Ilmiybaza.uz
SODDA PSIXIK JARAYONLAR. DIQQAT
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Diqqat – psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va
jamlanganligi.
Yo‘nalganlik - psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob’ektni ixtiyoriy va
beixtiyoriy tanlash.
Ixtiyorsiz diqqat - to‘satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning
hohishimizdan tashqari hosil bo‘ladigan diqqat.
Ixtiyoriy diqqat - oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli
ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va hodisalarga qaratishimiz.
Ilmiybaza.uz
Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va
jamlanganligi. Bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi.
Insonga nisbatan diqqatni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida
boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida
o‘rganish mumkin. Bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning
yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi.
Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni,
sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib
olish yotadi. Yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida
psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.[1]
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada
chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. Vazifa qanchalik
murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak,
ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. Ikkinchi tomondan,
jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. Aks holda, yot
narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi.
Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. Diqqatingizni
biror-bir narsaga yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida diqqatingizni unda
jamlagan bo‘lasiz. Va aksincha, biror-bir narsada jamlansangiz, o‘z ruhiy
faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz. Diqqatning yo‘nalganligi bir
mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa – mashg‘ulotda chuqurlashish
bilan bog‘liq.
Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun o‘zingizni
biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. Ko‘rish maydoningizning
markazida joylashgan ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida
turganlari esa aksincha idrok etiladi. SHunga o‘xshash hodisani ongimizga nisbatan
ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati ongimizning markazini egallagan
bo‘ladi; ahamiyatga molik bo‘lmaganlari esa ongimizdan chetga surilib qoladi.
Lekin boshqacha ham bo‘lishi mumkin: siz qandaydir jismga qaragan holda,
umuman, boshqa narsa haqida o‘y surasiz. Bunda ongingizning «markaziy
maydoni» ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi.
Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan
ikki aylana ko‘rinishida chizish zarur. Katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik
aylana esa, – aniq ong yoki diqqat deb ataladi.[2]
Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda
murakkab . Periferik mexanizmlarga his-
tuyg‘u organlarini sozlashni kiritish mumkin.
Kuchsiz tovushni eshitgan odam tovush
kelgan tomonga qaraydi, shu vaqtning o‘zida mos keluvchi mushak nog‘ora
pardasining ta’sirchanligini oshirgan holda uni tortadi.[1]
Diqqatning markaziy mexanizmlari bir xil nerv markazlarining qo‘zg‘alishi,
boshqalarining tormozlanishi bilan bog‘liq. Nerv qo‘zg‘alishining kuchi bilan
bog‘liq bo‘lgan tashqi ta’sirlarni ajratish aynan shu darajada sodir bo‘ladi. Kuchli
qo‘zg‘alish u bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan kuchsiz qo‘zg‘alishni siqib chiqaradi va
4.2. Diqqatning fiziologik asoslari
va psixologik nazariyalari.
Ilmiybaza.uz
psixik faoliyatning muvofiq yo‘nalishda kechishini belgilaydi. Lekin bir vaqtning
o‘zida ta’sir ko‘rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki ikki seskantiruvchilarning
qo‘shilish ehtimoli ham mavjud.[2]
Diqqatning fiziologik asoslari ikki muhim hodisa: nerv jarayonlarining
irradiatsiyasi va dominantlikka bogliq. CH. SHerrington tomonidan belgilangan va
akademik I.P. Pavlov tomonidan keng qo‘llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi
qonuniga binoan, bosh miya po‘stlog‘ining biror sohasida yuzaga keladigan
qo‘zg‘alish boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo‘ladi (baravar induksiya)
yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya).
Irradiatsiya hodisasi sodir bo‘ladigan bosh miya po‘stlog‘i sohasida qo‘zg‘alish
uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi
shartli aloqalar samarali tarzda o‘rnatiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni
ta’minlaydi.1
A.A. Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko‘ra,
miyada doimo ma’lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va
shu bilan inson hulq-atvoriga ma’lum yo‘nalganlik bag‘ishlovchi qo‘zg‘alishning
vaqtincha hukmron o‘chog‘i mavjud bo‘ladi. Dominantlik xususiyatlariga
asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to‘planadi va jamlanadi, shu
vaqtning o‘zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga qo‘zg‘alish
kuchaytiriladi. Bu xossalarga binoan, dominantlik qo‘zg‘alishning barqaror
o‘chog‘i hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida diqqat jadalligini mustahkamlovchi nerv
mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi.[1]
. Sog‘lom odamlarda diqqatning zo‘riqishi sharoitlarida miyaning istalgan
sohasida biolektrik faollikning o‘zgarishlari yuzaga kelishi aniqlandi. Bu faollikni
peshona sohasida joylashgan neyronlarning alohida turi faoliyati bilan bog‘laydilar.
