Sinfda o‘qish darslarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati va vazifalari. O‘qish malakasi haqida tushuncha. O‘qish malakalarining sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish.

Yuklangan vaqt

2025-02-02

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

24,5 KB


 
 
 
 
 
 
 
Sinfda o‘qish darslarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati va vazifalari. O‘qish 
malakasi haqida tushuncha. O‘qish malakalarining sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, 
ifodali o‘qish. 
 
Mashg‘ulot rejasi: 
1. O‘qish darslarining maqsad va vazifalari, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.  
2. O‘qish darslarida qo‘llaniladigan metodlar. 
3. O‘qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari. 
4. Yaxshi o‘qish malakasining sifatlari va ularni takomillashtirish yo‘llari. 
5. Yaxshi o‘qish malakasi sifatlarini egallashning ta’limiy va ma’naviy 
ahamiyati. 
 
 
                                 SINFDA O‘QISH METODIKASI 
O‘qish darslarining maqsad va vazifalari, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati 
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga 
ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va 
axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar 
ta’limini o‘qish ta’limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk 
bor o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta’lim 
standarti (DTS) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv-biluv 
ko‘nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l ochiladi. Aynan o‘qish 
ta’limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa, olamni anglashga bo‘lgan 
intilishlariga turtki beriladi. 
Shu maqsadda ``O‘qish kitobi`` darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab 
turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, 
Sinfda o‘qish darslarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati va vazifalari. O‘qish malakasi haqida tushuncha. O‘qish malakalarining sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish. Mashg‘ulot rejasi: 1. O‘qish darslarining maqsad va vazifalari, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati. 2. O‘qish darslarida qo‘llaniladigan metodlar. 3. O‘qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari. 4. Yaxshi o‘qish malakasining sifatlari va ularni takomillashtirish yo‘llari. 5. Yaxshi o‘qish malakasi sifatlarini egallashning ta’limiy va ma’naviy ahamiyati. SINFDA O‘QISH METODIKASI O‘qish darslarining maqsad va vazifalari, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o‘qish ta’limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta’lim standarti (DTS) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv-biluv ko‘nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l ochiladi. Aynan o‘qish ta’limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa, olamni anglashga bo‘lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda ``O‘qish kitobi`` darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti,  
 
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va tinchlik 
kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan badiiy, 
axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. 
O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va gaplar 
bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, 
o‘qish texnikasi egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan 
badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. 
Boshlang‘ich sinf ,,O‘qish kitobi" darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular 
o‘quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini 
milliy istiqlol mafkurasi asosida to‘g‘ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. 
Shunga 
ko‘ra, 
o‘qish 
darslarining 
yetakchi 
xususiyati 
o‘quvchilarning 
savodxonligini ta’minlash bilan birga, o‘quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak 
axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. 
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘rganiladigan asarlarning mavzu 
doirasi ancha keng bo‘lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og‘zaki ijodi, mehnatga 
muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy 
mavzular doirasida birlashtirilgan. 
O‘qish darslari uchun tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayot, 
mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo‘yicha ham bilim va tarbiya 
berishni ko‘zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi 
mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko‘zlangan maqsad o‘zlikni anglash, 
istiqlol, vatan va tabiat bilan bog‘liq tuyg‘ularni uyg‘otishdir. 
Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi mavzular o‘qish 
darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo‘lib, jumladan 
2-sinf ,,O‘qish kitobi"dagi ”Ona yurtim – oltin beshigim” bo‘limidagi 
”Vatanjonim, vatanim”(Po‘lat Mo‘min), ”Vatan” (Bolalar ensiklopediyasi), ”Biz 
vatanning ertasi” (Muqim Qodir), ”Ozod vatan – obod vatan” (Normurod 
Narzullayev), ,,O‘zbekistonim" (Anvar Obidjon), ”She’rim senga vatanim" (Quddus 
Muhammadiy), ,,Vatanning hajmi qancha?" (Hamza Imonberdiyev);  
3-sinfda ”Biz buyuk yurt farzandlarimiz" bo‘limidagi ,,Vatan madhi" (Orif 
To‘xtash), ,,Yurtim jamoli" (Dilshod Rajab), ,,Yangi uy" (Hamidullo Murodov), 
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o‘qish texnikasi egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. Boshlang‘ich sinf ,,O‘qish kitobi" darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o‘quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to‘g‘ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko‘ra, o‘qish darslarining yetakchi xususiyati o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash bilan birga, o‘quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og‘zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. O‘qish darslari uchun tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo‘yicha ham bilim va tarbiya berishni ko‘zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko‘zlangan maqsad o‘zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog‘liq tuyg‘ularni uyg‘otishdir. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi mavzular o‘qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo‘lib, jumladan 2-sinf ,,O‘qish kitobi"dagi ”Ona yurtim – oltin beshigim” bo‘limidagi ”Vatanjonim, vatanim”(Po‘lat Mo‘min), ”Vatan” (Bolalar ensiklopediyasi), ”Biz vatanning ertasi” (Muqim Qodir), ”Ozod vatan – obod vatan” (Normurod Narzullayev), ,,O‘zbekistonim" (Anvar Obidjon), ”She’rim senga vatanim" (Quddus Muhammadiy), ,,Vatanning hajmi qancha?" (Hamza Imonberdiyev); 3-sinfda ”Biz buyuk yurt farzandlarimiz" bo‘limidagi ,,Vatan madhi" (Orif To‘xtash), ,,Yurtim jamoli" (Dilshod Rajab), ,,Yangi uy" (Hamidullo Murodov),  
 
