Ilmiybaza.uz
SIMLI AXBOROT UZATISH MUXITLARI
Axborot uzatish muhiti deb, kompyuterlar o‘rtasida axborot almashinuvini
taminlovchi axborot yo‘llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Ko‘pchilik
kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa, mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa
kanallari ishlatiladi, vaholanki, simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.
Mahalliy tarmoqlarda ko‘pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, yani bir
bit axborot uzatilgandan so‘nggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday
axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda, murakkab va sekin
ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish,
ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga
nisbatan baravar oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo‘li
oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo‘ladigandek ko‘rinadi, aslida juda ko‘p
sarf bo‘ladi. Tarmoqdagi abonentlar o‘rtasidagi masofa katta bo‘lsa ishlatiladigan
kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan ham ko‘p bo‘lishi
mumkin. 8,16 yoki 32 ta kabellarni o‘tkazishga qaraganda, bir dona kabelni
o‘tkazish ancha oson. Tamirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari ham arzonga
tushadi. Lekin bu hammasi emas.
Kabelning turidan qati nazar axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish
va qabul qilish qurilmalarini ishlatishni talab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish
qismida kuchli signal hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa kuchsiz
signalni tiklash (detektorlash) kerak. Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta
uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma talab qilinadi. Parallel axborotni uzatishda
uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa, ishlatiladigan parallel axborotni
razryadlar soniga teng bo‘ladi. Shuning uchun uzunligi uncha ko‘p bo‘lmagan (10
metrli) tarmoqni loyihalashda ko‘pincha axborotni ketma-ket uzatish usuli tanlanadi.
Ilmiybaza.uz
Axborotni parallel uzatishdagi muhim sharti, bu — har bir bitni uzatishga
mo‘ljallangan kabellar uzunligi bir-biriga deyarli teng bo‘lishligidir. Aks holda,
turli uzunlikdagi kabellardan o‘tayotgan signallar o‘rtasida qabul qilish
qurilmasining kirishida vaqt bo‘yicha siljish hosil bo‘ladi. Buning natijasida tarmoq
qisman buzilishi yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100 Mbit/s
axborot uzatish teziigida va bitni uzatish davri 10 ns bo‘lganda vaqt bo‘yicha siljish
5—10 ns.dan oshmasligi lozim. Bunday siljish kattaligi, kabellarning uzunlikdagi
farqi 1—2 metr bo‘lganda hosil bo‘ladi. Kabel uzunligi 1000 metr bo‘lganda esa,
bu kattalik 0,1—0,2 % ni tashkil qiladi. Haqiqatan, bazi yuqori tezlikda ishlovchi
mahalliy tarmoqlarda 2—4 talik kabel yordamida axborot parallel uzatiladi. Berilgan
tezlikni saqlab qolgan holda ancha arzon kabel ishlatish mumkin, lekin kabelni ruxsat
etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi. Misol tariqasida Fast Ethenet
tarmoq segment 100 BASE-T4 keltirish mumkin. Kabelsozlik sanoati korxonalari
kabel turlarini ko‘p miqdorda ishlab chiqaradi. Hamma ishlab chiqariladigan
kabellami uch turga bo‘lish mumkin:
o‘ralgan juft simli kabel (Vitaya napa — twisted pair), ular
himoyalangan, yani ekranlashtiriladi (ekranirovannыe — shielded
twisted pair, stop) va himoyalanmagan, yani ekranlashtirilmagan
(neekranirovannыe, unshielded twisted pair, UTP);
koaksial kabellar ((coaxial cable);
shisha tolali kabellar (optovolokonnыe – fiber optic).
Kabelning har bir turi o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega, shuning uchun kabel
turini tanlanganda hal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek, alohida
olingan tarmoq xususiyatini va awaldan mavjud bo‘lgan barcha korxona
standartlarining o‘rniga, 1995-yilda qabul qilingan EJA/TIA 586 (Commercial
Building Telecommunication Cabling Standard)standarti mavjud bo‘lib, hozirgi
vaqtda shu standartdan foydalaniladi.
