SHIFIKOR TOMONIDAN OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA BAJARILADIGAN MUOLAJALAR AHAMIYATI. ICHAK VA SIYDIK OQMASI BO’LGAN BEMORLARNI PARVARISHLASH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

24,3 KB


SHIFIKOR TOMONIDAN OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA
BAJARILADIGAN MUOLAJALAR AHAMIYATI. ICHAK VA SIYDIK
OQMASI BO’LGAN BEMORLARNI PARVARISHLASH
Operatsiyadan so’nggi davr to’g’risida tushuncha. Operatsiyadan so’nggi
davr – bu operatsiya tugagandan to bemorning kasalxonadan tuzalib chiqib, mehnat
faoliyati tiklanguncha bo’lgan davri hisoblanadi. Operatsiya hajmi, xarakteri va
bemor  umumiy  holatiga  ko’ra  bu  davr  bir  necha  kundan  bir  necha  oygacha
cho’zilishi  mumkin.   Xirurgik  operatsiya  natijasi  operatsiyadan  so’nggi  davr
qanday olib borilishiga bog’liq bo’ladi. Bu davrda bemorlarni parvarishda o’rta
tibbiyot  xodimi  o’rni  juda  katta. Vrach  ko’rsatmasini  to’g’ri  va  o’z  vaqtida
bajarish, bemorga to’g’ri munosabatda bo’lish bemorni tezroq sog’ayishi garovi
hisoblanadi. 
Kichik operatsiyalardan keyin, asosan mahalliy og’riqsizlantirilib qilingan
operatsiyalardan  keyin  bemor  bolani  umumiy  palataga  qo’yiladi.  Ko’krak
yoshidagi bolani onasi qo’liga beriladi. Katta operatsiyalardan keyin bemor maxsus
jihozlangan,  reanimatsion  yordam  ko’rsatishga  mo’ljallangan  operatsiyadan
keyingi palatalarga o’tkaziladi. Operatsiya xonasidan bemor bolani operatsiyadana
keyingi palataga o’tkazish vrach-anesteziolog yoki operatsiyadana keyingi palata
hamshirasi yordamida amalga oshiriladi. Bu vaqtda bemorga qo’shimcha jarohat
yetkazmaslik, bog’lamni surib yubormaslik, gipsni sindirmaslikka katta ahamiyat
berish  lozim.   Operatsion  stoldan  bemorni  katalkaga  o’tkaziladi  va  unda
operatsiyadana keyingi palataga olib boriladi. Katalka zambili bilan krovatni oyoq
tomoniga to’g’rilab qo’yiladi. Keyin katalkadan bemorni qo’lda olib krovatga
yotqiziladi.  Bemorni  boshqa  holatda,  ya’ni  zambilni  krovatni  bosh  tomoniga
to’g’rilab ham yotqizsa bo’ladi  
       Hozirgi vaqtda  umumiy narkoz stida o’tkazilgan murakkab operatsiyalardan
keyin bemor 2-4 kunga reanimatsiya bo’limiga o’tqaziladi. Keyinchalik bemor
Logotip
SHIFIKOR TOMONIDAN OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA BAJARILADIGAN MUOLAJALAR AHAMIYATI. ICHAK VA SIYDIK OQMASI BO’LGAN BEMORLARNI PARVARISHLASH Operatsiyadan so’nggi davr to’g’risida tushuncha. Operatsiyadan so’nggi davr – bu operatsiya tugagandan to bemorning kasalxonadan tuzalib chiqib, mehnat faoliyati tiklanguncha bo’lgan davri hisoblanadi. Operatsiya hajmi, xarakteri va bemor umumiy holatiga ko’ra bu davr bir necha kundan bir necha oygacha cho’zilishi mumkin. Xirurgik operatsiya natijasi operatsiyadan so’nggi davr qanday olib borilishiga bog’liq bo’ladi. Bu davrda bemorlarni parvarishda o’rta tibbiyot xodimi o’rni juda katta. Vrach ko’rsatmasini to’g’ri va o’z vaqtida bajarish, bemorga