Shukur Sa’dulla, Zafar. Diyor, Sulton Jo‘ra, Hakim Nazir ijodi va ularning bolalar adabiyotdagi o‘rni.

Yuklangan vaqt

2024-09-23

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

67,5 KB


 
 
 
 
 
 
Shukur Sa’dulla, Zafar. Diyor, Sulton Jo‘ra, Hakim Nazir ijodi va ularning 
bolalar adabiyotdagi o‘rni. 
  
Reja: 
1. Shukur Sa’dulla hаyoti vа ijоdiy fаоliyati.  
2.  Zаfаr Diyor ijоdining еtаkchi mаvzulаri.  
3. S.Jo‘ra asarlarining mavzusi. 
4.  Hakim Nazir va bolalar adabiyoti  
5. Shoirlar ijоdining jаnriy ko’lаmi, оbrаzlаrdаgi hаyotiylik  
 
 
 1. 
SHukur 
Sa’dulla 
kichkintoylarga 
katta 
estetik 
shavq-zavq 
bag‘ishlaydigan zabardast she’rlari yosh kitobxonni yaxshilikka o‘rgatuvchi ertak-
dostonlari, a’lo o‘qishga, davrimizga sadoqatli kishilar bo‘lib kamol topishga 
da’vat etuvchi badiiy pishiq hikoyalari, o‘tmish hamda davrimiz bolalari hayotidan 
olib yozilgan pesalari, yosh qalblarni larzaga soluvchi qissalari bilan hamma 
yoshdagi bolalarning qadrdon va suyukli yozuvchisi bo‘lib qoldi.  
SHukur Sa’dulla 1912 yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida 
dunyoga keldi. Boshlang‘ich ma’lumotni ona shahridagi Narimonov nomli 
maktabda oldi. 1924 yilda Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil ko‘rdi, 
so‘ngra Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat universetitida o‘qidi. 1931 
yildan 1964 yillarda SHukur Sa’dulla O‘zbekiston davlat va “YOsh gvardiya” 
nashriyotlarida muharrir bo‘lim boshlig‘i, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir 
vazifalarida mehnat qilib, bolalar uchun adabiy-badiiyo kitoblar nashr etishda 
o‘zining barakali xissasini qo‘shdi.  
Shukur Sa’dulla, Zafar. Diyor, Sulton Jo‘ra, Hakim Nazir ijodi va ularning bolalar adabiyotdagi o‘rni. Reja: 1. Shukur Sa’dulla hаyoti vа ijоdiy fаоliyati. 2. Zаfаr Diyor ijоdining еtаkchi mаvzulаri. 3. S.Jo‘ra asarlarining mavzusi. 4. Hakim Nazir va bolalar adabiyoti 5. Shoirlar ijоdining jаnriy ko’lаmi, оbrаzlаrdаgi hаyotiylik 1. SHukur Sa’dulla kichkintoylarga katta estetik shavq-zavq bag‘ishlaydigan zabardast she’rlari yosh kitobxonni yaxshilikka o‘rgatuvchi ertak- dostonlari, a’lo o‘qishga, davrimizga sadoqatli kishilar bo‘lib kamol topishga da’vat etuvchi badiiy pishiq hikoyalari, o‘tmish hamda davrimiz bolalari hayotidan olib yozilgan pesalari, yosh qalblarni larzaga soluvchi qissalari bilan hamma yoshdagi bolalarning qadrdon va suyukli yozuvchisi bo‘lib qoldi. SHukur Sa’dulla 1912 yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Boshlang‘ich ma’lumotni ona shahridagi Narimonov nomli maktabda oldi. 1924 yilda Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil ko‘rdi, so‘ngra Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat universetitida o‘qidi. 1931 yildan 1964 yillarda SHukur Sa’dulla O‘zbekiston davlat va “YOsh gvardiya” nashriyotlarida muharrir bo‘lim boshlig‘i, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir vazifalarida mehnat qilib, bolalar uchun adabiy-badiiyo kitoblar nashr etishda o‘zining barakali xissasini qo‘shdi.  
 
SHukur Sa’dullaning birinchi she’rlar to‘plami 1932 yilda “Hayqiriq” 
nomi bilan bosilib chiqdi.  
“Hayqiriq”ning maydonga kelishi shoir ijodida juda katta voqea bo‘ldi. 
Adabiy jamoatchilikning bu kitob haqidagi fikr va mulohazalari yanada chidam, 
qunt bilan ijod qilishga, o‘z ustida ko‘proq ishlashga, izlanishga, eng muhimi 
hayotini o‘rganishga va shu asosida ijod etishga chorladi. SHukur Sa’dulla butun 
umri davomida bunga amal qildi. 40 yildan ortiqroq hayotini ijodga bag‘ishlagan 
san’atkorning “Uch ayiq”, “Ayyor chumchuq” (1935-1936), “YOriltosh” (1939), 
“Ikki sandiq” (1942), “Sen nima qiding?” (1942), “SHohista” (1944), “SHirin kun” 
(1946), “SHe’rlar” (1955), “SHe’r va ertaklar” (1957), “Pesalar” (1959), “Dastyor 
qiz” (1960), “Sening alboming” (1962), “Ozoda” (1969), “Kamandrning boshidan 
kechirganlari” 
(1962), 
“Kachal 
polvon” 
(1963-1966-1967-1986), 
“Ism 
qo‘yilmagan xat”, “Sening baraming”, “Mening azaz bolalarim” va boshqa 
kitoblari bosilib chiqdi. 
Dramaturg SHukur Sa’dullaning “YOriltosh”, “Gulxan”, “Bizning 
bog‘chamiz”, “Dalada bayram”, “Vatan ishqi”(dramaturg Z. Fatxulin bilan 
hamkorlikda yozilgan), “Ikki bilakuzuk”, “Zubayda”, “Afsona yaratgan qiz” 
pesalarini tomoshabinlar yaxshi bilishadi. 
Quvnoq va jo‘shqin asarlar kuychisi bo‘lgan SHukur Sa’dulla o‘zining 
juda ko‘p she’r, qo‘shiq, ertak va doton, pesalarini maktabgacha tarbiya yoshilagi 
bolalarga bag‘ishlagan.  
SHukur Sa’dulla tabiat kuychisi sifatida e’zozlanadi. SHoir so‘lim bahorni 
ko‘pgina she’rlarida qalamga olib, ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarni hayot bilan tanishtiradi, ularda olamni tushinish qbiliyatlarini o‘stiradi. 
Odatda, boychechak juda erta ochiladi. U qor erimasidanoq ko‘zga 
tashlanadi. Buni ko‘rgan odamlar “Ha bahor yaqinlashib qolibdi”, deydi. SHoir 
“Boychechak” asarida xuddi shu fikrni lo‘nda qilib chizib beradi: 
 
 
 
Ochildim boychechak,  
 
 
 
Endi har yon gul demak, 
 
 
 
CHunki bahor elchisi – 
SHukur Sa’dullaning birinchi she’rlar to‘plami 1932 yilda “Hayqiriq” nomi bilan bosilib chiqdi. “Hayqiriq”ning maydonga kelishi shoir ijodida juda katta voqea bo‘ldi. Adabiy jamoatchilikning bu kitob haqidagi fikr va mulohazalari yanada chidam, qunt bilan ijod qilishga, o‘z ustida ko‘proq ishlashga, izlanishga, eng muhimi hayotini o‘rganishga va shu asosida ijod etishga chorladi. SHukur Sa’dulla butun umri davomida bunga amal qildi. 40 yildan ortiqroq hayotini ijodga bag‘ishlagan san’atkorning “Uch ayiq”, “Ayyor chumchuq” (1935-1936), “YOriltosh” (1939), “Ikki sandiq” (1942), “Sen nima qiding?” (1942), “SHohista” (1944), “SHirin kun” (1946), “SHe’rlar” (1955), “SHe’r va ertaklar” (1957), “Pesalar” (1959), “Dastyor qiz” (1960), “Sening alboming” (1962), “Ozoda” (1969), “Kamandrning boshidan kechirganlari” (1962), “Kachal polvon” (1963-1966-1967-1986), “Ism qo‘yilmagan xat”, “Sening baraming”, “Mening azaz bolalarim” va boshqa kitoblari bosilib chiqdi. Dramaturg SHukur Sa’dullaning “YOriltosh”, “Gulxan”, “Bizning bog‘chamiz”, “Dalada bayram”, “Vatan ishqi”(dramaturg Z. Fatxulin bilan hamkorlikda yozilgan), “Ikki bilakuzuk”, “Zubayda”, “Afsona yaratgan qiz” pesalarini tomoshabinlar yaxshi bilishadi. Quvnoq va jo‘shqin asarlar kuychisi bo‘lgan SHukur Sa’dulla o‘zining juda ko‘p she’r, qo‘shiq, ertak va doton, pesalarini maktabgacha tarbiya yoshilagi bolalarga bag‘ishlagan. SHukur Sa’dulla tabiat kuychisi sifatida e’zozlanadi. SHoir so‘lim bahorni ko‘pgina she’rlarida qalamga olib, ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni hayot bilan tanishtiradi, ularda olamni tushinish qbiliyatlarini o‘stiradi. Odatda, boychechak juda erta ochiladi. U qor erimasidanoq ko‘zga tashlanadi. Buni ko‘rgan odamlar “Ha bahor yaqinlashib qolibdi”, deydi. SHoir “Boychechak” asarida xuddi shu fikrni lo‘nda qilib chizib beradi: Ochildim boychechak, Endi har yon gul demak, CHunki bahor elchisi –  
 
 
 
 
SHu mitti gul – boychechak.  
Albatta, boychechak paydo bo‘lganidan keyin bahor boshlanadi, yomg‘ir 
ustiga yomg‘ir yog‘adi. YOmg‘ir tabiat husniga husn qo‘shadi, odamlar ruhini 
engillatadi. SHukur Sa’dulla “YOmg‘ir yog‘aloq” she’rida bahor yomg‘iriga 
muhabbat bilan munosabatda bo‘ladi. Bu yomg‘ir ona-tabiatni gulga burkashi bilan 
birga ekin-tekinlar uchun ham koni foyda ekanligini yosh kitobxon qalbiga etib 
boradigan darajada quvnoq va sho‘x misralar yaratadi: 
 
 
 
YOmg‘ir yog‘aloq, 
 
 
 
YAm-yashil o‘tloq, 
 
 
 
Endi ekinlar 
 
 
 
CHiqarar quloq... 
 
 
 
YOmg‘ir tinganda, 
 
 
 
CHiqar kamalak. 
 
 
 
YOmg‘ir tinganida  
 
 
 
CHiqar kamalak. 
 
