usullarining kuchayishi va davlatchilik asoslarini mustahkamlash uchun sharoit
ham yetila boshladi. Ushbu holat birinchi navbatda yirik davlat arboblarining
siyosiy maydonga kirib kelganligida ko‘rinadi.
24
1.2. Arab Muhammadxon va uning avlodlari davrida
xonlikning mustahkamlanishi hamda siyosiy inqiroz
oqibatlari.
1602 yilda Xiva xonligi taxtiga Arab Muhammadxon ko‘tarildi. Shu yili
saratonda Urganchga 1000 ga yaqin O‘rol kazaklari hujum qildilar1. Shaharda
oddiy xalqdan boshqa odam yo‘q edi. Yov mingdan ortiq odamlarni o‘ldirdi, yana
shuncha qiz–juvonlarni olib ketishga hozirlandi. Ammo ular yurtiga qaytib
ketishga ulgurmadilar.
Urganch fojeasi haqida xabarni olgan Arab Muhammadxon lashkarlari bilan
7 kun deganda yetib keldi. Xon qo‘shinlari dushmanni ta’qib etib, To‘q qal’asi
atroflariga quvib chiqardi. Bosqinchilar bu yerda yog‘ochdan istehkom qurib,
baliq ovlab tirikchilik qilib turdilar. Ularni qamal qilgan Arab Muhammadxon 15
kun deganda tor–mor keltirdi2. Urganch va Mizdahqon oralig‘idagi unumdor
yerlarni ko‘rgan xon, qozongan zafari sharafiga yangi yerlarni o‘zlashtirish
maqsadida To‘q qal’asi yaqinida katta kanal qazdirdi3.
Muarrix Abulg‘ozining yozishicha, 1603 yilda shimoliy Xorazmga
qolmiqlar bostirib keldi. Ular Xojako‘li va Shayx Jalil tog‘ining orasidan o‘tib, to
To‘q qal’asigacha daryoning ikki tarafida o‘tirgan elni bosdi. Dushmanga qarshi
harakat qilgan Arab Muhammadxon Aburichi degan joygacha qolmiqlarni quvib
borib, asir va mollarni olib qaytdi4. Yana 10–12 yildan keyin qolmiqlar Xorazmga
ikkinchi marta bostirib keldilar. Qolmiqlar ketidan yuborilgan askarlar
bosqinchilarga yeta olmasdan orqaga quruq qaytdilar.
Arab Muhammadxon hukmronligining dastlabki yillarida toju–taxt uchun
kurash davom etdi. Nayman urug‘i vakillari xon o‘rniga Xisrav sulton ismli
Elbarsxon
avlodiga
mansub
amaldorni
qo‘yishni
rejalashtirdilar.
Movarounnahrdan Xivaga keltirilgan Xisrav sultonni taxtga ko‘tarish haqidagi
maslahatda qatnashgan ikki kishi sheriklarini sotib qo‘ydi. Natijada Arab
Muhammadxon Xisrav sultonni tutib olib, o‘ldirishga hukm qildi. Bu ishni Xisrav
sultonning inisi Bobo mirzo amalga oshirdi.
25
Oradan ikki yil o‘tib, uyg‘ur urug‘i oqsoqoli Ponash mirzo fatvosi bilan
Samarqanddan Hasanqulixon avlodidan bo‘lgan Solih sulton degan kishini
yashirin ravishda Urganchga olib keldilar. Isyondan xabar topgan Arab
Muhammadxon tezda Xivadan Urganchga boradi va xalqni maslahatga chorlaydi.
Urganchliklar uni yoqladilar va qozoqlar oldiga borgan 200 ga yaqin odamlar ham
qochib ketdilar. Qo‘lga olingan Solih sulton o‘ldirildi. Xon isyonchilarni jazolash
yoki avf etishni fuqaroning o‘ziga havola qildi1.
1616 yilga kelib taxt va mansab talashish mojarolariga Arab
Muhammadxonning o‘g‘illari ham qo‘shildilar. Uning Isfandiyorxon, Habash,
Elbars, Abulg‘ozi, Sharif Muhammad, Xorazmshoh va Afg‘on sulton ismli yetti
nafar o‘g‘li bor edi. Otasining taxtga o‘tirganiga 14 yil bo‘lganda o‘g‘illari 16
yoshli Habash va 14 yoshli Elbars sultonlar bilan yov bo‘lib qoldilar. Otasi
Urganchga ketgan vaqtida ular qo‘shin to‘plab, Xurosonni talab qaytdilar. Arab
Muhammadxon Vazir qal’asini o‘g‘illariga berganini e’lon qildi. O‘z navbatida,
Elbars 4 ming navkari bilan Xivaga kelib otasini ko‘rib ketdi. Oradan 5 yil o‘tgach,
Elbars sulton Obivardga yurish qilishni rejalashtirdi va otasidan yordam olish
uchun Xivaga keldi. Ammo bu vaqtda xon Urganchga ketgandi. Elbars navkarlari
xonni tutib, Xivaga olib keldilar. Elbars otasini bir uyga qamab, oldiga soqchi
qo‘ydi. O‘ttiz yildan buyon yig‘ilib kelinayotgan xazinani va otasi beklarining
molini tortib oldi. So‘ngra o‘margan mollarini olib, Vazirga otlandi. Ammo uning
zafari uzoq davom etmadi.
Elbars Xivada zo‘ravonlik qilayotgan daqiqalarda Isfandiyor sulton
Hazoraspda, Habash, Abulg‘ozi va Sharif Muhammad sultonlar Urganchda14
lashkar to‘plash bilan ovora edilar. Oqsoqollar aka-ukalarning qon to‘kishlariga
fatvo bermadilar. Elbars shu bahona bilan Arab Muhammadning jonini uzishi
mumkin deb havfsiradilar. Elbars Xivani tark etgandan keyin Arab
Muhammadxon Urganchga keldi. Bu yerdagi o‘g‘illari bilan Elbars sulton ustiga
yurish qildi. Natijada uning uy-joyi va eli qirg‘in qilindi, o‘zi esa 5–6 kishisi bilan
qir–adirga chiqib ketdi.
14 1 Abulg‘ozi Bahodirxon. Shajarayi turk. – B.162.
26
O‘g‘illari
Elbars
va
Habash
sultonning
noo‘rin
ishlari
Arab
Muhammadxonga tinchlik bermasdi. Xon lashkar to‘plash va Vazirga yurishga
farmon berdi. Bu haqda xabar topgan Elbars va Habash ham kuch to‘plab, Xivaga
yurish boshladilar. Toshli Yarmish arig‘i soqasiga yetganda har ikki tomon
o‘rtasida janglar boshlandi. Habash sulton asir tushgan otasi Arab
Muhammadxonning ko‘zini o‘yish to‘g‘risida farmon berdi va keksa xonni
Xivaga keltirib, qamab qo‘ydilar1. 15
Yengilgan Isfandiyor, Sharif Muhammad va Xorazmshoh sultonlar Hazorasp
qal’asiga yashirindilar. Abulg‘ozi avval Katga qochdi, keyin esa Buxoro xoni
Imomquli huzuriga jo‘nab ketdi2.
Habash va Elbars sultonlarning kuchlari Hazorasp qal’asini 40 kun qamal
qilib turdi. Kuch bilan qal’ani bo‘ysundirishga ko‘zlari yetmagach, muzokara
boshladilar. Natijada Isfandiyor sultonga Makkaga ketishga ruxsat berildi. Sharif
Muhammad sultonga Kat shahri topshirildi. Arab Muhammadxonning kichik
o‘g‘illari — Xorazmshoh sulton 12 yoshda va Afg‘on sulton 10 yoshda
bo‘lganligi sababli Xivada onalari qaramog‘ida qoldirildi. Habash sulton Urganch
va Vazirni, Elbars sulton esa Xiva va Hazoraspni boshqardilar3.
O‘g‘illari
yurt
bo‘lishayotganini
ko‘rish
nasib
qilmagan
Arab
Muhammadxonni uch zaifasi va ikki kenja farzandlari bilan Qumqal’ada
tutqinlikda ushlab turishardi. Bir yildan keyin Elbars sulton akasi Habashga
aytmay otasi va kichik inilarini Xivaga olib keldi. Shu yerda otasi Arab
Muhammadxon, ukasi Xorazmshoh sulton, akasi Isfandiyorning 3 va 1,5 yashar
o‘g‘illarini o‘ldirtirdi. Kichik inisi Afg‘onni akam o‘ldirsin deb Habash sulton
oldiga yubordi. Ammo bu norasida bolaning nima aybi bor deya Habash sulton
uni Rossiyaga jo‘natib yubordi. O‘zga yurtda Afg‘on sulton 30 yil umr ko‘rdi
va nasl qoldirmasdan dunyodan o‘tib ketdi.
Isfandiyor Makkaga bormadi va Isfahonda shoh Abbos I (1587–1629)
huzurida biroz turgach, ruxsat olib yurtiga qaytishga harakat qildi. U Durun shahri
15 1 Abulg‘ozi Bahodirxon. Shajarayi turk. – B.164.
2 O‘sha joyda. – B. 165.
3 Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. – B. 218.
27
va Abulxon tog‘lariga kelgan vaqtida 300 ga yaqin lashkar to‘pladi. Unga
turkmanlarning taka, sariq. yovmut2 urug‘laridan yana 80 ga yaqin yigitlar kelib
qo‘shildilar3. Tez orada Habash sulton To‘q qal’asi yaqinida suv bo‘yida turibdi,
degan ma’lumot olindi. Isfandiyorxon yarim kechada inisi uyiga bostirib
borganda, Habash uyida yo‘q edi. Shu kechasi u bir navkarining uyida tunagan
bo‘lib, voqeadan xabar topgach, qochib Elbarsxon oldiga keldi. Og‘a-inilar kuch
to‘plab Isfandiyor ustiga yurdilar. Ular kelguncha Elbarsxonning qaynotasi,
Baqirg‘onlik Sayyid ota avlodidan bo‘lgan Nazarxo‘ja ismli amaldor juda ko‘p
odamlarni to‘plab, Isfandiyor sultonga qarshi kurashga ko‘tardi4.
Isfandiyor sulton Nazarxo‘jani Mang‘ishloqgacha quvib bordi. Qaytib
kelgach, Urganch yaqinida 23 kun davomida Habash va Elbars bilan jang qildi.
Elbars qo‘lga olinib, qatl qilindi. Habash esa Sirdaryo bo‘ylaridagi qoraqalpoqlar
oldiga bordi. U yerda bir vaqtlar o‘zi iltifot ko‘rsatgan mang‘it mirzolaridan
Shaynak ismli amaldor bor edi. Undan madad va iltifot kutgan Habash g‘aflatda
qolib, aldandi. Shaynak o‘z homiysi va navkarlarini tutib, Isfandiyorga topshirdi.
U. Habashni o‘ldirdi5.
Oradan ikki oy o‘tgach, Isfandiyor sulton nayman elini qirdi. O‘zbeklar uch
bo‘lakka bo‘linib, biri — mang‘it, biri — qozoqlar yurti va yana biri —
Movarounnahrga ko‘chib ketdi. Uch yildan keyin Amudaryoning Orolga
quyadigan yerlariga 3 ming uylik o‘zbeklar qaytib keldi. Buxoroda turgan yana
3 ming uylik o‘zbeklar Katga ko‘chib kelganlarida, Isfandiyor daryodan o‘tib,
ularning barchasini qilichdan o‘tkazdi. Inilariga o‘xshab qon to‘kib, minglagan
jasadlarni pillapoya qilib, taxtga chiqqan Isfandiyorxon 16 yil hukmronlik qildi1.
1643 yilda Orol o‘zbeklari Abulg‘ozini xon qilib ko‘tardilar2. Ammo
Xorazmning barcha hududlarini bir vaqtda birlashtirish imkoni bo‘lmadi. Chunki
Isfandiyordan qolgan o‘g‘illari Yushan va Ashraf sultonlarga berilgan yerlar
Buxoro xoni Nodir Muhammad ta’sirida edi. Shu bois Abulg‘ozi bir necha bor
Xiva ustiga yurib, bo‘ysunmagan odamlarni qirdi. Xiva qa’lasi yaqinida Buxoro
xonining nevarasi Qosim sulton qo‘shinlari bilan bo‘lgan jangda Abulg‘ozi
lashkarlari jasorat ko‘rsatib, g‘alaba qozondilar.
28
Qosim sulton boshliq buxoroliklarning Xiva ostonasidagi mag‘lubiyatidan
xabar topgan Nodir Muhammad 1644 yilda Xorazmga Yoqub Tavsat ismli
amaldorni yubordi, ammo u ham yengildi. Shu orada Buxoro beklari Nodir
Muhammadni taxtdan ag‘darib, o‘rniga o‘g‘li Abdulazizni ko‘tardilar3.