,,Vatan desam..." (Ulug‘bek Hamdam), ”Opa-singil daryolar” (Go‘zal Begim), 
”Vatanni tanish” (Muhabbat Hamidova); 
4-sinfda ,,Istiqlolim - istiqbolim" bo‘limidagi  ”Mangulikka tatigulik kun” 
(Safar Barnoyev), ,,Iqboli buyuksan" (A.Oripov), ,,Istiqlol bolalari" (Dilsgod Rajab); 
”O‘zbekiston – vatanim manim” bo‘limidagi ”Serquyosh o‘lka” (Zafar Diyor), 
”Xarita” (Normurod Norqobil), ”Mardlik va aql yorug‘ligi” (Miraziz A’zam), 
”Kichik vatan” (Ashurali Jo‘rayev), ”Gulg‘unchalarmiz” (Muhiddin Omon) kabi 
asarlar 
misolida 
o‘quvchilar 
qalbida 
Ona 
Vatanga 
muhabbat 
tuyg‘usi 
shakllantiriladi. 
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, 
mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy 
sanalar to‘g‘risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, 
Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi 
asarlar o‘quvchilarni faqat o‘tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi 
farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda 
Vatanga muhabbat tuyg‘usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o‘tmishi haqida 
hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar 
o‘tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar, jamiyat taraqqiyoti 
xususida qisqacha bo‘lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy 
istiqlol bilan bog‘liq H. Imonberdiyevning ,,Vatanning hajmi qancha?"(2-sinf), A. 
Rustamovning ,,Bayroq nima?", A. Obidjonning ,,O‘ktam avlod" (3-sinf), 
S.Barnoyevning ,,Mangulikka tatigulik kun", E.Malikovning ,,Assalom, Neksiya!" 
(4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi. 
Tabiatga oid mavzular yordamida o‘quvchilar tabiatdagi o‘zgarishlar, yil 
fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday 
mavzudagi asarlar o‘quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan 
to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi. 
Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag‘riga sayohat 
uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o‘rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili 
vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar 
namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. 
,,Vatan desam..." (Ulug‘bek Hamdam), ”Opa-singil daryolar” (Go‘zal Begim), ”Vatanni tanish” (Muhabbat Hamidova); 4-sinfda ,,Istiqlolim - istiqbolim" bo‘limidagi ”Mangulikka tatigulik kun” (Safar Barnoyev), ,,Iqboli buyuksan" (A.Oripov), ,,Istiqlol bolalari" (Dilsgod Rajab); ”O‘zbekiston – vatanim manim” bo‘limidagi ”Serquyosh o‘lka” (Zafar Diyor), ”Xarita” (Normurod Norqobil), ”Mardlik va aql yorug‘ligi” (Miraziz A’zam), ”Kichik vatan” (Ashurali Jo‘rayev), ”Gulg‘unchalarmiz” (Muhiddin Omon) kabi asarlar misolida o‘quvchilar qalbida Ona Vatanga muhabbat tuyg‘usi shakllantiriladi. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to‘g‘risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o‘quvchilarni faqat o‘tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuyg‘usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o‘tmishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo‘lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog‘liq H. Imonberdiyevning ,,Vatanning hajmi qancha?"(2-sinf), A. Rustamovning ,,Bayroq nima?", A. Obidjonning ,,O‘ktam avlod" (3-sinf), S.Barnoyevning ,,Mangulikka tatigulik kun", E.Malikovning ,,Assalom, Neksiya!" (4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi. Tabiatga oid mavzular yordamida o‘quvchilar tabiatdagi o‘zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar o‘quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi. Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag‘riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o‘rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.  
 
