SODDA GAP. GAP HAQIDA TA’LIMOT. GAPLAR TASNIFI

Yuklangan vaqt

2024-05-25

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

80,0 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
SODDA GAP. GAP HAQIDA TA’LIMOT. GAPLAR TASNIFI 
 
Dars o‘quv maqsadi: Gaplarning turli jihatdan tasniflanishi haqida umumiy 
ma’lumot berish. 
Tushunchalar va tayanch iboralar: tasnif, sodda gap, qo‘shma gap, bosh bo‘lak, 
ikkinchi darajali bo‘laklar,  
Asosiy savollar: 
5.1. Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko‘ra turlari: darak gap, so‘roq gap, buyruq va 
istak gaplar. Har bir turning o‘ziga xos grammatik va intonatsion xususiyatlari. Har bir 
turda modallik xususiyatlarining ifodalanishi. 
5.2. Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko‘ra turlari. Undov 
gaplarning grammatik, intonatsion xususiyatlari.  
5.3. Gaplarning modallikka ko‘ra turlari: tasdiq va inkor gaplar. Bunday gaplarning 
o‘ziga xos xususiyatlari.  
5.4. Gaplarning tuzilish jihatdan turlari: sodda va qo‘shma gaplar. Qo‘shma gap, 
uning sodda gapdan farqi, turlari. 
5.5. Sodda gaplarning grammatik asosga ko‘ra turlari. Eganing ishtirokiga ko‘ra 
egasiz (bir sostavli) va egali (ikki sostavli) gaplarga ajratilishi. Bir sostavli gaplar 
tushunchasining yangicha talqini. 
5.6. Sodda gap. Yig‘iq va yoyiq gaplar. 
 
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni 
 
5.1. Gapning ifoda maqsadga ko‘ra turlari. Gaplar kommunikativ maqsadiga 
ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: darak, so‘roq, buyruq, istak gaplar 
Darak gap. Borliq hodisalarini tasdiq yoki inkor bilan xabar qiluvchi gaplar darak 
gap deyiladi: Bu yil institutimizning yubileyi bo‘ldi. Darak gaplar xabar, orzu-umid, taajjub, 
Ilmiybaza.uz SODDA GAP. GAP HAQIDA TA’LIMOT. GAPLAR TASNIFI Dars o‘quv maqsadi: Gaplarning turli jihatdan tasniflanishi haqida umumiy ma’lumot berish. Tushunchalar va tayanch iboralar: tasnif, sodda gap, qo‘shma gap, bosh bo‘lak, ikkinchi darajali bo‘laklar, Asosiy savollar: 5.1. Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko‘ra turlari: darak gap, so‘roq gap, buyruq va istak gaplar. Har bir turning o‘ziga xos grammatik va intonatsion xususiyatlari. Har bir turda modallik xususiyatlarining ifodalanishi. 5.2. Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko‘ra turlari. Undov gaplarning grammatik, intonatsion xususiyatlari. 5.3. Gaplarning modallikka ko‘ra turlari: tasdiq va inkor gaplar. Bunday gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari. 5.4. Gaplarning tuzilish jihatdan turlari: sodda va qo‘shma gaplar. Qo‘shma gap, uning sodda gapdan farqi, turlari. 5.5. Sodda gaplarning grammatik asosga ko‘ra turlari. Eganing ishtirokiga ko‘ra egasiz (bir sostavli) va egali (ikki sostavli) gaplarga ajratilishi. Bir sostavli gaplar tushunchasining yangicha talqini. 5.6. Sodda gap. Yig‘iq va yoyiq gaplar. Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni 5.1. Gapning ifoda maqsadga ko‘ra turlari. Gaplar kommunikativ maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: darak, so‘roq, buyruq, istak gaplar Darak gap. Borliq hodisalarini tasdiq yoki inkor bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi: Bu yil institutimizning yubileyi bo‘ldi. Darak gaplar xabar, orzu-umid, taajjub, Ilmiybaza.uz 
 
tashvish, gina, kinoya kabilarni ifoda qiladi. Darak gap ba`zan istak, gumonni ifoda qilishi 
mumkin: Zulfiya tezda kelib qolar.  
Darak gapning sintaktik shakli bilan sintaktik ma`nosi o‘rtasida mutanosiblik 
mavjud: sintaktik darak ma`nosi gapning sintaktik darak shakli orqali ifodalanadi.  
Darak gapning kesimi ko‘pincha aniqlik maylining o‘tgan, hozirgi, kelasi zamon 
shakllari bilan ifodalandi. 
Darak gap xabar intonatsiyasi bilan aytiladi. Bunda ohang gapning birinchi qismida 
ko‘tariladi, ikkinchi qismida esa pasayib boradi. Darak gap nutqda, gapning boshqa 
turlariga qaraganda, ko‘p qo‘llaniladi. Hatto, butun-butun matnlar ham darak gaplardan 
tashkil topadi. 
So‘roq gap. So‘zlovchiga noma`lum bo‘lgan biror voqea-hodisa, harakat-hodisa 
belgi haqidagi so‘roqni ifoda qiluvchi gaplar so‘roq gaplar deyiladi: Inson nima uchun 
yaralgan? 
So‘roq gaplarda quyidagilar ifoda qilinadi: 
1) sof so‘roq: Dars boshlandimi? Qachon yo‘lga chiqmoqchisiz? 
So‘roq gaplarda so‘roq bilan bir qatorda taajjub, gumon, shubha anglashilishi ham 
mumkin: Nahotki, siz shu ishni qildingiz?  
2) ritorik so‘roq. Bunda so‘roq mazmunidan uning mazmuni anglashilib turadi. 
Bunday gaplar emotsional nutq uchun uslubiy vosita bo‘lib xizmat qiladi: Xalq orzusini 
amalga oshirishdan kattaroq baxt bormi! (Oybek). 
3) so‘roq-buyruq. Bunda so‘roq-buyruq ottenkasiga ham ega bo‘ladi: Tez-tez 
o‘qimaysanmi? 
So‘roq gaplar quyidagi vositalar bilan tuziladi: 
–  so‘roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya) yordami bilan: Siz mehmonmisiz?  
–  nahot, nahotki yuklamalari bilan: Nahotki, shu qiz Muborak bo‘lsa? 
–  so‘roq olmoshlari yordamida: Qaysi kitobni o‘qimoqchisan? 
–  so‘roq intonatsiyasi yordamida. Bunda intonatsiya ko‘tariluvchi, pasayuvchi, 
ko‘tariluvchi-pasayuvchi xarakterida bo‘ladi. So‘roq gap ko‘tariluvchi intonatsiya bilan 
aytilganda mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak gap oxirida bo‘lib ohang ko‘tarilib boradi: 
Mehmon keldi? 
Ilmiybaza.uz tashvish, gina, kinoya kabilarni ifoda qiladi. Darak gap ba`zan istak, gumonni ifoda qilishi mumkin: Zulfiya tezda kelib qolar. Darak gapning sintaktik shakli bilan sintaktik ma`nosi o‘rtasida mutanosiblik mavjud: sintaktik darak ma`nosi gapning sintaktik darak shakli orqali ifodalanadi. Darak gapning kesimi ko‘pincha aniqlik maylining o‘tgan, hozirgi, kelasi zamon shakllari bilan ifodalandi. Darak gap xabar intonatsiyasi bilan aytiladi. Bunda ohang gapning birinchi qismida ko‘tariladi, ikkinchi qismida esa pasayib boradi. Darak gap nutqda, gapning boshqa turlariga qaraganda, ko‘p qo‘llaniladi. Hatto, butun-butun matnlar ham darak gaplardan tashkil topadi. So‘roq gap. So‘zlovchiga noma`lum bo‘lgan biror voqea-hodisa, harakat-hodisa belgi haqidagi so‘roqni ifoda qiluvchi gaplar so‘roq gaplar deyiladi: Inson nima uchun yaralgan? So‘roq gaplarda quyidagilar ifoda qilinadi: 1) sof so‘roq: Dars boshlandimi? Qachon yo‘lga chiqmoqchisiz? So‘roq gaplarda so‘roq bilan bir qatorda taajjub, gumon, shubha anglashilishi ham mumkin: Nahotki, siz shu ishni qildingiz? 2) ritorik so‘roq. Bunda so‘roq mazmunidan uning mazmuni anglashilib turadi. Bunday gaplar emotsional nutq uchun uslubiy vosita bo‘lib xizmat qiladi: Xalq orzusini amalga oshirishdan kattaroq baxt bormi! (Oybek). 3) so‘roq-buyruq. Bunda so‘roq-buyruq ottenkasiga ham ega bo‘ladi: Tez-tez o‘qimaysanmi? So‘roq gaplar quyidagi vositalar bilan tuziladi: – so‘roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya) yordami bilan: Siz mehmonmisiz? – nahot, nahotki yuklamalari bilan: Nahotki, shu qiz Muborak bo‘lsa? – so‘roq olmoshlari yordamida: Qaysi kitobni o‘qimoqchisan? – so‘roq intonatsiyasi yordamida. Bunda intonatsiya ko‘tariluvchi, pasayuvchi, ko‘tariluvchi-pasayuvchi xarakterida bo‘ladi. So‘roq gap ko‘tariluvchi intonatsiya bilan aytilganda mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak gap oxirida bo‘lib ohang ko‘tarilib boradi: Mehmon keldi? Ilmiybaza.uz 
 