O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar
Ilmiybaza.uz
o‘ralgan juft simlar hozirgi kunda eng arzon va eng ko‘p tarqalgan kabellarda
ishlatiladi. o‘ralgan juftlik asosidagi kabel tuzilishi ikkita mis sim dielektrik material
bilan har biri alohida qoplanib, ular o‘zaro bir-biriga o‘ralgan, bunday
juftliklarning bir nechtasi umumiy dielektrik (plastikli) g‘ilofga olingan bo‘ladi. U
ancha egiluvchan va uni aloqa kanaliga yotqizish qulaydir.
Odatda o‘ralgan juftlik kabel tarkibida 2 ta yoki 4 ta juftlikdan iborat bo‘ladi
(2.1-rasm).
Himoyalanmagan o‘ralgan juftliklar tashqi elektromagnit xalaldan (pomexa)
sust himoyalangan va shuningdek, sanoat ayg‘oqchiligi maqsadida axborotlarni
eshitishdan ham himoya-lanmagan. Axborot o‘g‘irlashning ikki turi malum:
ulanish (kontaktnыe) va ulanmasdan masofadan turib (beskontaktnыy). Ulanish orqali
axborotni o‘g‘irlash ikkita ignani kabelga sanchish orqali amalga oshirilsa,
ulanmasdan axborotni o‘g‘irlash esa, kabel tarqatadigan elektromagnit maydonni
radio orqali egallash usulidan foydalanib amalga oshiriladi. Bu kamchiliklarni bartaraf
etish uchun kabel himoyalanadi (ekranlanadi). To‘qilgan juftlikni (STP)
ekranlashtirish vaqtida har bir juftlikni ochiq to‘qilgan metall simli qobiq
(ekran)ning ichiga joylashliriladi. Bunday konstruksiya kabelni nurlanishini
kamaytiradi, tashqi elektromagnit maydon xalaqitlardan va juft simlarning bir-biriga
tasirini ham kamaytiradi (crossialk, perekrestnыe novodki, chorraha yo‘nalishlar).
Tabiiyki, ekranlashtirilgan o‘ralgan juftlik, ekranlashtirilmagan juftlikka nisbatan
narxi ancha qimmat bo‘ladi, ulardan foydala-nilganda maxsus ekranlashtirilgan
ulovchi
moslamalardan
(razyom)
foydalanish
zarur.
Shuning
uchun
ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftlikka nisbatan ekranlashtirilgan o‘ralgan juftlik
kam uchraydi.
Ilmiybaza.uz
Yekranlashtirilmagan o‘ralgan juftlikning asosiy afzalligi kabel uchlariga
razyomlarni ulashning osonligi va shuningdek har qanday shikastlanishlarni
tamirlashning boshqa turdagi kabelga qaraganda qulayligidir. Qolgan hamma texnik
ko‘rsatgichlari boshqa turdagi kabellarga nisbatan yomon. Masalan, signalni
uzatishda berilgan so‘nish tezligi (kabeldan signal o‘tgan sari uning amplitudasini
kamayishi) bu kabellarda koaksial kabel ko‘rsatgichiga nisbatan katta. Agarda, kam
himoyalanganligini ham hisobga olsak, nima uchun o‘ralgan juftlik kabellarining
uzunligi kam bo‘lishi (100 metr atrofida) tushunarlidir. Hozirgi vaqtda o‘ralgan
juftliklardan 100 Mbit/s tezlikda axborot uzatish uchun ishlatilmoqda va uzatish
tezligini 1000 Mbit/s.ga yetkazish ustida ish olib borilmoqda. ekranlashtirilmagan
o‘ralgan juftli kabellaming (UPT) EIA/TIA 568 standartiga ko‘ra yetti toifasi mavjud:
• 1-toifadagi kabel — bu oddiy telefon kabeli (o‘ralmagan juft sim) bo‘lib, u orqali
faqat tovushni uzatish mumkin, axborotni emas. Bu turdagi kabel texnik
ko‘rsatgichlari katta chekinishlaridan iborat (to‘liq qarshiligi, o‘tkazish yo‘lagi,
chorraha yo‘nalishi);
• 2-toifadagi kabel—bu o‘ralgan juftlikdan iborat kabel bo‘lib, axborotni 1MGs.
