She'r tuzilishi
REJA:
1. She'riy nutq haqida umumiy ma'lumot.
2. Ritm-she'rning asosi.
3. Qofiya haqida ma'lumot.
4. Qofiya bilan bog`liq bo`lgan so`z birikmalari haqida ma'lumot.
5. Jahon adabiyotidagi she'riy tizimlar haqida ma'lumot.
6. Vaznlar haqida uslubiy tushuncha.
Tayanch so’z va iboralar: aruz vazni, barmoq vazni, bahr, g`azal, qasida, hazaj
bahri, mutaqorib, mutadorik, she’riy nutq, ritm, qofiya, radif, refren, she'riy
sistema, metrika, sillabo-tonik, g`oyaviylik, band, bo`g`in.
Badiiy asar, odatda, nasr va nazm usulida yaratiladi. Shunga ko`ra, badiiy
nutq ikki xil bo`ladi: a) sochma (prozaik) nutq va b) tizma (she'riy) nutq. Tizma
nutqning sochma nutqdan prinsipial farqi shundaki, she'riy nutq vaznli, ritmli,
qofiyali nutqdir.
She'riy nutq hamisha musiqiy va ritmli nutq bo`ladi. Poeziya murakkab va
g`oyatda boy san'at. U inson qalbining nozik his-tuyg`ularini, fikr va hissiyotlar
harakatini, ehtiroslar kurashi va rivojini emosional tusda aks ettiradi.
Poeziyada ham proza va dramaturgiyadagidek, rang-barang temalarda bahs
yuritiladi. Uning tasvir imkoni nihoyatda keng. Poeziyamiz maroqli fantaziya va
jozibali ohanglarga boy. She'rda fikr-mulohaza, his-tuyg`u shaklan siqiq, mazmuni
yorqin jozibali, musiqiy tusda ifodalanadi.
She'riy nutq-murakkab sistema. Chunki she'riy asar ritm, vazn, bo`g`in
(hijo), turoq (rukn yoki stopa), qofiya, band (strofa), she'r sistemalari, intonasiya,
pauza, urg`u, poetik figuralar, fonetik priyomlar va boshqalrning yaxlit
uyushuvidan tashkil topadi. To`g`ri, bu komponentlar she'rning, asosan, shakliy
tomonlari. Biroq mazmun, ya'ni she'r g`oyasi mana shu komponentlarning
hamohangligidan kelib chiqadi. Demak, she'rda ham shakl mazmunga xizmat
qiladi, shakl va mazmun birligi shu tariqa kelib chiqadi.
Borliqdagi barcha moddiy va nomoddiy narsa-hodisalar muayyan tuzilishiga
ega bo`ladi. Ular bir qancha qism-uzvlardan tarkib topadi. Narsa-hodisalarning
mazmun-mohiyati bevosita ularning tarkibiga bog`liqdir. Shuning uchun hodisalar
mohiyatini bilish ularning tarkibiy qismlarini o`rganishdan boshlanadi.
Adabiyot ham, adabiyotshunoslik ham tarkibiy qismlarga bo`lingani singari she'r
ham ma'lum uzvlardan tarkib topgan bo`ladi. She'rning trakibiy qismlari to`g`risida
ma'lum tushunchaga ega bo`lish so`z san'atining o`zak masalalarini bilishdir.
