SIFATNING TA’RIFI VA LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI; SIFATLARNING MA’NO JIHATDAN TURLARI; SIFATLARDAGI DARAJA KATEGORIYASI; SIFATLARNING MODAL SHAKLLARI

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

19,6 KB


 
 
 
 
 
 
SIFATNING TA’RIFI VA LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI; 
SIFATLARNING MA’NO JIHATDAN TURLARI; SIFATLARDAGI 
DARAJA KATEGORIYASI; SIFATLARNING MODAL SHAKLLARI 
 
 
Reja: 
1.Sifatning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari. 
2.Sifatlarning ma’no jihatdan turlari.  
3.Sifatlardagi daraja kategoriyasi.  
4.Sifatlarning modal shakllari. 
 
  Sifatning leksik-grammatik xususiyatlari 
 
 
Predmetning doimiy, o`zgarmas belgisini ifodalaydigan so`zlar sifat deyiladi.  
 
Sifat mustaqil so`z turkumi sifatida uch xil belgiga ega:  
1. Leksik-semantik belgisi. Sifat belgi ma’nosini bildiradi.  
2. Morfologik belgisi: Sifat qanday?, qanaqa?, qaysi? so`roqlaridan biriga 
javob bo`ladi. Sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi keng bo`lib, ma’nosiga ko`ra bir 
necha guruhga ajratiladi: 
a) rang-tus ma’nosini bildiradigan sifatlar: oq, qizil, sariq, havo rang, kul rang, 
yashil, zangori; 
b) hajmi ma’nosini bildiradi: keng, tor, baland, past, uzun, chuqur, yirik, 
mayda; 
d) shakl va ko`rinish ma’nosini bildiradi: dumaloq, yassi, egri, qiyshiq, do`ng; 
e) maza-ta’m ma’nosini bildiradi: shirin, achchiq, nordon, sho`r, taxir, 
chuchmal, bemaza; 
SIFATNING TA’RIFI VA LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI; SIFATLARNING MA’NO JIHATDAN TURLARI; SIFATLARDAGI DARAJA KATEGORIYASI; SIFATLARNING MODAL SHAKLLARI Reja: 1.Sifatning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari. 2.Sifatlarning ma’no jihatdan turlari. 3.Sifatlardagi daraja kategoriyasi. 4.Sifatlarning modal shakllari. Sifatning leksik-grammatik xususiyatlari Predmetning doimiy, o`zgarmas belgisini ifodalaydigan so`zlar sifat deyiladi. Sifat mustaqil so`z turkumi sifatida uch xil belgiga ega: 1. Leksik-semantik belgisi. Sifat belgi ma’nosini bildiradi. 2. Morfologik belgisi: Sifat qanday?, qanaqa?, qaysi? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi. Sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi keng bo`lib, ma’nosiga ko`ra bir necha guruhga ajratiladi: a) rang-tus ma’nosini bildiradigan sifatlar: oq, qizil, sariq, havo rang, kul rang, yashil, zangori; b) hajmi ma’nosini bildiradi: keng, tor, baland, past, uzun, chuqur, yirik, mayda; d) shakl va ko`rinish ma’nosini bildiradi: dumaloq, yassi, egri, qiyshiq, do`ng; e) maza-ta’m ma’nosini bildiradi: shirin, achchiq, nordon, sho`r, taxir, chuchmal, bemaza;
 
