SINTAKSIS. SINTAKTIK ALOQA VOSITALARI VA TURLARI. SO‘Z BIRIKMASI
Yuklangan vaqt
2024-05-25
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
62,5 KB
ilmiybaza.uz
SINTAKSIS. SINTAKTIK ALOQA VOSITALARI VA TURLARI.
SO‘Z BIRIKMASI
Reja:
1. Sintaktik aloqa.
2.Sintaktik aloqani ta’minlovchi vositalar.
3. Sintaksis.
4. Asosiy sintaktik birliklar.
5. So‘z birikmasi.
ilmiybaza.uz
Sintaktik aloqa. Mustaqil so`zlarning nutq jarayonidagi erkin
bog`lanishi sintaktik aloqa deyiladi: Suvlar tiniq, toza havo. Sintaktik
birliklar bir necha a‘zoli bo`ladi. Faqat gap bir a‘zoli bo`lishi mumkin.
Nutqda so`zlarning bir-biri bilan bog`lanishi har bir tilning LSQlari,
leksemalarning birikish imkoniyatlari asosida sodir bo`ladi.
So`zlarning sintaktik munosabatga kiriShuvi natijasida hosil
bo`lgan sintaktik qurilma so`z qo`shilmasi deyiladi. Bu so`zlarning bir-
biriga ergashishi (a‘lochi o`quvchi) yoki tenglashishi (olma va anor)
shakllarida bo`lishi mumkin. A‘lochi o`quvchi birikmasida bir so`z
ma‘noviy qobiliyatini namoyon qilish uchun boshqasiga ehtiyoj sezadi.
Aniqrog`i, (o`quvchi) uzvi izohlanishga muhtoj. Shu boisdan (a‘lochi)
so`zi unga ergashib, izohlab keladi. Bu tobelanish aloqasidir.
Tobelanish aloqasi natijasida so`z birikmasi va gaplar hosil bo`ladi: tiniq
suv, Salim o`qidi. O`zbek tilida keyin kelib, ma‘nosi izohlanayotgan so`z
hokim (bosh) so`z, hokim so`zga ergashish yo`li bilan bog`lanib, uning
ma‘nosini izohlaydigan so`z tobe (ergash so`z) deyiladi. (Tiniq suv),
(Salim o`qidi) birikuvlarida (tiniq) va (Salim) so`zlari tobe, (suv) va
(o`qidi) so`zlari hokim a‘zolardir.
Nutqda so`zlarning barchasi ham tobe aloqada bog`lanavermaydi. So`zlar
(olma va anor), (nok va anjir), (o`qidi va yozdi) shaklida biri ikkinchisiga
bo`ysunmay, teng holda ham bog`lanishi mumkin. Bu so`z qo`shilmalari
a‘zolari teng huquqli bo`lib, biri ikkinchisining ma‘nosini izohlamaydi.
Demak, so`zlar orasidagi aloqa ikki xildir: tenglashish va
tobelanish. Ular esa uch xil hosilani beradi: so`z birikmasi, so`z tizmasi
va gap. Tenglashish aloqasi asosida so`z tizmasi hosil bo`lsa, tobelanish
aloqasi asosida so`z birikmasi va gap shakllanadi.
Sintaktik aloqani ta’minlovchi vositalar. Erkin birikmalarda
so`zlar bir-biri bilan har xil bog`lanadi: bu bog`lanishlarda sintaktik aloqa
ilmiybaza.uz
turli vositalar asosida amalga oshadi: a‘lochi o`quvchi, o`qituvchini
tabriklamoq, paxtani mashina bilan termoq, kitobning varag`i va h. kabi.
So`zlarning turli vositalar yordamida bog`lanishi ularning qaysi
lug`aviy grammatik tip (so`z turkumi) ga kirishiga, lug`aviy-grammatik
xususiyatlariga bog`liq. Zero, ayrim lug`aviy-grammatik tip so`zlar,
asosan, tobe a‘zo vazifasida kelish uchun ixtisoslashgan (masalan, son,
ravish, sifat): besh o`quvchi, tez gapirish, a‘lochi bola kabi. Shuning
uchun ular so`z birikmasida tobe a‘zo mavqeida kelish uchun ma‘lum bir
grammatik ko`rsatgichni talab qilmaydi. Ayrim so`z turkumlari
(masalan, ot, fe‘l) asosan, hokim mavqe egallashga xoslangan: issiq non,
kitobni keltirmoq. Shu boisdan ular tobe a‘zo sifatida nutqda ishtirok
etishi uchun o`ziga xos grammatik shakl kasb etadi: paxtani termoq,
terilgan paxta.