1644 yilda Abulg‘ozi Xivaga kelib, xon taxtiga rasman chiqdi. Xon barcha
turkmanlarning gunohini o‘tgani va ularning o‘z yerlariga qaytib kelishlari
mumkinligi haqida xabar tarqatdi. Ammo uning qarorgohiga 2 mingga yaqin
turkmanlar yig‘ilgach, ularni qirib tashlash va o‘g‘il–qizlarini asir olib, Xivaga
jo‘natishni buyurdi.
Xorazm vohasidagi turkmanlarni tor–mor keltirgandan keyin Abulg‘ozi
1646 yilda Tajan vohasidagi turkmanlar ustiga yurish qildi. Ularni ham jazolab,
ko‘plarini o‘lja olib qaytdi. Keyinchalik Tajandan qochgan va Xivadan borgan
turkmanlar Qizil Arvotning janubiy–sharqiy tarafidagi Bomiburma degan joyda
to‘planganini eshitgan Abulg‘ozi yana qo‘shin to‘pladi. Turkmanlar o‘z bola–
chaqalarini Qoraqusti degan yerga jo‘natib,
o‘zlari toshdan qal’a qurib,
Bomiburmada jang qilishga tayyor turdilar. Turkmanlar harchand urinmasinlar, bu
to‘qnashuvda ham xon qo‘shinlari g‘alaba qildi1.
Kelgusi yili janubiy Xorazmdagi yirik qal’a hisoblangan Katni
qolmiqlarning qo‘shut urug‘idan bo‘lgan Durdi Toyshi odamlari talab ketdi.
Ularning izidan qo‘shin bilan ta’qib qilgan Abulg‘ozi 15 kun deganda
Yugrukbosh degan joyda talonchilar orqasidan yetdi. Yarim kunlik jangu–
jadaldan keyin qolmiqlar qochib ketdilar. Biroz dam olgach, xon qo‘shinlari yana
bir hafta davomida qolmiqlarni ta’qib qilishni davom ettirdi. Natijada qolmiqlar
ko‘plab ot va tuyalari, bosqinchilik bilan talagan mol– mulklaridan ayrilib, faqat
bir qismi jon saqlashga muvaffaq bo‘ldilar, xolos2.
Xivaga
qaytgan
Abulg‘ozi
Atrek
daryosi
bo‘yida
yashayotgan
turkmanlarning Odiy sardor boshliq bayraj urug‘i ustiga yurish qildi. Abulg‘ozi
odamlari bayrajlar eliga savdo ishlari bilan ketayotgan Avnash ismli taka
turkmanning karvoniga duch keldilar. Olingan ma’lumotlar asosida xon bayrajlar
ustiga yurish qildi. Abulg‘ozining shu janggi haqida Urganchjiy shunday
29
yozgandi: “Andag‘ urush bo‘ldikim, hargiz mundag‘ bo‘lmay erdi. Nogoh xoni
jannat makonning bir quli Odiy bayramni miltiq bilan uzub yiqitdi. Andin so‘ng
o‘ttiz yigit ko‘tarila ot soldilar. Taqi turkmanlarni o‘lturub, o‘g‘lon–ushoqini o‘lja
va asir qilib, xonga olib keldilar. Xon ham bu yigitlarga in’omlar berdi. Taqi bir
necha kundin so‘ng fath va nusrat bilan qaytib Xevaqga tushdilar”3.16.
Keyingi yili Abulg‘ozi turkmanlarning yimrayli (emireli) va sariq urug‘larini
bo‘ysundirdi.
Xonlikning shimoliy va sharqiy hududlari havfsizligini ta’minlash ham
Abulg‘ozining e’tiborida turardi. 1655 yilda qolmiqlarning turg‘avut urug‘idan
Mergan To‘yshi va O‘qchurtaba Tag‘ul ismli yetakchilari Hazoraspning bir
qancha qishloqlarini talagandan keyin, Sadvar va Darg‘anota qishloqlari
aholisining mol–mulkini talon-taroj etdi. Bu haqdagi xabarni eshitgan Abulg‘ozi
qolmiqlarning 10 kun oldin yurtiga qaytib ketganligi haqidagi axborotga
qaramasdan ularni ta’qib qilishga qaror qildi. Katta talofat berib, qochishni davom
ettirayotgan qolmiqlarning asosiy kuchlari Sangin rabot degan joyga
yashirindilar. Urushga yuragi betlamagan qolmiqlar xonga odam yuborib,
“Buxoroga boramiz deb, adashib sizning yurtingizga borib qolibmiz, bizni
kechiring” deya yalindilar. Shundan so‘ng talagan mol– hollarini oldiga solib,
qilichlarini bo‘yniga osib, xon oldiga kelgan qolmiqlarni kechirdilar. Ular bundan
keyin hech qachon Xiva xoni yerlariga huruj qilmaslikka ont ichdilar1.
Akademik B.Ahmedov yozgandi: “Abulg‘ozi hammasi bo‘lib yigirma yil
atrofida xonlik masnadida o‘tirdi. Lekin boshqa hukmdorlarga o‘xshab huzur–
halovat ko‘rmadi. Umri ko‘proq urush–talashlarda o‘tdi”2. Darhaqiqat, Abulg‘ozi
butun umrini taxt uchun kurash va jangu–jadallarga bag‘ishlagan fotih desa,
mubolag‘a bo‘lmas. Ammo u davlat arbobi sifatida ham juda katta qobiliyatli
inson edi. Dastavval u xonlikda boshqaruv tizimini mustahkamlashga e’tiborni
qaratadi. Tez orada turkmanlarning nufuzli amaldorlarini boshqaruv ishlaridan
chetlashtirdi, ularning mol-mulki, yer- suvi tortib olindi. Ayrim bo‘ysunmagan
16.3Abulg‘ozi Bahodirxon. Shajarayi turk. – B.183.
2 Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. – B. 219.
30
turkmanlar Axal–Taka va Mang‘ishloq hududlariga qochishga majbur bo‘ldilar.
Xonlikni boshqarishda o‘zbeklarning mavqei ortib bordi3 va ularning 360 vakili
xon saroyida turli lavozimlarga ko‘tarilganini Munis “Firdavs ul-iqbol” asarida
keltiradi (28a). Xon yangi amaldorlardan 32 nafarini mahram qilib, o‘z yoniga
oldi4.
Xorazmga
Dashti
Qipchoqdan
kelgan
ko‘chmanchi
qabilalarni
o‘troqlashtirish tadbirlari ham Abulg‘ozining ichki siyosatida muhim o‘rin
egalladi. Ular to‘rtta guruhga bo‘linib, Buxoro bilan chegara bo‘lgan Doyaxotun
(Darg‘onota yaqinida) dan tortib, to Orolgacha bo‘lgan yerlarga joylashtirdi.
To‘pa deb atalgan bu guruhlarning kattalaridan biri — uyg‘ur va nayman
qabilalari tashkil qilib, ularga do‘rman, yuz, ming, shayx, burloq kabi kichik
urug‘lar ham qo‘shildi. Uyg‘urlarga Hazorasp bekligining chekka qishlog‘i
Pitnakdan tortib, Yangiariqqacha bo‘lgan yerlar, naymanlarga esa Yangiariqdan
to Gurlangacha bo‘lgan hududlar ajratildi.
Qiyot–qo‘ng‘irotlar to‘pasiga o‘zbeklarning jaloyir va turkmanlarning alieli
urug‘lari ham birlashtirilgan bo‘lib, ularga Shovotdan Qo‘ng‘irotning Quyg‘un
degan joyigacha bo‘lgan yerlar ajratildi. Uchinchi to‘paga — nukus- mang‘it
qabilalari birlashtirilib, ularga kenagas va xo‘jaeli urug‘i kiritildi. Qang‘li–
qipchoqlar alohida to‘paga ajratilgan bo‘lib, unga ko‘chmanchilarning yana bir
nechta urug‘lari birlashtirildi1.
Gurlandan to Lavzan kanaligacha bo‘lgan hududlar hamda Amudaryoning
quyi qismida nukus va mang‘it qabilalari joylashtirildi. Amudaryoning so‘l
sohilidagi Qipchoq atrofi, Xo‘jayli va Ko‘ko‘zak oralig‘ida qang‘li hamda
qipchoq qabilalari joylashtirildi. Ular tarkibida Dashti Qipchoqdan kelgan
o‘zbeklarning 14 urug‘i ham o‘rnashtirildi2.
Xiva atrofiga joylashtirilgan qipchoq va qo‘ng‘irot o‘zbeklariga alohida
yerlar ajratilib, ularning o‘troqlashuv jarayoni sal kam ikki asr davom etdi. Shu
orada Orolbo‘yi va Quyi Amudaryo hududlariga joylashgan qoraqalpoqlar ham
o‘zbek
urug‘lari
bilan
aralashgan
holda
qon–qardoshlik
rishtalarini
shakllantirdilar.
31
O‘zbeklarning Xorazmga ko‘chib kelishi va o‘troq hayotga o‘tishi jarayonida
dehqonchilik sohasi sezilarli darajada rivojlana boshladi. Aholi sonining oshishi
va oziq–ovqatga bo‘lgan zarurat ekin maydonlari uchun yangi yerlarni
o‘zlashtirish, sug‘orish ehtiyojlarini qondirish maqsadida yangi nahr (kanal) va
ariqlar qazish, qishloq (kent) va shaharlar qurish ishlarini mislsiz kengaytirdi. Shu
bilan bir qatorda tabiatning injiqlarini va o‘zgarib turishini hisobga olishga ham
to‘g‘ri keldi. Xususan, Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi natijasida O‘zboy,
Daryolik, Qo‘nadaryo havzasidagi Urganch, Vazir, Devkeskan, Aqcha kelin,
Shohsanam kabi qal’alar bilan bir qatorda kishloq va ovullar aholisi ichimlik
shuningdek dehqonchilik uchun zarur bo‘lgan suv tanqisligini seza boshladilar.
Xon topshirig‘i bilan Vazir qal’asi aholisi Gurlan qal’asi yaqinida tiklangan
Kichik Vazir qishlog‘iga ko‘chirildi. Abulg‘ozi 1646 yilda Urganch- arna arig‘ini
qazdirdi va uning yaqinida asos solingan qal’aga Yangi Urganch deb nom berdi.
Bu yerga Ko‘hna Urganch aholisining bir qismi ko‘chirib keltirildi. Shundan
biroz keyin G‘oziobod kanali ham qazilib, uning yaqinida chegara istehkomi
hisoblangan qal’a tiklandi.
Bunyodkorlik ishlari bilan shug‘ullangan Abulg‘ozi tarixchi va tabib olim
sifatida o‘zidan bebaho meros qoldirdi. Taxminan 1657 yilda Abulg‘ozi tabobatga
oid “Manafi’ ul–inson” (“Insonga foydali narsalar”) nomli asar yozdi. Kitob 4
qism va 21 bobdan iborat bo‘lib, uning muallifi “Illatga iloj qilmoqni mo‘tabar
kitoblardan jam qilib, ul illatlarni bayon etib, so‘ngra chorasini bayon qildim.
Shoyadkim, dardlaridan xolos bo‘lg‘aylar”1, 17— deb yozgandi.
1658–1661 yillarda Abulg‘ozi “Shajarayi tarokima” (“Turkmanlar
shajarasi”) nomli bir kitob, 1663–1664 yillarda “Shajarai turk va mo‘g‘ul” nomli
yana bir tarixiy asarni yozgan. “Shajarayi turk” asarida Abulg‘ozi o‘zining ulug‘
hukmdorlar avlodidan ekanligi va Xorazmning xon unvonidagi haqiqiy hukmdori
ekanligini isbotlashga harakat qilib, o‘z ismiga Chingiziy, al–Xorazmiy kabi
taxalluslarni qo‘shib yozishga intilgan.
17 1 Mahmudov M. Xorazm: tarix, odamlar, voqealar. ― Urganch, 2004. – B. 148.
32
1663 yilda taxtga chiqqan Anusha Muhammadxon (1663–1687) Xiva xonligi
mavqei va qudratini oshirish maqsadida otasi ishlarini davom ettirdi1. U Buxoro,
Samarqand, Xurosonga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Xonning harbiy
yurishlarida jasorat ko‘rsatgan turkmanlarga nisbatan munosabat yaxshi tomonga
o‘zgardi. Xon turkmanlarga Xorazm vohasi va uning atroflariga ko‘chib kelishiga
ruxsat berdi.
1687 yilda saroy a’yonlari uyushtirgan fitnaning qurboni bo‘lgan Anushaxon
o‘rniga taxtga o‘g‘li Xudoydod (1687–1688)
o‘tqazildi.
Yangi xonning
hukmronlik davri uzoq bo‘lmadi. Siyosatda bilimdon va xalqqa adolatli xon
sifatida obro‘ orttira boshlagan Xudoydodni inisi Arangxon shahid etdi. Arangxon
(1688–1695) davrida Xivada amaldor Muhammad Rizo Xo‘jamberdibiyning
mavqei katta bo‘lib, uning mablag‘i evaziga madrasa bino qilindi. Ammo
xonning noto‘g‘ri siyosati oqibatida yurtda ichki nizolar kuchayib, aholining
hayoti og‘irlashib bordi.
