SINTAKSISNING TADQIQ MANBAYI VA BO`LIMLARI

Yuklangan vaqt

2024-08-28

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

15,8 KB


 
 
 
 
 
 
SINTAKSISNING TADQIQ MANBAYI VA BO`LIMLARI 
 
 
Reja: 
1. O`quv fanining maqsadi, vazifalari.Sintaksisning tadqiq manbayi.  
2. Asosiy sintaktik birliklar. Formal va sistemaviy (struktur) sintaksis.  
3. So`z birikmasi(SB) sintaksisi va gap sintaksisi. 
 
 
Sintaksis va uning tadqiq manbayi. Til o`z ijtimoiy vazifasini sintaktik 
qurilma–gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha – fonetik, leksik, morfologik 
hodisalar ana Shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va 
morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki bevosita muhimdir. Zero, har 
qanday sintaktik hodisada so`z va morfologik ko`rsatgichlarni ko`ramiz. Shu 
boisdan sintaktik mohiyatlarni belgilashda leksik va morfologik omillarga 
tayaniladi. Grammatika morfologiya va sintaksisni o`z ichiga oladi. Morfologiya, 
asosan, sintaktik qurilish vositalari bo`lmish grammatik ko`rsatgichlar tizimi - 
morfologik kategoriyalarni o`rganadi, ularning umumiy va xususiy grammatik 
ma‘no (UGM va XGM)larini o`rganadi. Shuningdek, u so`z turkumlarining umumiy 
grammatik xossalarini ham tekshirib keladi. Aslida, morfologiyaning tekshirish 
manbayi yo leksik, yo sintaktik tabiatga ega bo`ladi. Masalan, so`z turkumlari 
lug`aviy ma‘nosi yaqin so`zlarning yuksak darajadagi umumlashmasi, so`zlarni 
bosqichma-bosqich birlashtirib borish natijasida hosil qilingan katta guruhlardir. 
Demak, so`z ma‘nolari umumlashuvi pog`onasining yuqori zinasi morfologik 
mohiyat sifatida qaraluvchi so`z turkumlaridir. Morfologik ko`rsatgichlar ikkiga 
bo`linadi: 1) lug`aviy shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar; 2) sintaktik shakl hosil 
SINTAKSISNING TADQIQ MANBAYI VA BO`LIMLARI Reja: 1. O`quv fanining maqsadi, vazifalari.Sintaksisning tadqiq manbayi. 2. Asosiy sintaktik birliklar. Formal va sistemaviy (struktur) sintaksis. 3. So`z birikmasi(SB) sintaksisi va gap sintaksisi. Sintaksis va uning tadqiq manbayi. Til o`z ijtimoiy vazifasini sintaktik qurilma–gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha – fonetik, leksik, morfologik hodisalar ana Shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki bevosita muhimdir. Zero, har qanday sintaktik hodisada so`z va morfologik ko`rsatgichlarni ko`ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatlarni belgilashda leksik va morfologik omillarga tayaniladi. Grammatika morfologiya va sintaksisni o`z ichiga oladi. Morfologiya, asosan, sintaktik qurilish vositalari bo`lmish grammatik ko`rsatgichlar tizimi - morfologik kategoriyalarni o`rganadi, ularning umumiy va xususiy grammatik ma‘no (UGM va XGM)larini o`rganadi. Shuningdek, u so`z turkumlarining umumiy grammatik xossalarini ham tekshirib keladi. Aslida, morfologiyaning tekshirish manbayi yo leksik, yo sintaktik tabiatga ega bo`ladi. Masalan, so`z turkumlari lug`aviy ma‘nosi yaqin so`zlarning yuksak darajadagi umumlashmasi, so`zlarni bosqichma-bosqich birlashtirib borish natijasida hosil qilingan katta guruhlardir. Demak, so`z ma‘nolari umumlashuvi pog`onasining yuqori zinasi morfologik mohiyat sifatida qaraluvchi so`z turkumlaridir. Morfologik ko`rsatgichlar ikkiga bo`linadi: 1) lug`aviy shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar; 2) sintaktik shakl hosil
 
