Shukur Saʼdulla kichkintoylarga katta estetik zavq-shavq bagʻishlaydigan zabardast sheʼrlari, yosh kitobxonni yaxshilikka oʻrgatuvchi ertak-dostonlari, aʼlo oʻqishga, davrimizga sadoqatli kishilar boʻlib kamol topishga daʼvat etuvchi badiiy pishiq hikoyalari,
Yuklangan vaqt
2024-09-23
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
25,2 KB
Pо‘lat Mо‘min hayoti va ijodi
Reja:
1. Shoir hayoti va bolalik yillari
2. Pо‘lat Mо‘min she’riyatining o’ziga xosligi
3. Bolalar shoiri sifatida yaratgan ijodi.
Bolalarning suyukli shoiri Po'lat Mo'min yoshligidanoq adabiyotga havas
qo'ydi. U Toshkent pedagogika bilim yurtida o'qib yurgan vaqtida adabiyot to'garagiga
faol qatnashadi. Adabiyotni qunt bilan o'qidi, o'rgandi. O'rta ma'lumot oigach,
hozirgi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining o'zbek tili
va adabiyoti fakultetiga o'qishga kirib, uni muvaffaqiyatli tamomlagach,
aspiranturada o'qidi, maktablarda o'qituvchilik qildi. So'ngra O'zbekiston davlat
nashriyotida ishladi. P. Mo'min qaerda ishlamasin, doimo adabiyotga muhabbat bilan
qaradi, uni qunt bilan mutolaa qildi, o'rgandi. Kichik-kichik she'rlar yoza boshladi.
1944 yilda «Bahorga sayohat» nomli birinchi she'ii bosilib chiqdi. Birinchi she'rlar
to'plami esa 1949 yilda «Sayrang, qushlar» nomi bilan nashr etildi. Kitob adabiy
jamoatchiiik tomonidan iliq kutib olindi. To'plamdan munosib o'rin olgan «Haykal»,
«Alia va Jalla» (ertak) singari asarlari mazmundorligi, qiziqarliligi bilan
kitobxonlarning e'tiborini o'ziga jalb etdi.
Bolalarga atab ijod etish, bu sohada muvaffaqiyat qozonishi uchun esa qobiliyat
va istakning o'zigina yetmaydi. Belinskiy ta'rffi bilan aytganda, bolalar yozuvchisi bo'Iib
tug'ilish kerak. Bu bolalar yozuvchisi mohir pedagoglarday bola qalbining bilimdoni
bo'lsin, nozik ЫЪ egasi, go'dak tabiati va psixologiyasining bilimdoni, mehribon va
bolajon, kamtarin va samimiy, bolalarcha soddadil ham dono bo'lsin, degan mazmunni
taqozo etadi, albatta. Biz Po'lat Mo'min ijodida ana shunday olijanob xususiyatlar
mujassamligim his etamiz.
Shoirning tinimsiz ijodiy mehnati tufayli «Hunardan unar», «To'g'ri o'sgan gul
bo'lar», «Aql qaerda bo'lar», «O'rinbosarlar», «Oltin nay», «Bir yarim Karim»,
«Endi adashmaydi», «Barcha bola do'st bo'lsa», «Rahmatga rahmat»,
«Gazpolvon ertak aytar», «Chang yutar both», «Do'sting qancha ko'p bo'lsa»,
«Oftob va odob», «Yaxshilarga o'xshasam», «Bu juda soz», «Eson va Omon»,
«Oltmish olti oltin qo'l», «Ustozlar izidan», «Bolalarning baxti kulgan», «Bir
yuz bir oltin qo'l» she'riy to'plamlari; «Chanoqvoy bilan Qovoqvoy»,
«Bahodirning botirligi», «Oq fd yo'qoldi», «Suqatoy-konfetvoy», «Ona bolam
deydi» kabi ertaklari, pesalari yuzaga keldi. Bu kitoblarga kirgan eng yaxshi she'r
va qo'shiqiari, doston va ertaklari bolalar adabiyoti xazinasiga munosib hissa bo'Iib
qo'shildi, uni boyitdi. Bu asarlardan bir qanchasi jahon xalqlari tillariga tarjima
qilinganki, bu faqat shoirning emas, balki o'zbek bolalar adabiyotining ham
yutug'i,
obro'si hisoblanadi.
Kimda-kim a'lo va yaxshi baholarga o'qish uchun astoydil intilsa, harakat
qilsa, zahmat cheksa, shubhasiz, u maqsadiga erishadi, samarali biiim oladi. Agar
bu intilish jismoniy mehnat bilan qo'shib olib boriisa, yanada muvaffaqiyatli
bo'ladi. Po'Iat Mo'min ta'iim va jismoniy mehnatga bag'ishlangan she'rlarida
mehnat va mehnatsevar bolalar haqida fikr yuritadi. Ba'zan ishyoqmas, dangasa,
yalqov o'quvchilarni tanqid qiladi, ulaming kamchiiiklarini осЫ tashlaydi.