Avvalo, she'rning o`zi nima? "She'r" ohang jihatdan ma'lum bir tartibga
solingan his-tuyg`u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli, ritmik nutqdir"
(Hotamov N. Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o`zbekcha
izohli lug`ati. Toshkent: O`qituvchi. 1983, 311-6.). Biroq bu she'rning eng
mukammal, har jihatdan yetuk ta'rifi emas. She'rning bu ta'rif doirasiga
sig`magan sifat, xususiyatlari juda ko`p. Chunki Abdulla Qahhor aytganidek, "She'r-
bir mo`'jiza. Uning mo`'jizalik sirlaridan xabardor bo`lish, bu sirlarni jilovlash har
kimga ham muyassar bo`lavermaydi. Bunga erishish uchun zehn, sabr va
mehnatdan boshqa yana nimadir kerak" (Qahxrr A. Asarlar, 6 tomlik.-Toshkent:
Adabiyot va san'at nashriyoti, 1971, 6-tom, 253-6.). "Yana nimadir kerak"
bo`lgani bois ham hamma she'r yozolmaydi yoki she'r yozganlarning hammasi
ham shoir bo`lib tanilavermaydi. "She'r inson ruhining birmuncha g`ayritabiiy,
ayricha holatidan tug`iladi", deydi Abdulla Oripov (Ehtiyoj farzandi. -Toshkent:
Yosh gvardiya, 1988, 19-6.). She'rning "mo`'jizalik sirlari" bisyorligi sababli ham u
har kim har xil ta'sir qiladi. Uni hamma har xil tushunadi. Chunki she'r-aql bilan
anglash qiyin bo`lgan holatlarning so`zdaga aksi. U ko`ngil olamining tovush,
harf-so`zlardagi manzarasi. She'r ko`ngil mulki mevasi bo`lgani bois ham unda
ohanglar mavji, musiqa tarovati mavjud. Shu tufayli u qalbni zabt etadi-kishni
yo bir zumda mahzun qiladi, bir lahzada quvonchga ko`madi.
Bulardan bo`lak yana ko`dan-ko`p sir-sanoatga ega she'rni sharhlash, uni
o`rganishta qadim-qadimdan ishtiyoq, havas, intilish kuchli bo`lgan. Bu intilish
inson uchun doimiy ehtiyojga aylangan. Chunki she'rning har bir unsuri, undagi
so`zning har bir tovushi olam-olam mazmunga ega. Ularni anglash, tushunish esa
aqlga quvvat, ruhga halovat beradi.
She'r so`zlar tizmasidan tarkib topgan misralardan tuzilishi aniq ko`rinib
turadi. Chunki so`z va so`zlarda she'rda nasriy asardagidan ko`ra bo`lakcha-o`ziga
xos tarzda joylashgan bo`ladi. She'rning alohida belgilaridan dastlabkisi ritmdir.
Qofiyasiz, misralarida bo`g`inlar miqdori har xil she'rlar bo`lishi mumkin. Biroq
ritmsiz she'r yo`q. Ritm-she'rning asosi. Ritm-she'riy nutqning ko`rki. U muayyan
vazndagi nugq bo`laklarining misralar, banddarda ma'lum bir tartibda
takrorlanishidan hosil bo`lgan zarbli ohangdorlikdir. Bu zarbli ohangdorlik inson
sezgilariga ta'sir qiladi.
Borliqdagi barcha harakat-holat muayyan zarbga-ritmga asoslanadi. Insonning
yurak urishi ham, yomg`ir, qorning yog`ishi ham o`ziga xos zarb-ritm hosil qiladi.
Qo`shiq, kuy ham avval shu hodisa tufayli vujudga keladi. Raqsda ham,
haykaltarosh yasagan haykalda ham mutanosiblik-ritmlik qanchalik kuchli bo`lsa,
ular shunchalik ta'siran bo`ladi. Chunki harakat-holat, chizgilarning o`zaro
muvofiqligi kishilarning tuyg`ularini to`lqinlantirib, hissiyotlarini quvvatlantiradi.
She'r so`zga, raks harakatga, musiqa tovushlarga asoslanadi. Shuning
uchun she'rda so`z va uning bo`laklari, raqsga harakatlar uyg`unligi, musiqada
tovushlar mutanosibligi ritmni hosil qiladi.
Ma'lumki, har bir til o`ziga xos tuzilishga ega bo`ladi.