So‘roq gap pasayuvchi intonatsiya bilan aytilganda, mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak gap 
boshida kelib, ohang pasayib boradi: Hammasidan xabarimiz bor?  
So‘roq gap ko‘tariluvchi-pasayuvchi intonatsiya bilan aytilganda, mantiqiy urg‘u 
olgan bo‘lak gap ichida keladi. Ohang bungacha ko‘tarilib, keyin pasayadi: Hammasidan 
xabarimiz bor?  
So‘roq gap so‘roq olmoshlari va so‘roq yuklamalari yordamida hosil bo‘lganda, 
so‘roq intonatsiyasi ta`kidlanish zarur bo‘lgan bo‘laklarda ko‘tariladi: Qachon? U nima 
dedi?  
So‘roq gaplar oxirida yozuvda so‘roq belgisi qo‘yiladi. Ritorik so‘roq gaplar oxiriga 
so‘roq va undov belgilari qo‘yiladi. So‘roq gaplar ko‘proq dialogik nutq uchun 
xarakterlidir. 
Buyruq gap. Buyurish, iltimos, maslahat kabilarni ifoda qiluvchi gaplar buyruq gap 
deyiladi: Hamma zalga to‘plansin. 
Buyruq gaplarda buyruq, maslahat, iltimos, g‘azab, do‘q kabilar ifoda qilinadi: 3-
sahifadagi qoidani o‘qi! (Buyruq) Yangi nashr qilingan asarlarni o‘qib boring (Maslahat) 
– Tur o‘rningdan! Chiq uydan! (Do‘q, g‘azab). 
Buyruq gapning kesimi odatda buyruq mayli bilan ifodalanadi. Bunda fikr ko‘proq 
tinglovchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday gaplarning kesimi 
buyruq maylining II-shaxs shakli bilan ifodalanadi: O‘zingning aybingni o‘zgalardan 
qidirma. 
Ba`zi buyruq gap kesimi buyruq maylining I va III shaxs shakllari bilan ifodalanadi: 
Hasad bilan emas, havas bilan yashaylik! A’lochilar mukofotlansin! 
Buyruq gap intonatsiya bilan aytiladi. Ohang darak gapdagiga nisbatan kuchli, 
so‘roq gapdagiga nisbatan kuchsiz bo‘ladi. Bunda ham gapda ifodalangan mazmunga 
qarab, ohang o‘zgarib turadi: buyruq, do‘q, g‘azab ifodalanganda, ohang kuchli, maslahat, 
iltimos ifodalanganda ohang kuchsiz, xabar intonatsiyasiga yaqin bo‘ladi. Birinchi holatda 
yozuvda gap oxirida undov belgisi, ikkinchi holatda nuqta qo‘yiladi.  
 
Topshiriq: Ifoda maqsadiga ko‘ra gap turlari: darak, so‘roq, buyruq gaplarga 
badiiy asardan misollar topib, tahlil qilish. 
 
Ilmiybaza.uz So‘roq gap pasayuvchi intonatsiya bilan aytilganda, mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak gap boshida kelib, ohang pasayib boradi: Hammasidan xabarimiz bor? So‘roq gap ko‘tariluvchi-pasayuvchi intonatsiya bilan aytilganda, mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak gap ichida keladi. Ohang bungacha ko‘tarilib, keyin pasayadi: Hammasidan xabarimiz bor? So‘roq gap so‘roq olmoshlari va so‘roq yuklamalari yordamida hosil bo‘lganda, so‘roq intonatsiyasi ta`kidlanish zarur bo‘lgan bo‘laklarda ko‘tariladi: Qachon? U nima dedi? So‘roq gaplar oxirida yozuvda so‘roq belgisi qo‘yiladi. Ritorik so‘roq gaplar oxiriga so‘roq va undov belgilari qo‘yiladi. So‘roq gaplar ko‘proq dialogik nutq uchun xarakterlidir. Buyruq gap. Buyurish, iltimos, maslahat kabilarni ifoda qiluvchi gaplar buyruq gap deyiladi: Hamma zalga to‘plansin. Buyruq gaplarda buyruq, maslahat, iltimos, g‘azab, do‘q kabilar ifoda qilinadi: 3- sahifadagi qoidani o‘qi! (Buyruq) Yangi nashr qilingan asarlarni o‘qib boring (Maslahat) – Tur o‘rningdan! Chiq uydan! (Do‘q, g‘azab). Buyruq gapning kesimi odatda buyruq mayli bilan ifodalanadi. Bunda fikr ko‘proq tinglovchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday gaplarning kesimi buyruq maylining II-shaxs shakli bilan ifodalanadi: O‘zingning aybingni o‘zgalardan qidirma. Ba`zi buyruq gap kesimi buyruq maylining I va III shaxs shakllari bilan ifodalanadi: Hasad bilan emas, havas bilan yashaylik! A’lochilar mukofotlansin! Buyruq gap intonatsiya bilan aytiladi. Ohang darak gapdagiga nisbatan kuchli, so‘roq gapdagiga nisbatan kuchsiz bo‘ladi. Bunda ham gapda ifodalangan mazmunga qarab, ohang o‘zgarib turadi: buyruq, do‘q, g‘azab ifodalanganda, ohang kuchli, maslahat, iltimos ifodalanganda ohang kuchsiz, xabar intonatsiyasiga yaqin bo‘ladi. Birinchi holatda yozuvda gap oxirida undov belgisi, ikkinchi holatda nuqta qo‘yiladi. Topshiriq: Ifoda maqsadiga ko‘ra gap turlari: darak, so‘roq, buyruq gaplarga badiiy asardan misollar topib, tahlil qilish. Ilmiybaza.uz 
 
