SINTAKSIS
REJA:
1. Sintaksis haqida umumiy ma’lumot.
2. Sintaktik aloqa turlari.
3. So‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi.
4.So‘z birikmasining tuzilishi va grammatik ma’nolari.
5.Birikma tarkibidagi so‘zlarning aloqa turlari: boshqaruv, bitishuv, moslashuv.
6.So‘z birikmalarining turlari: hokim so‘zning qaysi so‘z turkumidan ekanligiga
ko‘ra turlari (otli, fe’lli, ravishli, sifatli, modal so‘zli birikmalar).
7.Tobe so‘zning sintaktik vazifasiga ko‘ra turlari (to‘ldiruvchili, aniqlovchili, holli
so‘z birikmalari).
8.Tuzilishiga ko‘ra turlari: sodda so‘z birikmalari, murakkab so‘z birikmalari.
Sintaksis haqida umumiy ma’lumot
Sintaksis (grekcha – syntaxis – «tuzish» so‘zidan olingan) grammatikaning bir
bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning birikish yo‘llari, so‘z birikmasi, gap, uning turlari,
xususiyatlarini tekshiradi.
Sintaksis, bir tomondan, so‘z va so‘zshakllarning, shuningdek, gaplarning aloqa
qilish, birikish yo‘llarini tekshirsa, ikkinchi tomondan, ma’lum bog‘lanish asosida
yuzaga keladigan sintaktik birliklarni o‘rganadi.
So‘z birikmasi, gap, gap bo‘laklari asosiy sintaktik birliklar, sintaktik
kategoriyalar hisoblanadi.
Sintaktik aloqa turlari
So‘zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog‘lanish, aloqa ikki xil bo‘ladi:
1) teng bog‘lanish yoki teng aloqa; 2) tobe bog‘lanish yoki tobe aloqa.
Teng bog‘lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo‘lgan biri ikkinchisiga
bo‘ysunmagan so‘zlarning yoki gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so‘zlar
yoki gaplar o‘zaro teng bog‘lovchilar, teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar, ohang
yordamida munosabatga kirishadi. Masalan: 1. Beminnat qilingan ezgulik eng maqbul
va go‘zal ezgulikdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). 2. Bilmaslik ayb emas, bilishni
istamaslik aybdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Birinchi misolda eng maqbul, go‘zal
so`zlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda uyushiq sifatlovchi vazifasini bajargan. Ikkinchi
misolda esa Bilmaslik ayb emas va Bilishni istamaslik aybdir gaplari bir-biri bilan teng
aloqaga kirishgan.
Tobe bog‘lanishda biri hokim, ikkinchisi tobe bo‘lgan a’zolar (so‘zlar, ergash
gapli qo‘shma gap qismlari) o‘zaro aloqaga kirishadi. Ularning biri ikkinchisini
aniqlash, izohlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Aniqlaydigan, izohlaydigan,
to‘ldiradigan a’zosi tobe, izohlanadigan a’zo hokim deb yuritiladi: 1. Kitobni o‘qimoq,
qiziqarli voqea. 2. Kimning himmati baland bo‘lsa, qadr-qimmati ham bo‘ladi (Oz-oz
o‘rganib dono bo‘lur). Birinchi misolda so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlardan biri hokim
qism (o‘qimoq, voqea), ikkinchisi (kitobni, qiziqarli) tobe a’zo bo‘lib kelgan. Ikkinchi
misolda ergashgan qo‘shma gapning qismlaridan biri «qadr-qimmati ham baland
bo‘ladi» hokim a’zo, bosh gap sifatida, ikkinchisi «kimning himmati baland bo‘lsa»
tobe a’zo ergash gap sifatida qatnashgan. Shunday qilib, bog‘lanishning ikki xil turini
so‘zlar orasida ham, gaplar orasida hamkuzatish mumkin. (Gaplar orasidagi bog‘lanish
haqida «Qo‘shma gap» bo‘limida baxs yuritiladi).