gacha chastota oralig‘ida uzatish uchun mo‘ljallangan. Kabel chorraha yo‘nalishlar
darajasiga testlanmaydi. Hozirgi vaqtda juda kam ishlatiladi. EIA/TIA 568 standarti
1 va 2-toifadagi kabellarni ajratmagan;
• 3-toifadagi kabel — bu kabel axborotlarni 16 MGs.gacha chastota oraliqda
uzatishga mo‘ljallangan, o‘ralgan juftlikdan tashkil topgan bo‘lib, 1 metr uzunlikda
ikki sim bir-biriga 9 marotaba o‘ralgan, kabel hamma ko‘rsatgichlar bo‘yicha
testlanadi va 100 Om to‘lqin qarshilikka egadir. Mahalliy tarmoqlarga standart
tomonidan tavsiya qilingan eng oddiy kabel turi bo‘lib, hozirgi vaqtda ko‘p
tarqalgan;
• 4-toifadagi kabel — bu kabel axborotlarni 20 MGs.gacha chastota oraliqda
uzatishga mo‘ljallangan. Kam ishlatiladi, chunki ko‘rsatgichlari bo‘yicha 3-
toifadagi kabel ko‘rsatgichlaridan kam farqlanadi. Standart 3-toifadagi kabel
Ilmiybaza.uz
o‘rniga 5-toifadagi kabeldan foydalanishni tavsiya etadi. 4-toifadagi kabelni
hamma texnik ko‘rsatgichi bo‘yicha testlash mumkin va 100 Om to‘lqin qarshilikka
ega. IEEE 802.5 standartli tarmoqda foydalanish uchun yaratilgan kabeldir;
• 5-toifadagi kabel — bu hozirgi vaqtda eng mukammal kabel bo‘lib, 100 MGs
chastota oralig‘ida axborot uzatishga mo‘ljallangan. O‘ralgan juftliklardan tashkil
topgan, 1 metr uzunlikda 27 ta o‘ramdan kam emas (1 futga 8 ta o‘ram).
Kabelning hamma ko‘rsatgichlari testlanadi va 100 Om to‘lqin qarshilikka ega.
Hozirgi zamon yuqori tezlikda ishlovchi tarmoqlarda, yani Fast Ethernet va
TPFDDT foydalanish tavsiya etiladi. 5-toifadagi kabel 3-toifadagi kabelga nisbatan
taxminan 30—40 % qimmat;
• 6-toifadagi kabel — bu kabelni kelajagi yaxshi bo‘lib, 200 MGs.gacha chastota
oralig‘ida axborot uzatadi;
• 7-toifadagi kabel — bu kabelni kelajagi porloq va 600 MGs. gacha chastota
oralig‘da axborot uzatishi mumkin.
Koaksial kabellar
Koaksial kabel elektr toki o‘tkazuvchi kabel bo‘lib, tuzilishi 2.2-rasmda
ko‘rsatilgandek, markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bo‘lib,
metall sim toqmaga (ekran) o‘ralgan hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan
bo‘ladi.
Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko‘p tarqalgan kabellar edi, buning sababi
yuqori darajada himoyalanganligi (sim to‘qimasi - ekran mavjudligi), to‘qilgan
juftlikka qaraganda, axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s.gacha) yuqoriligi va katta
masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va undan ko‘proq kilometrga).
Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni mexanik ulanish orqali olish qiyinligi,
shuningdek, u tashqariga sezilarli darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi.
