Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi: katta turkumlari, tog’ayli ganoidlar, suyakli ganoidlar, ko’p qanotlilar, suyakli baliqlar to’dasi. Ularning tuzilishi xususiyatlari. Fiziologiyasi va hayot kechirishi
Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi: katta turkumlari, tog’ayli ganoidlar,
suyakli ganoidlar, ko’p qanotlilar, suyakli baliqlar to’dasi. Ularning tuzilishi
xususiyatlari. Fiziologiyasi va hayot kechirishi. Kaftqanotlilar kichik sinfining
ta’rifi.
R E J A
1. Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi.
2. Suyakli baliqlar sinfini tasnifi.
3. Suyakli baliqlarining tashqi va ichki tuzilishi.
4. Suyakli baliqlarining asosiy turkumlari.
Suyakli baliqlar xordalilar tipining eng yirik sinfi bo’lib, 20000 ga yaqin turni
o’z ichiga oladi. Ularga barcha baliqlar turining 99%i kiradi. Uiar ma’lum suv
havzalarida tarqalgan.
Ko’pchilik suyakli baliqlar suvda tez suzadi, shuning uchun tanasi ham
akulalarnikiga o’xshash cho’ziq torpedasimon bo’ladi. Sekin harakatlanadigan
baiiqlar tanasi kalta va balandroq bo’ladi (masalan, ko’pchilik karpsimonlar), suv
tubida kam harakat qiladigan baliqlar (kambalalar)ning tana shakli skatlarniki
singari yapaloq bo’ladi.
Suyakli baliqlar terisi mayda yupqa suyak tangachalar bilan qoplangan.
Tangachalar cherepitsa singari bir-biri ustiga taxlanib, baliq tanasini
jarohatlanishdan saqlaydi va egiluvchanligini ta’minlaydi.Sovuq tushganida
baiiqlar va tangachalarning o’sishi sekinlashadi yoki butunlay to’xtaydi.
Tangachalardagi yillik halqalarni sanash orqali baliq yoshini aniqlash mumkin.
Birqancha baliqlar terisida tangachalar bo’lmaydi. Baliqlar terisidagi bezlari ishlab
chiqaradigan shilimshiq moddasuzayotgan baliq tanasini suvda ishqalanishini
kamaytiradi, terini kasallik tug’diruvchi mikroorganizmlardan himoya qiladi.
Epidermis osttda joylashgan pigment hujayralar baliq terisiga rang beradi. Baliq
rangi odatda atrofmuhit rangiga moslashgan bo’ladi. ,
Oqcha baliqning tashqi tuzilishi: 1-orqa suzgich; 2-dum suzgich;3-anal suzgich;
4-qorin suzgich; 5-ko’krak suzgich; 6-og’iz; 7- burun teshigi,8-ko’z; 9- jabra
qopqog’i; 10-yon suzgich; 11- anal tcshik.
Harakatlanish organlari: Suyakli baliqlarda ham tog’ayli baliqlar singari
harakatlanish organlari toq (dum, orqa, anal) va juft (ko’krak, qorin) suzgichlardan
iborat. Tuban suyakli baliqlarning dum suzgichi tog’ayli baliqlar singari
geteroserkal (suzgichining yuqori bo’lagi pastki bo’lagiga nisbatan ancha yirik).
Ko’pchilik suyakli baliqlar dum suzgichi gomoserkal, ya’ni dum suzgich bo’laklari
deyarli teng bo’ladi.
Skeleti: Suyakli baliqlar skeleti asosan suyakdan iborat; faqat tuban tuziigan
vakillarida xorda saqlanib qolgan./BnsA skeleti miya qutisi va visseral
bo’limiardan iborat. Miya qutisi yuqori tomoni juft burun, peshona, tepa va ensa
suyaklaridan, yon tomoni ko’rish, eshitish, muvozanat saqlash organini himoya
qilib turadigan bir qancha suyaklardan iborat.