to’g’ri munosabatda bo’lish bemorni tezroq sog’ayishi garovi hisoblanadi. Kichik operatsiyalardan keyin, asosan mahalliy og’riqsizlantirilib qilingan operatsiyalardan keyin bemor bolani umumiy palataga qo’yiladi. Ko’krak yoshidagi bolani onasi qo’liga beriladi. Katta operatsiyalardan keyin bemor maxsus jihozlangan, reanimatsion yordam ko’rsatishga mo’ljallangan operatsiyadan keyingi palatalarga o’tkaziladi. Operatsiya xonasidan bemor bolani operatsiyadana keyingi palataga o’tkazish vrach-anesteziolog yoki operatsiyadana keyingi palata hamshirasi yordamida amalga oshiriladi. Bu vaqtda bemorga qo’shimcha jarohat yetkazmaslik, bog’lamni surib yubormaslik, gipsni sindirmaslikka katta ahamiyat berish lozim. Operatsion stoldan bemorni katalkaga o’tkaziladi va unda operatsiyadana keyingi palataga olib boriladi. Katalka zambili bilan krovatni oyoq tomoniga to’g’rilab qo’yiladi. Keyin katalkadan bemorni qo’lda olib krovatga yotqiziladi. Bemorni boshqa holatda, ya’ni zambilni krovatni bosh tomoniga to’g’rilab ham yotqizsa bo’ladi Hozirgi vaqtda umumiy narkoz stida o’tkazilgan murakkab operatsiyalardan keyin bemor 2-4 kunga reanimatsiya bo’limiga o’tqaziladi. Keyinchalik bemor
ahvoli yaxshilanishiga qarab operatsiyadan so’nggi palataga yoki umumiy palataga
o’tkaziladi. Operatsiyadan so’nggi palata katta bo’lmasligi lozim (ko’pi bilan 2-3
bemorga mo’ljallangan). 
Bu palatada markazlashgan kislorod berish tizimi
va  reanimatsion  yordam  ko’rsatishga  kerak  bo’ladigan  hamma  instrumentlar
jamlanmasi, apparatlar, dori vositalari bo’lishi shart. 
Asosan bemorga ma’qul joylanishni amalga oshirishga imkon beradigan
fuksional  krovatlar  bo’ladi.  Krovatga  tagidan  kleyenka  qo’yilgan  toza  oqlik
solingan  bo’ladi.  Bemorni  krovatga  yotqizishdan  oldin  oqliklar  isitgich  bilan
isitiladi.
Bemorni kuzatish va parvarishlash. Operatsiyadan keyingi davrda bemorni
kuzatish va parvarishlashda vrach roli katta ahamiyat kasb etadi. Bemor shikoyatini
tinglash, bemorni yuzi holatiga (stradalgik, xotirjam, tetik va h.o.), teri rangiga
(rangpar, qizargan, ko’kargan) va tana haroratiga (tushishi, normal, ko’tarilishi)
ahamiyat qilish lozim.  Har kuni bemorni umumiy ko’rikdan o’tkazish kerak.
Hayotiy muhim a’zolar faoliyatini doimo kuzatib turish lozim. Har xil asoratlarni
oldini olish – bu to’g’ri tashkil qilingan bemorni parvarishidir.
Yurak qon-tomir faoliyatini puls, arterial bosim, teri rangi baholaydi. Puls
sekinlashib  to’liqligini  kuchayishi  (daqiqada  40-50  zarba)  markaziy  nerv
sistemasini buzilishi (bosh miya shishi yoki bosh miyaga qon quyilishi),  meningit
sababli bo’lishi mumkin.  Puls tezlashib to’liqligini susayishi (daqiqada 100 zarba)
ikkilamchi shokdan yoki qon ketishdan dalolat beradi. Agarda ushbu holat birdan,
ko’krak qafasida og’riq va qon tuflash bilan boshlansa o’pka arteriyasi emboliyasi
to’g’risida o’ylash mumkin. Bu holda bemor bir necha soniyada o’lib qoladi. 