So‘zlar orasidagi tobe bog‘lanish ikki xil bo‘ladi:
1) predikativ tobe bog‘lanish; 2) nopredikativ tobe bog‘lanish.
Ega va kesimning bog‘lanishi predikativ tobe bog‘lanish hisoblanadi va bunday
bog‘lanishdan gap hosil bo‘ladi. Tobe (ergash) bog‘lanishning qolgan ko‘rinishlari
(aniqlovchi+aniqlanmish, to‘ldiruvchi+to‘ldirilmish, hol+hollanmish) nopredikativ tobe
bog‘lanish bo‘lib, bunday bog‘lanishdan so‘z birikmasi yuzaga keladi.
So‘zlarning nopredikativ tobe bog‘lanishi uch xil bo‘ladi: 1) boshqaruv; 2)
bitishuv; 3) muvofiqlashuv.
1. Boshqaruv. Tobe so‘zning hokim so‘z talab etgan shaklda kelishi boshqaruv
deyiladi. Bunda boshqariluvchi so‘z bosh va qaratqich kelishigidan tashqari boshqa
kelishik shaklini yoki ko‘makchini olib keladi. Boshqariluvchining qaysi kelishik yoki
ko‘makchi bilan shakllanishi boshqaruvchi so‘zning ma’nosi, semantikasi bilan
belgilanadi: kitobni o‘qimoq, qariyalarga g‘amxo‘rlik qilmoq, universitetda o‘qimoq,
ishdan qaytmoq, o‘quvchilar bilan suhbatlashmoq kabi.
Boshqaruv ikki xil bo‘ladi: kelishikli boshqaruv va ko‘makchili boshqaruv.
Kelishikli boshqaruvda boshqariluvchi so‘z ma’lum kelishik shaklida qo‘llanadi:
kattalarni hurmat qilmoq, tog`ga chiqmoq kabi.
Ko‘makchili boshqaruvda boshqariluvchi so‘z ko‘makchi orqali shakllanadi: zavq
bilan ishlamoq, telefon orqali gaplashmoq kabi.
Boshqaruv usuli bilan bog‘lanish to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish, hol-hollanmish
munosabatlarini yuzaga keltiradi.
2. Bitishuv. Hokim va tobe so‘zlarning o‘zaro so‘z tartibi hamda ohang
yordamida birikishiga bitishuv deyiladi. Bitishuv yo‘li bilan bog‘lanish sifatlovchi-
sifatlanmish (yangi libos), izohlovchi-izohlanmish (shoir Erkin Vohidov), qisman hol-
hollanmish (to‘satdan uchrab qolmoq) munosabatidagi birikmalarga xos bo‘lib, uning
qismlari ifoda materialiga ko‘ra turlicha bo‘ladi:
1) sifat + ot: ziyrak bola, yam-yashil dala;
2) ot + ot: temir darvoza, oltin kuz;
3) son + ot: besh kishi, o‘n tup ko‘chat;
4) olmosh + ot: barcha xalqlar, shu yo‘l;
5) sifatdosh + ot: sinalgan odam, aytilgan so‘z;
6) ravish + ot: mo‘l hosil, ko‘p xususiyatlar;
7) taqlid so‘z + ot: g‘ir-g‘ir shabada, tars-turs ovozlar;
8) ravish + fe’l: tez yurmoq, erta kelmoq;
9) ravishdosh + fe’l: o‘ylab gapirmoq, quvonib aytmoq;
10) taqlid so‘z + fe’l: duv-duv to‘kilmoq, gir-gir aylanmoq.
3. Muvofiqlashuv.
O‘zbek tilida qaratqich va qaralmishning aloqasi
bog‘lanishning alohida turini tashkil qiladi. Bunda so‘zlardan birini hokim, birini tobe
deb qarash qiyin, chunki qaralmishning talabi bilan qaratuvchi bo‘lak qaratqich
kelishigi shaklini oladi, o‘z navbatida, qaratuvchining talabiga ko‘ra qaralmish egalik
affiksini qabul qiladi: bolalarning quvonchi, mening kitobim, sening daftaring, ularning
vazifasi kabi. Bunda munosabatdorlik (o‘zaro hokimlik, tobelik) kuzatiladi.