Sintaktik aloqalarni ifodalovchi vositalar sintaktik shakl hosil
qiluvchi qo`shimchalar, yordamchi so`zlar, so`z tartibi va ohangdir.
Aloqa-munosabat (sintaktik ) shakllari. Bular sintaktik shakl hosil
qiluvchi vositalar - kelishik, egalik, kesimlik shakllaridir. Aloqa-
munosabat shakllari so`zlarni erkin biriktirishning eng faol vositalaridan
hisoblanadi. Men qishloqqa bordim gapida -ga shakli qishloq so`zini
bormoq fe‘li bilan, -dim kesimlik shaklidagi -m ko`rsatgichi men so`zini
bormoq fe‘liga tobelash vazifasini o`tamoqda.
Egalik qo`shimchalari mustaqil so`zlarning hokim mavqeda
kelishini ifodalab, uning tobe so`zga munosabatini ko`rsatadi (sizning
uyingiz). Shuningdek, bog`lash bilan birgalikda, hokim va tobe so`zning
shaxs va sonda moslashishini ham ta‘minlaydi.
Kelishik
mustaqil
so`zlarning
barchasi
uchun
tobelikni
ta‘minlovchi formal ko`rsatgichdir. Masalan, bosh kelishik egani, tuShum
kelishigi to`ldiruvchini, qaratqich kelishigi aniqlovchini hokim bo`lakka
tobelaydi.
ilmiybaza.uz
Shaxs-son qo`shimchalari, kesimlikning boshqa shakllari bilan
birgalikda, o`zi hosil qilayotgan hokim bo`lakni tobe bo`lak -egaga
bog`laydi.
Yordamchi so`zlar. Sintaktik aloqalarni ifodalashda qo`llanadigan
yordamchilar ko`makchi, bog`lovchi va bog`lamalardir.
Ko`makchilar bir so`zni ikkinchi so`zga tobelovchi vositadir. Ular
ma‘no va vazifalari jihatdan kelishiklarga o`xshaydi (telefonda
gaplashmoq - telefon orqali gaplashmoq). Shuningdek, ko`makchi
so`zlarni sintaktik aloqaga kiritishda o`zi bilan birga ularning ma‘lum bir
kelishik shaklida bo`lishini ham talab qiladi: Marraga qadar bir tekisda
yugurib borishdi.
Bog`lovchilar odatda, so`z tizmalarining, gaplarning a‘zolarini
bog`lash uchun xizmat qiladi. Masalan: olma va anor. Men o`qidim va
yozdim. Teng bog`lovchi birinchi misolda so`z tizmasi a‘zolarini,
ikkinchi misolda esaqo`shma gap a‘zolarini bog`lash uchun xizmat qilgan.
Bog`lama ot kesimni ega yoki boshqa tobe a‘zolar bilan bog`lash
uchun xizmat qiladi: Biz o`tgan yili talaba bo`ldik. Bunda bo`ldik
bog`lamasi shaxs-son va zamon ma‘nolarini ifodalagan va kesimni uning
shaxs (biz) va zamon (o`tgan yili) kengaytiruvchilari bilan bog`lagan.
So`z tartibi. So`zlar erkin birikuvlarda grammatik shakllar asosida
bog`langanda so`z tartibi o`zgarsa-da, u ma‘noviy munosabat yoki
bog`lanishga ta‘sir qilmaydi: Sen kitobni keltirdingmi? Kitobni sen
keltirdingmi? Keltirdingmi sen kitobni?
Birikuvlaridagi so`zlar o`rni almashtirilganiga qaramay, keltirdingmi so`z
shakli hokim, sen va kitobni so`z shakllari tobe a‘zo sifatida qolavergan.
Chunki ular sintaktik mavqelarini ta‘minlovchi vositalar - morfologik
ko`rsatgichlarga ega.
So`zlarning hokim-tobeligi (sintaktik mavqei)ni ko`rsatuvchi vositalar
bo`lmaganda so`z tartibining qimmati oshadi (aChChiq olma). Bunda
ilmiybaza.uz
so`zning gapdagi funktsiyasi, asosan, tartibi bilan belgilanadi, tartib
o`zgarsa, mazmun bilan birga, sintaktik holat ham o`zgaradi: Hayot
go`zal (egaQkesim), go`zal hayot (aniqlovchiqaniqlanmish).
Gapda uslubiy maqsadlarda so`z tartibi o`zgarishi mumkin.
