SINTAKTIK ALOQA TURLARI. GRAMMATIK MA’NONI HOSIL QILUVCHI VOSITALAR (Sintaktik aloqa haqida, Teng aloqalar, Tobe (ergash) aloqalar xususida, Valentlik tushunchasi)
Yuklangan vaqt
2024-05-16
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
35,2 KB
Ilmiybaza.uz
SINTAKTIK ALOQA TURLARI. GRAMMATIK MA’NONI HOSIL
QILUVCHI VOSITALAR
REJA:
1. Kirish
2. Sintaktik aloqa haqida
3. Teng aloqalar.
4.Tobe (ergash) aloqalar xususida
5. Valentlik tushunchasi
6. Xulosa.
Ilmiybaza.uz
Sintaktik aloqa haqida
Ma`lumki, aloqa atamasining o‘zi grammatikada juda keng qo‘llanadi va
uni shakliy jihatdan so‘z va so‘z formalarining bog‘lanishi misolida, mazmunan
bir so‘z yoki gapning bir-biriga bog‘lana olish imkoniyatlarida yaqqol ko‘ra
olamiz. Aloqalar o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra turli xil ko‘rinishlarda bo‘lishi
mumkin. Jumladan, sintaktik aloqa, semantik, struktural yoki bog‘li, erkin aloqa
kabi turlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Shu o‘rinda aloqa va munosabat
tushunchalarining bir biridan farqli jihatlariga ham e`tiborni qaratmay ilojimiz
yo‘q. Sababi, biz ularga sintaksisni o‘rganish davomida juda ko‘p marta
murojaat qilishimizga tug‘ri keladi. Ularning izohli lug‘atlarda berilgan
ma`nolarini qaraydigan bo‘lsak, juda ko‘p hollarda birining ikkinchisi bilan
tengalashtirilgani va hatto qorishtirilganini ham ko‘ramiz. Ammo biz ularning
barchasini keltirib fikrni chalg‘itib o‘tirmay, grammatik nuqtayi nazardan asosiy
farqlanish mezoni sifatida shakl va mazmunni hisobga olib qo‘ya qolamiz.
Bundan anglashiladiki, aloqada asosan aloqaga kiritish uchun xizmat qiladigan
shakliy vositalar (intonatsiya ham shunga kiradi) nazarda tutiladi. Munosabatda
esa aloqaga kirishgan birliklarning belgi, vaziyat, holat, belgi va harakat yoki
narsa va harakatning bir-biriga o‘tishi kabi tomonlari e`tiborga olinadi. Shunga
ko‘ra aloqaning sintaktik turi shakliy ji hatlarga tayanadi. Sintaktik aloqada so‘z
birikmasi va gapni hosil qiluvchi komponentlarning o‘zaro bog‘lanishini
o‘rganiladi.
An`anaviy tilshunoslikda ham "sintaktik munosabat" va "sintaktik aloqa"
terminlari farqlanadi. Sintaktik munosabat sintaktik birliklar o‘rtasidagi
mazmuniy sintagmatik munosabatni, sintaktik aloqa esa shakliy sintagmatik
munosabatning ifoda tomonini bildiradi deb ta`kidlaydi A.Nurmonov. Ma`lum
sintaktik shaklning (gap bo‘lagi shaklining) boshqa sintaktik shakl bilan ketma-
ket munosabati shakliy sintagmatik munosabat sanaladi.
Ilmiybaza.uz
So‘zlarning grammatik munosabatga kirishuvi bilan hosil bo‘lgan
sintaktik konstruktsiya qo‘shilma sanaladi. Bu xilma-xil qo‘shilmalarning eng
sodda
ko‘rinishi
ikki
mustaqil
so‘zdan
tuzilib,
uning
tarkibidagi
komponentlarning o‘zaro bog‘lanishi bir (tobe) elementning ikkinchi (hokim)
elementga ergashishi formasida bo‘lavermaydi. So‘zlar nok va olma, anjir va
anor, o‘qidi va yozdi shaklida – biri ikkinchisiga tobelanmay, teng holda
bog‘lanishi ham mumkin. Bu bog‘lanish modellar shaklida ot va ot, fe`l va fe`l
shakllarida so‘z tizmalarini hosil qiladi. Bunda komponentlarning huquqi teng
darajada bo‘ladi, hokim-tobelik aloqasi ko‘zga tashlanmaydi.