Aslida moslashuv deyilganda, tobe so‘z shaklining hokim so‘z shakliga mos
kelishi nazarda tutiladi. Bu holat rus tiliga xos, negaki moslashuv yo‘li bilan tuzilgan
qurilmalarda, jumladan, aniqlovchili birikmalarda tobe so‘z hokim so‘z bilan grammatik
shaklda moslashib, hokim so‘z bildirgan xususiy grammatik ma’nolarga ega bo‘ladi.
Masalan, interesnaya kniga birikmasida kniga hokim so‘z bo‘lib, bosh kelishik, birlik,
jenskiy rod (jins) kabi xususiy grammatik ma’nolar anglatgan; tobe so‘z (interesnaya)
hokim so‘zning aynan shu shakliga moslashib, xuddi shunday grammatik ma’nolarni
ifodalaydi.
O‘zbek tilida qaratuvchi va qaralmishning munosabati yuqorida qayd etilgan
birikma qismlarining munosabatidan farq qiladi. Shuning uchun bunday bog‘lanishni
moslashuv deb emas, muvofiqlashuv deb izohlash lozim bo‘ladi.
Demak, o‘zbek tilida qaratuvchi va qaralmishning birikishi muvofiqlashuv
asosida voqe bo‘ladi.
So‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi
Gapda so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi quyidagi vositalar
orqali bo‘ladi:
1. Affikslar. O‘zbek tilida so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvida
turlovchi va tuslovchi affikslarning xizmati katta. Masalan: Chor-atrof yaproqlarning
mungli shivir-shiviriga to‘ladi (O‘.H.). Bu gapdagi so‘zlar o‘zaro kelishik affikslari (-
ning, -ga), egalik affiksi (-i) va shaxs-son affiksi (-di) orqali sintaktik aloqaga kirishgan.
2. Yordamchi so‘zlar. Ko‘makchilar, bog‘lovchilar gapda so‘zlarning o‘zaro
munosabatga kirishuviga xizmat qiladi. Masalan: Xalqning ulug‘vorligi uning soni bilan
o‘lchanmaydi, yagona o‘lchov uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
(«Tafakkur gulshani»). Bu gapda ot (soni) fe’lga (o‘lchanmaydi) bilan ko‘makchisi
orqali bog‘langan; kamoloti, barkamolligi so‘zlari teng aloqaga kirishib, uyushgan ot
kesim vazifasini bajargani holda va bog‘lovchisi yordamida sintaktik munosabatga
kirishgan.
Ba’zi hollarda yuklamalar ham bog‘lovchi vazifasida kelib, gaplar, so‘zlar
orasidagi sintaktik munosabatni ko‘rsatib keladi: Bugundan boshlab yotoq joylarda...
yigitlardan bitta navbatchi qoldirildi-yu, boshqa hamma paxtaga chiqdi. (P.Q.).
Bog‘lama ega va ot kesim munosabatini ifodalashga xizmat qiladigan
yordamchidir: Hayotda go‘zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-oz
o‘rganib dono bo‘lur»).
3. So‘z tartibi. Gap tarkibidagi so‘zlarda maxsus grammatik ko‘rsatkichlar
bo‘lganda, ularning o‘rnini almashtirish sintaktik holatni o‘zgartirmaydi. Qiyoslaylik:
daraxtlarning tagida... nozikkina maysalar ko‘rinib qoladi. (O‘.U.). – Nozikkina
maysalar daraxtlarning tagida ko‘rinib qoladi.
`So‘zlarda maxsus grammatik ko‘rsatkichlar bo‘lmaganda, ularning o‘rnini
almashtirish sintaktik holatga ta’sir qiladi. Qiyoslang: yam-yashil dala (aniqlovchili
birikma) – Dala yam-yashil (ega, kesimdan iborat yig‘iq gap).
