SINTAKSISNING TADQIQ MANBAYI VA BO`LIMLARI

Yuklangan vaqt

2024-08-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

15,8 KB


 
 
 
 
 
 
SINTAKSISNING TADQIQ MANBAYI VA BO`LIMLARI 
 
 
Reja: 
1. O`quv fanining maqsadi, vazifalari.Sintaksisning tadqiq manbayi.  
2. Asosiy sintaktik birliklar. Formal va sistemaviy (struktur) sintaksis.  
3. So`z birikmasi(SB) sintaksisi va gap sintaksisi. 
 
 
Sintaksis va uning tadqiq manbayi. Til o`z ijtimoiy vazifasini sintaktik 
qurilma–gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha – fonetik, leksik, morfologik 
hodisalar ana Shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va 
morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki bevosita muhimdir. Zero, har 
qanday sintaktik hodisada so`z va morfologik ko`rsatgichlarni ko`ramiz. Shu 
boisdan sintaktik mohiyatlarni belgilashda leksik va morfologik omillarga 
tayaniladi. Grammatika morfologiya va sintaksisni o`z ichiga oladi. Morfologiya, 
asosan, sintaktik qurilish vositalari bo`lmish grammatik ko`rsatgichlar tizimi - 
morfologik kategoriyalarni o`rganadi, ularning umumiy va xususiy grammatik 
ma‘no (UGM va XGM)larini o`rganadi. Shuningdek, u so`z turkumlarining umumiy 
grammatik xossalarini ham tekshirib keladi. Aslida, morfologiyaning tekshirish 
manbayi yo leksik, yo sintaktik tabiatga ega bo`ladi. Masalan, so`z turkumlari 
lug`aviy ma‘nosi yaqin so`zlarning yuksak darajadagi umumlashmasi, so`zlarni 
bosqichma-bosqich birlashtirib borish natijasida hosil qilingan katta guruhlardir. 
Demak, so`z ma‘nolari umumlashuvi pog`onasining yuqori zinasi morfologik 
mohiyat sifatida qaraluvchi so`z turkumlaridir. Morfologik ko`rsatgichlar ikkiga 
bo`linadi: 1) lug`aviy shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar; 2) sintaktik shakl hosil 
SINTAKSISNING TADQIQ MANBAYI VA BO`LIMLARI Reja: 1. O`quv fanining maqsadi, vazifalari.Sintaksisning tadqiq manbayi. 2. Asosiy sintaktik birliklar. Formal va sistemaviy (struktur) sintaksis. 3. So`z birikmasi(SB) sintaksisi va gap sintaksisi. Sintaksis va uning tadqiq manbayi. Til o`z ijtimoiy vazifasini sintaktik qurilma–gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha – fonetik, leksik, morfologik hodisalar ana Shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki bevosita muhimdir. Zero, har qanday sintaktik hodisada so`z va morfologik ko`rsatgichlarni ko`ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatlarni belgilashda leksik va morfologik omillarga tayaniladi. Grammatika morfologiya va sintaksisni o`z ichiga oladi. Morfologiya, asosan, sintaktik qurilish vositalari bo`lmish grammatik ko`rsatgichlar tizimi - morfologik kategoriyalarni o`rganadi, ularning umumiy va xususiy grammatik ma‘no (UGM va XGM)larini o`rganadi. Shuningdek, u so`z turkumlarining umumiy grammatik xossalarini ham tekshirib keladi. Aslida, morfologiyaning tekshirish manbayi yo leksik, yo sintaktik tabiatga ega bo`ladi. Masalan, so`z turkumlari lug`aviy ma‘nosi yaqin so`zlarning yuksak darajadagi umumlashmasi, so`zlarni bosqichma-bosqich birlashtirib borish natijasida hosil qilingan katta guruhlardir. Demak, so`z ma‘nolari umumlashuvi pog`onasining yuqori zinasi morfologik mohiyat sifatida qaraluvchi so`z turkumlaridir. Morfologik ko`rsatgichlar ikkiga bo`linadi: 1) lug`aviy shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar; 2) sintaktik shakl hosil  
 