Sintaktik konstruktsiyaning komponentlari orasidagi bog‘lanish bu
komponentlar orqali ifodalangan ma`nolarning (predmet, belgi va ular orasidagi
munosabatni ifodalovchi ma`nolarning) bog‘lanishini bildiradi. Bu ma`nolar
material dunyoning kishi ongida aks etishidan tug‘iladi.
Har qanday shakliy sintagmatik aloqa ma`lum mazmuniy sintagmatik
munosabatni ifodalaydi va bu ikki munosabat birligi shakl va mazmun
dialektikasini aks ettiradi. Masalan, ega va kesimning shakliy munosabatidan
tashkil topgan men keldim sintaktik qurilmasi subyekt va predikatning
mazmuniy munosabatini ifoda qiladi. An`anaga ko‘ra, ega bilan kesim gapning
struktur asosini tashkil qiladi. Ega va kesim munosabati minimal gap deb ham
yuritiladi. qolgan bo‘laklar esa shu bo‘laklardan biriga bog‘lanib, gapni yoyiq
tusga kiritadi. Shunga muvofiq sintaktik munosabat ierarxiyasini ikkita sathga
ajratish ham mumkin:
1. Predikativ sath (ega va kesim munosabati).
2. Nopredikativ aloqalar sathi.
Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari (sintaktik shakl hosil qiluvchi vosita) –
kelishik, egalik, kesimlik ko‘rsatkichlari. Aloqa-munosabat shakllari shakliy
Ilmiybaza.uz
omil sifatida so‘zlarning erkin bog‘lanishida faol: Men qishloqqa o‘tdim gapida
-ga shakli qishloq so‘zini o‘tmoq fe’li bilan, -dim kesimlik shaklidagi -m
ko‘rsatkichi men so‘zini o‘tmoq fe’liga tobelash vazifasini o‘tamoqda.
Egalik qo‘shimchalari mustaqil so‘zlarning hokim mavqeda kelishini ifodalab,
uning tobe so‘zga munosabatini ko‘rsatadi (sizning uyingiz). Shuningdek,
bog‘lash bilan birgalikda, hokim va tobe so‘zning shaxs va sonda moslashishini
ham ta’minlaydi.
Кelishik – mustaqil so‘zning barchasi uchun tobelikni ta’minlovchi formal
ko‘rsatkich. Masalan, bosh kelishik egani, tushum kelishigi to‘ldiruvchini,
qaratqich kelishigi aniqlovchini hokim bo‘lakka tobelaydi.
Shaxs-son qo‘shimchalari, kesimlikning boshqa shakllari bilan birgalikda, o‘zi
hosil qilayotgan hokim bo‘lakni tobe bo‘lak – egaga bog‘laydi.
Yordamchi so‘z. Sintaktik aloqani ifodalashda qo‘llanadigan yordamchi
vositalar (ko‘makchi, bog‘lovchi va bog‘lama) birikuvlarda shakliy omil
sifatida namoyon bo‘ladi.
Кo‘makchining bir so‘zni ikkinchi so‘zga tobelovchi vosita ekanligi, ma’no va
vazifa jihatdan kelishikka o‘xshashligi (telefonda gaplashmoq – telefon orqali
gaplashmoq), shuningdek, so‘zni sintaktik aloqaga kiritishda o‘zi bilan birga
uning biror kelishik shaklida bo‘lishini ham talab qilishi ma’lum: Marraga qadar
bir tekisda yugurib borishdi. (A.G‘ul.).
Bog‘lovchi odatda, so‘z tizmalari, gaplarning a’zolarini bog‘lash uchun xizmat
qiladi. Masalan: olma va anor. Men o‘qidim va yozdim. Teng bog‘lovchi
Ilmiybaza.uz
birinchi misolda so‘z tizmasi a’zolarini, ikkinchi misolda esa qo‘shma gap
a’zolarini bog‘lash uchun xizmat qilgan.
Bog‘lama ot kesimni ega yoki boshqa tobe a’zo bilan bog‘lash uchun xizmat
qiladi: Biz o‘tgan yili talaba bo‘ldik. Bunda bo‘ldik bog‘lamasi shaxs-son va
zamon ma’nolarini ifodalagan hamda kesimni uning shaxs (biz), zamon (o‘tgan
yili) kengaytiruvchilari bilan bog‘lagan.