4. Pauza(to`xtam). Pauza ham sintaktik vosita sifatida ahamiyatga ega.
Pauzaning o‘zgarishi sintaktik holatning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan:
Quloq solib o‘tirgan boladan so‘radi. Bunda boladan so‘zidan so‘ng pauza qilinsa,
quloq solib o‘tirgan sifatdoshi boladan so‘ziga nisbatan sifatlovchi vazifasini bajaradi.
Agar quloq solib o‘tirgan sifatdoshidan keyin pauza bo‘lsa, sifatdosh anglashgani holda
ega vazifasini bajaradi.
Odatda, nutqda, gapda so‘zlar ma’lum qonun-qoidalar asosida o‘zaro ma’no va
grammatik jihatdan bog‘langan bo‘ladi. Masalan, qiziqarli kitob, tog`ga chiqmoq, tez
o‘qimoq. Bunday juftlik bir butunlik hosil qilib, yaxlit, lekin o‘z ichida qismlarga
bo‘linadigan bir butun tushunchani bildiradi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘z va so‘z
shakllarning nopredikativ tobe aloqasi asosida birikishidan hosil bo‘lgan bog‘lanma
so‘z birikmasi deyiladi.
So‘z birikmasi mustaqil so‘zlarning bog‘lanishidan hosil bo‘ladi, yordamchi
so‘zlar (ko‘makchilar) o‘z oldidagi mustaqil so‘z bilan birga birikmaning bir qismi,
a’zosi sanaladi. Masalan, do‘stlik haqida suhbatlashmoq, qarsaklar bilan olqishlamoq
kabi.
So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlardan biri hokim, ikkinchi tobe bo‘ladi. So‘z
birikmasi boshqaruv, bitishuv, muvofiqlashuv usullari bilan hosil bo‘ladi.
So‘z birikmasi, birinchidan, frazeologik iboralardan farq qiladi. Frazeologik
iboralar so‘z kabi til birligi bo‘lib, so‘z kabi tayyor holda qo‘llanib, bir butun holda
lug‘aviy ma’no ifodalaydi va gapda bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. So‘z birikmasi
tarkibidagi a’zolar boshqa-boshqa gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
So‘z birikmasini, ikkinchidan, gapdan farqlash lozim. So‘z birikmasi tushuncha
ifodalab, nominativ (nomlash, atash) vazifasini bajaradi, shuning uchun intonatsion
tugallikka ega bo‘lmaydi. Gap esa fikr bildirib, kommunikativ (aloqa qilish) va
kognitiv (fikr almashish) vazifalarini bajaradi. So‘z birikmasi kamida ikki mustaqil
so‘zdan tuzilsa, gap ba’zan bir so‘zdan ham tashkil topishi mumkin.
So‘z birikmasi, uchinchidan, o‘zaro teng bog‘langan so‘zlardan ham farq qiladi.
Masalan: Maqsad va marom insonning eng buyuk quvvatidir. (Oz-oz o‘rganib dono
bo‘lur). Bunda maqsad va maarom so‘zlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda uyushiq bo‘lak
hosil qilib, so‘z birikmasi sanalmaydi.
So`z birikmasi, to`rtinchidan, fonetik taktdan (sintagmadan) farqlanadi.
So‘z birikmalarining tasnifi
So‘z birikmalari quyidagi xususiyatlari asosida tasnif qilinadi:
1. So‘z birikmalari qismlarining grammatik tabiatiga ko‘ra.
2. So‘z birikmalarining tuzilishiga ko‘ra.
So‘z birikmalari qismlarining grammatik tabiatiga ko‘ra tasnif qilinganda, hokim
a’zoning qaysi so‘z turkumidan ekanligi, tobe a’zoning sintaktik vazifasi asosga olinadi.
So‘z birikmalari hokim qismning qaysi so‘z turkumidan ekanligiga ko‘ra
quyidagi turlarga ajratiladi: 1) otli birikma; 2) fe’lli birikma; 3) sifatli birikma; 4)
ravishli birikma; 5) modal so‘zli birikma.