Operatsiyadan so’nggi davrda operatsiya turi, hajmidan qat’iy nazar o’pka
ventilyatsiyasi  kamaydi  (yuzaki,  tez  nafas  olish).  Bu  holat  o’pka  nafas
ekskursiyasini kamayishi (og’riq, bemorni majburiy holati), bronxlarga suyuqlik
to’planishi (balg’amni yaxshi ko’chmasligi) bilan bog’liq bo’ladi. Bunday holatlar
nafas  yetishmovchiligiga  va  o’pka  yallig’lanishiga  olib  keladi.  Nafas
yetishmovchiligi  va  operatsiyadan  keyingi  davrda  o’pka  yallig’lanishini
profilaktikasi:  bemorni erta aktiv harakatlantirish, davolovchi fizkultura, massaj,
davriy ravishda kislorod ingalyatsiyasi, antibiotikoterapiya, balg’am ko’chiruvchi
dorilar berish. 
Logotip
ahvoli yaxshilanishiga qarab operatsiyadan so’nggi palataga yoki umumiy palataga o’tkaziladi. Operatsiyadan so’nggi palata katta bo’lmasligi lozim (ko’pi bilan 2-3 bemorga mo’ljallangan). Bu palatada markazlashgan kislorod berish tizimi va reanimatsion yordam ko’rsatishga kerak bo’ladigan hamma instrumentlar jamlanmasi, apparatlar, dori vositalari bo’lishi shart. Asosan bemorga ma’qul joylanishni amalga oshirishga imkon beradigan fuksional krovatlar bo’ladi. Krovatga tagidan kleyenka qo’yilgan toza oqlik solingan bo’ladi. Bemorni krovatga yotqizishdan oldin oqliklar isitgich bilan isitiladi. Bemorni kuzatish va parvarishlash. Operatsiyadan keyingi davrda bemorni kuzatish va parvarishlashda vrach roli katta ahamiyat kasb etadi. Bemor shikoyatini tinglash, bemorni yuzi holatiga (stradalgik, xotirjam, tetik va h.o.), teri rangiga (rangpar, qizargan, ko’kargan) va tana haroratiga (tushishi, normal, ko’tarilishi) ahamiyat qilish lozim. Har kuni bemorni umumiy ko’rikdan o’tkazish kerak. Hayotiy muhim a’zolar faoliyatini doimo kuzatib turish lozim. Har xil asoratlarni oldini olish – bu to’g’ri tashkil qilingan bemorni parvarishidir. Yurak qon-tomir faoliyatini puls, arterial bosim, teri rangi baholaydi. Puls sekinlashib to’liqligini kuchayishi (daqiqada 40-50 zarba) markaziy nerv sistemasini buzilishi (bosh miya shishi yoki bosh miyaga qon quyilishi), meningit sababli bo’lishi mumkin. Puls tezlashib to’liqligini susayishi (daqiqada 100 zarba) ikkilamchi shokdan yoki qon ketishdan dalolat beradi. Agarda ushbu holat birdan, ko’krak qafasida og’riq va qon tuflash bilan boshlansa o’pka arteriyasi emboliyasi to’g’risida o’ylash mumkin. Bu holda bemor bir necha soniyada o’lib qoladi. Operatsiyadan so’nggi davrda operatsiya turi, hajmidan qat’iy nazar o’pka ventilyatsiyasi kamaydi (yuzaki, tez nafas olish). Bu holat o’pka nafas ekskursiyasini kamayishi (og’riq, bemorni majburiy holati), bronxlarga suyuqlik to’planishi (balg’amni yaxshi ko’chmasligi) bilan bog’liq bo’ladi. Bunday holatlar nafas yetishmovchiligiga va o’pka yallig’lanishiga olib keladi. Nafas yetishmovchiligi va operatsiyadan keyingi davrda o’pka yallig’lanishini profilaktikasi: bemorni erta aktiv harakatlantirish, davolovchi fizkultura, massaj, davriy ravishda kislorod ingalyatsiyasi, antibiotikoterapiya, balg’am ko’chiruvchi dorilar berish.
Har bir operatsiya hazm qilish a’zolari faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, hattoki
ushbu a’zolarda operatsiya o’tkazilmagan bo’lsa ham. Markaziy nerv sistemasini
tormozlovchi ta’siri, operatsiyadan keyingi davrda bemor harakatini cheklanishi
hazm qilish a’zolari disfunksiyasiga olib keladi. Hazm qilish a’zolari  “oynasi” –
tildir. 