qiluvchi qo`shimchalar. Lug`aviy shakl hosil qiluvchi ko`rsatgichlar leksemalarning 
lug`aviy ma‘nosiga ta‘sir qilib, odatda, leksik ahamiyatga ega bo`ladi. Masalan, 
o`qigan bola birikmasidagi o`qigan lug`aviy shakli -gan ko`rsatgichini olib, lug`aviy 
ma‘nosidagi «harakat» semasini kuchsizlantiradi va buning evaziga «belgi» ma‘no 
bo`lakChasiga ega bo`ladi. Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari so`zlarning 
lug`aviy ma‘nosiga ta‘sir qilmasdan, ularni sintaktik aloqaga kiritish uchungina 
xizmat qiladi. Masalan, kitobni olmoq birikmasidagi tuShum kelishigi qo`shimchasi 
kitob leksemasini olmoq fe‘liga tobelash vazifasini bajarmoqda. Aytilganlardan 
xulosa qilish mumkinki, so`z turkumlari yuksak lug`aviy umumlashtirish, so`zlarni 
umumiy belgilari asosida birlashtirish natijasi bo`lsa, grammatik ko`rsatgichlarning 
bir qismi leksik va bir qismi sintaktik ahamiyatga egadir. Demak, tilshunos 
I.I.MeshChaninov ta‘biri bilan aytganda, morfologiya aslida leksik va sintaktik 
jihatlar birligidir. Sintaksis (gr. sintaxys - tuzish, qurish)ning asosi gap haqidagi 
ta‘limotdir. Gaplar, aslida, so`zlarning erkin birikuvlariga ham asoslanganligi tufayli 
so`zlarning bog`lanish qonuniyatlari, so`z birikmalari ham sintaksisda o`rganiladi. 
Atom xususiyatlari va ularning birikish qonuniyatlarini ochish molekula tabiatini 
o`rganishga bo`ysundirilganligi kabi so`z birikmalarini o`rganish ham gap 
ta‘limotining tarkibiy qismi bo`lib, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. 
Sintaksis so`zlarning har qanday birikuvlarini emas, balki hokim-tobelik 
munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvlar va ularning lisoniy mohiyatlarini 
tekshiradi. Qaysidir yo`sindagi so`zlarning birikuvlari sanalmish qo`shma so`zlar 
(uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birliklar (ilonning yog`ini 
yalagan, yog` tushsa yalaguday, ko`ngli bo`sh) sintaksisning tadqiq doirasidan 
Chetda qoladi. Chunki ular erkin bog`lanishga ega emas. Sintaksis atamasi, 
grammatika atamasining o`zi kabi, zulma‘nayn (ikki ma‘noli) dir: 1) tilning sintaktik 
qurilishi; 2) grammatikaning tarkibiy qismi. Biz atamani ana Shu ikkinchi ma‘nosida 
qo`llab, birinchi ma‘no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz. Asosiy 
sintaktik birliklar. So`z birikmasi va gap sintaksisning asosiy birliklaridir. Shunga 
ko`ra, sintaksis uchga bo`linadi; so`z shakli sintaksisi: so`z birikmasi sintaksisi; gap 
sintaksisi; So`zlarning nutqda o`zaro aloqaga kiriShuvidan so`z qo`shilmalari 
qiluvchi qo`shimchalar. Lug`aviy shakl hosil qiluvchi ko`rsatgichlar leksemalarning lug`aviy ma‘nosiga ta‘sir qilib, odatda, leksik ahamiyatga ega bo`ladi. Masalan, o`qigan bola birikmasidagi o`qigan lug`aviy shakli -gan ko`rsatgichini olib, lug`aviy ma‘nosidagi «harakat» semasini kuchsizlantiradi va buning evaziga «belgi» ma‘no bo`lakChasiga ega bo`ladi. Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari so`zlarning lug`aviy ma‘nosiga ta‘sir qilmasdan, ularni sintaktik aloqaga kiritish uchungina xizmat qiladi. Masalan, kitobni olmoq birikmasidagi tuShum kelishigi qo`shimchasi kitob leksemasini olmoq fe‘liga tobelash vazifasini bajarmoqda. Aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, so`z turkumlari yuksak lug`aviy umumlashtirish, so`zlarni umumiy belgilari asosida birlashtirish natijasi bo`lsa, grammatik ko`rsatgichlarning bir qismi leksik va bir qismi sintaktik ahamiyatga egadir. Demak, tilshunos I.I.MeshChaninov ta‘biri bilan aytganda, morfologiya aslida leksik va sintaktik jihatlar birligidir. Sintaksis (gr. sintaxys - tuzish, qurish)ning asosi gap haqidagi ta‘limotdir. Gaplar, aslida, so`zlarning erkin birikuvlariga ham asoslanganligi tufayli so`zlarning bog`lanish qonuniyatlari, so`z birikmalari ham sintaksisda o`rganiladi. Atom xususiyatlari va ularning birikish qonuniyatlarini ochish molekula tabiatini o`rganishga bo`ysundirilganligi kabi so`z birikmalarini o`rganish ham gap ta‘limotining tarkibiy qismi bo`lib, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Sintaksis so`zlarning har qanday birikuvlarini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvlar va ularning lisoniy mohiyatlarini tekshiradi. Qaysidir yo`sindagi so`zlarning birikuvlari sanalmish qo`shma so`zlar (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birliklar (ilonning yog`ini yalagan, yog` tushsa yalaguday, ko`ngli bo`sh) sintaksisning tadqiq doirasidan Chetda qoladi. Chunki ular erkin bog`lanishga ega emas. Sintaksis atamasi, grammatika atamasining o`zi kabi, zulma‘nayn (ikki ma‘noli) dir: 1) tilning sintaktik qurilishi; 2) grammatikaning tarkibiy qismi. Biz atamani ana Shu ikkinchi ma‘nosida qo`llab, birinchi ma‘no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz. Asosiy sintaktik birliklar. So`z birikmasi va gap sintaksisning asosiy birliklaridir. Shunga ko`ra, sintaksis uchga bo`linadi; so`z shakli sintaksisi: so`z birikmasi sintaksisi; gap sintaksisi; So`zlarning nutqda o`zaro aloqaga kiriShuvidan so`z qo`shilmalari  
 