Masalan, «Besh oldim, besh!» degan she'rini olaylik. Asar qahraraoni uzoq vaqt
past bahoga o'qib yurardi, fanlarnl ko'ngildagidek o'zlashtira olmaganidan
do'stlari, ota-onasi va o'qituvchilar oldida gunohkordek his qilardi o'zini.
O'quvchi bunday qiyin ahvoldan faqat ko'proq dars tayyorlashi, kitob o'qishi
bilan qutulib ketishi mumkinligiga ham ishonrtg^di. Nima boiadi-yu bir kuni u
uyga berilgan topshiriqni qayta-qayta o'qiydi, dars va kitobdan boshqa hech
narsani o'ylamaslikka harakat qiladi. Natijada ertasi kuni «besh» baho oladi. Shu-
shu bola kitobni sevib qoladi. Qunt qilish, berilgan topshiriq ustida ko'p mehnat
qilish lozimligini tushunib yetadi. O'zidagi bunday ijobiy o'zgarishdan
xursand bo'ladi. Boladagi bu quvonch va hayajonni shoir yosh kitobxon
ruhiyatiga mos ravishda chizib beradi:
Shunday qilib do'silarim, Aytsam yurak so
'zlarim, Yurishib qoldi ishim Ko'payib ketdi
«besh»im.
Boialar shoirming «Tuganmas kon», «O'qituvchi baho qo'yganda»,
«Ko'chalarni to'ldirib», «Sizga nima bo'ldi, o'g'ii bolaiar?», «Yuqumli «2»lar»,
«Bilsa bo'lar ekanku!», «Sentabrdan Mm sevinar?» kabi she'rlarida ham a'lo va yaxshi
o'qish uchun mtilayotgan, harakat qilayotgan bolalar to'g'risida yozilgandir.
Ba'zan o'quvchi-yoshlar orasida mug'ambir, pismiq bolalar ham topilib qoladi.
Shoirning «Qo'l ko'tarib qo'Iga tushdi» degan asari ana shunday bolalarga
bag'ishlangan. Asar qahramoni aslida dangasa, ishyoqmas, qoloq o'quvchi. U buni
o'qituvchisiga sezdirmaslik ucimn har kuni dars paytida «Men aytaman, deb
ko'taradi qo'i». O'qituvchi esa boianing bunday mug'ombirligini sezmaydi, u
darsni yaxshi o'zlashtiribdi, deb undan so'ramaydi. Oxiri bir kuni «Mayli, ayta qol»
deydi. Shunda haligi bola savolga javob bera olmay, o'qituvchi va o'quvchi do'stlari
oldida izza bo'ladi:
Darvozasiga Urilganday gol Qo'Iga
tushgandi Uko'tarib qo'l.
Shoir she'rlarida kichkintoylarning jismoniy ishga intilishlari ham yaxshi ochib
beriladi. Uning «Oftob chiqdi olamga», «Er chopildi —javob topildi»
she'rlari fikrimizning dalilidir. «Oftob chiqdi olamga» asarida u xalq og'zaki ijodidan
unumli foydalangan. She'rda bolalaming harakati, urinishi, kattalar ishiga
ko'maklashishi nihoyatda ta'sirli va shirali ifodalangan.
Po'Iat Mo'min haqiqatan ham oftob — bu olam-olam quvonch, shodlik, mehnat,
yashash, yasharish ramzi ekanligini kichkintoy do'stlari qulog'iga quyishga, buni bola
obrazi orqali yanada yorqinroq, ta'sirliroq aks ettirishga harakat qiladi:
Oftob chiqdi olamga, Chopib bordim dadamga.
Dadam ко 'chat ekardi, Salom berdim dadamga.
P. Mo'minning «Er chopildi — javob topildi» asarida mehnatdan zavqlanish
tuyg'usi yorqin ifodalangan. Asar qahramoni dastlab uyga berilgan topshiriq —
misollarni ishlay olmaydi. Shunda u jismoniy mehnat qilishga kirishadi — yer
chopadi. Terlab-pishadi. Natijada ko'ngli yorishadi, fikri oydmlashadi. Uyga
berilgan misollarni ham yechadi, yerni ham chopadi. Barcha savolga javob topildi.
Shu bahonada yer ham chopildi.