1695 yilda Amir Sayyid inoqning o‘g‘li Odina Muhammad boshliq
qo‘ng‘irot o‘zbeklari xonga bo‘ysunmay qo‘ydilar. Ular o‘zbeklarning mang‘it,
qang‘li, qipchoq, xo‘jaeli urug‘laridan to‘plagan askar va Darg‘onota turkmanlari
yordamida Xivani egalladilar. Arangxon o‘ldirilib, taxtga Hojimxon naslidan
bo‘lgan Jo‘jixonni (1695–1698) o‘tqazdilar. Keyingi 15 yilda Xiva xonligi taxtida
10 ga yaqin hukmdorlar almashdi Valixon (1698–1699), Shoh Niyozxon (1699–
1702)2, Shobaxtxon (1702–1703), Sayyid
Alixon (1703–1705), Musoxon (1705–1706)3, Yodgorxon (1706–1713) va h.)4.
Siyosiy barqarorlikning yo‘qligi va xalq ahvolining og‘irlashib borayotganligi
noroziliklarni haddan tashqari kuchaytirib yubordi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Abulg‘ozi hokimiyat tepasiga kelgan birinchi
kundan boshlab asosiy e’tiborni davlatni mustahkamlash masalasiga qaratdi.
Xiva tarixchisi Munisning ko‘rsatishicha, Abulg‘ozixon ma’muriy islohot
o‘tkazib, xonlikning markaziy boshqaruv tizimini batamom yangidan tashkil etdi.
Ya’ni, saroyda 32 ta markaziy boshqaruv lavozimlarini tashkil etib, ular
tubandagicha taqsim etildi: 2 ta shayxulislom, 1 ta mutavalli, 1 ta noyib, 4 ta
33
.
otaliq, 4 ta inoq, 4 ta mirob, 4 ta biy, 1 ta parvonachi, 2 ta aka, 2 ta arbob, 4 ta
chig‘atoy inoqi, 1 ta vazir va yana 1 ta qushbegi lavozimlaridir. Shu bilan
Abulg‘ozi o‘zbeklarni va yerli aholining nufuzli vakillarini davlat boshqaruv
ishlariga jalb etib, ular orasida ma’lum barqarorlikni vujudga keltirdi. Davlat
hokimiyatini mustahkamlab olishi Abulg‘oziga ichki va tashqi siyosatni keng
ko‘lamda amalga oshirish imkoniyatini berdi. Abulg‘ozixonning ichki siyosat
borasida o‘tkazgan eng muhim tadbirlaridan yana biri — o‘zbek urug‘–
qabilalarini butun voha bo‘ylab qayta joylashtirish siyosati bo‘ldi.
XVII–XVIII asrlarda ko‘chmanchilarning o‘troqlashish jarayoni Orol
bo‘yidagi o‘zbeklar va qoraqalpoq qabilalari orasida ham kuchaydi. Ularning
ommaviy o‘troqlashuvi va ularning dehqonchilik hayotiga o‘ta borishi bilan
Xorazmda sug‘oriladigan ekin maydonlarni o‘zlashtirish, yangi ariqlar chiqarish,
yangi shahar va qishloqlar bunyod etish zaruriyatini tug‘dirdi.
Ko‘hna Urganch shahri aholisi uchun 1646 yilda Yangi Urganch shahrining
barpo etilishi Abulg‘ozixonning muhim bunyodkorlik ishlaridan biri bo‘lgan. Tez
orada bu shahar xonlikning yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan.
Shu bilan bir qatorda ilgari Gurlanga ko‘chirib keltirilgan Vazir shahri aholisi ham
Amudaryo yaqinida dehqonchilik ishlarini davom ettirmoqda edilar.
Otasining bunyodkorlik ishlarini davom ettirgan Anushaxon tomonidan
Shohobod va Yormish kanallarining qazdirilishi ko‘pgina iqtisodiy-xo‘jalik
muammolarini hal qilish bilan birga, ijtimoiy-siyosiy masalalarda ham tartib
o‘rnatilishiga yordam bergan. Lekin, keyingi davrda mamlakatda yuz bergan
siyosiy inqirozlar ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqargan1 .
XVII asr ikkinchi yarmida kuchaygan siyosiy inqiroz, xonlik taxtida
qo‘g‘irchoq hukmdorlarning tez-tez almashib turishi («xon bo‘lish o‘yini»),
shuningdek, Xorazmda tarqalgan qahatchilik va yuqumli kasalliklar, turkman
yovmutlarining bosqini xalqni og‘ir ahvolga solgan. Hatto “dehqonlarda sotish
uchun g‘alla va boshqa xo‘jalik mahsulotlari, shahar xalqida pul, hunarmandlarda
qayta ishlash uchun xom–ashyo, savdogarlarda sotish uchun mollar qolmagan,
dahshatli ochlik oqibatida ommaviy ravishda yosh bolalarni sotish hollari avj
34
olgan”2. 18
Arab Muhammadxon va uning vorislari davrida Xiva xonligida nisbatan
siyosiy barqarorlik o‘rnatilib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun sharoit
yaratilgan, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, Abulg‘ozixon va uning vorisi Anushaxon davrida amalga oshirilgan
chora-tadbirlar mamlakatdan chiqib ketgan o‘zbek urug‘larini qaytarish va
ularning mavqeini ko‘tarish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ushbu islohot
nafaqat qabilalar o‘rtasidagi kurashlarga barham berish, balki ko‘chmanchi va
yarim ko‘chmanchi qabilalarning o‘troqlashish jarayonini kuchaytirish maqsadini
ham ko‘zda tutgan edi3.
XVI–asr boshlarida tashkil topgan Xiva xonligidagi beqaror siyosiy vaziyat,
mansab va taxt talashuvlar, soliqlar va ortiqcha majburiyatlarning ko‘pligi inqiroz
holatlarini yanada chuqurlashtirishga sabab bo‘lgandi. Natijada XVIII asr ikkinchi
yarmiga kelib xonlikning siyosiy birligi susaydi, uning tashqi va ichki
munosabatlari mushkul bir holatga tushdi. Kuchli siyosiy arboblarning yo‘qligi,
iqtisodiy jihatdan mustahkam tayanchlarning buzilishi mamlakatning qaramligi va
harbiy jihatdan ojizlanishiga sabab bo‘ldi. Vujudga kelgan vaziyat qattiqqo‘l va
uzoqni ko‘ra biladigan
qobiliyatli davlat arboblarining siyosiy kurash
minbariga chiqarishni talab qilardi.
18 2 Otajonov M. Xiva xonligiga doir materiallar … – B. 26.
35
II- BOB. XIVA XONLIGINING TASHQI SIYOSIY ALOQALARI VA
MADANIY HAYOTI
2.1 .Xiva xonligining tashqi siyosiy aloqalari boshlanishi.
XVI boshlarida Eron qizilboshlarining Xorazmni egallashi bilan murakkab
vaziyat paydo bo‘ldi. Voha va uning atrofidagi aholining ozodlik kurashi, ularga
o‘zbek
urug‘larining
bergan
katta
yordami
natijasida qizilboshlarning
hukmronligiga chek qo‘yildi. Shu bilan bir qatorda yangi tashkil etilgan
Xorazmda markazlashgan va yagona hokimiyatning yo‘qligi xonlikni o‘ziga
bo‘ysundirishni maqsad qilib qo‘ygan Buxoro hukmdorlarining manfaatlariga
mos kelardi. Ubaydullaxon (1533–1539) va Abdullaxon II (1557–1598) ning
Xorazmga uyushtirgan yurishlari1, xususan, ular tomonidan ko‘plab o‘zbek
urug‘lari vakillarining olib ketilishi, aholi boshiga solingan katta miqdordagi
soliqlar Xiva xonligi siyosiy barqarorligi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga
salbiy ta’sir ko‘rsatgandi.
Xiva xonlari avlodlari Buxoro hukmdorlari bilan ham qarindosh– urug‘chilik
munosabatlari bo‘lsa ham, ular orasida raqobatlar davom etardi. Buxoro xoni
Abdulazizning inisi Subhonkuli Abulg‘ozining ukasi Sharif Muhammadning
kuyovi edi. Balx hokimi bo‘lgan Subhonquli Abulg‘oziga odam jo‘natib, akasiga
qarshi urushga da’vat qildi. Abdullaxon davrida qarindosh–urug‘lari qoni
to‘kilganligini ko‘p marta eshitgan Abulg‘ozi Buxoro ustiga yurish boshladi.
Ko‘kardik degan joyga yetganda xon Bekquli inoqni Qorako‘l ustiga yubordi.
O‘zi esa 30–40 qishloqni egallagach, Buxoro darvozalari oldida paydo bo‘ldi. Shu
orada Bekquli ham Qorako‘lni egallab, katta o‘lja bilan kelib, xonning asosiy
lashkarlariga qo‘shildi. Xivaga qaytgan xon lashkarlariga alohida iltifot
ko‘rsatdi2. Shu yili Abulg‘ozining o‘zi Qorako‘lga ikkinchi bor yurish qildi.
Kelgusi yili Chorjo‘y ham shu tariqa bo‘ysundirildi va aholisi asir qilib olib
ketildi1.
1657 yilda Abulg‘ozi qo‘shinlari Qorako‘lga yurish qilib, Yoychin va
Narzam degan joylarni egallab, Karmana ustiga yurish boshladi. Zarafshon
36
daryosidan o‘tgan xivaliklar shahar aholisining mol–holini o‘lja oldilar va
Abulg‘ozi buyrug‘i bilan 15 ming kishilik qo‘shin orqaga qayta boshladi. Ularni
taqib qilgan Buxoro qo‘shinlari bilan Xivaliklar o‘rtasidagi to‘qnashuv yetti marta
takrorlandi. Xivaliklarning qutulishi mushkul bo‘lib qolganda Anushaxon
Abdulazizning qo‘shiniga shiddat bilan hamla qildi. Qo‘qqisdan boshlangan
ushbu hujum natijasida buxoroliklar qo‘shini parokanda bo‘ldi. Ular chekinib,
o‘zlarini daryoga tashlay boshladilar. Abdulazizning o‘zi ham daryodan o‘tib,
zo‘rg‘a jon saqlashga muvaffaq bo‘ldi2.
Karmana safarida Anushaxon 14 yoshlik yigit bo‘lib, otasining behad
hurmatiga sazovor bo‘ldi. “Taqi barcha xalqni yig‘ib aytdilar kim o‘g‘limizning
avval safari erdi, oyoqi va yo‘li muborak bo‘ldi. Abdulazizxon tek ulug‘
podshohni bosduq va taqi urush kunida qilgan ishlariga tahsinlar qilib, ulug‘ to‘y
berdilar. Taqi tug‘ berib, lashkar qo‘shib Hazoraspni berdilar”3. 19,— deb yozgandi
shu davrdagi voqealarning guvohi bo‘lgan Mahmud Urganjiy.
1663 yilda Abulg‘ozi Vardanzi degan joyga yurish qilib, yana bir bor
Buxoroga otlandi. Shaharning Namozgoh darvozasi oldida turgan Abulg‘ozi
Buxoroga kirmaslikka qaror qildi. Chunki bu vaqtda Abdulaziz Samarqandda
bo‘lib, shaharda oddiy xalqdan boshqa qo‘shin yo‘q edi. Shu bois xonning o‘zi
yo‘q vaqtda bir necha xotin–xalaj turgan shaharni oldi degan andishadan qochib,
Abulg‘ozi ulkan o‘ljalar to‘plagan qo‘shinni Xivaga qaytarishga farmon berdi.
“Agar tangri bersa Abdulazizxon qal’aning ichinda tursa, aning qo‘lidan
olg‘aymen”,— degan Abulg‘ozining orzu-niyatlari ro‘yobga chiqmadi.
Xiva xonligiga asos solingan dastlabki davrda Eron davlati bilan
munosabatlar biroz vaqtgacha cheklanib qolgandi. Xiva xoni Bo‘chg‘axon (1522–
1526) davrida Eron shohi Tahmosp I ikki tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yishga
harakat qildi. Arab Muhammad davrida taxt uchun kurashlar kuchaygan bir
vaqtda uning o‘g‘illari Isfandiyor va Abulg‘ozi madad so‘rab, Isfaxonga ― Shoh
Abbos (1587–1629) huzuriga borgandilar.
19 3.Abulg‘ozi Bahodirxon. Shajarayi turk. – B.187 va keyingilari.
37
1648 yilda shoh Abbos II (1642–1666) saroyiga elchi
yuborgan
Abulg‘ozixon turkman boshliqlariga qarshi kurashda Eron betarafligini
ta’minlash bilan birga, ikki davlat o‘rtasida savdo va do‘stlik aloqalarini
mustahkamlashga erishgan1. Hatto, bu aloqalar ikki xonadon o‘rtasidagi nikoh
munosabatlari
bilan
mustahkamlangan2.
Abulg‘ozi
Bahodirxon
shoh
Tahmospning Xiva xoni jiyani Oyshabegimga uylanishi munosabati bilan
yuborgan shohona hadyalarining ichida kumush bilan ishlov berilgan to‘qqizta
xanjar, zarboftdan tikilgan hashamatli chodir to‘shaki bilan, to‘qqiz ot egari va
yugani bilan, ming bo‘lak kumush ipak borligini qayd qilib o‘tgan3.