So‘z tartibi. So‘zlar erkin birikuvda grammatik shakl asosida bog‘langanda, so‘z
tartibi o‘zgarsa-da, u ma’noviy munosabat yoki bog‘lanishga ta’sir qilmaydi:
Sen kitobni keltirdingmi? Кitobni sen keltirdingmi? Кeltirdingmi sen kitobni?
birikuvidagi so‘z o‘rni almashtirilganiga qaramay, keltirdingmi so‘zshakli
hokim, sen va kitobni so‘zshakllari tobe a’zo sifatida qolavergan. Chunki ular
sintaktik mavqeini ta’minlovchi vosita – morfologik ko‘rsatkichga ega.
So‘zning hokim-tobeligi (sintaktik mavqei)ni ko‘rsatuvchi vosita bo‘lmaganda
so‘z tartibining qimmati oshadi (achchiq olma). Bunda so‘zning gapdagi
funksiyasi, asosan, tartibi bilan belgilanadi, tartib o‘zgarsa, mazmun bilan birga,
sintaktik holat ham o‘zgaradi: Hayot go‘zal (ega+kesim), go‘zal hayot
(aniqlovchi+aniqlanmish). Gapda uslubiy maqsadlarda so‘z tartibi o‘zgarishi
mumkin: O‘qituvchi intizom haqida gapirdi. Intizom haqida o‘qituvchi gapirdi.
Tartibning bunday o‘zgarishi a’zolarning hokim-tobeligiga ta’sir qilmaydi,
biroq gapning uslubiy jihatiga, fikrdagi ma’no nozikligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ohang. Ohang ham, yuqorida aytilganidek, birikuvning tabiatini ko‘rsatuvchi
nisbiy vosita. Gap tugallangan ohang bilan aytiladi, uning tarkibidagi ayrim
birikuvlar sanash (olma va anor), ayrimlari ko‘tariluvchi ohangga (qizil qalam)
ega bo‘ladi.
Ohang (pauza) birikuvning sintaktik bo‘linishini ko‘rsatadi. Masalan, Кo‘p
qavatli uy birikmasini ikki xil (ko‘p//qavatli uy va ko‘p qavatli//uy tarzida)
Ilmiybaza.uz
aytish mumkin. Demak, sintaktik aloqani, unga bog‘liq ravishda mazmuniy
farqlanishni ifodalashda ohangning o‘rni bor. Ya’ni ko‘p//qavatli uy tarzida
birinchi so‘zdan keyin pauza qilinishi natijasida (ko‘p) so‘zshakli tobe va
qavatli uy birikmasi unga hokim mavqeda bo‘lib, bunda qavatli uylarning
ko‘pligi haqidagi ma’no anglashiladi. Ikkinchi holatda (ko‘p qavatli//uy) esa
ko‘p qavatli birikmasi tobe, uy so‘zshakli esa hokim mavqeda, birikmadan esa
uyning qavatlari ko‘pligi ma’nosi namoyon bo‘lgan.
Sanash ohangi bir xil bo‘lakning aloqasini ifodalaydi: Oltin, kumush tosh bo‘lar.
(Maq.)
Qo‘shma gapning tarkibiy qismlari orasida ham turli: qarama-qarshilik
(Кunduzi issiq – kechasi sovuq), shart (Sen kel – u boradi), sabab (Кecha
borolmadim – mehmonlar kelib qoldi) – ma’noviy munosabatlar mavjud.
Кo‘rinadiki, ayrim o‘rinda so‘zlar va gaplarni bog‘lashni ohangning o‘zi
bajaradi.
Teng aloqalar
a) tenglanish. Har bir sintaktik konstruktsiya ikki komponentli bo‘ladi: so‘z so‘z
(so‘z birikmasida va sodda gapda bular
kengaygan holatda ham bo‘la oladi) yoki gap + gap (qo‘shma gap). Tenglanish
aloqasining xususiyatlaridan biri aloqaning ochiq yoki yopiq bo‘lishidir. Yopiq
aloqada ikki komponent bog‘langan bo‘ladi (Havo yoqimli, lekin sovuqroq),
ochiq aloqada bir qancha komponentlar bog‘langan bo‘ladi (Bahor. Mayin
shamollar, tiniq suvlar, toza havo, ko‘m-ko‘k osmon ...). Bunda
komponentlarning soni-miqdori mundarija bilan bog‘liq.
Ochiq va yopiq aloqalar, bu aloqalar natijasida hosil bo‘lgan
Ilmiybaza.uz
sintaktik konstruktsiyalar bir-biridan turli belgilar bilan
farqlanadi: ochiq aloqalarni biriktiruvchi bog‘lovchilar, ayiruvchi bog‘lovchilar;
yopiq aloqalarni esa zidlovchi bog‘lovchilar ifodalaydi. Yopiq aloqalar
tobelanish aloqasi bilan umumiy belgilarga ega. Masalan, ular ikki
komponentnigina bog‘laydi.