vujudga keladi. So`z qo`shilmalarini ikki guruhga birlashtirish mumkin: gap (osmon 
tip-tiniq); so`z birikmasi (tip-tiniq osmon); Til jamiyatda aloqa qilish, axborot 
uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. 
Demak, gap fikr ifodalaydi. So`z birikmasi fikr emas, balki so`z kabi tushuncha 
ifodalaydi. (Biroq so`z birikmasi ifodalagan tushuncha so`z ifodalagan 
tushunchadan farqlanadi.) Ko`rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap bo`lib, so`z 
birikmasi so`z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Sintaktik 
birliklar – gap va so`z birikmalari – so`zlarning qo`shilishidan hosil bo`lishi, bu 
qo`shilishning esa turli vosita (qo`shimchalar, yordamchi so`zlar) va usul (masalan, 
tobe aloqaning turlari) lar orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan 
zich aloqada ekanligini ko`rsatadi. Demak, nutqda: 1.So`z boshqa so`z bilan tobe 
yoki hokim mavqeda bog`lanadi. Buning uchun u ma‘lum bir grammatik shaklga 
ega bo`ladi (uyga bormoq, a‘lochi o`quvchi). Grammatik shakllangan so`z sintaksisi 
so`z shakl sintaksisi deb yuritiladi. 2.So`zlar o`zaro sintaktik aloqaga kirishib, 
tushuncha ifodalovchi birlik - so`z birikmasi(SB) vujudga keladi. So`zlarning o`zaro 
birikib, tushuncha ifodalovchi sintaktik birliklar hosil qilishini, bu sintaktik 
birliklarni yuzaga chiqaruvchi qoliplar, SBlarda tobelanish va uning yo`llarini 
o`rganuvchi bo`lim SB sintaksisi deyiladi. 3.Gap kishilar orasida fikr, axborot 
uzatish uchun ishlatiladigan asosiy birlik bo`lib, fikr ifodalashning eng oddiy va 
tipik ko`rinishidir. So`zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tenglovchi 
uchun axborot qabul qilish vositasi sanalmish gap va uning qurilishi, tuzilishi, 
tarkibiy qismlari va mazmuni bilan aloqador jihatlarni o`rganadigan bo`lim gap 
sintaksisi sanaladi. Sintaksisda mazkur bo`limlar o`zaro aloqadorlikda bo`lib, bir 
butun sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Har bir bo`lim o`rganish obyektiga 
ko`ra mustaqil soha bo`lsa-da, ularning umumiy xususiyatlari tilning sintaksis 
sohasiga birlashtiradi. Formal va sistemaviy (struktural) sintaksis. Formal sintaksis 
bevosita kuzatishda berilgan, nutqiy sintaktik hodisalarni o`rganadi. Boshqacha 
aytganda, u yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat sifatidagi nutqiy hosilalar bilan band 
bo`lib, umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab sifatidagi lisoniy birliklarni (nutqiy 
birliklarning lisoniy tomonini) o`rganishni sistemaviy (struktural) sintaksis hukmiga 
vujudga keladi. So`z qo`shilmalarini ikki guruhga birlashtirish mumkin: gap (osmon tip-tiniq); so`z birikmasi (tip-tiniq osmon); Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So`z birikmasi fikr emas, balki so`z kabi tushuncha ifodalaydi. (Biroq so`z birikmasi ifodalagan tushuncha so`z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Ko`rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap bo`lib, so`z birikmasi so`z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Sintaktik birliklar – gap va so`z birikmalari – so`zlarning qo`shilishidan hosil bo`lishi, bu qo`shilishning esa turli vosita (qo`shimchalar, yordamchi so`zlar) va usul (masalan, tobe aloqaning turlari) lar orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan zich aloqada ekanligini ko`rsatadi. Demak, nutqda: 1.So`z boshqa so`z bilan tobe yoki hokim mavqeda bog`lanadi. Buning uchun u ma‘lum bir grammatik shaklga ega bo`ladi (uyga bormoq, a‘lochi o`quvchi). Grammatik shakllangan so`z sintaksisi so`z shakl sintaksisi deb yuritiladi. 2.So`zlar o`zaro sintaktik aloqaga kirishib, tushuncha ifodalovchi birlik - so`z birikmasi(SB) vujudga keladi. So`zlarning o`zaro birikib, tushuncha ifodalovchi sintaktik birliklar hosil qilishini, bu sintaktik birliklarni yuzaga chiqaruvchi qoliplar, SBlarda tobelanish va uning yo`llarini o`rganuvchi bo`lim SB sintaksisi deyiladi. 3.Gap kishilar orasida fikr, axborot uzatish uchun ishlatiladigan asosiy birlik bo`lib, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko`rinishidir. So`zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tenglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi sanalmish gap va uning qurilishi, tuzilishi, tarkibiy qismlari va mazmuni bilan aloqador jihatlarni o`rganadigan bo`lim gap sintaksisi sanaladi. Sintaksisda mazkur bo`limlar o`zaro aloqadorlikda bo`lib, bir butun sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Har bir bo`lim o`rganish obyektiga ko`ra mustaqil soha bo`lsa-da, ularning umumiy xususiyatlari tilning sintaksis sohasiga birlashtiradi. Formal va sistemaviy (struktural) sintaksis. Formal sintaksis bevosita kuzatishda berilgan, nutqiy sintaktik hodisalarni o`rganadi. Boshqacha aytganda, u yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat sifatidagi nutqiy hosilalar bilan band bo`lib, umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab sifatidagi lisoniy birliklarni (nutqiy birliklarning lisoniy tomonini) o`rganishni sistemaviy (struktural) sintaksis hukmiga  
 
