“SIVILIZATSIYA” TUSHUNCHASI. UNING TA’RIFI VA O’ZIGA XOS SIFATLARI. QADIMGI MESOPOTAMIYA SIVILIZATSIYASI (Dastlabki sivilizatsiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy belgilari, Mesopotamiya sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyoti)

Yuklangan vaqt

2024-04-20

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

21

Faytl hajmi

43,4 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 
“SIVILIZATSIYA” TUSHUNCHASI. UNING TA’RIFI VA O’ZIGA XOS 
SIFATLARI. QADIMGI MESOPOTAMIYA SIVILIZATSIYASI 
  
 
 Reja: 
 1. XVIII – XIX asrda YEvropa fan olamida sivilizatsiya tushunchasining yuzaga 
kelishi. 
2. Inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga sintetik yondashuv yo’llari. 
3. Dastlabki sivilizatsiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy belgilari. 
4. Mesopotamiya sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyoti. 
5. Qadimgi Mesopotomiya madaniyati. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz “SIVILIZATSIYA” TUSHUNCHASI. UNING TA’RIFI VA O’ZIGA XOS SIFATLARI. QADIMGI MESOPOTAMIYA SIVILIZATSIYASI Reja: 1. XVIII – XIX asrda YEvropa fan olamida sivilizatsiya tushunchasining yuzaga kelishi. 2. Inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga sintetik yondashuv yo’llari. 3. Dastlabki sivilizatsiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy belgilari. 4. Mesopotamiya sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyoti. 5. Qadimgi Mesopotomiya madaniyati.
Ilmiybaza.uz 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
 
Madaniy taraqqiyot, sivilizatsiya, L.Morgan, M.Veber, O. Shpengler, A.Toynbi, 
F.Brodel, K. Yaspers, P.Sorokin, S.Xantington nazariyalari, tarixni o’rganishga 
formatsion va sivilizatsion yondashuv, sintetik yondashuv,  sivilizatsiyaning 
bosqichli va lokal nazariyalari. 
    O’zlashtiruvchi xo’jalik, neolit inqilobi, ishlab chiqaruvchi xo’jalik, Yaqin 
Sharqdagi dehqonchilik madaniyati, Ierixon, Cheyyunyu, Chatal – Guyuk, Shimoliy 
Mesopotomiya, Joytun madaniyati, Janubiy - Sharqiy Osiyo, Ganga vodiysi, 
madaniyatning yangi tarixiy turi, birinchi madaniy inqilob. 
 
Shumer muammosi, semit qabilalari, Shumer, Akkad va Ur hukmronligi davrida 
Mesopotomiya, Bobil, Hammurapi, Ossuriya, Yangi Bobil davlati, mixxat, din, 
afsonalar, zikkurat. 
 
         1.1. Sivilizatsiya so’zi lotincha suvil - fuqarolikka, davlatga, shaharga  taalluqli 
ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. Bu so’z turli ma’nolarda 
qo’llaniladi. Keng ma’noda - ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli. 
Sivilizatsiya madaniyat so’zining sinonimi sifatida,  ko’pincha moddiy madaniyat 
ma’nosida ham qo’llaniladi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi madaniyatning 
zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya 
sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya fanda yovvoyilik va vahshiylikdan keyingi 
ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida ta’riflanadi. 
 
Ushbu kategoriyaning serqirraligi va ko’p serma’noligi tufayli unga aniq ta’rif 
berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud. Sivilizatsiya 
tushunchasi «madaniyat» tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan. 
Fransuz faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni 
sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar. Ko’pchilik faylasuflar «sivilizatsiya» 
deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, «madaniyat» deganda esa faqat 
uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan.  
Ilmiybaza.uz Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Madaniy taraqqiyot, sivilizatsiya, L.Morgan, M.Veber, O. Shpengler, A.Toynbi, F.Brodel, K. Yaspers, P.Sorokin, S.Xantington nazariyalari, tarixni o’rganishga formatsion va sivilizatsion yondashuv, sintetik yondashuv, sivilizatsiyaning bosqichli va lokal nazariyalari. O’zlashtiruvchi xo’jalik, neolit inqilobi, ishlab chiqaruvchi xo’jalik, Yaqin Sharqdagi dehqonchilik madaniyati, Ierixon, Cheyyunyu, Chatal – Guyuk, Shimoliy Mesopotomiya, Joytun madaniyati, Janubiy - Sharqiy Osiyo, Ganga vodiysi, madaniyatning yangi tarixiy turi, birinchi madaniy inqilob. Shumer muammosi, semit qabilalari, Shumer, Akkad va Ur hukmronligi davrida Mesopotomiya, Bobil, Hammurapi, Ossuriya, Yangi Bobil davlati, mixxat, din, afsonalar, zikkurat. 1.1. Sivilizatsiya so’zi lotincha suvil - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. Bu so’z turli ma’nolarda qo’llaniladi. Keng ma’noda - ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli. Sivilizatsiya madaniyat so’zining sinonimi sifatida, ko’pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo’llaniladi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya fanda yovvoyilik va vahshiylikdan keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida ta’riflanadi. Ushbu kategoriyaning serqirraligi va ko’p serma’noligi tufayli unga aniq ta’rif berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud. Sivilizatsiya tushunchasi «madaniyat» tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan. Fransuz faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar. Ko’pchilik faylasuflar «sivilizatsiya» deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, «madaniyat» deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan.
Ilmiybaza.uz 
 
XVIII asrdan «sivilizatsiya» tushunchasi tarixchilar lug’atidan mustahkam 
o’rin oldi, shu davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana boshladi. Ushbu 
jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Quyida biz ayrim nazariyalar bilan 
tanishib o’tamiz. 
Dastlab XVIII asrda A. Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish 
mezoni sifatida «madaniyatning o’zlashtirish darajasini» ilgari surdi: yovvoyilik, 
varvarlik, sivilizatsiya1. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu  davrlashtirishni bir oz 
to’g’irladi va to’ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko’chib yuruvchi, 
ko’chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya. 
1877 yilda amerikalik tarixchi va etnograf Lyuis Morgan (1818-1881 yy) 
o’zining «Qadimgi jamiyat» kitobida sivilizatsiya atamasini yagona madaniy-tarixiy 
jarayonning ma’lum darajasini belgilash uchun qo’llashni taklif etdi2. Morgan 
sistemasida ham ibtidoiy jamiyat taraqqiyoti yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya 
bosqichlaridan iborat, ammo u yovvoyilik va varvarlik davrlarining har birini, 
xo’jalik va moddiy madaniyat taraqqiyotining belgilariga ko’ra quyi, o’rta va yuqori 
bosqichlarga bo’ladi. Ushbu davrlashtirishda ishlab chiqarish kuchlari rivojining 
darajasi mezon bo’lib xizmat qiladi.  
Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri tabiatshunos 
olim Nikolay Danilevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud 
bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar «asosi» - diniy, 
madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-
tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy 
tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash 
jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo’lish 
bosqichlaridan o’tadi. 
Ingliz tarixchisi va sotsiologi A. Toynbi (1889-1975 yy)  sivilizatsiyani yaxlit 
ijtimoiy tizim sifatida ifodalagan. U o’zining o’n ikki tomlik “Tarixni anglash” 
asarida keltirgan o’zaro  o’rin almashuvchi lokal sivilizatsiyalar konsepsiyasida 
                                                 