 
f) xarakter-xususiyat ma’nosini bildiradi: muloyim, odobli, shirinso`z, 
chaqqon, sho`x, yalqov, dangasa, chechan, qo`rs, qaysar. Xarakter-xususiyat 
bildiruvchi sifatlar ijobiy yoki salbiy xususiyatlarni ifodalaydi; 
j) hid ma’nosini bildiradi: sassiq, qo`lansa, badbo`y, xushbo`y, muattar; 
h) holat ma’nosini bildiradi. Holat bildiruvchi sifatlar ikki xil bo`ladi: 
1) psixik holatni ifodalaydi: xursand, xafa, shod, kasal, injiq; 
2) tabiiy holatni ifodalaydi: yosh, qari, keksa. 
Sifat belgini bevosita yoki bavosita ifodalaydi. Predmetning doimiy belgisini 
bildiradigan belgini bevosita ifodalaydigan sifatlar asliy sifat deyiladi. Sifatning 
yuqoridagi ma’no turlari sifatni bevosita ifodalaydi. 
Asliy sifatlar belgini darajalab ko`rsata oladi: katta, kattaroq, eng katta kabi. 
Juft sifatlar asosan asliy sifatlardan tarkib topadi: yosh-qari, yaxshi-yomon 
kabi. 
Belgini bavosita, ya’ni biror narsa va hodisaga nisbat berish, o`xshatish orqali 
ifodalaydigan sifatlar nisbiy sifat deyiladi. 
Nisbiy sifatlar boshqa so`z turkumlaridan yasaladi va xoslik, o`xshashlik, 
o`rin yoki paytga munosabat, mo`ljal ma’nolarini bildiradi: 
a) xoslik ma’nosini ifodalaydigan sifat ot turkumidagi so`zga –iy, -viy 
qo`shimchasini qo`shish bilan yasaladi: zamonaviy, oilaviy, ma’naviy, siyosiy; 
b) o`xshashlik ma’nosini ifodalaydigan sifatlar ot turkumidagi so`zga –simon, 
-sifat birliklarini qo`shish bilan yasaladi: odamsimon, hayvonsifat, devsifat; 
v) o`rin va payt ma’nolarini ifodalaydigan sifatlar ot turkumidagi so`zlarga –
gi, -qi, -ki, -dagi affikslarini qo`shish bilan yasaladi: qishki, yozgi, bahorgi, bulturgi, 
tushki, kechki; 
g) mo`ljallanganlik, xoslik, o`lchov ma’nolarini ifodalovchi sifatlar ot 
turkumidagi so`zlarga –lik affiksini qo`shish bilan yasaladi: ko`rpalik, ko`rpachalik, 
toshkentlik, ko`ylaklik. 
Sifat ba’zan ravish o`rnida qo`llanib, harakatning belgisini bildirishi mumkin: 
ma’noli gapirmoq, chiroyli yozmoq, yaxshi o`qimoq kabi. 
Sifatning belgisini darajalab ko`rsatishi (qizil, qizilroq, eng qizil, qip-qizil), 
yasalish sistemasiga egaligi otlashishi uning morfologik belgilaridan hisoblanadi. 
f) xarakter-xususiyat ma’nosini bildiradi: muloyim, odobli, shirinso`z, chaqqon, sho`x, yalqov, dangasa, chechan, qo`rs, qaysar. Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar ijobiy yoki salbiy xususiyatlarni ifodalaydi; j) hid ma’nosini bildiradi: sassiq, qo`lansa, badbo`y, xushbo`y, muattar; h) holat ma’nosini bildiradi. Holat bildiruvchi sifatlar ikki xil bo`ladi: 1) psixik holatni ifodalaydi: xursand, xafa, shod, kasal, injiq; 2) tabiiy holatni ifodalaydi: yosh, qari, keksa. Sifat belgini bevosita yoki bavosita ifodalaydi. Predmetning doimiy belgisini bildiradigan belgini bevosita ifodalaydigan sifatlar asliy sifat deyiladi. Sifatning yuqoridagi ma’no turlari sifatni bevosita ifodalaydi. Asliy sifatlar belgini darajalab ko`rsata oladi: katta, kattaroq, eng katta kabi. Juft sifatlar asosan asliy sifatlardan tarkib topadi: yosh-qari, yaxshi-yomon kabi. Belgini bavosita, ya’ni biror narsa va hodisaga nisbat berish, o`xshatish orqali ifodalaydigan sifatlar nisbiy sifat deyiladi. Nisbiy sifatlar boshqa so`z turkumlaridan yasaladi va xoslik, o`xshashlik, o`rin yoki paytga munosabat, mo`ljal ma’nolarini bildiradi: a) xoslik ma’nosini ifodalaydigan sifat ot turkumidagi so`zga –iy, -viy qo`shimchasini qo`shish bilan yasaladi: zamonaviy, oilaviy, ma’naviy, siyosiy; b) o`xshashlik ma’nosini ifodalaydigan sifatlar ot turkumidagi so`zga –simon, -sifat birliklarini qo`shish bilan yasaladi: odamsimon, hayvonsifat, devsifat; v) o`rin va payt ma’nolarini ifodalaydigan sifatlar ot turkumidagi so`zlarga – gi, -qi, -ki, -dagi affikslarini qo`shish bilan yasaladi: qishki, yozgi, bahorgi, bulturgi, tushki, kechki; g) mo`ljallanganlik, xoslik, o`lchov ma’nolarini ifodalovchi sifatlar ot turkumidagi so`zlarga –lik affiksini qo`shish bilan yasaladi: ko`rpalik, ko`rpachalik, toshkentlik, ko`ylaklik. Sifat ba’zan ravish o`rnida qo`llanib, harakatning belgisini bildirishi mumkin: ma’noli gapirmoq, chiroyli yozmoq, yaxshi o`qimoq kabi. Sifatning belgisini darajalab ko`rsatishi (qizil, qizilroq, eng qizil, qip-qizil), yasalish sistemasiga egaligi otlashishi uning morfologik belgilaridan hisoblanadi.
 
 
3. Sifatning sintaktik belgisi. Sifat gapda otga, ba’zan fe’lga bitishuv usuli 
orqali bog`lanadi va o`zi bog`lanib kelayotgan so`zga tobelanadi. 
Sifat otga bog`lanib kelganda, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. 
Misol: Biz do`stlarning eng yaxshi do`sti, dushmanlarning eng kuchli dushmani 
ekanligimizni ham oqil odamlar tushunsin. (Y.Shukurov). 
Sifat fe’lga bog`lanib kelganda vaziyat holi vazifasini bajaradi. Misol: 
Yulduzlar odatdagidan ko`ra toza, kattaroq, yorqinroq ko`rinardi. (P.Qodirov). 
 