Xiva xonlari Eron bilan aloqalarni saqlab qolish, savdo–sotiq ishlarini
rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lganlar. Tahlil qilingan ma’lumotlar orqali XVI–
XVIII asrlarda Xiva xonligi va Eron davlatida yuz bergan siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarda uch bosqichni, ya’ni tashkil topish, rivojlanish hamda
ziddiyatlar va inqirozlar davrini kuzatish mumkin. Bu davrda ikki davlat
taraqqiyot bosqichlaridagi o‘xshash jihatlar mintaqadagi umumiy vaziyat va
uning ta’sir kuchi hamda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
mazmun-mohiyati haqida tushuncha beradi4.
“Shajarayi turk”da keltirilgan ma’lumotlar XVII asrda Xorazmni Kaspiy
dengizi orqali Eron, Turkiya bilan bog‘lagan yo‘l haqida ma’lum darajada
tasavvur beradi. Jumladan, mamlakatdagi notinchliklar tufayli5 Turkiyaga ketgan
Xiva xoni Xojimuhammadning katta o‘g‘li o‘z yurtiga qaytishda Shirvon –
Kaspiy dengizi – Mang‘ishloq – Xiva orqali o‘tgan yo‘ldan foydalanganligi
tasvirlangan1. Albatta, quruqlik va suv orqali o‘tgan bu karvon yo‘llari xalqlarning
o‘zaro iqtisodiy aloqalari, ularning madaniy yangiliklar bilan almashinuvi hamda
davlatlar o‘rtasidagi diplomatik kelishuvlarning muvaffaqiyatini ta’minlashga
xizmat qilgan.
Taraqqiyotning ayrim bosqichlarida siyosiy vaziyat murakkablashib,
to‘qnashuvlarga ham olib kelgan. 1681 yilda
Xiva xoni Anushaxon lashkarlari
Xurosonga yurish qilib, Mashhad atrofidan 5 mingdan ortiq aholini asir qilib
qaytdi. Asirlar yordamida Amudaryoning qo‘milib qolgan Vadoq irmog‘i
38
asosida Shohobod kanali qazildi va uning yaqinidagi Yangi Urganch, Katqal’a,
Shohobod kal’alarida qurilish ishlari amalga oshirildi.
XVIII asrning 20-30-yillarida ikki davlatning chegaradosh hududlarida tez-
tez to‘qnashuvlar bo‘lib turgan bo‘lsa–da, fors manbalarida keltirilgan
ma’lumotlar Nodirshoh bilan Xiva xoni Sherg‘ozi (1714-1726) o‘rtasidagi
diplomatik aloqalar haqida tushuncha beradi2.
Keyinchalik Nodirshoh Afsharning O‘rta Osiyoga keng miqyosli fotihlik
yurishlari ikki tomonlama munosabatlarning buzilishiga olib keldi. Xiva xonligi
eronliklarga Osiyoda qattiq qarshilik ko‘rsatgan davlat bo‘lib, Elbarsxon II
(1728-1740) qatl etilgandan so‘ng, hokimiyatga intilgan mahalliy mang‘it
boshliqlari Eron shohi bilan hamkorlik qilishga urinishgan.
Eron tarixchisi va voqealarning bevosita ishtirokchisi Muhammad Kozim
(XVIII asr) ma’lumotlari Xorazm aholisi tarkibida vujudga kelgan eroniylar
guruhi haqida tasavvur beradi. Xususan, o‘z vaqtida Xiva hukmdorlari
tomonidan asirga olinib, Xorazmning besh shahrida yashab kelayotgan barcha
Iroq va Xurosonliklarni aniqlash hamda ozod qilish yuzasidan Nodirshohning
bergan buyrug‘iga ko‘ra (1745), 5-6 mingga yaqin oila aniqlangan. Shunda ular
orasidan mahalliy aholi bilan bo‘lgan nikohdan tug‘ilgan kishilarni ajratib
olishga qaror qilingan. Natijada otasi o‘zbek bo‘lgan o‘z uy-joylariga ega 2000
dan ortiq kishilar aniqlanib, iltimosga ko‘ra, ularga Xorazmda yashab qolishga
ruxsat berilgan1.
A.Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasining barbod bo‘lganligi (1718)
to‘g‘risidagi xabarni Isfaxonga yetkazib kelgan maxsus Xiva choparining Eron
hukumati tomonidan 72 chervon bilan taqdirlanishi, shoh Sulton Husaynning
Xiva xoniga 2000 tuman pul taqdim qilganligiga doir ma’lumotlar2 Xiva xonligi
hududiga ko‘plab Eron pullarining kirib kelishini ta’minlagan qo‘shimcha
omillar haqida tasavvur beradi.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib markaziy hokimiyatning zaifligi,
o‘zaro taxt uchun kurashlar, urug‘lararo ziddiyatlar va bularning oqibatida tashqi
39
ta’sirlar, ya’ni Xorazmda turkman, Eronda afg‘on jangarilarining hujumi nafaqat
ichki siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga, balki, mamlakat tashqi siyosatiga
ham putur yetkazgan. Eronda avj olgan ichki kurash va xalq g‘alayonlari
Nodirshohni Xiva xoni va mahalliy amaldorlar bilan kelishib siyosat yuritishiga
majbur qildi.
Munis “Firdavs ul-iqbol” asarida Xiva xoni Abulg‘ozixon II (1742– 1746)
ning Yorim divon avlodidan bo‘lgan Muhammad Amin mehtar orqali
Nodirshohdan turkmanlarning yovmut va chovdur qabilalari isyonini (1745)
bostirishda olgan yordami haqida ma’lumot berilgan3. Bu davrda savdoning
siyosatdan ustun bo‘lgan o‘ziga xos qonuniyatlari har qanday holatda ham
an’anaviy savdo aloqalari batamom to‘xtab qolmaganligini ko‘rsatdi4.
Xiva xoni G‘oibxon (1746–1756) ning qo‘shni davlatlarga nisbatan olib
borgan siyosati Xivada savdo-sotiqning tushkinlikka uchrashiga olib20
kelgandi1. Xonlikda bo‘lgan rus savdogari D.Rukavkin hatto, xonlik tangalari
Xiva xonlari nomi bilan emas, Buxoro xonlarining nomi bilan zarb etilishini qayd
etgan2. Bu esa davlat mustaqilligining susayganligidan darak berardi.
Xiva xonligi tarixida Rossiya bilan munosabatlar alohida o‘rin egallaydi.
Moskva atrofida markazlashgan davlat sifatida mustahkamlana boshlagan
Rossiya turkiy davlatlar hisoblangan Qozon, Astraxan va Qrim xonliklarini
bo‘ysundirgach, Uralortidagi Sibir xonligiga qarshi tajovuz qila boshlagandi.
Mazkur jarayonlarni zimdan kuzatib turgan ingliz arboblari Osiyodagi o‘z
mustamlakalarini saqlash maqsadida chora– tadbirlarni ko‘ra boshladilar.
Jumladan, ular Eron va Hindiston bilan azaliy aloqalari mavjud O‘rta Osiyoda
tashkil topgan yangi xonliklar davlat arboblarini o‘z ta’sir doirasiga tortishni
rejalashtirgandilar. Natijada o‘lkaga savdogarlar va sayyohlar niqobi ostida
josuslar yuborildi.
20 3 Shir Muhammad mirab Munis and Muhammad Riza mirab Agahi. Firdaws al-iqbal. … – P. 169; Firdavs al-
Ikbal. Sochinenie Munisa i Agaxi // MITT.― T. II. – S. 334.
4 Allaeva N. XVI–XVIII asrlarda Xiva xonligi va Eron o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar. ― B. 15.
40
1558 yilda Xiva va Buxoroga Antoniy Jenkinson ismli ingliz savdo agenti
rus podshosi Ivan Grozniyning elchisi sifatida keldi3.
1688 yilda Buxoro qo‘shinlari Xorazm vohasini egalladilar. Subhonqulixon
Xiva taxtiga o‘z noibi Jo‘jixon o‘g‘li Shoh Niyozni o‘tqazdi. Buxoroga
qaramlikdan qutulish yo‘llarini izlagan vassal hukmdor esa rus podshosi Petr
oldiga Do‘st Bahodir ismli elchisini yuborib, undan madad so‘radi. 1700 yil 30
iyunda4 rus podshosidan ishonch yorlig‘ini olgan Shoh 21 Niyoz o‘zini xon deb
e’lon qildi. Ammo uning davri–davroni uzoq cho‘zilmadi. Shoh Niyoz 1702 yilda
vafot qildi.
Yangi xon — Arab Muhammadxon o‘z nomiga yorliq olib kelish uchun Do‘st
Bahodirni elchi sifatida Petr I oldiga yana jo‘natdi. Rus podshosi yangi xon
nomiga yorliq berish bilan bir qatorda, unga sovg‘a tariqasida 1000 ta oltin tanga,
40 ta suvsar terisi va 3 ta miltiq yubordi1.
1713 yilda Rossiyaga kelgan Mang‘ishloqlik turkman savdogari Xo‘ja Nafas
O‘zboyda oltin zahiralari bor degan ma’lumotni berdi2. 1714 yilda Xiva xoni
Hojimuhammad Bahodirxoning taxtga o‘tirganligi haqidagi xabarni Moskvaga
olib kelgan elchi Ashurbek va Sibir gubernatori Matvey Gagarin ham O‘rta
Osiyoda oltin zahiralari borligi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladilar3.
Petrning 1714 yil 29 maydagi buyrug‘i bilan Xiva xonligi hududiga kapitan
Aleksandr Bekovich Cherkasskiy qo‘mondonligida harbiy ekspeditsiya
jo‘natildi4. Podshoning topshirig‘ida qisman shunday so‘zlar bor edi:
“Ehtiyotkorlik bilan daryoning (Amudaryo) oqimi hamda to‘g‘onlarni ko‘rib
chiqish, imkoni bo‘lsa, daryo suvini ilgarigi oqimiga yo‘naltirish, Orol dengizi
tomon oqayotgan irmoqlarni berkitish lozim. Amudaryo orqali savdogarlarni
Hindistonga kemalar suzish mumkin bo‘lgan joygacha yuborish kerak”5.
Ekspeditsiyaga berilayotgan topshiriq ustiga Petr yana shunday so‘zlarni
21 5 Iz doklada pravitelstvennoy ekspeditsii po issledovaniyu napravleniya Sredne-aziatskoy jeleznoy dorogi ot 24
noyabrya 1878 goda. / SGVIA, f. VUA, op. 1, d. 117, ll. 9–13 // WWW: Kungrad.com.
41
yozgandi: “Senatdagi janoblarga mazkur ishni zudlik bilan amalga oshirish zarur
bo‘lganligi uchun jo‘natish lozim”6.
1714 yil 7 noyabrda Astraxandan Gurevga qarab yo‘lga chiqqan qo‘shin
tarkibida 10 ofitser va 1744 nafar piyoda askar, 100 dengizchi va 27 ta kema, 19
to‘p va 33 to‘pchi bor edi1. Ob-havoning noqulayligi sababli 3 dekabrda rus
qo‘shinlari qaytib ketdi. Ammo to‘plangan ma’lumotlarga juda qiziqqan Petr I
izlanishlarni davom ettirish lozimligi haqida ko‘rsatma berdi. Natijada 1715 yil
25 aprelda Bekovich Cherkasskiy kemalarga ortilgan askarlari va qurol–aslahasi
bilan Mang‘ishloq yarim oroliga keldi.
1716 yil 27 yanvardagi podshoning topshirig‘i bilan Kaspiyga yuborilgan
dengiz ofitseri Kojin A.B.Cherkasskiy to‘plagan ma’lumotlarning to‘g‘riligini
tekshirish va dengiz qirg‘og‘i xaritasini chizishga kirishdi. Shu yili 31 martda
Moskvadan Peterburgga chaqirib olingan A.B.Cherkasskiy podshoning Rigadagi
qarorgohida o‘ziga topshirilgan ishning natijalari haqida axborot berdi. Mamnun
bo‘lgan podsho A.B.Cherkasskiyga gvardiya kapitani unvonini berdi va Senatga
zarur mablag‘larni ajratish, 4 ming piyoda, 1500 o‘rol va 500 greben kazaklari,
100 nafar dragun otliqlarini uning ixtiyoriga berishni buyurdi2.
1716 yil 20 sentyabrda Astraxandan kemada yo‘lga chiqqan A.B.Cherkasskiy
9 oktyabrda Tun Qarag‘an (Mang‘ishloq) ko‘rfaziga yetib keladi. Xiva xoni
Sherg‘oziga sovg‘a salomlar yo‘llagach, Cherkasskiy polkovnik Xrushchevga
Avliyo Petr nomiga qal’a qurishni topshiradi. Krasnovodskka suzib borgach esa,
Bextir Liman ko‘rfazi yaqinida shahzoda Aleksey nomidagi istehkomga asos
soladi. Keyinchalik O‘zboyning Kaspiyga quygan eski o‘zani yaqinida uchinchi
qal’a qurilishi boshlandi.
