SINF TAXTASIDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH METODIKASI
Reja:
1. Sinf taxtasida harflarning yozilishi
2. Sinf taxtasining satndarti
3. Sinf taxtasidan samarali foydalanish
Sinf taxtasi yozuvning aniq va chiroyli bo’lishiga asosiy rol o’ynaydi.
Shuning uchun har bir maktab yuqori sifatli sinf taxtalari (doskalar) bilan
ta’minlangan bo’lishi shart.
Sinf taxtasida o’quvchilar uchun yozilgan har bir yozuv aniq va chiroyli
bo’lishi lozim. O’quvchilar sinf taxtasiga yozishni yaxshi ko’radilar, shuning
uchun ular vaqt-vaqti bilan doskaga chiqarib turiladi. Ular sinf taxtasiga
yozayotganda harf va uning unsurlarini to’g’ri yozishga harakat qiladilar,
chunki sinfdagi o’rtoqlari ularning yozuvini kuzatib turadilar. Lekin ayrim
maktab o’quvchilari sinf taxtasining to’g’ri kelgan eridan yoza beradilar,
yozuvlari ham bir tekis chiqmaydi. Bunday kamchiliklarning bo’lmasligi
uchun har bir o’qituvchi yomon yozadigan o’quvchilarning qo’llaridan ushlab
daftarga o’xshab sinf taxtasida ham yozish qoidalarini o’rgatib borishi lozim.
Sinf taxtasiga yozilgan har bir harf o’quvchilarga aniq ko’rinib turishi lozim.
Sinf taxtasining yuzi tekis bo’lib, juda silliq ham bo’lmasligi lozim, aks
holda, bo’r sirg’anib ketaveradi. Sinf taxtasini ikki turga bo’lish mumkin: biri-
doim devorga osig’lik turadigan, ikkinchisi vertikal o’q atrofida aylanadigan
sinf taxtasi. Bunday sinf taxtasining qulay tomoni shundaki, uni tushayotgan
yoruqqa qarab burish mumkin bo’ladi. Bulardan tashqari, maktabda bir necha
ko’chma sinf taxtasi ham bo’lishi kerak (2- rasm).
2- rasm
Vertikal o’q atrofida aylanadigan doskaning uzunligi 1,65 m, balandligi
esa 1,13 m ga tengdir. Bunday sinf taxtasidan ikki smenali maktablarda
foydalanish mumkin. Kataklarga ajratilgan sinf taxtasi yuqori sinf
o’quvchilari uchun qulay emas, shuning uchun sinf taxtasining orqasidan
(tekis tomonidan) foydalaniladi. Boshlang’ich sinflarda vertikal o’q atrofida
aylanadigan sinf taxtasidan foydaniladi (uning bir tomoniga daftarning
kataklari chizilgan, ikkinchi tomoni esa rasm darslari uchun mo’ljallangan
bo’ladi).
Devorga o’rnatilgan sinf taxtasining qulay tomoni shundaki, u kam joy
oladi.
Sinf taxtasi linoliumdan yoki taxtadan yasalishi mumkin. Linoliumdan
yasalgan sinf taxtasi sifatli hisoblanadi, chunki taxtadan yasalgan sinf taxtalari
har yili bo’yab turiladi. Natijada bo’yoqlar qatlami hosil bo’lib, sinf taxtasiga
yozish vaqtida bo’r sirg’anib ketaveradi.
Sinf taxtasi qoida bo’yicha eniga 1200 mm, uzunligi 3000 mm bo’lishi
lozim (3- rasm).
3- rasm
Sinf taxtasi chetiga raqamlar tortilgan, pastki qismida esa bo’r va latta
qo’yadigan joy bo’lishi lozim.
Sinf taxtasidagi yozuv o’quvchilarga yaxshi ko’rinib turishi uchun unda
har xil egri-bugri yo’llar, tirnalgan chiziqlar bo’lmasligi va u har bir sinf
o’quvchilarining yoshiga moslab osib qo’yilgan bo’lishi kerak. Boshlang’ich
sinf o’quvchilari uchun poldan 85 sm, 5- 10- sinf o’quvchilari uchun esa 95
sm yuqoriga o’rnatilgan bo’lishi lozim. O’quvchilarga yozuvlarni yanada
yaqqolroq ko’rsatish uchun sinf taxtasini balandroq qo’yish ham mumkin.
Ammo bunda sinf taxtasining uzunligi bilan teng bo’lgan taxta qo’yilishi
lozim (4- rasm).
4- rasm
Sinf taxtasining ostiga bo’r maydalarining to’kilmasligi uchun pastki
ramkaning ustiga eni 5-6 sm li taxtacha o’rnatilishi, chap tomoniga esa bo’r
turishi uchun quticha mahkamlanishi maqsadga muvofiqdir.
Sinf taxtasi devorning o’rtasiga o’rnatilgan bo’lib, yorug’ chap
tomondan tushib turishi kerak.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’qiydigan darsxonalardagi sinf taxtalari
yozuv darslari uchun moslashtirilib, kataklarga ajratilgan bo’lishi,
yozayotganda qimirlamasligi lozim. Agar sinf doskasi qora rangda bo’lsa,
havo rang bo’yoq bilan, agar doska jigar rang linoliumdan qilingan bo’lsa,
qora bo’yoq bilan kataklar chiziladi. Sinf taxtasiga kataklar chizish vaqtida,
albatta moyli bo’yoqdan foydalanish kerak.
Sinf taxtasidagi chiziqlar o’quvchilarning daftarlaridagi chiziqlardan
o’n marta katta bo’lishi kerak. Sinf taxtasi kataklarga ajratilmagan bo’lsa,
o’qituvchi husnixat mashqlarining boshlanishidan oldin doskani chizib
tayyorlab qo’yishi kerak. Buning uchun o’qituvchi chizg’ich va
uchburchakdan foydalanib, kataklarni quyidagi tartibda chizishi mumkin (5-
rasm).
5- rasm
Doskadagi chiziqlar yo’g’on-ingchka bo’lmay bir tekisda bo’lishi zarur.
Devorga o’rnatilgan doskadan samarali foydalanish maqsadida uni uch
qismga bo’lib, bir qismiga o’sha sinfning o’ziga mos chiziqli daftarning
kataklari chiziladi, o’rtada esa rasm darsi uchun joy qoldiriladi, o’rtadagi
bo’sh joyning yoniga matematika darsi uchun kataklar chiziladi (6- rasm).