Har bir til ma'lum bir grammatik me'yorlarga asoslanadi. Shunga muvofiq
she'r ritmi ohangdorligini muayyan unsurlar vujudga keltiradi. Bo`g`in, turoq,
ritmik pauza, vazn ana shunday unsurlardandir.
Bir nafas bilan aytiladigan so`z va so`zning bo`lagi bo`gan deyiladi. Bo`g`in
nutq tovushlarilan tarkib topgan. Bo`g`in ohangdorlik-ritm hosil qilish uchun
ma'lum tartibga guruhlanishi- misralarda muayyan tartibda izchillik bilan
takrorlanishi lozim. Bo`g`inlarning misralarda qat'iy tartibda guruhlanishi esa
turoq deyiladi.
Odam zoti dunyodaki bor,
Uning bilan muhabbatdir yor.
(Hamid Olimjon).
Bu misralarda turoqlanish 4Q5 tarzida guruhlangan. Qofiyadosh so`zlar
("bor", "yor") ning vazn jihatdan tegishli (1) musiqiylikni paydo qilgan.
Misralardagi bo`g`inlar, turoqlarning ma'lum bir o`lchovda kelishi vazndir.
Vazn arabcha so`z bo`lib, "o`lchov", "tarozi" degan ma'noni bildiradi. O`zbek
adabiyotida she'r aruz, barmoq vaznida yaratiladi. Agar aruz Sharq adabiyotida
qadimdan keng tarqalgan she'riy vazn bo`lsa, barmoq turkiy she'riyatga xos
vazndir. Bundan tashqari, erkin vazndagi she'rlar (oq, erkin, sarbast) ham mavjud.
Aruz, barmoq, erkin vazndagi she'rlar ifoda usuliga ko`ra, bir-biridan jiddiy farq
qiladi. Ular tuzilishi, shakli, ko`rinishi jihatidan ajarlib turadi.
Qofiya she'rni jarangdor qiluvchi, misralarga musiqiy ohang beruvchi
muhim unsurdir. U misralar oxirida keladigan ohangdosh so`zlardir. Turoq, ritm
orqali misralarda vujudga kelgan ohangdorlik qofiya tufayli mukammallashadi.
Qofiyaning jarangdor bo`lishi she'rning ta'sirchanligini kuchaytiradi.
Ohangdoshlik darajasiga ko`ra qofiyalar to`liq qofiya va och qofiya bo`ladi.
Bir-biriga to`la ohangdosh qofiya bo`lib kelsa, bu to`liq qofiya deyiladi.
Yuksak arguvonning uchida hilol"
Paxmoq bulutlarni etadi nimta.
Qaydadir shoira kuylaydi behol:
-Ko`nglim ham bu kecha oyday yarimta...
Uvada kamzulda billur tutmaday
Bulutlar ortidan boqadi yulduz.
Qaydadir yurtini eslab ingrar nay,
Qaydadir qo`zigul yoradi ildiz.
Qaydadir gulshanda axtarib visol
Yel kezar-tog`larning go`zal arvohi.
Shoirning dilrabo baytlari misol
Oh tortib tizilar turnalar gohi.
Qizg`aldoq bargidek uchar dildan g`am,
Toshqinlar kiradi qalbimga manim.
Bahoring muborak bo`lsin ushbu dam
Mening O`zbekiston-dilbar Vatanim.
(Abdulla Oripov).
Mazkur satrlardagi hilol-behol, nimta-yarimta, tugmaday-nay, Yulduz-ildiz,
visol-misol, arvohi-gohi, g`am-dam, manim - Vatanim so`zlari o`zaro to`la
ohangdoshdir. Shuning uchun ular to`liq qofiya hisoblanadi. Ba'zi she'r misralarida
so`zlardagi aksaryat tovushlar emas, balki ba'zi bir tovushlargana bir xil bo`ladi
va ular ma'lum bir ohangdoshlikni yuzaga keltiradi. Bunday ohangdosh so`zlarga
och qofiya deyiladi.
Biz Romeyeo, telba Romeo,
Sevib qolgan oshiq Dartan'yan.
