SHIFOKORLARNING BEMOR VA ULARNING OTA-ONALARI BILAN SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARI HAQIDA SUHBATLARI. KASALXONA ICHI INFEKSIYA TUSHUNCHASI VA UNI OLDINI OLISH
SHIFOKORLARNING BEMOR VA ULARNING OTA-ONALARI BILAN
SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARI HAQIDA SUHBATLARI.
KASALXONA ICHI INFEKSIYA TUSHUNCHASI VA UNI OLDINI OLISH
Kasalxona ichi infeksiyasi – bu bemorning kasalxonada davolanishi paytida
yoki kasalxonada qolishi vaqtida, hamda kasalxonadan chiqarilishidan so’ng
kasalxonada yuqtirilgan mikrobial kelib chiqqan, shuningdek, tibbiy muassasadagi
xodimning yuqumli kasalligi ushbu tashkilotda ishlayotganida uning yuqtirishi
sababli rivojlangan kasalliklar guruhidir.
Kasalxona ichi infeksiyasi rivojlanishining asosiy sabablari
Tibbiy muassasada kasalxona ichi infeksiyasining paydo bo’lishi va
rivojlanishiga olib keluvchi omillarga kiradi:
•
tibbiy xodimlar va bemorlar orasida aniqlanmagan kasalliklar va infeksiya
tashuvchilarning mavjudligi;
•
sterilizatsiya qilishning maxsus usullarini talab qiladigan murakkab
uskunalardan keng foydalanish;
•
katta shifoxonalar komplekslarini yaratish, shifoxonalar va poliklinikalarda
kaltalanish, binolarning (kameralar, davolash xonalari va boshqalar) nisbatan
yaqinligi;
•
aseptika va antiseptika qoidalarini buzish, shifoxona va poliklinikalar uchun
sanitariya-gigiyena standartidan chetga chiqish;
•
tibbiy asboblar, apparatlar, asboblar va h.k. dezinfeksiya qilishni,
sterilizatsiya qilishning buzilishi;
•
tibbiy muassasada joylar, asosiy va yordamchi binolar qurilish qoidalarining
buzilishi, hamda sanitariya-epidemiyaga qarshi sanitariya-gigiyena tartib
qoidalarining buzishi;
•
kasalxona ichi infeksiyaning oldini olishda muhim rol o’ynaydigan tibbiyot
xodimlarining, ayniqsa, bemorlarning parvarishiga bevosita ishtirok etadigan
xodimlar malakasining yetarli emasligi.
Kasalxona ichi infeksiyasi qo’zg’atuvchilari
Kasalxona ichi infeksiyasi patogen va shartli patogen mikroorganizmlar
vakillarini o’z ichiga olgan katta guruh mikroorganizmlar tufayli rivojlanadi. Bular:
stafilokokklar, streptokokklar, Pseudomonas auraeginosa, proteylar, klebsiyella,
E.coli, salmonellalar, enterobatsterlar, enterokokklar, serratia, bakteroidlar,
klostridiylar, kandida va boshqa mikroorganizmlar. Kasalxona ichi infeksiyasi
etiologiyasida gripp viruslari, adenoviruslar, rotaviruslar, enteroviruslar, virusli
gepatit va boshqa viruslar muhim o’rin egallaydi. Bundan tashqari lepyunellalar,
pnevmotsistalar, aspergillalar va boshqa kamyob, yoki ilgari noma’lum
qo’zg’atuvchilar tomonidan ham rivojlanishi mumkin.
Kasalxona ichi infeksiyasi odatda tasodifiy va epidemik ko’rinishda
aniqlanadi. Shifoxonada davolanayotgan deyarli har qanday bemorlar yuqumli
jarayonlarini rivojlanishiga moyil hisoblanadi.
Har qanday yuqumli kasallik kelib chiqishi va tarqalishi uchta asosiy
komponentlarni o’z ichiga oladi: infeksiya manbai, yuqish yo’li va qabul qiluvchi
sub’yekt.
Kasalxona ichi infeksiyasi manbai hisoblanadi: bemorlar, patogen
mikroorganizmlar tashuvchilar, bemorlarni parvarishida ishtirok etuvchi tibbiy
xodimlar, shu jumladan talabalar, bemor qarindoshlari.
Kasalxona ichi infeksiyasining polietiologligi va patogen manbalarining
hamda bu kasallikning mexanizmlarining xilma-xilligi, uzatish yo’llari va
omillarining turliligi kabi xususiyatilarini belgilaydi.
Kasalxona ichi infeksiyasining infeksiya qo’zg’atuvchilari havo-tomchi,
havo-chang, transplatsentar, alimentar, transfuzion hamda jinsiy yo’llar va
homilaning tug’ruq yo’lidan o’tish vaqtida ham yuqishi mumkin.
Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish
I. Nospetsifik profilaktikasi
•
Statsionar va ambulatoriya poliklinikalari tashkilotlari inshootlarini
ratsional rejalashtirilgan me’moriy yechimlari prinsipiga muvofiq qurish va
rekonstruksiya qilish.
