Mavzu: V.Shekspir va ingliz adabiyoti
1.
Angliya uyg’onishining dastlabki vakillari.
2.
Vilyam Shekspir hayoti va ijоdiy faоliyati
3.
Shekspir masalasi
4.
Vilyam Shekspirning adabiy merоsi
5.
«Romeo va Juletta» tragediyasi.
6.
«Hamlet» tragediyasi haqida.
7.
Asardagi bоsh qahramоn masalasi.
XVI asrning oxirlaridan XVII asrning boshlari
XVII asr boshlaridan shu asrning
40- yillarigacha
XV asrning oxirlari va XVI asrning 60—70- yillar
.
Ingliz
gumanistik
adabiyoti uch
bosqichga
ajratiladi:
Ingliz uyg’onish adabiyoti
Ingliz gumanistik adabiyotining
namoyandalari :
Shekspir
Tomas Mor
Robert Grinlar
Kristofer Marlo
Vilyam Shekspir hayoti va ijоdiy faоliyati
Vilyam Shekspir 1564 yilning 23 aprelida Markaziy
Angliyaning Stretfоrd shaharchasida tug’iladi. U оiladagi 8
farzandning
uchinchisi
edi.
Shekspirning
ajdodlari
yemenlar — ya'ni, erkin dehqonlar bo'lganlar. Ular
orasida
jasur
jangchilar,
nayzadorlar,
yoyandozlar
bo’lganligi taxmin qilinadi. «Shekspir» so'zi — «nayza
o'ynatuvchi» ma'nosini anglatadi. Оtasi Jоn Shekspir charm
qo’lqоp tayyorlоvchi hunarmand bo’lib, savdо bilan ham
shug’ullanadi,
katta
оbro’
оrttirib
shahar
kengashiga
saylanadi va shahar bоshlig’i vazifasida ishlaydi. Vilyam
Shekspir dastlab mahalliy «Grammatika maktabi»da o’qiydi. U
yerda,
asоsan,
latin
tili
o’rgatilib,
sxоlastik
lоgika
va
ritоrikadan qisqacha tushuncha оladi. Vilyam Shekspir
ayniqsa, Rim shоiri Оvidiy asarlarini qiziqib mutоala qiladi.
• Shekspir 18 yoshida to'satdan 26 yoshli fermer qizi Anna Xetueyga
uylanadi va 20 yoshida kattagina oilaning boshlig'iga aylanadi — qizi
Syuzen, egizaklar Yudef va Gamletga ota bo'ladi. Endi u ikki oilani —
o'zining va otasining oilasini boqishi lozim edi. Uning noqonuniy
ovchiligiga barham beradilar, o'rmon qorovullari Uilyamni o'ldirilgan
bug'u bilan tutib oladilar va sudya ser Tomas Lyusi oldiga olib
boradilar. Shekspir Lyusi haqida epigrammalar to'qigan va ular
xalq orasida mashhur edi. Brakonyerlarga beriladigan jazo og'ir edi —
qamchi bilan savalash, badaniga qizdirilgan temirni bosish, hatto qatl
qilishgacha borilar edi. Shekspir Stratforddan qochadi va Londonda
panoh topadi. Oradan besh yil o'tgach, uning yurtdoshi, hunarmand
Berbej tomonidan qurilgan London teatrida aktyor va dramaturg
sifatida
paydo
bo'ladi.
Shekspir
teatrdagi
ishni
badavlat
tomoshabinlarning
otlariga
qo'riqchilik
qilishdan
boshlaydi.
Keyinchalik aktyorlik qiladi. So'ngra unga eski pyesalarni qayta ishlash
vazifasini
topshiradilar.
Tajriba
to'plagach,
mustaqil
ijod
bilan
shug'ullana boshlaydi.
• 1599- yilda Londondagi eng yaxshi teatr — «Globus» ochiladi va
Shekspir uning boshqaruvchilaridan biri qilib tayinlanadi.
• Shekspirning do'stlari ko'p edi, lekin dushmanlari ham yo'q emas edi.