1. Otli birikma. Bunday birikmaning hokim so‘zi vazifasida ot, otlashgan so‘zlar
keladi va u quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:
Hokim a’zo vazifasida ot keladi: g‘ayratli odam, samimiy inson, ezgu niyatli
kishi.
Hokim a’zo sifatida olmosh keladi: bolaning o‘zi, Karimaning o‘zi.
Hokim so‘z sifatida otlashgan sifat keladi: kishilardan eng mardi, qizlarning sarasi.
Hokim a’zo vazifasida otlashgan son keladi:
talabalarning beshtasi,
o‘quvchilardan biri.
Hokim a’zo vazifasida otlashgan olmosh keladi: tilaklarning barchasi, kutib
oluvchilarning hammasi.
Hokim a’zo vazifasida otlashgan sifatdosh keladi: onamlarning aytganlari,
bolalarning o‘qiyotgani va b.
Hokim a’zo vazifasida otlashgan ravish keladi: jumhuriyatimizning buguni, ishlarning
ko‘pi.
Hokim a’zo sifatida otlashgan undov so‘z keladi: ularning dod-voyi, bolalarning
qiy-chuvi.
Hokim a’zo vazifasida otlashgan taqlid so‘z keladi: otlarning dupur-dupuri,
to‘plarning gumbur-gumburi.
Ko‘rinadiki, otli so‘z birikmasi qismlari bitishuv, muvofiqlashuv va boshqaruv
yo‘li bilan grammatik aloqaga kirishadi. Otli birikma so‘z shakli bilan so‘zning
(leksemaning) yoki ikki so‘z shakllarning bog‘lanishidan hosil bo‘ladi.
2. Fe’lli birikma. Bunday birikmaning hokim qismi fe’l bilan ifodalanadi: tez
ishlamoq, oldinda yurmoq, diqqat bilan tinglamoq, kulib gapirmoq.
Fe’lli birikmaning a’zolari o‘zaro bitishuv va boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi.
Fe’lli so‘z birikmasi so‘z shakl bilan so‘zning (leksemaning) o‘zaro bog‘lanishidan
yuzaga keladi.
3. Sifatli birikma. Mazkur birikmada hokim so‘z otlashmagan sifat bilan
ifodalanadi, birikmaning qismlari boshqaruv yo‘li bilan sintaktik munosabatga
kirishadi: akasidan kuchli, singlisidan ziyrakroq.
4. Ravishli birikma. Bunday birikmaning hokim so‘zi otlashmagan ravish bilan
ifodalanadi. Ravishli so‘z birikmalarida tobe va hokim qismlar o‘zaro boshqaruv yo‘li
bilan bog‘lanadi: raketadan tez, toshbaqadan sekin.
5. Modal so‘zli birikma. Bunda modal so‘z birikmaning hokim so‘zi sifatida
keladi. Birikma boshqaruv yo‘li bilan tuziladi: bizga kerak, o‘quvchilarda bor.
Sifatli, ravishli, modal so‘zli birikmalar ham fe’lli birikma singari so‘zshakl bilan
so‘z (leksema)ning o‘zaro bog‘lashi natijasida hosil qilinadi.
So‘z birikmalari, tobe a’zoning sintaktik vazifasiga ko‘ra, quyidagi turlarga
bo‘linadi: 1) aniqlovchili birikma; 2) to‘ldiruvchili birikma; 3) holli birikma.
1. Aniqlovchili birikma. Bunday birikmalarning tobe a’zolari aniqlovchining
barcha turlari vazifasini bajaradi. Shunga ko‘ra ularni: 1) sifatlovchili birikma; 2)
qaratuvchili birikma; 3) izohlovchili birikmalarga ajratish mumkin. Masalan: yozma ish,
ilmiy maqola, beshta kitob, allaqanday ovozlar – sifatlovchili birikma; iqtisodiyotning
taraqqiyoti, maktab hovlisi - qaratuvchili birikma; o‘qituvchi Salimova, professor
Qodirov - izohlovchili birikma.
Aniqlovchili birikma bitishuv va boshqaruv yo‘li bilan tuziladi.
