SHE’R O‘QISH DARSI NAMUNALARI
1-dars namunasi:
Mavzu. Qor — hayot suvi.
O‘quv material!. Qish to‘zg‘itar momiq par (Qudrat Hikmat).
Darsning maqsadi:
1.0’quvchilarni she’rni ifodali o‘qishga, she’r matni ustida ishlashga o‘rgatish;
shoirning qish fasli xususiyatlarini she’r orqali tasvirlashdagi mahoratini ochib
berish; o‘quvchilarning qishning xususiyatlari, qor-ning hayot uchun foydasi
haqidagi tushunchalarini boyitish.
2. O‘quvchilarning lug‘atiga bulut to‘shagi, momiq par, oq namat (qor),
izg‘irin, hovuz, mo‘rkom, surunkasi, fayz bermoq, oq choyshab kabi so‘z va ibora,
tasviriy ifodalarni kiritish.
3. O‘quvchilarning mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish.
4. Tabiatni sevish, uning ehsonlarini qadrlashga o‘rgatish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi, lirik she’r o‘rganiladigan dars.
Darsda qo‘llaniladigan metodlar: izohli o‘qish, mustaqil ish me-todi,
tarmoqlash metodi.
Darsning jihozi: qish fasli tasvirlangan rasmlar, Q. Hikmat portreti, shoir
haqidagi ma’lumotlar yozilgan ko‘rgazma.
Darsning borishi
1. O‘quvchilarda yangi mavzuni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish, to-pishmoq
aytish yo‘li bilan bugungi darsning mavzusini aniqlashtirish:
Oppoqqina dasturxon Yer yuzini qoplagan. (Qor) Bostirdim ikki tovuq, Biri
issiq, biri sovuq. (Yoz, qish) Savol: Bugungi o‘qish darsimiz qaysi mavzu haqida
ekan?
2. Qish fasli haqida kirish suhbati. Xattaxtaga qish fasli tasvirlangan rasmlar
ilinadi va savollar beriladi:
— Yil qaysi fasl bilan boshlanadi?
— Qish fasli haqida nimalarni bilasiz? Rasmlardan foydalanib so‘zlang.
— Qish bekorchilik faslimi?
Qor haqidagi afsona qisqa so‘zlab beriladi: Qadimda osmondan un yog‘ilar
ekan. Odamlar o‘z ehtiyojlariga yarashasini olib, uylariga olib kirar ekan. Qishloqda
bir ochko‘z boy unlarning o‘ziga keragidan ham ortig‘ini qoplab o‘z uyiga tashiy
boshlabdi. Hatto yer yuzini chegara-lab olibdi. O‘z yerim degan joylardagi unlarni
boshqalarga bermabdi. Shunda osmon-u qish va bulutlarning jahli chiqib, unlarni
muzdek qorga aylantirib qo‘yishibdi.
Savol: Tabiatda ranglar har xil. Siz qaysi ranglarni yaxshi, yoqimli deb
hisoblaysiz?
3. O‘quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini aniqlash. Buning uchun
qish fasliga xos xususiyatlarni aytish topshirig‘i beriladi. O‘qituvchi tarmoqlash
usulida yozib boradi:
daryolar muzlaydi
yerlar muzlaydi
qor yog‘adi
tog‘larga ko‘p qor yog‘adi
4. Xattaxtaga ,,Qish to‘zg‘itar momiq par" (Qudrat Hikmat) deb yoziladi.
O‘qituvchi savol beradi va javoblarni umumlashtirib, to‘ldiradi:
- She’r muallifi kim ekan? U haqida nimalarni bilasiz?
O‘qituvchi hikoyasi. Qudrat Hikmat — iste’dodli bolalar shoiri. U qisqa umr
ko‘rgan. Shoir o‘z ijodini kichkintoylarni ilmga ishti-yoq, ona-Vatanga, jonajon
yurtimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga bag‘ishlagan.
Qudrat Hikmat 1925-yilda Toshkent shahrida kambag‘al dehqon oilasida
tug‘ildi. Birinchi she’rlari 1945-yilda bolalar gazetalarida bosildi. 1960-yildan
boshlab bolalar nashriyotida ishladi. Uning ,,Mening Vatanim" (1950), ,,Baxtli
bolalar" (1952), ,,Obodlik" (1953), ,,Do‘stlik" (1954), ,,Rodnoy Uzbekistan" (1955)
kabi qator she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Keyinchalik ,,Ilonshoh va lining
amaldori ari haqida ertak" (1963), ,,Soatjonning soati" (1964), ,,Toshbaqalar hujumi"
(1965), ,,Daydi bola", ,,O‘g‘lim bilan suhbat" kabi kitoblari bosilgan.
Kitoblari ko‘rsatiladi. Ularni o‘qishga da’vat etiladi. O‘qituvchi shoirning biror
she’ridan parcha o‘qib berishi ham mumkin. Masalan:
Tinchlik haqida qo‘shiq
Tinchlik juda soz,
To‘kin-sochin yoz.
O‘q tovushi chiqmas,
Yangrar do‘stlik, soz.
— Bo‘lsa-chi unish
O‘t tushar har yon.
Tinch, shirin turmush,
Bo‘ladi vayron.
5. She’r bilan tanishtirish. O‘qituvchi she’rni ifodali o‘qib (yoki yod aytib)
beradi.
6. She’r yuzasidan kirish suhbati.
— She’r nima haqida ekan?
— She’rdagi qaysi jumlalar sizga juda yoqdi? Nima uchun?