Visseral sketet jabra yoylari, yuqori va pastki jag’lardan iborat. Jabra yoylari
boshining ikki yonida joylashgan bo’lib, ko’pchilik baliqiarda besh juft
suyaklardan iborat. Yoylarning ostki qismi o’zaro tutashgan.
Umurtqa pog’onasi juda ko’p umurtqalardan iborat. Har bir umurtqaning ikki yoni
botiq (amfitsel) bo’lib, uning bir juftdan ustki va ostki o’simtalari bor. Ustki
o’simtalari o’zaro birlashib, ular orasida umurtqa nayi hosil bo’ladi. Bu nay ichida
orqa
miya
joylashgan.
Umurtqalar
Suyakli baliqlar skeleti: 1-umurtqa o’simtasi; 2-umurtqalar pastki yoyi;3-
umurtqalar pastki o’simtasi; 4-qovurg’alar; 5-suzgichlar radialar nurlari;6-ko’krak
suzgkhi kamari; 7-qorin suzgichi kamari; 8-bosh.
tanasi pastki qismidan ketadigan bir juft kalta ostki o’simtalar bilan uzun
qoviirg’alar tutashgan. Qovurg’alarning ikkinchi uchi muskullar orasida erkin
joylashgan. Qovurg’alar tana devori uchun tayanch hisoblanadi. Umurtqa
pog’onasi dum qismidagi umurtqalarning pastki yoylari birlashib hosil qiigan nay
orqali yirik qon tomiri o’tadi. Pastki yoylarda qoviirg’alar tutashmagan. Baliqlar
suzgichlarini suyak yoylari tutib turadi. Muskullar orasida joylashgan kamar
suyakiari juft suzgichlar uchun tayanch vazifasini bajaradi. Ko’krak suzgichlari
kamari bosh bilan birikkan bir necha suyakdan iborat. Qorin kamari bir juft chanoq
suyagidan tashkil topgan.
Muskullari: Baliqlar tanasi va dumidagi muskullar metamer (taram-taram bo’lib)
joylashgan. Tananing ikki yoni bo’ylab o’tgan keng tasmaga o’xshash muskullar
biriktiruvchi to’qimadan iborat parda—mioseptalar orqali sigmentlar-tniomerlarga
bo’lingan. Tana bo’ylab o’tadigan miosepta muskullarni qorin va orqa bo’limlarga
ajratib turadi. Bosh, suzgichlar va uiar kamarlari alohida muskullar bilan
ta’minlangan.
Suzgich pufagi: Suyak skelet tog’ayga nisbatan ancha og’ir bo’lganidan
baiiqlarning suzishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun baliqlar ovqat hazm qilish
sistemasi oldingi qismi hisobidan suzgich pufak hosil bo’lgan. Ichak stida
joylashgan suzgich pufak gazlar aralashmasi (azot, kislorod, karbonad angidrid)
bilan to’ldirilgan. Tuban tuzilgan baliqlar suzgich pufagi ular hayoti davomida
ichak bilan bog’langan bo’lganidan ular ochiq pufaklilar deyiladi. Yopiq pufaklilar
deb ataladigan ko’pchilik baliqlar suzgich pufagi ichakdan batamom ajralgan
bo’lib, juda ko’p kapillarlar bilan qoplangan. Gazlar ana shu kapillarlar orqali
pufakka o’tadi. Qorin bo’shlig’i devori muskullarining qisqarib-bo’shashishi
natijasida pufak hajmi ortishi yoki kamayishi mumkin. Pufak hajmi ortganida tana
og’irligi kamayib, baliq suv yuzasiga ko’tariladi. Pufak hajmi qisqarganida,
aksincha tana og’irligi oshib, baliq suv tubiga cho’kadi. Shunday qilib suzgich
pufak gidrostatik funksiyani bajaradi. Ayrim baliqlar suzgich pufagi bir qancha
uyakchalar bilan tutashgan bo’lib, tovush to’lqinlarini o’tkazish vazifasini bajaradi.