Po'Iat Mo'minning «5» baho qo'shig'i», «Xursandmisiz?, Xursandmiz»,
«Sentabrim», «Uch baho — puch baho» singari qo'shiqlari o'qish, ilmli bo'lish
mavzuiga bag'ishlangan. O'z ustida ko'p ishlash, kitob o'qish, dars qoldirmaslik
«a'lo» o'qishning mustahkam garovi ekanligini shoir «Uch baho — puch baho»
qo'shig'ida ancha tanqid qilib o'tadi. Onalarni, keksalarni hurmat qilish, e'zozlash
(«Achom-achom buvijon», «Mehribonim, oyijon!»); o'zaro hurmat, do'stlikni
joyiga qo'yish («Bir jahon boialarimiz»); har bir shodiyona, bayramlarni zo'r
tayyorgarlik bilan kutib olish, chevarlik kasbini bolalikdan bilib borish
(«Ko'ylagim») mavzulariga bag'ishlab shoir o'nlab qo'shiqlar yaratganki, bunday
qo'shiqlar bolalaming jon-dili hisoblanadi.
Po'Iat Mo'min axloq va odob kuychisi hisoblanadi. Bu masala ko'proq uning
«Birovlar», «Bir odamning afsusi», «So'zi shunaqa — o'zi shunaqa», «Behzodni
bilasizmi?», «Ulg'aydimi aqlingiz?», «Qoiing oltin — yo'ling oltin», «Birinchi bo'l,
birinchi» kabi she'r va qo'shiqlarida ochib beriladi.
Po'Iat Mo'min «Alia bilan Jalla», «Ziyrak fil va ziqna boqqol», «Har kimniki
o'ziga, oy ko'rinar ko'ziga», «Unutgan o'g'il», «Oltin nay», .»Dono bola»,
«Bilganni qari — bilmaydi pari» singari ertak-dostonlarida xalq og'zaki ijodi
namunalaridan unumli foydalangani ko'rinib turadi.
Po'Iat Mo'min dostonchi-shoir sifatida ham juda qadrlidir. Uning «Oltin noklibor»,
«Ko'cha — ко'pchilik uchun», «Eh, rosa shirin ekan», «Xolning jiyron velosipedi»,
«Ko'ngil istar yaxshilik» degan poemalari allaqachon kichkintoylarning sevimli
asarlariga aylanib ketgan. Shoirning dostoniaridabolalalar o'rtasidagi do'stlik,
birodarlik, o'qituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik, baynalmilallik kabi
masalalar ilgari surilgan. Bolalar hayotida sodir bo'ladigan yutuq va kamchiliklar
badiiy bo'yoqiarda, qiziqarli epizodlarda chizib berilgan. Bir so'z bilan aytganda,
maktab o'quvcMaririing hayoti zavq-shavq bilan tasvirlangan.
Po'lat Mo'min o'zining ertak-pesalari bilan ham yosh kitobxonlar o'rtasida shuhrat
qozondi. Uning «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy», «Suqatoy-konfetvoy», «Ona bolam
deydi, bola onam deydi» nomli fantastik ertak-pesalari uzoq vaqtlardan beri bolalarning
quvonchiga quvonch qo'shib kelayotir.
Qovoqvoyning dangasaligi, lapashangligi, erkaligi, tantiqligini o'tkir kulgi ostiga
oluvchi va Chanoqvoyning bilimdonligi, donoligi va mehribon do'stligini ulug'lovchi
«Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» bolalami yaxshilikka da'vat etadi.
Bu asardagi yaxshi fazilatlar dramaturgning boshqa bir ertak-pesasi «Suqatoy-
konfetvoy»da ham ko'ringan. Tematikasi va g'oyaviy yo'nalishi, uslubi jihatidan bu
ikki asar bir-biriga yaqin. Unda ham ilm, odob, haloUik va mehnatsevarlik ulug'lanadi.
Voqea Bilim xola, Janjal xola, Qurt o'rtasidagi kurash asosida rivojlanadi.
Po'lat Mo'minning butun e'tibori, ijodining mohiyati bolalarga hayot yo'Iini
ko'rsatib berishga intilishdan iborat. Shu pesadagi Aqljon bilan Odobjon
aytganidek:
Aql, Odob, Fan yo % Yo'Harning eng ma
'quit, Kimki yursa nch yo 'Man , Ishi keladi о
'ngdan, Yo 'liar eltar maktabga, Etkazadi
maqsadga.
Bugina enias, bolalar Po'lat Mo'minning o'nlab topishmoqlarini ham sevib
o'qib, o'rganadilar va zehnlarmi charhlaydilar.
Muallifning «Qovoqvoy bilan chanoqvoy» asarinng ta'iim-tarbiyaviy ahamiyati
juda katta. Undagi ertaklarga xos shartli, allegorik obrazlar tomomila aniq va hayotiy
zaminga asoslanlgan.