1 A. Fergyusson «Essay on the history of the civil society». Mыsl`_(izdatel`stvo,_Moskva)  2010 г. 
 2 Bobrov I.V. i dr. Istoriya mirovыx tsivilizatsiy chast` I. Uchebnoe posobie. Tyumen` 2004. 
Ilmiybaza.uz XVIII asrdan «sivilizatsiya» tushunchasi tarixchilar lug’atidan mustahkam o’rin oldi, shu davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana boshladi. Ushbu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Quyida biz ayrim nazariyalar bilan tanishib o’tamiz. Dastlab XVIII asrda A. Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida «madaniyatning o’zlashtirish darajasini» ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, sivilizatsiya1. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to’g’irladi va to’ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko’chib yuruvchi, ko’chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya. 1877 yilda amerikalik tarixchi va etnograf Lyuis Morgan (1818-1881 yy) o’zining «Qadimgi jamiyat» kitobida sivilizatsiya atamasini yagona madaniy-tarixiy jarayonning ma’lum darajasini belgilash uchun qo’llashni taklif etdi2. Morgan sistemasida ham ibtidoiy jamiyat taraqqiyoti yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya bosqichlaridan iborat, ammo u yovvoyilik va varvarlik davrlarining har birini, xo’jalik va moddiy madaniyat taraqqiyotining belgilariga ko’ra quyi, o’rta va yuqori bosqichlarga bo’ladi. Ushbu davrlashtirishda ishlab chiqarish kuchlari rivojining darajasi mezon bo’lib xizmat qiladi. Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar «asosi» - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy- tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi. Ingliz tarixchisi va sotsiologi A. Toynbi (1889-1975 yy) sivilizatsiyani yaxlit ijtimoiy tizim sifatida ifodalagan. U o’zining o’n ikki tomlik “Tarixni anglash” asarida keltirgan o’zaro o’rin almashuvchi lokal sivilizatsiyalar konsepsiyasida 1 A. Fergyusson «Essay on the history of the civil society». Mыsl`_(izdatel`stvo,_Moskva) 2010 г. 2 Bobrov I.V. i dr. Istoriya mirovыx tsivilizatsiy chast` I. Uchebnoe posobie. Tyumen` 2004.
Ilmiybaza.uz 
sivilizatsion taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida chaqiriq va 
javob nazariyasini ilgari surdi.  U 32 ta sivilizatsini sanab o’tib, tarixiy jarayonning 
to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanishi haqidagi qarashlarga qarshi chiqdi va 
sivilizatsiyaning bosqichli-siklik rivojlanishini ta’kidladi3.  
Ayrim faylasuflar madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga 
qarama-qarshi qo’yganlar. Chunonchi, nemis faylasufi va tarixchisi O. Shpengler 
(1880-1936 yy) ning fikricha, «sivilizatsiya» har qanday madaniyat taraqqiyotining 
muayyan tugal bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida 
tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir. Shpengler ijtimoiy 
taraqqiyotning bir chiziqli yevropotsentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. U 
insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, 
G’arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. Shpengler fikriga ko’ra, har 
bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida 
mavjud bo’ladi, shundan so’ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok bo’ladi. Har bir 
madaniyat o’z teran mazmuniga ega bo’ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat 
kasb etadi4.  
Fransuz tarixchisi F. Brodel (1886-1944 yy.) jahon taraqqiyoti muammosiga 
o’zgacha yondashgan5. O’tmish hodisalarini tushuntirishda Brodel va bir qator 
boshqa fransuz tarixchilari tarixiy qonuniyatlar yoki tasodifiylikka birinchi darajali 
e’tibor qaratmasdan, birinchi o’ringa “muhit” (tarixiy vaqt) omilini qo’yishgan. 
Ularni birinchi navbatda xalqlarning hayoti, turmushi va mentaliteti qiziqtirgan.  
Nemis faylasufi K.Yaspers (1883-1969 yy.) o’zining “Tarix manbalari va 
uning maqsadi” asarida sivilizatsion taraqqiyotning bosqichma-bosqich rivojlanishi 
konsepsiyasini ilgari surdi: tarixgacha bo’lgan davr, qadimgi davr madaniyati, vaqt 
o’qi (jahon tarixining boshlanishi), texnik davr (yagona jahon tarixiga o’tish).6  
                                                 
 3 Toynbi A. “Drevneyshiy Vostok v svete novыx raskopok” M.,   
 
 4 Shpengler O. “Zakat Evropы. Ocherki morfologii mirovoy istorii”. T.1., M., 1993.   
5 Civilisation matérielle, économie et capitalisme, XVe-XVIIIe siècle (Material`naya tsivilizatsiya, ekonomika i 
kapitalizm, XV—XVIII vv.):  1979 г. 
 6 Yaspers K. “Smыsl i naznachenie istorii”. M, 1991.  
 