havola etadi. Shuningdek, formal sintaksis kitob va o`qimoq so`zlari orasidagi 
sintaktik aloqani ham tekshiradi. Zero, bundagi o`qimoq fe‘lining tuShum 
kelishigidagi so`zni boshqaruvi ham bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisadir. 
Lekin bu aloqa uchun [o`qi] leksemasining biriktirish imkoniyati bo`lmish ob‘ekt 
valentligi bevosita kuzatishda berilmagan. Bu esa struktural sintaksis tomonidan 
tekshiriladi. Struktural sintaksis tadqiqotlari uchun formal sintaksis tomonidan 
qo`lga kiritilgan yutuqlar zamin, poydevor vazifasini o`taydi. Demak, an‘anaviy 
sintaksissiz struktural sintaksisning bo`lishi mumkin emas. Shakliy–tavsifiy 
sintaksis esa struktural sintaksissiz ham ish ko`raveradi. Zero, struktural sintaksis 
mohiyatni tadqiq etar ekan, buning uchun hodisalar jamlangan bo`lishi kerak. 
Hodisani jamlash uchun esa struktural sintaksis tiklaydigan mohiyatga ehtiyoj 
sezilmaydi. Har bir nutqiy parchada turli sath hodisalari qorishgan holda voqelanadi. 
Masalan, ―Salim keldi‖ gapida fonetik (tovushlar tizimi, ohang), leksik (so`zlar), 
morfologik (grammatik shakllar) va uslubiy (masalan, so`zlovchining munosabati 
yoki uslubiy betaraflik) sathlar o`z izini qoldirgan. Formal sintaksis nutqiy parchani 
Shu holida, turli mohiyatlar zarralarining qorishmasi sifatida o`rganadi va uning 
qorishmaligiga e‘tibor qaratmaydi. Struktural sintaksis esa nutqiy parchada qorishiq 
holatdagi sintaksisga daxldor bo`lmagan jihatlarni e‘tibordan soqit qiladi. SHakily– 
tavsifiy sintaksis keltirilgan gapni muayyan (aniqlik) sifatida e‘tirof etsa, struktural 
sintaksis unda turli hodisalar qorishganligi sababli mohiyatini anglash mushkulligini 
hisobga olgan holda mavhum (noaniq)lik sifatida qaraydi. qorishiq hodisalar 
chetlashtirilgan mohiyat ―tozalangan‖ligi uchun struktural sintaksis tomonidan 
muayyanlik, bevosita kuzatishda berilmaganligi uchun esa u formal sintaksis 
tomonidan mavhumlik sifatida qaraladi. Demak, shakliy–tavsifiy sintaksis asosiy 
diqqatini hodisalarning zohiriy (bevosita kuzatishda berilgan) tomoniga, struktural 
sintaksis esa botiniy (bevosita kuzatishda berilmagan, ichki) tomoniga qaratadi. Ular 
bir-birini ham taqozo, ham inkor etadi. Formal sintaksis hodisalar bilan, sistemaviy 
sintaksis mohiyatlar bilan Shug`ullanadi deb ularning vazifalarini butunlay qarama-
qarshi qo`yish yaramaydi. Chunki an‘anaviy sintaksis mohiyatga intilganligi kabi 
sistemaviy sintaksis ham faqat an‘anaviy sintaksis to`plagan hodisalargagina 