 
qiluvchi qo`shimchalar. Lug`aviy shakl hosil qiluvchi ko`rsatgichlar leksemalarning 
lug`aviy ma‘nosiga ta‘sir qilib, odatda, leksik ahamiyatga ega bo`ladi. Masalan, 
o`qigan bola birikmasidagi o`qigan lug`aviy shakli -gan ko`rsatgichini olib, lug`aviy 
ma‘nosidagi «harakat» semasini kuchsizlantiradi va buning evaziga «belgi» ma‘no 
bo`lakChasiga ega bo`ladi. Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari so`zlarning 
lug`aviy ma‘nosiga ta‘sir qilmasdan, ularni sintaktik aloqaga kiritish uchungina 
xizmat qiladi. Masalan, kitobni olmoq birikmasidagi tuShum kelishigi qo`shimchasi 
kitob leksemasini olmoq fe‘liga tobelash vazifasini bajarmoqda. Aytilganlardan 
xulosa qilish mumkinki, so`z turkumlari yuksak lug`aviy umumlashtirish, so`zlarni 
umumiy belgilari asosida birlashtirish natijasi bo`lsa, grammatik ko`rsatgichlarning 
bir qismi leksik va bir qismi sintaktik ahamiyatga egadir. Demak, tilshunos 
I.I.MeshChaninov ta‘biri bilan aytganda, morfologiya aslida leksik va sintaktik 
jihatlar birligidir. Sintaksis (gr. sintaxys - tuzish, qurish)ning asosi gap haqidagi 
ta‘limotdir. Gaplar, aslida, so`zlarning erkin birikuvlariga ham asoslanganligi tufayli 
so`zlarning bog`lanish qonuniyatlari, so`z birikmalari ham sintaksisda o`rganiladi. 
Atom xususiyatlari va ularning birikish qonuniyatlarini ochish molekula tabiatini 
o`rganishga bo`ysundirilganligi kabi so`z birikmalarini o`rganish ham gap 
ta‘limotining tarkibiy qismi bo`lib, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. 
Sintaksis so`zlarning har qanday birikuvlarini emas, balki hokim-tobelik 
munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvlar va ularning lisoniy mohiyatlarini 
tekshiradi. Qaysidir yo`sindagi so`zlarning birikuvlari sanalmish qo`shma so`zlar 
(uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birliklar (ilonning yog`ini 
yalagan, yog` tushsa yalaguday, ko`ngli bo`sh) sintaksisning tadqiq doirasidan 
Chetda qoladi. Chunki ular erkin bog`lanishga ega emas. Sintaksis atamasi, 
grammatika atamasining o`zi kabi, zulma‘nayn (ikki ma‘noli) dir: 1) tilning sintaktik 
qurilishi; 2) grammatikaning tarkibiy qismi. Biz atamani ana Shu ikkinchi ma‘nosida 
qo`llab, birinchi ma‘no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz. Asosiy 
sintaktik birliklar. So`z birikmasi va gap sintaksisning asosiy birliklaridir. Shunga 
ko`ra, sintaksis uchga bo`linadi; so`z shakli sintaksisi: so`z birikmasi sintaksisi; gap 
sintaksisi; So`zlarning nutqda o`zaro aloqaga kiriShuvidan so`z qo`shilmalari 
