SIFAT, UNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI. SIFATLARDA DARAJA
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
37,4 KB
SIFAT, UNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI. SIFATLARDA
DARAJA
. Sifatning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari
2. Asliy va nisbiy sifatlar
3. Sifat darajalari
4. Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar
Sifatning leksik-grammatik xususiyatlari
Predmetning doimiy, o‘zgarmas belgisini ifodaslaydigan so‘zlar sifat deyiladi.
Sifat mustaqil so‘z turkumi sifatida uch xil belgiga ega:
1. Leksik-semantik belgi. Sifat belgi ma’nosini bildiradi.
2. Morfologik belgisi: Sifat qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlaridan biriga javob
bo‘ladi. Sifat ifodaslaydigan belgi tushunchasi keng bo‘lib, ma’nosiga ko‘ra bir necha
guruhga ajratiladi:
a) rang-tus ma’nosini bildiradigan sifatlar: oq, qizil, sariq, havo rang, kul rang,
yashil, zangori;
b) hajmi ma’nosini bildiradi: keng, tor, baland, past, uzun, chuqur, yirik, mayda;
v) shakl va ko‘rinish ma’nosini bildiradi: dumaloq, yassi, egri, qiyshiq, do‘ng;
g) maza-ta’m ma’nosini bildiradi: shirin, achchiq, nordon, sho‘r, taxir, chuchmal,
bemaza;
d) xarakter-xususiyat ma’nosini bildiradi: muloyim, odobli, shirinso‘z, chaqqon,
sho‘x, yalqov, dangasa, chechan, qo‘rs, qaysar. Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar
ijobiy yoki salbiy xususiyatlarni ifodaslaydi;
e) hid ma’nosini bildiradi: sassiq, qo‘lansa, badbo‘y, xushbo‘y, muattar;
j) holat ma’nosini bildiradi. Holat bildiruvchi sifatlar ikki xil bo‘ladi:
1) psixik holatni ifodaslaydi: xursand, xafa, shod, kasal, injiq;
2) tabiiy holatni ifodaslaydi: yosh, qari, keksa.
Sifat belgini bevosita yoki bavosita ifodaslaydi. Predmetning doimiy belgisini
bildiradigan belgini bevosita ifodaslaydigan sifatlar asliy sifat deyiladi. Sifatning
yuqoridagi ma’no turlari sifatni bevosita ifodaslaydi.
Asliy sifatlar belgini darajalab ko‘rsata oladi: katta, kattaroq, eng katta kabi.
Juft sifatlar asosan asliy sifatlardan tarkib topadi: yosh-qari, yaxshi-yomon kabi.
Belgini bavosita, ya’ni biror narsa va hodisaga nisbat berish, o‘xshatish orqali
ifodaslaydigan sifatlar nisbiy sifat deyiladi.
Nisbiy sifatlar boshqa so‘z turkumlaridan yasaladi va xoslik, o‘xshashlik, o‘rin
yoki paytga munosabat, mo‘ljal ma’nolarini bildiradi:
a) xoslik ma’nosini ifodaslaydigan sifat ot turkumidagi so‘zga –iy, -viy
qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi: zamonaviy, oilaviy, ma’naviy, siyosiy;
b) o‘xshashlik ma’nosini ifodaslaydigan sifatlar ot turkumidagi so‘zga –simon, -
sifat affikslarini qo‘shish bilan yasaladi: odamsimon, hayvonsifat, devsifat;
v) o‘rin va payt ma’nolarini ifodaslaydigan sifatlar ot turkumidagi so‘zlarga –gi, -
qi, -ki, -dagi affikslarini qo‘shish bilan yasaladi: qishki, yozgi, bahorgi, bulturgi, tushki,
kechki;
g) mo‘ljallanganlik, xoslik, o‘lchov ma’nolarini ifodalovchi sifatlar ot turkumidagi
so‘zlarga –lik affiksini qo‘shish bilan yasaladi: ko‘rpalik, ko‘rpachalik, toshkentlik,
ko‘ylaklik.
Sifat ba’zan ravish o‘rnida qo‘llanib, harakatning belgisini bildirishi mumkin:
ma’noli gapirmoq, chiroyli yozmoq, yaxshi o‘qimoq kabi.
Sifatning belgisini darajalab ko‘rsatishi (qizil, qizilroq, eng qizil, qip-qizil),
yasalish sistemasiga egaligi otlashishi uning morfologik belgilaridan hisoblanadi.
3. Sifatning sintaktik belgisi. Sifat gapda otga, ba’zan fe’lga bitishuv usuli orqali
bog‘lanadi va o‘zi bog‘lanib kelayotgan so‘zga tobelanadi.