 
 
YOmg‘irdan foyda  
 
 
 
Maysaga, donga  
 
 
 
YUrt serob bo‘lar, 
 
 
 
Oq bug‘doy, donga. 
SHukur Sa’dulla vatan urushi davrida yanada barakali ijod etadi. “Sen 
nima qilding”, “Ona va bola”, “SHohista”to‘plamlarini nashr ettiradi. Bu davrda 
shoir she’riyatida bolalar kutgan voqealar o‘z aksini topganligini ko‘ramiz. Mavzu 
rang-barangligi shoirning fikrlash doirasi kengligidan, bolalarni jon-dilidan 
sevishidan, ona-vatanga cheksiz mehr-muhabbatidan dalolat berib turibdi. “Sen 
nima qilding”, “Bizning qahramon”, “Otliqlar”, “Mehmon qiz”, “Uning hikoyasi”, 
“Etima emassan”, “Razvedkachi Kolya Kulikova”, “SHohista” kabi asarlari 
misolida buni ochiq-oydin ko‘rishimiz mumkin. 
Bu she’rlar ichida “SHohista” asari alohida ajralib turadi: 
 
 
 
Ko‘k chirog‘i oy so‘ndi, 
 
 
 
Barglarga shabnam qo‘ndi. 
SHu mitti gul – boychechak. Albatta, boychechak paydo bo‘lganidan keyin bahor boshlanadi, yomg‘ir ustiga yomg‘ir yog‘adi. YOmg‘ir tabiat husniga husn qo‘shadi, odamlar ruhini engillatadi. SHukur Sa’dulla “YOmg‘ir yog‘aloq” she’rida bahor yomg‘iriga muhabbat bilan munosabatda bo‘ladi. Bu yomg‘ir ona-tabiatni gulga burkashi bilan birga ekin-tekinlar uchun ham koni foyda ekanligini yosh kitobxon qalbiga etib boradigan darajada quvnoq va sho‘x misralar yaratadi: YOmg‘ir yog‘aloq, YAm-yashil o‘tloq, Endi ekinlar CHiqarar quloq... YOmg‘ir tinganda, CHiqar kamalak. YOmg‘ir tinganida CHiqar kamalak. YOmg‘irdan foyda Maysaga, donga YUrt serob bo‘lar, Oq bug‘doy, donga. SHukur Sa’dulla vatan urushi davrida yanada barakali ijod etadi. “Sen nima qilding”, “Ona va bola”, “SHohista”to‘plamlarini nashr ettiradi. Bu davrda shoir she’riyatida bolalar kutgan voqealar o‘z aksini topganligini ko‘ramiz. Mavzu rang-barangligi shoirning fikrlash doirasi kengligidan, bolalarni jon-dilidan sevishidan, ona-vatanga cheksiz mehr-muhabbatidan dalolat berib turibdi. “Sen nima qilding”, “Bizning qahramon”, “Otliqlar”, “Mehmon qiz”, “Uning hikoyasi”, “Etima emassan”, “Razvedkachi Kolya Kulikova”, “SHohista” kabi asarlari misolida buni ochiq-oydin ko‘rishimiz mumkin. Bu she’rlar ichida “SHohista” asari alohida ajralib turadi: Ko‘k chirog‘i oy so‘ndi, Barglarga shabnam qo‘ndi.  
 
 
 
 
Qon oqarar ohista, 
 
 
 
Turar sakrab SHohista, -  
misralarida shoir SHohista ismli jajji qizchaning mehnatga muhabbati, 
g‘ayrati, bog‘idagi uzumlarini qanchalik mehr qo‘yib parvarishlashi bilan birga, 
uning front bo‘ylab odamxo‘r, yovlarga qarshi jang olib borib otasiga bo‘lgan 
mehr-muhabbatini badiiy bo‘yoqlar bilan ifodalab beradi. SHohista asaldek 
tovlanib pishgan uzumidan dadasiga sovg‘a xozirlaydi: 
 
 
 
 
So‘ngra pochtaga bordi, 
 
 
 
 
Dadasiga yubordi. 
 
 
 
 
Dadasi botir jangchi. 
 
 
 
 
SHohistani quvonchi. 
 
SHukur Sa’dulla “Egizaklar”, “Sen menga do‘st, men senga do‘st”, 
“Ulug‘ shahar” (turkum), “Hovlimizning bolalari” kabi qator she’rlarida do‘stlik 
g‘oyalarini ilgari suradi.  
 
SHoirning juda ko‘p she’rlari maktab darsliklarida, qo‘llanmalarida 
uzoq yildan beri nashr etilib kelinayotir. “O‘yin”, “Lola va mushuk”, “Bahor 
keldi”, “Vatanim”, “Dastyor qiz”, “Ozod diyor”, “To‘rt fasl”, “Qush tili” shular 
jumlasidandir. 
 
SHoir ijodida yumoristik she’rlar ham bir talay: “SHalabbo”, 
“Anqov”, “Injiq”, “Ivirsiq”, “Bizning oyi” kabi asarlarida shoir dangasa, o‘z ustida 
ko‘p ishlamaydigan, o‘qish, izlanishini yoqtirmaydigan, injiq, ivirsiq bolalar 
ustidan qattiq kuladi. 
 
“Ivirsiq” da shoir o‘yinqaroq, kun bo‘yi koptok o‘ynab uyga berilgan 
vazifani bajarish, o‘z vaqtida uyqudan turish o‘rniga qotib uxlab, darsdan kech 
qoladigan Siddiq nomli bolaning maktab o‘quvchilariga xos bo‘lmagan qiliqlarini 
fosh qiladi.  
 
 
Daftari ochi-sochiq,        YAna jaranglab soat, 
 
 
Qolgan vazifa chala.        To‘qqizga zang uradi. 
 
 
Soat yurar: chiq-chiq-chiq,      “Ivirsiq jon” betoqat –  
 
 
Echilmagan masala.         Endi shoshib turadi. 
Qon oqarar ohista, Turar sakrab SHohista, - misralarida shoir SHohista ismli jajji qizchaning mehnatga muhabbati, g‘ayrati, bog‘idagi uzumlarini qanchalik mehr qo‘yib parvarishlashi bilan birga, uning front bo‘ylab odamxo‘r, yovlarga qarshi jang olib borib otasiga bo‘lgan mehr-muhabbatini badiiy bo‘yoqlar bilan ifodalab beradi. SHohista asaldek tovlanib pishgan uzumidan dadasiga sovg‘a xozirlaydi: So‘ngra pochtaga bordi, Dadasiga yubordi. Dadasi botir jangchi. SHohistani quvonchi. SHukur Sa’dulla “Egizaklar”, “Sen menga do‘st, men senga do‘st”, “Ulug‘ shahar” (turkum), “Hovlimizning bolalari” kabi qator she’rlarida do‘stlik g‘oyalarini ilgari suradi. SHoirning juda ko‘p she’rlari maktab darsliklarida, qo‘llanmalarida uzoq yildan beri nashr etilib kelinayotir. “O‘yin”, “Lola va mushuk”, “Bahor keldi”, “Vatanim”, “Dastyor qiz”, “Ozod diyor”, “To‘rt fasl”, “Qush tili” shular jumlasidandir. SHoir ijodida yumoristik she’rlar ham bir talay: “SHalabbo”, “Anqov”, “Injiq”, “Ivirsiq”, “Bizning oyi” kabi asarlarida shoir dangasa, o‘z ustida ko‘p ishlamaydigan, o‘qish, izlanishini yoqtirmaydigan, injiq, ivirsiq bolalar ustidan qattiq kuladi. “Ivirsiq” da shoir o‘yinqaroq, kun bo‘yi koptok o‘ynab uyga berilgan vazifani bajarish, o‘z vaqtida uyqudan turish o‘rniga qotib uxlab, darsdan kech qoladigan Siddiq nomli bolaning maktab o‘quvchilariga xos bo‘lmagan qiliqlarini fosh qiladi. Daftari ochi-sochiq, YAna jaranglab soat, Qolgan vazifa chala. To‘qqizga zang uradi. Soat yurar: chiq-chiq-chiq, “Ivirsiq jon” betoqat – Echilmagan masala. Endi shoshib turadi.  
 
SHukur Sa’dulla xalq og‘zaki ijodini sevgan va undan ijodiy foydalangan 
shoirlardan biri edi. U “No‘xot polvon”, “Laqma it”, “Ayyor chumchuq”, “CHol 
bilan bo‘ri” kabi o‘nlab asarlarini ertaklar asosida yaratadi. Xalq ertaklarini 
jo‘ngina she’rga solib qo‘ya qolmadi. Balki unga ijodiy yondashdi. Davrimizga, 
bolalarning istak-armonlariga moslashtirdi.  
SHukur Sa’dullaning “Kamandrning boshidan kechirganlari”, “Kachal 
polvon”, “Aziz qishlog‘im”, “Ism qo‘yilmagan xat” qissalari o‘zbek bolalar 
nasrining yaxshi namunalaridan hisoblanadi.  
SHukur Sa’dulla 1972 yilda ijodiy barkamollikka erishgan bir paytda 
to‘satdan vafot etdi. Lekin u o‘zining g‘oyaviy-badiiy yuksak – bolalarbop asarlari 
bilan bir umr kitobxonlar qalbida yashaydi.  
 O‘zbek bolalar adabiyotining peshqadam vakillaridan biri bo‘lgan Zafar 
Diyor o‘zining butun ijodiy faoliyatini yosh avlodni insoniylik ruhida tarbiyalash 
ishiga bag‘ishlab, xilma-xil asarlari bilan o‘zbek bolalar adabiyotini boyitdi.  
Zafar Diyor 1912 yilda Namangan viloyatining Samsoqtepa qishlog‘ida 
kambag‘al dehqon oilasida tug‘ildi. 
Zafarlar oilasi 1916 yilda Toshkentga ko‘chib keldi. Bo‘lajak shoir 1923 
yilda eski usuldagi maktabga o‘qishga o‘qishga kiradi va 1925 yildan boshlab 7-
bolalar uyida tarbiyalanadi. 
Zafar Diyor 1927 yilda Narimonov nomidagi pedagogika texnikumiga kirib, 
unda qunt bilan o‘qiydi. Texnikumda chiqariladigan devoriy gazetaga o‘zining 
xabar, she’r va chizgan rasmlari bilan faol qatnasha boshlaydi. Keyinroq texnikum 
Samarqandga ko‘chiriladi. U erda Zafar Diyorning ilk she’ri yosh shoirlarning 
“Qurilish kuylari” degan to‘plamida nashr etiladi. 
SHoirning birinchi to‘plami 1933 yilda “Qo‘shiqlar” nomi bilan bosilib 
chiqadi. Uning bu to‘plamiga kiritilgan aksariyat she’rlarida Vatan, baxtli yoshlik 
kuylanadi. Ilm-ma’rifatni targ‘ib qilish ham kitobning asosiy g‘oyalaridan birini 
tashkil etadi.  
SHukur Sa’dulla xalq og‘zaki ijodini sevgan va undan ijodiy foydalangan shoirlardan biri edi. U “No‘xot polvon”, “Laqma it”, “Ayyor chumchuq”, “CHol bilan bo‘ri” kabi o‘nlab asarlarini ertaklar asosida yaratadi. Xalq ertaklarini jo‘ngina she’rga solib qo‘ya qolmadi. Balki unga ijodiy yondashdi. Davrimizga, bolalarning istak-armonlariga moslashtirdi. SHukur Sa’dullaning “Kamandrning boshidan kechirganlari”, “Kachal polvon”, “Aziz qishlog‘im”, “Ism qo‘yilmagan xat” qissalari o‘zbek bolalar nasrining yaxshi namunalaridan hisoblanadi. SHukur Sa’dulla 1972 yilda ijodiy barkamollikka erishgan bir paytda to‘satdan vafot etdi. Lekin u o‘zining g‘oyaviy-badiiy yuksak – bolalarbop asarlari bilan bir umr kitobxonlar qalbida yashaydi. O‘zbek bolalar adabiyotining peshqadam vakillaridan biri bo‘lgan Zafar Diyor o‘zining butun ijodiy faoliyatini yosh avlodni insoniylik ruhida tarbiyalash ishiga bag‘ishlab, xilma-xil asarlari bilan o‘zbek bolalar adabiyotini boyitdi. Zafar Diyor 1912 yilda Namangan viloyatining Samsoqtepa qishlog‘ida kambag‘al dehqon oilasida tug‘ildi. Zafarlar oilasi 1916 yilda Toshkentga ko‘chib keldi. Bo‘lajak shoir 1923 yilda eski usuldagi maktabga o‘qishga o‘qishga kiradi va 1925 yildan boshlab 7- bolalar uyida tarbiyalanadi. Zafar Diyor 1927 yilda Narimonov nomidagi pedagogika texnikumiga kirib, unda qunt bilan o‘qiydi. Texnikumda chiqariladigan devoriy gazetaga o‘zining xabar, she’r va chizgan rasmlari bilan faol qatnasha boshlaydi. Keyinroq texnikum Samarqandga ko‘chiriladi. U erda Zafar Diyorning ilk she’ri yosh shoirlarning “Qurilish kuylari” degan to‘plamida nashr etiladi. SHoirning birinchi to‘plami 1933 yilda “Qo‘shiqlar” nomi bilan bosilib chiqadi. Uning bu to‘plamiga kiritilgan aksariyat she’rlarida Vatan, baxtli yoshlik kuylanadi. Ilm-ma’rifatni targ‘ib qilish ham kitobning asosiy g‘oyalaridan birini tashkil etadi.  
 