Neyronlarning birinchi turi – «yangilik detektorlari» yangi rag‘batlar ta’sirida
faollashadilar va ularga o‘rganib qolish darajasiga ko‘ra faollikni kamaytiradilar.
Ulardan farqli ravishda «kutish» neyronlari organizm dolzarb ehtiyojni qondirish
qobiliyatiga ega bo‘lgan ob’ekt bilan uchrashganidagina qo‘zg‘aladilar.
Diqqatning nazariyalari orasida T. Ribo nazariyasi keng ommalashgan nazariya
hisoblanadi, uning fikricha, diqqat har doim hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular
yordamida yuzaga keladi. Uning fikriga ko‘ra, ixtiyoriy diqqatning jadalligi va
davomiyligi diqqat ob’ekti assotsiatsiyalangan emotsional holatning jadalligi va
davomiyligi bilan ta’minlaganligi sababli, T. Ribo hissiyotlar va ixtiyoriy diqqat
o‘rtasidagi alohida uzviy bog‘liqlikni ko‘ra oldi.[2]
SHuning uchun ushbu nazariya diqqatning motorika nazariyasi deb
nomlanishi tasodifiy emas.
D.N. Uznadze fikricha, diqqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri mayl bilan bog‘langan.
Uning nuqtai nazariga ko‘ra, mayl diqqat holatini ichkaridan ifodalaydi. Mayl ta’siri
ostida voqeiy atrof-muhitni idrok qilishda hosil qilinadigan ma’lum obraz yoki
taassurotning ajralishi sodir bo‘ladi. Bu obraz yoki taassurot diqqat ob’ektiga
aylanadi, jarayonning o‘zi esa ob’ektivlashtirish deb nomlanadi.[2]
1 Г.Югай. Н.Мираширова “Умумий психология” Тошкент 134б
Ilmiybaza.uz
P.YA. Galperin ham diqqatning qiziqarli konsepsiyasini taklif etdi. Uning
konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlardan iborat:
1. Diqqat yo‘nalishli-tadqiqot faoliyatining vaziyatlaridan biri bo‘lib, obraz,
fikr, inson psixikasida ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan boshqa hodisa mazmuniga
qaratilgan psixik harakatdan iborat.
2. Diqqatning asosiy vazifasi – psixik obraz, harakat mazmuni va boshqalar
ustidan nazorat qilish. Insonning har bir harakatida yo‘nalganlik, bajaruvchilik va
nazorat qilish qismlari mavjud. Mana shu oxirgi qismi diqqat tomonidan
gavdalantiriladi.
3. Ma’lum mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlardan farqli
o‘laroq, nazorat yoki diqqat faoliyati alohida natijaga ega bo‘lmaydi.
4. Diqqat mustaqil akt sifatida harakat aqliy bo‘lib qolmasdan, qisqartirilgan
holatda bo‘lgandagina ajralib chiqadi. Bunda har qanday nazoratni ham diqqat
sifatida o‘rganib bo‘lmaydi. Nazorat harakatni umumiy tarzda baholaydi, diqqat esa
uning yaxshilanishini ta’minlaydi.
5. Diqqat psixik nazorat faoliyati sifatida o‘rganiladigan bo‘lsa, u holda
diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz ma’lum aktlari yangi aqliy harakatlar
shakllanishining natijasidir.
6. Ixtiyoriy diqqat reja asosida amalga oshiriladigan diqqatdir, bu oldindan
tuzilgan reja yoki namuna bo‘yicha bajariladigan nazorat shaklidir.
Xozirgi kunda diqqat muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Diqqat tabiati
haqidagi bahslar avvalgidek davom etmoqda.[1]
.
Diqqatni tashkil etishda insonning faolligiga
ko‘ra diqqatni uch turga bo‘lish mumkin:
ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi
diqqatlar.
Ixtiyorsiz diqqat – bu ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida xususiyatiga
muvofiq holda ob’ektda jamlanganligi.
Ixtiyoriy diqqat – bu ob’ektda faoliyat talablariga ko‘ra yo‘naltirilgan, ongli
boshqariladigan jamlanganlik.