7. She’rni ichda o‘qish.
8. She’rni topshiriqlar asosida o‘qitish.
— Birinchi to‘rtlikni o‘qing. Unda qaysi so‘z va iboralar o‘z ma’no-sida
qo‘llanmagan? Ularning qaysi ma’noda qo‘llanganini izohlashga harakat qiling.
— Quyidagi to‘rtlikning qaysi misralarida jonlantirish qo‘llangan? Jonlantirish
deganda nimani tushunasiz? Mahalla-ko‘y ko‘chada Chuvurlashib qor kurar, Esib
sovuq izg‘irin: — Tezroq yur! — deb buyurar.
— Quyidagi to‘rtlikning keyingi ikki misrasidagi so‘zlarning ma’nosini
tushuntirishga harakat qiling.
Pirpiratib ko‘zini
Avtobuslar o‘tadi.
Oahraton qish hovurni
Mo‘rkon kabi yutadi.
Mustaqil ish. 1-topshiriq: She’rni ichingizda qayta o‘qing. Qaysi
misrada o‘xshatish borligini aniqlang. O‘quvchilar:
Tomlar kiydi oq qalpoq Hovlilarda sen tepa. Osmon etak. nazdimda,
Shahrimizga un separ.
— Oxirgi to‘rtlikdagi ,,O‘ra kumush choyshabga" misrasida ham o‘xshatish
bor.
2-topshiriq: She’rni yana ichingizda o‘qib, qorga berilgan buyruqni toping.
O‘quvchilar:
Yetar shuncha yoqqaning Uzoq dala. qirga bor! (buyruq)
Vodiylarga fayz berib
Gullat bog‘-u rog‘ini. ( buyruq)
O‘ra kumush choyshabga. O‘lkamning har yog‘ini.
3-topshiriq: Jonsiz narsalar she’rda jonli qilib ifoda etilgan mis-ralarni toping.
Ular seni kutmoqda Har zarrangga bo‘lib zor. Savab bulut to‘shagin
Qish to‘zg‘itar momiq par — misralarida qaysi badiiy vosita qo‘llanganini
ayting.
9. She’rdagi qahramonlar ustida ishlash. Savollar beriladi:
— She’rda nimalar haqida gap boryapti?
— Ularni She’rdagi qahramonlar deyish mumkinmi? Nima uchun?
— O‘ylang, she’rda nechta qahramon bor? Ular qaysilar? (Qish, izg‘irin,
avtobus, osmon)
— She’rda kim g‘orga qarata gapiryapti? (Shoir)
— Shoirning qorga qarata aytgan gaplarini o‘qing.
10. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash. Osmon elak nazdimda
Shahrimizga un separ... O‘ra kumush choyshabga
O‘lkamning har yog‘ini, — deganda shoir nimalarni nazarda tutadi?
11. Uyga vazifa. She’rni yod oling. She’r mazmuniga mos rasm ishlang.
Ijodiy ish uchun topshiriq: She’rdan olgan taassurotingizdan foy-dalanib, qish,
qor, sovuq haqida 4-5 gapli matn tuzing. Matningizda she’r matnidagi quyidagi so‘z
va iboralardan foydalaning: mo/nig par, oq choyshab, qahraton qish, osmon elak, qor
zarralari, izg‘irin, fayz beradi, oq kiyimda.
Namuna: Qahraton qish kunlari edi. Osmon elak kabi qor zarra-larini yerga
elardi. Yer bir zumda oq choyshabga o‘raldi. Daraxtlar qordan oq kiyim kiydi. Bu
qishlog‘imizga fayz berib turardi.
12. Yakunlovchi suhbat.
— Darsda qanday she’r bilan tanishdingiz?
— Biz bugun qish fasli haqidagi she’rni o‘qidik. Buning go‘zal el-chisi — qor
haqida, uning yog‘ishidagi go‘zal manzaralar bilan, uning foydasi bilan tanishdik.
— Tabiatning ehsonlariga qanday munosabatda bo‘lish kerak ekan?
— Qor, qish haqida qanday topishmoqlarni bilasiz? Maqollar-dan-chi?
Dars yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
2-dars namunasi:
Mavzu: Bahor uyg‘onish fasli.
O‘quv materiali. Bahor (Qudrat Hikmat).
Darsning maqsadi:
1. O‘quvchilarning bahor faslida tabiatda, hayvonot va qushlar hayotida
bo‘ladigan o‘zgarishlar haqidagi bilimlarini boyitish.
2. Bahor faslida tabiatni kuzatishga, undagi o‘zgarishlarni payqab olishga
o‘rgatish.
3. Tabiatni sevish, asrash, uning gullab-yashnashi uchun hissa qo‘shishga
yo‘llash.
4. O‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar bilan boyitish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi, she’r o‘qish darsi.
Dars shakli: noan’anaviy dars.
Dars metodi: kichik guruhlar bilan ishlash, mustaqil ish metodi, suhbat metodi,
tarmoqlash metodi.
Darsning jihozi: korton qog‘oz, rangli flomaster, gul, qushlar rasmi, tabiiy
hodisalar tasviri.
Darsning borishi
Tashkiliy qism. Sinf o‘quvchilari 4 guruhga ajratiladi.
I. Da’vat bosqichi. Maqsad: o‘quvchilarning bahor fasli, undagi hayot haqidagi
tushunchalarini aniqlash, yangi mavzuni o‘rganishga tayyorlash va qiziqish
uyg‘otish.
Metod: mustaqil ish metodi.
7. O‘quvchilar guruhiga o‘tilgan mavzu yuzasidan savol va top-shiriqlar
yozilgan kartochka solingan konvertlar beriladi.