SINFDАN VА MАKTBDАN TАSHQАRI ISHLАRNI TАSHKIL QILISHDА TАSHKILОTCHINING ISH MЕTОDIKАSI
Yuklangan vaqt
2024-10-17
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
24,4 KB
SINFDAN VA MAKTBDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL
QILISHDA TASHKILOTCHINING ISH METODIKASI
1. O’quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini
muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o’zlashtirish va
bilim sifatini oshirish ko’p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali
ishlashiga bog’liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar
o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to’ldiradi. Ularning dunyoqarashi,
to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni
amaliyot ishlab chiqarish bilan bog’lanishiga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning
vazifalari ham ko’p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning
tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1.
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni
nazorat qilish.
2.
O’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni
o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish.
3.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik
qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam
ko’rsatish.
4.
Umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy
tadbirlarda qatnashish.
5.
O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat
muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada
tashkilotchilar
faolligini
uchta
asosiy
tomonini
ko’rish
mumkin:
tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.
Bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi.
Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator kishilarni kiritish
mumkin:
1.
Tarbiyaviy
ishlar
sohasida
erishgan
yutuq
va
kamchiliklarni
tahlil qilish.
2.
Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash.
3.
Tarbiyaviy,
ommaviy,
siyosiy
ishlarni
rejalashtirish
va
ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash.
4.
Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va
ularning
mazmunini,
shakl
va
usullarini
aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur
faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. CHunki sinfdan tashqari ishlarda
olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. SHu asosda yangi bilimlar hosil
qilinadi. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan
muayan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. SHuning uchun
ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa,
ularning munosabatlari shunchalik munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi
samarali bo’ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoadagi
ishlarni o’rganadilar. Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. Ishlab chiqarish
mehnatiga qo’shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun
kurashishga otlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyatga quyidagilar kiradi:
1.
Og’zaki ish usullari: majlislar, yig’inlar, ma’ruzalar, kutubxonalar,
konferensiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va jurnallar.
2.
Amaliy ish olib borish usullari turli joylarga sayyohatlarga, sport
musobaqalari,
tabiatshunoslar
to’garaklari,
shanbaliklar,
yangi
kitoblar ko’rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishga taqozo etadi.
Sinf rahbarligi kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar
metodikasi kursi bir-biriga bog’liq va uning davomiyligidir.
Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o’quvchilar turli
qo’llanmalar,
asboblar,
apparatlar,
didaktik
materiallardan
foydalanishni
o’rganadilar, o’z-o’zini tekshirish uchun turli ma’lumot va tayanch materiallarini
jalb etish ko’nikmalarini egallaydilar.
2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh
xususiyatlariga, maktabning joylashgan shart-sharoitlariga, ijodiy birlashmalariga,
ilmiy markazlar bilan o’zaro aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor
o’rinbosarining faoliyati, o’z ifodasini topgan xujjatlar ro’yxati, xalq ta’limi
tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi.
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasi xalq vazirligi
tomonidan 1993 yilda tasdiqlangan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun
tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ishlab chiqiladi.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o’qituvchining yo’naltiruvchi ta’siri
ostidagi o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan
kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o’tkaziladigan
mustaqil mashg’ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari
ishda ta’limning moddiy bazasi: qo’shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari
laboratoriya uskunalari, ko’rgazmali qo’llanmalar, didaktik materiallar, texnika
vositalaridan oqilona foydalanish ko’zda tutiladi. Ular o’z ichiga quyidagilarni
oladi:
- darslik
va
qo’shimcha
adabiyotlar
bilan
ishlashning
xilma-xil
shakllarini olgan, nazariy bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlovchi;
- tajribalar,
ijodiy
tusdagi
ishlarni
bajarishni,
asboblarni
loyihalashni,
maketlar,
modellar
vahokazolarni
tayyorlashni
olgan
mustaqil ishlash uchun topshiriqlar sistemasi maqsadga muvofiqdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar metodikasi fani va bo’limiga sinf
rahbarlarining ishlari, maktab ma’muriyatining tarbiyaviy ishlari kiritiladi. Bunda
o’qituvchilarning o’quvchilar bilan muomilasi, adolatli bo’lishi, ta’sir ko’rsata olishi
kerak.
