SODDA PSIXIK JARAYONLAR. DIQQAT

Yuklangan vaqt

2024-05-01

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

55,7 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
SODDA PSIXIK JARAYONLAR. DIQQAT 
 
 
 
TAYANCH TUSHUNCHALAR: 
 
Diqqat –  psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va 
jamlanganligi. 
Yo‘nalganlik -  psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob’ektni ixtiyoriy va 
beixtiyoriy tanlash. 
Ixtiyorsiz diqqat - to‘satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning 
hohishimizdan tashqari hosil bo‘ladigan diqqat. 
Ixtiyoriy diqqat - oldindan belgilangan qat’iy  bir maqsad asosida va ongli 
ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va hodisalarga qaratishimiz.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz SODDA PSIXIK JARAYONLAR. DIQQAT TAYANCH TUSHUNCHALAR: Diqqat – psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi. Yo‘nalganlik - psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob’ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash. Ixtiyorsiz diqqat - to‘satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil bo‘ladigan diqqat. Ixtiyoriy diqqat - oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va hodisalarga qaratishimiz. Ilmiybaza.uz 
Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va 
jamlanganligi. Bu hayvonlar, shuningdek,  inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. 
Insonga nisbatan diqqatni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida 
boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida 
o‘rganish mumkin. Bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning 
yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi. 
Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, 
sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni  atrof-muhitdan ajratib 
olish yotadi. Yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida 
psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.[1] 
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada 
chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. Vazifa qanchalik 
murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, 
ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. Ikkinchi tomondan, 
jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. Aks holda, yot  
narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi. 
Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. Diqqatingizni 
biror-bir narsaga yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida diqqatingizni unda 
jamlagan bo‘lasiz. Va aksincha, biror-bir narsada jamlansangiz, o‘z ruhiy 
faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz. Diqqatning yo‘nalganligi  bir 
mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa – mashg‘ulotda chuqurlashish 
bilan bog‘liq. 
Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun o‘zingizni 
biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. Ko‘rish maydoningizning 
markazida joylashgan ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida 
turganlari esa aksincha idrok etiladi. SHunga o‘xshash hodisani ongimizga nisbatan 
ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati ongimizning markazini egallagan 
bo‘ladi; ahamiyatga molik bo‘lmaganlari esa ongimizdan chetga surilib qoladi. 
Lekin boshqacha ham bo‘lishi mumkin: siz qandaydir jismga qaragan holda, 
umuman, boshqa narsa haqida o‘y surasiz. Bunda ongingizning  «markaziy 
maydoni» ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi. 
Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan 
ikki aylana ko‘rinishida chizish zarur. Katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik 
aylana esa, –  aniq ong yoki diqqat deb ataladi.[2] 
      
Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda 
murakkab . Periferik mexanizmlarga his-
tuyg‘u organlarini sozlashni kiritish mumkin. 
Kuchsiz tovushni eshitgan odam tovush 
kelgan tomonga qaraydi, shu vaqtning o‘zida mos keluvchi mushak nog‘ora 
pardasining ta’sirchanligini oshirgan holda uni tortadi.[1] 
 Diqqatning markaziy  mexanizmlari bir xil nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, 
boshqalarining tormozlanishi bilan bog‘liq. Nerv qo‘zg‘alishining kuchi bilan 
bog‘liq bo‘lgan tashqi ta’sirlarni ajratish aynan shu darajada sodir bo‘ladi.  Kuchli 
qo‘zg‘alish u bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan kuchsiz qo‘zg‘alishni siqib chiqaradi va 
 