Ilmiybaza.uz sivilizatsion taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida chaqiriq va javob nazariyasini ilgari surdi. U 32 ta sivilizatsini sanab o’tib, tarixiy jarayonning to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanishi haqidagi qarashlarga qarshi chiqdi va sivilizatsiyaning bosqichli-siklik rivojlanishini ta’kidladi3. Ayrim faylasuflar madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo’yganlar. Chunonchi, nemis faylasufi va tarixchisi O. Shpengler (1880-1936 yy) ning fikricha, «sivilizatsiya» har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir. Shpengler ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli yevropotsentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G’arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. Shpengler fikriga ko’ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo’ladi, shundan so’ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok bo’ladi. Har bir madaniyat o’z teran mazmuniga ega bo’ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi4. Fransuz tarixchisi F. Brodel (1886-1944 yy.) jahon taraqqiyoti muammosiga o’zgacha yondashgan5. O’tmish hodisalarini tushuntirishda Brodel va bir qator boshqa fransuz tarixchilari tarixiy qonuniyatlar yoki tasodifiylikka birinchi darajali e’tibor qaratmasdan, birinchi o’ringa “muhit” (tarixiy vaqt) omilini qo’yishgan. Ularni birinchi navbatda xalqlarning hayoti, turmushi va mentaliteti qiziqtirgan. Nemis faylasufi K.Yaspers (1883-1969 yy.) o’zining “Tarix manbalari va uning maqsadi” asarida sivilizatsion taraqqiyotning bosqichma-bosqich rivojlanishi konsepsiyasini ilgari surdi: tarixgacha bo’lgan davr, qadimgi davr madaniyati, vaqt o’qi (jahon tarixining boshlanishi), texnik davr (yagona jahon tarixiga o’tish).6 3 Toynbi A. “Drevneyshiy Vostok v svete novыx raskopok” M., 4 Shpengler O. “Zakat Evropы. Ocherki morfologii mirovoy istorii”. T.1., M., 1993. 5 Civilisation matérielle, économie et capitalisme, XVe-XVIIIe siècle (Material`naya tsivilizatsiya, ekonomika i kapitalizm, XV—XVIII vv.): 1979 г. 6 Yaspers K. “Smыsl i naznachenie istorii”. M, 1991.
Ilmiybaza.uz 
Sotsiolog P.Sorokin (1889-1968 yy.) insoniyat madaniyatining butunjahon-
tarixiy taraqqiyoti nazariyasini yaratdi. U bu taraqqiyotni ulkan madaniy 
supertizimlar doirasida ko’rib chiqdi.  
Olimlarning fikricha sivilizatsiyaning mohiyatini, uning o’ziga xosligini turli 
omillar belgilaydi: tabiiy muhit, xo’jalik yuritish tizimi, siyosiy tuzim, jamiyatning 
ijtimoiy tashkiloti, din (yoki  din   darajasiga chiqarilgan mafkura), ma’naviy 
qadriyatlar, 
mentalitet. 
Ularning nuqtai 
nazaridan, 
insoniyat 
taraqqiyoti 
sivilizatsiyalarning bir-biri bilan o’rin almashashishi shaklida boradi, ularning har 
biri o’z madaniy-tarixiy an’analari, ahloq normalari, diniy tizimlarini ishlab chiqadi. 
        1.2. Uzoq vaqt davomida tarixni o’rganishga formatsion yondashuv ustunlik 
qilib keldi. Formatsion yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga 
asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar oldinma-ketin 
almashuvidan iborat yagona, chiziqli-hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin 
qiladi. Ammo alohida xalqlar tarixini jahon ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalari 
tarixining yagona doirasiga sig’dirib bo’lmaydi.  
Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar ekanlar, uning 
quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan, tarixning har qanday bosqichida 
jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o’rinli 
bo’lmaydi. Ikkinchidan, bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga tabiiy yuksalish 
haqidagi monistik tasavvur inson erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil 
yo’llarini tanlashga o’rin qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, 
davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib boruvchi chiziq bo’ylab formatsion 
rivojlanishning tor doirasiga sig’maydi. Mazkur yondashuv amalga tatbiq etilganda 
har bir xalq va sivilizatsiyaning o’ziga xosligi va betakrorligi yo’qoladi, ular ayni 
holda kelajak barkamol jamiyatining sharti sifatidagina amal qiladi.  
Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyadan iborat bo’lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir 
yoqlamaligi ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy 
modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan o’zgacha, 
Ilmiybaza.uz Sotsiolog P.Sorokin (1889-1968 yy.) insoniyat madaniyatining butunjahon- tarixiy taraqqiyoti nazariyasini yaratdi. U bu taraqqiyotni ulkan madaniy supertizimlar doirasida ko’rib chiqdi. Olimlarning fikricha sivilizatsiyaning mohiyatini, uning o’ziga xosligini turli omillar belgilaydi: tabiiy muhit, xo’jalik yuritish tizimi, siyosiy tuzim, jamiyatning ijtimoiy tashkiloti, din (yoki din darajasiga chiqarilgan mafkura), ma’naviy qadriyatlar, mentalitet. Ularning nuqtai nazaridan, insoniyat taraqqiyoti sivilizatsiyalarning bir-biri bilan o’rin almashashishi shaklida boradi, ularning har biri o’z madaniy-tarixiy an’analari, ahloq normalari, diniy tizimlarini ishlab chiqadi. 1.2. Uzoq vaqt davomida tarixni o’rganishga formatsion yondashuv ustunlik qilib keldi. Formatsion yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar oldinma-ketin almashuvidan iborat yagona, chiziqli-hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi. Ammo alohida xalqlar tarixini jahon ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalari tarixining yagona doirasiga sig’dirib bo’lmaydi. Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar ekanlar, uning quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan, tarixning har qanday bosqichida jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o’rinli bo’lmaydi. Ikkinchidan, bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga tabiiy yuksalish haqidagi monistik tasavvur inson erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil yo’llarini tanlashga o’rin qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib boruvchi chiziq bo’ylab formatsion rivojlanishning tor doirasiga sig’maydi. Mazkur yondashuv amalga tatbiq etilganda har bir xalq va sivilizatsiyaning o’ziga xosligi va betakrorligi yo’qoladi, ular ayni holda kelajak barkamol jamiyatining sharti sifatidagina amal qiladi. Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy- iqtisodiy formatsiyadan iborat bo’lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan o’zgacha,
Ilmiybaza.uz 
nochiziq yondashuv bilan to’ldirish talab etiladi. Sivilizatsion yondashuv tarixiy 
jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir.  
Ma’lumki, formatsion yondashuv ob’ektiv  ravishda mavjud bo’lgan, inson 
irodasiga bog’liq bo’lmagan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni asos qilib oladi. 
Sivilizatsion yondashuv esa tarixiy jarayonning turli-tuman ko’rinishlari, qirralarini 
hisobga oladi, bundan tashqari uning asosiy vazifasi inson va uning dunyoqarashi, 
ahloqiy va estetik qarashlarini o’rganishdir. Ammo bu ikki yondashuv bir-birini 
butkul rad etmaydi, har holda  formatsion yondashuvning elementlarini sivilizatsion 
tahlilga kiritish mumkin, chunki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – sivilizatsion 
jarayonning muhim qismidir. SHu sababdan inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga 
sintetik yondashuv yo’llarini izlash lozim.  
   Sivilizatsion yondashuv XIX-XX asrlarda vujudga kelgan. U asosan ko’p 
sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi 
haqidagi g’oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu yerda ijtimoiy taraqqiyotning 
qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi.  
Sivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonlarni, ularning o’ziga xosligini 
chuqurroq anglash, har bir mamlakat tarixi bilan jahon tarixi o’rtasidagi umumiylik, 
o’ziga xoslik va betakrorlikni bir – biridan farqlashga, har bir jamiyatning qiymati 
va uning  jahon tarixi va  madaniyatidagi o’rnini aniqlash imkonini beradi. Bu 
yondashuvning eng muhim jihati tarixning ko’p  qirrali va ko’p tarmoqli jarayon 
sifatida baholanishidir. Bunda tarixiy jarayonni tushunish uchun xalqlarning dini, 
madaniyati, mentalitetiga, ya’ni ma’naviy-ahloqiy va intellektual omillarga katta 
ahamiyat beriladi.  
Bugungi kunda tarixning shunday bir talqini vujudga keladiki, unda mualliflar 
bu har ikki muqobil yondashuvlarning ijobiy g’oyalaridan foydalanishga va ularning 
kamchiliklari o’rnini to’ldirishga harakat qiladilar.  
Bugungi kunda sivilizatsiyaga doir keng tarqalgan nazariyalar orasida ikki 
turini ko’rsatish mumkin: sivilizatsiyaning bosqichli nazariyasi va lokal 
sivilizatsiyalar nazariyasi. 
Ilmiybaza.uz nochiziq yondashuv bilan to’ldirish talab etiladi. Sivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir. Ma’lumki, formatsion yondashuv ob’ektiv ravishda mavjud bo’lgan, inson irodasiga bog’liq bo’lmagan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni asos qilib oladi. Sivilizatsion yondashuv esa tarixiy jarayonning turli-tuman ko’rinishlari, qirralarini hisobga oladi, bundan tashqari uning asosiy vazifasi inson va uning dunyoqarashi, ahloqiy va estetik qarashlarini o’rganishdir. Ammo bu ikki yondashuv bir-birini butkul rad etmaydi, har holda formatsion yondashuvning elementlarini sivilizatsion tahlilga kiritish mumkin, chunki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – sivilizatsion jarayonning muhim qismidir. SHu sababdan inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga sintetik yondashuv yo’llarini izlash lozim. Sivilizatsion yondashuv XIX-XX asrlarda vujudga kelgan. U asosan ko’p sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g’oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi. Sivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonlarni, ularning o’ziga xosligini chuqurroq anglash, har bir mamlakat tarixi bilan jahon tarixi o’rtasidagi umumiylik, o’ziga xoslik va betakrorlikni bir – biridan farqlashga, har bir jamiyatning qiymati va uning jahon tarixi va madaniyatidagi o’rnini aniqlash imkonini beradi. Bu yondashuvning eng muhim jihati tarixning ko’p qirrali va ko’p tarmoqli jarayon sifatida baholanishidir. Bunda tarixiy jarayonni tushunish uchun xalqlarning dini, madaniyati, mentalitetiga, ya’ni ma’naviy-ahloqiy va intellektual omillarga katta ahamiyat beriladi. Bugungi kunda tarixning shunday bir talqini vujudga keladiki, unda mualliflar bu har ikki muqobil yondashuvlarning ijobiy g’oyalaridan foydalanishga va ularning kamchiliklari o’rnini to’ldirishga harakat qiladilar. Bugungi kunda sivilizatsiyaga doir keng tarqalgan nazariyalar orasida ikki turini ko’rsatish mumkin: sivilizatsiyaning bosqichli nazariyasi va lokal sivilizatsiyalar nazariyasi.
Ilmiybaza.uz 
Sivilizatsiyaning bosqichli nazariyalari sivilizatsiyani insoniyat progressiv 
taraqqiyotining yaxlit jarayoni sifatida o’rganadi, bu jarayonda ma’lum bosqichlar 
ajratiladi.  Ayrim zamonaviy olimlar umumjahon sivilizatsiya jarayonida uch asosiy 
bosqichni ajratib ko’rsatishadi: industriyagacha bo’lgan davr, sanoat inqilobi 
boshlab bergan industrial yoki mashina davri, va postindustrial. 
Lokal sivilizatsiyalar nazariyasi tarixan shakllangan, ma’lum hududni 
egallagan 
va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
va 
madaniy 
taraqqiyotning 
o’ziga 
xos 
xususiyatlariga ega jamiyatlarni o’rganadi. Lokal sivilizatsiyalar – bu tarixning 
umumiy oqimini tashkil etuvchi o’ziga xos “birliklar” dir.  
Bugunga qadar mavjud  bo’lgan va bugungi kunda mavjud sivilizatsiyalar 
miqdorini aniqlab bo’lmaydi, zero sivilizatsiyalarning aniq vaqt va hududiy 
chegarasi yo’q. Shu o’rinda sivilizatsiyalarning quyidagi ayrim turlarini sanab o’tish 
mumkin: dastlabki sivilizatsiyalar, an’anaviy sivilizatsiyalar, yangilangan 
sivilizatsiyalar, o’rta sivilizatsiyalar, monolit sivilizatsiyalar, sintetik sivilizatsiyalar, 
agrar sivilizatsiyalar, industrial sivilizatsiyalar, kontinental sivilizatsiyalar, dengiz, 
okean sivilizatsiyalari. Deyarli barcha sivilizatsiyalar bir vaqtning o’zida bir necha 
turga aloqador bo’lishi mumkin. Masalan, ibtidoiy davrdan o’sib chiqqan Qadimgi 
Gretsiya sivilizatsiyasi yangilangan, monolit, agrar, dengiz sivilizatsiyasi edi.  
 
  
1.3. Ibtidoiy davr eng qadimgi ilk sivilizatsiyalarning paydo bo’lishiga asos 
bo’ldi. Bu insoniyat rivojining odamning paydo bo’lishidan to sinfiy jamiyatlar va 
davlatlar paydo bo’lgunga qadar davom etgan bosqichidir.  
 
Siz anropogonez jarayoni haqida ma’lumotlarga egasiz. Olimlarning 
taxminicha, odamlarning idroklashuv jarayoni boshlanganda Yer yuzi aholisi 
taxminan 125 ming kishidan iborat bo’lgan, aql-idrokli inson paydo bo’lganda esa u 
taxminan 1 mln. kishidan iborat edi. Insonlar nafaqat son balki sifat jihatidan ham 
o’zgardi. 
 
Primatlardan to zamonaviy odamgacha bo’lgan taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan 
qadimgi insonning ma’naviy dunyosini tasavvur etish nihoyatda qiyin. Ibtidoiy  
insonning tafakkuri  daxldorlik prinsipiga asoslangan edi. Aynan mana shu 
Ilmiybaza.uz Sivilizatsiyaning bosqichli nazariyalari sivilizatsiyani insoniyat progressiv taraqqiyotining yaxlit jarayoni sifatida o’rganadi, bu jarayonda ma’lum bosqichlar ajratiladi. Ayrim zamonaviy olimlar umumjahon sivilizatsiya jarayonida uch asosiy bosqichni ajratib ko’rsatishadi: industriyagacha bo’lgan davr, sanoat inqilobi boshlab bergan industrial yoki mashina davri, va postindustrial. Lokal sivilizatsiyalar nazariyasi tarixan shakllangan, ma’lum hududni egallagan va ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning o’ziga xos xususiyatlariga ega jamiyatlarni o’rganadi. Lokal sivilizatsiyalar – bu tarixning umumiy oqimini tashkil etuvchi o’ziga xos “birliklar” dir. Bugunga qadar mavjud bo’lgan va bugungi kunda mavjud sivilizatsiyalar miqdorini aniqlab bo’lmaydi, zero sivilizatsiyalarning aniq vaqt va hududiy chegarasi yo’q. Shu o’rinda sivilizatsiyalarning quyidagi ayrim turlarini sanab o’tish mumkin: dastlabki sivilizatsiyalar, an’anaviy sivilizatsiyalar, yangilangan sivilizatsiyalar, o’rta sivilizatsiyalar, monolit sivilizatsiyalar, sintetik sivilizatsiyalar, agrar sivilizatsiyalar, industrial sivilizatsiyalar, kontinental sivilizatsiyalar, dengiz, okean sivilizatsiyalari. Deyarli barcha sivilizatsiyalar bir vaqtning o’zida bir necha turga aloqador bo’lishi mumkin. Masalan, ibtidoiy davrdan o’sib chiqqan Qadimgi Gretsiya sivilizatsiyasi yangilangan, monolit, agrar, dengiz sivilizatsiyasi edi. 1.3. Ibtidoiy davr eng qadimgi ilk sivilizatsiyalarning paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Bu insoniyat rivojining odamning paydo bo’lishidan to sinfiy jamiyatlar va davlatlar paydo bo’lgunga qadar davom etgan bosqichidir. Siz anropogonez jarayoni haqida ma’lumotlarga egasiz. Olimlarning taxminicha, odamlarning idroklashuv jarayoni boshlanganda Yer yuzi aholisi taxminan 125 ming kishidan iborat bo’lgan, aql-idrokli inson paydo bo’lganda esa u taxminan 1 mln. kishidan iborat edi. Insonlar nafaqat son balki sifat jihatidan ham o’zgardi. Primatlardan to zamonaviy odamgacha bo’lgan taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan qadimgi insonning ma’naviy dunyosini tasavvur etish nihoyatda qiyin. Ibtidoiy insonning tafakkuri daxldorlik prinsipiga asoslangan edi. Aynan mana shu
Ilmiybaza.uz 
daxldorlik mantiqi totemizmni keltirib chiqardi. Arxantroplar davrida sehrgarlik 
e’tiqodining kurtaklari ham paydo bo’la boshlaganligi ehtimoldan xoli emas.  
 