Tenglanish aloqasi grammatik jihatdan teng huquqli komponentlarning aloqasi
bo‘lib, bunda: 1. Uyushiq bo‘laklar; 2. Qo‘shma gapning predikativ qismlari; Z.
uyushmagan, biroq bir xil funksiyada keladigan bo‘laklar (ajratilgan
izohlovchilar) bir tizimda kela oladidar; Tolib aka, qorovul, kengashga a`zo
bo‘lib kirdi. Teng munosabatdagi sintaktik birliklar ko‘pincha bir xil
grammatik shaklda, bir xil sintaktik vaziyatda turadi va bir
xil so‘roqqa javob bo‘ladi. O‘zaro teng bog‘lovchilar, sanash ohangi va teng
bog‘lovchi vazifasidagi boshqa vositalar yordamida bog‘lanadi. Masalan:
Olimlar, fozillar, shoirlar shahri. (U).
O‘zaro teng munosabatda bo‘lgan sintaktik shakllar boshqa bir
umumiy sintaktik shakl bilan tobe munosabatda bo‘ladi.
Ya`ni: Olimlar, fozillar, shoirlar shahri.
Ayrim tilshunoslar o‘zaro teng munosabatda bo‘lgan sintaktik
birliklar o‘rtasida shakliy bog‘lanishning mavjudligini inkor
qiladilar. A.M.Peshkovskiy fikricha, Salim, Karim, Halim kelishdi kabi
qurilmalarda Salim, Karim, Halim bo‘laklari bitta keldi bo‘lagi ustidan hokimlik
Ilmiybaza.uz
qilish tufayli o‘zaro bog‘lanadi. Aslida esa uyushiq bo‘laklar o‘rtasida shakliy
bog‘lanish yo‘q, ular birgalikda keldi bo‘lagi bilan aloqaga kirishadi.
T.P.Lomtev uyushiq bo‘laklar o‘rtasida mazmuniy munosabat
mavjudligini e`tirof etadi. Uning ta`kidlashicha, uyushiq bo‘laklar o‘rtasida
shakliy munosabatning yo‘qligi bu so‘zlar orqali ifodalangan predmetlar
o‘rtasida
munosabatning
yo‘qligini bildirmaydi.
Predmetlar
o‘rtasida
munosabat bor: bu munosabat uyushiq bo‘laklar orqali ifodalangan
predmetlarning bir xil holatdagi munosabatidir. Uyushiqlik munosabati
ifodalanmish munosabatini aks ettirganligi tufayli unga so‘z shakllari
o‘rtasidagi aloqa turi sifatida qaralishi mumkin emas. Lekin uyushiq bo‘laklar
bir xil vaziyatdagi sintaktik birliklarning shakliy jihatdan ma`lum bog‘lovchi
vositalar (teng boglovchilar va sanash ohangi) yordamida bog‘lanishi
bo‘lganligi sababli, ular o‘rtasidagi shakliy sintagmatik munosabatni inkor qilib
bo‘lmaydi.
Demak, teng so‘zli birikishlarda ikki va undan ortiq so‘z
mustaqil grammatik-semantik jihatdan o‘zaro teng munosabatga
kirishadi. Teng so‘zli birikmaning tarkibiga kirgan so‘zlar
birikma doirasida hamda gap ichida ham alohida-alohida tushunchani anglatadi.
b) tobelanish (ergashish) munosabatidagi aloqa. Suz birikmalari odatda, bir
so‘zning ikkinchisiga mazmun va grammatik jihatdan ergashib, hokim-tobelik
munosabatiga kirishishidan tashkil topadi. Ikki va undan ortiq mustaqil
so‘zlarning hokim-tobelik munosabatidan tashkil topadigan bunday birikmalar
tobe (ergash) bog‘lanish deyiladi.