Zafar Diyor 1933 yilda texnikumni bitirib, o‘qituvchi bo‘lib ishlay 
boshlaydi. Ayni vaqtda badiiy ijod bilan shug‘ullanib, qator asarlar yaratadi. Uning 
she’rlari, hikoya va ocherklari gazeta va jurnallarda bosilib turadi. 
1934 yilda Zafar Diyor Samarqanddan Toshketga kelib, “SHarq tongi” 
gazetasining adabiyot va maktab bo‘limida adabiy hodim, keyinroq “SHarq tongi” 
gazetasining ma’sul kotibi bo‘lib ishlagan. 
U 1941-46 yillarda “Qizil O‘zbekiston” gazetasida mehnat qildi. Toshkent 
davlat pedagogika institutining til va adabiyot fakultetiga kirib o‘qishni davom 
ettirdi, o‘z bilimini oshirish ustida qunt bilan ishladi, xalq og‘zaki ijodini, o‘zbek 
va sharq klassiklarining asarlarini sevib o‘rgandi.  
SHoir iste’dodining kamolga etishuvidagi yana bir muhim hayotiy asos 
o‘sha davrdagi adabiy muhit bilan bog‘liqligidir. G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid 
Olimjon, Abdulla Qahhor, SHayxzoda, G‘ayratiy, Sobir Abdulla, YAshin, Uyg‘un 
kabi zabardast san’atkorlar ana shu muhitning ajoyib vakillaridan edilar. Zafar 
Diyor o‘z ijodida hamkasblaridan ibrat olmasligi va shundan kelib chiqib ijodga 
katta ma’suliyat bilan yondashmasligi mumkin emas edi.  
Zafar Diyorning asarlari yosh kitobxonlarni uzoq vaqtdan beri o‘ziga rom 
etib, avloddan-avlodga o‘tib, yoshlar tarbiyasida muhim vositaga aylandi. SHoirni 
yosh kitobxonga aziz va yaqinqilgan narsalardan biri shuki, u butun aqli, 
qobiliyati, qalam kuchini yosh avlodga qaratgan, bolalarning shodlik va 
tashvishlari, orzu-intilishlari, sezgirlik bilan anglab ko‘ngilga joylagan, dilini-
diliga payvand etgandi. Bolalar yozuvchisi uchun lozim bo‘lgan hamma xususiyat 
– nozik talab va o‘tkir didlik, haqiqiy pedagogcha donolik ham soddalik, g‘amxo‘r, 
murabbiycha xushyorlik va bag‘rikenglik jamul-jam bo‘lgan bu inson haqiqatdan 
ham tug‘ma bolalar shoiri edi. Uni bolalarga yaqinlashtirgan yana bir xususiyat – 
asarlari behuda kuchaniq va qochiriqdan xoli, ko‘ngilga yaxshi o‘tirishadigan 
samimiy va tabiiy bo‘lganligidir. 
“Men Zafarni o‘ylasam, -deb yozadi H. Nazir, - uni nuqul shod-hurram 
bolalar qurshovida, quvnoq chehrasidan nur taralib, sertabassum lablaridan she’r 
durdonalari yog‘ilayotganday ko‘raman. CHmndanam u bolalarga juda yaqin edi. 
Zafar Diyor 1933 yilda texnikumni bitirib, o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshlaydi. Ayni vaqtda badiiy ijod bilan shug‘ullanib, qator asarlar yaratadi. Uning she’rlari, hikoya va ocherklari gazeta va jurnallarda bosilib turadi. 1934 yilda Zafar Diyor Samarqanddan Toshketga kelib, “SHarq tongi” gazetasining adabiyot va maktab bo‘limida adabiy hodim, keyinroq “SHarq tongi” gazetasining ma’sul kotibi bo‘lib ishlagan. U 1941-46 yillarda “Qizil O‘zbekiston” gazetasida mehnat qildi. Toshkent davlat pedagogika institutining til va adabiyot fakultetiga kirib o‘qishni davom ettirdi, o‘z bilimini oshirish ustida qunt bilan ishladi, xalq og‘zaki ijodini, o‘zbek va sharq klassiklarining asarlarini sevib o‘rgandi. SHoir iste’dodining kamolga etishuvidagi yana bir muhim hayotiy asos o‘sha davrdagi adabiy muhit bilan bog‘liqligidir. G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, SHayxzoda, G‘ayratiy, Sobir Abdulla, YAshin, Uyg‘un kabi zabardast san’atkorlar ana shu muhitning ajoyib vakillaridan edilar. Zafar Diyor o‘z ijodida hamkasblaridan ibrat olmasligi va shundan kelib chiqib ijodga katta ma’suliyat bilan yondashmasligi mumkin emas edi. Zafar Diyorning asarlari yosh kitobxonlarni uzoq vaqtdan beri o‘ziga rom etib, avloddan-avlodga o‘tib, yoshlar tarbiyasida muhim vositaga aylandi. SHoirni yosh kitobxonga aziz va yaqinqilgan narsalardan biri shuki, u butun aqli, qobiliyati, qalam kuchini yosh avlodga qaratgan, bolalarning shodlik va tashvishlari, orzu-intilishlari, sezgirlik bilan anglab ko‘ngilga joylagan, dilini- diliga payvand etgandi. Bolalar yozuvchisi uchun lozim bo‘lgan hamma xususiyat – nozik talab va o‘tkir didlik, haqiqiy pedagogcha donolik ham soddalik, g‘amxo‘r, murabbiycha xushyorlik va bag‘rikenglik jamul-jam bo‘lgan bu inson haqiqatdan ham tug‘ma bolalar shoiri edi. Uni bolalarga yaqinlashtirgan yana bir xususiyat – asarlari behuda kuchaniq va qochiriqdan xoli, ko‘ngilga yaxshi o‘tirishadigan samimiy va tabiiy bo‘lganligidir. “Men Zafarni o‘ylasam, -deb yozadi H. Nazir, - uni nuqul shod-hurram bolalar qurshovida, quvnoq chehrasidan nur taralib, sertabassum lablaridan she’r durdonalari yog‘ilayotganday ko‘raman. CHmndanam u bolalarga juda yaqin edi.  
 
Maktablar va bolalar uylarida, kutubxona va bog‘chalarda bot-bot bo‘lar, yosh 
kitobxonlarga yangi-yangi she’rlarini bolalarcha muloyim, sodda shirali ovozi 
bilan o‘qib berar, ayrim she’rlarini yoddan juda o‘xshatib deklamastiya qilar, 
bolalardan ham she’r o‘qitib eshitardi. SHunda u o‘zining qaysi she’rlari bilan 
bolalar ko‘rigidan yaxshi o‘tganini, qaysi she’rni ko‘proq sevib qolganlarini ko‘rar, 
bolalarga yoqtirish uchun qanday she’rlar yozish lozimligini fahmlab olardi. “Biz 
bolalarga nuqul o‘rgatibgina qolmay, ulardan o‘rganib g‘am turishimiz kerak” 
derdi. 
Ha, bolalardan o‘rganib, ularga o‘rgatib ijod qilgan shoir ayniqsa, 
maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning serzavq kuychisi sifatida ular 
qalbida abadiy muxrlanib qoldi. Uning “Qo‘shiqlar” (1933), “Mashinist” (1936), 
“Tantana” (1938), “SHe’rlar” (1939), “Muborak” (1940), “Bizning qurolimiz” 
(1941), “Bizning oila” (1942), “Sovg‘a” (1944), “CHaman” (1948), “Asarlar” 
(1954), “Suv bilan suhbat” (1976) kabi kitoblari bolalarga katta tortiq bo‘ldi.  
2. Zafar Diyorda ayniqsa, ona yurt, serqyosh o‘lka tushunchasi zo‘r. SHoir 
el-yurtimzni, Vatanimizni qattiq sevadi. Ijodkor qalbidagi buyuk muhabbat juda 
chiroyli bo‘lib she’rlarga ko‘chadi. “G‘unchalar”, “YAshna Vatan”, “Serquyosh 
o‘lka” singari asarlarining sarlavhasiyoq bolalar kayfiyatini chog‘ qiladi. Bolalarda 
ona-Vatanga 
bo‘lgan 
mehr-muhabbatni 
o‘n 
chandon 
oshirib 
yuboradi. 
“G‘unchalar”da shoir bolalarni erkalab: 
Vatan agar bo‘lsa bir chaman, 
Siz qo‘ynida xandon g‘unchalar 
Ay, siz mening kichik do‘stlarim, 
Vataningiz sevar shunchalar, -  
deydi. Ammo shu g‘unchalar ona-Vatanimiz asosi ekanligi, bular oldida 
turgan buyuk ishlar shoir e’tiboridan chetda qolmaydi. SHe’rni o‘qigan har bir 
bolada tezroq o‘sib-ulg‘ayish, Vatan xizmatini qilish xissi jo‘sh urmay iloji yo‘q. 
Zafar Diyor she’rlarida ayniqsa, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning 
ruhiyatini yaxshi bilish sezilib turadi. Masalan, shoirning “Bog‘chamiz”, “To‘p”, 
“Archa”, “Archa qo‘shig‘i”, “Toy”, “Kichkin chavandoz”, “Kapalak” she’rini olib 
Maktablar va bolalar uylarida, kutubxona va bog‘chalarda bot-bot bo‘lar, yosh kitobxonlarga yangi-yangi she’rlarini bolalarcha muloyim, sodda shirali ovozi bilan o‘qib berar, ayrim she’rlarini yoddan juda o‘xshatib deklamastiya qilar, bolalardan ham she’r o‘qitib eshitardi. SHunda u o‘zining qaysi she’rlari bilan bolalar ko‘rigidan yaxshi o‘tganini, qaysi she’rni ko‘proq sevib qolganlarini ko‘rar, bolalarga yoqtirish uchun qanday she’rlar yozish lozimligini fahmlab olardi. “Biz bolalarga nuqul o‘rgatibgina qolmay, ulardan o‘rganib g‘am turishimiz kerak” derdi. Ha, bolalardan o‘rganib, ularga o‘rgatib ijod qilgan shoir ayniqsa, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning serzavq kuychisi sifatida ular qalbida abadiy muxrlanib qoldi. Uning “Qo‘shiqlar” (1933), “Mashinist” (1936), “Tantana” (1938), “SHe’rlar” (1939), “Muborak” (1940), “Bizning qurolimiz” (1941), “Bizning oila” (1942), “Sovg‘a” (1944), “CHaman” (1948), “Asarlar” (1954), “Suv bilan suhbat” (1976) kabi kitoblari bolalarga katta tortiq bo‘ldi. 2. Zafar Diyorda ayniqsa, ona yurt, serqyosh o‘lka tushunchasi zo‘r. SHoir el-yurtimzni, Vatanimizni qattiq sevadi. Ijodkor qalbidagi buyuk muhabbat juda chiroyli bo‘lib she’rlarga ko‘chadi. “G‘unchalar”, “YAshna Vatan”, “Serquyosh o‘lka” singari asarlarining sarlavhasiyoq bolalar kayfiyatini chog‘ qiladi. Bolalarda ona-Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni o‘n chandon oshirib yuboradi. “G‘unchalar”da shoir bolalarni erkalab: Vatan agar bo‘lsa bir chaman, Siz qo‘ynida xandon g‘unchalar Ay, siz mening kichik do‘stlarim, Vataningiz sevar shunchalar, - deydi. Ammo shu g‘unchalar ona-Vatanimiz asosi ekanligi, bular oldida turgan buyuk ishlar shoir e’tiboridan chetda qolmaydi. SHe’rni o‘qigan har bir bolada tezroq o‘sib-ulg‘ayish, Vatan xizmatini qilish xissi jo‘sh urmay iloji yo‘q. Zafar Diyor she’rlarida ayniqsa, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning ruhiyatini yaxshi bilish sezilib turadi. Masalan, shoirning “Bog‘chamiz”, “To‘p”, “Archa”, “Archa qo‘shig‘i”, “Toy”, “Kichkin chavandoz”, “Kapalak” she’rini olib  
 