Aql-idrokli odam nafaqat mehnat qilish, balki ichki kechinmalarini va 
hissiyotlarini turli usullar bilan aks ettirishni ham bilgan. Paleolit davrida raqsning, 
keyinroq musiqa va qo’shiqning paydo bo’lishi fikrimizga isbotdir. So’nggi 
paleolitda ibtidoiy tasviriy san’at ham yuzaga keldi. Ijodiy fantaziyaning ilk 
kurtaklari neandertallarga tegishli bo’lsa ham, o’z kechinma va hislarini aks ettirish 
aynan aql-idrokli odamga xosdir. Ibtidoiy tasviriy san’at namunalari Ispaniya 
(Altamir), Ural (Kapova), Fransiya (Lasko)7 va boshqa ko’plab joylardan topilgan. 
Bu suratlar qadimgi odamlarning ma’naviy intilishlari va ijodiy ilhomini aks etiradi. 
Shu qatorda bu davrda dumaloq haykaltaroshlik ham rivoj topdi. Ilk davrlarda bu 
asosan ayollar haykallari edi. Paleolit “Venera” lari Rossiya, Slovakiya, Fransiya, 
Belgiya, Italiya, Germaniya, Avstriyadan topilgan.  
 
Tabiat va hayvonot olamining ulkan roli qadimgi insonlarning diniy 
e’tiqodlarida aks etdi. Masalan, hayvonlarga topinish va totemizmda. 
 
 Xo’sh, dastlabki sivilizatsiyalar poydevoriga asos olgan aql-idrokli odam 
qayyerda shakllandi, uning Vatani qayerda? Ibtidoiy  odamlarning dastslabki 
areallari Afrika va Osiyoning ekvatorial va tropik mintaqalarida joylashgan edi. 1 
million yil avval Afrika arxantroplari shimolga tomon harakat qila boshladilar va 
Yevropa hududlariga kirib bordilar. So’nggi paleolit ovchilari dastlab o’zlashtirilgan 
erlardan Shimoliy Yevropa va Osiyoning muzlikdan bo’shagan keng erlariga 
joylasha boshladilar. So’nggi paleolitda 140-150 ming yil avval Sibir, Shimoliy 
                                                 
7 Дэвлет Е. Г. Альтамира: у истоков искусства. М.: Алетейа, 2004. 277 с. 
Бан П. Альтамира — «Новая пещера» // Вестник САИПИ. Кемерово, 2001. Вып.4. 
Madariaga de la Campa, Benito (2000). Sanz de Sautuola y el descubrimiento de Altamira, Santander, Fundación 
Marcelino Botín. ISBN 84-95516-18-7. 
Дэвлет Е. Г. Альтамира — «королева расписных пещер»: К 125-летию открытия пещерного искусства // 
Природа. — 2004. — № 12. 
Bernaldo de Quirós Guidolti, Federico & Cabrera Valdés, Victoria (1994), Cronología del arte 
paleolítico, Complutum Т. 5: 265–276, ISSN 1131-6993. Проверено 17 ноября 2012. 
Pike, A. W. G.; Hoffmann, D. L.; Garcia-Diez, M.; Pettitt, P. B.; Alcolea, J.; De Balbin, R.; Gonzalez-Sainz, C.; 
de las Heras, C.; Lasheras, J. A.; Montes, R.; Zilhao, J. U-Series Dating of Paleolithic Art in 11 Caves in 
Spain (англ.) // 
Science. — 
2012. — Vol. 
336, no. 
6087. — P. 
1409—
1413. — doi:10.1126/science.1219957. — PMID 22700921. 
Coma-Cros, D. y Tello, A., ed. (2006). «Los orígenes del arte». Historia del Arte. Prehistoria. África negra. 
Oceanía'. Tomo 1. Madrid: Salvat. pp. 40-113. ISBN 84-471-0322-6. 
 
Ilmiybaza.uz daxldorlik mantiqi totemizmni keltirib chiqardi. Arxantroplar davrida sehrgarlik e’tiqodining kurtaklari ham paydo bo’la boshlaganligi ehtimoldan xoli emas. Aql-idrokli odam nafaqat mehnat qilish, balki ichki kechinmalarini va hissiyotlarini turli usullar bilan aks ettirishni ham bilgan. Paleolit davrida raqsning, keyinroq musiqa va qo’shiqning paydo bo’lishi fikrimizga isbotdir. So’nggi paleolitda ibtidoiy tasviriy san’at ham yuzaga keldi. Ijodiy fantaziyaning ilk kurtaklari neandertallarga tegishli bo’lsa ham, o’z kechinma va hislarini aks ettirish aynan aql-idrokli odamga xosdir. Ibtidoiy tasviriy san’at namunalari Ispaniya (Altamir), Ural (Kapova), Fransiya (Lasko)7 va boshqa ko’plab joylardan topilgan. Bu suratlar qadimgi odamlarning ma’naviy intilishlari va ijodiy ilhomini aks etiradi. Shu qatorda bu davrda dumaloq haykaltaroshlik ham rivoj topdi. Ilk davrlarda bu asosan ayollar haykallari edi. Paleolit “Venera” lari Rossiya, Slovakiya, Fransiya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Avstriyadan topilgan. Tabiat va hayvonot olamining ulkan roli qadimgi insonlarning diniy e’tiqodlarida aks etdi. Masalan, hayvonlarga topinish va totemizmda. Xo’sh, dastlabki sivilizatsiyalar poydevoriga asos olgan aql-idrokli odam qayyerda shakllandi, uning Vatani qayerda? Ibtidoiy odamlarning dastslabki areallari Afrika va Osiyoning ekvatorial va tropik mintaqalarida joylashgan edi. 1 million yil avval Afrika arxantroplari shimolga tomon harakat qila boshladilar va Yevropa hududlariga kirib bordilar. So’nggi paleolit ovchilari dastlab o’zlashtirilgan erlardan Shimoliy Yevropa va Osiyoning muzlikdan bo’shagan keng erlariga joylasha boshladilar. So’nggi paleolitda 140-150 ming yil avval Sibir, Shimoliy 7 Дэвлет Е. Г. Альтамира: у истоков искусства. М.: Алетейа, 2004. 277 с. Бан П. Альтамира — «Новая пещера» // Вестник САИПИ. Кемерово, 2001. Вып.4. Madariaga de la Campa, Benito (2000). Sanz de Sautuola y el descubrimiento de Altamira, Santander, Fundación Marcelino Botín. ISBN 84-95516-18-7. Дэвлет Е. Г. Альтамира — «королева расписных пещер»: К 125-летию открытия пещерного искусства // Природа. — 2004. — № 12. Bernaldo de Quirós Guidolti, Federico & Cabrera Valdés, Victoria (1994), Cronología del arte paleolítico, Complutum Т. 5: 265–276, ISSN 1131-6993. Проверено 17 ноября 2012. Pike, A. W. G.; Hoffmann, D. L.; Garcia-Diez, M.; Pettitt, P. B.; Alcolea, J.; De Balbin, R.; Gonzalez-Sainz, C.; de las Heras, C.; Lasheras, J. A.; Montes, R.; Zilhao, J. U-Series Dating of Paleolithic Art in 11 Caves in Spain (англ.) // Science. — 2012. — Vol. 336, no. 6087. — P. 1409— 1413. — doi:10.1126/science.1219957. — PMID 22700921. Coma-Cros, D. y Tello, A., ed. (2006). «Los orígenes del arte». Historia del Arte. Prehistoria. África negra. Oceanía'. Tomo 1. Madrid: Salvat. pp. 40-113. ISBN 84-471-0322-6.
Ilmiybaza.uz 
Germaniya hududlari insonlar tomonidan o’zlashtirildi. O’sha davrlarda tor bo’lgan 
Bering bo’g’ozi orqali ular Alyaska va Amerikaga kirib bordilar. Eramizdan 10 yil 
oldin Antarktidadan boshqa hamma materiklar u yoki bu darajada odamlar 
tomonidan o’zlashtirilgan edi. Politsentrizm nazariyasiga ko’ra zamonaviy 
odamning shakllanishi bir necha markazlarda kechgan. Monotsentrik nazariya 
tarafdorlarining fikriga ko’ra bu jarayonda bir areal (Janubiy-G‘arbiy Osiyo, 
Shimoliy-Sharqiy Afrika va Janubiy Yevropa) muhim  rol o’ynagan. Dastlabki 
oykumenaning 
kengayishi 
va 
idroklashuv 
jarayoni 
insonlar 
irqlarining 
shakllanishiga zamin yaratdi. Yevropoid, negroid va mongoloid irqlarining yuzaga 
kelishiga turli materiklarda turlicha bo’lgan atrof-muhitga moslashuv va  butun 
materiklar ulkan hududlarining izolyasiyasi kabi ikki omil muhim rol o’ynadi.  
 