Umuman, ”O‘qish kitobi” darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga 
ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug‘atini boyitishga, og‘zaki va yozma 
nutqini to‘g‘ri shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga ham qaratiladi. 
Amaldagi ,,O‘qish kitobi" darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o‘tgan 
sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. 
Masalan, 1-sinfda o‘rgatiladigan „Ajdodlarimiz — faxrimiz", ,,Ilm — aql chirog‘i", 
,,Zumrad bahor", ,,Kumush qish” kabi mavzular 2—4-sinflarda ham davom 
ettirilgan. Bu esa o‘quvchilarning oldingi bilimlarini to‘ldiradi va boyitadi. 
Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o‘laroq, boshlang‘ich 
sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalarini shakllantirish, asar 
matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi 
matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-axloqiy, adabiy-estelik tarbiya bilan 
chambarchas bog‘lab olib boriladi. 
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-
barangligiga, poetik mukammalligiga, o‘quvchilarning bilim darajasi va yosh 
xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi. 
O‘quvchilar darsliklar yordamida o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma va 
malakalarining kelajak hayotda zarur bo‘lishini tushunib yetishishlariga erishish 
o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. 
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha DTS va ,,Ona tili" o‘quv dasturida o‘qish ta’limi 
oldiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o‘qishni to‘g‘ri tashkil qilish, 
o‘qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg‘or pedagogik 
texnologiyalardan o‘rinli foydala-nishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. 
Umuman olganda, o‘qish darslari oldiga qo‘yiladigan didaktik vazifalar 
quyidagilardan iborat: 
1. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qishlarini 
shakllantirish. 
2. O‘quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga 
o‘rgatish, kitobga muhabbat uyg‘otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza 
yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish. 
3. O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish 
hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. 
Umuman, ”O‘qish kitobi” darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug‘atini boyitishga, og‘zaki va yozma nutqini to‘g‘ri shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga ham qaratiladi. Amaldagi ,,O‘qish kitobi" darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o‘tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda o‘rgatiladigan „Ajdodlarimiz — faxrimiz", ,,Ilm — aql chirog‘i", ,,Zumrad bahor", ,,Kumush qish” kabi mavzular 2—4-sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o‘quvchilarning oldingi bilimlarini to‘ldiradi va boyitadi. Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o‘laroq, boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-axloqiy, adabiy-estelik tarbiya bilan chambarchas bog‘lab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang- barangligiga, poetik mukammalligiga, o‘quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar darsliklar yordamida o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo‘lishini tushunib yetishishlariga erishish o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha DTS va ,,Ona tili" o‘quv dasturida o‘qish ta’limi oldiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o‘qishni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan o‘rinli foydala-nishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Umuman olganda, o‘qish darslari oldiga qo‘yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat: 1. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qishlarini shakllantirish. 2. O‘quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o‘rgatish, kitobga muhabbat uyg‘otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish. 3. O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.  
 