O`qituvchi intizom haqida gapirdi. Intizom haqida o`qituvchi gapirdi.
Tartibning bunday o`zgarishi a‘zolarning hokim-tobeligiga ta‘sir
qilmaydi, biroq gapning uslubiy jihatlariga ma‘nodagi, fikrdagi ottenkaga
ta‘siri mavjud.
Ohang. Ohang ham, yuqorida aytilganidek, birikuvlarning tabiatini
ko`rsatuvchi nisbiy vosita hisoblanadi. Gap tugallangan ohang bilan
aytilsa, gap tarkibidagi ayrim birikuvlar sanash (olma va anor), ayrimlari
ko`tariluvchi ohangga (qizil qalam) ega bo`ladi.
Ohang (pauza) birikuvlarning sintaktik bo`lishini ko`rsatadi.
Masalan, Ko`p qavatli uy birikmasini ikki xil ko`p + qavatli uy va ko`p
qavatli + uy tarzida aytish mumkin. Demak, sintaktik aloqani, unga
bog`liq ravishda mazmuniy boshqalikni ifodalashda ohangning o`rni bor.
Ya‘ni, ko`pg`g`qavatli uy tarzida birinchi so`zdan keyin pauza qilinishi
natijasida (ko`p) so`z shakli tobe va (qavatli uy) birikmasi unga hokim,
mavqeda bo`lib, bunda qavatli uylarning ko`pligi ma‘nosi anglashiladi.
Ikkinchi holatda (ko`p qavatliqquy) esa ko`p qavatli birikmasi tobe, uy
so`z shakli esa hokim mavqeda bo`lib, birikmadan uyning qavatlari
ko`pligi ma‘nosi anglashildi.
Sanash ohangi bir xil bo`laklarning aloqasini ifodalaydi: oltin,
kumush tosh bo`lar.
Qo`shma gapning tarkibiy qismlari orasida ham maxsus-qarama-
qarshilik (Kunduzi issiq - kechasi sovuq), shart (Sen kel - u boradi), sabab
(Kecha borolmadim - mehmonlar kelib qoldi) mavjud.
ilmiybaza.uz
Ko`rinadiki, ayrim o`rinlarda so`zlarni va gaplarni bog`lashni
ohangning o`zi bajaradi. Bog`lashni boshqa vositalar o`z zimmasiga
olganda ohangning roli kuchsizlanadi.
Sintaksis va uning tadqiq manbai. Til o'z kommunikativ vazifasini
sintaktik qurilma - gap vositasida amalga oshiradi.
Tildagi barcha - fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik
qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning
til grammatik qurilishidagi ishtiroki o'ziga xos.
Zero, har qanday sintaktik hodisada so'z va morfologik ko'rsatkichni
ko'ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik va
morfologik omilga tayaniladi.
Sintaksis (gr. sintaxys - tuzish, qurish)ning asosi - gap haqidagi
ta'limot. Gap, aslida, so'zning erkin birikuviga ham asoslanganligi tufayli
so'zning bog'lanish qonuniyati, so'z birikmasi ham sintaksisda o'rganiladi.
So'z birikmalarini o'rganish gap ta'limotining tarkibiy qismi, undan
ajratilgan holda qaralishi mumkin emas.
Sintaksis
so'zning
har
qanday
birikuvini
emas,
balki
hokim tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvni lisoniy
mohiyatini tekshiradi. Qaysidir yo'sindagi so'zning birikuvi bo'lgan
qo'shma so'z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik
(ilonning yog'ini yalagan, po'konidan yel o'tmagan, ko'ng/i bo'sh)
sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin
bog'lanishga ega emas.
Sintaksis atamasi grammatika atamasining o'zi kabi ikki ma'noli:
I) tilning sintaktik qurilishi;
2) grammatikaning tarkibiy qismi.
Atamani ana shu ikkinchi ma'nosida qo'llab, birinchi ma'no ifodasi
uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz.
ilmiybaza.uz
Asosiy sintaktik birliklar. So'z birikmasi va gap - sintaksisning
asosiy birIiklari. Shunga ko'ra, sintaksis ikkida bo'linadi:
1) so'z birikmasi sintaksisi;
2) gap sintaksisi.
So'zning nutqda o'zaro aloqaga kirishuvidan so'z qo'shilmasi
vujudga keladi. So'z qo'shilmasini ikki guruhga birlashtirish mumkin:
1) gap (Osmon tip-tiniq);
2) so'z birikmasi (tip-tiniq osmon).
Tit jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi.