O‘q-yoyning kashf etilishi insoniyat tarixida yangi iqtisodiy tuzumni  va 
tarixiy o’zgarishlarni boshlab berdi. Inson nafaqat  o’zining tabiatga muteligini 
sezilarli kamaytirish, balki asosiy iste’mol mahsulotlarini takror ishlab chiqarish 
imkonini qo’lga kiritdi. Yangi sharoitlarda yashab qolish talabi mikrolitlar 
texnikasining takomillashuvini tezlashtirdi. Mezolit davrida baliqchilik yanada 
rivojlangan, kemachilik asoslari  yuzaga kelgan davrdir. Mezolit davri odami 
sivilizatsiya darajasiga etib bormadi, ammo u insoniyatni sivilizatsiya ostonasiga 
olib kelgan ulkan to’ntarish yasadi. Mezolit davri o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab 
chiqarish xo’jaligiga o’tishni tayyorladi. Mezolit davrida yuzaga kelgan ibtidoiy 
ziroatchilik va chorvachilik insoniyatning keyingi taqdirini belgilab berdi. Mezolit  
davri xo’jalikning asosiy shakli sifatida dehqonchilik va chorvachilikning yuzaga 
kelishiga zamin tayyorladi.  
 
Dehqonchilik va chorvachilikning yuzaga kelishi buning uchun qulay tabiiy 
sharoit bo’lgan hududda paydo bo’ldi. Dehqonchilikka o’tish asta-sekin bordi. 
Dastlab o’stirila boshlangan donli ekin bu arpadir. U Kichik Osiyo, Falastin, Eron, 
Janubiy Turkmaniston va Shimoliy Afrikaning tog’oldi hududlarida o’sgan. 
Keyinroq boshqa boshoqli o’simliklar ham o’zlashtirilgan. Yerdagi ilk dehqonlar 
m.a. X-IX ming yilliklarda Old Osiyoda yashagan natufiyaliklar bo’lishgan. 
Quddusdan 30 km. shimoli-g’arbidagi joylashgan Karmal tog’idagi Vadi-en-Natuf 
Ilmiybaza.uz Germaniya hududlari insonlar tomonidan o’zlashtirildi. O’sha davrlarda tor bo’lgan Bering bo’g’ozi orqali ular Alyaska va Amerikaga kirib bordilar. Eramizdan 10 yil oldin Antarktidadan boshqa hamma materiklar u yoki bu darajada odamlar tomonidan o’zlashtirilgan edi. Politsentrizm nazariyasiga ko’ra zamonaviy odamning shakllanishi bir necha markazlarda kechgan. Monotsentrik nazariya tarafdorlarining fikriga ko’ra bu jarayonda bir areal (Janubiy-G‘arbiy Osiyo, Shimoliy-Sharqiy Afrika va Janubiy Yevropa) muhim rol o’ynagan. Dastlabki oykumenaning kengayishi va idroklashuv jarayoni insonlar irqlarining shakllanishiga zamin yaratdi. Yevropoid, negroid va mongoloid irqlarining yuzaga kelishiga turli materiklarda turlicha bo’lgan atrof-muhitga moslashuv va butun materiklar ulkan hududlarining izolyasiyasi kabi ikki omil muhim rol o’ynadi. O‘q-yoyning kashf etilishi insoniyat tarixida yangi iqtisodiy tuzumni va tarixiy o’zgarishlarni boshlab berdi. Inson nafaqat o’zining tabiatga muteligini sezilarli kamaytirish, balki asosiy iste’mol mahsulotlarini takror ishlab chiqarish imkonini qo’lga kiritdi. Yangi sharoitlarda yashab qolish talabi mikrolitlar texnikasining takomillashuvini tezlashtirdi. Mezolit davrida baliqchilik yanada rivojlangan, kemachilik asoslari yuzaga kelgan davrdir. Mezolit davri odami sivilizatsiya darajasiga etib bormadi, ammo u insoniyatni sivilizatsiya ostonasiga olib kelgan ulkan to’ntarish yasadi. Mezolit davri o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqarish xo’jaligiga o’tishni tayyorladi. Mezolit davrida yuzaga kelgan ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik insoniyatning keyingi taqdirini belgilab berdi. Mezolit davri xo’jalikning asosiy shakli sifatida dehqonchilik va chorvachilikning yuzaga kelishiga zamin tayyorladi. Dehqonchilik va chorvachilikning yuzaga kelishi buning uchun qulay tabiiy sharoit bo’lgan hududda paydo bo’ldi. Dehqonchilikka o’tish asta-sekin bordi. Dastlab o’stirila boshlangan donli ekin bu arpadir. U Kichik Osiyo, Falastin, Eron, Janubiy Turkmaniston va Shimoliy Afrikaning tog’oldi hududlarida o’sgan. Keyinroq boshqa boshoqli o’simliklar ham o’zlashtirilgan. Yerdagi ilk dehqonlar m.a. X-IX ming yilliklarda Old Osiyoda yashagan natufiyaliklar bo’lishgan. Quddusdan 30 km. shimoli-g’arbidagi joylashgan Karmal tog’idagi Vadi-en-Natuf
Ilmiybaza.uz 
tog’  daryosining bo’yidagi g’orlarda yashagan odamlar olimlar tomonidan shunday 
atalgan. Ular o’ziga xos tosh qadamali suyak o’roqlar yordamida boshoqli 
o’simliklarni yig’ishgan, tosh hovonchalarda bazalt kelidasta bilan tuyib, iste’mol 
qilishgan.   O’q-yoyning kashf etilishi ov samaradorligini oshirgan va qo’shimcha 
mahsulot olish imkoniyatini yaratagan. Bu esa hayvonlarni qo’lga o’rgatishni 
boshlab bergan. So’nggi neolitda itni qo’lga o’rgatgan odam so’nggi mezolitda 
echki, qo’y, yirik shohli qoramolni qo’lga o’rgata boshlagan. Mezolit davrida 
insonlar tafakkuri yanada o’sdi, u o’zini o’rab turgan dunyodan ajratib ko’rsatishga 
harakat qilgan. Tajriba va kuzatish oldingi davrlardagi kabi bilimlar manbai bo’lib 
xizmat qilgan.  
 
 Neolit tosh davrining so’nggi va sivilizatsiya tarixining boshlanish davridir. 
Neolit davrida ingliz olimi Gordon Chayld8 tomonidan neolit inqilobi deb 
nomlangan ulkan to’ntarish sodir bo’ldi. Neolit inqilobi bu o’zlashtiruvchi 
xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tishdir. 6-7 ming yilliklardayoq bugun 
biz ishlatayotgan boshoqli ekinlar, sabzavot va mevalar va eng muhimi, bug’doy 
etishtirila boshlagan. Neolit hayvonlarni qo’lga o’rgatishda ham muhim davr bo’ldi. 
Neolit davri odamlari uy hayvoniga aylantirgan barcha uy jonivorlari bugun ham 
insonlarga xizmat qilmoqda. Qo’lga o’rgatilgan hayvonlar insonlarga egulik 
berishdan tashqari ish hayvoni, transport vositasi sifatida o’z kuchi bilan ham xizmat 
qila boshladi. Neolit davrida birinchi mehnat taqsimoti yuz berdi- dehqonchilik va 
chorvachilik alohida faoliyat turlariga ajraldi. O‘troq dehqonlar va ko’chmanchi 
chorvador qabilalar paydo bo’ldi. Tarixiy rivojlanishdagi notekislik kuchaydi va 
insoniyat sivilizatsiyaga turli yo’llar va turli sur’atda yo’l oldi.  
 