4. O‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida 
tarbiyalash. 
5. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini va adabiy-estetik tafak-kurini o‘stirish. 
6. O‘quvchilarning xayolot olamini boyitish. 
7. Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish. 
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy 
metodik usullari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy o‘qitish usullari bilan boyitib 
borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o‘zaro bog‘liq holda va sinfdan tashqari 
o‘qish mashg‘ulotlari jarayonida hal qilinadi. 
2.O‘qish darslarida qo‘llaniladigan metodlar 
,,Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"da ta’lim berishning ilg‘or pedagogik 
texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy 
o‘rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan. 
Ilg‘or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o‘qituvchi va o‘quvchi 
faoliyati doirasini aniq belgilab beradi. 
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘qish faoliyati barcha predmet 
darslarida amalga oshiriladi. Lekin o‘qishga o‘rgatish yo‘l-yo‘riqlarini o‘qish 
metodikasi ishlab chiqadi. O‘qish metodikasi kichik yoshdagi O‘quvchilarning 
umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida 
takomillashtirilib boriladi. 
O‘qish darslarining samaradorligi ko‘p jihatdan ta’lim metodlarining to‘g‘ri 
tanlanishiga bog‘liq. Binobarin, fanning o‘zi kabi o‘qitish metodlari ham doimiy 
rivojlanishda bo‘ladi. Masalan, eski maktablarda o‘qish quruq yod olish metodi 
asosida o‘rgatilgan bo‘lsa, hozir izohli o‘qish asosida olib boriladi. Yod olish 
metodida matndagi so‘zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o‘qilganni 
qayta hikoyalashga, umuman olganda, o‘qishning ongli bo‘lishiga mutlaqo e’tibor 
berilmagan. Ularda ko‘proq to‘g‘ri talaffuz, qiroat bilan o‘qish, ifodali o‘qish 
nazarda tutilgan. 
Hozir maktablarda o‘qish izohli o‘qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, 
quyidagicha savol tug‘iladi: Izohli o‘qish nima? 
4. O‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash. 5. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini va adabiy-estetik tafak-kurini o‘stirish. 6. O‘quvchilarning xayolot olamini boyitish. 7. Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy o‘qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o‘zaro bog‘liq holda va sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari jarayonida hal qilinadi. 2.O‘qish darslarida qo‘llaniladigan metodlar ,,Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"da ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o‘rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan. Ilg‘or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o‘qishga o‘rgatish yo‘l-yo‘riqlarini o‘qish metodikasi ishlab chiqadi. O‘qish metodikasi kichik yoshdagi O‘quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. O‘qish darslarining samaradorligi ko‘p jihatdan ta’lim metodlarining to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Binobarin, fanning o‘zi kabi o‘qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo‘ladi. Masalan, eski maktablarda o‘qish quruq yod olish metodi asosida o‘rgatilgan bo‘lsa, hozir izohli o‘qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so‘zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o‘qilganni qayta hikoyalashga, umuman olganda, o‘qishning ongli bo‘lishiga mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko‘proq to‘g‘ri talaffuz, qiroat bilan o‘qish, ifodali o‘qish nazarda tutilgan. Hozir maktablarda o‘qish izohli o‘qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug‘iladi: Izohli o‘qish nima?  
 