Biroq o‘ralgan juftli kabelga nisbatan koaksial kabelni taminlash va yig‘ish ishlarini
olib borish ancha murakkabdir, narxi ham qimmat (uning bahosi o‘ralgan juftli
Ilmiybaza.uz
kabellarga nisbatan 1,5—3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga razyomlar o‘rnatish
ham murakkab ishdir. Shuning uchun bu turdagi kabellarni o‘ralgan juftli kabellarga
qaraganda kam ishlatiladi.
Koaksial kabellar asosan «Shina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holda
kabel uchlariga signalni ichki aksiga qaytishni oldini olish uchun, albatta,
terminatorlar o‘rnatilishi va bu terminatodardan faqatgina bittasi yerga ulanishi
kerak. Yerga ulanmasa, kabeldagi sim to‘qimasi (ekran) tarmoqni tashqi
elektromagnit to‘siqlardan himoya qila olmaydi va tashqi muhitga uzatilayotgan
axborotni nurlanishini ham kamaytira olmaydi. Lekin kabeldagi sim to‘qimani ikki
va undan ko‘proq joyidan yerga ulangan taqdirda, tarmoqqa ulangan qurilmalar va
shuningdek, kompyuterlar ham ishdan chiqarishi mumkin. Terminatorlar, albatta,
kabel bilan moslangan bo‘lishi shart, yani ular qarshiligi kabelning to‘lqin
qarshiligiga teng bo‘lishi shart. Masalan, agarda 50 Om kabel ishlatilsa, unga mos
terminator faqat 50 Om. li bo‘lishi kerak. Koaksial kabellar kamroq «Yulduz» va
«Passiv yulduz» topologiyali tarmoqlarda ham foydalaniladi, masalan, Arcnet
tarmog‘i. Bu holda moslash muammosi keskin soddalashadi, chunki kabelning
ochiq qolgan uchlariga tashqi terminatorlar lozim bo‘lmay qoladi. Kabelni to‘lqin
qarshiligi haqidagi axborot har bir kabel o‘ram hujjatida keltiriladi. Ko‘pincha lokal
tarmoqlarda 50 Om.li (masalan, RG-62, RG-11) va 93 Omli kabellar (masalan, RG-
62) ishlatiladi.
Ilmiybaza.uz
Televizion texnikasida ko‘p tarqalgan 75 Om.li kabel lokal tarmoqlarda
ishlatilmaydi. Umuman, o‘ralgan juftli kabellar rusumiga qaraganda koaksial
kabellar rusumi ancha kam. Bu turdagi kabellardan kelajakda kam foydalaniladi.
Fast Ethernet tarmog‘ida kaoksial kabellardan foydalanish
rejalashlirilmaganligi ham, albatta, tasodif emas. Lekin ko‘pchilik hollarda «Shina»
topologiya («Passiv yulduz» emas) juda qulay. Yuqorida aytib o‘tilganidek,
qo‘shimcha qurilma - konsentratordan foydalanishning hojati yo‘q.
Koaksial kabellarning asosan ikki turi mavjud:
• ingichka (thin) kabel. diametri 0.5 sm atrofida, ancha yegiluvchan;
• yo‘g‘on (thick) kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu turdagi kabelni
zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib chiqarmoqda.
Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda yo‘g‘on kabellarga
nisbatan ko‘p ishlatiladi, chunki ularda signal so‘nishi ko‘proq. Lekin ingichka
kabel bilan ishlash ancha qulay, tez har bir kompyuterga o‘tkazish mumkin.
Yo‘g‘on kabelni xona devorlariga bir vaziyatda aniq mahkamlab qo‘yishni taqozo
qiladi. Ingichka kabelga BNS turidagi razyomni ulash qulay va qo‘shimcha moslama
talab qilinmaydi, lekin yo‘g‘on kabelga ulanish qimmat moslamalardan
foydalanishga to‘g‘ri keladi, chunki markaziy mis simga etish uchun qoplamalarni
teshib o‘ta olish hamda himoya sim to‘qima (ekran) bilan ham ulanish lozimdir.