havola etadi. Shuningdek, formal sintaksis kitob va o`qimoq so`zlari orasidagi sintaktik aloqani ham tekshiradi. Zero, bundagi o`qimoq fe‘lining tuShum kelishigidagi so`zni boshqaruvi ham bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisadir. Lekin bu aloqa uchun [o`qi] leksemasining biriktirish imkoniyati bo`lmish ob‘ekt valentligi bevosita kuzatishda berilmagan. Bu esa struktural sintaksis tomonidan tekshiriladi. Struktural sintaksis tadqiqotlari uchun formal sintaksis tomonidan qo`lga kiritilgan yutuqlar zamin, poydevor vazifasini o`taydi. Demak, an‘anaviy sintaksissiz struktural sintaksisning bo`lishi mumkin emas. Shakliy–tavsifiy sintaksis esa struktural sintaksissiz ham ish ko`raveradi. Zero, struktural sintaksis mohiyatni tadqiq etar ekan, buning uchun hodisalar jamlangan bo`lishi kerak. Hodisani jamlash uchun esa struktural sintaksis tiklaydigan mohiyatga ehtiyoj sezilmaydi. Har bir nutqiy parchada turli sath hodisalari qorishgan holda voqelanadi. Masalan, ―Salim keldi‖ gapida fonetik (tovushlar tizimi, ohang), leksik (so`zlar), morfologik (grammatik shakllar) va uslubiy (masalan, so`zlovchining munosabati yoki uslubiy betaraflik) sathlar o`z izini qoldirgan. Formal sintaksis nutqiy parchani Shu holida, turli mohiyatlar zarralarining qorishmasi sifatida o`rganadi va uning qorishmaligiga e‘tibor qaratmaydi. Struktural sintaksis esa nutqiy parchada qorishiq holatdagi sintaksisga daxldor bo`lmagan jihatlarni e‘tibordan soqit qiladi. SHakily– tavsifiy sintaksis keltirilgan gapni muayyan (aniqlik) sifatida e‘tirof etsa, struktural sintaksis unda turli hodisalar qorishganligi sababli mohiyatini anglash mushkulligini hisobga olgan holda mavhum (noaniq)lik sifatida qaraydi. qorishiq hodisalar chetlashtirilgan mohiyat ―tozalangan‖ligi uchun struktural sintaksis tomonidan muayyanlik, bevosita kuzatishda berilmaganligi uchun esa u formal sintaksis tomonidan mavhumlik sifatida qaraladi. Demak, shakliy–tavsifiy sintaksis asosiy diqqatini hodisalarning zohiriy (bevosita kuzatishda berilgan) tomoniga, struktural sintaksis esa botiniy (bevosita kuzatishda berilmagan, ichki) tomoniga qaratadi. Ular bir-birini ham taqozo, ham inkor etadi. Formal sintaksis hodisalar bilan, sistemaviy sintaksis mohiyatlar bilan Shug`ullanadi deb ularning vazifalarini butunlay qarama- qarshi qo`yish yaramaydi. Chunki an‘anaviy sintaksis mohiyatga intilganligi kabi sistemaviy sintaksis ham faqat an‘anaviy sintaksis to`plagan hodisalargagina  
 