ko‘raylik. Bu asarlar asosan besh, olti bo‘g‘inli, ixcham, tushunilishi oson, so‘z va 
misralar nihoyatda o‘ynoqi va bolalarning gapidan tashkil topgan. Muallif olti-etti 
yoshgacha bo‘lgan bolalarning qiziquvchanligini, samimiyligini, odamlarga, 
qushlarga, jonivorlarga, umuman hamma narsaga g‘amxo‘r, mehribonligini va 
boshqa xususiyatlarini hisobga olgan. SHunga ko‘ra, she’rlar tabiiy, jozibador va 
samimiy chiqqan. “Kapalak” she’rida bolaning naqadar beg‘uborligi, ona tabiatga, 
uni sevishga, asrab-avaylashga bo‘lgan munosabati chiroyli tasvirga ega: 
 
 
Hoy, kapalak, kapalak, 
 
 
Qanotlaring ipakdek. 
 
 
Muncha shoshib uchasan, 
 
 
To‘xta, so‘zlayin andek... 
 
 
Mendan aslo qochmagin, 
 
 
Do‘st bilaman o‘zimga. 
 
 
Pildir-pildir uchishing, 
 
 
Oh, yoqadi ko‘zimga. 
“Suv bilan suhbat”da ham ajoyib voqea qalamga olingan. Asar 
qahramonining suvning bunchalik ariqqa to‘lib-toshib va juda shoshib oqishi 
qiziqtiradi. Suv va bola o‘rtasida jonli suhbat bo‘ladi. Suvning so‘zlaridan bola 
juda ko‘p narsalarni o‘rganib oladi. Suv hayot ibtidosi ekanligini, suv – butun 
borliqqa umr, shodlik bahshida etishiini tushunadi. Natijada bolada suvga, uni 
in’om etgan ona tabiatga, hayotga qiziqishi, muhabbati oshadi.  
30-yillarda yaratgan asarlari orasida “Kichkina bog‘bon haqida doston” va 
“Kel, uchaylik shimolga!”, “YUksak tog‘, keng o‘tloq va mard o‘rtoq haqida 
qissa” she’rlarida alohida ajralib turadi. Bu asarlar ham bog‘cha bolalari hayotini 
ochib berishga xizmat qiladi. Bu asarlarad bog‘ ko‘paytirish, parvarish qilish 
(“Kichkina bog‘bon haqida doston”); davr bilan hamnafas bo‘lish, texnikaga 
qiziqish (“Kel, uchaylik shimolga!”); tabiatga mehr qo‘yish, cho‘l-biyobonlarni 
o‘zlashtiirish (“YUksak tog‘, keng o‘tloq va mard o‘rtoq haqida qissa”) kabi 
masalalar yoritiladi.  
ko‘raylik. Bu asarlar asosan besh, olti bo‘g‘inli, ixcham, tushunilishi oson, so‘z va misralar nihoyatda o‘ynoqi va bolalarning gapidan tashkil topgan. Muallif olti-etti yoshgacha bo‘lgan bolalarning qiziquvchanligini, samimiyligini, odamlarga, qushlarga, jonivorlarga, umuman hamma narsaga g‘amxo‘r, mehribonligini va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan. SHunga ko‘ra, she’rlar tabiiy, jozibador va samimiy chiqqan. “Kapalak” she’rida bolaning naqadar beg‘uborligi, ona tabiatga, uni sevishga, asrab-avaylashga bo‘lgan munosabati chiroyli tasvirga ega: Hoy, kapalak, kapalak, Qanotlaring ipakdek. Muncha shoshib uchasan, To‘xta, so‘zlayin andek... Mendan aslo qochmagin, Do‘st bilaman o‘zimga. Pildir-pildir uchishing, Oh, yoqadi ko‘zimga. “Suv bilan suhbat”da ham ajoyib voqea qalamga olingan. Asar qahramonining suvning bunchalik ariqqa to‘lib-toshib va juda shoshib oqishi qiziqtiradi. Suv va bola o‘rtasida jonli suhbat bo‘ladi. Suvning so‘zlaridan bola juda ko‘p narsalarni o‘rganib oladi. Suv hayot ibtidosi ekanligini, suv – butun borliqqa umr, shodlik bahshida etishiini tushunadi. Natijada bolada suvga, uni in’om etgan ona tabiatga, hayotga qiziqishi, muhabbati oshadi. 30-yillarda yaratgan asarlari orasida “Kichkina bog‘bon haqida doston” va “Kel, uchaylik shimolga!”, “YUksak tog‘, keng o‘tloq va mard o‘rtoq haqida qissa” she’rlarida alohida ajralib turadi. Bu asarlar ham bog‘cha bolalari hayotini ochib berishga xizmat qiladi. Bu asarlarad bog‘ ko‘paytirish, parvarish qilish (“Kichkina bog‘bon haqida doston”); davr bilan hamnafas bo‘lish, texnikaga qiziqish (“Kel, uchaylik shimolga!”); tabiatga mehr qo‘yish, cho‘l-biyobonlarni o‘zlashtiirish (“YUksak tog‘, keng o‘tloq va mard o‘rtoq haqida qissa”) kabi masalalar yoritiladi.  
 
Zafar Diyor o‘zbek bolalar adabiyotida poema janrini boshlab bergan 
shoirlardan biri hisoblanadi. “Mashinist”, “Kazbek”, “Madriddan kelgan 
mehmon”, “Qotil”, “Qo‘riqchilikda” kabi poemalar; “Burgut”, “YAngi ertak”, 
“Nega xo‘roz qichqiradi tonggacha?” singari ertak-dostonlar yozdi.  
Zafar Diyor Vatan urushi davrida unimliroq ijod qiladi. U o‘z asarlarida 
yosh avlodni vatanni sevishga, ardoqlashga, zarur paytda, qo‘liga qurol olib, 
himoya qilmoqqa chaqiradi. Uning “Kichkina jangchi” she’ri ana shunday 
asarlardan biridir. SHe’rda otalar va akalarni frontga – Vatan himoyasiga jo‘natgan 
va ularning kundalik yumushlarini o‘z zimmalariga olgan yosh avlodning front 
orqasida mehnat jasoratlari kuylanadi. 
SHoir she’rda kichkintoylarning o‘y-xayollarini, orzu-umidlarini mohirlik 
bilan badiiy umumlashtiradi va hayotiy xulosa chiqaradi.  
Asar qahramoni – bog‘cha yoshidagi jajji bir bola. U askar bo‘lishni, 
dushmanga qarshi kurashishni orzu qiladi. 
SHoirning “Mergan” she’ri qahramoni ham orzular qanotida yashaydigan 
bola. Uning akasi qahramon jangchi, nemis bosqinchilariga qarshi kurash olib 
borayotgan dovyurak yigit. Lirik qahramon harbiy ishni, mashqni jon-dildan 
yaxshi ko‘radi, qiziqadi. Mashq qilaverib, miltiq otishni, to‘g‘ri mo‘ljalga olishni 
o‘rgangan. Bolaning ezgu niyati bitta: tezroq ulg‘ayish, ona-Vatanni akasi kabi 
himoya qilish: 
 
 
 
Do‘stlar, o‘sib-ulg‘aysam, 
 
 
 
Askarlikka boraman. 
 
 
 
Unda mohir kurashchi 
 
 
 
Akam o‘rnin olaman. 
Bulardan tashqari, shoirning “Qurol bering menga ham”, “Qahramon”, 
“Qo‘riqchilikda”, “Oltin yulduz”, “Biz yashamoq istaymiz”, “Tankist”, “Ona 
qo‘shig‘i”, “Maktab – sening fronting”, “Temirchilar minbari”, “YOsh 
vatanparvarlar”, “poezd ketar frontga”, “Otam kelar yaqinda”, “qahramonning 
kelishi” kabi she’rlari ham urush davri o‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga 
katta hissa bo‘lib qo‘shildi. 
Zafar Diyor o‘zbek bolalar adabiyotida poema janrini boshlab bergan shoirlardan biri hisoblanadi. “Mashinist”, “Kazbek”, “Madriddan kelgan mehmon”, “Qotil”, “Qo‘riqchilikda” kabi poemalar; “Burgut”, “YAngi ertak”, “Nega xo‘roz qichqiradi tonggacha?” singari ertak-dostonlar yozdi. Zafar Diyor Vatan urushi davrida unimliroq ijod qiladi. U o‘z asarlarida yosh avlodni vatanni sevishga, ardoqlashga, zarur paytda, qo‘liga qurol olib, himoya qilmoqqa chaqiradi. Uning “Kichkina jangchi” she’ri ana shunday asarlardan biridir. SHe’rda otalar va akalarni frontga – Vatan himoyasiga jo‘natgan va ularning kundalik yumushlarini o‘z zimmalariga olgan yosh avlodning front orqasida mehnat jasoratlari kuylanadi. SHoir she’rda kichkintoylarning o‘y-xayollarini, orzu-umidlarini mohirlik bilan badiiy umumlashtiradi va hayotiy xulosa chiqaradi. Asar qahramoni – bog‘cha yoshidagi jajji bir bola. U askar bo‘lishni, dushmanga qarshi kurashishni orzu qiladi. SHoirning “Mergan” she’ri qahramoni ham orzular qanotida yashaydigan bola. Uning akasi qahramon jangchi, nemis bosqinchilariga qarshi kurash olib borayotgan dovyurak yigit. Lirik qahramon harbiy ishni, mashqni jon-dildan yaxshi ko‘radi, qiziqadi. Mashq qilaverib, miltiq otishni, to‘g‘ri mo‘ljalga olishni o‘rgangan. Bolaning ezgu niyati bitta: tezroq ulg‘ayish, ona-Vatanni akasi kabi himoya qilish: Do‘stlar, o‘sib-ulg‘aysam, Askarlikka boraman. Unda mohir kurashchi Akam o‘rnin olaman. Bulardan tashqari, shoirning “Qurol bering menga ham”, “Qahramon”, “Qo‘riqchilikda”, “Oltin yulduz”, “Biz yashamoq istaymiz”, “Tankist”, “Ona qo‘shig‘i”, “Maktab – sening fronting”, “Temirchilar minbari”, “YOsh vatanparvarlar”, “poezd ketar frontga”, “Otam kelar yaqinda”, “qahramonning kelishi” kabi she’rlari ham urush davri o‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.  
 