Quruqlik orqali dekabr oyida Astraxanga qaytgach, A.B.Cherkasskiy Xiva
xoni Sherg‘ozi rus elchilarini ushlab qolgani va qo‘shin to‘playotganligi haqida
ma’lumotlarni oladi. Endi u Gurev orqali Xivaga yurishga tayyorgarlik ko‘ra
boshlaydi. Knyazning harakatlaridan norozi bo‘lgan poruchik Kojin uning
42
ekspeditsiyasida ishtirok etishdan bosh tortadi. Ushbu kelishmovchilik haqida
xabar topgan Petr Cherkasskiyga qo‘l ostidagi ishonchli odamlaridan birini,
maxfiy topshiriq bilan, Turkiya va Eron orqali Xitoy va Buxoroga yuborish
hamda oltin qum bor joylarni aniqlashni buyuradi.
Ustyurtdagi Emba daryosiga yetgan vaqtda olingan ushbu topshiriqni bajarish
mas’uliyati Mirza Tavakkalov zimmasiga yuklanadi. O‘z navbatida, Tavakkalov
Ozarbayjondagi Shemaxa qal’asi orqali Isfaxonga, undan o‘tib Astrabodga
borgan vaqtida Safaqulixon ismli noib qo‘liga asirlikka tushib qoladi. Erondagi
rus elchisi Volinskiy tomonidan ozod qilingan M.Tavakkalov Cherkasskiy
ekspeditsiyasining fojeali taqdiri haqida eshitgach, Rosiyaga qaytib ketadi.
Ruslar yurish boshlagan vaqtda Xivada qozoq xoni Sultong‘ozi avlodidan
bo‘lgan Sherg‘ozi Jonto‘raxon o‘g‘li (1714-1726) hukmronlik qilardi. Muarrih
Munisning guvohlik berishicha, u Buxoroda tug‘ilgan va madrasada o‘qib,
bilimlarni chuqur egallagandi. Xijriy 1126 yilining xamal oyi o‘rtalarida uni
Buxorodan
keltirib,
poytaxt
Xivada
taxtga
o‘tqazadilar1.
22
Ruslar
yaqinlashayotganidan xabardor bo‘lgan xon 24 mingga yaqin askar to‘pladi.
1717 yilda 11 ta to‘p va 1877 askar bilan Xivaga qarab yurish boshlagan
ruslarning Qayrag‘och daryosiga baliq ovlashga yuborilgan 60 ga yaqin kazaklari
xivaliklar tomonidan asir olinadi. Ruslarning kuchi ko‘pligidan xabardor bo‘lgan
Xiva xoni Bekovich-Cherkasskiyga Eshimxo‘jani yuborib, uning ruxsatisiz ish
qilinganligi, asir olingan kazaklarni qaytarib yuborishga tayyor ekanligi, agar u
haqiqatdan ham elchi sifatida kelgan bo‘lsa, hamrohlari bilan birga, do‘stona
ravishda kutib olishini ma’lum qiladi1. O‘z navbatida Xivaga kelgan astraxanlik
dvoryan Kreytov
ikkinchi
marta xonga ruslarning bosqinchilik niyatlari
yo‘qligini rasman bildiradi.
Sherg‘ozixon bu gal ham rus elchilarini qaytarib yubormadi. Shu orada uning
yuborgan qo‘shinlari ikki kun davomida ruslar bilan urush qildilar va yengilib
22 1 Munis va Ogahiy. Firdavsul iqbol. ― 459–bet. // WWW: Kungrad.com.
43
qaytdilar. Vaziyatni hisobga olgan xon hiyla ishlatishga qaror qildi. U
sarbozlarining harakatidan bexabarligi va sulh muzokalari olib borishga tayyor
ekanligini bildirdi. Muzokaralar dastlab Cherkasskiyning Porsu yaqinidagi
Porsungul arig‘i bo‘yidagi qarorgohida o‘tkazilgach, xon ruslarni mehmonga
taklif qildi. Ishonch yorlig‘ini topshirish uchun ofitserlari va 700 nafar soqchilari
bilan kelgan Davlat Girey2 nomi bilan atala boshlagan Cherkasskiyga sharqona
takalluf va hurmat–e’tibor ko‘rsatildi, sovg‘a–salomlar berildi.
Xon o‘z yaqinlari bilan Xivaga ketdi, Bekovich-Cherkasskiy esa lageriga
qaytdi. Ular ikkinchi bor Xivadan 108 chaqirim masofadagi Porsu qal’asida
uchrashganlarida xon ruslarni oziq-ovqat va yem-xashak bilan ta’minlash
muammosini hal qilish bahonasida poytaxt Xivadan tashqari xonlikdagi boshqa
shaharlarga tarqatish rejasini taklif qiladi. Xonning taklifi bilan A.B.Cherkasskiy
rus qo‘shinlarini 5 qismga bo‘ldi va uning bilan faqat 200 nafar soqchi askarlar
qoldi, xolos. Natijada kichik qismlarga ajratilgan rus armiyasini qilichdan
o‘tkazish
boshlandi.
Birinchilar
qatorida,
1717
yil
29
avgustda
A.B.Cherkasskiyning o‘zi qatl qilindi1. Uning boshi tanasidan uzilib, Buxoro xoni
Abulfayzga jo‘natildi, ammo u “sovg‘ani” qabul qilmay Xivaga qaytarib yubordi.
Ekspeditsiya halokati haqidagi xabar chet el safarida bo‘lgan Petrga biroz
kechikib yetkazildi. U 1717 yil 10 oktyabrda Peterburgga qaytib keldi va To‘p
Qarag‘an
(Mang‘ishloqda)
hamda
Krasnovodskdagi
istehkomlarni
mustahkamlashni buyurdi. Ammo imperatorning topshirig‘i qo‘shinlarga biroz
kechikibroq yetkazilganligi sababli, harbiylar kasalliklar huruji va turkmanlar
orqali kelayotgan noxush xabarlar ta’siri hamda o‘z jonlarini saqlab qolish
maqsadida ruslarning bir qismi 1718 yil bahorida Astraxanga qaytib keldilar.
Bekovich Cherkasskiy ekspeditsiyasi halokati Rossiya va Xiva xonligi
o‘rtasidagi munosabatlarning ma’lum vaqtgacha murakkab holda saqlanib
turishiga sabab bo‘ldi. Xon esa vaziyatni biroz yumshatish va savdo–sotiq
aloqalarini tiklash maqsadida 1720 yilda Avaz Muhammad ismli elchisini
44
Peterburgga jo‘natdi. Ammo shuhrat pillapoyasi cho‘qqisiga chiqqan Petr Xiva
xonining diplomatik harakatini qo‘llab–quvvatlamadi. Hibsga olingan elchi esa
tutqinlikda 1721 yilda vafot qildi2.
1739 yil kuzida Xiva xoni Elbarsxon 40 kishidan iborat elchilarni Rossiyaga
jo‘natdi. Ularning boshlig‘i ― amaldor Ortiq Bahodir, savdogar Ollaberdi va
hattot Niyozboylar shu yili 15 sentya-brda Astraxanga y e tib keldilar. Bu
yerda biroz muddat turib qolgan elchilarga ruxsat berilgach, xivaliklar Moskva
orqali 1740 yil 23 iyunda Sankt–Peterburgga yetib bordilar, bir haftadan keyin
xivaliklarni qabul qilgan kansler Osterman josuslik xarakteridagi ma’lumotlarni
olishga intildi. Xususan, u Xiva xoni zarur bo‘lsa qancha askar to‘plashi
mumkinligi (300 ming), Xorazmdan Buxoroga yo‘l qancha vaqtni oladi (tuyada
10 kun va otda 2 kun) kabi savollarni berdi. 3 avgustda xivaliklarni qabul qilgan
imperatritsa Anna Ivanovna savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirishdan har ikki taraf
manfaatdor ekanligini aytdi.
Xiva elchilari vataniga qaytayotgan vaqtda Elbarsxon o‘ldirilganligi va
Xorazmni Nodirshoh bosib olganligi haqidagi xabarlar Astraxanga yetib kelgandi.
Ortiq Bahodir va uning hamrohlariga biroz vaqt Astraxanda qolishga ruxsat
beriladi1,23. Oradan sal kam bir yil o‘tgach, 1741 yil 18 mayda xivaliklar holidan
xabar olish maslahatchi Petr Kurbatovga topshiriladi. Xiva elchisi Ortiq
Bahodirxon qilich, qalqon va boshqa qurollar hamda qalmiq va tatarlardan xotin–
qizlarni olib ketishga ruxsat so‘raydi. Ushbu iltimoslarga rad javob beriladi hamda
Rossiyadan boshpana so‘ragan xivaliklarga Astraxanda emas, balki Samarada
yashashlari mumkinligi aytiladi.
Arxivda saqlanib qolgan hujjatlardan shu narsa ma’lum bo‘lganki, yurtiga
ketishga ruxsat berilsa–da, Ortiq Bahodirxon Astraxanda 1757 yilgacha qolib
ketgan. Xiva xonligi taxtiga Nuralixon o‘tirgandan keyin yurtiga qaytgan Ortiq
Bahodirxonga 7 ming kishilik qo‘shinga qo‘mondonlik qilish vazifasi
23 1 Veselovskiy N.I. Priyom v Rossii i otpusk Sredneaziatskix poslov v XVII–XVIII stoletie. — S. 3, 6, 9, 10.
45
topshirilgan. Bu haqdagi xabarni 1762 yida Astraxanga kelgan Ortiqning ukasi
Ollashukur yetkazgan2.24
Nodirshoh bosqinidan biroz oldinroq Xivani xaritaga tushirgan rus injeneri
Nazimovning1 hisoblariga qaraganda shahar o‘lchami 1000 x 400 metr bo‘lib, u
40 gektar maydonni egallagan edi. Bosqinchilar vaxshiyligi natijasida shahar
aholisi soni keskin kamaydi va ko‘plab obidalarga shikast yetkazildi. 1740 yilda
qozoqlar
sultoni
Abulxayr
iltimosiga
binoan
Orenburg
gubernatori
V.Tatishchevning topshirig‘i bilan Xivaga Dmitriy
Gladishev va Ivan Muravin boshchiligida hamda tarjimonlar Nazarov va Usmon
Arslonovlar kuzatuvida ekspeditsiyalar yuborildi. Ular Orol dengizi qirg‘oqlarida
geografik va harbiy-topografik tekshirish ishlari olib bordilar. Sirdaryo havzasi
ham tekshirilib, bu yerda harbiy istehkom qurish uchun qulay joy tanlandi. Xuddi
o‘sha vaqtda, tijorat bahonasi bilan Xivaga Gok va Tomson ismli inglizlar
kelgandi2.
Shu orada chor ma’murlari Xivada ta’siri kuchli bo‘lgan kozoq xoni
Abulxayrxon orqali xonlikni Rossiya ta’sir doirasiga tortish borasidagi
harakatlarini davom ettirdilar. 1742 yil yanvarida Quyi Amudaryo havzasida
Abulxayrxon bilan uchrashgan D.Gladishev “Rossiya imperiyasiga sodiqlik
uchun kasamyod” matnini Xiva xoni Nuralixonga imzolatishda yordam berishni
so‘radi. Ammo bu harakatlar samarasiz tugadi. Chunki Nuralixon taxtni 3 oygina
egallab tura oldi, xolos. Nodirshohning roziligi bilan Xiva taxtiga sobiq xon
Elbarsning o‘g‘li Abulg‘ozi II o‘tqazildi va u noib sifatida xonlikni 5,5 yil
boshqardi.
1743 yilda Abulg‘ozi tomonidan jo‘natilgan elchi Olloberdi savdo–sotiq
aloqalarini tiklash taklifini Peterburgga yetkazdi. 1745 yilda xonning vakili
24 1 Veselovskiy N.I. Priyom v Rossii i otpusk Sredneaziatskix poslov v XVII–XVIII stoletie. — S. 3, 6, 9, 10.
2.Abdurasulov A. Xiva. Tarixiy etnografik ocherklar. — B. 21.
3 Maksheev A.I. Istoricheskiy obzor Turkistana … ― S. 144.
46
Xojimuhammad Oxun Mulla Tursunov Astraxanga yuqoridagi taklif bilan bordi.
Ammo Xivaning mustaqil siyosat yuritishga shubha
bilan qaragan rus
amaldorlari aloqalarni tiklashga shoshilmadilar3.
1793 yil 20 aprelda xivalik Iskandar Allaberganov va Rahimboy
Do‘stmurodovlar Ufa gubernatori, general–poruchik Peutling nomiga yozilgan
maktub bilan Orenburgga keldilar. Unda hukmdor Avazboy inoq o‘z tog‘asi —
Muhammad Fozilbiyning ko‘zi ko‘rmay qolgani va uni davolash uchun tajribali
vrach yuborishi so‘ralgan edi1. O‘z navbatida Peutling xivaliklarning iltimosini
Peterburgga, imperatritsa Yekaterina II ga yetkazdi. Natijada Xivaga yuborish
rejalashtirilgan harbiy vrach — mayor Blankennagelga tilmoch sifatida chegara
sudi tarjimoni Xolmagorov, bitta sartarosh va 8 nafar kazaklar ajratildi2.
