Siydik haydovchi moddalar (Diuretiklar).
Reja.
1. Siydik haydovchi moddalar moddalar
2. Buyrak koptokchalarida qondagi birlamchi siydikning filtrlanishi
3. Suvning passiv so‘rilishi. Simob preparatlari, saluretiklar, osmotik diuretiklar,
kislota hosil qiluvchi preparatlar
4. Dixlotiazid. Laziks. Diakarb. Veroshpiron. Mannit
Diuretiklar – organizmda suv-tuz almashinuviga ta’sir etib, suv va tuzlarning
buyraklar orqali chiqib ketishini oshiradigan preparatlardir.
Ma’lumki, odam organizmi normal sharoitda 40-50 l (65-70% li) suv
saqlaydi. Bu suv asosan xujayralar ichida bo‘lib, 30-35 l ni tashkil qiladi. Qolgani
esa to‘qimalar, hujayralar orasida joylashgan (10-12 l), 3,5 l gacha qon tomirlarida,
qon tarkibida bo‘ladi. Hujayra va to‘qimalarda doimo suv bilan elektrolidlarning
almashinuvi bo‘lib turadi. Suvning organizmda taqsimlanishi va uning almashishi
elektrolidlarga, birinchi galda natriyga bog‘liqdir. Elektrolidlar miqdorining
organizmda doimo bir me’yorda bo‘lishini, asab-endokrin tizimi (mineral
kortikoidlar, antidiuretik, gormon) qon aylanishini ta’minlaydi. Organizmda ushbu
muhitning doimiyligi (rN, osmotik bosim yoki gomeostaz holati), ko‘proq shu
elektrolidlar balansiga, chiqarish organi bo‘lgan buyraklarning fiziologik
faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Buyraklarning ko‘pchilik kasalliklarida (nefrit, nefroz va boshqalar), yurak
porogi sababli, yurak-tomir tizimi faoliyatining zaiflashishi (dekompensatsiya
holati) va jigar kasalliklarida (sirroz va boshqalar) suv-tuz almashinuvi buzilib,
organizmda suv yig‘ila boshlaydi, shishlar paydo bo‘ladi. Natriy ionlarining
yig‘ilishi, osmotik bosimning ko‘tarilishiga va suv yig‘ilishiga sababchi bo‘ladi.
Ma’lumki, siydik ajralishi buyraklarda bo‘ladigan quyidagi jarayonlarga
bog‘liq, ya’ni filtratsiya yo‘li bilan birlamchi siydikning qaytadan qonga so‘rilishi
(reabsorbsiya), kanalcha epiteliylaridan ayrim moddalarning ajralishi.
Buyrak koptokchalarida qondagi birlamchi siydikning filtrlanishi,
kapillyarlardagi qonning gidrostatik bosimiga, undagi filtratsiya bo‘lmaydigan
moddalar (oqsil, glikogen va yuqori molekulali birikmalar) konsentratsiyasiga, qon
aylanishiga, ishlayotgan koptokchalar soniga va boshqalarga bog‘liq.
Birlamchi siydikning filtrlanishi passiv jarayon bo‘lib, buyraklar tomonidan
quvvat sarflanishi talab qilinmaydi va farmakologik ta’sirga bo‘ysunmaydi. Bir
kecha-kunduzda buyraklardan 150 litrgacha suv, 1200g natriy va boshqa
moddalar(glyukoza, aminokislotalar, mochevina, xar xil elektrolitlar va boshqalar)
ajralib chiqadi.
Buyrak kanalchalari epiteliy sekretsiyasi faol jarayon bo‘lib, ayrim
metabolitlarni (siydik kislota, vodorod ionlari, kaliy ionlari va boshqalar) va
ko‘pchilik dori moddalarini (sulfanilamidlar, antibiotiklar va boshqalar)
kanalchalar bo‘shlig‘iga, ayrim moddalarni esa qonga qayta so‘rilishini
ta’minlaydi. Bu jarayon epiteliy pardasidagi aloxida o‘tkazuvchi tizim orqali
bajariladi va buning uchun quvvat sarflanib, ayrim fermentlar qatnashadi. Ushbu
tizim dori moddalar ta’sirida o‘z faoliyatini o‘zgartirishi mumkin. Ularning
ta’sirida ayrim elektrolitlarning chiqib ketishi tezlashadi, ayrimlarning chiqishi esa
kamayadi.
Birlamchi siydikning kanalchalarda qaytadan so‘rilishi (reabsorbsiya)
organizmda suv-elektrolit balansini bir me’yorda ushlab turadigan jarayon
hisoblanadi. Reabsorbsiya natijasida buyraklar kanalchalarida birlamchi siydikning
99% i so‘riladi va 1200g filtrdan o‘tgan natriyning 1195 grammi qayta suriladi.