Yo‘g‘on kabel ingichka kabelga nisbatan narxi ikki barobar qimmat. Shu sababli
ingichka kabellar ko‘p qo‘llaniladi.
Xuddi o‘ralgan juftli kabellar singari koaksial kabellarda ham tishqi qoplama turi
muhim ko‘rsatgich hisoblanadi. Xuddi shuningdek, bu vaziyatda ham non-plenum
(PVC) va shuningdek, plenum kabellari ishlatiladi. Tabiyki, teflonli kabel
polivinilxloridli kabelga nisbatan qimmat. Odatda, qoplama turini uning rangiga
qarab ajratish mumkin. (Masalan, Belden firmasining PVX kabellari uchun sariq
rang, teflon qoplama uchun qovoqrang.) Koaksial kabellarda signal tarqalishining
ushlanishi ingichka kabel uchun 5 ns/m.ni tashkil qilsa, yo‘g‘on kabel uchun 4,5
ns/m.ni tashkil qiladi.
Ilmiybaza.uz
Hozirgi vaqtda koaksial kabellar eskirib qolgan, deb hisoblanadi va ko‘pchilik
hollarda ularni to‘liq o‘ralgan juftli kabellar bilan yoki shisha tolali kabellar bilan
almashtirish mumkin. Kabel sistemalari uchun mo‘ljallangan yangi standartlarga
endi koaksial kabel turlari ro‘yxati kiritilmagan.
Shisha tolali kabellar
Shisha tolali kabel - bu yuqorida ko‘rib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan
farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali ko‘rinishda emas, yorig‘lik
ko‘rinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi - shaffof shisha tola
bo‘lib, u orqali yorug‘lik juda katta masofalarga (o‘nlab kilometrgacha) kam
(sezilarsiz) so‘nish bilan uzatiladi.
Shisha tolaning tuzilishi juda oddiy bo‘lib, u koaksial elektr kabel tuzilishiga
o‘xshash (2.3-rasm). Faqat markaziy mis sim o‘rniga bu kabel turida ingichka
(diametri 1-10 mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan, ichki himoya qoplama o‘rniga
esa, yorug‘likni shisha lola tashqarisiga tarqatmaydigan shisha yoki plastik qoplamadan
foydalanilgan.
Bu holda biz ikki modda chegarasidan har xil sinish koef-fitsientli to‘liq ichki
qaytish holatiga ega bo‘lamiz (shisha qopjamaning sinish koeffitsienti markaziy
tolaning sinish koef-fitsientiga nisbatan ancha kam). Kabelda sim to‘qma yo‘q,
chunki tashqi elektromagnit to‘siqlardan himoya kerak emas. Ammo bazi hollarda
tashqi mexanik tasirdan saqlash uchun sim to‘qima bilan o‘raladi. Bunday kabelni
bazi holda yuqori darajada himoyalangan (bronevoy) deb ham ataladi, u simli
to‘qima ichida bir necha shisha tolali kabellardan tashkil topgan hamda umumiy
PVX qoplamaga olingan bo‘lishi mumkin. Shisha tolali kabel to‘siqlardan
himoyalanish va uzatilayotgan axborotni sir bo‘lib qolish ko‘rsatgichlari yuqori
darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Hech qanday tashqi elektromagnit to‘siq nurli
signalni o‘zgartira olmaydi, signalni o‘zi esa, hech qanday elektromagnit
nurlanish hosil qilmaydi. Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni olish uchun
kabelga mexanik ulanish amalda mumkin emas, chunki bunday ulanish tufayli
Ilmiybaza.uz
kabelni butunligi buzilib ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Nazariy jihatdan bunday
kabelni signal o‘tkazish yo‘lagi 1012 Gs.gacha yetadi, boshqa turdagi elektr
kabellarga qaraganda, bu juda ham yuqori ko‘rsatgich. Shisha tolali kabel narxi yil
sayin arzonlashib, hozirgi vaqtda taxminan ingichka koaksial kabel narxi bilan
tenglashib qolgan. Biroq, bu holda maxsus qabul qiluvchi va uzatuvchi
qurilmalardan foydalanish kerak. Bu qurilmalar yorug‘lik signalini elektr signaliga
va teskariga o‘zgartirib berishi uchun xizmat qiladi. Bunday qurilmalar tarmoq
narxini sezilarli darajada oshirib yuboradi.