5.2. Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko‘ra turlari. 
Undov gaplarning grammatik, intonatsion xususiyatlari 
Gap ohangiga, his-hayajonni ifodalashiga ko‘ra 2 xil: 1) his-hayajonli; 2) his-
hayajonsiz. His-hayajonli gap eh, oh, uh, o, uf, obbo kabi undov, qanday, qancha, naqadar, 
shunday kabi so‘z yoki faqat his-hayajon ohangi bilan hosil bo‘ladi: Eh, bahorning 
gashtiga nima yetsin! Farg`ona vodiysi naqadar go‘zal! Paxta terimi boshlandi! His-
hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so‘roq, buyruq gap his-hayajonli darak/so‘roq/buyruq 
gapga aylanadi: Dalada qancha odam bor? Dalada qancha odam bor! His-hayajon gap 
so‘roq gap bo‘lsa, tinish belgisi quyidagicha qo‘yiladi: 1) so‘roq mazmuni kuchli bo‘lsa, 
oldin so‘roq, keyin undov belgisi qo‘yiladi: Nima bo‘ldi, gapirsangiz-chi?! 2) his-hayajon 
kuchli bo‘lsa, oldin undov, keyin so‘roq belgisi qo‘yiladi: Farzand qanday oqlar ona 
haqqini!? 3) ayrim holda his-hayajonning o‘ta kuchliligini ifodalash uchun uchta undov 
belgisi ketma-ket qo‘yiladi: O‘lim – yovga!!! Biror sabab bilan uzilib qolgan his-hayajon 
gapning oxiriga undov belgisi va undan keyin ketma-ket ikkita nuqta qo‘yiladi: Men yetim 
o‘sganman, oh, u yetimlik!.. His-hayajonsiz gapda yuqoridagi xususuyatlar bo‘lmaydi. 
 
  
Topshiriq: Badiiy asardan his-hayajon (undov) gaplar, ularning turlari (darak-
undov, so‘roq-undov, buyruq-undov) gaplarga misollar tanlang. 
 
 
5.3. Gaplarning modallikka ko‘ra turlari 
Gaplar voqelikka munosabat jihatidan quyidagilarga bo‘linadi: tasdiq (bo‘lishi) 
gaplar va inkor (bo‘lishsiz) gaplar. Tasdiq gaplar borliq hodisalari orasidagi 
munosabatning mavjudligini ifodalaydi, inkor gaplar esa bunday munosabatlarning 
mavjudlagini inkor qiladi. Qiyos qiling: Mehmon keldi – Mehmon hali kelmagan.  
Tasdiq va inkor kategoriyali orasida bog‘lanish mavjud: har qanday tasdiqdan inkor, 
har qanday inkordan tasdiq ham kelib chiqadi: U yaxshi odam (Demak, yomon emas). U 
yomon odam (Demak, yaxshi emas).   
Inkor gaplar tasdiq asosida maxsus inkor ko‘rsatkichlari yordamida hosil bo‘ladi, 
tasdiq gaplar esa bunday ko‘rsatkichlarga ega emasligi bilan xarakterlanadi. 
Inkor gaplar quyidagicha hosil bo‘ladi: 
Ilmiybaza.uz 5.2. Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko‘ra turlari. Undov gaplarning grammatik, intonatsion xususiyatlari Gap ohangiga, his-hayajonni ifodalashiga ko‘ra 2 xil: 1) his-hayajonli; 2) his- hayajonsiz. His-hayajonli gap eh, oh, uh, o, uf, obbo kabi undov, qanday, qancha, naqadar, shunday kabi so‘z yoki faqat his-hayajon ohangi bilan hosil bo‘ladi: Eh, bahorning gashtiga nima yetsin! Farg`ona vodiysi naqadar go‘zal! Paxta terimi boshlandi! His- hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so‘roq, buyruq gap his-hayajonli darak/so‘roq/buyruq gapga aylanadi: Dalada qancha odam bor? Dalada qancha odam bor! His-hayajon gap so‘roq gap bo‘lsa, tinish belgisi quyidagicha qo‘yiladi: 1) so‘roq mazmuni kuchli bo‘lsa, oldin so‘roq, keyin undov belgisi qo‘yiladi: Nima bo‘ldi, gapirsangiz-chi?! 2) his-hayajon kuchli bo‘lsa, oldin undov, keyin so‘roq belgisi qo‘yiladi: Farzand qanday oqlar ona haqqini!? 3) ayrim holda his-hayajonning o‘ta kuchliligini ifodalash uchun uchta undov belgisi ketma-ket qo‘yiladi: O‘lim – yovga!!! Biror sabab bilan uzilib qolgan his-hayajon gapning oxiriga undov belgisi va undan keyin ketma-ket ikkita nuqta qo‘yiladi: Men yetim o‘sganman, oh, u yetimlik!.. His-hayajonsiz gapda yuqoridagi xususuyatlar bo‘lmaydi. Topshiriq: Badiiy asardan his-hayajon (undov) gaplar, ularning turlari (darak- undov, so‘roq-undov, buyruq-undov) gaplarga misollar tanlang. 5.3. Gaplarning modallikka ko‘ra turlari Gaplar voqelikka munosabat jihatidan quyidagilarga bo‘linadi: tasdiq (bo‘lishi) gaplar va inkor (bo‘lishsiz) gaplar. Tasdiq gaplar borliq hodisalari orasidagi munosabatning mavjudligini ifodalaydi, inkor gaplar esa bunday munosabatlarning mavjudlagini inkor qiladi. Qiyos qiling: Mehmon keldi – Mehmon hali kelmagan. Tasdiq va inkor kategoriyali orasida bog‘lanish mavjud: har qanday tasdiqdan inkor, har qanday inkordan tasdiq ham kelib chiqadi: U yaxshi odam (Demak, yomon emas). U yomon odam (Demak, yaxshi emas). Inkor gaplar tasdiq asosida maxsus inkor ko‘rsatkichlari yordamida hosil bo‘ladi, tasdiq gaplar esa bunday ko‘rsatkichlarga ega emasligi bilan xarakterlanadi. Inkor gaplar quyidagicha hosil bo‘ladi: Ilmiybaza.uz 
 
1. Kesim tarkibida kelgan -ma shakli, emas va yo‘q so‘zlari orqali: Men uni 
tushunmadim. U bu gapni bejiz aytgani yo‘q. 
2. Maxsus inkor ifoda qiluvchi so‘zlari orqali: Odatda, bu so‘zlarning o‘zlarigina 
inkor ifoda eta olmaydi, balki kesimlar ham inkor shaklida keladi: Uni hech kim tanimas 
edi. 
3. Takrorlanib kelgan na yordamchisi orqali: U na o‘qidi, na yozdi. 
Gapda ikki inkor vositasining qo‘llanishi tasdiq mazmunini beradi: U bu gapni 
aytmay qo‘ymadi. Salimaning yangi zirak olish fikri yo‘q emas edi. 
 Ritorik suroq va undov gaplarning ba`zi tiplarida kesim inkor shaklida bo‘lsa ham, 
gapda tasdiq anglashilishi mumkin. Maqtov kimga yoqmaydi deysiz? 
 
Topshiriq: Badiiy asardan inkor gaplarni hosil qiluvchi vositalarning har 
biriga gaplar tanlang. 
 