Izohli o‘qishga XIX asrning 60—70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy 
asos solgan, u o‘qishda O‘quvchilarni ,,ongli, tushunib, o‘ylab o‘qishga" o‘rgatishni 
alohida ta’kidlaydi va uni ,,Izohli o‘qish" deb nomlaydi. 
Izohli o‘qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar 
kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o‘qish o‘quvchilarga real bilim berish vositasi 
desa, Vodovozov va Bunakov o‘quvchilarga o‘qish jarayonida bilim badiiy asar 
tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog‘liq holda beriladi, degan fikrni ilgari 
suradilar. 
Professor Asqar Zunnunov o‘qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib, 
O‘quvchilarning oldin bilimlarni o‘zlashtihshiga, so‘ng yod olishlariga e’tibor 
berilishi ta’lim jarayonida izohli o‘qish deb nomlanganini ta’kidlaydi. 
Demak, izohli o‘qish deb o‘ylashga, his qilishga, asarni to‘liq idrok qilishga, 
o‘qilganning mazmunini o‘zlashtirishga olib keladigan o‘qishga aytiladi. Izohli 
o‘qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari 
surayotgan g‘oyani anglashni ta’minlaydi. 
Izohli o‘qish quyidagi tamoyillarga to‘liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli 
bo‘ladi: 
1. O‘qishni hayot bilan bog‘liq holda tashkil etish. 
2. O‘qishning ongli va ta’sirchan bo‘lishi uchun O‘quvchilarning hayotiy 
tajribalariga, taassurotlariga asoslanish. 
3. O‘qishni ko‘rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar 
uyushtirish, hayvonot olami va o‘simliklar dunyosini ku-zatish, rasmlar, jadvallar, 
predmetlar bilari tanishtirish hamda matnni o‘quvchining ifodali o‘qishi tarzida olib 
borish. 
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida asosan she’rlar, masallar, ertaklar, 
hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o‘qib 
o‘rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri o‘ziga xos shakl, uslub va mazmunda 
yaratiladi. Shuning. uchun ham har bir janrga mansub asaflarni o‘ziga xos usulda 
o‘qib o‘rganish taqozo qilinadi. 
Badiiy asarni izohli o‘qishga yaqin bo‘lgan metodlardan biri ijodiy o‘qishdir. 
Atoqli melodist olim N.I.Kudryashov ijodiy o‘qish metodi tarkibiga quyidagi ish 
usullarini kiritadi: 
Izohli o‘qishga XIX asrning 60—70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos solgan, u o‘qishda O‘quvchilarni ,,ongli, tushunib, o‘ylab o‘qishga" o‘rgatishni alohida ta’kidlaydi va uni ,,Izohli o‘qish" deb nomlaydi. Izohli o‘qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o‘qish o‘quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o‘quvchilarga o‘qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog‘liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar. Professor Asqar Zunnunov o‘qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib, O‘quvchilarning oldin bilimlarni o‘zlashtihshiga, so‘ng yod olishlariga e’tibor berilishi ta’lim jarayonida izohli o‘qish deb nomlanganini ta’kidlaydi. Demak, izohli o‘qish deb o‘ylashga, his qilishga, asarni to‘liq idrok qilishga, o‘qilganning mazmunini o‘zlashtirishga olib keladigan o‘qishga aytiladi. Izohli o‘qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g‘oyani anglashni ta’minlaydi. Izohli o‘qish quyidagi tamoyillarga to‘liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli bo‘ladi: 1. O‘qishni hayot bilan bog‘liq holda tashkil etish. 2. O‘qishning ongli va ta’sirchan bo‘lishi uchun O‘quvchilarning hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish. 3. O‘qishni ko‘rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o‘simliklar dunyosini ku-zatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilari tanishtirish hamda matnni o‘quvchining ifodali o‘qishi tarzida olib borish. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida asosan she’rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o‘qib o‘rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri o‘ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning. uchun ham har bir janrga mansub asaflarni o‘ziga xos usulda o‘qib o‘rganish taqozo qilinadi. Badiiy asarni izohli o‘qishga yaqin bo‘lgan metodlardan biri ijodiy o‘qishdir. Atoqli melodist olim N.I.Kudryashov ijodiy o‘qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi:  
 