Zafar Diyorning adabiy merosi nihoyatda boy va rang-barangdir. Uning 
bolalar hayotidan olib yozgan (“Baxtli yoshlik”, “Uch og‘ayni”, “YOsh 
vatanparvarlar”, “Oq oltin”, “Omonat” degan pesalari, “YUksak tog‘, keng o‘tloq 
va mard o‘rtoq haqida qissa”, “Burgut”, “YAngi ertak” degan ertaklari), “SHaraf 
egasi”, “Tank g‘ildiraklari ostida”, “Nojo‘yaliklar” kabi hikoyalari va ocherklari 
bolalar adabiyoti xazinasiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi.  
 
1. O‘zbek bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri Sulton Jo‘ra 1910 
yilning 15 yanvarida Buxoro viloyati, SHofirkon tumanining Qag‘altom 
qishlog‘ida kambag‘al dehqon oilasida tug‘ildi. Etti yoshda ota-onadan etim 
qolgan Sulton har kimlarning eshigida xizmat qildi. U dastlab boshlang‘ich 
maktabda, so‘ngra Buxoro erlar pedagogika bilim yurtida o‘qidi. Sulton Jo‘ra 
1931-1938 yillarda Buxoro rafaqida, 1938-1941 yillarda Andijonda o‘qituvchilar 
instituti va pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi.  
1942 yilda Sulton Jo‘ra harbiy xizmatga chaqiriladi. U dushmanga qarshi 
ham qurol, ham qalam bilan jang olib bordi. 1943 yilning 14 noyabrida Bellorusiya 
tuprog‘ida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi janglarning birida jangchi-shoir 
qahramonlarcha halok bo‘ldi.  
Sulton Jo‘raning dastlabki she’rlari 1933 yilda Buxoro yosh shoirlarining 
“SHe’rlar” to‘plamida bosilib chiqdi. Uning 1939 yilda “Fidokor”, 1941 yilda 
“Moskva” she’riy to‘plamlari, 1942 yilda “Iroda” nomli pesasi nashr etildi. Tinch 
qurilish yillari davrida iste’dodli shoirning “Havorang gilam”, “Zangori gilam”, 
“Bruko”, “Parvoz”, “Qaldirg‘och”, “Tanlangan asarlar” kitoblari bosilib chiqdi. 
Vatan urushi davrida yaratgan asarlarida fashist gazandalarining butun yovuzliklari 
ochib tashlanadi, ularda yovga qarshi lan’at va nafrat tuyg‘ulari mujassamlanadi. 
“To‘pchi Muhammad”, “Pulemyotchi ovozi”, “CHavandoz”, “Uch og‘ayni 
botirlar”, “Nayzamiz” (1941), “Qahramon Qo‘chqor” (1942), “Jahon seni 
olqishlar”, “Berlin aptikasida” (1943) she’rlari shular jumlasidandir.  
SHoir-pedagog Sulton Jo‘ra bolalar uchun yozgan asarlarida yosh 
kitobxonni yaxshi va a’lo baholarda o‘qish uchun kurash, savodxon va chiroyli 
Zafar Diyorning adabiy merosi nihoyatda boy va rang-barangdir. Uning bolalar hayotidan olib yozgan (“Baxtli yoshlik”, “Uch og‘ayni”, “YOsh vatanparvarlar”, “Oq oltin”, “Omonat” degan pesalari, “YUksak tog‘, keng o‘tloq va mard o‘rtoq haqida qissa”, “Burgut”, “YAngi ertak” degan ertaklari), “SHaraf egasi”, “Tank g‘ildiraklari ostida”, “Nojo‘yaliklar” kabi hikoyalari va ocherklari bolalar adabiyoti xazinasiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi. 1. O‘zbek bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri Sulton Jo‘ra 1910 yilning 15 yanvarida Buxoro viloyati, SHofirkon tumanining Qag‘altom qishlog‘ida kambag‘al dehqon oilasida tug‘ildi. Etti yoshda ota-onadan etim qolgan Sulton har kimlarning eshigida xizmat qildi. U dastlab boshlang‘ich maktabda, so‘ngra Buxoro erlar pedagogika bilim yurtida o‘qidi. Sulton Jo‘ra 1931-1938 yillarda Buxoro rafaqida, 1938-1941 yillarda Andijonda o‘qituvchilar instituti va pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi. 1942 yilda Sulton Jo‘ra harbiy xizmatga chaqiriladi. U dushmanga qarshi ham qurol, ham qalam bilan jang olib bordi. 1943 yilning 14 noyabrida Bellorusiya tuprog‘ida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi janglarning birida jangchi-shoir qahramonlarcha halok bo‘ldi. Sulton Jo‘raning dastlabki she’rlari 1933 yilda Buxoro yosh shoirlarining “SHe’rlar” to‘plamida bosilib chiqdi. Uning 1939 yilda “Fidokor”, 1941 yilda “Moskva” she’riy to‘plamlari, 1942 yilda “Iroda” nomli pesasi nashr etildi. Tinch qurilish yillari davrida iste’dodli shoirning “Havorang gilam”, “Zangori gilam”, “Bruko”, “Parvoz”, “Qaldirg‘och”, “Tanlangan asarlar” kitoblari bosilib chiqdi. Vatan urushi davrida yaratgan asarlarida fashist gazandalarining butun yovuzliklari ochib tashlanadi, ularda yovga qarshi lan’at va nafrat tuyg‘ulari mujassamlanadi. “To‘pchi Muhammad”, “Pulemyotchi ovozi”, “CHavandoz”, “Uch og‘ayni botirlar”, “Nayzamiz” (1941), “Qahramon Qo‘chqor” (1942), “Jahon seni olqishlar”, “Berlin aptikasida” (1943) she’rlari shular jumlasidandir. SHoir-pedagog Sulton Jo‘ra bolalar uchun yozgan asarlarida yosh kitobxonni yaxshi va a’lo baholarda o‘qish uchun kurash, savodxon va chiroyli  
 
yozuv malakasini egallash kabi ta’lim-tarbiyaviy masalalarni badiiy vositalarda 
talqin etdi. Bunday g‘oyalar shoirning “YOzgi yomg‘irdan so‘ng” (1936), “Ikki 
bahor”, “Mamatning kechirmishi”, “Qish tuni” (1937), “Qizlar”, “A’lo”, 
“YAxshining maqtovi”, “Zangori gilam” (1939), “Lola”, “Oy nechta?”, “Tinish 
belgilarining majlisi”, “CHo‘ntak”, “Sirkda” (1940), “Qarzdor”, “Qaldirg‘och”, 
“YOlg‘onchi”, “Dengiz tagida” (1941), “Sog‘inib” (1942), “Sog‘inchli salom”, 
“Salom xat” (1943) kabi asarlarida o‘z ifodasini topdi. SHoir o‘z she’rlarida 
bolalar va maktab hayotini, ularning o‘qishini, ko‘cha va oilada o‘zini tutishini 
haqqoniy aks ettirdi va kitobxonlar diqqatini tortuvchi asarlar ijodkori sifatida 
tanildi.  
 
2. Ma’lumki, bolalar ilmiy-ommaviy mavzularda yozilgan asarlarini sevib 
o‘qiylar. Sulton Jo‘ra shu mavzuda talay asarlar yozdi. SHunday asarlaridan biri 
“Oy nechta?”dir. Bunda shoir ilm, fan haqida kuylaydi, uni yuksaltirishda yosh 
avlodning o‘rni, roli juda katta ekanligini badiiy tasvirlaydi, yosh avlod qalbida shu 
sohaga muhabbat uyg‘otadi.  
Sulton Jo‘ra “Mamatning kechirmishi” she’rida ba’zi ishyoqmas, dars 
qilish, kitob o‘qishni uncha xush ko‘rmaydigan bolalarni Mamat misolida tanqid 
qiladi. 
Mana, hamma uxlagan, ammo tanho Mamat uyg‘oq. SHoir uning ana shu 
daqiqalarda chekayotgan iztiroblarini, notinch ruhiy holatini quyidagicha chizadi: 
 
 
Faqat Mamat uyg‘oq, 
 
 
U bezovta. . . 
 
 
Uyqu qushi uchar har qayda. 
 
 
Dam bir yonboshiga, 
 
 
Dam biriga 
 
 
Aylanadi. Biroq ne foyda? 
 