Ixtiyorsiz diqqat uchun ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarning
birinchi guruxi seskantiruvchilar o‘rtasidagi keskin farq, shuningdek, seskantiruvchi
ta’sirining davomiyligi, uning o‘lchamlari va shakli, yangiligi, noodatiyligi kabi
sifatlari ham muhim ahamiyatga ega.[2]
Sabablarning ikkinchi guruhi tashqi seskantiruvchilarning odamning ichki
holatiga muvofiqligi, va birinchi navbatda, uning ehtiyojlariga mos kelishi bilan
bog‘liq. Masalan, qorni to‘q va qorni ochiqqan odamlar ovqat to‘g‘risidagi suhbatga
turlicha munosabat bildiradilar.
Sabablarning uchinchi guruhi shaxsning umumiy yo‘nalganligi bilan bog‘liq.
Bizni ko‘proq qiziqtiradigan va qiziqishlar sohamizni, shuningdek, kasbiy
qiziqishlarimizni tashkil etuvchilar, qoidaga ko‘ra, tasodifan duch kelib qolgan
bo‘lsak ham, e’tiborimizni o‘ziga tortadi.
4.3Diqqat turlari
Ilmiybaza.uz
Sabablarning to‘rtinchi guruhini ta’sir etuvchi seskantiruvchi hosil qiladigan his-
tuyg‘ular tashkil etadi. Biz uchun qiziqarli bo‘lgan, ma’lum emotsional reaksiyani
hosil qiladiganlar ixtiyorsiz diqqatning muhim sababi bo‘lib hisoblanadi.
Ixtiyoriy diqqatning asosiy xususiyati, uning ongli maqsad tomonidan
boshqarilishi va iroda kuchi bilan bog‘liqligidir. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi
psixik jarayonlar kechishini faol boshqarish hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz
diqqatdan sifat jihatidan farq qilishiga qaramay, ixtiyoriy diqqat, shuningdek, his-
tuyg‘ular, qiziqishlar, odamning avval orttirilgan tajribasi bilan bog‘liq.Diqqatning
yana bir turi mavjud. . Bu diqqat N.F. Dobrinin tomonidan ixtiyoriydan keyingi
diqqat deb nomlandi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat ongli maqsadlar bilan bog‘langan holatda qoladi
va ongli qiziqishlar tomonidan quvvatlab turiladi. SHu bilan birga, ixtiyoriy
diqqatdan farqli ravishda bunda iroda kuchi deyarli bo‘lmaydi yoki umuman mavjud
emas.[1]
Diqqatning ko‘rib chiqilgan uch xil turi inson faoliyati amaliyotida o‘zaro bir-
biriga o‘tishlar bilan uzviy chatishib ketadi va biri ikkinchisiga tayanadi.
Tabiiy diqqat o‘zida axborot yangiligi unsurini tashuvchi, u yoki bu tashqi va
ichki rag‘batlarga nisbatan tanlab javob qaytarishning tug‘ma qobiliyati ko‘rinishida
odamga tug‘ilishi bilanoq beriladi. Tabiiy diqqat faoliyatini ta’minlovchi asosiy
mexanizm taxminiy refleks deb ataladi.
Ijtimoiy belgilangan diqqat hayot davomida ta’lim va tarbiya natijasida
shakllanadi, hulq-atvorning iroda tomonidan boshqarilishi, ob’ektlarga tanlab ongli
ravishda javob qaytarish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bevosita diqqat odamning ehtiyojlari va dolzarb qiziqishlariga mos keladigan
va o‘zi yo‘naltirilgan ob’ektdan tashqari, hech bir narsa tomonidan boshqarilmaydi.
Bilvosita diqqat maxsus vositalar, masalan, imo-ishoralar, so‘zlar, ko‘rsatkich
belgilar, jismlar yordamida boshqariladi.
Hissiy diqqat afzalligiga ko‘ra, hissiyotlar va his-tuyg‘u organlarining tanlab
ta’sir ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq.
Intellektual diqqat fikrning yo‘nalganligi va jamlanganligi bilan bog‘liq.
Hissiy diqqatda ong markazida biror-bir hissiy taassurot joylashgan bo‘ladi,
intellektual diqqatda esa qiziqish ob’ekti bo‘lib g‘oya xizmat qiladi.[2]
Diqqatning
asosiy
xossalariga
barqarorlik, jamlash, taqsimlash, bo‘linish,
chalg‘ish va diqqat hajmi kiradi.