Sekin harakatlanadigan, suv tubida yashaydigan hamda muskullari kuchli
rivojlangan va tez suzadigan baliqlarning suzgich pufagi yo’qolib ketgan. Agar
ularning suzgich pufagi bo’lganida, uiar suv yuzasiga tez ko’tarilganida suzgich
pufagi kengayib, baliq qornini yorib yuborgan bo’lardi.
Qon aylanish sistemasi: Ikki xil nafas oluvchilardan boshqa barcha baliqlarda qon
aylanish sistemasi bitta doiradan iborat. Ikki kamerali yuragi bo’lma va
qorinchadan iborat. Tananing hamma qismlaridan vena qon yupqa devorli vena
sinusi orqali yurak bo’lmasiga, undan yurak
qorinchasiga o’tadi. Qorinchadan qorin aortasi boshlanadi; undan qon jabra
arteriyalariga o’tadi. Jabralarda kislorodga to’yingan qon bir juft jabrausti
arteriyalariga to’planadi. Ulardan oldingi tomonga uyqu arieriyalari, orqaga orqa
aortasiketadi. Orqa aortasidan turli organlarga arteriya-lar chiqadi. Baliqlarda qon
unchalik ko’p bo’lmaydi. Karp balig’i qoni tana massasining 2% ini tashkil etadi.
Eritrositlari oval shaklda, yadroli. Qon hujayralari taloqda va buyrak to’qimalarida
hosil bo’ladi. Baliqlar yuragi minutiga 20-30 marta, qishki karaxt holatida 1—2
marta qisqaradi.
Nafas olish sistemasi: Jabralari juda ko’p jabra yaproqchalaridan iborat.
Yaproqchalar jabra yoylariga yopishganligi bilan tog’ayli baliqlarning jabralar
oralig’i to’sig’iga yopishgan jabralardan farq qiladi. Shuning uchun suyakli baliqlar
jabralari yuzasi ham nisbatan katta bo’ladi. Ularning nafas olish va chiqarish
mexanizmi ham ancha mukammallashgan. Nafas olishda teri ham qatnashadi. 10 %
ga yaqin gaz almashinuvi teri orqali sodir bo’ladi. Gaz almashinuvida suzgich
pufagi va ichakning ayrim qismlari ham ishtirok etishi mumkin.
Ayirish sistemasi: Ayirish organi umurtqa pog’onasi bo’ylab joylashgan qoramtir-
qizg’ish rangli uzun tasma shakiidagi tana buyraklaridan iborat. Siydik naylarining
uchki qismi qo’shilib umumiy teshik orqaii anal teshigidan orqaroqda tashqariga
ochiladi. Siydik nayining ana shu qo’sliilgan joyidan siydik pufagi boshlanadi.
Ovqat hazm qilish sistemasi: Suyakli baliqlar ichagida ichak yuzasini
kengaytiradigan spiral burmalar rivojlanmagan. Shuning uchun ularning ichagi
ancha uzun bo’ladi. Bundan tashqari ko’pchilik baliqlar ichagining boshlang’ich
qismida joylashgan pilorik o’simtalar ham ichak yuzasini kengaytirish vazifasini
bajaradi. Yirtqich baliqlarning og’zi keng bo’lib, unda yirik va o’tkir tishlari
joylashgan; oshqozoni katta, ichagi o’txo’r baliqlarnikiga nisbatan kalta bo’ladi.
O’txo’r, ayniqsa mayda umurtqasiz hayvonlar va organik qoldiqlar bilan
oziqlanadigan baliqlarning tishlari mayda yoki umuman bo’lmaydi; oshqozoni
rivojlanmagan. Karpsimon baliqlar halqumida oziqni maydalaydigan maxsus
halqum tishchalari bo’ladi. Jigari rivojlangan, lekin oshqozonosti bezi alohida
bo’lakchalar holida bo’lib, yaxltt shaklda emas.
