SHE’R TUZILISHI. BADIIY ASAR TILI. BADIIY TASVIR VOSITALARI
REJA:
1. So`z adabiy-badiiy asarning yagona unsuri ekanligi.
2. Badiiy asar tili xususiyatlari.
3. Badiiy asar tilining tarkibi.
4. Dialog va monolog haqida tushuncha.
5. Badiiy asar tilida tasviriy vositalarning ishlatilishi.
Tayanch so’z va iboralar: badiiy asar tili, dialog, monolog, tasviriy vosita,
tasviriylik, emotsionallik, obrazlilik, aforizm, muallif tili, jargonlar, antonim,
omonim, metafora, metonimiya, o`xshatish, sifatlash, allegoriya, mubolag`a.
Adabiy-badiiy asar yaratish uchun faqatgina so`zdan foydalaniladi. Buning
uchun birgina so`z zarur, xolos. Abadiy-badiiy asar yaratish uchun undan bo`lak
boshqa biror bir xom ashyoga ehtiyoj, zarurat bo`lmaydi. So`z adabiy-badiiy
asarning birinchi va yagona unsuri hisoblanadi. Yozuvchi, shoir asar yozish uchun
hayotning muayyan parchasini badiiy gavdalantirish uchun birgina vosita-so`zdan
foydalanadi. So`z uning uchun asar mazmunini ro`yobga chiqaruvchi birdan bir
tayanch sanaladi. Chunki uning yordamida asarning barcha unsurlari: qahramonlar
obrazi, ular yashagan manzil-makon ko`rinishlari va hokazolar gavdalantiriladi.
Asarning syujet, kompozisiyasi, undan bo`lak boshqa unsurlari ham aynan so`zning
vositasida yaratiladi. Shuning uchun qadim Sharq shoirlari asarlari asosiy mavzusi
bayonini boshlashdan avval so`z sharafiga maxsus qismi bag`ishlaganlar. Alisher
Navoiy ham barcha dostonlarida so`z sharafiga alohida bob ajratgan. Jumladan, shoir
"Saddi Isknadariy" dostonini oltinchi bobida "So`z ta'rifida bir necha so`zkim..." deb,
so`zga shunday ta'riflar beradi:
Gar ul bo`lmasa kimsaga yo`q sharaf.
Aningdekki, gavharsiz o`lg`ay sadaf.
...Bashar zotida javhari jon hamul,
O`luk jismida obi hayvon ham ul.
...Chu jism ichra jon yo`qdur, ul yo`qdurur,
Yana jonga onsiz bu hol o`qdurur.
Badiiy asar tili ilmiy asralar tilidan tasviriylik, emosionallik, obrazlilik,
aforizm kabi xususiyatlari bilan farq qiladi. Fizika, kimyo, matematika, texnika,
iqtisodiyot kabi ilmiy sohalardagi asarlar tili umumlashgan, ixtisoslik yo`nalishidagi
tushunchalarni ifoda etsa, badiiy asarlar tili tabiat manzaralari va inson qalbidagi
kechinma, holatlari mavjud qarama-qarshiliklari bilan aks ettiradi. Bu badiiy
asar tilining tasviriylik xususiyatidir.
Ilmiy asralar tilidagi dalil, raqamlar ko`proq kishilariing aql-tafakkuriga ta'sir
ko`rsatadi. She'r, roman, qissa tili esa ko`proq ularning hissiyotiga,tuyg`ulariga-
qalbiga ta'sir qiladi. Badiiy asar tilining qahramonlar qalb holatini ifodalash orqali
kitobxonlar tuyg`ulariga ta'sir ko`rsatishi uning hissiyligi (emosionallagi)ni
belgilaydi.
Badiiy asar, avvalo, inson qiyofasini gavdalantirishi bilan ta'sirchan
ekanligi ma'lum. Ijodkor inson obrazini yaratish uchun tilning turli shakl,
ko`rinishlaridan foydalanadi. U shevaga xos so`zlarni, kasbkorga oid atamalarni,
kishi nutqining o`ziga xos jihatlarini ko`rsatuvchi iboralarni (masalan,
"Mehrobdan chayon" romanida Solih Mahdumning "habba" deyishi singari)
qo`llaydi. Biroq har bir ijodkor tilning cheksiz imkoniyatlaridan o`z qurbi darajasida,
iste'dodi yo`nalishi ko`lamida foydalanadi. Hayotda birovning nutqi boshqa bir
kishining gapirishidan farqlangani singari, yozuvchi, shoirlar asarlari tili ham bir-
biridan farqlanib turadi. Masalan, Oybek hayot hodisalarini lirik hissiyotlar bilan
keng
doirada
tasvirlashga moyil bo`lsa, Abdulla Qahhor manzaralar va kahramonlar holatini qisqa
jumlalarda, kinoya, kesatiq, qochiriqlar qo`llab ifoda qiladi. Shu tarzda har bir
ijodkor o`z asarlarida xalq tili boyliklarini ko`rsatishga intiladi.
Badiiy asar tili muallif tili, personajlar tili, dialog, monolog, arxaik
so`zlar, shevaga, kasb-hunarga oid so`zlar, jargonlar, neologizmlar, antonim,
sinonim, omonim, badiiy tasvir vositalari (metafora, istiora, metonimiya,
sinekdoxa, allegornya, jonlantirish, sifatlash, o`xshatish, mubolag`a, poetik
sshggaksis (intonasiya, parallelizm, anafora, takrorlar, inversiya, atiteza,
ritorik
munosabat, ritorik so`roq) kabilardan tarkib topgan bo`ladi. Bu unsurlar badiiy
asar tilining jozibali, ta'sirchan bo`lishini ta'minlaydi.