Ko'pchilik
universitet
ta'limini
olgan
dramaturglar
ichida
uni
ko'ra
olmaydiganlar ham uchrardi. Masalan, 1592- yili R. Grin Shekspirga pamflet
yozadi va uni «mahmadona, o'zgalar patini yopishtirib olgan qarg'a», deb
ataydi.
• Shekspirning kiborlar orasida ham do'stlari bor edi. Graf Sautgempton uning
do'sti va homiyi edi, u Shekspirni kibor bilimdon yoshlar to'garagiga olib
kirgan edi. Bu to'garakda dramaturg Robert Esseks bilan tanishadi. Esseks
taqdiri fojiali tugaydi. U Yelizavetaning nazari tushgan yigit edi, ular
orasidan gap o'tadi va do'stlik buziladi. Esseks Yelizavetani tanqid qiladi va bu
bilan chegaralanmay, unga qarshi isyon uyushtiradi. Isyonga chaqiriq sifatida
Shekspirning “Richard III” asari sahnaga qo'yilishi lozim edi, tomoshaga
isyonchilar to'planishgan edi. Pyesaning mazmun-mundarijasi ko'p jihatdan
voqelikka yaqin edi, unda zolim qirolga qarshi isyon tasvirlanar va
ma'qullanar edi. Biroq isyon amalga oshmadi, Esseks qatl qilindi. «Globus»
teatrining aktyorlarini so'roqqa chaqirtirdilar. Ular isyonga aloqalari borligini
rad etdilar va buni jo'ngina izohladilar: ular har doimgidek tomosha
ko'rsatgandilar, xolos.
• Oradan ko'p o'tmay Shekspirning otasi vafot etdi, ketma-ket o'g'li Gamlet va
ukasidan ayrildi. Bu orada qanchalik shafqatsiz bo'lsa ham, har qalay «Globus»
teatriga homiylik qilgan Yelizaveta vafot etdi. Uning o'rniga qirol Iakov I Styuart
o'tirdi. Tarixdan bilamizki, u Yelizaveta tomonidan qatl qilingan Mariya Styuartning
o'g'li edi. «Globus» «Qirol malaylari» nomini oldi. Shekspir saroy teatri
«Blekfrayes»ga pyesalar yoza boshladi. Bu teatrdagi yosh dramaturglar Bomont va
Fletcher qanday qilib bo'lmasin uni chetlatishga urinardilar. Bu yillar Shekspir
uchun og'ir bo'ldi. Uning so'nggi pyesasi «Bo'ron» da shunday epizod bor: sehrgar
Prospero qizining nikoh to'yiga atab sehrli spektakl yozadi, ruhlarni so'nggi
marta o'ziga chorlaydi, so'ng sehrli tayoqchasini sindiradi va duolar kitobini
dengizga uloqtiradi.
• Shekspir sehrgar qilmishida o'z qismatini bashorat qildi. Buyuk fojianavis sahnani
va ijodni tark etdi.
• 1612- yilda dramaturg qadrdon Stratfordga qaytdi. Oradan to'rt yil o'tgach, 1616-
yilning 23- aprelida 52 yoshida vafot etdi. Uni Stratford cherkoviga, mehrob ostiga
ko'madilar. O'limi oldidan qabriga shunday so'zlami yozib qo'yishlarini vasiyat qildi:
«Aziz do'stim, Iso haqqi bu yerga ko'milgan xokni bezovta qilma. Ushbu toshlarga
shafqat qilganlar xudoning marhamatiga sazovor bo'lsinlar, mening suyak-larimni
bezovta qilganlar xudoning qarg'ishiga qolsinlar».
Shekspirning muallifligi masalasi
• XIX asrga kelib Shekspirning muallifligi masalasi atrofida bahs-munozaralar
vujudga keldi. Shekspirning asarlari boshqa birov tomonidan yozilgan, degan fikr
o'rtaga tashlanadi va hatto jiddiy ilmiy tadqiqotlar uchun mavzuga aylanadi.
Bunda oddiy, adabiyot va san'atdan yiroq oiladan chiqqan, maxsus ta'lim
ko'rmagan aktyor shunday buyuk asarlar yaratishi mumkinligi, buning ustiga, o'z
davri fanlariga oid bilimlardan bu qadar keng ma'lumotga ega bo'lishi shubhaga
olinadi. Bir turkum tadqiqotchilar Shekspir asarlari yozuvchi va olimlar guruhi
tomonidan yozilgan, degan fikrni ilgari suradilar.