  Sifatlarda daraja kategoriyasi 
 
Predmetlardagi bir xil belgini miqdorga ko`ra nisbatlab farqlash hodisasi sifat 
darajasi deyiladi. Sifatlarda uch xil daraja bor:  
1. Oddiy daraja. Predmetning belgisi boshqa predmetdagi xudi shunday 
belgiga qiyos qilinmasa, oddiy darajadagi sifat deyiladi. Oddiy darajadagi sifat 
belgining me’yorida ekanini ko`rsatadi va u maxsus ko`rsatkichga ega bo`lmaydi: 
go`zal tabiat, shirin qovun, keng hovli. 
2. Qiyosiy daraja. Predmet belgisining boshqa predmetdagi xudi shunday 
belgidan ortiq yoki kam ekanligining ifodalaydigan sifatlar qiyosiy darajadagi sifat 
deyiladi. Qiyosiy daraja quyidagi usullar bilan hosil qilinadi: 
1) morfologik usul. Oddiy darajadagi sifatga –roq affiksini qo`shish 
yordamida yasaladi. Bunda gap mazmunidan chog`ishtirish, qiyoslash ma’nosi 
anglashilib turadi. Misol: Shu lahzada unga Farhod har vaqtdagidan donoroq va 
hatto savlatliroq ko`rinib ketdi. Donoroq, savlatliroq sifatlaridan oldin kelgan 
chiqish kelishigidagi so`z (har vaqtdagidan) qiyoslash mazmun munosabatini 
ifodalayapti. O`shandan buyon halol dehqonchilik qiladi; o`rtadan ko`ra pastroq... 
xo`jaligi bor. (A.Qahhor). Bu misolda pastroq so‘zi belgining kamligi bildiryapti, 
qiyoslash ma’nosini o`rtadan ko`ra so`zlari ifodalayapti. 
2) leksik usul. Qiyosiy darajadagi sifat oldidan sal, picha, och, bir oz, xiyol, 
aytarli so`zlarini keltirish bilan hosil qilinadi: sal baland, bir oz baland,  
3) leksik-morfologik usul: picha kattaroq, xiyol achchiqroq. 
4) fonetik usul. Unlilar cho`zib, undoshlar esa ikkilantirilib aytiladi: balaand, 
chuquur, tekkis kabi. 
3. Sifatning sintaktik belgisi. Sifat gapda otga, ba’zan fe’lga bitishuv usuli orqali bog`lanadi va o`zi bog`lanib kelayotgan so`zga tobelanadi. Sifat otga bog`lanib kelganda, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Misol: Biz do`stlarning eng yaxshi do`sti, dushmanlarning eng kuchli dushmani ekanligimizni ham oqil odamlar tushunsin. (Y.Shukurov). Sifat fe’lga bog`lanib kelganda vaziyat holi vazifasini bajaradi. Misol: Yulduzlar odatdagidan ko`ra toza, kattaroq, yorqinroq ko`rinardi. (P.Qodirov). Sifatlarda daraja kategoriyasi Predmetlardagi bir xil belgini miqdorga ko`ra nisbatlab farqlash hodisasi sifat darajasi deyiladi. Sifatlarda uch xil daraja bor: 1. Oddiy daraja. Predmetning belgisi boshqa predmetdagi xudi shunday belgiga qiyos qilinmasa, oddiy darajadagi sifat deyiladi. Oddiy darajadagi sifat belgining me’yorida ekanini ko`rsatadi va u maxsus ko`rsatkichga ega bo`lmaydi: go`zal tabiat, shirin qovun, keng hovli. 2. Qiyosiy daraja. Predmet belgisining boshqa predmetdagi xudi shunday belgidan ortiq yoki kam ekanligining ifodalaydigan sifatlar qiyosiy darajadagi sifat deyiladi. Qiyosiy daraja quyidagi usullar bilan hosil qilinadi: 1) morfologik usul. Oddiy darajadagi sifatga –roq affiksini qo`shish yordamida yasaladi. Bunda gap mazmunidan chog`ishtirish, qiyoslash ma’nosi anglashilib turadi. Misol: Shu lahzada unga Farhod har vaqtdagidan donoroq va hatto savlatliroq ko`rinib ketdi. Donoroq, savlatliroq sifatlaridan oldin kelgan chiqish kelishigidagi so`z (har vaqtdagidan) qiyoslash mazmun munosabatini ifodalayapti. O`shandan buyon halol dehqonchilik qiladi; o`rtadan ko`ra pastroq... xo`jaligi bor. (A.Qahhor). Bu misolda pastroq so‘zi belgining kamligi bildiryapti, qiyoslash ma’nosini o`rtadan ko`ra so`zlari ifodalayapti. 2) leksik usul. Qiyosiy darajadagi sifat oldidan sal, picha, och, bir oz, xiyol, aytarli so`zlarini keltirish bilan hosil qilinadi: sal baland, bir oz baland, 3) leksik-morfologik usul: picha kattaroq, xiyol achchiqroq. 4) fonetik usul. Unlilar cho`zib, undoshlar esa ikkilantirilib aytiladi: balaand, chuquur, tekkis kabi.