5.4. Gapning tuzilish jihatdan turlari: sodda gaplar, qo’shma gaplar 
Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlarini belgilashda quyidagilar asos qilib olinadi: 
 grammatik asos 
 predikativ markazning miqdori. 
Gaplarning grammatik asos, predikativ markazning miqdoriga ko‘ra turlarini 
belgilashda oddiy gaplarning grammatik asosi, struktura asosi, predikativ markazi, yadrosi 
tushunchalarini bilib olish lozim. Bu terminlar har qanday gapning tuzilishida asosiy rol 
o‘ynovchi bo‘laklar yoki bo‘lak ma’nosini bildiradi. Bu bo‘laklarsiz gap shakllanmaydi, 
predikativ munosabat yuzaga kelmaydi, fikr ifodalanmaydi. Shuning uchun uni ba’zilar 
grammatik asos, predikativ markaz, yana ba’zilar predikativ yadro deydi. Nima 
deyilishidan qat’i nazar, so‘zni o‘zak morfemasiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, gapni ham 
mazkur bo‘laklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Gapda bunday vazifani ega va kesim munosabati yoki kesimning o‘zi yoki kesim 
sostavi bajaradi. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Yangisini qurmay, eskisini buzmang. 
Shovqin qilmang. Yetti o‘lchab, bir kes. 
Ilmiybaza.uz 1. Kesim tarkibida kelgan -ma shakli, emas va yo‘q so‘zlari orqali: Men uni tushunmadim. U bu gapni bejiz aytgani yo‘q. 2. Maxsus inkor ifoda qiluvchi so‘zlari orqali: Odatda, bu so‘zlarning o‘zlarigina inkor ifoda eta olmaydi, balki kesimlar ham inkor shaklida keladi: Uni hech kim tanimas edi. 3. Takrorlanib kelgan na yordamchisi orqali: U na o‘qidi, na yozdi. Gapda ikki inkor vositasining qo‘llanishi tasdiq mazmunini beradi: U bu gapni aytmay qo‘ymadi. Salimaning yangi zirak olish fikri yo‘q emas edi. Ritorik suroq va undov gaplarning ba`zi tiplarida kesim inkor shaklida bo‘lsa ham, gapda tasdiq anglashilishi mumkin. Maqtov kimga yoqmaydi deysiz? Topshiriq: Badiiy asardan inkor gaplarni hosil qiluvchi vositalarning har biriga gaplar tanlang. 5.4. Gapning tuzilish jihatdan turlari: sodda gaplar, qo’shma gaplar Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlarini belgilashda quyidagilar asos qilib olinadi:  grammatik asos  predikativ markazning miqdori. Gaplarning grammatik asos, predikativ markazning miqdoriga ko‘ra turlarini belgilashda oddiy gaplarning grammatik asosi, struktura asosi, predikativ markazi, yadrosi tushunchalarini bilib olish lozim. Bu terminlar har qanday gapning tuzilishida asosiy rol o‘ynovchi bo‘laklar yoki bo‘lak ma’nosini bildiradi. Bu bo‘laklarsiz gap shakllanmaydi, predikativ munosabat yuzaga kelmaydi, fikr ifodalanmaydi. Shuning uchun uni ba’zilar grammatik asos, predikativ markaz, yana ba’zilar predikativ yadro deydi. Nima deyilishidan qat’i nazar, so‘zni o‘zak morfemasiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, gapni ham mazkur bo‘laklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Gapda bunday vazifani ega va kesim munosabati yoki kesimning o‘zi yoki kesim sostavi bajaradi. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Yangisini qurmay, eskisini buzmang. Shovqin qilmang. Yetti o‘lchab, bir kes. Ilmiybaza.uz 
 
Demak, gapning grammatik asosi, predikativ markazi ega va kesim 
munosabatidan tashkil topgan predikativ qurilma yoki kesim sostavi yoki kesimning 
o‘zidan tashkil topgan predikativ birlikdan iborat. 
Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlarini belgilashda dastlab ana shu grammatik asos, 
ya’ni ularning necha grammatik asosli ekanligiga qaraladi. Bunga ko‘ra gaplar dastlab ikki 
katta guruhga bo‘linadi: 
1. Sodda gaplar. 
2. Qo‘shma gaplar. 
Sodda gaplar bir grammatik asosdan, bir predikativ markazdan iborat bo‘ladi. Bu 
grammatik asos ega-kesim munosabati yoki kesim sostavi (yoki kesimning o‘zi) bilan 
ifodalangan bo‘ladi. Masalan: Qo‘ng‘iroq chalindi. Hamma o‘z o‘rnini egalladi. 
O‘qituvchi kirib keldi. Salomlashdik. Dars boshlandi. 
Qo‘shma gaplar ikki yoki undan ortiq grammatik asoslarning birikib, bir semantik 
butunlik hosil qilishidan yuzaga keladi. Bu grammatik asoslar mustaqil holda ishlatilishi 
ham, ishlatilmasligi ham mumkin. Bu yerda ularning mustaqil ishlatilishi yoki 
ishlatilmasligiga emas, balki grammatik asos talablariga javob berishi yoki bermasligiga 
e’tibor beriladi. Qo‘shma gapning grammatik asoslari xuddi sodda gap singari ega-kesim 
munosabati yoki kesim sostavi (yoki kesimning o‘zi) dan iborat bo‘lishi va ularning biri 
ikkinchisidan pauza-to‘xtam bilan ajralib turishi kerak.  
Ana shunday semantik-sintaktik, intonasion xususiyatlarga ega bo‘lgan sintaktik 
butunliklar qo‘shma gap hisoblanadi. Masalan: Havoni bulut qopladi, lekin yomg‘ir 
yog‘madi. Bu gaplarning har ikkisi ham ikki sodda gap predikativ birlikdan iborat bo‘lishi 
bilan birga, bu predikativ birliklar o‘zaro grammatik jihatdan bog‘langandir. 
Albatta, tilning dastlabki davrlarida sodda gap qo‘llangan, keyinchalik sodda 
gaplarning qo‘shilishi va fikrni ifodalashning turli ko‘rinishlariga o‘tilgandan keyin 
qo‘shma gaplar ham yuzaga kelgan. Hozirgi kunda og‘zaki nutqda sodda gap ko‘proq 
qo‘llansa, yozma nutqda qo‘shma gap ham faol qo‘llanadi. Yozma nutqda og‘zaki nutqqa 
qaraganda vaqt va imkoniyat kengroq bo‘lgani uchun fikr qo‘shma gaplar shaklida ham 
ifodalanadi, qolaversa, yozma nutqda ko‘proq murakkab voqea-hodisalar bilan bog‘liq 
jabhalar bayon qilinadi. Masalan: Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi. Mumtoz 
tilimizga oid so‘zlarning loaqal 10 foizi nutq madaniyatimizga (muomalaga) kiritilsa, 
Ilmiybaza.uz Demak, gapning grammatik asosi, predikativ markazi ega va kesim munosabatidan tashkil topgan predikativ qurilma yoki kesim sostavi yoki kesimning o‘zidan tashkil topgan predikativ birlikdan iborat. Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlarini belgilashda dastlab ana shu grammatik asos, ya’ni ularning necha grammatik asosli ekanligiga qaraladi. Bunga ko‘ra gaplar dastlab ikki katta guruhga bo‘linadi: 1. Sodda gaplar. 2. Qo‘shma gaplar. Sodda gaplar bir grammatik asosdan, bir predikativ markazdan iborat bo‘ladi. Bu grammatik asos ega-kesim munosabati yoki kesim sostavi (yoki kesimning o‘zi) bilan ifodalangan bo‘ladi. Masalan: Qo‘ng‘iroq chalindi. Hamma o‘z o‘rnini egalladi. O‘qituvchi kirib keldi. Salomlashdik. Dars boshlandi. Qo‘shma gaplar ikki yoki undan ortiq grammatik asoslarning birikib, bir semantik butunlik hosil qilishidan yuzaga keladi. Bu grammatik asoslar mustaqil holda ishlatilishi ham, ishlatilmasligi ham mumkin. Bu yerda ularning mustaqil ishlatilishi yoki ishlatilmasligiga emas, balki grammatik asos talablariga javob berishi yoki bermasligiga e’tibor beriladi. Qo‘shma gapning grammatik asoslari xuddi sodda gap singari ega-kesim munosabati yoki kesim sostavi (yoki kesimning o‘zi) dan iborat bo‘lishi va ularning biri ikkinchisidan pauza-to‘xtam bilan ajralib turishi kerak. Ana shunday semantik-sintaktik, intonasion xususiyatlarga ega bo‘lgan sintaktik butunliklar qo‘shma gap hisoblanadi. Masalan: Havoni bulut qopladi, lekin yomg‘ir yog‘madi. Bu gaplarning har ikkisi ham ikki sodda gap predikativ birlikdan iborat bo‘lishi bilan birga, bu predikativ birliklar o‘zaro grammatik jihatdan bog‘langandir. Albatta, tilning dastlabki davrlarida sodda gap qo‘llangan, keyinchalik sodda gaplarning qo‘shilishi va fikrni ifodalashning turli ko‘rinishlariga o‘tilgandan keyin qo‘shma gaplar ham yuzaga kelgan. Hozirgi kunda og‘zaki nutqda sodda gap ko‘proq qo‘llansa, yozma nutqda qo‘shma gap ham faol qo‘llanadi. Yozma nutqda og‘zaki nutqqa qaraganda vaqt va imkoniyat kengroq bo‘lgani uchun fikr qo‘shma gaplar shaklida ham ifodalanadi, qolaversa, yozma nutqda ko‘proq murakkab voqea-hodisalar bilan bog‘liq jabhalar bayon qilinadi. Masalan: Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi. Mumtoz tilimizga oid so‘zlarning loaqal 10 foizi nutq madaniyatimizga (muomalaga) kiritilsa, Ilmiybaza.uz 
 