• Ikkinchi turkum tadqiqotchilar esa, uslubdagi yagonalikni sezgan holda, muallif
kiborlar jamiyatidan bo'lgan, degan mulohazani o'rtaga tashlaganlar.
• Shu tariqa Shekspir pyesalari goh ingliz faylasufi Frensis Bekon, goh graflar
Retlend, Derbi, Osfordlar ijodi, deb taxmin qilingan.
• Amerikalik Deliya Bekon 1857- yilda «Shekspir falsafasiga izoh» asarida
Shekspir va faylasuf Bekon qarashlaridagi yaqinlikni isbotlagan. Biroq xulosa
munozarali edi, olima fikricha, go'yo Shekspir asarlarini faylasuf Bekon, u
boshchiligidagi to'garak yozgan.
• XX
asr
o'rtalariga
kelib
Amerikada
Shekspirning
muallifligi
masalasi
yana
ko'tariladi.
Endi
Shekspir
asarlari uning zamondoshi, 1593- yilda fojiali halok
bo'lgan Kristofer Marloniki deya isbotlashga urinildi. Bu
qarash
tarafdorlarining
fikricha,
Marlo
qotillardan
yashirinish maqsadida Shekspir imzosi bilan asarlar
yozgan. Bu nazariyaning ham asosi puchligi tezda ma'lum
bo'lib qoldi. Marlo bilan Shekspir bir davrda ijod qilgan
bo'lib, ularning asarlarini farqlash qiyin emas. So'ngra
Marloning o'limi ham aniq qayd etilgan. Shekspir asarlari
Marlo tomonidan yozilganligi xususidagi taxminda hech
qanday mantiq yo'qligi aniqlangan.
Adabiy faoliyati
• Shekspir ijodini she'riyatdan boshlagan. Uning ikki dostoni «Venera
va Adonis» hamda «Lukretsiya» o'z davrida mashhur bo'lgan. Buyuk
dramaturg, ayniqsa, sonet janrida shuhrat qozongan. Sonet Italiyada
vujudga kelgan janr bo'lib, 14 satrdan iborat bo'lishi kerak. Ingliz
soneti 4 va oxirgi 2 satrdan iborat. Shekspir oddiy ingliz sonet
shakliga chuqur mazmun singdirdi. Uning 152 ta soneti mavjud
bo'lib, 126 tasi shoirning do'stiga, 28 tasi qorasoch ayolga
bag'ishlangan. Shekspirning ishqiy she'rlari hayotiyligi bilan ajralib
turadi. Petrarka va uning ingliz izdoshlari ijodida oltin sochli,
farishtasimon,
yetishib
bo'lmas
go'zal
kuylanadi.
Shekspir
sonetlarining qorasoch qahramoni esa jonli va hayotiy obrazdir.
• Tadqiqotchilar Shekspirning pyesalari sonini 37 ta deb ko'rsatadilar
va uch davrga bo'lib o'rganishni ma'qul ko'radilar.
1590—1600- yillar
• Bu davr yosh dramaturgning hayotga va kelajakka ishonchi barq urib
turgan davri. Ko'plab komediyalari mana shu davrda yaratilgan.
Qadimgi
Rim
komediyasining
qayta
ishlangan
shakli
«Xatolar
komediyasi”, Angliya hayotidan olingan «Vindzorlik masxaraboz
ayollar», italiyaliklar hayotidan olingan «Veronalik ikki yigit» (1594),
«O'n ikkinchi kecha» (1600), fantastik ertak-pyesa «Yoz tunidagi
kecha» (1596), va boshqalar ham shular sirasiga kiradi. Hammasida
muhabbat mavzusi ko'tariladi. Bulardan tashqari «Qiyiq qizning
quyilishi»,
«Adashishlar
komediyasi»,
«Sevgining
bexuda
kuchayishi», «Yoz kechasidagi tush», «Yo’q narsadan bir talay
g’avg’o», «Bu sizga yoqadimi?», «O’n ikkinchi kecha»; Angliyaning
o’tmishidan olingan tarixiy dramalari: «Genrix VI», «Richard III»,
«Qirol Ioan», «Richard II», «Genrix IV», «Genrix V»; nihoyat «Romeo
va Juletta» hamda «Yuliy Sezar» tragediyalari ham aynan ana shu
davrda yozilgan.