Sifat otga bog‘lanib kelganda, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Misol: Biz
do‘stlarning eng yaxshi do‘sti, dushmanlarning eng kuchli dushmani ekanligimizni ham
oqil odamlar tushunsin. (YO.SHukurov).
Sifat fe’lga bog‘lanib kelganda vaziyat holi vazifasini bajaradi. Misol: YUlduzlar
odatdagidan ko‘ra toza, kattaroq, yorqinroq ko‘rinardi. (P.Qodirov).
Sifat darajalari
Predmetlardagi bir xil belgini miqdorga ko‘ra nisbatlab farqlash hodisasi sifat
darajasi deyiladi. Sifatlarda uch xil daraja bor:
1) oddiy daraja
2) qiyosiy daraja
3) orttirma daraja
Predmetning belgisi boshqa predmetdagi xudi shunday belgiga qiyos qilinmasa,
oddiy darajadagi sifat deyiladi. Oddiy darajadagi sifat belgining me’yorida ekanini
ko‘rsatadi va u maxsus ko‘rsatkichga ega bo‘lmaydi: go‘zal tabiat, shirin qovun, keng
hovli.
2) qiyosiy daraja. Predmet belgisining boshqa predmetdagi xudi shunday belgidan
ortiq yoki kam ekanligining ifodaslaydigan sifatlar qiyosiy darajadagi sifat deyiladi.
Qiyosiy daraja leksik-morfologik usul bilan hosil qilinadi.
Oddiy darajadagi sifatga –roq affiksini qo‘shish yordamida yasaladi. Bunda gap
mazmunidan chog‘ishtirish, qiyoslash ma’nosi anglashilib turadi. Misol: SHu lahzada
unga Farhod har vaqtdagidan donoroq va hatto savlatliroq ko‘rinib ketdi. Donoroq,
savlatliroq sifatlaridan oldin kelgan chiqish kelishigidagi so‘z (har vaqtdagidan)
qiyoslash mazmun munosabatini ifodalayapti. O‘shandan buyon halol dehqonchilik
qiladi; o‘rtadan ko‘ra pastroq... xo‘jaligi bor. (A.Qahhor). Bu misolda pastroq belgini
kamligi bildiryapti, qiyoslash ma’nosini o‘rtadan ko‘ra so‘zlari ifodalayapti.
Qiyosiy darajadagi sifat oldidan sal, picha, och, bir oz, xiyol, aytarli so‘zlarini
keltirish bilan hosil qilinadi: sal baland, bir oz baland, picha kattaroq, xiyol achchiqroq.
Fonetik usul. Unlilar cho‘zib, undoshlar esa ikkilantirilib aytiladi: baland, chuquur,
tekkis kabi.
Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar
Sifat belgini ozaytirib yoki kuchaytirib ifodalashiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
a) ozaytirma sifat;
b) kuchaytirma sifat.
Ozaytirma sifat o‘zakdan anglashilgan belgining me’yoridan ozligini bildiradi.
Ular morfologik va leksik usullar bilan yasaladi:
1. Morfologik usul. Sifatlarga –ish, -imtir, -mtir affikslarini qo‘shib ozaytirma sifat
hosil qilinadi: ko‘kish, qizg‘ish, oqimtir, qoramtir. –ish qo‘shimchasi qo‘shilgan ba’zi
sifatlar o‘zagida tovush o‘zgarishlari sodir bo‘ladi: sariq+ish-sarg‘ish. Bu so‘zda
o‘zakdagi i unlisi tushib qolgan, q undoshi g‘ undoshiga almashgan. Qizil sifatiga -ish
qo‘shilishi bilan o‘zakdagi –il tovushlari tushib, g‘ tovushi orttirilgan.
Sifatlarga –gina, -kina, -qina affikslari qo‘shilib, belgilarni kuchsizlantirish
ozaytirishi mumkin. Bunda –k bilan tugagan sifatlarga –kina, -q bilan tugagan sifatlarga
-qina, qolgan sifat shakllariga –gina affiksi qo‘shiladi. Misol: tuzukkina, oriqqina,
sariqqina, kattagina.
2. Leksik usul. Sifatning oldidan och, nim so‘zlarini keltirish bilan belgi
kamaytiriladi: och pushti, nimqizil.
Kuchaytirma sifatlar o‘zakdan anglashilgan belgining ortiqligini bildiradi.
Kuchaytirma sifatlar leksik va morfologik usul bilan hosil qilinadi.