a) o‘qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o‘qishi hamda o‘quvchilarning 
asarni to‘g‘ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emotsional idrok etishlarini 
ta’minlash maqsadini ko‘zda tutuvchi so‘zi; 
b) 
o‘qilgan 
asardan 
o‘quvchilarning 
bevosita 
olgan 
taassurotlarini 
chuqurlashtirish maqsadiga ega bo‘lgan va ularning diqqatini matnning muhim 
g‘oyaviy va badiiy xususiyatlari sari yo‘naltiradigan suhbat uyushtirish yoki o‘qilgan 
asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning qo‘yilishi; 
d) o‘qituvchining asar o‘qilganidan keyin o‘quvchilarning asarni tadqiq etish 
jarayonida tug‘ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko‘zda tutuvchi 
so‘zi. 
Ko‘rinadiki, ijodiy o‘qish izohli o‘qishdan farqli o‘laroq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan, 4-sinfda A. 
Oripovning ,,Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi" asarini ijodiy o‘qish metodi 
asosida o‘rganish jarayonida matn mazmuni va shoir g‘oyaviy niyatidan kelib chiqib 
Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bog‘liq milliy xususiyatlar 
haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda ,,O‘tinchi yigit", 3-sinfda O‘tkir 
Hoshimovning ,,Xazonchinak", 4-sinfda S. Anorboyevning ,,Qo‘rqoq" asarlarini 
ham ijodiy o‘qish metodi asosida o‘qitish ijobiy samaralar beradi. 
Ifodali o‘qish. Boshlang‘ich ta’lim tizimida mantiqiy o‘qish (matnni to‘g‘ri, 
tushunib, tez (me’yorida) o‘qish) va adabiy o‘qish mukammal o‘zlashtirilganidan 
so‘ng ifodali o‘qishga o‘tiladi. U yod olingan she’riy asarlarni ifodali o‘qishni ham 
o‘z ichiga oladi. Ifodali o‘qishning mu-vaffaqiyati o‘quvchilarning asar mazmuni, 
g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida muayyan tushunchaga ega bo‘lishi bilan 
bog‘liq. 
Ohang va intonatsiya she’riy asarlarni ifodali o‘qishda qay dara-jada muhim 
bo‘lsa, nasriy asarlarni o‘qishda ham muhim talablardan biridir. 
Nasriy asarlarni ifodali o‘qishdan oldin unda qanday g‘oya ilgari 
surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X.To‘xtaboyevning ,,Xatosini 
tushungan bola" hikoyasini ifodali o‘qishdan oldin o‘quvchilarga xatosini tushungan 
bola kirn ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo‘lganligi, maqtanchoqlikning 
illat ekanligi to‘g‘risida tushuncha beriladi. 
a) o‘qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o‘qishi hamda o‘quvchilarning asarni to‘g‘ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emotsional idrok etishlarini ta’minlash maqsadini ko‘zda tutuvchi so‘zi; b) o‘qilgan asardan o‘quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadiga ega bo‘lgan va ularning diqqatini matnning muhim g‘oyaviy va badiiy xususiyatlari sari yo‘naltiradigan suhbat uyushtirish yoki o‘qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning qo‘yilishi; d) o‘qituvchining asar o‘qilganidan keyin o‘quvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida tug‘ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko‘zda tutuvchi so‘zi. Ko‘rinadiki, ijodiy o‘qish izohli o‘qishdan farqli o‘laroq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan, 4-sinfda A. Oripovning ,,Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi" asarini ijodiy o‘qish metodi asosida o‘rganish jarayonida matn mazmuni va shoir g‘oyaviy niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bog‘liq milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda ,,O‘tinchi yigit", 3-sinfda O‘tkir Hoshimovning ,,Xazonchinak", 4-sinfda S. Anorboyevning ,,Qo‘rqoq" asarlarini ham ijodiy o‘qish metodi asosida o‘qitish ijobiy samaralar beradi. Ifodali o‘qish. Boshlang‘ich ta’lim tizimida mantiqiy o‘qish (matnni to‘g‘ri, tushunib, tez (me’yorida) o‘qish) va adabiy o‘qish mukammal o‘zlashtirilganidan so‘ng ifodali o‘qishga o‘tiladi. U yod olingan she’riy asarlarni ifodali o‘qishni ham o‘z ichiga oladi. Ifodali o‘qishning mu-vaffaqiyati o‘quvchilarning asar mazmuni, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida muayyan tushunchaga ega bo‘lishi bilan bog‘liq. Ohang va intonatsiya she’riy asarlarni ifodali o‘qishda qay dara-jada muhim bo‘lsa, nasriy asarlarni o‘qishda ham muhim talablardan biridir. Nasriy asarlarni ifodali o‘qishdan oldin unda qanday g‘oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X.To‘xtaboyevning ,,Xatosini tushungan bola" hikoyasini ifodali o‘qishdan oldin o‘quvchilarga xatosini tushungan bola kirn ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo‘lganligi, maqtanchoqlikning illat ekanligi to‘g‘risida tushuncha beriladi.  
 