1793 yil 5 oktyabrda Xivaga yetib kelgan Blankennagel traxoma kasalidan
ko‘zlari ojizlanib, ularga suv yig‘ilib qolgan 80 yoshlik Fozilbiyni davolay
olmadi3. Natijada vrachga ishonchsizlik bildirib, uni josus sifatida Xivada 4 oy
davomida ushlab qoldilar. Oradan biroz vaqt o‘tgandan keyin, 1794 yil 12 martda
Blankennagel Xivalik elchi Avaz Muhammad bilan birga Orenburgga qaytdi4.
Shu narsani qayd etish lozimki, Blankennagelning kuzatuvlari O‘rta Osiyoga
g‘araz niyatlar bilan qarayotgan rus harbiylari va uni ob’ektiv o‘rganishga
intilayotgan olimlar diqqatini tortdi. Ushbu ma’lumotlar taniqli rus olimi
V.V.Grigorevning sharhi bilan nashr qilindi5.
Xulosa sifatida shuni qayd qilish mumkinki, XVI–XVIII asrlarda Xorazm
vohasi va uning atrofidagi hududlarda mustaqil davlat sifatida shakllana boshlagan
Xiva xonligi Rossiya hamda qo‘shni davlatlardan Buxoro va Eron bilan siyosiy,
diplomatik va savdo-sotiq munosabatlar o‘rnatdi. Bu hududlardagi etnik va
etnomadaniy jarayonlar natijasida xonlikdagi ijtimoiy munosabatlar ham o‘zgardi.
Shu bilan bir qatorda ikki tomonlama munosabatlarda doimiy ravishda ijobiy
holatlar qayd etilmasdan, ba’zi hollarda siyosiy keskinliklar, hattoki qurolli
to‘qnashuvlar va bosqinlar ham bo‘lib turganligini tan olish kerak. Mazkur vaziyat
47
davlatlararo munosabatlar va aloqalarning uzoq yillar davomida keskin bir
sharoitda qolib ketganligi, har ikki tomon manfaatlariga katta zarar yetkazganligini
ko‘rsatdi.
2.2. Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti
Butun Oʻrta Osiyo hududida bo'lgani kabi Xiva xonligida ham yer egaligining
quyidagi shakllari hukmronlik qilgan: davlatga qarashli yer- lar yoki podsholik
yerlari; xususiy shaxslarga qarashli yerlar; diniy mu- assasalarga qarashli yerlar
yoki vaqf yerlari.
Podsholik yerlari bevosita davlatga, xonga tegishli bo'lib, avloddan avlodga
meros bo'lib o'tgan. Davlat yerlariga doimiy sug'oriladigan ekinbop yerlardan
tashqari tashlandiq yerlar, qumlik, adirlar va yaylovlar, ko'l va to'qayzorlar ham
kirgan. Davlat yerlari bosib olingan hududlar, isyonkor mulkdorlarning musodara
qilingan yerlari, yangi yerlarning o'zlashtirilishi hisobiga ham kengayib borgan.
Davlat yerlari xon tomonidan mulkdorlarga va ijarachi dehqonlarga, bevatan
(yersizlar)larga foydalanish uchun boʻlib berilgan.
Bunday yerlardan davlatga olingan hosilning 40-50 foizigacha mahsulot yoki
pul ko'rinishida soliq undirilgan. Davlat yerlari xonlik xazinasining asosiy manbai
hisoblangan. Xon o'ziga xolis xizmat qil- gan amaldorlarga, yaqin
qarindoshlariga, sodiq xizmat qilgan navkar- larga va dindorlarga davlat
yerlaridan in'om qilib bergan. Bunday yer- lar soliqlardan ozod etilgan.
Xususiy (mulk) yerlar xonning shaxsan o'ziga, uning yaqin qarin- doshlariga,
yirik boylarga, saroy amaldorlariga, harbiylarga va boshqa zodagonlarga tegishli
yerlar bo'lgan. Xonlikning suvga yaqin boʻlgan o'troq markaziy tumanlaridagi
unumdor va serhosil yerlaming aso- siy qismi mulkdorlar qo'lida edi. XIX asrning
birinchi yarmiga oid ma'lumotlarga koʻra, mulk egalariga tegishli yerlar
xonlikdagi barcha sug'oriladigan yerlarning yarmidan ko'prog'ini tashkil etgan.
Manba- Jarning ma'lumot berishicha, ayrim mulkdorlar ixtiyorida ikki-uch ming
48
tanobdan o'nlab ming tanobgacha yer bo'lgan. Misol uchun, Pitnak, Hazorasp va
Sho'roxon shaharlari hamda ularga tutash bo'lgan qish- loqlar amir ul-umaroga
tegishli edi. Muhammadaminxon o'g'li Abdulla to'raga 20 ming tanobdan ortiq
yerni in'om qilgan va hokazo.
Vaqt yerlariga diniy muassasalar, masjid, madrasa, qabriston, xo- naqolarga
qarashli yer-mulklar kirgan. Bu mulklar diniy muassasalarga xon, amaldorlar va
ayrim shaxslar tomonidan vaqf qilib berilgan. Bun- day yerlardan kelgan daromad
diniy muassasalar ehtiyoji uchun sarf etilgan. Ma'lumotlarga koʻra, XIX asr
o'rtalarida xonlikdagi vaqf mul- kining umumiy hajmi 170-175 ming tanobni
tashkil etgan.
Xiva xonligi lagi kam yerli va umuman yersiz, ot-ulovsiz dehqonlar
ko'pchilikni tashkil etgan boʻlib, ular davlat, mulk hamda vaqf yerla- rida ijaraga
ishlashgan. Ijaradorlar ijaraga olgan yer miqdoriga qarab davlatga soliq
to'lashgan. Ular kimning yerida xizmat qilishlariga qa- rab bevatan, koranda va
vaqfkor degan qatlamlarga boʻlingan. Davlat yerlarini ijaraga olgan yersiz va
kamquvvat dehqonlar bevatanlar, mulk yerlaridagi ijarakorlar koranda, vaqf
yerlari ijarakorlari esa vaqfkor deb atalgan.
Dehqonchilik va chorvachilik Xiva xonligi iqtisodiy hayotining asoslaridan
hisoblangan. Dehqonchilikda Amudaryo quyi oqimidan olingan koʻplab kanallar
va ariqlar muhim o'rin egallagan. Ta'kidlash lozimki, Xiva xonligida suv
manbalarining yetarli boʻlishiga qaramas- dan, dehqonchilik taraqqiyoti qo'shni
Buxoro xonligidagidek yuksak darajada rivoj topmagan edi
Xonlikda donli ekinlardan bug'doy yetishtirish nisbatan keng rivoj- langan
bo'lib, bug'doy Pitnakdan Shohabbozgacha boʻlgan hududlarda, ayniqsa koʻp
ekilgan. Sug'oriladigan yerlarga bug'doyning saranchi navi ko'p yetishtirilgan.
Bug'doy yig'ib olingan dalalarga qovun, tar- vuz, mosh, jo'xori kabi ekinlar
ekilgan. Xonlikda ko'plab sholi ekin- zorlari mavjud edi.
Paxta yetishtirish asosan Gurlan, Yangi Urganch, Xiva, Xonqa, Shohabbozda
49
rivojlangan. Paxta chigitidan yog' olinib, tolasi mahalliy hunarmandlar ehtiyoji va
tashqi bozorga chiqarilgan. Suv ko'p talab qil- maydigan (Hazorasp, Qo'ng'irot,
Toshhovuz, Ilonli, Gʻazovat, Mang'it va Gurlan) kunjut, no'xat, mosh, arpa va
boshqa ekinlar ekilgan. Sab- zavot, poliz ekinlari ko'plab yetishtirilgan. Xorazm
qovunlari qoʻshni hududlarda ham mashhur bo'lgan. Bog'dorchilik ham ancha
taraqqiy etgan. Ammo ipakchilik kam miqdorda rivojlangan.
Xonlikning o'troq dehqonchilik tumanlarida chorvachilik yaxshi rivoj
topmagan. Vohalarida yirik hayvonlar dehqonchilikda (yer hay- dash, hosilni
yanchish, suv chiqarish va hokazo) foydalanish, go'sht va sut mahsuloti uchungina
boqilgan. Xonlik aholising go'shtga boʻlgan talabini ko'chmanchi turkman va
qozoq qabilalari qondirishgan. Ko'chmanchilar qo'y, yilqi, tuya yetishtirib,
aholining go'sht, sut, teri, jun bilan to'la ta'minlab turgan.
Soliq siyosati. Xiva xonligida qo'shni davlatlarda boʻlgani kabi xi- roj, zakot,
boj, jiz'ya kabi soliqlar mavjud boʻlgan. Muhammad Rahim- xon I amalga
oshirgan iqtisodiy islohot tufayli xonlikdagi soliq siyosati- ga oʻzgartirishlar
kiritiladi. Xususan, ilgari mahsulot ko'rinishida yig'ib olinadigan xiroj o'rniga pul
solig'i solg'it (solg'ut) joriy etildi. Bunga ko'ra, 10 tanobdan ortiq yeri bo'lsa yiliga
3 tillo (54 tanga), 5-10 ta- nob yeri boʻlsa 2 tillo (36 tanga), 5 tanobgacha yeri
bo'lgan dehqonlar I tillo (18 tanga) miqdorda soliq to'lashgan. 15 tanobgacha yerni
ija- raga olgan ijarakorlar yiliga davlat xazinasiga 34 tanga, 10 tanobgacha yerni
ijaraga olganlar 22,6 tanga, 5 tanobgacha yerni ijaraga olganlar 11,3 tanga
miqdorda soliq to'lashgan. Ijarakor dehqonlar davlat xazi- nasiga soliq to'lashdan
tashqari, ijaraga yer bergan xo'jayinga pul yoki mahsulot bilan haq to'lashi yoxud
ishlab berishi lozim boʻlgan.25
Xonlikdagi yarim o'troq va chorvador aholi ham davlat xazinasiga belgilangan
miqdorda xiroj va zakot to'lashgan. XIX asr boshlaridan boshlab ulardagi xiroj
25 Muhammadrizo
Erniyozbek
o‘g‘li
Ogahiy. Shohidu–l
iqbol.
― Toshkent: Muharrir,
2009. – 335 b.
50
solig'i soliq kesma deb atala boshlagan. Bunga koʻra, qoraqalpoqlar va
qo'ng'irotlar ekin maydoni va hosil miqdoridan qat'i nazar, davlat xazinasiga har
yili 24,5 ming kichik tillo miqdori- da soliq to'lab turishgan. Qoraqalpoqlar va
qozoqlardagi yersiz va ot- ulovsiz dehqonlar, xon, uning qarindoshlari va saroy
amaldorlarining shaxsiy yerlarida ijarakor bo'lsalar, hosilning har 4 yoki 5
botmoni hi- sobidan ikki botmon miqdorida davlat xazinasiga soliq to'laganlar.
Chorvador aholi xon xazinasiga zakot solig'i toʻlagan. XIX asr boshlariga
qadar bu soliq natura ko'rinishida, 40 bosh chorva hisobi- dan bir bosh undirilgan
bo'lsa, keyingi davrlarda zakotni undirishga o'tilgan. Endilikda chorvadorlar yirik
chorva uchun 40 bosh chorva- dan 5 tillo, mayda chorvaning har 40 boshiga 10
abbos (10 abbos - 25 kumush tanga) miqdorida soliq to'lashgan. .26
Yuqoridagilardan tashqari, xonlikning barcha o'troq, yarim o'troq va
ko'chmanchi aholisi qazuv, begor, qochuv, otlanuv, boj puli, miltiq solig'i, ulov
tutuv, qo'nalg'a, chopar puli, tarozi haqi, mirobona, dar- vozabon, mir tuman haqi,
afanak puli kabi qo'shimcha to'lov hamda majburiyatlarni ham bajarishgan. Ular
orasida eng og'iri qazuv, qochuv va begor boʻlib, bu davlat qurilishi, ariqlarni va
daryodagi dambalar- ni ta'mirlash, qal'a, saroy, shahar devorlari, yo'l va ko'priklar
qurilishi hamda ta'mirlanishi uchun har yili 12 kun bepul ishlab berish majburi-
yati boʻlgan
Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Shaharlar Xorazm hunarmandchiligi
ixtisoslashgan boʻlishiga qaramay, yarim ko'chmanchi xo'jaliklarda uy
hunarmandchiligi ustunlik qilgan. Hunar- mandchilikning asosiy sohalaridan biri
to'qimachilik edi. Ko'chmanchi aholining turli matolarga boʻlgan talabi va qisman
tashqi bozor uchun mahsulot yetkazib beruvchi to'qimachilik sanoati rivojini
taqozo etgan. Xonlikda ipak, yarim ipak va paxta matolar ishlab chiqarilgan.