Dastlabki davrda ishlab chiqaruvchi xo’jalik o’zlashtiruvchi xo’jalik bilan 
yonma-yon mavjud bo’ldi. Bu davrda yuksak tashkil etilgan ovchilik va baliqchilik 
ham ayrim qabilalar uchun asosiy xo’jalik turi bo’lib qolaverdi. Agar neolit oxiriga 
kelib Mesopotamiya, Misr, Hindiston va Xitoyda dehqonchilik etakchilik qilgan 
                                                 
8 The Dawn of European Civilization (1925) 
 
Ilmiybaza.uz tog’ daryosining bo’yidagi g’orlarda yashagan odamlar olimlar tomonidan shunday atalgan. Ular o’ziga xos tosh qadamali suyak o’roqlar yordamida boshoqli o’simliklarni yig’ishgan, tosh hovonchalarda bazalt kelidasta bilan tuyib, iste’mol qilishgan. O’q-yoyning kashf etilishi ov samaradorligini oshirgan va qo’shimcha mahsulot olish imkoniyatini yaratagan. Bu esa hayvonlarni qo’lga o’rgatishni boshlab bergan. So’nggi neolitda itni qo’lga o’rgatgan odam so’nggi mezolitda echki, qo’y, yirik shohli qoramolni qo’lga o’rgata boshlagan. Mezolit davrida insonlar tafakkuri yanada o’sdi, u o’zini o’rab turgan dunyodan ajratib ko’rsatishga harakat qilgan. Tajriba va kuzatish oldingi davrlardagi kabi bilimlar manbai bo’lib xizmat qilgan. Neolit tosh davrining so’nggi va sivilizatsiya tarixining boshlanish davridir. Neolit davrida ingliz olimi Gordon Chayld8 tomonidan neolit inqilobi deb nomlangan ulkan to’ntarish sodir bo’ldi. Neolit inqilobi bu o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tishdir. 6-7 ming yilliklardayoq bugun biz ishlatayotgan boshoqli ekinlar, sabzavot va mevalar va eng muhimi, bug’doy etishtirila boshlagan. Neolit hayvonlarni qo’lga o’rgatishda ham muhim davr bo’ldi. Neolit davri odamlari uy hayvoniga aylantirgan barcha uy jonivorlari bugun ham insonlarga xizmat qilmoqda. Qo’lga o’rgatilgan hayvonlar insonlarga egulik berishdan tashqari ish hayvoni, transport vositasi sifatida o’z kuchi bilan ham xizmat qila boshladi. Neolit davrida birinchi mehnat taqsimoti yuz berdi- dehqonchilik va chorvachilik alohida faoliyat turlariga ajraldi. O‘troq dehqonlar va ko’chmanchi chorvador qabilalar paydo bo’ldi. Tarixiy rivojlanishdagi notekislik kuchaydi va insoniyat sivilizatsiyaga turli yo’llar va turli sur’atda yo’l oldi. Dastlabki davrda ishlab chiqaruvchi xo’jalik o’zlashtiruvchi xo’jalik bilan yonma-yon mavjud bo’ldi. Bu davrda yuksak tashkil etilgan ovchilik va baliqchilik ham ayrim qabilalar uchun asosiy xo’jalik turi bo’lib qolaverdi. Agar neolit oxiriga kelib Mesopotamiya, Misr, Hindiston va Xitoyda dehqonchilik etakchilik qilgan 8 The Dawn of European Civilization (1925)
Ilmiybaza.uz 
bo’lsa, Yevropada u kamroq rivojlangan edi, Er sharining boshqa hududlarda esa 
endi kurtak ota boshlagandi. Jismoniy jihatlari bilan o’z ajdodlaridan uncha uzoq 
ketmagan bo’lsa-da, neolit davri odamlari yangi madaniyat, yangi ixtirolar va 
kashfiyotlar odami edi. Yuz minglab yillar davomida faqatgina beshta material: tosh, 
yog’och, suyak, hayvonlar terisi va loy odamlarni qoniqtirib keldi. Neolit davriga 
kelib esa uning o’zi o’ziga kerakli materiallarni yarata boshladi. Yig’ib – teruvchi 
va ovchidan dehqon va chorvadorga aylangan inson dastlab sopolni va 
to’qimachilikni, neolit oxirida esa metallar qotishmasini kashf etdi.  
 
Sopolning paydo bo’lishi insoniyat tarixida katta voqea va uning sivilizatsion 
taraqqiyotining muhim qadami bo’ldi. Neolitni ko’pincha sopol davri deb ham 
atashadi. Neolit davri yutuqlari qatoriga yigiruvchilik va to’qimachilikni ham 
kiritish kerak. Bu davrda o’simlik tolalari, teri tasmalari, soch, daraxt tolasi, 
keyinchalik qo’y yungidan tayyorlangan matolar turli ranglarga bo’yalgan. 
 
Shunday qilib, neolit davrida ikkinchi mehnat taqsimoti sodir  bo’ldi: 
hunarmandchilik dehqonchilikdan ajrala boshladi. Tez orada bu alohida 
hunarmandchilik manzilgohlarining paydo bo’lishi bilan ifodalandi,  bu esa 
shaharning qishloqdan ajralishiga olib keldi.Neolit o’troqlikni yuzaga keltirdi va 
mustahkamladi, chunki dehqonchilik bilan shug’ullanish o’troq turmush tarzini talab 
qilardi. Dastlabki muqim manzilgohlar, so’ngra shahar tipidagi manzilgohlar  
vujudga keldi.  Chayla, erto’la, qoziqoyoqli imoratlar bilan bir qatorda neolit davri 
odamlari loydan, yog’ochdan va toshdan uylar barpo eta boshladi. Bunday uylarda 
endi yopiq o’choq va jihozlar bor bo’lib, uylarning atrofida xo’jalik imoratlari 
joylashgan edi. Neolit davrining qurilish sohasida g’ayrioddiy va sirli megalitlar 
tarqaldi. Neolit matriarxatning eng rivojlangan davridir. Ilk oilalar, to’g’rirog’i 
matriarxal oilalar paydo bo’la boshladi. Ijtimoiy jamolarning urug’dan kattaroq 
bo’g’ini-qabilalar paydo bo’ldi.  
  
Neolit inqilobi davrida dastlabki sivilizatsiyalarga asos bo’lgan ilk 
dehqonchilik majmualari yoki ilk dehqonchilik madaniyatlari vujudga keldi. 
Neolitda ilk dehqonchilik madaniyatlari shakllangan va rivojlangan bir nechta 
markazlar yuzaga keldi.  Old Osiyodagi Iordan-Falastin majmuasi alohida madaniy 
Ilmiybaza.uz bo’lsa, Yevropada u kamroq rivojlangan edi, Er sharining boshqa hududlarda esa endi kurtak ota boshlagandi. Jismoniy jihatlari bilan o’z ajdodlaridan uncha uzoq ketmagan bo’lsa-da, neolit davri odamlari yangi madaniyat, yangi ixtirolar va kashfiyotlar odami edi. Yuz minglab yillar davomida faqatgina beshta material: tosh, yog’och, suyak, hayvonlar terisi va loy odamlarni qoniqtirib keldi. Neolit davriga kelib esa uning o’zi o’ziga kerakli materiallarni yarata boshladi. Yig’ib – teruvchi va ovchidan dehqon va chorvadorga aylangan inson dastlab sopolni va to’qimachilikni, neolit oxirida esa metallar qotishmasini kashf etdi. Sopolning paydo bo’lishi insoniyat tarixida katta voqea va uning sivilizatsion taraqqiyotining muhim qadami bo’ldi. Neolitni ko’pincha sopol davri deb ham atashadi. Neolit davri yutuqlari qatoriga yigiruvchilik va to’qimachilikni ham kiritish kerak. Bu davrda o’simlik tolalari, teri tasmalari, soch, daraxt tolasi, keyinchalik qo’y yungidan tayyorlangan matolar turli ranglarga bo’yalgan. Shunday qilib, neolit davrida ikkinchi mehnat taqsimoti sodir bo’ldi: hunarmandchilik dehqonchilikdan ajrala boshladi. Tez orada bu alohida hunarmandchilik manzilgohlarining paydo bo’lishi bilan ifodalandi, bu esa shaharning qishloqdan ajralishiga olib keldi.Neolit o’troqlikni yuzaga keltirdi va mustahkamladi, chunki dehqonchilik bilan shug’ullanish o’troq turmush tarzini talab qilardi. Dastlabki muqim manzilgohlar, so’ngra shahar tipidagi manzilgohlar vujudga keldi. Chayla, erto’la, qoziqoyoqli imoratlar bilan bir qatorda neolit davri odamlari loydan, yog’ochdan va toshdan uylar barpo eta boshladi. Bunday uylarda endi yopiq o’choq va jihozlar bor bo’lib, uylarning atrofida xo’jalik imoratlari joylashgan edi. Neolit davrining qurilish sohasida g’ayrioddiy va sirli megalitlar tarqaldi. Neolit matriarxatning eng rivojlangan davridir. Ilk oilalar, to’g’rirog’i matriarxal oilalar paydo bo’la boshladi. Ijtimoiy jamolarning urug’dan kattaroq bo’g’ini-qabilalar paydo bo’ldi. Neolit inqilobi davrida dastlabki sivilizatsiyalarga asos bo’lgan ilk dehqonchilik majmualari yoki ilk dehqonchilik madaniyatlari vujudga keldi. Neolitda ilk dehqonchilik madaniyatlari shakllangan va rivojlangan bir nechta markazlar yuzaga keldi. Old Osiyodagi Iordan-Falastin majmuasi alohida madaniy
Ilmiybaza.uz 
zonani tashkil etdi. O’lik dengizdan shimolda, Iordan daryosi vodiysida Tell-as-
Sulton tepaligi joylashgan. Ushbu tepalik Bibliyada tilga olingan, m.a. 8-2 ming 
yilliklarda mavjud bo’lgan Ierixon9 manzilgohining qoldig’idir. Ierixonni o’rab 
turgan to’rt metr balandlikdagi tosh devorga balandligi 8 metr va diametri  7 metr 
bo’lgan dumaloq tosh minora tutashib turgan.  
 