Diqqatning barqarorligi ma’lum vaqt davomida bir xil ob’ektda fikrni jamlay
olishlik qobiliyatidan iborat. Tajriba tadqiqotlari diqqatning ixtiyorsiz davriy
tebranishlarga moyilligini ko‘rsatdi . Diqqat tebranishi qonunga asoslangan bo‘lib,
fluktuatsiya deb ataladi. Masalan, diqqat fluktuatsiyasini oddiy tajribada namoyish
qilish mumkin: kesik piramida beriladi: agar unga ma’lum vaqt davomida tikilib
turilsa, u ketma-ket, yo qavariq, yo botiq bo‘lib ko‘rinadi .
Diqqatni jamlash ostida diqqatning jismda jamlanganlik jadalligi yoki darajasi
tushuniladi. A.A. Uxtomskiyning fikriga ko‘ra, diqqatni jamlash bosh miya
po‘stlog‘idagi kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘i faoliyatining xususiyati bilan bog‘liq.
4.4.DIQQAT XOSSALARI.
Ilmiybaza.uz
Diqqatni taqsimlash ostida odamning bir vaqtning o‘zida bir necha
faoliyatlarni bajarish qobiliyati tushuniladi. Hayotiy tajribaga ko‘ra, odam ongli
psixik faoliyatning faqat bir turini bajara oladi, bir vaqtning o‘zida bir nechtasini
bajarish sub’ektiv hissi esa ketma-ket tezlik bilan bir faoliyat turidan ikkinchisiga
o‘tish oqibatida yuzaga keladi.[2]
Diqqatning bo‘linishi – bu diqqatni bir ob’ektdan ikkinchisiga ongli va
anglangan holda o‘tkazish. Bo‘linish bilan ikki turli yo‘nalishga ega bo‘lgan
jarayonlar bog‘liqdir, bular: diqqatni ishga tushirish va uzib qo‘yish. Bo‘linish
ixtiyoriy bo‘lishi mumkin, u holda uning tezligi – bu sub’ektning o‘zining idrok
qilishi ustidan irodali nazorati darajasining ko‘rsatkichi, va diqqatning bo‘linishi
bilan bog‘liq ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin, bu yo ruhiyatning beqarorligi darajasining
ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi, yo kutilmagan kuchli seskantiruvchilarning paydo
bo‘lishidan dalolat beradi.
Diqqat hajmi – sub’ektning etarlicha aniqlik bilan bir vaqtning o‘zida qamrab
olishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni. Diqqat hajmini tadqiq etish, odatda, individ
tomonidan aniqlik bilan idrok etiluvchi, bir vaqtning o‘zida taqdim etiladigan
unsurlar (raqamlar, harflar, jismlar va h.k.) sonini tahlil qilish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Bu maqsadlarda taxistoskopdan foydalaniladi – ma’lum sondagi
seskantiruvchilarni shunchalik tez, tadqiq qilinuvchi ko‘zlarini bir ob’ektdan
boshqasiga olib ulgurmasidan oldin taqdim etishga imkon beradigan asbob, diqqat
hajmi – individual tarzda o‘zgaradigan kattalik, lekin, odatda, odamlarda uning
ko‘rsatkichi 5 ± 2ga teng bo‘ladi.
Diqqatning chalg‘ishi – bu diqqatning bir ob’ektdan ikkinchisiga ixtiyorsiz
o‘tkazilishi. Chalg‘ish tashqi seskantiruvchilar ta’sirida yuz berishi mumkin.
Diqqatni ko‘proq to‘satdan paydo bo‘ladigan, o‘zgaruvchan kuch va chastota bilan
ta’sir ko‘rsatadigan jism va hodisalar chalg‘itadi. Diqqatning ichki chalig‘ishi kuchli
kechinmalar, yot hissiyotlar, va odam ayni damda mashg‘ul bo‘lgan ishiga qiziqish
va mas’uliyatning mavjud emasligi ta’siri ostida paydo bo‘ladi.[1]
Chalg‘ituvchi
ta’sirlarga
qarshilik
ko‘rsatish
qobiliyati
to‘siqlarga
moslashuvchanlik deb ataladi. Odamlarda bu qobiliyatning rivojlanishida nerv
tizimidagi farqlar, aynan, uning kuchi, shuningdek, to‘siqlarga qarshilik ko‘rsatishni
oshirishga qaratilagan maxsus mashqlar bilan belgilangan ko‘plab individual
tafovutlar kuzatiladi.