Ifodali o‘qish oldiga qo‘yilgan bu talab M.Abdurashidxonovning ,,Har kirn 
ekkanin o‘rar", Sh. Sa’dullaning ,,Laqma it", A. Oripovning ,,Dehqonbobo va o‘n 
uch bolakay qissasi" kabi she’riy hikoyalarini o‘qishga ham xosdir. 
Badiiy o‘qish. Badiiy o‘qish ifodali o‘qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. 
Unda so‘z san’atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o‘quvchidan asar 
ruhiga batamom kirishni, san’atkorona o‘qishni talab etadi. Badiiy o‘qishda asar 
qahramonlarining ruhiy holati, ke-chinmalari to‘la 
anglab etilgandagina 
ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o‘qishga tayyorgarlik ko‘rishda 
aktyorlarning audio-video tas-malarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi 
samara beradi. 
Badiiy o‘qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri tanlab 
o‘qishdir. Masalan, 3-sinfda X.To‘xtaboyevning ,,Hassa" hikoyasi bilan tanishish 
jarayonida 
Qobil boboning savollariga 
Shavkat-ning javoblari yoki S. 
Anorboyevning ,,Bahs" hikoyasidagi bolalarning bahslashish epizodi yuzasidan 
o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra mazkur o‘rinlarni tanlab qayta o‘qilishi natijasida 
ushbu asarlarning badiiy-estetik qimmatini chuqurroq o‘zlashtirishga erishiladi. 
Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o‘quvchilarga 
savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo‘llaniladigan 
usuldir. 
O‘qish darslarida reproduktiv metod keng qo‘llaniladi. Masalan, o‘qituvchi 
dastlabki darslarda o‘zi asar matnini qismlarga bo‘ladi, yozuvchi yoki shoirning 
aytmoqchi bo‘lgan muhim fikriga o‘quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab 
ko‘rsatadi, o‘quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib, 
o‘quvchilarga ko‘maklashadi. Bularning bari o‘quvchilar uchun bir ko‘rsatma 
vazifasini o‘taydi. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘qituvchining ko‘rsatmalari 
yprdamida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni o‘zlari mustaqil ravishda 
bajaradilar. 
Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang‘ich sinf o‘qish 
darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan ,,Aqliy hujum", 
,,Tarmoqlash", ,,Guruhlar bilan ishlash", ,,Blistexnologiyasi" kabilardan ham 
foydalanish yaxshi samara beradi. 
Ifodali o‘qish oldiga qo‘yilgan bu talab M.Abdurashidxonovning ,,Har kirn ekkanin o‘rar", Sh. Sa’dullaning ,,Laqma it", A. Oripovning ,,Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi" kabi she’riy hikoyalarini o‘qishga ham xosdir. Badiiy o‘qish. Badiiy o‘qish ifodali o‘qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so‘z san’atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o‘quvchidan asar ruhiga batamom kirishni, san’atkorona o‘qishni talab etadi. Badiiy o‘qishda asar qahramonlarining ruhiy holati, ke-chinmalari to‘la anglab etilgandagina ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o‘qishga tayyorgarlik ko‘rishda aktyorlarning audio-video tas-malarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Badiiy o‘qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri tanlab o‘qishdir. Masalan, 3-sinfda X.To‘xtaboyevning ,,Hassa" hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga Shavkat-ning javoblari yoki S. Anorboyevning ,,Bahs" hikoyasidagi bolalarning bahslashish epizodi yuzasidan o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra mazkur o‘rinlarni tanlab qayta o‘qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy-estetik qimmatini chuqurroq o‘zlashtirishga erishiladi. Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o‘quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo‘llaniladigan usuldir. O‘qish darslarida reproduktiv metod keng qo‘llaniladi. Masalan, o‘qituvchi dastlabki darslarda o‘zi asar matnini qismlarga bo‘ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo‘lgan muhim fikriga o‘quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko‘rsatadi, o‘quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib, o‘quvchilarga ko‘maklashadi. Bularning bari o‘quvchilar uchun bir ko‘rsatma vazifasini o‘taydi. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘qituvchining ko‘rsatmalari yprdamida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni o‘zlari mustaqil ravishda bajaradilar. Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan ,,Aqliy hujum", ,,Tarmoqlash", ,,Guruhlar bilan ishlash", ,,Blistexnologiyasi" kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.  
 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, 
darsda qanday usullarni qo‘llash o‘qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va 
puxta ishlab chiqilishi kerak. 
 
Adabiyotlar: 
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. 
Ona 
tili 
o‘qitish 
metodikasi. 
-T.: 
Nos’hir, 
2009. 
- 
163 
b. 
2. 
G‘ulomova 
X., 
Yo‘ldosheva 
Sh., 
Mamatova 
G., 
Boqiyeva 
H., 
Masharipova U., Sattorova X. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. -T.: TDPU, 
2013. - 70 b. 
 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo‘llash o‘qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak. Adabiyotlar: 1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. -T.: Nos’hir, 2009. - 163 b. 2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H., Masharipova U., Sattorova X. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. -T.: TDPU, 2013. - 70 b.