Nerv sistemasi: Suyakli baliqlar nerv sistemasi boshqa birlamchi suvda
yashovchilarga nisbatan yaxshiroq rivojlangan bo’lsada bir qancha tuban tuzilish
belgilariga ega. Bosh miyasi uncha katta bo’lmasdan oldingi, oraliq, o’rta va
uzunchoq miya hamda miyachadan iborat . Oldingi miyasi yarimsharlar hosil
qilmaydi. Oldingi miyaning oldingi qismi hidlov bo’laklariga o’tadi. Hidlov
bo’laklaridan hidlov nervlari boshlanadi.
Oldingi miya hidlash markazi hamda harakatni muvofiqlashtirib turish vazifasini
bajaradi. Oraliq miya juda kichik bo’lib, uning ustida epifiz joylashgan. Oraliq
miyaning ostki yuzasida esa gipofiz joylashgan. Uning pastki qismidan ko’rish
nervlari chiqadi. G ipofiz va epifiz ichki sekretsiya bezlari hisoblanadi. O’rta miya
nisbatan yirik; uning ustki yuzasida ikkita ko’rish do’mboqchasi bo’ladi. Bu
do’mboqchalar ko’rish nervlari bilan bog’langan. Miyacha harakatni boshqaradi.
Shuning uchun miyaning bu bo’limi baliqlarning harakatchanligiga qarab har xil
darajada rivojlangan. Uzunchoq miya ustki tomondan epiteliy parda bilan
qoplangan.
Baliqlar bosh miyasidan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa miya ingichka
tizimcha shaklida umurtqa pog’onasining oxirgi qismigacha davom etadi.
Sezgi organlari: tuzilishi suv muhitiga moslashgan. Hid bilish organi bir juft
hidlov chuqurchasidan iborat bo’lib, burun teshiklari orqali tashqariga ochiladi.
Burun teshiklari quruqlikda yashovchi hayvonlar singari og’iz bo’shlig’i yoki
halqumga ochilmaydi. Hid bilish baliqlarni oziqni axtarib topishida katta
ahamiyatga ega. Baliqlar terisi, boshidagi mo’ylovlari ham tuyg’u vazifasini
bajaradi. Ta’m bilish vazifasini lablarida va og’iz bo’shlig’ida joylashgan ta ‘m
bilish retseptorlari bajaradi.
Suv muhiti havoga nisbatan tiniq bo’lmaganligi sababli baliqlar to’^/yaqindan
ko’rishga moslashgan. Ko’z shox qavati yassi, ko’zgavhari sharsimon bo’ladi.
Ko’pchiiik baliqlar I metr masofadan yaxshi ko’radi, lekin akkomodatsiya tufayli
ko’z bilan 10—12 metrgacha masofadan ko’rishi mumkin. Suvning ustki yorug’
qatlamida hayot kechiradigan baliqlar buyumlar rangini yaxshi ajratadi. Suvning
chuqur qatiamlarida yashaydigan baliqlar ko’zi rangni ajrata olmaydi, hatto
ko’zlari reduksiyaga uchraydi.
Baliqlarning eshitish organi suyak kapsulasi ichida joylashgan ichki quloqdan
iborat. Ichki quloqning pardasimon labirinti oval xaltacha, o’zaro perpendikular
joylashgan uchta yarim doirasimon naychalar va endolimfa bilan to’ldirilgan
pastki dumaloq xaltachadan iborat. Eshitish funksiyasi pastki xaltacha bilan
bog’liq. Quruqlikda yashovchi hayvonlarga xos bo’lgan chig’anoq baliqlarda
bo’lmaydi. Yarim doira naychalar toshchalar-otolitlar muallaq turadi. Otolitlar
ichki quloqni qoplab turadigan sezgir epiteliy kiprikchalari bilan bogliq.