1601—1608- yillar
• Bu bosqichda, asosan, uning tragediyalari yaratilgan. Shekspir oilasida ro'y
bergan fojialar hamda ingliz xalqining qashshoqlashuvi dramaturg ijodida iz
qoldirmay ketmagan. «Gamlet», «Otello», «Qirol Lir», «Makbet», «Antoniy va
Kleopatra», «Koriolan», «Afinalik Timon», tragediyalari uning qalbidagi ruhiy
jarayonlar silsilasi mahsulidir. Hatto shu davrda yozilgan komediyalarida ham
dramatik ruh ustuvorlik qiladi.
1609—1613- yillar
• Dramaturg ijodida fojeiy ruh bir qadar susaygan davr. Chet ellik tadqiqotchilar
buni dramaturgning voqelik bilan murosaga kelgani, kurashdan charchagani
bilan izohlaydilar. Voqelikdagi o'zgarishlar, hukmron tabaqaga xizmat qilishga
majburlik Shekspir imkoniyatlarini cheklagan bo'lishi mumkin. Biroq falsafiylik,
o'git kuchayganligi «Simbelin» (1610), «Qishki ertak», «Bo'ron» pyesalarida
kuzatiladi.
Shekspirning tanlangan asarlari
Shekspir xronikalari haqida
• Shekspirning ingliz tarixiga bag'ishlangan xronikalari ikki yuz yillik
davrni qamrab oladi. Ularda Angliya bilan Fransiya o'rtasida 100
yillik urush hamda Qizil va Oq atirgullar o'rtasidagi feodal urush
voqealari
aks
etgan.
Shekspirning
xronika-pyesalariga
R.
Xoldinshenning
XVI
asr
o'rtalarida
yozilgan
tarixiy
Angliya,
Shotlandiya va Irlandiya xronikalari asos bo'lib xizmat qilgan.
Shekspir xronikalarida Angliya taxti uchun bo'lgan kurashlar aks
etgan. Dramaturg qirol uchun ikki jihat — shafqatsizlik va zaiflik
jiddiy nuqson deb hisoblaydi.
• Richard III, qirol Jon shafqatsizligi bilan, Richard I, Genrix VI zaifligi
bilan fojialarga sabab bo'ladilar. Shekspir idealidagi qirol Genrix V
obrazida mujassamlashgan.
Shekspir ijodining cho'qqisi uning besh tragediyasi:
www.arxiv.uz
«Romeo
va
Juletta»
«Gamlet»
«Otello»
«Qirol
Lir»
«Makbet»
“ROMEO VA JULETTA”
• Shekspirning ilk tragediyasi «Romeo va Juletta» dir. Asar 1595-yilda yozilgan. Asar
muhabbat mavzusida. Biroq bu asarda sevgi fojia bilan yakun topadi. Tragediyadagi
fojianing asosiy sababchisi ikki oila o'rtasidagi eski adovatdir. Bunday mavzu
qadimdan mavjud bo'lib, uni barcha xalqlarda kuzatish mumkin.
• Romeo va Juletta muhabbati kutilmaganda bir ko'rishdayoq tug'iladi va alanga oladi.
Bu Sharqda mashhur Qays va Layli ishqining uyg'onishini yodga soladi. Biroq har ikki
asarda
bo'lganidek,
bu
muhabbat
yo'lida
darhol
g'ovlar
paydo
bo'ladi.
Sevishganlarning oilalari bir-biriga dushman, Romeo go'zal Rozalindaga ham
xushtor, Julettaga esa Paris uylanishi lozim, Juletta hali juda yosh...
• Biroq muhabbat to'siqlarga qaramaydi, qahramonlarni butkul o'zgartirib yuboradi.
Romeo o'zining Rozalindaga xushtorligini oddiy o'yin, havas ekanligini tushunib
yetadi. Juletta esa yosh, soddadil qizdan irodali, o'z hissiyotlari uchun kurashishga
qodir ma'shuqaga аylanadi. U sevgidan boshi aylangan
• yigitga birinchi bo'lib turmush qurishni taklif qiladi.