Reabsorbsiya faol jarayon bo‘lib, quvvat talab qiladi. Bu jarayonning sodir
bo‘lishida fermentlar tizimi qatnashadi (suksindegidrogeneza, karboangidraza).
Ushbu tizimning qisman bo‘lsa xam tormozlanishi, siydik ajralishini ko‘paytiradi.
Ko‘pchilik siydik haydovchi dori moddalarning ta’siri aynan shu jarayonga
qaratilgan. Elektrolitlarning va ular bilan birga suvning reabsorbsiyalanishi
kanalchalarning deyarli hamma qismida sodir bo‘ladi. Lekin ayrim elektrolitlar
(kaliy, xlor) kanalchalarning proksimal (boshlang‘ich), ayrimlari (kaliy ionlarining
sekretsiyasi, natriy), distal (oxiri), boshqalari esa nefronning ikkala qismida (natriy,
xlor) qaytadan so‘riladi.
Suvning passiv so‘rilishi (elekrolitlarsiz) kanalchaning distal qismida
bajariladi va bu jarayon gipofiz bezining antidiuretik (ADG) va buyrak usti
bezining aldosteron gormonlari tomonidan bajarilib turiladi.
Demak, birlamchi siydikning elektrolitlar hisobiga qaytadan so‘rilishi ancha
murakkab jarayon bo‘lib, siydik haydovchi dori moddalarning ta’sir mexanizmi
asosan ana shu reabsorbsiyaning o‘zgarishiga bog‘liqdir.
Tibbiyot va veterinariya amaliyotida ishlatiladigan diuretiklar kimyoviy
tuzilishi, olinishi, ta’sir mexanizmi va ishlatilishi bo‘yicha turlicha. SHu sababli
ular quyidagi guruxlar bo‘yicha tasnif qilinadi.
1. Simob preparatlari;
2. Saluretiklar;
3. Purin unumlari;
4. Karboangidraza ingibitorlari;
5. Aldosteron antogonistlari;
6. Osmotik diuretiklar;
7. Kislota hosil qiluvchi preparatlar.
Simobli diuretiklar. Simob preparatlari eng kuchli diuretiklar hisoblanishiga
qaramay, ularni nojo‘ya ta’sirlari ko‘p bo‘lganligi uchun hamda ular o‘rnini
bosadigan kam zaharli preparatlar olinganligi sababli amaliyotida kam ishlatiladi.
Tarkibida simob saqlovchi diuretiklar qatoriga merkuzal, novurit va promeran
preparatlari kiradi. Bular hozirgi vaqtda dorilar reestridan uchirilgan bo‘lsa, xam,
lekin nazariy axamiyatga ega. Ular simobning organiq birikmalari hisoblanadi.
Simobli diuretiklarning peshob haydovchi ta’sir mexanizmi quyidagilar bilan
izohlanadi. Buyrak kanlchalaridagi kislotali muhit (siydikda N ionlarining soni
plazmaga nisbatan 100-1000 marta ko‘p bo‘ladi) simob birikmalaridan organiq
simob kationini hosil qiladi. Ushbu kation elektrolitlarning qayta so‘rilishini
ta’minlaydigan bir necha fermentlar (suksindegidrogeneza, membrana ATF - faza)
faolligini pasaytiradi hamda natriy va xlor ionlarini, shu bilan bir qatorda suvning
reabsorbsiyasini ham kamaytiradi, natijada siydik ajrashi ko‘payadi.
Simobli diuretiklarning ta’siri, nefronning natriy va xlor ionlarinig
reabsorbsiyasi ko‘proq (85-90%) bo‘ladigan, proksimal qismiga qaratilganligi
sababli peshob ko‘p miqdorda ajraladi. Ularning ta’siri in’eksiya qilingandan keyin
(meruzal, novurit) 2-3 soat o‘tgach boshlanadi. Eng yuqori samarasi 4-9 soat ichida
ko‘rinadi va bu 24 soatgacha davom etadi. Preparatlar organizmdan 2 kun
maboynida chiqib ketadi. Shu sababli simobli diuretiklar har 3-4 kunda 1marta
yuboriladi. Birinchi yuborilgandan keyin diuretikning samarasi bo‘lmasa, uni qayta
yuborish tavsiya etilmaydi. Chunki qo‘mulyasiya holati yuz berib, buyraklar va
boshqa organlarning (me’da, ichak) faoliyati buzilishi mumkin.
Simobli diuretiklar asosan yurak va jigar faoliyatining zaiflashishi bilan
bog‘liq, shishlar vaqtida tavsiya etiladi. Buyrak kasalligi tufayli paydo bo‘lgan
shishlarda tavsiya etilmaydi (nefrit, nefroz va bosh)
Saluretiklar. Ushbu guruxga asosan dixlotiazid va unga yaqin bir qator
preparatlar kiradi. Ular siydik haydaydigan ta’siri bo‘yicha og‘iz orqali beriladigan
preparatlar orasida eng kuchli diuretiklardan hisoblanadi va amaliyotida juda ko‘p
ishlatiladi.