Romanlarda ishqiy sarguzasht,
Romanlarda haqiqat tuban..
Shaharchamiz navqiron Parij,
Karetalar... xayollarda yor.
Direktorning qoshida g`urur -
Burni qonayotgan mushketyor.
(A.Qutbiddin. “Sen va sen uchun”,-Toshkent: Adabiyot va san'at nashriyeti,
1996, 4-6.).
Dartan'yan-tuban, yor-mushkatyor so`zlari "hilol-behol", "nimta-yarimta"
darajasida ohangdosh emas. Shuning uchun ularni och qofiya deyish mumkin.
Qofiyalar she'riy asralardagina emas ba'zan nasriy asarlarda ham uchraydi. Bunday
nasriy asarlar saj' (qofiyali nasr) deb yuritiladi. Saj', ayniqsa, folklor asarlarida
keng qo`llanadi:
"Uning uchta o`g`li bor edi, uchovi o`qigan, oqu qorani tanigan, yuzlari
oyday, o`zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar"
(Sharq xalqlari ertaklari. -Toshkent: Sharq, 1994, Z-b.).
Ekan-o`qigan-tanigan, oyday-toyday, yurmagan-turmagan so`zlari o`zaro
qofiyadoshdir.
Radif qofiyadan keyin misralar oxirida takrorlanib keluvchi aynan bir xil
so`z yoki so`z birikmasidir. Radif arabcha so`z bo`lib, "otga mingashib kelmoq"
degan ma'noni bildiradi.
Sharq she'riyatida radif keng qo`llaniladi. Jumladan, Alisher Navoiy g`azal,
ruboiy, tuyuqlarida ham radiflar ko`p ishlatiladi. Masalan:
Jondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz,
Har neniki sevmak ondin ortiq bo`mas,
Ondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz,
Ushbu ruboiyda "seni ko`p sevarmen, ey umri aziz" so`zlari radif sifatida
misralar oxirida takrorlanib kelgan. Radiflar yakka bir so`z yoki yuqoridagi singari
bir necha so`zdan tashkil topgan ham bo`lishi mumkin.
Turoq bo`g`inlar guruhidan tashkil topadi. Turoqlar guruhidan misralar
vujudga keladi. Misralar ham xuddi bo`g`in, turoqlar singari uyushib, muayyan
musiqiylik hosil qiladi. Misralarning bunday birikuvi bandlarni vujudga keltiradi.
Band misradan ko`ra kengroq, ko`lamliroq fikrni anglatadi. Banddagi fikr muayyan
tugallikka ega bo`ladi. U yaxlit manzarani gavdalantiradi.
She'rshunoslik-maxsus soha. Unda juda ko`p istiloh (termin)lar mavjud.
Ularning har birini atroflicha sharhlab chiqish katta hajmli alohida ishni taqozo
qiladi. Chunki har bir milliy adabiyotning o`ziga xos she'r shakllari bor. Negaki she'r
milliy tillarga xos xususiyatlar asosida paydo bo`ladi. Shu boisdan she'r tizimlari,
vaznlari har bir xalq tilining ichki qonun-qoidalariga mos holda vujudga keladi.
Jahon adabiyotida to`rtta she'r tizimi, ayniqsa, keng tarqalgan. bular: sillabik
(bo`g`inlar miqdoriga ko`ra), metrik (turoq, to`xtam (pauza), takt miqdoriga
ko`ra), sillabo-tonik (bo`g`in va ohang), tonik (ohang) tizimlaridir.
Sillabik she'r tizimi bo`g`inlar miqdoriga asoslanadi.
Turkiy xalqlar, jumladan, o`zbek xalq sheriyati, shuningdek, italyan,
polyak, fransuz, ispan, rumin xalqlari she'riyati ham sillabik she'r tizimiga
mansubdir.