O’quvchi yoshlarni hozirgi zamon ma’naviyati bilan ongini sug’orish, ya’ni
singdirish kerak. O’quvchilarni qadriyatlarimiz asosida urf-an’analarimiz asosida
tarbiyalash har bir o’qituvchining vazifasi.
O’quvchi atrofini o’rab turgan vositalar, yaxshi-yomon odatlar, o’kituvchilar,
maktabning muhiti, o’quvchilar tarbiyasini to’g’ri, ongli ravishda o’rganish va qabul
qilish. Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda
bo’lishi mumkin:
To’garak turlari:
1. Fan to’garaklari.
2. Mohir qo’llar.
3. Duradgorlik.
4. Sport musobaqalari.
5. Badiiy havaskorlik.
Ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida
to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda
xalqning boy, milliy ma’naviy an’analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga
asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi- shaxsning aqliy-axlooqiy tarbiyalashda erkin
fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish
uchun imkoniyat yaratishdir. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagi
pedagogik talablar mavjud:
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining to’garak qatnashchilari ongida
yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak. To’garak
qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so’nggi yutuqlaridan
xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish
o’rin tutadi. To’garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo’lishi,
ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilish kerak.
Maktabdan tashqari ta’lim o’qishlariga, hohishlariga asoslangan holda darsdan
bo’sh vaqtlarda o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha
to’garak qatnashchilariga talablar qo’yilishi kerak:
1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;
2. Estetik ta’lim;
3. Sayyohli yo’nalishi bo’yicha to’garaklarga qatnashish.
4. Ekologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha to’garaklar;
5. O’quvchilarni ma’naviy axloqiy yo’nalishi bo’yicha;
6. Xuquqiy ta’lim yo’nalishi bo’yicha;
7. Texnik ijodkorlik yo’nalishi bo’yicha;
8. Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar;
9. Iqtisodiy ta’lim.
O’quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo’lganida mustaqil tayyorgarlik
amalga oshirilish mumkinligini hisobga olish muhimdir, albatta bu esa ular
shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta’sir ko’rsatadi. Ayrim o’quvchilarning
ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki
o’quvchilarning o’zlari oldilarida turgan vazifalarini va ularni hal etish yo’llarini
ancha yaxshi tushunadilar.
Bolalar iarbiyachi yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda tarbiyachining aralashuvi
maqbul emas. CHunki bunday holat bolalarning mehnatsevarligini, bilish
ehtiyojlarini shakllantirishda eng kata imkoniyatga egadir.
O’quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o’z ishini tarbiyalashning fikri va
bahosiga bog’liq qilib qo’ygan paytda tobe mustaqil holat vujudga keladi. Ish
qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa ham mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida
ishonchsizlik jihatlari mavjud bo’ladi.
3. Sinf rahbarining rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan o’quvchilar
toifasida majburiy ijro etish holati paydo bo’ladi. Bunda o’quvchilar ishga unchalik
qiziqish bildirmaydilar. Ular ko’pincha sinf rahbarining yordamini so’rab murojaat
qiladilar, kuchli o’quvchilarning qo’llab-quvvatlashidan foydalanishga intiladilar,
agar bunday qo’llab-quvvvatlash bo’lmasa, ishni davom ettirishga irodalarini ishga
solmaydilar. Bunday o’quvchilarda tashqaridan majbur qilish vaqtida harakat qilish
odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bo’lib qolsa, u o’quvchining
faqat aqli emas, shu bilan birga ma’naviy rivojlanishiga ham to’sqinlik qilishi
mumkin.