Til  qurishi  organizmni  ko’p  suv  yo’qotishini  va  suv  almashinuvini
buzilganini bildiradi. Zich oq karash bilan qoplangan quruq, yorilgan til esa qorin
bo’shlig’i a’zolari  patologiyasi – peritonit, ichaklar parezini bildiradi. 
Og’iz quriganda og’iz bo’shlig’ini nim tuzli suv, yoriqlar bo’lganda esa soda
eritmasi (bir stakan suvga 1 choy qoshiq), 2% bor kislotasi, vodorod pereoksid
eritmasi (bir stakan suvga 2 choy qoshiq), 0,05-0,1% kaliy permanganat eritmasi
bilan chayish, glitserin surtish tavsiya etiladi. Og’iz qurish fonida stomatit (og’iz
shilliq  qavati  yallig’lanishi)  yoki  parotit  (quloq  orldi  bezi  yallig’lanishi)
rivojlanishi  mumkin.  Salivatsiyani  kuchaytirish  maqsadida  suvga  limon  yoki
klyukva soki qo’shiladi. 
Ko’ngil aynish va qusish narkoz, intoksikatsiya, ichak tutilishi, peritonit
tufayli kelib chiqadi. Ko’ngil aynish va qusishni sababini aniqlash lozim. Birinchi
yordam: boshni yon tomonga buriladi, burundan ingichka zond o’tkaziladi va
oshqozon yuviladi.  
 Meteorizm  sababi  bo’lib  ichak  parezi  yoki  ichaklarda  gaz  yig’ilishi
hisoblanadi. Meteorizmni  bartaraf  etish uchun bemorni  tez-tez turg’azish,  gaz
chiqaruv naycha qo’yish, tozalovchi yoki gipertonik klizmalar qilish tavsiya etiladi.
Bemorni aktiv hvrvkatlantirish qabziyatni oldini oladi. Ovqat  kletchatkaga
boy bo’lishi, ichni yumshatish effektiga (prostokvasha, kefir, mevalar) ega bo’lishi
lozim. Huqna qilsa ham bo’ladi. 
Normada  bemor  sutkasiga  1500  ml  siydik  ajratadi.  Ba’zi  holatlarda
buyraklar faoliyati buziladi (intoksikatsiya, nerv-reflektor va h.o. sabablar), to
siydik ajratishni to’xtashigacha – anuriyagacha. Ba’zan buyrak normal ishlashi
fonida  siydik  ajralishi  vaqtincha  to’xtaydi  –   ishuriya,  asosan  nerv-reflektor
sababga ko’ra. Ishuriyada bemor ahvoli ko’tarsa bemor turg’iziladi, o’tqiziladi,
qorin pastki sohalariga isitkich qo’yiladi, isitilgan tuvakka o’tqaziladi, tog’oraga
Logotip
Har bir operatsiya hazm qilish a’zolari faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, hattoki ushbu a’zolarda operatsiya o’tkazilmagan bo’lsa ham. Markaziy nerv sistemasini tormozlovchi ta’siri, operatsiyadan keyingi davrda bemor harakatini cheklanishi hazm qilish a’zolari disfunksiyasiga olib keladi. Hazm qilish a’zolari “oynasi” – tildir. Til qurishi organizmni ko’p suv yo’qotishini va suv almashinuvini buzilganini bildiradi. Zich oq karash bilan qoplangan quruq, yorilgan til esa qorin bo’shlig’i a’zolari patologiyasi – peritonit, ichaklar parezini bildiradi. Og’iz quriganda og’iz bo’shlig’ini nim tuzli suv, yoriqlar bo’lganda esa soda eritmasi (bir stakan suvga 1 choy qoshiq), 2% bor kislotasi, vodorod pereoksid eritmasi (bir stakan suvga 2 choy qoshiq), 0,05-0,1% kaliy permanganat eritmasi bilan chayish, glitserin surtish tavsiya etiladi. Og’iz qurish fonida stomatit (og’iz shilliq qavati yallig’lanishi) yoki parotit (quloq orldi bezi