Kichik Osiyo ham ilk dehqonchilik madaniyati rivojlangan alohida markazdir. 
Kichik Osiyoning janubi-g’arbidagi Xojilar manzilgohi m.a. VIII asr oxiri – VII asr 
boshlariga oid.  
 
Hozirgi Turkiyaning sharqidagi Cheyyunyu Tepasida m.a. VIII ming yillikda 
tosh poydevorli, xom g’ishtdan qurilgan ikki qavatli uylardan iborat manzilgoh 
paydo bo’lgan. Yuqori qavatda turar joy xonalari, pastkisida omborxona va 
ustaxonalar 
joylashgan. 
Aholi 
ovchilik, 
ziroatchilik, 
chorvachilik 
bilan 
shug’ullangan rivojlangan. Cheyyunyudan topilgan tosh motigalar  Old Osiyoning 
boshqa erida uchramaydi. Va nihoyat, bu yerdan mis metallurgiyasining eng 
qadimgi izi – malaxit (mis rudasi) parchalari, sof mis va mayda mis buyumlar 
topilgan.   
 
M.a. VII ming yillikning ikkinchi yarmida Kunya vodiysining 12-13 gektar 
erida vujudga kelgan Chatal Guyuk manzilgohi atrofdagi 20 ga yaqin 
manzilgohlarning markazi bo’lgan. Aholisi 2-5 ming kishidan iborat bo’lgan 
manzilgohda uylar xom g’ishtdan barpo etilgan. Aholi chorvachilik va dehqonchilik 
bilan shug’ullangan. Bu dehqonchilik markazida 14 turga yaqin o’simlik 
etishtirilgan, shu jumladan bir necha bug’doy turlari, arpa, no’xat, pista va bodom 
yog’i va h.k. ishlab chiqarilgan. Chatal Guyukda san’at va farovonlik taraqqiy 
etganligini uylarning jihozlari, buyumlarda ko’rish mumkin.  
 
Ilk 
dehqonchilik 
madaniyatlarining 
uchinchi 
markazi 
Shimoliy 
Mesopotamiya va G’arbiy Eronning unga tutash viloyatlari bo’lgan. Bu yerda m.a. 
VII-VI asrlarda Jarmo madaniyati rivojlangan. Bu madaniyat yodgorliklari qatoriga 
                                                 
 9  Ierixon // Bol`shaya rossiyskaya entsiklopediya : [v 35 t.] / gl. red. Yu. S. Osipov. — M. : Bol`shaya rossiyskaya 
entsiklopediya, 2004—2017. 
 Mithen, Steven (2006). After the ice : a global human history, 20,000-5000 BC (1st Harvard University Press pbk. 
ed. ed.). Cambridge, Mass.: Harvard University Press. 
Eric H. Cline. Biblical Archaeology: A Very Short Introduction. — Oxford University Press, 2009. — S. 6.  
Ilmiybaza.uz zonani tashkil etdi. O’lik dengizdan shimolda, Iordan daryosi vodiysida Tell-as- Sulton tepaligi joylashgan. Ushbu tepalik Bibliyada tilga olingan, m.a. 8-2 ming yilliklarda mavjud bo’lgan Ierixon9 manzilgohining qoldig’idir. Ierixonni o’rab turgan to’rt metr balandlikdagi tosh devorga balandligi 8 metr va diametri 7 metr bo’lgan dumaloq tosh minora tutashib turgan. Kichik Osiyo ham ilk dehqonchilik madaniyati rivojlangan alohida markazdir. Kichik Osiyoning janubi-g’arbidagi Xojilar manzilgohi m.a. VIII asr oxiri – VII asr boshlariga oid. Hozirgi Turkiyaning sharqidagi Cheyyunyu Tepasida m.a. VIII ming yillikda tosh poydevorli, xom g’ishtdan qurilgan ikki qavatli uylardan iborat manzilgoh paydo bo’lgan. Yuqori qavatda turar joy xonalari, pastkisida omborxona va ustaxonalar joylashgan. Aholi ovchilik, ziroatchilik, chorvachilik bilan shug’ullangan rivojlangan. Cheyyunyudan topilgan tosh motigalar Old Osiyoning boshqa erida uchramaydi. Va nihoyat, bu yerdan mis metallurgiyasining eng qadimgi izi – malaxit (mis rudasi) parchalari, sof mis va mayda mis buyumlar topilgan. M.a. VII ming yillikning ikkinchi yarmida Kunya vodiysining 12-13 gektar erida vujudga kelgan Chatal Guyuk manzilgohi atrofdagi 20 ga yaqin manzilgohlarning markazi bo’lgan. Aholisi 2-5 ming kishidan iborat bo’lgan manzilgohda uylar xom g’ishtdan barpo etilgan. Aholi chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan. Bu dehqonchilik markazida 14 turga yaqin o’simlik etishtirilgan, shu jumladan bir necha bug’doy turlari, arpa, no’xat, pista va bodom yog’i va h.k. ishlab chiqarilgan. Chatal Guyukda san’at va farovonlik taraqqiy etganligini uylarning jihozlari, buyumlarda ko’rish mumkin. Ilk dehqonchilik madaniyatlarining uchinchi markazi Shimoliy Mesopotamiya va G’arbiy Eronning unga tutash viloyatlari bo’lgan. Bu yerda m.a. VII-VI asrlarda Jarmo madaniyati rivojlangan. Bu madaniyat yodgorliklari qatoriga 9 Ierixon // Bol`shaya rossiyskaya entsiklopediya : [v 35 t.] / gl. red. Yu. S. Osipov. — M. : Bol`shaya rossiyskaya entsiklopediya, 2004—2017. Mithen, Steven (2006). After the ice : a global human history, 20,000-5000 BC (1st Harvard University Press pbk. ed. ed.). Cambridge, Mass.: Harvard University Press. Eric H. Cline. Biblical Archaeology: A Very Short Introduction. — Oxford University Press, 2009. — S. 6.
Ilmiybaza.uz 
1950 yilda ochilgan Jarmo manzilgohining o’zini, shuningdek Zagros tog’ining Iroq 
hududida topilgan Tell-Shamshir, Eron hududidan topilgan Sorab Tepa va Guran 
Tepalarni kiritish mumkin. Bu hududlar aholisi o’troq dehqonchilik bilan 
shug’ullangan, tosh poydevor ustida barpo etilgan xom g’ishtli mustahkam uylar 
fikrimiz dalilidir. Alohida manzilgohlar minorali mudofaa istehkomlari va 
darvozalarga ega bo’lgan. Ularning aholisi bug’doy, arpa, no’xat va yasmiq 
etishtirgan, shuningdek echki, qo’y va cho’chqalar boqishgan. Sopol idishlardan 
tashqari ular turli tosh idishlardan ham foydalanishgan. Bu yerda ilk bor bizga tanish 
egri shakldagi o’roq uchraydi.  
 
Neolit davridagi ilk dehqonchilik markazlari qatorida Bolqon, Moldaviya, 
Ukrainaning janubi-g’arbi, Kavkaz, Belujistonning tog’li hududlari, Gang vodiysi, 
Xuanxening o’rta oqimi (Yanshao madaniyati) ni ko’rsatish mumkin.  
 Markaziy Osiyo ham ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan markazlardan 
biridir. Turkmanistondagi Joytun dehqonchilik madaniyati Markaziy Osiyodagi ilk 
dehqonchilik madaniyatining eng qadimgi va eng nodir yodgorliklaridan biri 
hisoblanadi. Bu ibtidoiy manzilgoh bir necha uylardan tashkil topgan bo’lib, 
uylarning maydoni 14—40 kv. m ni tashkil etadi, ular paxsadan qurilgan va 
bo’yalgan. Ularning yonida omborxona, saroy va xo’jalik uchun zarur o’ralar ham 
bor. Joytunliklar miloddan oldingi, VI—V mingyilliklarda yashab, asosan 
dehqonchilik, chorvachilik, qisman esa ovchilik bilan shug’ullanganlar. Aynan ilk 
dehqonchilik madaniyati mintaqalarida ilk sivilizatsiyalar yuzaga keldi. Hamma 
joyda ham ilk dehqonchilik jamiyatlari taraqqiyoti tez va mustaqil ravishda 
sivilizatsiyalarning shakllanishi bilan tugallanmadi. Bu hodisa dehqonchilik ayniqsa 
mahsuldor va ijtimoiy taraqqiyot sur’atlari yuqori bo’lgan joylardagina  sodir bo’ldi.  
 