Ma`lumki, teng so‘zli birikmalarda komponentlarning birikishi, bog‘lanish
darajasi ergash so‘zli birikmalarga qaraganda kuchsiz, gap qurilishidagi
ahamiyati passiv bo‘ldi. Ergash so‘zli birikmalarda komponentlarning biri tobe,
Ilmiybaza.uz
ikkinchisi hokim sanaladi: bundagi hokim-tobelik qo‘shilishning xarakteridan:
Boshqaruvchi so‘zning semantikasi, so‘z formasi va so‘z tartibidan anglashilib
turadi. Tobe so‘zli birikmaning tobe komponenti bosh komponentning
ma`nosini aniqlaydi, izohlaydi, to‘ldiradi. Bosh komponent grammatik jihatdan
hokim holatda bo‘ladi. Masalan, Oqqo‘rg‘onning anjiri – bosh komponent –
anjiri, kitobni sevmoq – bosh komponent sevmoq, tez gapirmoq – bosh
komponent gapirmoq. Birikmalardagi bosh komponentlarning ma`nolari,
o‘ringa xoslik, obyekt, aktiv va passiv belgilar jihatidan aniqlangan,
konkretlashtirilgan, to‘ldirilgan.
Tobe (ergash) aloqalar xususida
Hokim-tobelikni belgilashda komponentlarning faqat ichki
ma`no tomoni asos qilib olinmaydi. Aks holda Navoiyning g‘azali (G‘azal
Navoiyniki), Karimning o‘g‘li (o‘g‘il Karimga qarashli), daraxtning bargi (barg
daraxtniki) kabi birikmalarda aniqlovchi komponent hokim, aniqlanmish
komponent tobe hisoblangan bo‘lar edi. Holbuki, grammatika til faktlarini
o‘rganayotganda, uning formasini, grammatik ma`nosini ham hisobga oladi.
Gapdagi ayni bir so‘z boshqa bir so‘z uchun hokim, ikkinchisi uchun
esa tobe bo‘lib kelishi mumkin. Masalan, Navoiyning g‘azalini o‘qidi gapida
g‘azal so‘zi Navoiyning g‘azali birikmasida hokim,
g‘azalini o‘qimoq birikmasida esa tobe. Ergashtiruvchi vositalar (kelishik,
ko‘makchilar) bilan shakllangan tobe komponentlar bu vositalarni hokim so‘z
talabi bilan qabul qiladi. Masalan: sizni ko‘rmoq, sizga aytmoq, sizdan olmoq,
siz bilan bormoq, siz uchun olmoq kabi. Konponentlar ichki ma`no yakinligi
tufayli munosabatga kirishganda, hokim-tobelikni ko‘rsatuvchi formal
ko‘rsatkich bo‘lmaydi. Bunday holda birikmaning semantikasidan bilib olish
mumkin:
chiroyli kitob – belgi kitobga oid, tez yurmoq – hrakatga
oid. Hokim-tobelikni aniqlashda so‘z tartibi ham katta rol o‘ynaydi. O‘zbek
tilida ko‘pincha tobe komponent hokim komponentdan
Ilmiybaza.uz
oldin keladi: xushbichim ko‘ylak, kitobdan o‘qimoq. Ba`zan poetik
asarlarda stilistik talablar bilan komponentlarning odatdagi
o‘rni almashib qo‘llanadi: Vatanim mening, gulistonim mening hokim-tobe).
Ba`zan tartibning o‘zgarishi bilan so‘z birikmasi gapga aylanib qolishi mumkin:
tiniq osmon – osmon tiniq.
Ergash so‘zli birikmalarda tobe komponent ba`zan uyushib yoki kengayib,
yoyiq shaklda kelishi mumkin. Birikmaning bunday shakllanishi ham hokim
komponint talabi bilan bo‘ladi, hokim vaziyatdagi so‘z bir necha uyushiq
komponentlarni o‘ziga tobelantirib keladi: aqlli, o‘qimishli va go‘zal qiz, shirin
so‘z odam va h.k.
Bu xil birikmalardagi tobe komponentlar bulinmas, yaxlit birlik sifatida bosh
komponentga bog‘lanadi. Birdan ortiq bo‘linmas birikmalar uyushib hokim
so‘zga bog‘lanib kelishi ham mumkin: uzun bo‘yli, qora qosh yigit, surnay
pochali shim kiygan yigit.
Birikma tarkibidagi elementlarning hokim-tobeligi absolut yoki nisbiy bo‘lishi
mumkin. Birikma ikki komponentli bo‘lsa, hokim-tobelik absolut bo‘ladi:
mehribon ona, ona-absolut hokim. Birikma ikkidan ortiq komponentli bo‘lsa,
komponentlar orasidagi hokim-tobelik munosabati nisbiy bo‘ladi: xalqimiz
mehnatining tuganmas durdonalari. Bu yerda durdonalari – absolut hokim,
xalqimiz – absolut tobe, tuganmas – absolut tobe, mehnatning nisbiy hokim; bu
so‘z xalqimiz komponentiga nisbatan – hokim, durdonalari komponentiga
nisbatan – tobe. Bu kabi munosabatlarda tobe vaziyatdagi sintaktik shakl hokim
vaziyatdagi sintaktik shaklning "bo‘sh o‘rinlari" ni to‘ldiradi, uning shakliy va
mazmuniy kengaytiruvchilarini yuzaga chiqaradi.