Bu guruxga kiruvchi preparatlar (dixlotiazid, siklometiazid, oksodomin
furosemid, triampur-kompozitum va boshqalar) buyrak kanalchalarining proksimal
qismiga ta’sir ko‘rsatib, natriy ionlarining qayta surilishini tormozlaydi. SHu bilan
bir qatorda ular kanalchalarning distal qismida natriy biokarbonat va kaliyning
chiqishini (sekretsiyasini) oshiradi. Shu sababli siydik ajrashi sezilarli darajada
ko‘payadi. Saluretiklarning ta’sir mexanizmi yaxshi aniqlanmagan. Lekin
taxminlar bo‘yicha ular kanalchalarning proksimal qismidagi natriy ionlari
surilishini ta’minlaydigan aloxida fermentni to‘sadi. Bundan tashqari, ularning
ta’sirida kanalchaning distal qismidagi karboangidraza fermenti ham to‘siladi. SHu
sababdan biokarbonat va kaliyning chiqishi ortadi. Natijada siydik qisman ishqoriy
muhitga ega bo‘lib qoladi.
Preparatlarning ta’siri ichilgandan keyin 30-60 daqiqa o‘tgach boshlanadi, 2-
3 soat ichida ta’siri qo‘chayib borib, 8-12 soatgacha davom etadi. Ular asosan
yurak-tomir etishmovchiligi, jigar va buyrak kasalligi tufayli paydo bo‘lgan
shishlarda, glaukoma (ko‘k suv kasalligi), xomiladorlik toksikozida tavsiya etiladi.
Saluretiklarning asosiy kamchiligi shundan iboratki, ular kaliy ionlarining
chiqishini tezlashtirgani uchun gipokaliemiya (organizmda kaliy ionlarining
kamayishi) holatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu o‘z navbatida ishtaxaning
yomonlashishiga, mushaklar tonusining bo‘shashiga va yurak ritmining buzilishiga
olib keladi. Bunda yurak glikozidlari berilayotgan bo‘lsa, ularning zaharli ta’siri
qo‘chayadi. Shu sababli saluretiklar (ayniqsa, dixlotiazid, siklometiazid) uzoq
muddat davomida berilmaydi. Agar 5-6 kundan ortiq vaqt berilsa, kaliy
saqlaydigan preparatlar (kaliy xlorid, panangin,asparkam), mevalar (o‘rik, shaftoli
va b.k.) beriladi. Saluretiklarning ta’siri natijasida siydik kislotasining organizmda
yig‘ilib qolishi podagraga (mayda bo‘g‘imlarning og‘rishi, shishib qolishi) xos
bo‘lgan o‘zgarishlarni berishi mumkin.
Bu guruxga kiradigan laziks (furosemid) preparati antranil kislota unumi
bo‘lib, siydik haydovchi ta’siri tez vujudga keladi (venaga yuborilganda 2-3
daqiqadan keyin, ichilsa 20-30 daqiqa o‘tgach). Ta’sir muddati, yuborilgan yo‘liga
qarab, 2-8 soatgacha davom etadi. Laziksning ijobiy tomonlaridan biri shuki, u
boshqa diuretiklar naf qilmaganida ham o‘z ta’sirini saqlaydi. Bundan tashqari uni
venaga yuborish mumkinligi tez yordam ko‘rsatishga zamin yaratadi. Laziksning
ta’siri mexanizmi to‘liq aniqlanmagan. U natriy va xlorning qayta so‘rilishini,
butun nefron bo‘yicha tormozlaydi va kaliy sekretsiyasini esa oshiradi, degan fikr
mavjud.
Triampur-kompozitum preparati o‘z tarkibida triamteren bilan – dixlotiazid
saqlaydi. Triamteren natriy ionlarining siydik bilan chiqarilishini tezlashtiradi,
lekin kaliyning chiqishini o‘zgartirmaydi. Bu preparat ham yurak, buyrak, jigar
kasalliklarida bo‘ladigan shishlarda davo maqsadida qo‘llaniladi.
Preparati natriy uretik (natriyning siydik bilan chiqishi) bo‘lib, uzoq ta’sir
etadigan diuretik. Gipotenziv ta’sirga xam ega.
Purin unumlari. Bu moddalarga choy bargi va kofedan olinadigan
alkaloidlar, teofillin va teobromid kiradi. Ushbu diuretiklar boshqa guruxlarga
nisbatan kuchsizroq siydik haydaydi. Ular buyraklar tomirlarini kengaytirib, unda
qon aylanishini oshiradi. Natijada ko‘pchilik buyrak koptokchalarida filtratsiya
tezlashadi va birlamchi siydikning miqdori oshadi. Bundan tashqari, purin