4.2. Diqqatning fiziologik asoslari 
va  psixologik nazariyalari. 
Ilmiybaza.uz Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi. Bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. Insonga nisbatan diqqatni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida o‘rganish mumkin. Bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi. Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. Yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.[1] Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. Vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. Ikkinchi tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. Aks holda, yot narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi. Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. Diqqatingizni biror-bir narsaga yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida diqqatingizni unda jamlagan bo‘lasiz. Va aksincha, biror-bir narsada jamlansangiz, o‘z ruhiy faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz. Diqqatning yo‘nalganligi bir mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa – mashg‘ulotda chuqurlashish bilan bog‘liq. Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun o‘zingizni biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. Ko‘rish maydoningizning markazida joylashgan ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi. SHunga o‘xshash hodisani ongimizga nisbatan ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati ongimizning markazini egallagan bo‘ladi; ahamiyatga molik bo‘lmaganlari esa ongimizdan chetga surilib qoladi. Lekin boshqacha ham bo‘lishi mumkin: siz qandaydir jismga qaragan holda, umuman, boshqa narsa haqida o‘y surasiz. Bunda ongingizning «markaziy maydoni» ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi. Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan ikki aylana ko‘rinishida chizish zarur. Katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik aylana esa, – aniq ong yoki diqqat deb ataladi.[2] Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda murakkab . Periferik mexanizmlarga his- tuyg‘u organlarini sozlashni kiritish mumkin. Kuchsiz tovushni eshitgan odam tovush kelgan tomonga qaraydi, shu vaqtning o‘zida mos keluvchi mushak nog‘ora pardasining ta’sirchanligini oshirgan holda uni tortadi.[1] Diqqatning markaziy mexanizmlari bir xil nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining tormozlanishi bilan bog‘liq. Nerv qo‘zg‘alishining kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi ta’sirlarni ajratish aynan shu darajada sodir bo‘ladi. Kuchli qo‘zg‘alish u bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan kuchsiz qo‘zg‘alishni siqib chiqaradi va 4.2. Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari. Ilmiybaza.uz 
psixik faoliyatning muvofiq yo‘nalishda kechishini belgilaydi. Lekin bir vaqtning 
o‘zida ta’sir ko‘rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki ikki seskantiruvchilarning 
qo‘shilish ehtimoli ham mavjud.[2] 
Diqqatning fiziologik asoslari  ikki muhim hodisa: nerv jarayonlarining 
irradiatsiyasi va dominantlikka bogliq.  CH. SHerrington tomonidan belgilangan va 
akademik I.P. Pavlov tomonidan keng qo‘llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi 
qonuniga binoan, bosh miya po‘stlog‘ining biror sohasida yuzaga keladigan 
qo‘zg‘alish boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo‘ladi (baravar induksiya) 
yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). 
Irradiatsiya hodisasi sodir bo‘ladigan bosh miya po‘stlog‘i sohasida qo‘zg‘alish 
uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi 
shartli aloqalar samarali tarzda o‘rnatiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni 
ta’minlaydi.1 
 A.A. Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko‘ra, 
miyada doimo ma’lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va 
shu bilan inson hulq-atvoriga ma’lum yo‘nalganlik bag‘ishlovchi qo‘zg‘alishning 
vaqtincha hukmron o‘chog‘i mavjud bo‘ladi. Dominantlik xususiyatlariga 
asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to‘planadi va jamlanadi, shu 
vaqtning o‘zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga qo‘zg‘alish 
kuchaytiriladi. Bu xossalarga binoan, dominantlik  qo‘zg‘alishning barqaror 
o‘chog‘i hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida diqqat jadalligini mustahkamlovchi nerv 
mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi.[1] 
. Sog‘lom odamlarda diqqatning zo‘riqishi sharoitlarida miyaning istalgan 
sohasida biolektrik faollikning o‘zgarishlari yuzaga kelishi aniqlandi. Bu faollikni 
peshona sohasida joylashgan neyronlarning alohida turi faoliyati bilan bog‘laydilar. 
Neyronlarning birinchi turi – «yangilik detektorlari» yangi rag‘batlar ta’sirida 
faollashadilar va ularga o‘rganib qolish darajasiga ko‘ra faollikni kamaytiradilar. 
Ulardan farqli ravishda «kutish» neyronlari organizm dolzarb ehtiyojni qondirish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan ob’ekt bilan uchrashganidagina qo‘zg‘aladilar. 
Diqqatning nazariyalari orasida T. Ribo nazariyasi keng ommalashgan nazariya 
hisoblanadi, uning fikricha,  diqqat har doim hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular 
yordamida yuzaga keladi. Uning fikriga ko‘ra, ixtiyoriy diqqatning jadalligi va 
davomiyligi diqqat ob’ekti assotsiatsiyalangan emotsional holatning jadalligi va 
davomiyligi bilan ta’minlaganligi sababli, T. Ribo hissiyotlar va ixtiyoriy diqqat 
o‘rtasidagi alohida uzviy bog‘liqlikni ko‘ra oldi.[2] 
 SHuning uchun ushbu nazariya diqqatning motorika nazariyasi deb 
nomlanishi tasodifiy emas. 
  D.N. Uznadze fikricha, diqqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri mayl bilan bog‘langan. 
Uning nuqtai nazariga ko‘ra, mayl diqqat holatini ichkaridan ifodalaydi. Mayl ta’siri 
ostida voqeiy atrof-muhitni idrok qilishda hosil qilinadigan ma’lum obraz yoki 
taassurotning ajralishi sodir bo‘ladi. Bu obraz yoki taassurot diqqat ob’ektiga 
aylanadi, jarayonning o‘zi esa ob’ektivlashtirish deb nomlanadi.[2] 
                                                 