davlat tilimizning obro‘si yanada oshgan bo‘lardi. Qor yog‘di – don yog‘di. Qo‘shning 
tinch – sen tinch. Borsam, yo‘q ekansan. 
Shu bois ushbu talablarga javob bermagan, biroq shaklan qo‘shma gapga juda 
o‘xshash bo‘lgan quyidagi sintaktik qo‘shilmalar qo‘shma gap hisoblanmaydi: 
Omon bo‘lsak, uchrashamiz. Onasi mukofotlangan qiz keldi. Soqol-mo‘ylovlariga 
oq oralagan, peshonasi keng, ko‘zlari mehr bilan boquvchi bu kishi bir ko‘rinishdayoq 
kishida iliq taassurot qoldirardi. Birinchi gapda ega bitta, ikkinchi gapda predikativ 
birikma ikkita bo‘lsa-da, birinchisi aniqlovchi vazifasida kelgan (qanday? qaysi? 
so‘rog‘iga javob bo‘ladi), uchinchi gapda ham predikativ birikmalar va sifatdosh oborot 
aniqlovchi vazifasida kelgan. Ular predmetdan ajralib turuvchi alohida intonatsiyaga ega 
emas. – Binobarin, ular sodda gaplardir. 
 
Savollar va topshiriqlar: 
1. Gaplarni tuzilishiga ko‘ra tasnif qilishda qaysi xususiyatlarga asoslaniladi? 
2. Gapning grammatik asosi, predikativ markazi deganda nima tushuniladi?  
3. Grammatik asosning miqdoriga ko‘ra gaplar necha turga bo‘linadi? 
4. Sodda va qo‘shma gap bir-biridan nimasi bilan farqlanadi? 
 
5.5. Sodda gaplarning grammatik asosga ko‘ra turlari. Eganing ishtirokiga 
ko‘ra egasiz (bir sostavli) va egali (ikki sostavli) gaplarga ajratilishi. Bir sostavli 
gaplar tushunchasining yangicha talqini 
 
Egasi ham, kesimi ham mavjud bo‘lgan sodda gaplar ikki bosh bo‘lakli gap sanaladi. 
Bunda bosh bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklar qatnashishi ham, 
qatnashmasligi ham mumkin. Masalan: Atrof ko‘m-ko‘k. Binafshalar ochilgan. Fazoda 
ko‘klam qushlari charx uradi. 
Predikativ yadrosi bitta bo‘lgan sodda gaplar bir bosh bo‘lakli sodda gaplardir. 
Bunda bosh bo‘lak yolg‘iz o‘zi yoki ikkinchi darajali bo‘laklar bilan birgalikda predikativ 
yadroni tashkil etgan bo‘lishi mumkin. Demak, bu yerda predikativ yadroning tarkibi 
yoyiq yoki yig‘iq holdagi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘ladi. O‘zbek tilida bosh bo‘lagi 
kesim bilan ifodalangan bir bosh bo‘lakli gaplar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu suvni 
Ilmiybaza.uz davlat tilimizning obro‘si yanada oshgan bo‘lardi. Qor yog‘di – don yog‘di. Qo‘shning tinch – sen tinch. Borsam, yo‘q ekansan. Shu bois ushbu talablarga javob bermagan, biroq shaklan qo‘shma gapga juda o‘xshash bo‘lgan quyidagi sintaktik qo‘shilmalar qo‘shma gap hisoblanmaydi: Omon bo‘lsak, uchrashamiz. Onasi mukofotlangan qiz keldi. Soqol-mo‘ylovlariga oq oralagan, peshonasi keng, ko‘zlari mehr bilan boquvchi bu kishi bir ko‘rinishdayoq kishida iliq taassurot qoldirardi. Birinchi gapda ega bitta, ikkinchi gapda predikativ birikma ikkita bo‘lsa-da, birinchisi aniqlovchi vazifasida kelgan (qanday? qaysi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi), uchinchi gapda ham predikativ birikmalar va sifatdosh oborot aniqlovchi vazifasida kelgan. Ular predmetdan ajralib turuvchi alohida intonatsiyaga ega emas. – Binobarin, ular sodda gaplardir. Savollar va topshiriqlar: 1. Gaplarni tuzilishiga ko‘ra tasnif qilishda qaysi xususiyatlarga asoslaniladi? 2. Gapning grammatik asosi, predikativ markazi deganda nima tushuniladi? 3. Grammatik asosning miqdoriga ko‘ra gaplar necha turga bo‘linadi? 4. Sodda va qo‘shma gap bir-biridan nimasi bilan farqlanadi? 5.5. Sodda gaplarning grammatik asosga ko‘ra turlari. Eganing ishtirokiga ko‘ra egasiz (bir sostavli) va egali (ikki sostavli) gaplarga ajratilishi. Bir sostavli gaplar tushunchasining yangicha talqini Egasi ham, kesimi ham mavjud bo‘lgan sodda gaplar ikki bosh bo‘lakli gap sanaladi. Bunda bosh bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklar qatnashishi ham, qatnashmasligi ham mumkin. Masalan: Atrof ko‘m-ko‘k. Binafshalar ochilgan. Fazoda ko‘klam qushlari charx uradi. Predikativ yadrosi bitta bo‘lgan sodda gaplar bir bosh bo‘lakli sodda gaplardir. Bunda bosh bo‘lak yolg‘iz o‘zi yoki ikkinchi darajali bo‘laklar bilan birgalikda predikativ yadroni tashkil etgan bo‘lishi mumkin. Demak, bu yerda predikativ yadroning tarkibi yoyiq yoki yig‘iq holdagi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘ladi. O‘zbek tilida bosh bo‘lagi kesim bilan ifodalangan bir bosh bo‘lakli gaplar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu suvni Ilmiybaza.uz 
 