Asar sujeti haqida qisqacha
• Bu ikki yoshning muhabbatiga xayrixoh faqat ikkita odam bor — enaga va rohib
Lorenso. Juletta oilada o'z hissiyotlariga hamdard odam topa olmaydi. Ota shafqatsiz va
zolim odam, onasi esa farzandi dardlariga befarq. Faqat enagagina Julettaning
sirlaridan voqif. Biroq enaga o'z qarashlarida sobit emas, kimdan sovg'a olsa, o'shanga
xizmat qilaveradi. Julettaning Romeoga xufyona turmushga chiqqanini bila turib, uni
Parisga tegishga undaydi. Shundan so'ng Juletta faqat rohib Lorensogagina ishonib
qoladi.
• Lorenso o'rta asr ma'rifatparvarining yorqin obrazidir. U ezgulik, toza hissiyotlar
himoyachisi. U ikki yoshning muhabbati oilalar o'rtasidagi ixtilofga ham barham beradi,
deya orzu qiladi. Shu sababli ham ularni yashirincha nikohlab qo'yadi.
• Romeo Tibaltni, ya'ni Julettaning qarindoshi akasini o'ldirib qo'ygach, qochishga
majbur bo'ladi, Juletta esa Parisga turmushga chiqishga rozi bo'lishi lozim edi. Shunda
Lorenso hiyla ishlatmoqchi bo'ladi, ya'ni o'zining bilimlariga tayanib o'tlardan
tayyorlagan dorisi bilan Julettani uxlatib qo'ymoqchi bo'ladi. Bu Romeo yashirincha
kelib Julettani olib ketishi uchun yagona chora edi.
• Juletta ota-onasiga sirini ocha olmas, chunki akasining o'limi, judolik alami ularning
insofga kelishiga mutlaqo yo'l qo'ymasligi aniq edi. Buning ustiga qizning alamzada
onasi Romeoni zaharlamoqchi ekanligi Julettaning Lorenso taklifiga ko'nishi yagona
chora, degan xulosaga kelishiga sabab bo'ladi.
• Romeoga Lorenso tomonidan yuborilgan chopar shaharda tarqalgan o'lat kasali
tufayli vaqtida yetib bora olmaydi. Oqibatda Romeo Juletta o'limi to'g'risidagi
yolg'on xabarni eshitadi va bu fojiaga sabab bo'ladi.
• Asardagi ikki zodagon oilasi o'rtasidagi ixtilof tufayli Veronaning asl yoshlari Juletta,
Romeo, Romeoning do'sti Merkutsio, Julettaning akasi Tibalt halok bo'ladi. Hatto
Julettaga oshiq-u beqaror bo'lgan go'zal Paris ham nobud bo'ladi. Biroq sevgi g'alaba
qozonadi, sevishganlarning jasadlari ustida ularning otalari bir-birlariga qo'l
uzatadilar. Oshiq-ma'shuqni bir qabrga qo'yadilar.
• Bu ham Navoiyning mashhur «Layli va Majnun» dostoni xotimasini yodga soladi
• Bir na 'shqa soldilar ikkovni,
• Jonsiz kelin-u o 'lik kuyovni.
• Bu esa sof muhabbat barcha davrlar uchun birdek yuksak tuyg'u bo'lganligini
tasdiqlaydi.
«Hamlet» tragediyasi haqida
1601- yilda Shekspirning yana bir buyuk asari «Gamlet» dunyoga
keladi. Bu tragediya asosida XII asr solnomachisi Sakson Grammatik
tomonidan yozib qoldirilgan afsona yotadi. Unda shahzoda Gamlet
otasining o'limi uchun amakisidan qasos oladi. Bu niyatini yashirish
maqsadida u o'zini aqldan ozgan qilib ko'rsatadi. Asar nihoyasida Gamlet
g'alaba qozonadi va taxtni egallaydi.
Ushbu qissa fransuz yozuvchisi Belforening «G'aroyib voqealar»
kitobiga ham kiritilgan. Bundan tashqari T.Kid tomonidan yozilib, bizgacha
yetib kelmagan asarda ham «Gamlet» haqida ma'lumotlar bor.