Matolar asosan qoʻlda tayyorlangan. 2
26 Maksheev A.I. Istoricheskiy obzor Turkestana i nastupatelnogo dvijeniya v nego russkix. ― SPb., 1890. – 376 s.
2 Mustabid tuzumning O‘zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari (1865–1990 yy.).
― Toshkent: Sharq, 2000.
51
Undan tashqari, xonlikda kulolchilik, misgarlik, degrezlik, temir- chilik,
duradgorlik kabi an'anaviy hunarmandchilik turlari ham rivoj- langan. Manbalar
shahar va qishloqlarda yer haydaydigan moslama tay- yorlovchilar (pazachi), ot
abzali tayyorlovchilar (kuchanchi), misgarlar, zargarlar, pichoqchilar, qinchilar,
bo'yoqchilar, telpakdo'zlar, quifgar- lar, juvozchilar, shamchilar, sovunchilar,
novvoylar, oshpazlar kabilar maxsus kasb-hunarga ixtisoslashganliklari haqida
ma'lumotlar beradi.
Xivada gilam to'qish o'zining qadimiy ahamiyatini xonlik davri- da ham saqlab
qoldi. Ilgarigidek, gilam to'qish bilan turkmanlar ham shug'ullanganlar. Xiva
gilamlari ichki va tashqi bozorda mashhur boʻlgan. Umuman olganda, mahalliy
hunarmandlarning mahsulotlari ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarilgan.
XVI asrning oxiriga kelib Amudaryo asosiy o'zanining o'zgarishi Xorazmning
tashqi savdo aloqalariga ham ta'sir etdi. Xorazmning il- garigi savdo markazlari
o'z ahamiyatini yo'qota borib, Rossiya bilan savdo aloqalarida Volganing quyi
oqimlari orqali o'tgan yo'llar katta ahamiyat kasb eta boshladi. Astraxanda xivalik
savdogarlarga imtiyoz- lar berilgan bo'lib, ular rus savdo yarmarkalarida ishtirok
etib turish- gan. XVIII asrning o'rtalaridan boshlab, ya'ni Orenburg shahriga asos
solingach, Xiva savdogarlari Uralbo'yi orqali savdo-sotiqni yanada jonlantirdilar.
Xivadan Rossiyaga paxta matolar, mevalar, qimmatbaho toshlar, qog'oz
mahsulotlari, parcha va buyum shaklidagi ipak va yarim ipak matolar, gilamlar,
tuya junidan matolar, qisman qorakoʻl, guruch, sayg'oq (kiyik) shoxi, kashmir
matosi kabi mahsulotlar olib borilgan. Rossiyadan esa Xivaga oltin va kumush
tangalar, mis, choʻyan, temir va boshqa metallar, paxta, ipak va yung matolar,
bo'yoqlar, shakar, choy, billur idishlar, oshlangan teri kabi mahsulotlar keltirilgan.
Xiva xonligi savdogarlari qo'shni Buxoro va Qoʻqon xonliklari shu- ningdek,
Xitoy, Eron, Afg'oniston, Hindiston bilan ham savdo aloqalari olib borishgan. Bu
davlatlarga Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar bilan birga mahalliy mahsulotlar
(zargarlik buyumlari, gilamlar, otlar) ham olib borilgan. Chet davlatlardan asosan
52
turli matolar, metall, ziravorlar, bo'yoqlar, fil suyagi, shakar (qand) kabi
mahsulotlar keltirilgan.
Xiva xonligining Yangi Urganch, Kichik Vazir, Qiyot, Xonqa, Tir- sak,
Gurlan, Hazorasp, Qo'ng'irot, Shohabboz kabi shaharlari hunar- mandchilik va
savdo-sotiq markazlari edi. Manbalarning ma'lumotlariga koʻra, XIX asrning
birinchi yarmida Yangi Urganch himoya devorlari bilan o'rab olingan savdo
markazi boʻlib, unda bir yarim mingta xo- nadon bo'lgan. Urganchlik
savdogarlarni nafaqat Buxoro, Qoʻqon va Turkiston bozorlarida, balki Astraxan,
Orenburg, Nijniy Novgorod, Moskva, Qashg'ar, Mashhad, Kobul bozorlarida ham
ko'plab uchra- tish mumkin edi. Urganch bozorlari asosan ichki savdo
mahsulotlariga moʻljallangan bo'lsa-da, tashqi savdo uchun mahsulotlar yirik
savdo- garlarning uylaridagi ustaxonalarda tayyorlangan. Shaharda 300 ga ya- qin
savdo do'konlari boʻlgan.
XVII-XVIII asrlarda Qiyot shahri saroylari, masjid va madrasalari bilan
shuhrat qozongan boʻlib, XIX asrning birinchi yarmidan oʻz aha- miyatini yo'qota
boshlaydi va 50-60 xonadondan iborat qal'aga aylana- di. Bu yerda 30 ga yaqin
do'konlar boʻlib, seshanba va shanba kunlari bozor boʻlgan.
Juvarxas kanalining Amudaryodan suv oladigan joyida joylash- gan Hazorasp
shahri barcha qulayliklarga ega edi. Shaharda sakkizta masjid va shuncha madrasa
boʻlib, 450-500 ta xonadon istiqomat qilgan hamda 400 ga yaqin savdo do'konlari
mavjud bo'lgan. Hu- narmandchilik mahsulotlari asosan do'konlarda va qisman
uylarda tayyorlangan, Hazoraspda katta bozor dushanba va juma kunlari ish-
lagan.
Xonlikdagi yirik savdo-hunarmandchilik markazlaridan biri Gur- lan edi.
Manbalarga ko'ra, XIX asrning o'rtalarida shaharda, atrof hududlar bilan qo'shib
hisoblaganda uch mingtagacha xonadon isti- qomat qilgan. Shaharda ko'plab
masjid va madrasalar, bogʻlar, tut- zorlar boʻlib, dalalardagi sholi, paxta va
bug'doydan yaxshi hosil olingan.
53
Ma'lumki, XVII asrning boshlariga kelib Xiva butun xonlikning poytaxtiga
aylangan edi. Arabmuhammadxon davrida Xivada yirik madrasa bunyod etilgan
bo'lsa, Abulg'ozixon davridan boshlab shahar- ning siyosiy-ma'muriy va iqtisodiy
mavqeyi yanada ko'tarildi. Poytaxt shahar sifatida shaharning mavqeyini
mustahkamlash maqsadida XIX asrning oxirlariga qadar Xivada koʻplab masjid
va madrasalar, bozor- lar va karvonsaroylar, saroy va minoralar, hammomlar
bunyod etildi. Manbalarga koʻra, Xiva bozorlari haftaning deyarli barcha kunlari
ish- lab, raislar tomonidan boshqarilgan. Rus sayyohlari Xiva bozorlarini
gavjumligi va mahsulotlarga boyligi, ajnabiy savdogarlarning ko'pligi bilan
Buxoro va Qo'qon bozorlaridan qolishmasligi haqida ma'lumotlar qoldirishgan.
Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayotida bo'lib o'tgan vo- qealar madaniy
hayotga ta'sir etmasdan qolmadi. Shunga qaramasdan xonlikdagi madaniyat
o'ziga xos yo'nalishlarda davom etdi. Madaniy, hayot ravnaqi ta'lim-tarbiya,
adabiyot, tarixnavislik, me'morchilik va amaliy san'at kabilarda kuzatiladi.
Butun O'rta Osiyoda bo'lgani kabi, Xiva xonligida ham asosiy ilm o'chog'lari
boshlang'ich maktablar va madrasalar bo'lgan. Boshlang'ich maktab, ya'ni, quyi
ta'limda o'qish-yozishni o'rganib, xat-savod chiqar- gan o'smirlar poytaxt
Xivadagi hamda Buxorodagi madrasalarda o'qib ta'lim olishgan. Manbalarga
ko'ra, XIX asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang'ich maktab va 130 ta
madrasa bo'lgan. Faqat Xiva- ning oʻzida 22 ta madrasa boʻlib, ular ichida
Muhammad Rahimxon, Sherg ozixon, Rahmonberdibiy, Olloqulixon, Xoja
Mahram, Fozilbek, Davlat Qorako'z, Bekniyoz devonbegi madrasalari alohida
nufuzga ega edi.27
Xorazm adabiy muhitida ilg'or g'oyalarni targ'ib etgan shoirlardan biri
Nurmuhammad G'arib Andalib (1710-1770) edi. Klassik poeziya- ning turli
janrlarida ijod qilgan Andalibning «Said Vaqqos>>, <<Zaynul arab», «Yusuf va
27 Yuldashev M.Yu. K istorii torgovыx i politicheskix svyazey Sredney Azii s Rossiey v XVI – XVII veka. ―
Tashkent, 1964. – 123 s.
2 Qurbonboev S. Pitnak tarixi.– Urganch: Xorazm, 2001. – 64 b
54
Zulayho», «Layli va Majnun» kabi dostonlari mash- hurdir.
Xivada ijod etgan shoirlar ichida Muhammad Rizo Ogahiy (1809- 1874)
alohida o'ringa ega. Tarixchi, tarjimon va shoir boʻlgan Ogahiy- ning 1832-yilda
tuzilgan «Ta'vizul oshiqon» («<Oshiqlar tumori») devo- nidagi g'azallari ayniqsa
mashhurdir. Bu davrda shuningdek, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niyoz
Nishotiy, Muhammad Xokisor, Tabibiy, Munis, Komil Xorazmiy, Komdon,
Murodiy kabi shoirlarning ijodi ri- voj topdi. XVII-XVIII asrlarda «Goʻroʻgʻli»
majmuasi dostonlari rivoj- lantirildi, «Tohir va Zuhra», «Oshiq G'arib va
Shohsanam», «<Sayyod va Hamro>>, <<Sanobar», «Yusufbek va Ahmadbek»,
«Bahrom va Dilo- rom» kabi dostonlarning folklor va xalq og'zaki ijodidagi
ko'rinishlari taraqqiy etdi.
Bu davrda tarixnavislikdagi ilgarigi an'analar saqlanib qoldi, Tari- xiy asarlar
orasida Abulg'ozining «Shajarai turk» va «Shajarai taroki- ma» oʻzbek tilida
bitilgan muhim tarixiy asarlar hisoblanadi. Tarixnavislik an'analarini keyinchalik
Munis, Ogahiy, Muhammad Yusuf Ba- yoniy kabi tarixnavislar davom ettirishdi.
XIX
asr
boshlarida
Muhammad
Rahimxonnning
buyrug'i
bilan
Shermuhammad Munis (1778-1829) «Firdavs ul-iqbol» («Baxt-u saodat jannati»)
asarini yaratdi. Xiva xonligining XVIII-XIX asr- lar tarixi haqida qimmatli
ma'lumotlar beruvchi bu asarni keyin- roq Olloqulixon topshirig'i bilan
Munisning jiyani Ogahiy davom ettirdi va 1872-yilgacha boʻlgan voqealar bilan
boyitdi. Shuning- dek, Xiva xonligi tarixiga bag'ishlangan asarlar orasida Bayoniy
(1859-1923-yy.) ning «Shajarai Xorazmshohiy» asari ham qim- matli
hisoblanadi.
Xorazm O'rta Osiyoda o'ziga xos uslublarga boy bo'lgan me'mor- chilik
maktabiga ega vohadir. Bu hududda paydo bo'lgan me'moriy inshootlar nafis
bezaklari, jimjimador naqshlari bilan Xorazm me'- morchilik maktabining o'ziga
xosligini ko'rsatib turadi. XVIII-XIX asrlarda Xiva xonligida ko'plab inshootlar
bunyod etildi. Ayniqsa, xon- likning poytaxtlari Urganch va Xiva shaharlarida
55
ko'plab saroylar, mas- jid va madrasalar, xonaqolar, karvonsaroylar, yopiq
bozorlar qurilgan. Xivadagi me'moriy yodgorliklar asosan Ichan (ichki) qal'ada
bunyod etilgan. Xonning yozgi qarorgohi bo'lgan Dishan (tashqi) qal'a ham no-
dir me'morchilik namunasi hisoblanadi.
Xonlikdagi boshqa shaharlar - Yangi Urganch, Hazorasp, Toshho- vuz, Yangi
Vazir, Shohabboz, Gurlan, Xoʻjayli, Qo'ng'irot kabilar mu- dofaa devorlari bilan
o'rab olinib, ularda ham ko'plab me'moriy insho- otlar bunyod etilgan.
Mavzuga xulosa tarzida ta'kidlash joizki, XVI-XX asrning boshla- rida mavjud
bo'lgan Xiva xonligi - O'zbekiston davlatchiligi va bosh- qaruvi tarixida, iqtisodiy
va madaniy hayotda o'z o'rniga ega bo'lib, jamiyat taraqqiyotining mintaqa
hududlaridagi o'ziga xos tomonlarini o'rganishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan
davlat hisoblanadi. Uning tarixi mamlakatimiz tarixining ajralmas va uzviy
bo'lagidir.