Mahalliy tarmoqlarda foydalaniladigan chastotada shisha toladagi signalning
so‘nishi, odatda, taxminan 5 dB/km tashkil qiladi, past chastolali elcktr kabel
ko‘rsatgichiga to‘g‘ri keladi. Shisha tolali kabelda signalni kabel orqali uzatish
chastotasi oshishi bilan signalni so‘nishi juda kam bo‘ladi. Yuqori chastotada
(ayniqsa, 200 MGs. dan yuqori) uning ustunligi shubhasiz va hech qaysi elektr
kabel turi raqobat qila olmaydi.
Lekin shisha tolali kabelning ham bazi bir kamchiligi mavjud. Ulardan eng
asosiysi -yig‘ish ishlarining murakkabligi. Razyomlarni o‘rnatishni mikron aniqlikda
amalga oshirish lozim, shisha tolani uzish aniqligi va uzilgan yuzani shaffoflash
aniqligidan razyomdagi signalning so‘nish ko‘rsatgichiga o‘ta bog‘liq. Razyomlarni
o‘rnatish uchun kavsharlanadi yoki maxsus gel yordamida yopishtiriladi. Gelning
yorig‘lik sinish koefiitsienti shisha tolaning yorig‘lik sinish koeffitsientiga teng
Ilmiybaza.uz
bo‘ladi. Har qanday holatda ham bu ishlami amalga oshirish uchun maxsus
moslamalar va yuqori malakali mutaxassislar kerak. Shuning uchun shisha tolali
kabellar turli uzunlikda va uchlariga kerakli turdagi razyom o‘rnatilgan holda
savdoga chiqariladi.
Shishatolali kabellarda signalni ikkinchi yo‘nalishga ham ayirish imkoni bo‘lsa
ham (buning uchun maxsus 2—8 kanallarga taqsimlovchi moslamalar ishlab
chiqariladi), odatda, bu kabellarni bir tomonga axborot uzatish uchun ishlatiladi. Yani
bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma oralig‘ida. Har qanday taqsimlanish,
oqibatda yorug‘lik signalini ilojsiz so‘nishga olib keladi va agarda, ko‘p kanalga
taqsimlanilsa, u holda yorug‘lik tarrnoq oxirigacha yetib bormasligi ham mumkin.
Yelektr kabeliga qaraganda, shisha tolali kabelning mustahkamligi va egiluvchanligi
kam (ruxsat etilgan egilish radiusi 10—20 sm atrofini tashkil etadi). Ionlashgan nurlanish
harn unga tez tasir qiladi, chunki shisha tola shaffofligi kamayib, signalning so‘nishi
oshib boradi. Haroratning keskin o‘zgarishiga ham sezgir, sababi, bunday o‘zgarish
tasirida shisha tola darz ketishi mumkin. Hozirgi vaqtda radiatsiyaga chidamli
shishadan optik kabellar ishlab chiqarilmoqda, tabiiyki, ularningnarxi qimmatdir.
Shisha tolali kabellar, shuningdek, mexanik tasirga ham sezgir (urilish, ultratovush) bu
holatni mikrofon effekti, deb ham yuritiladi. Bu tasirni kamaytiiish uchun yumshoq
tovush yutuvchi qobiqdan foydalaniladi.