Maktabda va sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni bir-biriga hurmati, axloqiy
sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o’quvchilarning bir-biriga bo’lgan
muomala madaniyati ham shakllanadi. O’quvchi o’qituvchiga taqlid asosida yoki
do’stlari orasida o’rgangan tarbiyasi muomilasiga ta’sir qilish mumkin. Uqituvchi
o’quvchilar orasida muomala-madaniyatni shakllantirish uchun avvalambor
o’quvchining o’ziga bo’lgan muomalasini etiborini o’rganishi kerak.
O’quvchi maktab qoidalariga rioya qilish bilan birga, o’qituvchi talabiga ham
javob berishi lozim. O’qituvchi talablariga:
1. Darslarga to’liq qatnashish.
2. O’quv qurollari bilan ta’minlanganligi.
3. O’qituvchini diqqat bilan eshitish.
4. Topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish.
5. Tashkiliy ishlarga faol qatnashish.
6. Sinf intizomiga rioya qilish.
7. Tozalikka rioya qilish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni nazoratsiz ijro etish holati rasmiy
ijrochilik, ishtiyoq va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga
intilayotgan o’quvchilarda kuzatiladi. Bunday holatning uzoq vaqt mavjud
bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, aks holda o’quvchilarda ishiga nisbatan rasmiy
munosabat jihatlari paydo bo’ladi, bu esa ularni mehnatdagi tashqi faollikni yo’qqa
chiqaradi.
Sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarda o’quvchilarning hatti-harakatlari
oldindan juda qattiq tartibga solib qo’yilganligi xususida e’tirozlar bildirilmoqda.
Mustaqillikni tarbiyalash vazifasi qo’yilmagan, bolaning har bir qadami
pedagogning irodasiga bo’ysungan joylarida ana shunday holat mavjuddir. Xudi
shuning uchun mustaqil tayyorgarlik samaradorligi, o’kuvchilarning mustaqilligini
rivojlantirish to’g’risida g’amxo’rlik qiladigan o’qituvchi, sinf rahbari o’quvchilarga
ta’sir ko’rsatish vositalarini puxta o’ylab tanlaydilar, ularning ishlashi uchun oqilona
shart-sharoit yaratishga intiladilar.
Maktab o’quvchilarining mustaqil tayyorgarligiga pedagogik rahbarlik
shunday qurilish kerakki, u o’quvchilarni charchatib qo’ymasin, doim bir xil tusda
bo’lmasin, yoki haddan tashqari oson, aqliy va irodaviy kuch-g’ayratini sarflashni
talab qilmaydigan bo’lmasin.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil eti shva o’tkazishda tarbiyachi
eng muhim vazifa o’quvchilarni o’quv vazifalarini hal etishga o’rgatishdan, buning
uchun harakat usullarini to’g’ri tanlashdan, o’z hatti-harakatlariga rahbarlikni
faoliyatini nazorat qilishdan, mustaqil ish ko’nikmalarini boshqa muhim xayotiy
vaziyatlarga o’tkazishdan kelib chiqishdan lozim ekanligini nazarda tutish lozim.
Bunda mustaqillik mazmuniga fikrlash faoliyatining mustaqilligi, intizom,
uyushqoqlik va o’z-o’zini nazorat qilish kabi to’rt tarkibiy qismi kirishini hisobga
olish muhimdir.
Mazkur jihatlarni shakllantirish ustidan nazoratni amalga oshirish sinfdan
tashqari ishlarga rahbarlik qilayotgan o’qituvchining muhim va murakkab
vazifalaridan biridir. Buning uchun o’quvchi faoliyati natijalarini hisobga olishni va
bu jarayonni tahlil etishni uyushtirish zarur. O’qituvchi sinf-dars faoliyati uchun xos
bo’lgan shakllarni istisno etib, nazorat qilishning bir qancha usullarini qo’llashi
mumkin. Eng kuchli va qobiliyatli o’quvchilarga homaki yozuv bilan ishlash xuquqi
beriladi. Unda qoida ko’rsatiladi, bu qoidani tasdiqlovchi misollar keltiriladi, o’quv
vazifasi qayd etiladi. YOzuv juda qisqa bo’ladi, lekin u o’quvchining fikrlashi
qanday borganligini ko’rsatadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’quvchilarni ayrim ko’nikmalarga
o’rgatishni nazorat vositasi deb hisoblash kerak. O’z-o’zini tekshirish, o’zaro
tekshirish usullariga o’rgatish o’qituvchining o’quvchilar bilan shunday aloqasini
talab etadiki, bunda ularning fikrlash ishi jarayoni ravshan bo’ladi. O’quvchilarning
o’zlari harakatni taklif etadilar vash u bilan pedagogga muayan ma’lumot beradilar.