2. To‘ldiruvchili birikma. Tobe a’zosi to‘ldiruvchi vazifasini bajaradigan so‘z
birikmasi to‘ldiruvchili birikma deb yuritiladi. Bunda qismlar o‘zaro boshqaruv yo‘li
bilan birikadi. Masalan: yoshlarga nasihat qilmoq, odamlarni qadrlamoq, talabalar
uchun darslik, ilm-fan haqida so‘zlamoq.
3. Holli birikma. Bu xil so‘z birikmalarining tobe qismi hol vazifasini bajaradi. Holli
birikmaning tobe va hokim a’zolari o‘zaro bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi:
yangicha fikrlamoq, birga ishlamoq, maktabdan qaytmoq, erta boshlamoq.
So‘z birikmalari tuzilishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:
1) oddiy so‘z birikmalari, 2) murakkab so‘z birikmalari.
Oddiy so‘z birikmasi. So‘zshakl bilan so‘z (leksema)ning yoki ikki
so‘zshaklning bog‘lanmasi oddiy so‘z birikmasi hisoblanadi: keng dala, tekisroq yo‘l,
tinchlikka da’vat qilmoq, davlatlarning hamdo‘stligi, maktab hovlisi.
Biror qismi frazeologik ibora yoki murakkab tushunchani bildiradigan turg‘un birikma bilan
ifodalanadigan so‘z birikmasi ham oddiy so‘z birikmasiga mansub bo‘ladi. Masalan:
yulduzni benarvon uradigan odam, Fanlar akademiyasi institutlari kabi.
Murakkab so‘z birikmasi. Bunda birikmaning qismlaridan biri yoki har ikkisi
so‘z birikmasi bilan ifoda etiladi. Masalan, mehnat qilishni sevadigan odam, odamlarga
xayrixoh bo‘lgan kishi kabi so‘z birikmalarining tobe a’zosi («mehnat qilishni
sevadigan», «odamlarga xayrixoh bo‘lgan») so‘z birikmasi shaklida qo‘llanib, hokim
so‘zga bitishuv yo‘li bilan bog‘langan.
Murakkab so‘z birikmasining biror qismi, ko‘pincha tobe qismi predikativ birlik,
predikativ bog‘lanma bilan ham ifodalanishi mumkin: qiliqlari yoqimli bola, ota-
onalarimiz bergan nasihatlar kabi birikmalarning tobe a’zosi («qiliqlari yoqimli», «ota-
onalarimiz bergan») gapga teng qurilma, ya’ni predikativ birlik, predikativ bog‘lanma
bilan ifodalangan.
Sintaktik aloqa turlari
So‘zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog‘lanish, aloqa ikki xil bo‘ladi:
1) teng bog‘lanish, yoki teng aloqa; 2) tobe bog‘lanish, yoki tobe aloqa.
Teng bog‘lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo‘lgan, biri ikkinchisiga
bo‘ysunmagan so‘zlarning yoki gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so‘zlar
yoki gaplar o‘zaro teng bog‘lovchilar, teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar, sanash
ohangi (ohang) yordamida munosabatga kirishadi.
Masalan: 1. Beminnat qilingan ezgulik eng maqbul va go‘zal ezgulikdir. (Oz-oz
o‘rganib dono bo‘lur). 2. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir. (Oz-oz
o‘rganib dono bo‘lur).
Birinchi misolda eng maqbul, go‘zal sifatlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda
uyushiq sifatlovchilar vazifasini bajargan. Ikkinchi misolda esa Bilmaslik ayb emas va
Bilishni istamaslik aybdir gaplari bir-biri bilan teng aloqaga kirishgan.