•
Sanitariya-texnik tadbirlar: samarali sun’iy va tabiiy shamollatish; suv
ta’minotini tartibga solish va unga yetarli shart-sharoitlarini yaratish.
•
Sanitariya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar: kasalxona ichi
infeksiyasini epidemiologik kuzatuvi, shu jumladan, kasalxona ichi
infeksiyasi tarqalishini tahlil qilish; tibbiy muassasalarda sanitariya-
epidemiyaga qarshi kurashni nazorat qilish.
•
Dezinfeksiya va sterilizatsiya choralari: kimyoviy dezinfeksiya vositalaridan
foydalanish; fizik dezinfeksiya usullarini qo’llash; asboblarni va tibbiy
jihozlarni sterilizatsiyadan oldingi tozalash; ultrabinafsha bakteritsid
nurlatish; xonani dezinfeksiya qilish;
•
Aseptika – mikroorganizmlarning yaraga va umuman tanaga kirishini oldini
olishga qaratilgan tashkiliy profilaktik tadbirlar kompleksidir.
•
Antiseptika – yara va umuman tanada mikroorganizmlarni yo’q qilishga
qaratilgan terapevtik va profilaktik choralar majmui.
II. Maxsus profilaktikasi
Kasalxonada infeksiya xavfini kamaytirishning eng muhim usullari
quyidagilardir:
•
tibbiy xodimlar tomonidan gigiyenaning barcha talablarini vijdonan
bajarilishi, qo’l yuvish va himoya kiyim-kechaklarini qo’llash;
•
bemorlarni parvarishlashda yuqumli kasalliklarning tarqalishini minimumga
keltiradigan barcha usullarini diqqat bilan bajarish;
•
shifoxonada mavjud bo’lgan, yuqumli kasalliklar sonini kamaytirishga
mo’ljallangan, sanitariya usullaridan foydalanish.
BEMORLARNING SHAXSIY GIGIYENASI
Og’ir bemorlar og’iz bo’lig’ini parvarishlash
Maqsad: og’ir bemorlar og’iz bo’shlig’idagi karash, shilliq, mikroorganizm
va ovqat qoldiqlaridan tozalash.
Ko’rsatma: Bemorning yotoq rejimda ekanligi.
Zarur ashyolar: Zarur miqdorda paxta shariklari; steril mralya sal’fetkalari;
steril pinset va shpatel’; ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok) – toza va ishlatilgan
shariklar va sal’fetkalar uchun; och pushti rangdagi kaliy permanganat eritmasi
yoki 2% li natriy bikarbonat yoki 0,9% li natriy xlor eritmasi (fiziologik eritma)
yoki 3% li vodorod perikis eritmasi; rezinali balonchik yoki og’iz bo’shlig’ini
yuvish uchun Jane shpritsi; glitseyerin yoki vazelin moyi.
Bajarish tartibi:
1. Tibbiy hamshira qo’lini sovun bilan yuvadi.
2. Bemorning boshi funksional krovat yoki yostiqlar yordamida biroz ko’tariladi.
Ko’krak sohasiga sochiq qo’yiladi, bemor qo’liga buyrak shaklidagi idish
(lotok) beriladi yoki lotokni bo’lim bekasi uning jag’ ostiga ushlab turadi.
3. Pinset bilan paxtali sharik olinadi, bunda pinsetning o’tkir uchi paxtaning
ichida ekanligiga ishon hosil qilish zarur. Paxtali sharik kaliy permanganat
eritmasiga namlanadi (yoki boshqa dezinfeksiyalovchi eritmaga).
4. Bemorga og’zini ochish buyuriladi.
5. Chap qo’lga shpatel’ olinadi, bemor lunjini tortgan holda bemorning tishlari
tashqi va ichki yuzalari, tishlarning chaynov yuzalari paxtali shariklar bir necha
marta almashtirgan holda (bunda infeksiya bir tishdan ikkinchi tishga o’tishi
oldi olinadi) artiladi.
6. Muolaja oxirida bemorga qaynatib iliqlashtirilgan suv yoki kaliy permanganat
eritmasi og’zini chayqash uchun beriladi.
7. Agar bemor og’zini o’zi yuva olmasa, unda rezina balon yoki Jane shpritsi
bilan bemor og’zi chayiladi.
Manipulyatsiya quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- bemorning boshi bo’g’ilib qolmasligi uchun biroz ko’tarilgan holatga
keltiriladi;
- bemor boshi yon tomonga o’giriladi;
- bemorning yonoq sohasiga sochiq qo’yiladi, og’iz burchagiga esa
buyraksimon idish (lotok) joylashtiriladi;
- rezina balon yoki Jane shpritsiga yuqorida keltirilgan biror
dezinfeksiyalovchi eritmalar olinadi;
- bemorga og’zini ochishni so’raladi;
- rezina balon bilan qarama-qarshi lunjining ichki yuzasi yuviladi;
- bemor boshi boshqa yon tomonga o’girilib, yoki yotoqning qarama-qarshi
tomoniga o’tib uning ikkinchi lunji ichiki yuzasi xuddi shu tartibda yuviladi.
8. Bemorning tilida karash aniqlansa, unda bemorga tilini chiqarish talab etiladi.