qiluvchi qo`shimchalar. Lug`aviy shakl hosil qiluvchi ko`rsatgichlar leksemalarning lug`aviy ma‘nosiga ta‘sir qilib, odatda, leksik ahamiyatga ega bo`ladi. Masalan, o`qigan bola birikmasidagi o`qigan lug`aviy shakli -gan ko`rsatgichini olib, lug`aviy ma‘nosidagi «harakat» semasini kuchsizlantiradi va buning evaziga «belgi» ma‘no bo`lakChasiga ega bo`ladi. Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari so`zlarning lug`aviy ma‘nosiga ta‘sir qilmasdan, ularni sintaktik aloqaga kiritish uchungina xizmat qiladi. Masalan, kitobni olmoq birikmasidagi tuShum kelishigi qo`shimchasi kitob leksemasini olmoq fe‘liga tobelash vazifasini bajarmoqda. Aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, so`z turkumlari yuksak lug`aviy umumlashtirish, so`zlarni umumiy belgilari asosida birlashtirish natijasi bo`lsa, grammatik ko`rsatgichlarning bir qismi leksik va bir qismi sintaktik ahamiyatga egadir. Demak, tilshunos I.I.MeshChaninov ta‘biri bilan aytganda, morfologiya aslida leksik va sintaktik jihatlar birligidir. Sintaksis (gr. sintaxys - tuzish, qurish)ning asosi gap haqidagi ta‘limotdir. Gaplar, aslida, so`zlarning erkin birikuvlariga ham asoslanganligi tufayli so`zlarning bog`lanish qonuniyatlari, so`z birikmalari ham sintaksisda o`rganiladi. Atom xususiyatlari va ularning birikish qonuniyatlarini ochish molekula tabiatini o`rganishga bo`ysundirilganligi kabi so`z birikmalarini o`rganish ham gap ta‘limotining tarkibiy qismi bo`lib, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Sintaksis so`zlarning har qanday birikuvlarini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvlar va ularning lisoniy mohiyatlarini tekshiradi. Qaysidir yo`sindagi so`zlarning birikuvlari sanalmish qo`shma so`zlar (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birliklar (ilonning yog`ini yalagan, yog` tushsa yalaguday, ko`ngli bo`sh) sintaksisning tadqiq doirasidan Chetda qoladi. Chunki ular erkin bog`lanishga ega emas. Sintaksis atamasi, grammatika atamasining o`zi kabi, zulma‘nayn (ikki ma‘noli) dir: 1) tilning sintaktik qurilishi; 2) grammatikaning tarkibiy qismi. Biz atamani ana Shu ikkinchi ma‘nosida qo`llab, birinchi ma‘no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz. Asosiy sintaktik birliklar. So`z birikmasi va gap sintaksisning asosiy birliklaridir. Shunga ko`ra, sintaksis uchga bo`linadi; so`z shakli sintaksisi: so`z birikmasi sintaksisi; gap sintaksisi; So`zlarning nutqda o`zaro aloqaga kiriShuvidan so`z qo`shilmalari
 