Sinf rahbari ishida o’quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi,
chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi tamoyilidir. Bolalar
jamoasini shakllantirish metodikasi yangi pedagogikada to’la ishlab chiqilgan. Bu
metodikaning umumiy asoslari pedagogika kurslarida bayon etilgan jamoa va
jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga
muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari
quyidagilardan iborat: talablar qo’yish, faollarni tarbiyalash, o’quv-mehnat,
ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish,
sog’lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va
ko’paytirish.
Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish
uchun qo’llanma hisoblanadi.
4. O’rta umumta’lim maktablarida sinfda va maktabdan tashqari ishlarda sinf
rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi.
Sinfda va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar xayotidagi
tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashi to’g’ri shakllanishiga va
axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab
chiqarish bilan bog’lanishag zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining
vazifalari ham ko’p qirralidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga
quyidagilar kiradi: Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar ni rejalashtirish va amalga
oshirish.
O’quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ko’p qirrali ishlarni pedagogik
jamoa, o’quvchilar, tashkilotlar, sinf faollari yordamida yo’lga ko’yish. Sinfdan va
maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar,
sinf rahbarlari, ota-onalar o’quvchilar, tashkilotchilar sinf faollariga yordam
ko’rsatish. Umummaktab va maktablararo tarbiyaviy tadbirlarga qatnashish.
O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari
hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Bu borada tashkilotchilar faolligini 3 ta asosiy tomonini ko’rish mumkin:
tashkilotchilik, umumiy va ma’muriy.
Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’ladi. Tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir
qator ishlarni kiritish mumkin:
1.
Tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan
yutuq va kamchiliklarni
tahlil qilish;
2. Tarbiyaviy ishlarni maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Tarbiyaviy,
ommaviy-siyosiy
ishlarni
rejalashtirish
va
ularning
mazmuni hamda shakl usullarini aniqlash.
4.
Sinfdan
va
maktabdan
tashqari
ishlarni
guruhlashtirish
boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
SHular asosida yangi bilimlarni hosil qiladi. O’quvchilar maktabdan tashqari
ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayan munosabatga kirishadilar. Turli
vaziyatlarga duch keladilar. SHuning uchun ham maktabdan tashqari faoliyatlari
qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy bo’ladi. Maktab
tashqaridagi ishlarda o’quvchilar jamoadagi ishlarini o’rganadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktabning ma’naviy-
ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z ishini reja asosida olib boradi va
uning bajarilishini ham nazorat qilib boradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni
maktabning umumiy rejasi, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, yetakchi ota-onalar
qo’mitasi, ish rejalari ishini ham e’tiborga olishi kerak.