A) Morfologik usul. Bu usulda sifatni tovush o‘zgarishlari orqali takrorlash yo‘li
bilan:
- Sifatning birinchi bo‘g‘ini ikkinchi bo‘g‘inidagi undosh bilan takrorlanadi: dum-
dumaloq, pak-pakana, but-butun
- Sifatning birinchi bo‘g‘iniga –p undoshi qo‘shib takrorlanadi: sap-sariq, qip-qizil.
- Sifatning oldingi ikki tovushi ajratilib unga p, m tovushlaridan biri qo‘shiladi va
undan keyin so‘zning o‘zi takrorlanadi: yap-yangi, ko‘m-ko‘k.
- Sifatning birinchi bo‘g‘inidan keyin ppa shakli qo‘shiladi: soppasog‘ ,
to‘ppato‘g‘ ri.
b) Leksik usul. Sifat tovush o‘zgarishlarisiz takrorlanib orttirma daraja hosil
qilinadi: katta-katta
Qiyosiy darajadagi sifat oldida ma’noni kuchaytiruvchi yana, yanada, yana ham
so‘zlari kelishi mumkin: yanada yaxshiroq, yana ham balandroq, yana jonliroq.
3) Orttirma daraja. Predmetdagi belgining boshqa predmetdagi shunday belgiga
nisbatan eng ko‘p, oliy darajada ekanligini ifodalash orttirma daraja deyiladi. Sifatning
orttirma daraja shakli leksik usul bilan ifoda qilinadi.
Oddiy darajadagi sifat oldidan eng, juda, nihoyatda, behad, g‘ oyat, g‘ oyatda,
hammadan kabi so‘zlarni keltirish bilan: juda chiroyli, nihoyatda shirin, g‘ oyatda
mehribon kabi.
Leksik usulda ba’zan belgi bildiruvchi sifatlar o‘rnida boshqa so‘zlar ishlatilishi
mumkin: zahar (garmdori), olov (sho‘x).
Leksik usul.
Sifat tovush o‘zgarishlarisiz takrorlash orqali ham orttirma daraja hosil qilinadi:
katta-katta, shirin-shirin.
- sifat oldidan to‘q, jiqqa, tim, g‘irt kabi so‘zlarni keltirish bilan: jiqqa ho‘l, tim
qora.
- sifat oldidan so‘z birikmalari va iboralarni qo‘llash orqali: haddan ziyod
(chiroyli), quling o‘rgilsin (jonon).
Morfologik usulda sifatni tovush o‘zgarishlari orqali takrorlash yo‘li bilan. Bunda:
- sifatning birinchi bo‘g‘ini ikkinchi bo‘g‘inidagi undosh bilan takrorlanadi: dum-
dumaloq, pak-pakana, but-butun kabi.
- sifatni birinchi bo‘g‘inidagi p undoshi qo‘shib takrorlanadi: sap-sariq, qip-qizil.
- sifatning oldingi ikki tovushi ajratilib, unga p,m tovushlaridan biri qo‘shiladi va
undan keyin so‘zning o‘zi takrorlanadi: yap-yangi, ko‘m-ko‘k.
- sifatning birinchi bo‘g‘inidan keyin –ppa shakli qo‘shiladi: soppa-sog‘ , to‘ppa-
to‘g‘ ri
1-ilova
Ma’ruzaga tayyorlanish uchun adabiyotlar ro’yxati:
M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH. Yo’ldosheva. Ona
tili. “MOLIYA-IQTISOD” nashriyoti, Toshkent, 2007-yil.
2. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti.
3. R.Ikromova, D.Muhammedova, D.Shodmonqulova, M.Maqsudova, X. G‘ulomova.
Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Morfemika. So’z yasalishi.
Morfologiya). Toshkent, 2001-yil.
10. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek
adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.
11. M.Hamroyev. O’zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi. TDPU, Toshkent, 2007-yil.
Dasturlashtirilgan topshiriq savollari:
1. Sifatning ta’rifi va so‘roqlarini ayting.
2. Sifatning ma’no jihatdan turlarini misollar bilan ko‘rsating.
3. Asliy va nisbiy sifatlar haqida gapiring.
4. Orttirma daraja hosil qilishning leksik va morfologik usullari haqida gapiring.
5. Orttirma daraja hosil qilishning semantik va fonetik usullari haqida gapiring.
Ma’ruza mashg’uloti dokladlari mavzulari
1. Sifatlarning yasalishi.
2. Sifatlarning otlashishi.
3. Boshqa turkumdagi so’zlarning sifat o’rnida qo’llanishi.
4. Sifatlarning tuzilish jihatdan turlari
Maruza matini slaydlari
Sifatlarning yasalishi