yallig’lanishi) rivojlanishi mumkin. Salivatsiyani kuchaytirish maqsadida suvga limon yoki klyukva soki qo’shiladi. Ko’ngil aynish va qusish narkoz, intoksikatsiya, ichak tutilishi, peritonit tufayli kelib chiqadi. Ko’ngil aynish va qusishni sababini aniqlash lozim. Birinchi yordam: boshni yon tomonga buriladi, burundan ingichka zond o’tkaziladi va oshqozon yuviladi. Meteorizm sababi bo’lib ichak parezi yoki ichaklarda gaz yig’ilishi hisoblanadi. Meteorizmni bartaraf etish uchun bemorni tez-tez turg’azish, gaz chiqaruv naycha qo’yish, tozalovchi yoki gipertonik klizmalar qilish tavsiya etiladi. Bemorni aktiv hvrvkatlantirish qabziyatni oldini oladi. Ovqat kletchatkaga boy bo’lishi, ichni yumshatish effektiga (prostokvasha, kefir, mevalar) ega bo’lishi lozim. Huqna qilsa ham bo’ladi. Normada bemor sutkasiga 1500 ml siydik ajratadi. Ba’zi holatlarda buyraklar faoliyati buziladi (intoksikatsiya, nerv-reflektor va h.o. sabablar), to siydik ajratishni to’xtashigacha – anuriyagacha. Ba’zan buyrak normal ishlashi fonida siydik ajralishi vaqtincha to’xtaydi – ishuriya, asosan nerv-reflektor sababga ko’ra. Ishuriyada bemor ahvoli ko’tarsa bemor turg’iziladi, o’tqiziladi, qorin pastki sohalariga isitkich qo’yiladi, isitilgan tuvakka o’tqaziladi, tog’oraga
suv tomiziladi (reflektor ta’sir). Bu muolajalar natija bermasa siydik qopiga kateter
qo’yiladi. 
Operatsiyadan so’nggi davrda psixika holati katta ahamiyatga ega. Injiq
bemor rejim va ko’rsatmalarni yomon bajaradi. Shu sababli ham ularda yara bitishi
asoratli bo’ladi. Operatsiyadan so’nggi davrda nerv-psixik zo’riqishni kamaytirish
lozim. Bu esa nafaqat dori bilan, balki yaxshi parvarish bilan amalga oshiriladi.   
Bog’lamni kuzatish. Narkozdan uyg’onayotganda bemor qimirlab bog’lamni
olib tashlashi yoki surib qo’yishi mumkin. Bu esa yaradan qon ketishiga yoki yara
ifloslanib yiringlashiga olib kelishi mumkin. Ba’zida bola uxlab yotganda ham
bog’lam qon bilan ifloslanib qolishi mumkin. Povyazka mojet propitat’sya krov’yu
i pri spokoynom sostoyanii bol’nogo. Bunday holatlarda hamshira tezda vrachni
ogohlantirishi kerak va ifloslangan bog’lam almashtirilishi lozim. 
Terini parvarishlash.  Terini noto’g’ri parvarishlasak suyak chiqib turgan
joylarda yotoq yaralar paydo bo’lishi mumkin. Klinik jihatdan bu teri qizarishi
bilan  namoyon  bo’ladi.  Keyinchalik  bu  sohada  to’qima  o’ladi,  teri  ko’chadi,
to’qimalarni  yiringli  parchalanishi  yuzaga  keladi. Yotoq yaralar  profilaktikasi:
operatsiyadan keyingi davrda bemorni aktiv holatga keltirish, terini kamfora spirti
bilan artib turish, massaj, tanani yumshatib turuvchi yumshoq doira balonchalarni
ishlatish.  Davolash:  antiseptik  eritma  bilan  tozalash,  Vishnevskiy  mazi  bilan
bog’lam qo’yish, 5% kaliy permanganat eritmasida yuvish. Defekatsiyadan keyin
albatta oraliq soha yuvilishi lozim. Ayollarda defekatsiya bo’masa ham har kuni
oraliq soha yuvilishi lozim. 