Ish reja maktab direktorii tomonidan tasdiqlangan. Ish rejasida boalalrning
yosh xususiyatlariga maktabning joylashgan shart-sharoitiga, ijodiy birlashmalariga
ilmiy markazlar bilan o’zaro tarqalgan aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor
o’rinbosarining faoliyati o’z ifodasini topgan xujjatlar ro’yxati xalq ta’limi vazirligi
tomonidan doimiy ravishda beri boriladi. A. Jo’raevning «Tarbiyaviy darslarni
o’tish» risolasida mustaqillik g’oyasi bilan bog’langan tarbiyaviy tadbirlardan
qoidalarga asoslangan qonunlar belgilangan. Ijodkor rahbar hamda ilg’or o’qituvchi
tarbiyachilar o’z faoliyatlar ijarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda quyidagi
tamoyillarni asos qilib oladilar:
-tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish;
-ma’naviyatni yosh avlod ongiga singdirish e’tiqodga aylantirishdan iborat
ekanligi;
-tarbiya jarayoni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lab bola qalbiga
va ongiga ta’sir ko’rsatish;
-tarbiyaviy ishlarni o’quvchilar jamoasi jipslashtiruvchi omillar bilan boyitib
tarbiyaning ta’lim bilan uzviyligini ta’minlash;
-tarbiyaviy jarayonda bolalarni tarbiyalash darajasini aniqlash va ijobiy
tomonlarini o’stirish;
-bola shaxsiga xurmat va talabchanlik;
-bolalarning yosh va ruhiy holatini hisobga olish;
-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tomonlari barkamol insonni tarbiyalashda
keng imkoniyatlarga ega bo’lib, uni qay darajada olib borish sinf rahbari va
tarbiyachining pedagogik mohiyatiga bog’liq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. «O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»,
«Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» – Toshkent: SHarq,
1997-65 b.
2. Karimov I.A. «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat». Toshkent:
O’zbekiston 1992-62 b.
3. Karimov I.A. «YAngi uyni qurmay turib, eskisii buzmang» – Toshkent:
O’zbekiston 1993. – 24 b.
4. Karimov I.A. «Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot-pirovard
maqsadimiz». 8-jild. – Toshkent: O’zbekiston, 2000.
5. «Axloq-odobga oid hadis namunalari». – Toshkent: Fan, 1990, – 72 b.
6. A.Avloniy. «Turkiy Guliston yoxud axloq» (nashrga tayyorlovchi
Xoliqov L.) –Toshkent: O’qituvchi, 1992. 160 b.
7. Inomova K.M. «Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi» –
Toshkent: Fan, 1999, – 151 b.
8. Yo’ldoshev J.G’. Xasanov S. «Avestoda axloqiy-ta’limiy qarashlar». –
Toshkent: O’qituvchi 1992, – 28 b.
9. Kaykavus. «Qobusnoma». – Toshkent: O’qituvchi 1986, – 118 b.
10. Musurmonova O. «Oila ma’naviyat-milliy g’urur». – Toshkent:
O’qituvchi. 1999, – 200 b.
11. Munavvarov A.K. «Oila pedagogikasi». – T.: O’qituvchi, 1994, – 112
b.
12. Ochilova M. Ochilova N. «O’qituvchi odobi». – Toshkent: O’qituvchi,
1993\7. – 136 b.
13. Ochilova M. «Axloqiy tarbiya». – Toshkent: O’qituvchi, 1979, – 232
b.
14. Jo’raev A.J. Tarbiyaviy darslarni o’tish. T.: “O’qituvchi”, 1994.
15. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. T.: “O’qituvchi”. 1994.
16. Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik
asoslari. T.: 1996 y.
17. Ochil S. Mustaqillik va tarbiya masalalari. T.: “O’zbekiston”, 1995.
18. Popov G.X. O’quvchining shaxsiy ishini tashkil etish. T.: “O’qituvchi”,
1992 y.
19. Solixo’jaeva S.S. Bolalar va o’smirlar gigenasi. T.: “Ibn Sino”, 1991.
20. Uzoqov X., G’ozieva E.., Tojiev A. Oila etikasi va psixologiyasi. T.:
“O’qituvchi”. 1992.
21. Farobiy A.N. Fozil odamlar shahri. T.: A.Qodiriy, 1993.
22. Frolov P.T. YOsh direktor maktabi. T.: “O’qituvchi”, 1991.
23. Jo’raev A. Tarbiyaviy darslar o’tish. T.: “O’qituvchi”, 1994.
24. Hasanboeva O. Uzaytirilgan guruhlarga tarbiyaviy ishlar. T.:
“O’qituvchi”, 1994.
25. Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T.:
“O’qituvchi”, 1995.
26. Mahkamov U. Ahloq-odob saboqlari. T.: “Fan”, 1994.