Adib mavzuni Saksоn Grammatikning xrоnikasidan оlgan bo’lsa ham,
lekin u haqiqiy ingliz milliy tragediyasini yaratib, ulug’ gumanistik fikrlarni
chuqur falsafiy va badiiy umulashmalarda ifоdalab beradi.
Ijtimоiy turmushni dinamik ravishda tasvirlashga asоs sоlib, tragediya
janrini yangi bоsqichga ko’targan Shekspirning estetik qarashlari оchiq-
оydindir.
Gamlet
оbrazida
yozuvchining
insоn,
uning
idrоki,
yaratuvchilik kuchi haqidagi qarashlari mujassamlangan. Gamlet
insоn aqlining eskilik ustidan tantanasini aks ettirgan Uyg’оnish
davrining haqiqiy timsоlidir.
Gamlet obrazi xususida ba’zi mulohazalar
• Shekspirning Gamleti afsona qahramonlaridan ancha farq qiladi. Gamletning hayoti
afsonadagidan farqli o'laroq fojiali tugaydi, bundan tashqari u ayyor va epchil qasoskor
ham emas. Shekspir yaratgan Gamlet murakkab fikrlovchi qahramon, u qasos olishga
shoshilmaydi.
• Gamlet O'rta asrlar ma'rifatparvarlik davri kishisi. U qilmishini tahlil qila oladi. Shu
sababli amakisining chindan gunohkorligini tekshirib ko'rmoqchi bo'ladi. Sayyoh
aktyorlarga qirol qoshida hayotda bo'lib o'tgan o'sha jinoyatni qayta tiklab o'ynashlarini
topshiradi. Klavdiy o'z gunohi dahshatidan hushdan ketadi. Gamlet uchun ortiq
shubha qolmaydi, biroq xudoga ibodat qilayotgan amakisiga shafqat qiladi. Endi uni
gunoh ustida, mast holda jinoyat qilayotgan chog'ida o'ldirishga qaror qiladi. Nihoyat
shunday fursat keladi, Gamlet amakisidan jinoyat ustida, zaharlangan onasi o'limi
oldidan qasos oladi. Lekin o'zi ham zaharlangan qilich yarasidan halok bo'ladi. Gyote
o'zining «Vilgelm Meysterning talabalik yillari» romanida Gamletni zaif xarakter qilib
ko'rsatadi. Shundan kelib chiqib rus yozuvchisi Turgenev Gamletni faoliyat kishisi Don
Kixotga qarama-qarshi qo'ygan.
• Gamletni tabiatan zaif, ojiz qahramon deyish uncha to'g'ri emas. U, aksincha,
fikrlovchi, hayot mohiyatini izlovchi inson. Gamlet insonlarni qadrlaydi, o'zidan keyin
yomon nom qoldirishdan qo'rqadi. O'limidan so'ng u haqidagi haqiqatni xalqqa do'sti
Goratsio yetkazadi.
«Gamlet»ga ishlangan suratlar
Nimadan qo’rqay?
Mening umrim bahоsi ignacha emas.
Ruhim bo’lsa… Ruhimga undan xatar yo’q.
Chunki ruhim u kabi abadiy, o’lmas!
Yana meni imlaydi. Оldiga bоray.
Kimsan o’zing tun chоg’i Daniya mulkin –
Jannat makоn shоhiday basavlat kelgan?
Xudоvandning amri-la avraymi seni –
Javоb ber!
XULOSA
• Shekspir yaratgan o'lmas durdonalar, u ilgari surgan gumanistik
g'oyalar kelgusi asr kitobxonlarini ham ezgulikka, ma'rifatga
chorlovchi asarlar bo'lib qolaveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Q.Azizov, O.Qayumov. Chet el adabiyoti tarixi. Toshkent “O’qituvchi”.
1987.
2. Maqsud Shayxzoda. Vilyam Shekspir. Tоshkent. G’оfur G’ulоm
nоmidagi Adaiyot va san`at nashriyoti. 1983.
Internetdan foydalanilgan adabiyotlar
2. WWW. Pedagog.uz.
3. WWW. Google.uz.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!