        Bolalar sovuq qotishga juda sezgir bo’lishadi. Shu sababli ham operatsiya
xonasi, operatsiyadan keyingi xonada ham havo harorati 20-22°S bo’lishi kerak.
Chala tug’ilgan va chaqaloqlarda alohida maxsus xonalar bo’lishi lozim. U yerda
havo harorati 22-26°S bo’lishi kerak. Havo harorati 34-37°С bo’lgan ochiq yoki
yopiq kyuvezlar bo’lishi ham maqsadga muvofiqdir. 
Operatsiyadan keyin bemor narkozdan uyg’onguncha chalqancha gorizontal
holatda yotishi lozim. Birdan bosh tomonini ko’tarish tavsiya etilmaydi, sababi
bolani kollapsga tushishiga olib kelishi mumkin.
Qusish paytida bemorni yonida kuzatib turish kerak. Bunday paytda bola
boshini yonboshga burish lozim. Qusishdan keyin bemor og’zi paxta bilan artiladi.
Logotip
suv tomiziladi (reflektor ta’sir). Bu muolajalar natija bermasa siydik qopiga kateter qo’yiladi. Operatsiyadan so’nggi davrda psixika holati katta ahamiyatga ega. Injiq bemor rejim va ko’rsatmalarni yomon bajaradi. Shu sababli ham ularda yara bitishi asoratli bo’ladi. Operatsiyadan so’nggi davrda nerv-psixik zo’riqishni kamaytirish lozim. Bu esa nafaqat dori bilan, balki yaxshi parvarish bilan amalga oshiriladi. Bog’lamni kuzatish. Narkozdan uyg’onayotganda bemor qimirlab bog’lamni olib tashlashi yoki surib qo’yishi mumkin. Bu esa yaradan qon ketishiga yoki yara ifloslanib yiringlashiga olib kelishi mumkin. Ba’zida bola uxlab yotganda ham bog’lam qon bilan ifloslanib qolishi mumkin. Povyazka mojet propitat’sya krov’yu i pri spokoynom sostoyanii bol’nogo. Bunday holatlarda hamshira tezda vrachni ogohlantirishi kerak va ifloslangan bog’lam almashtirilishi lozim. Terini parvarishlash. Terini noto’g’ri parvarishlasak suyak chiqib turgan joylarda yotoq yaralar paydo bo’lishi mumkin. Klinik jihatdan bu teri qizarishi bilan namoyon bo’ladi. Keyinchalik bu sohada to’qima o’ladi, teri ko’chadi, to’qimalarni yiringli parchalanishi yuzaga keladi. Yotoq yaralar profilaktikasi: operatsiyadan keyingi davrda bemorni aktiv holatga keltirish, terini kamfora spirti bilan artib turish, massaj, tanani yumshatib turuvchi yumshoq doira balonchalarni ishlatish. Davolash: antiseptik eritma bilan tozalash, Vishnevskiy mazi bilan bog’lam qo’yish, 5% kaliy permanganat eritmasida yuvish. Defekatsiyadan keyin albatta oraliq soha yuvilishi lozim. Ayollarda defekatsiya bo’masa ham har kuni oraliq soha yuvilishi lozim. Bolalar sovuq qotishga juda sezgir bo’lishadi. Shu sababli ham operatsiya xonasi, operatsiyadan keyingi xonada ham havo harorati 20-22°S bo’lishi kerak. Chala tug’ilgan va chaqaloqlarda alohida maxsus xonalar bo’lishi lozim. U yerda havo harorati 22-26°S bo’lishi kerak. Havo harorati 34-37°С bo’lgan ochiq yoki yopiq kyuvezlar bo’lishi ham maqsadga muvofiqdir. Operatsiyadan keyin bemor narkozdan uyg’onguncha chalqancha gorizontal holatda yotishi lozim. Birdan bosh tomonini ko’tarish tavsiya etilmaydi, sababi bolani kollapsga tushishiga olib kelishi mumkin. Qusish paytida bemorni yonida kuzatib turish kerak. Bunday paytda bola boshini yonboshga burish lozim. Qusishdan keyin bemor og’zi paxta bilan artiladi.