 
vujudga keladi. So`z qo`shilmalarini ikki guruhga birlashtirish mumkin: gap (osmon 
tip-tiniq); so`z birikmasi (tip-tiniq osmon); Til jamiyatda aloqa qilish, axborot 
uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. 
Demak, gap fikr ifodalaydi. So`z birikmasi fikr emas, balki so`z kabi tushuncha 
ifodalaydi. (Biroq so`z birikmasi ifodalagan tushuncha so`z ifodalagan 
tushunchadan farqlanadi.) Ko`rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap bo`lib, so`z 
birikmasi so`z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Sintaktik 
birliklar – gap va so`z birikmalari – so`zlarning qo`shilishidan hosil bo`lishi, bu 
qo`shilishning esa turli vosita (qo`shimchalar, yordamchi so`zlar) va usul (masalan, 
tobe aloqaning turlari) lar orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan 
zich aloqada ekanligini ko`rsatadi. Demak, nutqda: 1.So`z boshqa so`z bilan tobe 
yoki hokim mavqeda bog`lanadi. Buning uchun u ma‘lum bir grammatik shaklga 
ega bo`ladi (uyga bormoq, a‘lochi o`quvchi). Grammatik shakllangan so`z sintaksisi 
so`z shakl sintaksisi deb yuritiladi. 2.So`zlar o`zaro sintaktik aloqaga kirishib, 
tushuncha ifodalovchi birlik - so`z birikmasi(SB) vujudga keladi. So`zlarning o`zaro 
birikib, tushuncha ifodalovchi sintaktik birliklar hosil qilishini, bu sintaktik 
birliklarni yuzaga chiqaruvchi qoliplar, SBlarda tobelanish va uning yo`llarini 
o`rganuvchi bo`lim SB sintaksisi deyiladi. 3.Gap kishilar orasida fikr, axborot 
uzatish uchun ishlatiladigan asosiy birlik bo`lib, fikr ifodalashning eng oddiy va 
tipik ko`rinishidir. So`zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tenglovchi 
uchun axborot qabul qilish vositasi sanalmish gap va uning qurilishi, tuzilishi, 
tarkibiy qismlari va mazmuni bilan aloqador jihatlarni o`rganadigan bo`lim gap 
sintaksisi sanaladi. Sintaksisda mazkur bo`limlar o`zaro aloqadorlikda bo`lib, bir 
butun sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Har bir bo`lim o`rganish obyektiga 
ko`ra mustaqil soha bo`lsa-da, ularning umumiy xususiyatlari tilning sintaksis 
sohasiga birlashtiradi. Formal va sistemaviy (struktural) sintaksis. Formal sintaksis 
bevosita kuzatishda berilgan, nutqiy sintaktik hodisalarni o`rganadi. Boshqacha 
aytganda, u yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat sifatidagi nutqiy hosilalar bilan band 
bo`lib, umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab sifatidagi lisoniy birliklarni (nutqiy 
birliklarning lisoniy tomonini) o`rganishni sistemaviy (struktural) sintaksis hukmiga 
vujudga keladi. So`z qo`shilmalarini ikki guruhga birlashtirish mumkin: gap (osmon tip-tiniq); so`z birikmasi (tip-tiniq osmon); Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So`z birikmasi fikr emas, balki so`z kabi tushuncha ifodalaydi. (Biroq so`z birikmasi ifodalagan tushuncha so`z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Ko`rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap bo`lib, so`z birikmasi so`z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Sintaktik birliklar – gap va so`z birikmalari – so`zlarning qo`shilishidan hosil bo`lishi, bu qo`shilishning esa turli vosita (qo`shimchalar, yordamchi so`zlar) va usul (masalan, tobe aloqaning turlari) lar orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan zich aloqada ekanligini ko`rsatadi. Demak, nutqda: 1.So`z boshqa so`z bilan tobe yoki hokim mavqeda bog`lanadi. Buning uchun u ma‘lum bir grammatik shaklga ega bo`ladi (uyga bormoq, a‘lochi o`quvchi). Grammatik shakllangan so`z sintaksisi so`z shakl sintaksisi deb yuritiladi. 2.So`zlar o`zaro sintaktik aloqaga kirishib, tushuncha ifodalovchi birlik - so`z birikmasi(SB) vujudga keladi. So`zlarning o`zaro birikib, tushuncha ifodalovchi sintaktik birliklar hosil qilishini, bu sintaktik birliklarni yuzaga chiqaruvchi qoliplar, SBlarda tobelanish va uning yo`llarini o`rganuvchi bo`lim SB sintaksisi deyiladi. 3.Gap kishilar orasida fikr, axborot uzatish uchun ishlatiladigan asosiy birlik bo`lib, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko`rinishidir. So`zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tenglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi sanalmish gap va uning qurilishi, tuzilishi, tarkibiy qismlari va mazmuni bilan aloqador jihatlarni o`rganadigan bo`lim gap sintaksisi sanaladi. Sintaksisda mazkur bo`limlar o`zaro aloqadorlikda bo`lib, bir butun sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Har bir bo`lim o`rganish obyektiga ko`ra mustaqil soha bo`lsa-da, ularning umumiy xususiyatlari tilning sintaksis sohasiga birlashtiradi. Formal va sistemaviy (struktural) sintaksis. Formal sintaksis bevosita kuzatishda berilgan, nutqiy sintaktik hodisalarni o`rganadi. Boshqacha aytganda, u yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat sifatidagi nutqiy hosilalar bilan band bo`lib, umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab sifatidagi lisoniy birliklarni (nutqiy birliklarning lisoniy tomonini) o`rganishni sistemaviy (struktural) sintaksis hukmiga