Pesaning bosh qahramonlaridan biri Qovoqvoydir. Uning timsolida тиаЖ dangasalik
va beg'amlik oqibatida darslarni o'zlashtira olmay, sinfda qoluvchi lapashang va po'k
bolaning tadrijiy takomilini mujassamlashtirgan. Do'stlari ta'sirida Qovoqvoyning asta-sekin
tuzala borishi, ilg'orlar qatoriga kirib, mehnatsevarlik va epchiffik darajasiga ko'tarffishi
bilan bog'liq voqealar, bu yo'ldagi kishilar o'rtasidagi munosabat, tortishuv va kurashlar
pesaning asosini tashkil etadi.
P. Mo'min ertak syujetini harakatga keltirishda bosh va yordamchi konfliktlardan
foydalanadi. Qishloq xo'jalik ekinlarining ashaddiy dushmanlari chigirtka va kapalaklar
o'z urug'larini paxtakorlarga tarqatmoqchi bo'ladilar-u, Tarvuz, Qovun, Chanoqvoy,
Paxtaoy, G'ujumoy, Lavlagi hamda Sholg'om kabi kuchlar ta'qibidan qo'rqadilar.
Qovoqvoyning befahm, landavur, beg'am hamda qo'rqoqligi zararkunandalarga ish
beradi. Ular paxtazorlarga sochishni buyurib, tuxumlari solingan xaltachani
Qovoqvoyga zo'rlab tutqazadilar. Hashorotlar undan o'z maqsadlari yo'lida
foydalanish uchun harakat qilsa, ijobiy qahramonlar Qovoqvoyni tarbiyalamoqchi.
Mana shu o'rtadagi kurash asar konfliktimng boshqa yetakchi tomonini tashkil etadi.
Mehnatga bo'yni yor bermay, darslarni o'zlashtira olmaganidan tashqari,
Qovoqvoy tanbal, yalqov, fahm-farosati kam, bo'shang, ayni vaqtda u, haddan
ziyoda chiranchoq. Uning xarakteridagi bu sifatlar asardagi ijobiy kuchlar bilan
bo'lgan ziddiyat va to'qnashuvlarda ochib tashlanadi, Qovoqvoy asta-sekin tuzalish
tomon yo'naltiriladi. Bir-birini o'rtoqlarcha samimiy tanqid qilishga asoslangan ijobiy
kuchlar o'rtasidagi shu ziddiyatlar dramatik konfliktning yordamchi chizig'ini yuzaga
keltiradi.
Konfliktning yordamchi liniyasi esa yaxshi ishlangan va qahramonlar xarakterini
chizib berishda, asarning muvaffaqiyatini ta'minlashda katta xizmat qilgan. Po'lat
Mo'min Qovoqvoyning maqtanchoqligini fosh etib, uni izza qilishda to'g'ridan-to'g'ri
zalga — tomoshabinlarning o'ziga murojaat etish ЬДап o'ziga xos yutuqqa erishgan
Qovoqvoyning «Mendan karra jadvalni so'rang, suv qilib ichib yubordim» degan
mazmunda kerilib savol-javob o'ynashi zalni faollashtiradi, maqtanchoqning miyasi
g'ovlab, o'sal bo'lishi qalblarga samimiy kulgi shavqini soladi.
Chiranchoq Qovoqvoyning jismoniy zaif va po'kligi kamtarin Tarvuz bilan yuz
bergan tortishuv va to'qnashuvlarda, boks musobaqalarida bilinib, sharmanda bo'ladi.
Qovoqvoy Tarvuzdan yengilib zil ketsa, ikkinchi tomondan qadam-baqadam
g'ayratga kira boradi, badan tarbiya mashqlari foydasini, mehnatsevarlik manfaat
keltirishini anglaydi.
Qovoqvoyning qayta tarbiyalanishida ayniqsa Chanoqvoy hal qiluvchi rol
o'ynaydi. Boshda Chanoqvoyning odilona, samimiy, do'stona maslahatlariga
mensimay qarab, quloq solmagan Qovoqvoy «Sehrgar» gaplarini jon dili bilan
tinglaydi, uning ko'rsatmalariga amal qilib, karrani o'rgana boradi, g'ayratga kiradi,
faollashadi, zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashish, ularni tutishda faollik
ko'rsatish darajasiga ko'tariladi. Biroq uning xarakteridagi zaif tomonlari tezda uzil-
kesil yo'qolmaydi. U endi do'stlariga «Sehrgar»ni uchratganligi bilan maqtanadi.
Muhimi shundaki, do'stlar uni qayta tarbiyalashga, o'z saflariga qaytarishga muvofFaq
bo'ladilar.
Asarda Chanoqvoy xarakteriga mos va yetarli material berilgan. Xususan, muallif
uning tilini individuallashga alohida e'tibor bergan. Pesaning she'riy kuchi, yumoristik
va satirik fazilatlari ham Chanoqvoy, Qovoqvoy, Tarvuzvoy nutqida, ularning dialog va
monologlarida yaxshi ko'rinadi.