tayanadi. Bunda shakily–tavsifiy va sistemaviy sintaksisning o`rganish manbalari 
jihatdan qarama-qarshiligi so`nadi.  
Tayanch tushunchalar: sintaksis, o`rganish manbayi va predmeti, sintaksisning 
bo`limlari, tizim, tilshunoslik bo`limlari va til sathi, sintaktik birliklar va qolip. 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:  
1. Абдураҳмонов Ғ., Xолиѐров X. в.б.Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. 
– Т., 1979.  
2. Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Т., 
1995.  
3. Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. – Т.1993.  
4. Неъматов Ҳ., Сайфуллаева Р., Қурбонова М. Ўзбек тили структурал 
синтаксиси асослари. – Т., 1999.  
5. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б.Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. III. 
– Т., 2006.  
6. Ўзбек тили грамматикаси. II том. – Т., 1976.  
7. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1987.  
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:  
1. Sintaksisning tadqiq manbayi nima?  
2.Asosiy sintaktik birliklarga nimalar kiradi?  
3.Formal va sistemaviy (struktur) sintaksisning tadqiq usullari haqida ma‘lumot 
bering. 
tayanadi. Bunda shakily–tavsifiy va sistemaviy sintaksisning o`rganish manbalari jihatdan qarama-qarshiligi so`nadi. Tayanch tushunchalar: sintaksis, o`rganish manbayi va predmeti, sintaksisning bo`limlari, tizim, tilshunoslik bo`limlari va til sathi, sintaktik birliklar va qolip. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Абдураҳмонов Ғ., Xолиѐров X. в.б.Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1979. 2. Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Т., 1995. 3. Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. – Т.1993. 4. Неъматов Ҳ., Сайфуллаева Р., Қурбонова М. Ўзбек тили структурал синтаксиси асослари. – Т., 1999. 5. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б.Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. III. – Т., 2006. 6. Ўзбек тили грамматикаси. II том. – Т., 1976. 7. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1987. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Sintaksisning tadqiq manbayi nima? 2.Asosiy sintaktik birliklarga nimalar kiradi? 3.Formal va sistemaviy (struktur) sintaksisning tadqiq usullari haqida ma‘lumot bering.