Tobe bog‘lanishda biri hokim, ikkinchisi tobe bo‘lgan qismlar (so‘zlar, ergash
gapli qo‘shma gap qismlari) o‘zaro aloqaga kirishadi. Ularning biri ikkinchisini
aniqlash, izohlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Aniqlaydigan, izohlaydigan,
to‘ldiradigan qismi tobe, izohlanadigan qism hokim deb yuritiladi: 1. Kitobni o‘qimoq,
qiziqarli voqea. 2. Kimning himmati baland bo‘lsa, qadr-qimmati ham bo‘ladi (Oz-oz
o‘rganib dono bo‘lur). Birinchi misolda so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlardan biri hokim
qism (o‘qimoq, voqea), ikkinchisi (kitobni, qiziqarli) tobe qism bo‘lib kelgan. Ikkinchi
misolda ergashgan qo‘shma gapning qismlaridan biri «qadr-qimmati ham baland
bo‘ladi» hokim qism, bosh gap sifatida, ikkinchisi «kimning himmati baland bo‘lsa»
tobe qism, ergash gap sifatida qatnashgan. Shunday qilib, bog‘lanishning ikki xil turini
so‘zlar orasida ham, gaplar orasida kuzatish mumkin. (Gaplar orasidagi bog‘lanish
haqida «Qo‘shma gap» bo‘limida bahs yuritiladi).
So‘zlar orasidagi tobe bog‘lanish ikki xil bo‘ladi:
1) predikativ tobe bog‘lanish; 2) nopredikativ tobe bog‘lanish.
Ega va kesimning bog‘lanishi predikativ tobe bog‘lanish hisoblanadi va bunday
bog‘lanishdan gap hosil bo‘ladi. Tobe (ergash) bog‘lanishning qolgan ko‘rinishlari
(aniqlovchi+aniqlanmish, to‘ldiruvchi+to‘ldirilmish, hol+hollanmish) nopredikativ
tobe bog‘lanish bo‘lib, bunday bog‘lanishdan so‘z birikmasi yuzaga keladi. So‘zlarning
nopredikativ tobe bog‘lanishi uch xil bo‘ladi: 1) boshqaruv; 2) bitishuv; 3) moslashuv.
Boshqaruv
Tobe so‘zning hokim so‘z talab etgan shaklda kelishi boshqaruv deyiladi. Bunda
boshqariluvchi so‘z bosh va qaratqich kelishigidan tashqari boshqa kelishik shaklini
yoki ko‘makchini olib keladi. Qaysi kelishik yoki ko‘makchi bilan shakllanish
boshqaruvchi so‘zning ma’nosi, semantikasi bilan belgilanadi. Masalan: kitobni
o‘qimoq, qariyalarga g‘amxo‘rlik qilmoq, universitetda o‘qimoq, ishdan qaytmoq,
o‘quvchilar bilan suhbatlashmoq va boshqalar.
Boshqaruv ikki xil bo‘ladi: kelishikli boshqaruv va ko‘makchili boshqaruv.
Kelishikli boshqaruvda boshqariluvchi so‘z ma’lum kelishik shaklida qo‘llanadi:
kattalarni hurmat qilmoq, toqqa chiqmoq kabi.
Ko‘makchili boshqaruvda boshqariluvchi so‘z ko‘makchi orqali shakllanadi:
ukasi bilan kelmoq, telefon orqali gaplashmoq kabi.
Boshqaruv usuli bilan bog‘lanish to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish, hol-hollanmish
munosabatlarini yuzaga keltiradi.
Bitishuv
Hokim va tobe so‘zlarning o‘zaro so‘z tartibi hamda ohang yordamida
birikishiga bitishuv deyiladi. Bitishuv yo‘li bilan bog‘lanish sifatlovchi-sifatlanmish
(yangi libos), izohlovchi-izohlanmish (shoir Erkin Vohidov), qisman hol-hollanmish
(to‘satdan uchrab qolmoq) munosabatidagi birikmalarga xos bo‘lib, uning qismlari
ifoda materialiga ko‘ra turlicha bo‘ladi:
1) sifat + ot: ziyrak bola, yam-yashil dala;
2) ot + ot: temir darvoza, oltin kuz;
3) son + ot: besh kishi, o‘n tup ko‘chat;
4) olmosh + ot: barcha xalqlar, shu yo‘l;
5) sifatdosh + ot: sinalgan odam, aytilgan so‘z;
6) ravish + ot: mo‘l hosil, ko‘p xususiyatlar;
7) taqlid so‘z + ot: g‘ir-g‘ir shabada, tars-turs ovozlar;
8) ravish + fe’l: tez yurmoq, erta kelmoq;
9) ravishdosh + fe’l: o‘ylab gapirmoq, quvonib aytmoq;
10) taqlid so‘z + fe’l: duv-duv to‘kilmoq, chir-chir aylanmoq.