Ilmiybaza.uz
So'z birikmasida bog‘lanish usuli
So’z birikmasi a’zolari orasidagi bog‘lanish, ya’ni tobelanish uch xil: bitishuv,
moslashuv, boshqaruv. Bu aloqa turining o‘ziga xos xususiyati va farqi a’zolarni
biriktiruvchi ko‘rsatkich yoki boshqa vositadan kelib chiqadi. Masalan, tez
yurmoq, qalamni olmoq, kitobning varag‘i birikmalarida tobe so‘zning qaysi
shaklda kelishi ko‘pincha, uning hokim so‘ziga (qalamni olmoq) bog‘liq bo‘lsa,
ba’zan har ikkala a’zo bir-birining qanday shaklda bo‘lishini belgilab qo‘yadi
(kitobning varag‘i).
Bitishuvda birikkan so‘zlarning o‘zaro aloqasi, asosan, tartib va ohang bilan
belgilanadi. Bitishuv aloqasida morfologik ko‘rsatkich bo‘lmasa-da, tartib
muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda tobe so‘z ushbu mavqeda kelish
uchun shakliy jihatdan o‘zgarmaydi. Zero, tobe a’zo sifatida namoyon
bo‘layotgan so‘z ma’noviy va vazifaviy jihatdan bunga xoslangan bo‘ladi.
Misollar: qizil gul, oq qog‘oz. Ba’zan ot turkumidagi so‘zlar ham hech qanday
vositasiz tobe vazifada kela oladi: oltin soat, tosh yo‘l kabi. Bunda ular
mohiyatan tobe a’zolik doimiy belgisi bo‘lgan sifat, son, ravish turkumiga
yaqinlashadi. Bu hodisa nutqiy bo‘lib, oltin, tosh leksemasining lisoniy
mohiyati bilan belgilanmagan.
Quyidagi so‘zlar bitishuv yo‘li bilan bog‘langan:
1) ravish +fe’l: o‘z-o‘zidan gapirmoq;
2) sifat+fe’l: yaxshi so‘zlamoq;
3) son+ot: o‘nta qalam, sakkiz daftar;
4) ot+ot: kumush qoshiq, chang yo‘l;
Ilmiybaza.uz
5) olmosh+ot: hamma odam, qanday kitob.
Ayrim manbalarda tobe so‘z vazifasida ravishdosh (shoshilib gapirdi), sifatdosh
(o‘qigan bola) yuzaga chiqqan birikuv ham bitishuvli birikma sifatida qaraladi.
Vaholanki, bu erda ravishdosh ko‘rsatkichi -ib fe’lni fe’lga (shoshilib gapirdi),
sifatdosh shakli -gan fe’lni otga (o‘qigan bola) bog‘lash uchun xizmat qiladi.
Shuningdek, bularning morfologiyada lug‘aviy-sintaktik shakl sifatida qaralishi
ham ular hosil qilgan birikuvni bitishuvli emas, balki boshqaruvli birikuv
sifatida baholashni taqozo etadi.
Bitishuvda a’zolarning hokim-tobelik holati, asosan, tartib va joylashuv omili
asosida belgilanadi: (tobe a’zo ya’ni tobe so‘z oldin, hokim so‘z keyin keladi
hamda a’zolar orasiga boshqa so‘zni kiritib bo‘lmaydi, (kumush qoshiq
birikmasini kumush o‘nta qoshiq deb o‘zgartirib bo‘lmaydi). Ba’zan bitishuvda
ham tartib ikkinchi o‘ringa tushib qolgandek tuyuladi: Majlis bo‘ladi – Majlis
kechqurun bo‘ladi. Lekin bunda majlis so‘zi fe’lga bitishuv asosida emas, balki
bosh kelishikda bog‘lanayotganligini esdan chiqarmaslik lozim.
Demak, bitishuv aloqasida tartib va ohang muhim rol o‘ynaydi. Bunda tobelik
tartib va joylashuvdan, so‘zning grammatik xususiyati va ma’nosidan
anglashilishi ayon bo‘lib turadi.