ichishga to‘g‘ri keladi. Do‘sting uchun zahar yut. Shivir-shivirni bas qiling. Suyanmang, 
bo‘yalgan. Biroq bu Kech kuz. Sahar tipidagi bir bosh bo‘lakli gaplarning qo‘llanishini 
inkor qilmaydi. Bu xil gaplarda predikativlik ega shaklidagi so‘zlarni tugallangan 
intonatsiya bilan aytish va undan keyin boshqa gaplar kelishi orqali ifodalanadi. Shuning 
uchun uni eganing aynan o‘ziga tenglashtirib bo‘lmaydi. Bu so‘zlar yoki birikmalar kesim 
vazifasini o‘taydi. 
 Bir bosh bo‘lakli gaplarni 1) Sen kelding - boshlayveramiz: Kecha bordim, yo‘qsan 
kabi qo‘shma gaplardan, shuningdek, 2) Xo‘p. Mayli. Barakalla. Ofarin. shakllaridagi 
so‘z-gaplardan va dialoglarda ishlatiladigan gaplardan (3)Qachon kelding? – Kecha kabi), 
4) Ona. Naqadar ulug‘ so‘z. kabi sintaktik qurilmalardan farqlash kerak. Birinchi holda 
gap qo‘shma gap, ikkinchi holda so‘z-gap, uchinchi holda to‘liqsiz gap, to‘rtinchi holda 
esa tasavvur nomi to‘g‘risida ketyapti. Chunki Sen kelding – boshlayveramiz. gapida 
ikkinchi komponent kesimdan tashkil topgan bir bosh bo‘lakli gapdir, binobarin, u 
qo‘shma gapdir. Xo‘p. Mayli. Barakalla. Ofarin. so‘z-gaplari esa oldin aytib o‘tilgan 
fikrga ekspressiv modal munosabatlarni ifodalaydi va bo‘laklarga ajralmasligi bilan 
xarakterlanadi.  
To‘liqsiz gaplarning yashiringan bo‘laklari mavjud bo‘ladi. Bir bosh bo‘lakli 
gaplarda esa biron bo‘lak yashirinib qolmaydi, ular fikrning ana shunday shakldagi 
ifodasidir. So‘nggi holatda tushuncha nomi (Ona) alohida ta’kidlangan, ma’no 
kuchaytirilayotir. Bu yerda fikr ifodalangayotani yo‘q. Fikr ta’kidlangan so‘zdan keyin 
kelayotgan sintaktik qo‘shilma orqali ifodalanadi. Bu bir fikr-mazmunni ana shunday 
bo‘laklab ifodalashdir. 
Bir bosh bo‘lakli gap ham ikki bosh bo‘lakli gap singari odatdagi, normal hodisadir. 
Boshqacha aytganda, ikki bosh bo‘lakli gap ham, bir bosh bo‘lakli gap ham fikrning sodda 
gap shaklidagi grammatik jihatdan to‘liq shakllangan mustaqil yashash formasidir. Ular 
o‘rtasidagi farq bosh bo‘laklarning miqdorida, xolos. Bir bosh bo‘lakli gapda bir-biriga 
nisbat berib o‘rganiladigan ikki bosh bo‘lak bo‘lmaydi. To‘liqsiz gaplarni bir bosh bo‘lakli 
gap deb bo‘lmaydi, chunki to‘liqsiz gaplarda bo‘laklar sharoit talabiga ko‘ra haqiqatan 
tushirilgan bo‘ladi. Hozir qaysi fasl haqida gapirayotgan edik? – Bahor. Buni: Bahor. 
Hamma yoq ko‘m-ko‘k qurshovidagi Bahor bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Birinchi holdagi 
Bahor to‘liqsiz gapdir, u aslida to‘ldiruvchining qisqargan shaklda ifodalangan (aslida 
Ilmiybaza.uz ichishga to‘g‘ri keladi. Do‘sting uchun zahar yut. Shivir-shivirni bas qiling. Suyanmang, bo‘yalgan. Biroq bu Kech kuz. Sahar tipidagi bir bosh bo‘lakli gaplarning qo‘llanishini inkor qilmaydi. Bu xil gaplarda predikativlik ega shaklidagi so‘zlarni tugallangan intonatsiya bilan aytish va undan keyin boshqa gaplar kelishi orqali ifodalanadi. Shuning uchun uni eganing aynan o‘ziga tenglashtirib bo‘lmaydi. Bu so‘zlar yoki birikmalar kesim vazifasini o‘taydi. Bir bosh bo‘lakli gaplarni 1) Sen kelding - boshlayveramiz: Kecha bordim, yo‘qsan kabi qo‘shma gaplardan, shuningdek, 2) Xo‘p. Mayli. Barakalla. Ofarin. shakllaridagi so‘z-gaplardan va dialoglarda ishlatiladigan gaplardan (3)Qachon kelding? – Kecha kabi), 4) Ona. Naqadar ulug‘ so‘z. kabi sintaktik qurilmalardan farqlash kerak. Birinchi holda gap qo‘shma gap, ikkinchi holda so‘z-gap, uchinchi holda to‘liqsiz gap, to‘rtinchi holda esa tasavvur nomi to‘g‘risida ketyapti. Chunki Sen kelding – boshlayveramiz. gapida ikkinchi komponent kesimdan tashkil topgan bir bosh bo‘lakli gapdir, binobarin, u qo‘shma gapdir. Xo‘p. Mayli. Barakalla. Ofarin. so‘z-gaplari esa oldin aytib o‘tilgan fikrga ekspressiv modal munosabatlarni ifodalaydi va bo‘laklarga ajralmasligi bilan xarakterlanadi. To‘liqsiz gaplarning yashiringan bo‘laklari mavjud bo‘ladi. Bir bosh bo‘lakli gaplarda esa biron bo‘lak yashirinib qolmaydi, ular fikrning ana shunday shakldagi ifodasidir. So‘nggi holatda tushuncha nomi (Ona) alohida ta’kidlangan, ma’no kuchaytirilayotir. Bu yerda fikr ifodalangayotani yo‘q. Fikr ta’kidlangan so‘zdan keyin kelayotgan sintaktik qo‘shilma orqali ifodalanadi. Bu bir fikr-mazmunni ana shunday bo‘laklab ifodalashdir. Bir bosh bo‘lakli gap ham ikki bosh bo‘lakli gap singari odatdagi, normal hodisadir. Boshqacha aytganda, ikki bosh bo‘lakli gap ham, bir bosh bo‘lakli gap ham fikrning sodda gap shaklidagi grammatik jihatdan to‘liq shakllangan mustaqil yashash formasidir. Ular o‘rtasidagi farq bosh bo‘laklarning miqdorida, xolos. Bir bosh bo‘lakli gapda bir-biriga nisbat berib o‘rganiladigan ikki bosh bo‘lak bo‘lmaydi. To‘liqsiz gaplarni bir bosh bo‘lakli gap deb bo‘lmaydi, chunki to‘liqsiz gaplarda bo‘laklar sharoit talabiga ko‘ra haqiqatan tushirilgan bo‘ladi. Hozir qaysi fasl haqida gapirayotgan edik? – Bahor. Buni: Bahor. Hamma yoq ko‘m-ko‘k qurshovidagi Bahor bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Birinchi holdagi Bahor to‘liqsiz gapdir, u aslida to‘ldiruvchining qisqargan shaklda ifodalangan (aslida Ilmiybaza.uz 
 
Bahor haqida), kesim avvalgi so‘roqdan anglashilib turgani uchun tushirib qoldirilgan. 
Keyingi holdagi Bahor esa fikrning shu shakldagi normal ifodasidir. Gapga xos 
tugallangan intonasiya bu so‘zga gaplik sifatini baxsh etadi. Bular aksariyat predmetning 
nomini bildiruvchi so‘zlardan tashkil topgani uchun atov gap yoki nominativ gap deb 
yuritiladi. 
Bir so‘zning fikr ifodalovchi birlikka aylanishi so‘z-gaplarga ham xosdir. Biroq 
shundan kelib chikib, ularni bir bosh bo‘lakli gap deb bo‘lmaydi. Chunki so‘z-gap deb 
ataladigan Ha. Yo‘q. Mayli. Barakallo. Xayr. Bas. kabi sintaktik hodisalarni bo‘laklarga 
ajratib bo‘lmaydi. Ularni sintaktik tabiatiga ko‘ra ma’lum gap bo‘lagi deb hisoblash 
grammatik qonun-qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday so‘zlar yaxlit holda gap hisoblanib, 
bir so‘zdan iborat bo‘lganligi uchun so‘z-gap deb yuritiladi va sodda gaplarning yana bir 
alohida turini tashkil qiladi. 
 
