SIFATNI TA’MINLASH VA NAZORAT QILISH TIZIMI (Sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash uslublari)
Yuklangan vaqt
2024-05-06
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
21,8 KB
Ilmiybaza.uz
SIFATNI TA’MINLASH VA NAZORAT QILISH TIZIMI
Reja
1. Sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash uslublari .
2. Uslublarning moxiyati
O‘lchov uslubi .
Ro‘yxatga olish uslubi .
Xisob-kitob uslubi .
Orgonoleptik uslub .
Sotsiologik uslub .
Ekspert uslubi .
Ilmiybaza.uz
O‘lchov uslubi-o‘lchash usulida maxsulot ma’lum bir o‘lchash asboblaridan
foydalanilib amalga oshiriladi . Ular: kimeviy, texnologik, biologik, mexanik, mikroskopik,
fiziko-kimeviy, fizik va fizologik usullarga ajratiladi :
- kimeviy usulda maxsulotning kimeviy tarkibi aniklanadi
- fizik usulda maxsulatning elastikligi, tukiluvchanligi, namligi, issiklik xossalari
aniklanadi
- fiziologik usulda moddalarning ozikaviyligi, kalloriyasi va biologik kiymati (ATF)
aniklanadi
- dielektrik usulda namligi, defraktometrik usulda ximik moddalarng optik xossalari
aniklanadi.
- biologik usulda uruglarning unuvchanligi , zaxarli moddalar , mikroorganizmlar , kasallik
va xashoratlar bilan zararlanganligi aniklanadi
- mikroskopik usulda paxta, zigir, kanopning tolasini pishikligi aniklanadi
- texnologik usulda maxsulotning texnologik xossalari va texnolgik kiymati aniklanadi
Ruyxatga olish uslubi- Bu uslub orqali muayyan xodisalar, narsalar yoki xarajatlarni
kuzatib va xisobga olib boriladi. Ro‘yxatga olish uslubi muayyan xodisalarni xisobga olish
(masalan, sinovlar vaktida buyumning ishdan chiqishi, turkumdagi nuqsonli buyumlar
miqdori) bo‘yicha olingan axborotlarga asoslanadi.
Xisob-kitob uslubi- Bu uslubga ko‘ra maxsulot sifati ko‘rsatkichlarini uning
parametrlariga nazariy va emperik bog‘lanishidan foydalanish asosida amalga oshiriladi .
Xisob – kitob uslubida maxsulot sifati ko‘rsatkichlari boshqa uslublar vositasida olingan
parametrlar kiymatidan foydalanilgan xisoblashlar yordamida aniqlanadi (bashorat qilinadi).
Orgonoleptik uslub- Bu maxsulot sifati ko‘rsatkichlari qiymatini kurish, xid bilish,
eshitish, sezish, ta’m bilish orqali bilish uslubidir. Bu uslub vositasida maxsulotning tashqi
ko‘rinishi, ta’mi, xidi, rangi, tarkibi, konsistensiyasi, maydalanish darajasi aniqlanadi. Uslub
oddiy va ko‘p vaqt talab etmaydi. Uslubning kamchiligi – kishilar fiziologik xususiyatlariga
bog‘lik bo‘lgan sub’ektivlikdir. Baholash natijalari baholovchilarning tajribalariga,
kobiliyatlariga, maxoratlariga, degustatsiya shart-sharoitlari va texnikasiga bogliq.