Кelishik affiksi o‘z ma’nolarini yo‘qotgan tezda kelmoq, o‘z-o‘zidan raqsga
tushib ketmoq, birdan gapirmoq birikuvini ham bitishuv aloqasi sifatida
qaramoq lozim. Chunki kelishik qo‘shimchasi bu SBda o‘z tizimidan ajralib,
so‘z tarkibida «qotib qolgan». Bular – kelishik qo‘shimchasini olgan holda
ravishga ko‘chgan so‘z.
Ilmiybaza.uz
Boshqaruv aloqasi bir tomonlama shakllangan SBlar tarkibida amal qiladi.
Faqat tobe a’zolari birikish uchun tobelovchi qo‘shimcha olgan SB boshqaruv
yo‘li bilan bog‘langan deyiladi. Bunda hokim so‘z tobe so‘zning qanday shaklda
bo‘lishini boshqaradi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasida tobe so‘zning
tushum kelishigi shaklida kelishi o‘qimoq fe’lining o‘timliligi bilan belgilangan.
Agar bu fe’l o‘timsiz fe’lga aylantirilsa, (o‘qildi) tobe so‘zdagi tushum kelishigi
shakli o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘ladi: kitobni o‘qimoq-kitob o‘qildi.
Boshqaruv aloqasida tobe so‘zni har xil turkumdagi so‘z boshqarishi mumkin.
Misollar: uyga bormoq (fe’lli boshqaruv), mendan katta (sifat boshqaruvi),
tovushdan tez (ravishli boshqaruv), o‘qishda birinchi (son boshqaruvi), aytgan
bola (otli boshqaruv). ya’ni tobe so‘z oldin, hokim so‘z keyin keladi hamda
a’zolar orasiga boshqa so‘zni kiritib bo‘lmaydi, (kumush qoshiq birikmasini
kumush o‘nta qoshiq deb o‘zgartirib bo‘lmaydi). Ba’zan bitishuvda ham tartib
ikkinchi o‘ringa tushib qolgandek tuyuladi: Majlis bo‘ladi – Majlis kechqurun
bo‘ladi. Lekin bunda majlis so‘zi fe’lga bitishuv asosida emas, balki bosh
kelishikda bog‘lanayotganligini esdan chiqarmaslik lozim.
Demak, bitishuv aloqasida tartib va ohang muhim rol o‘ynaydi. Bunda tobelik
tartib va joylashuvdan, so‘zning grammatik xususiyati va ma’nosidan
anglashilishi ayon bo‘lib turadi.
Кelishik affiksi o‘z ma’nolarini yo‘qotgan tezda kelmoq, o‘z-o‘zidan raqsga
tushib ketmoq, birdan gapirmoq birikuvini ham bitishuv aloqasi sifatida
qaramoq lozim. Chunki kelishik qo‘shimchasi bu SBda o‘z tizimidan ajralib,
so‘z tarkibida «qotib qolgan». Bular – kelishik qo‘shimchasini olgan holda
ravishga ko‘chgan so‘z.
Valentlik tushunchasi
Ilmiybaza.uz
Hozirgi tilshunoslikda gap bo‘laklari ierarxiyasida faqat
kesimning eng muhim bo‘lak, gapning struktur asosi deb qaralishi gapni tashkil
etuvchi sintaktik elementlar o‘rtasidagi sintaktik aloqalar xarakteriga ham ta`sir
qiladi. Har qanday gap predikat va uning argumentlari munosabati birligi
sifatida qaralar ekan, predikat va uning argumentlari o‘rtasidagi sintaktik
munosabatlar tushunchasi hozirgi tilshunoslikda morfologik munosabatlar
tiplarining boshqaruv, moslashuv, bitishuv kabi tahlili orqali emas, balki
valentlik tushunchasi orqali belgilanadi. Sintaktik aloqa reallashgan valentlik
sifatida qaraladi. Keyingi yillarda valentlik nazariyasi o‘z muammosi jihatidan
tilshunoslikda alohida soha sifatida ajrala boshladi. Bu termin aslida 1948-yilda
S.D.Kaynelson tomonidan qo‘llanilgan edi.
U so‘zning gapda ma`lum tarzda reallashishi va boshqa so‘z bilan
ma`lum kombinatsiyaga kirishishi xususiyatini uning sintaktik
valentligi hisoblaydi.
S.D.Kaynelson bilan bir vaqtda, ammo o‘zi mustaqil holda
fransuz tilshunosi L.Tener ham 50-yillarda tobelik grammatikasi doirasida
valentlik nazariyasini ishlab chiqdi. Uning bu nazariyasi jahon tilshunosligiga
keng tarqaldi, yangi-yangi tadqiqotlar vujudga kelishiga turtki bo‘ldi. Tener o‘z
grammatikasida gapni struktur jihatdan tahlil qilish jarayonida uning struktur
asosi sifatida fe`lga tayandi.