Diqqat xususiyatlarida parishonxotirlik mavjud. Parishonxotirlik deb, odatda,
ikki turlicha hodisaga aytiladi. Birinchidan, ko‘p hollarda parishonxotirlik deb,
insonning atrofidagilarga e’tibor bermasdan, ishga haddan tashqari berilib
ketishining natijasiga aytiladi. Parishonxotirlikning bu turi u yoki bu faoliyatda
kuchli jamlanganlik natijasida yuzaga kelganligi sababli soxta parishonxotirlik deb
ataladi.
Parishonxotirlikning umuman boshqa bir turi inson diqqatini hech bir narsada
uzoq vaqt jamlay olmagan vaziyatda, hech birida ushlanib qolmasdan, muntazam
ravishda bir ob’ektdan ikkinchisiga yoki bir hodisadan ikkinchisiga o‘tib turishida
kuzatiladi. Parishonxotirlikning bu turi haqiqiy parishonxotirlik deb ataladi.
Haqiqiy parishonxotirlikdan aziyat chekuvchi insonning ixtiyoriy diqqati o‘ta
beqarorligi va chalg‘ib turishi bilan farqlanadi.
Ilmiybaza.uz
4.5.
Diqqat o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega. Bola hayotining birinchi
oylarida faqat ixtiyorsiz diqqatning mavjudligi kuzatiladi. Bola dastlab kuchli yoki
keskin farq qiladigan tashqi qo‘zg‘atuvchilarni sezadi, jismlarga bo‘lgan qiziqishi
yaqqolroq ko‘rinadi. Bu ixtiyorsiz diqqatning to‘la rivojlanganligidan dalolat
beradi.[2]
Ixtiyoriy diqqatning nishonalari, odatda, birinchi yilning oxiri ikkinchi yilning
boshlariga kelib, namoyon bo‘la boshlaydi. Bolada ixtiyoriy diqqatning shakllanishi
va rivojlanishi uni tarbiyalash jarayoni bilan bog‘liq. Bolaning atrofidagi odamlar
asta-sekin bolani o‘zi istaganini emas, balki, uning qilishi zarur bo‘lganlarni
bajarishga o‘rgatib boradilar.
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o‘yin katta ahamiyatga ega. O‘yin
jarayonida bola o‘z harakatlarini o‘yin talablariga muvofiqlashtirishni va ularni
qoidalarga mos ravishda yo‘naltirishni o‘rganadiMaktabgacha yoshdagi bolaning
asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining etarlicha barqaror emasligidan iborat. Bola
yot seskantiruvchilarga oson chalg‘iydi, uning diqqati o‘ta hissiyotlidir. Asta-sekin
bolada mashqlar va iroda kuchi yordamida o‘z diqqatini boshqara olish layoqati
shakllanadi[1]
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida maktab alohida ahamiyat kasb etadi.
Maktab mashg‘ulotlari jarayonida bola intizomga o‘rganadi, unda qunt qilish, hulq-
atvorini nazorat qilish layoqati shakllanadi. Yuqori sinflarda o‘smirning ixtiyoriy
diqqati yuqori taraqqiyot darajasiga ko‘tariladi. O‘quvchi etarlicha uzoq vaqt
davomida ma’lum faoliyat turi bilan shug‘ullana oladi, o‘z hulq-atvorini nazorat
qiladi. Diqqatning rivojlanishida ikki asosiy bosqichni ajratish mumkin: asosiy
xususiyati tashqi tomondan belgilangan diqqatning ustunligidan iborat bo‘lgan
maktabgacha rivojlanish bosqichi va ichki diqqatning jadal rivojlanishi xususiyatiga
ega bo‘lgan maktab davri rivojlanishi bosqichlaridir.
4.6.SEZGI
XAQIDA
UMUMIY
TUSHUNCHA,SEZGINING
NERV
FIZIOLOGIK ASOSI.
Sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga
bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda
aks ettirilishini aytamiz.
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo‘lib, tashqi
olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan
qo‘zg‘atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi
va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma’lumki, insondan
sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy
bilishga o‘tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo‘lgani bilan uning yuzaga
kelishi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Sezgi a’zolariga ta’sir etadigan narsa va hodisaning bo‘lishi.
Sezuvchi apparat, ya’ni analizatorning mavjud bo‘lishi. Masalan, havoning
sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.
Sezgi idrok bilan bog‘liq bo‘ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan
oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a’zolarimizga ta’siri
natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to‘plab, har bir sekundda
Ilmiybaza.uz
axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada
tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o‘z ichki holatini adekvat “mos” aks
ettirishi hosil bo‘ladi. Sezgi a’zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan
yo‘llaridan biridir.
Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
Sezgilarning nerv – fiziologik asosini qo‘zg‘atuvchining o‘ziga aynan
o‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan nerv jarayoni tashkil
qiladi. SHuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini o‘rganishda I.P.Pavlov
ta’biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.
Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib
olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga
aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil
topgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
periferik (retseptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga o‘tkazadigan maxsus
transformator qismi;
analizatorning periferik bo‘limining markaziy analizator bilan bog‘laydigan
yo‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan
qochuvchi) nervlar;
analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan nerv signallarining qayta
ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq bo‘limlari.
Analizatorning qobiq bo‘limida retseptor hujayralarining asosiy qismi
jamlangan o‘zak, ya’ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma’lum miqdorda
mavjud tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo‘ladi.
Analizatorning o‘zak qismida retseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan
bo‘lib, ko‘plab hujayralardan iborat. Mazkur analizatorning periferik, ya’ni tarqalib
ketgan qismlari boshqa analizatorlarning o‘zaklari bilan yondosh sohalariga kiradi
va alohida narsalarni izlash jarayonida butun bosh miya qobig‘ining katta qismi
ishtirok etishiga erishiladi. Analizatorning o‘zagi analiz va sintez qilish funksiyasini
bajaradi, masalan, tovushlarning balandligi.
Tarqoq qismlar dag‘al analiz funksiyalarni, masalan musiqiy ohang va
tovushlarni farqlash bilan bog‘liq bo‘ladi.
Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li
manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan ta’sirotni
miyaga olib boruvchi nerv yo‘llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi
elementlarning o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak–atrofdagi
olamda to‘g‘ri mo‘ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq
tarzdagi faoliyatining negizini ta’minlaydi.
Sezgilarning turlari:
1.
Tashqi
muhitdagi
narsa
va
hodisalarning
xususiyatlarini
aks
ettirishgamoslashgan
hamda
retseptorlari
tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar,
ya’ni ekstroretseptiv sezgilar;
4.7.Сезгиларнинг таснифи,
сезгиларнинг
турлари,
сезги
сохасидаги
қонуниятлари.
Ilmiybaza.uz
2. Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana
a’zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni interoretseptiv sezgilar.
3. Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot,
xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan
sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar.
Interoretseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari
o‘zgarishida ko‘zga tashlanadi, bolada esa xatti–harakatning keskin o‘zgarishiga
sabab bo‘ladi. CHunki bola tana a’zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish
imkoniyatiga ega emas. SHuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy o‘zgarishi
belgilardan buni sezish mumkin.
Interoretseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o‘zaro o‘rin
almashtirish muvozanatini ta’minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir
so‘z bilan aytganda, organizmdagi jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashib turishning
gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. SHuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga
keladigan puls, zo‘riqish, affekt holatlarini yo‘qotish, tug‘ilib kelayotgan mayllarni
qondirish bilan bog‘liq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a’zolarining faoliyatini
izdan chiqarish holati yuz berishi mumkin.
Pereferik retseptorlar muskullar, pay va bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘lib,
maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi.
Gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda o‘z ifodasini topadi. Uning
markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo‘lib, ular o‘zaro bir-biriga
perpendikulyar bo‘shliqda tutash holatda yotadi.
Masalan, bosh holatining o‘zgarishi quyidagi sxemada ko‘rish mumkin:
a) endolimfa suyuqligiga bog‘liq qo‘zg‘alish;
b) eshitish nervi;
v) vestibulyar nervi;
g) bosh miya po‘stining chakka bo‘lmasi;
d) miya apparatiga o‘tadi;
Vestibulyator sezgi apparati ko‘rish bilan bevosita aloqada bo‘lib, fazoni
mo‘ljalga olish (orientirlash) jarayonida ishtirok etadi.
Masalan, avtomobil yo‘lidan o‘tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda
ham uchrashi mumkin.
Ekstroretseptiv sezgilar intermodal, nospetsifik sezgi turkumlariga ham
ajratiladi. Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish
mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak,
tizza uchlari) payqash – vibratsiya sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni
idrok qilishi. Odatda vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi.
Uning quyidagi ko‘rinishlari ham mavjud:
a) hid, ta’m va maza sezgilarida;
b) o‘ta kuchli tovushda, o‘ta yorqin yorug‘likda;
v) uch xil ta’sirning uyg‘unlashgan integrativ holatida;
4.8. Sezgi turlari