 
. . . Goho tishlar labin, 
 
 
Goho choyshabin, 
 
 
O‘zi tergov qilar o‘zini: 
yozuv malakasini egallash kabi ta’lim-tarbiyaviy masalalarni badiiy vositalarda talqin etdi. Bunday g‘oyalar shoirning “YOzgi yomg‘irdan so‘ng” (1936), “Ikki bahor”, “Mamatning kechirmishi”, “Qish tuni” (1937), “Qizlar”, “A’lo”, “YAxshining maqtovi”, “Zangori gilam” (1939), “Lola”, “Oy nechta?”, “Tinish belgilarining majlisi”, “CHo‘ntak”, “Sirkda” (1940), “Qarzdor”, “Qaldirg‘och”, “YOlg‘onchi”, “Dengiz tagida” (1941), “Sog‘inib” (1942), “Sog‘inchli salom”, “Salom xat” (1943) kabi asarlarida o‘z ifodasini topdi. SHoir o‘z she’rlarida bolalar va maktab hayotini, ularning o‘qishini, ko‘cha va oilada o‘zini tutishini haqqoniy aks ettirdi va kitobxonlar diqqatini tortuvchi asarlar ijodkori sifatida tanildi. 2. Ma’lumki, bolalar ilmiy-ommaviy mavzularda yozilgan asarlarini sevib o‘qiylar. Sulton Jo‘ra shu mavzuda talay asarlar yozdi. SHunday asarlaridan biri “Oy nechta?”dir. Bunda shoir ilm, fan haqida kuylaydi, uni yuksaltirishda yosh avlodning o‘rni, roli juda katta ekanligini badiiy tasvirlaydi, yosh avlod qalbida shu sohaga muhabbat uyg‘otadi. Sulton Jo‘ra “Mamatning kechirmishi” she’rida ba’zi ishyoqmas, dars qilish, kitob o‘qishni uncha xush ko‘rmaydigan bolalarni Mamat misolida tanqid qiladi. Mana, hamma uxlagan, ammo tanho Mamat uyg‘oq. SHoir uning ana shu daqiqalarda chekayotgan iztiroblarini, notinch ruhiy holatini quyidagicha chizadi: Faqat Mamat uyg‘oq, U bezovta. . . Uyqu qushi uchar har qayda. Dam bir yonboshiga, Dam biriga Aylanadi. Biroq ne foyda? . . . Goho tishlar labin, Goho choyshabin, O‘zi tergov qilar o‘zini:  
 
 
 
- Qani, gapir, Mamat, 
 
 
Kim aybdor?  
SHoir qoloqlik sabablarini birovdan emas, balki qahramonning o‘zidan 
qidirtiradi va buni Mamatni o‘zini gapirtirish orqali ochadi: 
 
 
- To‘g‘ri, nasihatlar kor qilmadi, 
 
 
Xushyoqmaslik edi hamdamim, 
 
 
Attang, nega qittay or qilmadim, 
 
 
Gazetalarda chiqsa ham nomim?... 
Darsdan qoloqligi orqasida ruhan azob chekib, qiynalib yurgan Mamat 
o‘jarligi, o‘zboshimchaligini tashlab, jamoa yordamida oyoqqa turadi, astoydil 
o‘qishga axd qiladi.  
SHoir Mamatning qiyinchiliklarni engib, jamoa bilan barobar qadam 
tashlashga qodir bola ekanligini, uning tilidan shunday bayon etadi: 
 
 
- Bo‘ldi... Men bas qildim yalqovlikni, 
 
 
Do‘stlarimday olay bilimni. 
 
 
Achchiq tajribamning o‘zi saboq, 
 
 
Ol darsxonam ishq, dilimni! 
 
 
Bor kuchimni berayki, bu “YOmon” 
 
 
YOndoshmasin menga ertadan. 
 
 
Nomim Mamat bo‘lmay ketsin agar, 
 
 
Va’da qilgan bo‘lsam jo‘rtaga!... 
Sulton Jo‘ra “Mamatning kechirmishi” she’rida yalqovlikni tashlab, a’lo 
o‘qishga mahkam bel bog‘lagan bolaning ijobiy namunasida o‘z kuchiga ishonish, 
nuqsonlarga tanqidiy qaray bilish g‘oyat katta kuch, degan zarur ta’lim-tarbiyaviy 
o‘gitni badiiy ta’sirchan vositalarda, rang-barang poetik obrazlarda yoritib, o‘z 
mahoratini ko‘rsatadi.  
Ta’lim-tarbiya sohasida yozma nutq san’atini egallash eng muhim 
masalalardan biri hisoblanadi. Ba’zi o‘quvchilar grammaiik mashqlar bilan jidiiy 
shug‘ullanmasligi, badiiy adabiyotni kam o‘qishi natijasida yozma ishlardan 
oqsaydilar, chiroyli yozuv qoidalarni buzib, xunuk xat yozishdan tashqari turli 
- Qani, gapir, Mamat, Kim aybdor? SHoir qoloqlik sabablarini birovdan emas, balki qahramonning o‘zidan qidirtiradi va buni Mamatni o‘zini gapirtirish orqali ochadi: - To‘g‘ri, nasihatlar kor qilmadi, Xushyoqmaslik edi hamdamim, Attang, nega qittay or qilmadim, Gazetalarda chiqsa ham nomim?... Darsdan qoloqligi orqasida ruhan azob chekib, qiynalib yurgan Mamat o‘jarligi, o‘zboshimchaligini tashlab, jamoa yordamida oyoqqa turadi, astoydil o‘qishga axd qiladi. SHoir Mamatning qiyinchiliklarni engib, jamoa bilan barobar qadam tashlashga qodir bola ekanligini, uning tilidan shunday bayon etadi: - Bo‘ldi... Men bas qildim yalqovlikni, Do‘stlarimday olay bilimni. Achchiq tajribamning o‘zi saboq, Ol darsxonam ishq, dilimni! Bor kuchimni berayki, bu “YOmon” YOndoshmasin menga ertadan. Nomim Mamat bo‘lmay ketsin agar, Va’da qilgan bo‘lsam jo‘rtaga!... Sulton Jo‘ra “Mamatning kechirmishi” she’rida yalqovlikni tashlab, a’lo o‘qishga mahkam bel bog‘lagan bolaning ijobiy namunasida o‘z kuchiga ishonish, nuqsonlarga tanqidiy qaray bilish g‘oyat katta kuch, degan zarur ta’lim-tarbiyaviy o‘gitni badiiy ta’sirchan vositalarda, rang-barang poetik obrazlarda yoritib, o‘z mahoratini ko‘rsatadi. Ta’lim-tarbiya sohasida yozma nutq san’atini egallash eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ba’zi o‘quvchilar grammaiik mashqlar bilan jidiiy shug‘ullanmasligi, badiiy adabiyotni kam o‘qishi natijasida yozma ishlardan oqsaydilar, chiroyli yozuv qoidalarni buzib, xunuk xat yozishdan tashqari turli  
 
xatolarga ko‘p yo‘l qo‘yadilar. Pedagog-shoir Sulton Jo‘ra ta’lim-tabiya ishidagi 
bunday nuqsonlarni tugatishda o‘quvchilarga yordam maqsadida “Kimning xati 
chiroyli”, “tinish belgilarining majlisi”, “Harflar paradi” she’rlarini yozdi.  
Sulton Jo‘ra bolalarni yaxshi o‘qishga da’vat etibgina qolmay, ularning 
yaxshi o‘qishi uchun eng zarur bo‘lgan narsalarni, ayniqsa, o‘zbek tili gramatikasi 
qoidalarini bilish zarurligini bolalarga obrazli tilda tasvirlab berdi. U “Kimning 
xati chiroyli” she’rida xunuk yozilgan xatdan kulib, bolalarni chiroyli, toza, to‘g‘ri 
yozishga chaqiradi. CHiroyli yozishni san’at deb uqtiradi. SHu bilan birga, 
bolaning sog‘lom o‘sishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan partada to‘g‘ri 
o‘tirish qoidasiga qat’iy rioya qilish chiroyli yozish bilan ham aloqadorligi 
ko‘rsatiladi: 
 
 
 
O‘tirishim to‘g‘ri, soz, 
 
 
 
Qoidaga juda mos. 
 
 
 
Ko‘kragimni men sira 
 
 
 
O‘ltirganim yzq tirab. 
 
 
 
CHiroyli yoz, yozsang xat! 
 
 
 
CHunki bu ham zo‘r san’at... 
SHoir “Kimning xati chiroyli” she’rida o‘quvchilar dilidagi chiroyli 
yozish, yaxshi o‘qish, odobli bo‘lish, to‘g‘ri o‘tirishga bo‘lgan intilish tuyg‘ularni 
tarbiyalaydi, ularni kamolot sari etaklaydi.  
“Tinish belgilarining majlisi” she’ri o‘zbek tilining eng muhim qoidalari – 
tinish belgilarining vazifalari bolalarga mos sodda tilda ifodalangan. SHe’rning 
harakterli xususiyatlaridan biri shuki, unda har bir tinish belgisining o‘shanga mos 
misol topib, tegishli belgi joyiga qo‘yiladi. Bu bilan kitobxonda aniq tasavvur 
qoldiriladi. Bu esa shoirning pedagogik va badiiy mahoratini egizak holda 
namoyish qiladi. SHuningdek, shoir jonlantirish vositasidan ustalik bilan 
foydalanganki, natijada har bir tinish belgisi vazifasini o‘zi aytib, o‘quvchining 
diqqatini jalb etadi. 
Sulton Jo‘ra badiiy baquvvat she’rlari (“YUr, rulivek!”, “Harflar paradi”, 
“Tinish belgilarining majlisi”, “Oy nechta?”, “CHo‘ntak”, “A’lo” va “YAxshining 
xatolarga ko‘p yo‘l qo‘yadilar. Pedagog-shoir Sulton Jo‘ra ta’lim-tabiya ishidagi bunday nuqsonlarni tugatishda o‘quvchilarga yordam maqsadida “Kimning xati chiroyli”, “tinish belgilarining majlisi”, “Harflar paradi” she’rlarini yozdi. Sulton Jo‘ra bolalarni yaxshi o‘qishga da’vat etibgina qolmay, ularning yaxshi o‘qishi uchun eng zarur bo‘lgan narsalarni, ayniqsa, o‘zbek tili gramatikasi qoidalarini bilish zarurligini bolalarga obrazli tilda tasvirlab berdi. U “Kimning xati chiroyli” she’rida xunuk yozilgan xatdan kulib, bolalarni chiroyli, toza, to‘g‘ri yozishga chaqiradi. CHiroyli yozishni san’at deb uqtiradi. SHu bilan birga, bolaning sog‘lom o‘sishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan partada to‘g‘ri o‘tirish qoidasiga qat’iy rioya qilish chiroyli yozish bilan ham aloqadorligi ko‘rsatiladi: O‘tirishim to‘g‘ri, soz, Qoidaga juda mos. Ko‘kragimni men sira O‘ltirganim yzq tirab. CHiroyli yoz, yozsang xat! CHunki bu ham zo‘r san’at... SHoir “Kimning xati chiroyli” she’rida o‘quvchilar dilidagi chiroyli yozish, yaxshi o‘qish, odobli bo‘lish, to‘g‘ri o‘tirishga bo‘lgan intilish tuyg‘ularni tarbiyalaydi, ularni kamolot sari etaklaydi. “Tinish belgilarining majlisi” she’ri o‘zbek tilining eng muhim qoidalari – tinish belgilarining vazifalari bolalarga mos sodda tilda ifodalangan. SHe’rning harakterli xususiyatlaridan biri shuki, unda har bir tinish belgisining o‘shanga mos misol topib, tegishli belgi joyiga qo‘yiladi. Bu bilan kitobxonda aniq tasavvur qoldiriladi. Bu esa shoirning pedagogik va badiiy mahoratini egizak holda namoyish qiladi. SHuningdek, shoir jonlantirish vositasidan ustalik bilan foydalanganki, natijada har bir tinish belgisi vazifasini o‘zi aytib, o‘quvchining diqqatini jalb etadi. Sulton Jo‘ra badiiy baquvvat she’rlari (“YUr, rulivek!”, “Harflar paradi”, “Tinish belgilarining majlisi”, “Oy nechta?”, “CHo‘ntak”, “A’lo” va “YAxshining  
 