Fe`l valentligi nazariyasiga ko‘ra gap strukturasini predikat (ko‘p hollarda
fe`ldan ifodalangan) belgilaydi va u o‘ziga muvofiq kategorial belgilarga o‘rin
ochadi. Gapning barcha komponentlari fe`l-predikat valentligi munosabatiga
Ilmiybaza.uz
ko‘ra u bilan bog‘liq argument, aktant, agens, lokalis, kengaytiruvchilar kabi
terminlar bilan bir-biridan farqlandi.
Valentlik nazariyasining mukammallashishida nemis tilshunosi G.Xelbig katta
rol o‘ynadi. U nemis tili materiallari asosida fe`lning valentlik modellarini
ishlab chiqdi va "Nemis tilidagi fe`llar valentliklari va distributsiyasi lugati" ni
tuzdi.
Dastlab valentlik nazariyasi valentlik tabiatini turlicha
hal qiladigan ikki yo‘nalish – forma va semantik yo‘nalishga
ajraldi. Keyingi davrlarda bu ikki yo‘nalish orasida o‘zaro
yaqinlashish, so‘z shakl va so‘z leksik ma`nosi valentliklari o‘rtasidagi
munosabatning mavjudligiga e`tibor berilmoqda.
Hozirda valentlikning asosan ikki turi sintaktik (konfiguratsion) va semantik
turlari ko‘p tilshunoslarga yaxshi tanish. Sintaktik valentlik – ma`lum mustaqil
so‘zning boshqa mustaqil so‘z bilan birika olish imkoniyati va semantika bilan
ham bog‘liq. Semantik valentlik leksemalar o‘rtasidagi turli sintagmatik
munosabatlarni ko‘rsatadi. Masalan, o‘zbek tilida "sayramoq" leksemasi
qushlarning ovoz chiqarishi ma`nosini ifodalaydi. Shuning uchun u faqat
kushlar so‘zi bilan bog‘lana oladi. Ammo u "ko‘p gapirish" ma`nosi bilan
"odam" sinfiga kiruvchilar bilan ham birikadi. Bu sayramoq leksemasining
semantik valentligidir.
Lug‘aviy valentlik. Lug‘aviy valentlik biriktiruvchi leksemaning ma’noviy
jihatdan o‘ziga mos birikuvchilarni tanlashi. Masalan, hangra leksemasi qush
Ilmiybaza.uz
leksemasini o‘ziga torta olmaydi, qush leksemasi hangra leksemasidagi birorta
ham bo‘sh o‘ringa tusha olmaydi. Chunki ularda ma’noviy muvofiqlik mavjud
emas. Leksemalar bir-biriga ma’noviy mos bo‘lishi uchun ularning ma’no
strukturalarida o‘xshash ma’no bo‘lakchalari – semalari bo‘lmog‘i lozim.
hokim, tortuvchi mavqeda bo‘lganligi sababli uning valentligi hokim valentlik,
unga birikuvchi leksemaning valentligi esa tobe valentlik deyiladi.
Turli atom bir-biriga mos bo‘lgandagina birika olganligi kabi lisoniy birlik ham
ma’no va grammatik jihatdan muvofiq bo‘lmog‘i lozim. Boshqacha aytganda,
biriktiruvchi leksema birikishi lozim bo‘lgan leksemani nafaqat ma’no jihatdan,
balki bir grammatik shaklda ham mos bo‘lishini ham talab qiladi. Shunga ko‘ra,
valentlik lug‘aviy va sintaktik qatlamga ajraladi.
Lug‘aviy valentlik. Lug‘aviy valentlik biriktiruvchi leksemaning ma’noviy
jihatdan o‘ziga mos birikuvchilarni tanlashi. Masalan, hangra leksemasi qush
leksemasini o‘ziga torta olmaydi, qush leksemasi hangra leksemasidagi birorta
ham bo‘sh o‘ringa tusha olmaydi. Chunki ularda ma’noviy muvofiqlik mavjud
emas. Leksemalar bir-biriga ma’noviy mos bo‘lishi uchun ularning ma’no
strukturalarida o‘xshash ma’no bo‘lakchalari – semalari bo‘lmog‘i lozim.
Qush
sayramoq
«parranda»
«ovoz chiqarish»