Metrik she'r tizimi esa bo`g`inlarning uzun-qisqaligiga, unlilar holatiga
asoslanadi. Grek, lotin, arab she'riyati shunday xususyaitga ega.
Sillabo tonik she'r tizimi bo`lsa, urug`li, urg`usiz bo`g`inlarning ma'lum
tartibda kelishiga asoslanadi. Rus she'riyati shundaydir.
Tonik she'r tizimi misralarda urg`usiz bo`g`in qancha bo`lishidan qat'i nazar,
ritm hosil bo`lishi, urg`ularning bir maromda kelishiga asoslanadi.
She'r tizimi xalq tili xususiyatlariga bog`liq hodisa sanaladi. O`zbek tili
ifoda imkoniyatlari, grammatik me'yorlari sillabik va metrik she'r tizimiga mos
tushadi.
Sharq xalqlari she'riyatida aruz va barmoq vazni deb ataluvchi she'r tizimi
keng tarqalgan. Hozirgi o`zbek she'riyatida esa ular bilan bir qatorda, erkin vazn
deb yuritiluvchi tizim ham mavjud.
She'r tizimi she'r tuzilishini belgilab beradigan asosiy omillardan biri. Shu
sababli she'r tizimi haqida konkret tasavvurga ega bo`lmay turib, she'r tuzilishini
puxta o`rganib bo`lmaydi.
Agar biz jahon poeziyasi tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, unda turli-tuman
she'r tizimlari borligani payqaymiz. Chunki sher tizimlari milliy tillarning tabiati
bilan bog`liq. Jahon xalqlari tillar esa tabiatan xilma-xil bo`lib, ular turli-tuman
oilalarga mansubdir. Demak, turli tillar tabiati taqozosiga ko`ra she'riy nutq tizimlari
ham, she'r tuzilishi ham rang-barang bo`lishi tabiiy. Har bir she'r tizimida she'r
yaratish, ya'ni vazn va ritmni, musiqiylikni vujudga keltirish usullari o`ziga xos
bo`ladi. Chunonchi, beqaror urg`uli tillarda vaznni vujudga keltirish uchun misralarda
urg`uning bir xilda kelishi shart bo`lsa, barqaror urg`uli tillarda vazn uchun
urg`uning ahamiyagi yo`q. So`zlar bir-birlaridan ovozning past-balandligi
jihatidan farq qiluvchi tillarda misralardagi ovoznint bir xilda bo`lishi zarur bo`lsa,
boshqalarida buning hech qanday ahamiyati yo`q va hokazo.
Jahon xalqlari poeziyasida keng qo`llanilayotgan asosiy sher tizimlari
quyidagilar: metrik (antik), sillabik, tonik va sillabo-tonik...
Barmoq she'r tizimi G`arb va Sharq uchun umumiy bo`lib, u barqaror urg`uli
tillarda qo`llaniladi. Arab nazmida aruz she'r tizimida qo`llanilgan. Bu tizim
keyinchalik eron va turkiy tillar she'riyatiga ham o`tgan va bu tillarning tabiatiga
moslashib rivojlangan.
O`zbek klassik adabiyotida faqat aruz tizimi qo`llanilgan bo`lsa, o`zbek
xalq og`zaki poetik ijodida, asosan, barmoq vazni ishlatilgan. O`zbek poeziyasida
esa har ikkala tizim ham muvaffaqiyat bilan qo`llanilmoqda.
Shuni aytish kerakki, barmoq bilan aruz aslida she'r vazni emas, balki she'r
tizimlaridir. Chunki barmoqda ham, aruzda ham juda ko`plab vaznlar mavjud.
Amalda, shartli ravshida, "barmoq vazni" va "aruz vazni" iboralar qo`llaniladi,
xolos.