5.6. Yig‘iq va yoyiq gaplar 
Ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra gaplar yig‘iq va yoyiq sodda 
gaplarga bo‘linadi.  
Yig‘iq sodda gaplar faqat bosh bo‘laklarning o‘zidangina iborat bo‘ladi. Yig‘iq 
sodda gapning uch xil ko‘rinishi bor: 
A) ega va kesimning o‘zidan tashkil topgan gaplar. Bahor keldi. Otam-o‘qituvchi. 
B) kesimning o‘zidangina tashkil topgan fe’l asosli sodda gaplar: Chekilmasin. 
Shovqin qilmang. 
V) kesimning o‘zidangina tashkil topgan ot asosli gaplar: Tun. Kuz. Urush. 
Bosh bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gaplar 
yoyiq sodda gaplar hisoblanadi. Buning asosan uch xil ko‘rinishi bor: A) ega – to‘ldiruvchi 
(hol) kesim: Ziyodulla yozishni o‘rganyapti.; B) to‘ldiruvchi (hol) – kesim; V) aniqlovchi 
– bosh bo‘lak: Uy ishini tayyorladim. Qirq birinchi yilning bahori. Sokin tun. 
 
Bo’laklarga bo’linadigan va bo’laklarga bo’linmaydigan sodda gaplar 
1. Bo‘laklarga bo‘linadigan gaplar; 2.Bo‘laklarga bo‘linmaydigan gaplar: 
A) so‘z-gaplar: tasdiq, inkor, his-tuyg‘u, urf-odat, so‘roq, tabrik, xitob, tahsin, 
buyruq ifodalovchi so‘z shaklidagi gap; 
Ilmiybaza.uz Bahor haqida), kesim avvalgi so‘roqdan anglashilib turgani uchun tushirib qoldirilgan. Keyingi holdagi Bahor esa fikrning shu shakldagi normal ifodasidir. Gapga xos tugallangan intonasiya bu so‘zga gaplik sifatini baxsh etadi. Bular aksariyat predmetning nomini bildiruvchi so‘zlardan tashkil topgani uchun atov gap yoki nominativ gap deb yuritiladi. Bir so‘zning fikr ifodalovchi birlikka aylanishi so‘z-gaplarga ham xosdir. Biroq shundan kelib chikib, ularni bir bosh bo‘lakli gap deb bo‘lmaydi. Chunki so‘z-gap deb ataladigan Ha. Yo‘q. Mayli. Barakallo. Xayr. Bas. kabi sintaktik hodisalarni bo‘laklarga ajratib bo‘lmaydi. Ularni sintaktik tabiatiga ko‘ra ma’lum gap bo‘lagi deb hisoblash grammatik qonun-qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday so‘zlar yaxlit holda gap hisoblanib, bir so‘zdan iborat bo‘lganligi uchun so‘z-gap deb yuritiladi va sodda gaplarning yana bir alohida turini tashkil qiladi. 5.6. Yig‘iq va yoyiq gaplar Ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra gaplar yig‘iq va yoyiq sodda gaplarga bo‘linadi. Yig‘iq sodda gaplar faqat bosh bo‘laklarning o‘zidangina iborat bo‘ladi. Yig‘iq sodda gapning uch xil ko‘rinishi bor: A) ega va kesimning o‘zidan tashkil topgan gaplar. Bahor keldi. Otam-o‘qituvchi. B) kesimning o‘zidangina tashkil topgan fe’l asosli sodda gaplar: Chekilmasin. Shovqin qilmang. V) kesimning o‘zidangina tashkil topgan ot asosli gaplar: Tun. Kuz. Urush. Bosh bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq sodda gaplar hisoblanadi. Buning asosan uch xil ko‘rinishi bor: A) ega – to‘ldiruvchi (hol) kesim: Ziyodulla yozishni o‘rganyapti.; B) to‘ldiruvchi (hol) – kesim; V) aniqlovchi – bosh bo‘lak: Uy ishini tayyorladim. Qirq birinchi yilning bahori. Sokin tun. Bo’laklarga bo’linadigan va bo’laklarga bo’linmaydigan sodda gaplar 1. Bo‘laklarga bo‘linadigan gaplar; 2.Bo‘laklarga bo‘linmaydigan gaplar: A) so‘z-gaplar: tasdiq, inkor, his-tuyg‘u, urf-odat, so‘roq, tabrik, xitob, tahsin, buyruq ifodalovchi so‘z shaklidagi gap; Ilmiybaza.uz 
 
B) vokativ gaplar: do‘q, g‘azab, ajablanish, shodlik, ta’na, o‘pka-gina, piching, 
afsuslanish, ta’qiqlash ma’nolarini intonasiya orqali ifodalaydigan undalma xarakteridagi 
gap 
 
 
№ 
Gapning asosiy turlari Turning bo‘linishlari 
1. 
Gapning tuzilishiga 
ko‘ra  
1. Sodda gap; 2. Qo‘shma gap  
2. 
Gapning maqsadiga 
ko‘ra  
1.Darak gap; 2.So‘roq gap; 3.Buyruq gap 
3. 
Gapning voqelikka 
munosabatiga ko‘ra 
1. Tasdiq (bo‘lishli) gap; 2. Inkor (bo‘lishsiz) gap 
4. 
Gapning sostaviga 
(bosh bo‘laklariga) 
ko‘ra 
1. Bir sostavli (1 bosh bo‘lakli) gaplar;  
2. Ikki sostavli (bosh bo‘lakli) gaplar. 
Bir sostavli gaplar: 1. Kesim sostavidan: a) 
shaxsi aniq; b) shaxsi noaniq; v) shaxsi topilmas; 
g) shaxsi umumlashgan, d) nominativ (atov) gap. 
5. 
Ikkinchi darajali 
bo‘laklarning 
mavjudligiga ko‘ra 
1. Yig‘iq gap; 2. Yoyiq gap; a) aniqlovchili; b) 
to‘ldiruvchili; v) holli; g) aralash. 
6. 
Emotsionallikka ko‘ra  
1. His-hayajonsiz gaplar: darak, so‘roq, buyruq 
gaplar. 
2. His-hayajon gaplar: darak, so‘roq, buyruq 
gaplardan hosil bo‘lgan undov gaplar. 
7. 
Zaruriy bo‘laklarning 
ifodalanishiga ko‘ra 
1. To‘liq gap. 2. To‘liqsiz gap. 
8. 
Bo‘laklarga bo‘linish- 
bo‘linmasligiga ko‘ra. 
1. Bo‘laklarga bo‘linadigan gaplar; 2.Bo‘laklarga 
bo‘linmaydigan gaplar: 
A) so‘z-gaplar: tasdiq, inkor, his-tuyg‘u, urf-odat, 
so‘roq, tabrik, xitob, tahsin, buyruq ifodalovchi 
Ilmiybaza.uz B) vokativ gaplar: do‘q, g‘azab, ajablanish, shodlik, ta’na, o‘pka-gina, piching, afsuslanish, ta’qiqlash ma’nolarini intonasiya orqali ifodalaydigan undalma xarakteridagi gap № Gapning asosiy turlari Turning bo‘linishlari 1. Gapning tuzilishiga ko‘ra 1. Sodda gap; 2. Qo‘shma gap 2. Gapning maqsadiga ko‘ra 1.Darak gap; 2.So‘roq gap; 3.Buyruq gap 3. Gapning voqelikka munosabatiga ko‘ra 1. Tasdiq (bo‘lishli) gap; 2. Inkor (bo‘lishsiz) gap 4. Gapning sostaviga (bosh bo‘laklariga) ko‘ra 1. Bir sostavli (1 bosh bo‘lakli) gaplar; 2. Ikki sostavli (bosh bo‘lakli) gaplar. Bir sostavli gaplar: 1. Kesim sostavidan: a) shaxsi aniq; b) shaxsi noaniq; v) shaxsi topilmas; g) shaxsi umumlashgan, d) nominativ (atov) gap. 5. Ikkinchi darajali bo‘laklarning mavjudligiga ko‘ra 1. Yig‘iq gap; 2. Yoyiq gap; a) aniqlovchili; b) to‘ldiruvchili; v) holli; g) aralash. 6. Emotsionallikka ko‘ra 1. His-hayajonsiz gaplar: darak, so‘roq, buyruq gaplar. 2. His-hayajon gaplar: darak, so‘roq, buyruq gaplardan hosil bo‘lgan undov gaplar. 7. Zaruriy bo‘laklarning ifodalanishiga ko‘ra 1. To‘liq gap. 2. To‘liqsiz gap. 8. Bo‘laklarga bo‘linish- bo‘linmasligiga ko‘ra. 1. Bo‘laklarga bo‘linadigan gaplar; 2.Bo‘laklarga bo‘linmaydigan gaplar: A) so‘z-gaplar: tasdiq, inkor, his-tuyg‘u, urf-odat, so‘roq, tabrik, xitob, tahsin, buyruq ifodalovchi Ilmiybaza.uz 
 