Axborot uzatish esa gap orqali am alga oshiriladi. Demak, gap fikr
ifodalaydi. So'z birikmasi fikr emas, balki so'z kabi tushuncha ifodalaydi.
(Biroq so'z birikmasi ifodalagan tushuncha so'z ifodalagan tushunchadan
farqlanadi.) Ko'rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap, so'z birikmasi so'z
kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir.
Sintaktik birlik - gap va so'z birikmasi - so'zning qo'shilishidan
hosil bo'lishi, bu qo'shilishning esa turIi vosita (qo'shimcha, yordamchi
so'z) va usul (masalan, tobe aloqaning turi) orqali yuzaga kelishi
sintaksisning boshqa sathlar b lan zich aloqada ekanligini ko'rsatadi.
Demak, nutqda:
I) so'zIar o'zaro sintaktik aIoqaga kirishib, tushllncha
ifodalovchi birlik - so'z birikmasi vujlldga keIadi. So'zIarning
o'zaro birikib, tushuncha ifodaIovchi birlik hosil qilish qonuniyatini
o'rganish - so'z birikmasi sintaksisining vazifasi;
2) so'z fikr ifodalashga ixtisoslashgan nutqiy birlik - gapni
shaklIantiradi. Gap hosil qilish qonuniyati bilan gap sintaksisi mashg'uI
bo'Iadi.
Sintaktik aloqa. Mustaqil so'zlarning nutq jarayonidagi erkin
bog'lanishi sintaktik aloqa deyiladi: Suvlar tiniq, toza havo. Sintaktik
birlik bir necha a'zoli bo'ladi. Faqat gap bir a'zoli bo'lishi mumkin.
ilmiybaza.uz
Nutqda so'zIarning bir-biri bilan bog'Ianishi har bir tilning LSQ,
Ieksemaning birikish imkoniyati asosida sodir bo'ladi. So'zning sintaktik
munosabatga kirishuvi natijasida hosil bo'lgan sintaktik qurilma so 'z
qo'shilmasi deyiladi. Bu so'zning bir-biriga ergashishi (a'lochi o'quvcht)
yoki tenglashishi (olma va anor) shakllarida bo'lishi mumkin. A'lochi
o'quvchi birikmasida bir so'z ma'noviy qobiliyatini namoyon qilish uchun
boshqasiga ehtiyoj sezadi. Aniqrog'i, O'quvchi uzviy izohlanishga
mUhtoj. Shu boisdan a'lochi so'zi unga ergashib, izohlab keladi. Bu
tobelanish aloqasi. Tobelanish aloqasi natijasida so'z birikmasi va gap
hosil bo'ladi:
tiniq suv, Halim o'qidi. O'zbek tilida keyin kelib, . ma'nosi
izohlanayotgan so'z hokim (bosh) so'z, hokim so'zga ergashish yo'li bilan
bog'lanib, uning ma'nosilli izohlaydigall so'z tobe (ergash so'z) deyiIadi.
Tiniq suv, Halim o'qidi birikuvlarida tiniq va halim so'zlari tobe, suv va
o'qidi so'zlari - Hokim a'zo.
Nutqda so'zlaming barchasi ham tobe aloqada bog'lanavermaydi.
So'zlar olma va anor, nok va anjir, o'qidi va yozdi shaklida biri
ikkinchisiga bo'ysunmay, teng holda ham bog'lanishi mumkin. Bu so'z
qo'shilmalari a'zolari teng huquqli bo'lib, biri ikkinchisining ma'nosini
izohlamaydi.
Demak, so'zlar orasidagi aloqa ikki xii: tenglashish va tobelanish.
Ular esa uch xii hosilani beradi: so'z birikmasi, so'z tizmasi va gap.
Tenglashish aloqasi asosida so'z tizmasi hosil bo'lsa, tobelanish aloqasi
asosida so'z birikmasi va gap shakllanadi.
So'z birikmasi birikuvchi so'zlarning hokim-tobelik munosabati
asosida hosil bo'ladi. Bunda izohlanuvchi a'zo kengayuvchi, izohlovchi
a'zo kengaytiruvchi a'zo deb ham yuritiladi: kitobni o‘qimoq (kitobni -
izohlovchi, kengaytiruvchi, o'qimoq - izohlanuvchi, kengayuvchi).
ilmiybaza.uz
Tobelanish aloqasida hokim a'zo hokimlik mavqei va vositasiga,
tobe a'zo tobelik mavqei va uni ta'minlovchi vositaga ega bo'ladi. kitobni
o‘qimoq birikmasida kitobni a'zosi oldin kelib, tushum kelishigi
ko'rsatkichi bilan shakllangan bo'lsa, o‘qimoq a'zosi hokimlik mavqei va
shakliga ega.