Baliqlarning tana holati o’zgarganida otolitlarni kiprikchalarga ta’siri ham
o’zgaradi; bu o’zgarishni sezgir epiteliy hujayralari qabul qiladi.
Ko’pchilik baliqlar tishlari va suzgichlarini ishqalash, suzgich pufaklari va
boshqa organlari yordamida turii xil ovoz chiqaradi. Eshitish va ovoz chiqarish
baliqlarning o’zaro aloqa qilishi va tashqi muhit bilan munosabatlarida katta
ahamiyatga ega.
Yon chiziqlar: baliqlarning o’ziga xos sezgi organi hisoblanadi. Ko’pchilik
baliqlarning yon chiziqlari terida joylashgan naychalardan iborat. Naychalar
tangachalarni teshib o’tadiganteshikchalar orqali tashqi muhit bilan bog’Iangan.
Ana shunday teshikchali tangachalar baliq tanasi yon tomoni bo’ylab qator bo’Iib
joylashib punktir chiziqni hosil qiladi. Yon chiziq nayi devorida nerv tolalari
uchlari joylashgan. Yon chiziq orqali baliqlar suvning bosimi va oqimini hamda
past chastotali tovushlarni sezadi. Ayrim baliqlarda yon chiziq o’rnida maxsus
sezgi naychasi rivojlangan. Bunday naycha seldning boshida joylashgan.
Baliqlarning ko’payishi va rivojlanishi
Ko’payishi: Baliqlar odatda ayrim jinsli, lekin ular orasida germafroditlari ham
bo’ladt (dengiz olabug’asi). Tuxumlari tuxumdondagi follikulalarda yetilib, tuxum
yoMi orqali tashqi muhitga chiqariladi. Ayrim losossimonlar tuxumlari
tuxumdondagi tana bo’shlig’iga tushadi; u yerdan qorin tomondagi jinsiy teshik
orqali suvga chiqariladi. Tuxumlar odatda suvda urug’lanadi. Ayrim baliqlar uchun
ichki urug’lanish, shuningdek tiriktug’ishxos.
Baliqlar suv o’simliklari yoki suvdagi narsalarga, ba’zan suv tubiga uvildiriq
tashlaydi. Dengiz baliqlarining tuxumi suvda suzib yuradi. Tuxum hujayralari va
tuxumdan chiqqan baliq chavoqlarining ko’p qismi nobud bo’ladi. Shuning uchun
suyakli baliqlar odatda juda ko’p, masalan, karp, cho’rtan 1 mln va undan ortiq,
treska 9 mln gacha, oybaliq 300 mln gacha uvildiriq tashlaydi. Tirik tug’adigan va
nasl to’g’risida g’amxo’rlik qiladigan baliqlar kam tuxum qo’yadi.
Rivojlanishi: Ko’pchilik baliqlar metamorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan 3-8
kun ichida chavoqlar chiqadi. Baliq chavoqlari dastlab sarig’don xaltasida qolgan
zahira sariqlik qoldig’i bilan oziqlanadi; keyinroq faol oziqlanishga o’tadi. Baliqlar
turli yoshda voyaga yetadi. Masalan, xatnsa balig’i bir yoshda, ko’pchilik
karpsimonlar3—4 yoshda, osetrva sevryuga 10—15 yoshda; beluga 14-20 yoshda
voyaga yetadi. Voyaga yetish davrida baliqlarning tashqi ko’rinishi va turq-
atvorida turli xil o’zgarishlar paydo bo’ladi. Masalan, uvildiriq tashlashdan oldin
bukri baliq tanasining kumush rangi o’zgarib, qo’ng’ir-malla rangga kiradi; terisida
qoramtir dog’lar paydo bo’ladi. Erkak baliq tanasining orqasida bukrisi paydo
bo’ladi; jag’lari egilib, ilmoqqa o’xshash bo’lib qoladi.