56
XULOSA
O‘zbek davlatchiligining muhim bosqichlaridan biri va o‘rta asrlardagi
tayanchi Xiva xonligi hisoblanadi. Ajnabiylarning bosqinchiligiga qarshi kurash
jarayonida shakllangan Xorazm vohasidagi ushbu davlat to‘rt asrdan ko‘proq vaqt
davomida o‘lkadagi barcha siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlarga o‘z ta’sirini
o‘tkazib keldi. Xiva xonligi Eron davlati, Buxoro xonligi, qozoq juzlari va
Rossiya bilan tashqi diplomatiya hamda savdo– sotiq munosabatlarida sezilarli
darajada yutuqlarga erishdi.
Manbalar, ilmiy adabiyot, arxiv hujjatlaridan foydalangan holda, Xiva
xonligi tarixini XVI- asrdan XX asrning boshlarigacha milliy istiqlol mafkurasi
nuqtai nazaridan o‘rganish asosida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:
1. Buyuk Xorazmshohlar davlati tanazzulidan keyin mo‘g‘ullar tomonidan
bo‘lib tashlangan, Temur va temuriylar davlatining viloyat darajasidagi ma’muriy
hududga aylangan Xorazm hududi XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi siyosiy
inqirozlar sababli yana mustaqil davlatga aylandi. O‘zbek davlatchiligining tamal
toshlari qo‘yilgan Xorazm hududida mustaqil davlatning yangidan paydo bo‘lishi
o‘ziga xos ijobiy ahamiyat kasb etadi.
2. Yangi davlatning markazlashgan boshqaruv tizimiga ega bo‘lish jarayoni
140 yil davom etgan bo‘lsa, uning markazi, poytaxtni tanlash masalasi ham
100 yilga yaqin vaqtni o‘z ichiga oldi. Nihoyat Hoji Muhammadxon (Hojimxon)
va uning vorisi Arabmuhammad davrida Xiva shahri davlatning poytaxti sifatida
qaror topdi. 1602 yildan boshlab mamlakatning markazi sifatida Xiva shahri
rasmiylashtirildi va Xorazmdagi davlatning nomi ham u bilan bog‘lanadigan
bo‘ldi.
3. O‘rta Osiyoning xonliklarga bo‘linib ketishi natijasida ichki nizo va
tinimsiz urushlar davom etdi. Hatto hukmdorlarning ko‘plari o‘z farzandlari
qo‘lida shahid bo‘ldilar. Urug‘–qabilalar o‘rtasidagi etnik qarama–qarshiliklar bir
xalq bo‘lib jipslashishga imkon bermadi. Shu
bilan bir qatorda Xorazm vohasidagi o‘troq va ko‘chmanchi chorvador aholi
57
o‘rtasida azaldan saqlanib kelayotgan iqtisodiy va siyosiy mojarolar, fuqarolarning
tinchlik va osoyishtaligiga doimo raxna solib turardi.
4. Xiva xonligining butun tarixi davlat boshqaruvini tashkil etishda urug‘–
aymoqchilik munosabatlariga tayanilganligidan dalolat beradi. Xorazm vohasini
eroniy qizilboshlar bosqinidan ozod qilishga qaratilgan xalq harakati jarayonida
yordamga otlangan o‘zbeklar o‘z urug‘–qabiladoshlarini ham Mang‘ishloq va
Ustyurt orqali vohaga kelishlariga sharoit yaratganlar. Yangi kelgan o‘zbeklarni
etnik xususiyatlariga qarab joylashtirish qariyib bir yarim asrdan keyin ―
Abulg‘ozi Bahodirxon davrida amalga oshirilgan. XVII asrning o‘rtalarida joriy
etilgan ma’muriy–etnik tadbirlar deyarlik xonlik tuzumi tugatilguncha saqlanib
qolgan. Ya’ni Xorazm hududida markazlashgan davlatning tashkil topishi, uning
mustahkamlanishi, iqtisodiy va madaniy yuksalishi, xalqaro miqyosda
mustahkam o‘rin egallashida Arabmuhammadxon va uning avlodlari, ayniqsa,
Abulg‘ozi Bahodirxonning xizmatlari katta bo‘lgan.
Xiva xonligi Markaziy Osiyoda shakllangan davlat sifatida mazkur hududdagi
barcha mamlakatlar bilan turli sohalarda aloqalar olib borgan. Xiva Buxoro
amirligi, Qo‘qon xonligi, Eron va Rossiya bilan elchilik munosabatlari, savdo-
sotiq aloqalarini olib borgan.
Xiva xonligi tarixiga oid ma’lumotlar va ularning tahlili quyidagi tavsiyalarni
ilgari surishga asos bo‘ladi:
1. Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish tomon dadil
harakat qilayotgan mustaqil O‘zbekistonda Xiva xonligidagi boshqaruv tizimi
saboqlarini e’tiborga olish foydadan holi bo‘lmasdi. Ya’ni tarixiy tajribadan kelib
chiqqan holda mustaqil o‘zbek davlatchiligining asoslarini mustahkamlashda va
rahbar xodimlarni tanlashda qarindosh–urug‘chilik, mahalliychilik kabi asrlar
osha o‘tib kelayotgan noxush usullardan voz kechish tavsiya etiladi. Buni
davlatimiz rahbari milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi omillardan deb talqin
qilgan. Davlatni boshqaruv ishlariga barcha millat va elatlarning eng qobiliyatli,
bilimli va tajribali vakillari o‘zining yuksak ma’naviyati, ahloqi, Vatanga
sadoqatiga qarab. keng jalb etilishi maqsadga muvofiqdir.
58
2. O‘lkadagi milliy ozodlik harakati tarixidan muhim o‘rin egallagan va
chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi 1916 yilda ro‘y bergan xalq
qo‘zg‘oloni o‘z sabab va oqibatlari bilan Xiva xonligida shu yili ko‘tarilgan
qo‘zg‘olondan tubdan farq qiladi. Mahalliy katta yer egalari, mulkdorlar va din
peshvolarining manfaatlarini himoya qilgan xon va amaldorlarning zo‘ravonligi,
yaramas harakatlariga qarshi norozilik sifatida boshlangan xalq harakati
qobiliyatli va qat’iyatli siyosiy yetakchilari bo‘lmaganligi, aholining barcha
qatlamlarini qamrab ololmaganligi, chor ma’murlarining qo‘zg‘olonni bostirishda
harbiy yordam ko‘rsatganligi natijasida mag‘lubiyatga uchradi. Istiqlol yaratgan
bugungi imkoniyatlardan foydalangan holda Xiva xonligidagi ozodlik harakatlari
(Eron hukmdorlari Ismoil Safaviy va Nodirshoh bosqinlari, qolmiqlar va chor
qo‘shinlarining xurujlari, xon istibdodiga qarshi o‘zbek, turkman, qozoq va
qoraqalpoqlarning qo‘zg‘olonlari) tarixi alohida mavzu sifatida tadqiq etishga
loyiq muammo hisoblanadi.
Yurtboshimiz I.A.Karimov: “Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z
maqsad–muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida
rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada
tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, tarixiy xotira tuyg‘usi
to‘laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha muvaffaqiyat
va zafarlari, yo‘qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va
haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi”1, – deb yozadi.
Demak, istiqbolda butun mamlakatimiz kabi uning o‘ziga xos o‘rni bo‘lgan
Xorazmdagi siyosiy jarayonlar tarixini yanada kengroq va chuqurroq tadqiq qilish
xalqimizning
o‘zligini
anglash,
milliy
qadriyatlarini
tiklash,
ulug‘
ajdodlarimizning siymosi va ularning buyuk ishlarini tarix sahifalarida tiklash
imkonini beradi. Bu esa o‘sib kelayotgan yosh avlodni ajdodlar ishiga sadoqat,
Vatanga cheksiz muhabbat ruhida tarbiyalash, istiqlolni mustahkamlash uchun
kurashga yanada dadilroq safarbar etishga xizmat qiladi.28
28 1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. ― Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – B.97.
59
MANBA VA
ADABIYoTLAR
I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari
I.1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. ― Toshkent: O‘zbekiston,
1998. – 31 b.
I.2. Karimov I.A. Xiva shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi tabrik so‘zi // Asarlar. 6–jild. ― Toshkent: O‘zbekiston, 1998. ―
B. 375–386.
I.3. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. ― Toshkent:
O‘zbekiston, 2000. – 351 b.
I.4. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz // Asarlar.
– 9-jild. ― Toshkent: O‘zbekiston, 2001. – 432 b.
I.5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. ― Toshkent:
Ma’naviyat, 2008
II.Manbalar
2.1. Abulg‘ozi Bahodirxon. Shajarayi turk. — Toshkent: Cho‘lpon, 1992. – 192 b.
2.2. Bayoniy. Shajarayi xorazmshohiy / Qo‘lyozma. O‘zR. FAShI. – № 274 (517
varaq); 9596 (508 varaq).
2.3. Bayoniy Muhammad Yusuf. Shajarayi Xorazmshohiy. ― Toshkent: G‘afur
G‘ulom, 1994. – 104 b.
2.4. Bayoniy. Shajarayi xorazmshohiy. // “Meros” to‘plamida. – Toshkent: Abdulla
Qodiriy, 1992. – B. 175–255.
2.5. Boltaev A. Xorazm tarixi // Qo‘lyozma. O‘zR. FAShI. – №9320. 81a,b
var.
2.6. Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik. ― Toshkent: Fafur Fulom, 1971-
1977.
2.7. Munis va Ogahiy. Firdavs ul-iqbol // Qo‘lyozma. O‘zR. FAShI. №
5364/I.
2.8. Mahmud bin Vali. More tayn otnositelno doblestey bagorodnыx. Geografiya.
Perevod B. Ahmedova.—
Toshkent: Fan, 1977. – S. 43; Ahmedov B.A.
Tarixdan saboqlar. – B. 332; A’zamova G.A. Xivaning xonlik poytaxtiga
aylanishi va rivojlanishiga oid ba’zi ma’lumotlar (XVI–asrning birinchi yarmi) //
O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. ― Toshkent, 1997
2.9. Munis va Ogahiy. Firdavsul iqbol
60
IIIAdabiyotlar
3.1. Ahmedov B.A. Tarixdan saboqlar. ― Toshkent: O‘qituvchi, 1994. – 430 b.
3.2. Abdurasulov A. Xiva. Tarixiy-etnografik ocherklar. ― Toshkent: O‘zbekiston,
1997. – 142 b.
3.3. Bartold V.V. Ocherk istorii turkmenskogo naroda // Sochinenie. ― T. II. ―Ch.
I. ― M.: Nauka, 1963
3.4. Djenkinson A. Puteshestvie v Srednyuyu Aziyu 1558-1560 gg // V kn.:
Angliyskie puteshestvenniki v Moskovskom gosudarstve v XVI v. Perevod s
angliyskogo L.Gote. ― L., 1932.
3.5. Veselovskiy N.I. Priem v Rosii i otpusk Sredneaziatskix poslov v XVII–XVIII
stoletie. ― SPb., 1884.
3.6. Gulyamov X.G. Srednyaya Aziya i Rossiya: istoki formirovaniya
mejgosudarstvennыx otnosheniy (nachalo XVIII veka). ― Tashkent:
Universitet. 2005
3.7. Maksheev A.I. Istoricheskiy obzor Turkestana i nastupatelnogo dvijeniya v
nego russkix. ― SPb., 1890. – 376 s.
3.8. Mustabid tuzumning O‘zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix
shohidligi va saboqlari (1865–1990 yy.). ― Toshkent: Sharq, 2000.
3.9. Sayyid Hamidjon to‘ra Komyob. Tavorix ul-xavonin. ― Toshkent:
Akademiya, 2003. – 116 b
3.10. Munirov Q. Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari. — Toshkent Fan,
1960. – B. 6.
3.11. Yuldashev M.Yu. K istorii krestyan Xivы XIX veka. ― Tashkent: Fan, 1966. –
36 s.
3.12. G‘ulomov Ya. Xorazmning sug‘orilish tarixi…― Toshkent: O‘zFAN, 1959.
IV.
Vaqtli matbuot va ilmiy anjumanlar materiallari
1. Allaeva N.
Xiva xonligi va Eron o‘rtasidagi savdo aloqalari
tarixidan // O’zbekiston tarixi. ― Tashkent, 2007. – № 1. – B. 67-74
2. Allaeva N.
Sharq bilan G‘arbni tutashtiruvchi voha // Moziydan
sado.Tashkent, 2006. – № 4. – B. 19-21.
3. Mahmudov M. Xorazm: tarix, odamlar, voqealar. ― Urganch, 2004.
4. Kun A.L. Zametki o podatyax v Xivinskom xanstve //
Turkestanskie vedomosti. ― Tashkent, 1873. – № 83. – B. 52.
5. Kun A.L. Doxodы Xivinskogo xanstva // Turkestanskie vedomosti.
— Tashkent, 1873. – № 32.