A'zolarning hokim-tobeligini bildiradigan shakliy ko'rsatkich har
doim ham bo'lavermaydi. Morfologik ko'rsatkich bo'lmaganda ham
tobelik va hokimlik belgisi birikuvchi so'zlarning lug'aviy grammatik
tabiatidan, sintaktik o'rnidan hamda tartib va ohangdan biIinib turadi.
Masalan: finiq suv (tobe+hokim), suv finiq (tobe+hokim) .
Nutqiy birikuvda hokim-tobelik belgisini aniqlashda ohangga
asoslanishning ahamiyati katta. Masalan, so'z tizmasida sanash
ohangi mavjud bo'lsa (qalam, daftar), so'z birikmasida ko'tariluvchi
(kitobni o‘qimoq) va gapda pasayuvchi ohang (suvlar tiniq) amal
qiladi. Biroq hokim-tobelikni aniqlashda morfologik ko'rsatkichga
tayanish har doim ham to'g'ri bo'lavermaganligi kabi (chunki
morfologik ko'rsatkichsiz ham so'z birikuvi hosil bo'laveradi - qizil
qalam), ohang va so'z taItibiga tayanish ham mutiaq asos emas.
Chunki kitobni o‘qidi nutqiy so'z birikmasi pasayuvchi ohang bilan
aytilsa, o‘qidim kitobni hosilasida hokim so'z oldin tobe so'z keyin
kelsa-da, u so'z birikmasi sallalaveradi. Umuman, tobelikning
ko'rsatkichlari bo'lmaganda, tartib - hokim-tobelikning asosiy
belgisi, bunday ko'rsatkich bo'lganda esa u o'z kuchini yo'qotadi.
Tenglashish uyushiq bo'laklar va ayrim qo'shma gap a'zolari
orasida amal qilsa, bulardan boshqa bog'lanish - tobelanish aloqasi.
Sintaktik aloqani ta'minlovchi vosita. Erkin birikmada
so'zlarning bog'lanishi va unda sintaktik aloqa vositalari turlicha:
a'Iochi o‘quvchi, o‘qituvchini fabriklamoq, telefon orqali gaplashmoq,
kitobning varag(i va h.k. kabi.
ilmiybaza.uz
So'zlarning turli vosita yordamida bog'lanishi ularning qaysi
lug'aviy-grammatik tip (so'z turkumi)ga kitishiga, lug'aviy grammatik
xususiyatiga bog'liq. Zero, ayrim lug'aviy-grammatik tur, asosan, tobe
a'zo vazifasida kelish uchun ixtisoslashgan (masalan, son, ravish, sifat):
besh o‘quvchi, tez gapirish, a'lochi bola kabi. Shuning uchun ular so'z
birikmasida tobe a'zo mavqeida kelish uchun ma'lum bir grammatik
ko'rsatkichni talab qilmaydi. Ayrim so'z turkumi (masalan, ot, fe'I),
asosan, hokim mavqe egallashga xoslangan: issiq non, kitobni keltirmoq.
Shu boisdan ular tobe a'zo sifatida nutqda ishtirok etishi uchun asosan
o'ziga xos grammatik shakl kasb etadi: paxtani termoq, terilgan paxta.
Sintaktik aloqani ifodalovchi vosita sintaktik shakl hosil
qiluvchi qo'shimcha, yordamchi so'z, so'z tartibi va ohangdir.
Tayanch tushunchalar: sintaktik aloqa va uni yuzaga chiqaruvchi
vositalar, so`z tizmasi, so`z birikmasi, gap.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. НеъматовҲ., Сайфуллаева Р., Қурбонова М. Ўзбек тили
структурал синтаксиси асослари. – Т., 1999.
2. Нурмонов А., Маҳмудов Н. в.б. Ўзбек тилининг мазмуний
синтаксиси – Т., 1992.
3. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили.
Синтаксис. III. – Т., 2006.
4. Ўзбек тили грамматикаси. II том. – Т., 1976.5. Қурбонова М.
Ҳозирги замон ўзбек тили (содда гап синтаксиси учун материаллар).
– Т., 2002.
5. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис.
– Т.,1987.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
ilmiybaza.uz
1. Nutq sintaksisi nimani o`rganadi?
2. Sintaktik aloqa nima?
3. Qanday vositalar sintaktik aloqani yuzaga chiqaradi?