Shisha tolali kabellarni faqat «Yulduz» va «Halqa» topologiyalarda qo‘llaniladi. Bu
holda hech qanday moslash va yerga ulash muammosi mavjucl emas. Kabel
tarmoq kompyuterlarini ideal ravishda galvanik ayirish holatini taminlaydi. ehtimol
kelajakda kabellami bu turi elektr kabellarni siqib chiqaradi yoki ko‘p qismini siqib
chiqaradi. Qitamizda mis zaxiralari kamayib borayapti, lekin shisha ishlab chiqarish
uchun xomashyo esa, zaruridan ortiq. Shisha tolali kabellarni ikki turi mavjud:
• ko‘p modli yoki multimodli kabel, ancha arzon, lekin sifati past;
• bir modli kabel, narxi ancha qimmat, lekin yaxshi texnik
ko‘rsatgichlarga ega.
Ilmiybaza.uz
Bu tur kabellarni asosiy farqi shuki, ularda yorug‘lik nuri turli tartibda o‘tadi. Bir
inodli kabellarda hamma nur bir xil yo‘ldan o‘tish natijasida ularning hammasi
qabul qilish qurilmasiga bir vaqtda yetib keladi va signalning tuzilishi o‘zgarmaydi.
Bir modli kabelning markaziy tola diametri 1,3 mkm atrofida bo‘lib, faqat 1,3
mkm to‘lqin uzunligidagi yorug‘likni uzatadi. Shuningdek, dispersiya va signalni
so‘nishi sezilarsiz darajadadir, bu esa, ko‘p modli kabeldan ko‘ra, ancha uzoq
masofaga signal uzatish imkonini beradi. Bir modli kabellar uchun lazerli uzatish va
qabul qilish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar faqat talab qilinadigan
to‘lqin uzunligidagi yorug"lik ishlatiladi. Bunday uzatish va qabul qilish qurilmalari
hozirda nisbatan qimmat va ko‘p ishlatishga chidamsiz. Kelajakda bir modli
kabellar o‘zining juda yaxshi ko‘rsatgichlari uchun asosiy kabel bo‘lib qolsa kerak.
Ko‘p modli kabelda yorug‘lik nurlarining yo‘llari sezilarli darajada farq qilgani
uchun kabelning qabul qilish tomonida signal ko‘rinishi o‘zgaradi. Markaziy tola
diametri 62,5 mkm, tashqi qoplama diametri esa, 125 mkm (bu bazida 62,5/125
ko‘rinishda belgilanadi). Uzatish uchun lazer emas, oddiy yorug‘lik diodi
(svetodiod) ishlatiladi, bu esa, uzatish va qabul qilish qurilmasini narxini
arzonlashtiradi hamda xizmat vaqtini bir modli kabelga nisbatan oshiradi. Ko‘p
modli kabelda yorug‘likni to‘lqin uzunligi 0,85 mkrn. ga teng. Kabelni ruxsat etilgan
uzunligi 2-5 km oralig‘ida bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ko‘p modli kabel turi shisha tolali
kabellar turining asosiysi, chunki ular arzon va topish ham oson.
Shisha lolali kabellarda signal tarqalishining ushlanishi elektr kabellardagi
ushlanishidan ko‘p farq qilmaydi. Ko‘p tarqalgan kabellarda ushlanish kattaligi 4—
5 ns/m atrofldagi qjymatini tashkil qiladi.
Kabelsiz aloqa
Kompyuter tarmoqlarida bazi hollarda kahel orqali ulash o‘rniga, shuningdek,
kabelsiz kanallardan ham foydalaniladi. Ularning asosiy afzalligi shundan iboratki,
hech qanday kabel yotqizishga hojat qolmaydi. Demak, devorlarni teshishga,
kabellarni mahkamlashga, folshpol ostidan o‘tkazishga yoki osma shipdan va
shamollatish yo‘llaridan kabellarni o‘tkazishning keragi yo‘q. Shuningdek,