Asar qahramonlari nutqi dialog va monolog shaklida ifoda etiladi. Dialog
va monologlarda qahramonlarning ichki dunyosi, fe'l-atvori aks etadi. Ijodkorlar
qahramovlar nutqida ular yashagan tarixiy davrga xos so`zlash tarzini hamda
ularning kasb-kori, ma'naviy saviyasi (intelektuallik darajasi)ni gavdalantirishga
harakat qilishadi. Chunki mantiq shuni taqozo etadi.
Asardagi tabiat manzaralari, personajlardan hammasining ham nomi esda
qolmasligi mumkin. Biroq ularning yuqoridagi singari o`zaro muloqotlari,
tortishuvlari albatta e'tiborni jalb qiladi va xotiraga mustahkam o`rnashib qoladi.
Masalan, Abdulla Qahhorniyag "Anor" hikoyasida shunday lavha bor:
"-Axir, boshqorong`i bo`l, evida bo`l-da!-dedi do`ppisini qoqmasdan, boshiga
kiyib, - anor, anor... Bir qadoq anor falon pul bo`lsa! Saharimardondan suv tashib,
o`tin yorib, o`t yoqib bir oyda oladiganim o`n sakkiz tanga pul. Akam bo`lmasa,
ukam bo`lmasa...
Er-xotin tek qolishdi. Xotin jo`xorini tuyib bo`ldi, uni kelidan tog`orachaga
solayotib to`ng`illadi:
- Havasga anor yeydi deysiz shekilli ...
- Bilaman, axir nima qilay? Xo`jayinimni o`ldirib, pulini olaymi? O`zimni
hindiga garovga qo`yaymi? G`alatimisan o`zing?" (A.Qahhor. Tavlangan asarlar. -
Toshkent: Yosh gvardiya, 1965, 12-bet).
Dialog, monolog asarni ta'sirchan qiladigan vositalar sirasiga kiradi. Dialog
yunoncha dialogis so`z bo`lib, "ikki kishi o`rtasidagi so`zlashuv" degan ma'noni
anglatadi. Monolog ham yunoncha (topos-bir va logos-so`z, nutq) so`z- bo`lib, u
badiiy asarda ishtirok etuvchi personajlarning o`z-o`ziga yoki boshqalarga
qaratilgan nutqi sanaladi.
Dialog va monologning asarni-ta'sirchan etuvchi, uni yodda qoldiruvchi
unsurlardan ekanligi sheriy, nasriy asarlardan ham ko`ra, drama janriga mansub
asarlarda yaqqol namoyon bo`ladi. Drama, komediya, tragediya matni to`laligicha
dialog va monologlardan tarkib topadi. Sahna asarlarini ularsiz tasavvur etib
bo`lmaydi.
Monologlar namoyon bo`lish tarziga ko`ra ikki xil bo`ladi: tashqi monolog va
ikchi monolog. Tashqi monolog qahramonning o`z nugqini ovoz chiqarib bayon
etshpi bo`lsa, ichki monolog uning ichki o`y-kechinmalaridir. Tashqi
monolog shakli ko`proq drama, komediya, tragediyada qo`llansa, ichki monolog
barcha janrlardagi asarlarda keng ishlatiladi. Masalan, hayotda har bir odam boshqa
bir kishi haqida ko`nglida qandaydir xayollarga-boradi.
Ana shu hodisa badiiy asarlarga ham ko`chiriladi. Roman, qissa, doston
personajlari bir-birlari haqida turli o`ylarga borishadi. Demak, monolog
personajlarning o`zi haqidagi o`ylaridangina iborat bo`lmaydi. U boshqalar
to`g`risidaga, tevarak-atrofdagi hayot haqidagi orzu-o`y, mushohadalarni ham
mujassam etadi.
Avvallari qo`llangan bo`lsa-da, ayni paytda nutqda ishlatilmay qolgan so`zlar
«arxaik so`zlar» sanaladi. «Shevaga xos so`zlar» esa muayyan hudud kishilari
nutqiga xos so`z va iboralardir. «Kasb-korga oid so`zlar» esa qahramonlar
mashg`uloti, ular turmush tarzini ko`rsatish vajhidan asqotadi.
«Jargon» fransuzcha jargon so`z bo`lib, "buzilgan til" degan ma'noni bildiradi.
Binobarin, jargon sun'iy, yasama tildir. U muayyan guruh kishilari doirasidagina
qo`lanadi. Jargon so`zlar ham barcha kishilarning nutqida ishlatiladigan so`z,
iboralardan tarkib topgan bo`ladi. Biroq guruh a'zolari muayyan so`z, iboralarni
o`zlarigina tushunadigan ma'noda ishlatishadi. Ular nazarda tutgan ma'noni
boshqalar bilmaydi. Badiiy asarlarda o`g`rilar, qimorborzlar obrazi
gavdalantirilganda ularning nutqida ishlatiladigan so`z, iboralar-jargonlar keltiriladi.
Chunonchi, Tohir Malikning "Shaytanat", "Murdalar gapirmaydilar"
asarlarida jargon so`zlar o`g`ri-jinoyatchilar qiyofasini ishonarli ko`satish uchun
o`ziga xos vosita bo`lgan.
«Neologazmlar», asosan zamonaviy mavzudagi asarlarda ishlatiladi. Fan-
texnika, ijtimoiy hayot taraqqiyoti tufayli paydo bo`lgan yangi so`z, atama,