Barmoq tizimining aruz tizimidan asosiy farqi shundaki, u bo`g`inlar
sonining she'r misralarida bir xil miqdordaligiga qatiy amal qiladi. Barmoqda
yozilgan she'rning birinchi misrada necha bo`g`in bo`lsa va turoqlar miqdori
hamda tartibi qanday bo`lsa, she'rning boshqa misralarida ham shu sxema aynan
takrorlanadi. She'rdagi ana shu ritmik uyushqoqlik, odatda, misradagi bo`g`inlarning
sonini barmoq bilan sanab aniqlanadi.
Shunga ko`ra, she'r tuzilishining bu usuli, shartli ravishda, barmoq tizimi
deb yuritiladi. Masalan:
4
5
Odam zoti / dunyodaki bor, 9
4
5
Uning bilan / muhabbatdir yor; 9
4
5
Uni bilmas / yurak topilmas, 9
4
5
Uni bilmas / otlar chopilmas. 9
(Hamid Olimjon).
Yuqoridagi she'r bandining vaznini aniqlash uchun, dastlab, birinchi
misradagi bo`g`iilarni barmoqlarimizni bukish yo`li bilan sanab chiqamiz (9
bo`g`in), ikkinchidan, unda nechta turoq borligini (ikkita turoq) va ular qay
tartibda joylashganini (4+9) aniqlaymiz. Natijada birinchi misraning bo`g`inlar
miqdori va turoqlar soni hamda tartibi aniq bo`lib qoladi (4+5=9).
Aniqlangan sxema asosida she'rning qolgan misralarini birma-bir tekshirib
chiqamiz. Shu tekshirish natijasida birinchi misra sxemasi (4+5=9) boshqa
misralarda ham aynan saqlanganligi aniqlansa (4+5=9)-bu she'r barmoq
tizimining bir vazni (4+5=9)da yozilganligi bilinadi.
Barmoq vazni turkiy til xususiyatlariga asoslangan she'r tizimidir.
Shuning uchun o`zbek xalqining eng qadimgi og`zaki she'riyati namunalari ayni shu
vaznda yaratilgan" Mahmud Qoshg`ariyning "Devoni lug`otit turk" asari yetti
bo`g`indan tuzilgan, 4+3 shaklida turoqlangan, a-a-a-b tarzida qofiyalangan.
O`zbek xalq dostonlari, masalan, "Alpomish" dostonidagi she'rlar ham,
shuningdek, maqollar, hikmatli so`zlar ham barmoq vazniga mansubdir. Barmoq
vazni misralarda bo`g`inlarning muayyan miqdoriga va bir xil turoqlarning o`ziga
xos tartibda takrorlanishiga asoslangan she'r tizimidir. Misralardagi bo`g`inlar
miqdori barmoq bilan sanalgani sababli, mazkur sher tizimi barmoq vazni deyiladi.
Barmoq vaznida birinchi misrada bo`g`inlar mikdori va turoqlar tartibi qanday bo`lsa,
qolgan misralarda ham aynan shunday bo`ladi. Masalan, Abdulla Oripovning "Tilla
baliqcha" she'ri shunday boshlanadi:
Tuxumdan chiqdi-yu keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon yutdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o`tadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.
Barmoq vaznidagi she'rlar turoq, qofiya, band ritm (zarb)ni vujudga
keltiradigan asosiy unsur hisoblanadi.
Aruz (arabcha “arz qilmoq”) - Sharq xalqlari adabiyotlarida, jumladan o`zbek
adabiyotida keng qo`llanilgan o`ziga xos vaznlar tizimi.
Aruz vazni hijolarning talaffuzdagi uzun-qisqaligiga asoslangan bo`lib,
musiqa bilan chambarchas bog`liqdir. Aruz vaznida bo`g`inlarning "qisqa" va
"cho`ziq" ligiga alohida e'tibor beriladi. Aruzda "cho`ziq" va "qisqa" tushunchalarini
harf va tovushga nisbatan emas, bo`g`in-hijoga nisbatan qo`llaniladi.
Cho`ziq bo`g`in "-" va qisqa bo`g`in "V" ishorasi bilan belgilanadi.