so‘z shaklidagi gap; 
B) vokativ gaplar: do‘q, g‘azab, ajablanish, 
shodlik, ta’na, o‘pka-gina, piching, afsuslanish, 
ta’qiqlash ma’nolarini intonatsiya orqali 
ifodalaydigan undalma xarakteridagi gap. 
9. 
Murakkablashish va 
murakkablashmas- 
ligiga ko‘ra  
1. Murakkablashmagan gaplar;  
2. Murakkablashgan gaplar: a) uyushiq bo‘lak-li 
gaplar, b) ajratilgan bo‘lakli gaplar, v) undalmali 
gaplar, g) kirish konstruksiyali gaplar, d) kiritma 
konstruksiyali gaplar 
 
Nazorat savol va topshiriqlari: 
1. Ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirok etish-etmasligiga ko‘ra sodda gaplar necha 
turga bo‘linadi? 
2. Yig‘iq gaplarning qanday ko‘rinishlari bor? 
5. To‘liqsiz gaplar to‘liq gaplardan nimasiga ko‘ra farqlanadi? 
6. To‘liqsiz gaplar qanday ko‘rinishlarga ega? 
7. To‘liqsiz gaplar nutqiy hodisami yoki lisoniy hodisami? 
8. To‘liqsiz gaplar to‘liq gaplarga aylantirilsa, nima bo‘ladi? 
 
Mustaqil ish topshiriqlari. 
1. Badiiy asardan ikkita gap tanlang va ularni gaplar tasniflanishiga ko’ra tahlil 
qiling. 
 
 
 
 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1. Rahmatullaev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. - T.: Universitet, 2006. 
2. Mahmudov N.,Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi.- T., 1995. 
Ilmiybaza.uz so‘z shaklidagi gap; B) vokativ gaplar: do‘q, g‘azab, ajablanish, shodlik, ta’na, o‘pka-gina, piching, afsuslanish, ta’qiqlash ma’nolarini intonatsiya orqali ifodalaydigan undalma xarakteridagi gap. 9. Murakkablashish va murakkablashmas- ligiga ko‘ra 1. Murakkablashmagan gaplar; 2. Murakkablashgan gaplar: a) uyushiq bo‘lak-li gaplar, b) ajratilgan bo‘lakli gaplar, v) undalmali gaplar, g) kirish konstruksiyali gaplar, d) kiritma konstruksiyali gaplar Nazorat savol va topshiriqlari: 1. Ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirok etish-etmasligiga ko‘ra sodda gaplar necha turga bo‘linadi? 2. Yig‘iq gaplarning qanday ko‘rinishlari bor? 5. To‘liqsiz gaplar to‘liq gaplardan nimasiga ko‘ra farqlanadi? 6. To‘liqsiz gaplar qanday ko‘rinishlarga ega? 7. To‘liqsiz gaplar nutqiy hodisami yoki lisoniy hodisami? 8. To‘liqsiz gaplar to‘liq gaplarga aylantirilsa, nima bo‘ladi? Mustaqil ish topshiriqlari. 1. Badiiy asardan ikkita gap tanlang va ularni gaplar tasniflanishiga ko’ra tahlil qiling. Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. Rahmatullaev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. - T.: Universitet, 2006. 2. Mahmudov N.,Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi.- T., 1995. Ilmiybaza.uz 
 
3. Sayfullaeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent, 2009. 
4. Saparniyozova M., Ahmedova N. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan amaliy va 
laboratoriya mashg’ulotlari. –Toshkent, 2010. 
Qo‘shimcha adabiyotlar 
1. Ona tilidan Davlat ta’lim standarti. Uzviylashtirilgan Davlat ta’limi standarti va 
o‘quv dasturi. Ona tili.Adabiyot. O‘zbek tili. (5-9-sinflar). – Toshkent, 2010. 
2. Ona tili: 8-sinf uchun darslik /M.Qodirov, H.Ne’matov, M.Aburaimova, 
R.Sayfullayeva. – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2014. – 144 b. 
3. Ona tili: Umumta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik / N.Mahmudov, 
A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov va boshq. – T.: “Ma’naviyat”, 2015. – 224 b. 
4. Ona tili: Umumta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik / N.Mahmudov, 
A.Nurmonov, A.Sobirov. – T.: “Tasvir”, 2014. – 128 b. 
5. http:/www.tdpu.uz/ Nizomiy nomidagi TDPU sayti. 
6. http:/www. pedagog. uz/ Pedagogik ta’lim muassasasi 7. http:/www. ziyonet. uz/ 
Ta’lim portali 
 
Ilmiybaza.uz 3. Sayfullaeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent, 2009. 4. Saparniyozova M., Ahmedova N. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari. –Toshkent, 2010. Qo‘shimcha adabiyotlar 1. Ona tilidan Davlat ta’lim standarti. Uzviylashtirilgan Davlat ta’limi standarti va o‘quv dasturi. Ona tili.Adabiyot. O‘zbek tili. (5-9-sinflar). – Toshkent, 2010. 2. Ona tili: 8-sinf uchun darslik /M.Qodirov, H.Ne’matov, M.Aburaimova, R.Sayfullayeva. – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2014. – 144 b. 3. Ona tili: Umumta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik / N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov va boshq. – T.: “Ma’naviyat”, 2015. – 224 b. 4. Ona tili: Umumta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik / N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov. – T.: “Tasvir”, 2014. – 128 b. 5. http:/www.tdpu.uz/ Nizomiy nomidagi TDPU sayti. 6. http:/www. pedagog. uz/ Pedagogik ta’lim muassasasi 7. http:/www. ziyonet. uz/ Ta’lim portali