maqtovi”) ajoyib poemalari (“Bruno”, “Karim va Qunduz” (ertak va dostonlari), 
“Zangori gilam”, “Parvoznoma”, “Qaldirg‘och”) bilan Vatan urushigacha bo‘lgan 
davrdayoq bolalarning sevimli shoiriga aylangan edi.  
Mohir pedagog, jangchi-shoir Sulton Jo‘ra urush yillarida frontdan turib 
yozgan “Sog‘inib” she’ri garchi farzandlariga maktub shaklida yozilgan bo‘lsada, 
aslida barcha jangchilarning o‘z farzandlariga qasamyodidek, nasihatidek 
yangraydi.  
SHe’rda “Vatan dushmanini qilguncha yaksan, dadangning jaxt ila 
urushmog‘i bor!” kabi misralari umumlashma darajasiga ko‘tarilib, “YAqindir 
o‘limi yovning batamom, bizning ko‘chamiz ham tantana qilur” deya g‘alabaning 
muqarrarligiga ishonch sifatida xulosa qilinadi. Ayni chog‘da shoir o‘z farzandini 
“a’lo” baholar bilan o‘qib, bilim olishni, shu orqali g‘alabaga xissa qo‘shishga 
undaydi. SHoir ixcham satrlarga juda katta ma’noni jo qiladi: bir tomondan nemis-
fashist bosqinchilariga nafrat va ozodlik uchun kurash, boshqa bir tomondan esa, 
o‘z vataniga bo‘lgan mehr-muhabbat farzand dog‘i, sog‘inch va otalik tuyg‘ulari 
san’atkorona qorishib ketadi va davrning tipik harakterini yaratadi. 
“Sog‘inchli salom” she’ri Sulton Jo‘ra ijodida alohida o‘rin tutadi. 
SHoirning farzandlariga yo‘llagan bu she’riy maktubi mamlakatimizdagi barcha 
bolalarga qarata yozilgan, desak mutloqo xato qilmagan bo‘lamiz. Asarda shoir 
urushni qoralaydi, odamlarni firoq dardida kuydirgan, ularning boshiga musibatlar 
solgan nemis-fashistlari bosqinchilarini la’natlaydi. Otaning tezroq qaytib kelishini 
sabrsizlik bilan kutayotgan bolalariga jangchi-shoirning sog‘inchini ifodalaydi.  
Jangchi-shoir o‘z ijodida kichik detallardan katta umumlashmalar yaratadi. 
Fashist kallakesarlarining yaramas aft-basharalarini, yovuz qotilliklarini yana bir 
bor ochib tashlaydi. 
Ha, Sulton Jo‘ra o‘z asarlari, bosib o‘tgan jangovor yo‘li bilan yosh 
avlodga bir umr o‘rnak bo‘lib qolaveradi. 
 
3. Zamonaviy o‘zbek bolalar adabiyotida eng etakchi tur epik tur 
bo‘lib, bu tasvir usuli orqali bolalar xarakter xususiyatiga mos keladigan 
sarguzasht bayon alohida axamiyatga ega. SHuning uchun bo‘lsa kerak, 60-
maqtovi”) ajoyib poemalari (“Bruno”, “Karim va Qunduz” (ertak va dostonlari), “Zangori gilam”, “Parvoznoma”, “Qaldirg‘och”) bilan Vatan urushigacha bo‘lgan davrdayoq bolalarning sevimli shoiriga aylangan edi. Mohir pedagog, jangchi-shoir Sulton Jo‘ra urush yillarida frontdan turib yozgan “Sog‘inib” she’ri garchi farzandlariga maktub shaklida yozilgan bo‘lsada, aslida barcha jangchilarning o‘z farzandlariga qasamyodidek, nasihatidek yangraydi. SHe’rda “Vatan dushmanini qilguncha yaksan, dadangning jaxt ila urushmog‘i bor!” kabi misralari umumlashma darajasiga ko‘tarilib, “YAqindir o‘limi yovning batamom, bizning ko‘chamiz ham tantana qilur” deya g‘alabaning muqarrarligiga ishonch sifatida xulosa qilinadi. Ayni chog‘da shoir o‘z farzandini “a’lo” baholar bilan o‘qib, bilim olishni, shu orqali g‘alabaga xissa qo‘shishga undaydi. SHoir ixcham satrlarga juda katta ma’noni jo qiladi: bir tomondan nemis- fashist bosqinchilariga nafrat va ozodlik uchun kurash, boshqa bir tomondan esa, o‘z vataniga bo‘lgan mehr-muhabbat farzand dog‘i, sog‘inch va otalik tuyg‘ulari san’atkorona qorishib ketadi va davrning tipik harakterini yaratadi. “Sog‘inchli salom” she’ri Sulton Jo‘ra ijodida alohida o‘rin tutadi. SHoirning farzandlariga yo‘llagan bu she’riy maktubi mamlakatimizdagi barcha bolalarga qarata yozilgan, desak mutloqo xato qilmagan bo‘lamiz. Asarda shoir urushni qoralaydi, odamlarni firoq dardida kuydirgan, ularning boshiga musibatlar solgan nemis-fashistlari bosqinchilarini la’natlaydi. Otaning tezroq qaytib kelishini sabrsizlik bilan kutayotgan bolalariga jangchi-shoirning sog‘inchini ifodalaydi. Jangchi-shoir o‘z ijodida kichik detallardan katta umumlashmalar yaratadi. Fashist kallakesarlarining yaramas aft-basharalarini, yovuz qotilliklarini yana bir bor ochib tashlaydi. Ha, Sulton Jo‘ra o‘z asarlari, bosib o‘tgan jangovor yo‘li bilan yosh avlodga bir umr o‘rnak bo‘lib qolaveradi. 3. Zamonaviy o‘zbek bolalar adabiyotida eng etakchi tur epik tur bo‘lib, bu tasvir usuli orqali bolalar xarakter xususiyatiga mos keladigan sarguzasht bayon alohida axamiyatga ega. SHuning uchun bo‘lsa kerak, 60-  
 
yillardan keyin o‘zbek bolalar adabiyotida YOqubjon SHukurov, Hakim Nazir, 
Xudoyberdi To‘xtaboev kabi talantli prozaiklar ijod qildi. Bular ichida Xakim 
Nazir o‘ziga xos uslubi, bolalar dunyosini chuqur kashf qila olgan adib sifatida 
ajralib turadi.  
 
Zahmatkash adib 1915 yilda Toshkent shahrida maxsido‘z kosib 
oilasida dunyoga keldi. Maktabda boshlang‘ich ma’lumot olgandan keyin poyabzal 
fabrikasiga kirib, kasb egallash bilan birga ishchilar dorilfununida o‘qishni davom 
ettiradi.  
 
Hakim Nazir tarjimai holida shunday deb yozgan edi: 
 
- Dastlabki hikoya, ocherklarim 1934-1935 yillari bolalar va yoshlar 
gazetalarida va “YOsh kuch” jurnalida bosilib chiqqan. Ular hali xavaskorlik 
mashqlarim edi. U vaqtlar yozuvchi bo‘lib, kitob chiqaraman degan fikr 
hayolimning ko‘chasiga kirmagan edi.  
 
Sevimli yozuvchimiz ijod yo‘liga sinchiklab nazar tashlasak, uning 
dastlabki ijodiy izlanishlari hikoyachilikdan boshlanganini ko‘ramiz. Hikoya janri 
yozuvchi bilan yosh kitobxonlar olamini birlashtirishda, yaqinlashtirishda bamisoli 
bir ko‘prik bo‘ladi. Bu ko‘prik orqali Hakim Nazir bolalar dunyosiga, go‘zallik 
olamiga o‘tib oldi. Bir-biridan ta’sirli, bir-biridan o‘qimishli hikoyalari yuzaga kela 
boshladi. Bu hikoyalarning xarakterli tomoni shundan iborat ediki, ularning hajmi 
qisqa, ixcham, ammo ma’nosi chuqur, o‘qilishi oson, ta’sirchandir. O‘sha yillari 
Hakim Nazirning “Besh baho” (1955), “CHo‘l havosi” (1958), “YAxshi ism” 
(1962), “Bolajonlarim” (1962) nomli hikoyalar to‘plamlari birin-ketin e’lon 
qilinib, yoshlarning ma’naviy mulkiga aylandi. 
4. Hakim Nazirning ko‘pgina hikoyalari bog‘cha yoshidagi yoki endigina 
birinchi sinfga qadam qo‘ygan bolalar hayotini aks ettirishga bag‘ishlangan 
bo‘ladi. Buni adibning “Bir og‘iz so‘z”, “Rasmli kitobcha”, “Davronning 
qushchasi”, “Qaysargina ukam”, “YAxshi ism”, “Ikki o‘rtoq”, “Bulbul”, 
“Qanddon”, “Igna”, “Bir tup g‘o‘za” kabi hikoyalari misolida aytish mumkin. 
Bunday hikoyalarda bolalar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, axloq-odob, a’lo o‘qish, 
jamoat ishlarida faollik ko‘rsatish, kattalarning yumushlariga ko‘maklashish, 
yillardan keyin o‘zbek bolalar adabiyotida YOqubjon SHukurov, Hakim Nazir, Xudoyberdi To‘xtaboev kabi talantli prozaiklar ijod qildi. Bular ichida Xakim Nazir o‘ziga xos uslubi, bolalar dunyosini chuqur kashf qila olgan adib sifatida ajralib turadi. Zahmatkash adib 1915 yilda Toshkent shahrida maxsido‘z kosib oilasida dunyoga keldi. Maktabda boshlang‘ich ma’lumot olgandan keyin poyabzal fabrikasiga kirib, kasb egallash bilan birga ishchilar dorilfununida o‘qishni davom ettiradi. Hakim Nazir tarjimai holida shunday deb yozgan edi: - Dastlabki hikoya, ocherklarim 1934-1935 yillari bolalar va yoshlar gazetalarida va “YOsh kuch” jurnalida bosilib chiqqan. Ular hali xavaskorlik mashqlarim edi. U vaqtlar yozuvchi bo‘lib, kitob chiqaraman degan fikr hayolimning ko‘chasiga kirmagan edi. Sevimli yozuvchimiz ijod yo‘liga sinchiklab nazar tashlasak, uning dastlabki ijodiy izlanishlari hikoyachilikdan boshlanganini ko‘ramiz. Hikoya janri yozuvchi bilan yosh kitobxonlar olamini birlashtirishda, yaqinlashtirishda bamisoli bir ko‘prik bo‘ladi. Bu ko‘prik orqali Hakim Nazir bolalar dunyosiga, go‘zallik olamiga o‘tib oldi. Bir-biridan ta’sirli, bir-biridan o‘qimishli hikoyalari yuzaga kela boshladi. Bu hikoyalarning xarakterli tomoni shundan iborat ediki, ularning hajmi qisqa, ixcham, ammo ma’nosi chuqur, o‘qilishi oson, ta’sirchandir. O‘sha yillari Hakim Nazirning “Besh baho” (1955), “CHo‘l havosi” (1958), “YAxshi ism” (1962), “Bolajonlarim” (1962) nomli hikoyalar to‘plamlari birin-ketin e’lon qilinib, yoshlarning ma’naviy mulkiga aylandi. 4. Hakim Nazirning ko‘pgina hikoyalari bog‘cha yoshidagi yoki endigina birinchi sinfga qadam qo‘ygan bolalar hayotini aks ettirishga bag‘ishlangan bo‘ladi. Buni adibning “Bir og‘iz so‘z”, “Rasmli kitobcha”, “Davronning qushchasi”, “Qaysargina ukam”, “YAxshi ism”, “Ikki o‘rtoq”, “Bulbul”, “Qanddon”, “Igna”, “Bir tup g‘o‘za” kabi hikoyalari misolida aytish mumkin. Bunday hikoyalarda bolalar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, axloq-odob, a’lo o‘qish, jamoat ishlarida faollik ko‘rsatish, kattalarning yumushlariga ko‘maklashish,  
 
qushlar va jonivorlarga g‘amxo‘r bo‘lish, orzu-umidlar qanotida yashash va boshqa 
masalalar yotganini ko‘ramiz. 
 
