SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI MUSIQA TARBIYASI TIZIMI
Yuklangan vaqt
2024-09-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
26,4 KB
1
SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI MUSIQA TARBIYASI TIZIMI
REJA:
1. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining maqsadi va vazifasi.
2. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining shakli va maqsadi.
3. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ish rejasi.
4. Maktabdan tashqari musiqa tarbiyasining shakli va vazifalari.
Ma’ruza matni
Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyaning asosiy maqsadi o’quvchilarni iloji boricha
ko’proq ommaviy va to’garak ishlariga jalb etib, ularni dunyoqarashini har
tomonlama rivojlantirish, badiiy didini o’stirish, tabiatga, Ona-vatanga bo’lgan
mehr-muhabbatini oshirishdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda maktablarda
musiqa darslaridan tashqari, ommaviy va to’garak ishlari olib boriladi. Sinfdan
tashqari musiqa tarbiyasini ikki shakli mavjud.
1.
Musiqa tarbiyasining ommaviy shakli.
2.
Musiqa tarbiyasining to’garak shakli.
Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalarni musiqiy
o’quvini tekshiruvdan o’tkazmay, yalpi tarzda jalb etishni taqozo etadi. Bularga,
qo’shiq bayramlari, «Musiqa xaftaligi», «O’zbekiston vatanim manim», «Ilhom
chashmali» ko’rik-tanlovlaridan, ijodiy uchrashuvlar, teatr va kontsertalarga
sayohat, «Alifbe» bayramlariga, shoir va bastakorlar bilan uchrashuvlar kiradi.
Ammo, bularning har biriga bolalarni yoshi, qiziqishiga qarab, oldindan tayyorlab
borilishi kerak. Bu tadbirlarni har birini юksak badiiy did bilan tashkil etib, amalga
oshirish, chinakam badiiy-musiqiy bayram ruhini kasb etish lozim.
2
Musiqa o’qituvchining ommaviy ishlar rejasi, maktab ma’muriyati tomonidan
tasdiqlangan bo’lishi lozim. Ommaviy, musiqiy ishlar rejasi, musiqa o’qituvchisi va
maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar mudiri, maktab yetakchisi bilan hamkorlikda,
o’quvchilarning yoshiga, qiziqishiga qarab, bayramlar, uchrashuvlar, tadbirlarni
hisobga olgan holda tuziladi. Bunda o’quvchilarning musiqiy o’quvi, qobiliyati
hisobga olinadi. Ommaviy musiqa mashg’ulotlarining har biri aniq ishlab chiqilgan
reja asosida amalga oshirilmog’i lozim. Bunda har bir mashg’ulot turiga qarab, uni
asosiy maqsadi, hususiyati, repertuar mazmuni, maktab imkoniyatlari, taklif etilgan
mehmonlar hisobga olinib, o’quvchilarni jalb etiladi. To’garak ishlarini esa, ish
rejasini musiqa o’qituvchisining o’zi, o’z hohishi va imkoniyatlariga qarab, mustaqil
tarzda tuzadi. O’qituvchi to’garak ishlariga o’quvchilarni musiqiy qobiliyati,
hohish-istagi, qiziqishi, ovoziga qarab tanlab oladi va turli to’garaklar tuzadi.
Haftasiga 2-3 bor to’garakni guruhlarga bo’lib ishlaydi. To’garak ishlarining asosi
musiqa darsidir. To’garak ishlariga qobiliyatli, qiziquvchan, musiqa darslarida aktiv
qatnashadigan o’quvchilar tanlab olinadi. Darsda har bir bolaning layoqati, qiziqishi
hisobga olinib, u yoki bu musiqa to’garagiga jalb etiladi. To’garak faoliyati
faollashtiradigan narsa – bu maktab sahnasidir. O’quvchilar tadbirlarda, qo’shiqlar,
raqslar ijro etib, maktab jamoasi oldida e’tibor qozonib, tuman, shahar, respublika
ko’rik-tanlovlarida qatnashdilar. Bu ularni o’z mehnatidan zavqlanishi his-
tuyg’ularni Ona-Vatanga muhabbat, musiqa san’atiga hurmat, do’stlari orasida
mehr-muhabbat tuyg’usini oshirib boradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda
o’qituvchi o’z imkoniyatlariga qarab turli to’garaklar tuzish mumkin:
1.
Xor
2.
VIA
3.
Ashula va raqs ansambllari
4.
Vokal ansambllari
5.
CHolg’uchilar ansambli (dutorchilar, rubobchilar, doirachilar)
6.
Raqs ansambli
7.
Orkestr (duxovoy, xalq cholg’u asboblari orkestri)
8.
YAkkaxon qo’shiqchilar.
3
9.
Folьklor dastasi.
Maktabdan tashqari musiqaviy tarbiya shakliga bolalar musiqa maktablari,
bolalar ijodiyot markazlari, o’quvchilar saroylari, bolalar teatrlari, muzeylar kiradi.
Mazkur muassasalarga qatnashadigan bolalar ham o’qituvchi nazoratida bo’lib,
maktab hayotiga, ularning faol qatnashuvlarini ta’min etishi lozim. Maktab hayotida
boshlang’ich sinf musiqa o’qituvchisining o’rni beqiyosdir. Musiqa darslaridan
tashqari, zamon talabiga mos ravishda tadbirlar tayyorlab, o’quvchilarda san’atga
bo’lgan qiziqishini rivojlantirishi lozim.
TEKSHIRISH SAVOLLARI:
1. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining maqsadi nima?
2. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini qanday shakllari bor?
3. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyaviy ishlar rejasi qanday tuziladi?
4. Maktabdan tashqarida musiqa tarbiyasi ishlariga nimalar kiradi?
5. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda nimaga ahamiyat berish kerak?
Tayanch tushunchalar:
Sahna - teatr va kontsertlar qo’yish uchun tomosha zalining ko’tarilgan
joyi.
Orkestr – yunonchaso’z bo’lib, turli cholg’u asboblarida chaluvchi
sozandalardan tuzilgan jamoaga deyiladi.
4