Moslashuv (muvofiqlashuv)
O‘zbek tilida qaratqich va qaralmishning aloqasi bog‘lanishning alohida turini
tashkil qiladi. Bunda so‘zlardan birini hokim, birini tobe deb qarash qiyin, chunki
qaralmishning talabi bilan qaratuvchi bo‘lak qaratqich kelishigi shaklini oladi, o‘z
navbatida, qaratuvchining talabiga ko‘ra qaralmish egalik affiksini qabul qiladi.
Masalan: bolalarning quvonchi, mening kitobim, sening daftaring, ularning vazifasi
kabi. Bunda munosabatdorlik ( o‘zaro hokimlik, tobelik) kuzatiladi.
Aslida moslashuv deyilganda, tobe so‘z shaklining hokim so‘z shakliga mos
kelishi nazarda tutiladi. Bu holat rus tiliga xos, negaki moslashuv yo‘li bilan tuzilgan
qurilmalarda, jumladan, aniqlovchili birikmalarda tobe so‘z hokim so‘z bilan grammatik
shaklda moslashib, hokim so‘z bildirgan xususiy grammatik ma’nolarga ega bo‘ladi.
Masalan, interesnaya kniga birikmasida kniga hokim so‘z bo‘lib, bosh kelishik, birlik,
jenskiy rod (jins) kabi xususiy grammatik ma’nolar anglatgan; tobe so‘z (interesnaya)
hokim so‘zning aynan shu shakliga moslashib, xuddi shunday grammatik ma’nolarni
ifodalaydi.
O‘zbek tilida qaratqich va qaralmishning munosabati yuqorida qayd etilgan
birikma qismlarining munosabatidan farq qiladi. Shuning uchun bunday bog‘lanishni
moslashuv deb emas, muvofiqlashuv deb izohlash lozim bo‘ladi.
Demak, o‘zbek tilida qaratqich va qaralmishning birikishi muvofiqlashuv asosida
voqe bo‘ladi.
So‘z birikmasi tahlili
1. Gapdagi so‘z birikmalari aniqlanadi.
2. Bosh va ergash so‘zlar aniqlanadi.
3. Bosh va ergash so‘zlarning bog‘lanish
usuli (moslashuv, boshqaruv, bitishuv).
4. Hokim va tobe so‘zlarni bog‘lovchi
vosita (kelishik qo‘shimchasi, ko‘makchi
5. So‘z birikmasining bosh so‘z turkumi
bo‘yicha turi aniqlanadi.
6. So‘z birikmasidagi ergash so‘zning
vazifasi bo‘yicha turi aniqlanadi.
7. So‘z birikmasining tuzilish turi
aniqlanadi
yoki ohang) aniqlanadi.
Blits-so`rov savollari:
1. Sintaksisda nimalar o‘rganiladi?
2. So‘z qo‘shilmasi nima?
3. Teng boјlanish haqida gapiring.
4. Tobe boјlanish haqida gapiring.
5. So‘z birikmasining ta’rifini ayting.
6. Bosh va ergash so‘zlar haqida gapiring.
7. Otli so‘z birikmasi haqida gapiring.
8. Fe’lli so‘z birikmasi haqida so‘zlang.
9. Sodda so‘z birikmasi haqida gapiring.
10. Murakkab so‘z birikmalari haqida gapiring.
11. So‘z birikmasining so‘zdan farqi nimada?
12. So‘z birikmasining sintagmadan farqi haqida gapiring.
13. So‘z birikmasining gapdan farqi haqida gapiring.
14. Boshqaruv usuli haqida gapiring.
15. Moslashuv usuli haqida gapiring.