Neolit davrida dehqonchilik va chorvachilikka o’tilishi bilan Er yuzi aholisi 
15 marta o’sdi, bu insoniyat tarixidagi birinchi demografik inqilobdir. Neolit davrida 
me’morchilik, hunarmandchilik  taraqqiy etdi. Neoli davri odami o’z atrofini 
chiroyli narsalar bilan o’rashga harakat qila boshladi. Ovchi, dehqon va chorvador 
qabilalarda dekorativ an’analar ularning turmushi va mashg’ulotni aks ettirgan holda 
turlicha edi. Neolit inqilobi natijasida moddiy madaniyat birinchi planga chiqdi, 
Ilmiybaza.uz 1950 yilda ochilgan Jarmo manzilgohining o’zini, shuningdek Zagros tog’ining Iroq hududida topilgan Tell-Shamshir, Eron hududidan topilgan Sorab Tepa va Guran Tepalarni kiritish mumkin. Bu hududlar aholisi o’troq dehqonchilik bilan shug’ullangan, tosh poydevor ustida barpo etilgan xom g’ishtli mustahkam uylar fikrimiz dalilidir. Alohida manzilgohlar minorali mudofaa istehkomlari va darvozalarga ega bo’lgan. Ularning aholisi bug’doy, arpa, no’xat va yasmiq etishtirgan, shuningdek echki, qo’y va cho’chqalar boqishgan. Sopol idishlardan tashqari ular turli tosh idishlardan ham foydalanishgan. Bu yerda ilk bor bizga tanish egri shakldagi o’roq uchraydi. Neolit davridagi ilk dehqonchilik markazlari qatorida Bolqon, Moldaviya, Ukrainaning janubi-g’arbi, Kavkaz, Belujistonning tog’li hududlari, Gang vodiysi, Xuanxening o’rta oqimi (Yanshao madaniyati) ni ko’rsatish mumkin. Markaziy Osiyo ham ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan markazlardan biridir. Turkmanistondagi Joytun dehqonchilik madaniyati Markaziy Osiyodagi ilk dehqonchilik madaniyatining eng qadimgi va eng nodir yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu ibtidoiy manzilgoh bir necha uylardan tashkil topgan bo’lib, uylarning maydoni 14—40 kv. m ni tashkil etadi, ular paxsadan qurilgan va bo’yalgan. Ularning yonida omborxona, saroy va xo’jalik uchun zarur o’ralar ham bor. Joytunliklar miloddan oldingi, VI—V mingyilliklarda yashab, asosan dehqonchilik, chorvachilik, qisman esa ovchilik bilan shug’ullanganlar. Aynan ilk dehqonchilik madaniyati mintaqalarida ilk sivilizatsiyalar yuzaga keldi. Hamma joyda ham ilk dehqonchilik jamiyatlari taraqqiyoti tez va mustaqil ravishda sivilizatsiyalarning shakllanishi bilan tugallanmadi. Bu hodisa dehqonchilik ayniqsa mahsuldor va ijtimoiy taraqqiyot sur’atlari yuqori bo’lgan joylardagina sodir bo’ldi. Neolit davrida dehqonchilik va chorvachilikka o’tilishi bilan Er yuzi aholisi 15 marta o’sdi, bu insoniyat tarixidagi birinchi demografik inqilobdir. Neolit davrida me’morchilik, hunarmandchilik taraqqiy etdi. Neoli davri odami o’z atrofini chiroyli narsalar bilan o’rashga harakat qila boshladi. Ovchi, dehqon va chorvador qabilalarda dekorativ an’analar ularning turmushi va mashg’ulotni aks ettirgan holda turlicha edi. Neolit inqilobi natijasida moddiy madaniyat birinchi planga chiqdi,
Ilmiybaza.uz 
ma’naviy madaniyat esa madaniyatdagi moddiy omillarning jiddiy ta’siri ostida 
go’yo ikkinchi darajali hodisaga aylandi. Neolit davri san’atida tushkunlik 
kuzatiladi. Paleolit davrining realistik san’atidan farq qilgan holda u shartli-
sxematikdir.  
 
Ishlab chiqaruvchi xo’jalikning rivojlanishi jonli va jonsiz tabiat haqida 
bilimlarning to’planishi va ilk tizimlashuviga imkon berdi. Neolit davri diniy 
e’tiqodlari markazida tabiat kuchlari, ayniqsa Quyosh va er turar edi.  Neolit davri 
diniy e’tiqodlari murakkablashdi, turli me’yorlar va ta’qiqlar paydo bo’ldi.  
 
Neolit so’ngida ma’lumotni saqlash va uzatishning og’zaki usulidan yozma 
usuliga o’tish boshlandi, rasmli piktografik yozuv vujudga keldi. Haqiqiy yozuv esa 
keyinroq, sivilizatsiyaning belgisi sifatida vujudga keldi. Taraqqiyot sari harakat 
qilayotgan insoniyat sivilizatsiyaning birinchi pillapoyalariga  qadam qo’ydi: ilk 
shahar tipidagi manzilgohlar, mahobatli me’morchilik, yozuv paydo bo’ldi.  
 
M.a. IV ming yillikda insoniyat metall asriga qadam qo’ydi. Insoniyat dastlab 
qo’llagan metall mis edi. Eneolit yoki xalkolit davrida xo’jalikning barcha 
tarmoqlari, ishlab chiqarish texnologiyalari,   iqtisodiy va ijtimoiy hayot rivojlandi, 
savdo ayrboshlashi va qabilalararo harbiy to’qnashuvlar kuchaydi. Natijada ilk 
dehqonchilik dunyosi asta-sekin sivilizatsiyaga o’ta boshladi.  
 
Sivilizatsiyaga o’tish davrida ma’lumot hajmining ko’payishi, uni saqlash va 
uzatishning yangi shaklini topish zaruriyatini yuzaga keltirdi. M.a. IV-III ming 
yilliklarda SHumer yozuvni yaratishga ilk qadam qo’yildi. Buyumlarni va miqdorni 
tasvirlash uchun piktogrammalar (yoki suratli yozuv) qo’llanilgan. Piktogrammalar 
shartlilashib, abstrakt ramzlarga aylanib borib alohida so’z yoki bo’g’inlarni 
anglatuvchi ideografik yoki logografik yozuvni  vujudga keltirdi.  Yozuvning 
vujudga kelishi sivilizatsiya yo’lidagi muhim qadam, ibtidoiy insoniyat ma’naviy 
taraqqiyotining eng yuksak cho’qqisi bo’ldi. 
 1.4. M.a. IV ming yilliklarda janubiy Mesopotamiyada shumer manzilgohlari 
paydo 
bo’lgan. 
Bora-bora 
ular 
butun 
Mesopotamiyani 
egallashgan. 
Mesopotamiyaning shimoliy qismida m.a. III ming yillikning birinchi yarmidan 
semitlar istiqomat qilgan. Ular qadimgi Old Osiyo va Suriya dashtlarining chorvador 
Ilmiybaza.uz ma’naviy madaniyat esa madaniyatdagi moddiy omillarning jiddiy ta’siri ostida go’yo ikkinchi darajali hodisaga aylandi. Neolit davri san’atida tushkunlik kuzatiladi. Paleolit davrining realistik san’atidan farq qilgan holda u shartli- sxematikdir. Ishlab chiqaruvchi xo’jalikning rivojlanishi jonli va jonsiz tabiat haqida bilimlarning to’planishi va ilk tizimlashuviga imkon berdi. Neolit davri diniy e’tiqodlari markazida tabiat kuchlari, ayniqsa Quyosh va er turar edi. Neolit davri diniy e’tiqodlari murakkablashdi, turli me’yorlar va ta’qiqlar paydo bo’ldi. Neolit so’ngida ma’lumotni saqlash va uzatishning og’zaki usulidan yozma usuliga o’tish boshlandi, rasmli piktografik yozuv vujudga keldi. Haqiqiy yozuv esa keyinroq, sivilizatsiyaning belgisi sifatida vujudga keldi. Taraqqiyot sari harakat qilayotgan insoniyat sivilizatsiyaning birinchi pillapoyalariga qadam qo’ydi: ilk shahar tipidagi manzilgohlar, mahobatli me’morchilik, yozuv paydo bo’ldi. M.a. IV ming yillikda insoniyat metall asriga qadam qo’ydi. Insoniyat dastlab qo’llagan metall mis edi. Eneolit yoki xalkolit davrida xo’jalikning barcha tarmoqlari, ishlab chiqarish texnologiyalari, iqtisodiy va ijtimoiy hayot rivojlandi, savdo ayrboshlashi va qabilalararo harbiy to’qnashuvlar kuchaydi. Natijada ilk dehqonchilik dunyosi asta-sekin sivilizatsiyaga o’ta boshladi. Sivilizatsiyaga o’tish davrida ma’lumot hajmining ko’payishi, uni saqlash va uzatishning yangi shaklini topish zaruriyatini yuzaga keltirdi. M.a. IV-III ming yilliklarda SHumer yozuvni yaratishga ilk qadam qo’yildi. Buyumlarni va miqdorni tasvirlash uchun piktogrammalar (yoki suratli yozuv) qo’llanilgan. Piktogrammalar shartlilashib, abstrakt ramzlarga aylanib borib alohida so’z yoki bo’g’inlarni anglatuvchi ideografik yoki logografik yozuvni vujudga keltirdi. Yozuvning vujudga kelishi sivilizatsiya yo’lidagi muhim qadam, ibtidoiy insoniyat ma’naviy taraqqiyotining eng yuksak cho’qqisi bo’ldi. 1.4. M.a. IV ming yilliklarda janubiy Mesopotamiyada shumer manzilgohlari paydo bo’lgan. Bora-bora ular butun Mesopotamiyani egallashgan. Mesopotamiyaning shimoliy qismida m.a. III ming yillikning birinchi yarmidan semitlar istiqomat qilgan. Ular qadimgi Old Osiyo va Suriya dashtlarining chorvador