Bolalarga har tomonlama to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish, tushuntirish, 
o‘rgatish, ularda ko‘nikmalar hosil qilish kattalarga bog‘liq. Kichkintoylarning 
otaxon adibi “Bulbul hikoyasida” bu masalaga katta e’tibor beradi. Ona tabiatga, 
qushlarga mehribonchilik qilish g‘oyasi bu asarning asosini tashkil etadi. 
 
Adibning maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlab yozgan juda ko‘p 
hikoyalari kitobxonni ona yurtni sevishga, mehnatkash bo‘lishga, mehnat ahlini 
e’zozlashga, kasb-hunar egasi bo‘lishga chorlaydi. 
 
“Bir tup g‘o‘za” hikoyasida yosh qahramonning xalq boyligi bo‘lgan 
munosabatlari g‘oyat hayotiy detallar asosida ifoda etiladi. Bolalarning 
o‘yinqaroqligi tufayli Karimning sigiri bo‘shalib, bir tup g‘o‘zani payhon qiladi. 
YOzuvchi shu voqea tufayli yoshlarning davlat mulkiga bo‘lgan munosatbarini 
belgilaydi. 
 
Muallif hikoyada qahramonlar xarakterini individuallashtirishga 
alohida e’tibor beradi. Abdusamad cho‘rtkesar bola. Goho ba’zi gaplarni shartta 
aytib yuboradi (sigirni qidirib yurganda qoraboy akaga qilgan muomalasini esga 
oling). Karim soddadil, to‘g‘ri bola. SHu bilan birga, serharakatligi bilan 
boshqalardan ajralib turadi. 
 
Hakim Nazir o‘zbek bolalar adabiyotida qissachilik janrining 
rivojlanishiga ham “So‘nmas chaqmoqlar”, “YOnar daryo”, “Ko‘kterak 
shabadasi”, “Suv gadosi”, “Kenjatoy”, “Tohir va Zuhro qissasi”, “Dadamni topib 
beringlar” kabi asarlari bilan katta hissa qo‘shdi. 
 
Adibning “Lochin qanoalari” romani hamda “CHiranma g‘oz - 
hunaring oz” dramasi ham bolalarning sevimli asarlariga aylanib qoldi. 
 
Xakim Nazir ijodida yaratilgan katta va kichik nasriy asarlarning bosh 
qahramonlarining umumiy bir xususiyati alohida ajralib turadi: yosh qahramonlar 
har doim ham mehnatning, yangilikning, kurashning markazida turadilar. Ular 
kattalar mehnatini kuzatadilar hamda ana shu qatorga qo‘shilishga intiladilar.  
qushlar va jonivorlarga g‘amxo‘r bo‘lish, orzu-umidlar qanotida yashash va boshqa masalalar yotganini ko‘ramiz. Bolalarga har tomonlama to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish, tushuntirish, o‘rgatish, ularda ko‘nikmalar hosil qilish kattalarga bog‘liq. Kichkintoylarning otaxon adibi “Bulbul hikoyasida” bu masalaga katta e’tibor beradi. Ona tabiatga, qushlarga mehribonchilik qilish g‘oyasi bu asarning asosini tashkil etadi. Adibning maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlab yozgan juda ko‘p hikoyalari kitobxonni ona yurtni sevishga, mehnatkash bo‘lishga, mehnat ahlini e’zozlashga, kasb-hunar egasi bo‘lishga chorlaydi. “Bir tup g‘o‘za” hikoyasida yosh qahramonning xalq boyligi bo‘lgan munosabatlari g‘oyat hayotiy detallar asosida ifoda etiladi. Bolalarning o‘yinqaroqligi tufayli Karimning sigiri bo‘shalib, bir tup g‘o‘zani payhon qiladi. YOzuvchi shu voqea tufayli yoshlarning davlat mulkiga bo‘lgan munosatbarini belgilaydi. Muallif hikoyada qahramonlar xarakterini individuallashtirishga alohida e’tibor beradi. Abdusamad cho‘rtkesar bola. Goho ba’zi gaplarni shartta aytib yuboradi (sigirni qidirib yurganda qoraboy akaga qilgan muomalasini esga oling). Karim soddadil, to‘g‘ri bola. SHu bilan birga, serharakatligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Hakim Nazir o‘zbek bolalar adabiyotida qissachilik janrining rivojlanishiga ham “So‘nmas chaqmoqlar”, “YOnar daryo”, “Ko‘kterak shabadasi”, “Suv gadosi”, “Kenjatoy”, “Tohir va Zuhro qissasi”, “Dadamni topib beringlar” kabi asarlari bilan katta hissa qo‘shdi. Adibning “Lochin qanoalari” romani hamda “CHiranma g‘oz - hunaring oz” dramasi ham bolalarning sevimli asarlariga aylanib qoldi. Xakim Nazir ijodida yaratilgan katta va kichik nasriy asarlarning bosh qahramonlarining umumiy bir xususiyati alohida ajralib turadi: yosh qahramonlar har doim ham mehnatning, yangilikning, kurashning markazida turadilar. Ular kattalar mehnatini kuzatadilar hamda ana shu qatorga qo‘shilishga intiladilar.  
 
 
Masalan, “YOnar daryo” qissasining qaxramoni asar oxirida cho‘lda 
gaz qazib chiqarayotgan ishchilarning hayotini o‘z xayoti bilan chambarchas 
bog‘lashga ahd qiladi.  
 
YOzuvchi qaxramonlarining yosh xususiyatiga kelganimizda ular 
kichik yoshdagi bolalar emas. Balki, o‘spirin yoshiga etgan, akasi, dadasining 
dunyoqarashini anglay oladigan, ular bilan elkama elka turib mehnat qila oladigan, 
kurashadigan o‘spirinlardir. Ana shu tomonlari ham yozuvchi ijodining tarbiyaviy 
axamiyatida muhim qirradir.  
 
Uchinchidan, bunday qaxramonlar ishtirok etayotgan voqealar, joylar, 
qurilishlar, kurashlar mamlakat va millatning katta muammolarini hal qilishga 
qaratilgan jabhalardir.  
 
Xulosa qilib aytganda, Xakim Nazir o‘zbek bolalar nasrida alohida 
maktab yaratgan, o‘zidan X.To‘xtaboev, L.Maxmudov, M.Maxmudov kabi 
shogirdlarni qoldira olgan talantli yozuvchidir. 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
SHoirning ijodiy yo‘li. SHe’riy janrlar. Adabiy ertaklar. SHe’r qahramonlari. 
qo‘shiq-she’r. O‘zbek bolalar nasri. qissachilik. “YOnar daryo”da bosh qaxramon. 
Xikoyalarda qaxramon. YOzuvchining adabiyotdagi o‘rni. S.Jo‘ra jangchi shoir, 
shoir she’ryati, “Mamatning kechirmishi”, “Tinish belgilarining mjlisi”, “Haflar 
paradi”, “Kimning xati chiroyli?” 
 
Mavzuga oid savollar: 
1. Xakim Nazir hayoti haqida gapiring. 
2. Xakim Nazir Ijodi xaqida gapiring. 
3. “YOnar daryo” qaxramonlari. 
4. YOzuvchi ijodining janrlari. 
5. “CHo‘l xavosi” asari haqida gapiring. 
6. “Bul-bul” xikoyasi masalining g‘oyaviy mazmuni nima? 
7. “Bir tup g‘o‘za” xikoyasida mehnat mavzui. 
Masalan, “YOnar daryo” qissasining qaxramoni asar oxirida cho‘lda gaz qazib chiqarayotgan ishchilarning hayotini o‘z xayoti bilan chambarchas bog‘lashga ahd qiladi. YOzuvchi qaxramonlarining yosh xususiyatiga kelganimizda ular kichik yoshdagi bolalar emas. Balki, o‘spirin yoshiga etgan, akasi, dadasining dunyoqarashini anglay oladigan, ular bilan elkama elka turib mehnat qila oladigan, kurashadigan o‘spirinlardir. Ana shu tomonlari ham yozuvchi ijodining tarbiyaviy axamiyatida muhim qirradir. Uchinchidan, bunday qaxramonlar ishtirok etayotgan voqealar, joylar, qurilishlar, kurashlar mamlakat va millatning katta muammolarini hal qilishga qaratilgan jabhalardir. Xulosa qilib aytganda, Xakim Nazir o‘zbek bolalar nasrida alohida maktab yaratgan, o‘zidan X.To‘xtaboev, L.Maxmudov, M.Maxmudov kabi shogirdlarni qoldira olgan talantli yozuvchidir. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: SHoirning ijodiy yo‘li. SHe’riy janrlar. Adabiy ertaklar. SHe’r qahramonlari. qo‘shiq-she’r. O‘zbek bolalar nasri. qissachilik. “YOnar daryo”da bosh qaxramon. Xikoyalarda qaxramon. YOzuvchining adabiyotdagi o‘rni. S.Jo‘ra jangchi shoir, shoir she’ryati, “Mamatning kechirmishi”, “Tinish belgilarining mjlisi”, “Haflar paradi”, “Kimning xati chiroyli?” Mavzuga oid savollar: 1. Xakim Nazir hayoti haqida gapiring. 2. Xakim Nazir Ijodi xaqida gapiring. 3. “YOnar daryo” qaxramonlari. 4. YOzuvchi ijodining janrlari. 5. “CHo‘l xavosi” asari haqida gapiring. 6. “Bul-bul” xikoyasi masalining g‘oyaviy mazmuni nima? 7. “Bir tup g‘o‘za” xikoyasida mehnat mavzui.  
 
8. “So‘lmas chaqmoqlar” qissasi haqida gapiring. 
9. “Lochin qanotlari” romanining mavzusi nima? 
10. “YOnar daryo” qissasining bosh qaxramonini tavsiflang. 
11. Sulton Jo‘raning “Mamatning kechirmishi” she’rida qanday 
bolalar tanqid qilinadi? 
12. “Tinish belgilarining mjlisi”, “Haflar paradi”, “Kimning xati 
chiroyli?” asarlarining g‘oyaviy mazmuni. 
13.Mavzu bo‘yicha test toshiriqlari tuzing. 
14.Diyor poemalaridan qaysilarini bilasiz? 
15.Diyor she’riyatida Vatan mavzusi. 
 
  
 
8. “So‘lmas chaqmoqlar” qissasi haqida gapiring. 9. “Lochin qanotlari” romanining mavzusi nima? 10. “YOnar daryo” qissasining bosh qaxramonini tavsiflang. 11. Sulton Jo‘raning “Mamatning kechirmishi” she’rida qanday bolalar tanqid qilinadi? 12. “Tinish belgilarining mjlisi”, “Haflar paradi”, “Kimning xati chiroyli?” asarlarining g‘oyaviy mazmuni. 13.Mavzu bo‘yicha test toshiriqlari tuzing. 14.Diyor poemalaridan qaysilarini bilasiz? 15.Diyor she’riyatida Vatan mavzusi.