1 Г.Югай. Н.Мираширова “Умумий психология” Тошкент 134б 
 
Ilmiybaza.uz psixik faoliyatning muvofiq yo‘nalishda kechishini belgilaydi. Lekin bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki ikki seskantiruvchilarning qo‘shilish ehtimoli ham mavjud.[2] Diqqatning fiziologik asoslari ikki muhim hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlikka bogliq. CH. SHerrington tomonidan belgilangan va akademik I.P. Pavlov tomonidan keng qo‘llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniga binoan, bosh miya po‘stlog‘ining biror sohasida yuzaga keladigan qo‘zg‘alish boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo‘ladi (baravar induksiya) yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). Irradiatsiya hodisasi sodir bo‘ladigan bosh miya po‘stlog‘i sohasida qo‘zg‘alish uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali tarzda o‘rnatiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta’minlaydi.1 A.A. Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko‘ra, miyada doimo ma’lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va shu bilan inson hulq-atvoriga ma’lum yo‘nalganlik bag‘ishlovchi qo‘zg‘alishning vaqtincha hukmron o‘chog‘i mavjud bo‘ladi. Dominantlik xususiyatlariga asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to‘planadi va jamlanadi, shu vaqtning o‘zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga qo‘zg‘alish kuchaytiriladi. Bu xossalarga binoan, dominantlik qo‘zg‘alishning barqaror o‘chog‘i hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida diqqat jadalligini mustahkamlovchi nerv mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi.[1] . Sog‘lom odamlarda diqqatning zo‘riqishi sharoitlarida miyaning istalgan sohasida biolektrik faollikning o‘zgarishlari yuzaga kelishi aniqlandi. Bu faollikni peshona sohasida joylashgan neyronlarning alohida turi faoliyati bilan bog‘laydilar. Neyronlarning birinchi turi – «yangilik detektorlari» yangi rag‘batlar ta’sirida faollashadilar va ularga o‘rganib qolish darajasiga ko‘ra faollikni kamaytiradilar. Ulardan farqli ravishda «kutish» neyronlari organizm dolzarb ehtiyojni qondirish qobiliyatiga ega bo‘lgan ob’ekt bilan uchrashganidagina qo‘zg‘aladilar. Diqqatning nazariyalari orasida T. Ribo nazariyasi keng ommalashgan nazariya hisoblanadi, uning fikricha, diqqat har doim hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular yordamida yuzaga keladi. Uning fikriga ko‘ra, ixtiyoriy diqqatning jadalligi va davomiyligi diqqat ob’ekti assotsiatsiyalangan emotsional holatning jadalligi va davomiyligi bilan ta’minlaganligi sababli, T. Ribo hissiyotlar va ixtiyoriy diqqat o‘rtasidagi alohida uzviy bog‘liqlikni ko‘ra oldi.[2] SHuning uchun ushbu nazariya diqqatning motorika nazariyasi deb nomlanishi tasodifiy emas. D.N. Uznadze fikricha, diqqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri mayl bilan bog‘langan. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, mayl diqqat holatini ichkaridan ifodalaydi. Mayl ta’siri ostida voqeiy atrof-muhitni idrok qilishda hosil qilinadigan ma’lum obraz yoki taassurotning ajralishi sodir bo‘ladi. Bu obraz yoki taassurot diqqat ob’ektiga aylanadi, jarayonning o‘zi esa ob’ektivlashtirish deb nomlanadi.[2] 1 Г.Югай. Н.Мираширова “Умумий психология” Тошкент 134б Ilmiybaza.uz 
P.YA. Galperin ham diqqatning qiziqarli konsepsiyasini taklif etdi. Uning 
konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlardan iborat: 
1. Diqqat yo‘nalishli-tadqiqot faoliyatining vaziyatlaridan biri bo‘lib, obraz, 
fikr, inson psixikasida ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan boshqa hodisa mazmuniga 
qaratilgan psixik harakatdan iborat. 
2. Diqqatning asosiy vazifasi – psixik obraz, harakat mazmuni va boshqalar 
ustidan nazorat qilish. Insonning har bir harakatida yo‘nalganlik, bajaruvchilik va 
nazorat qilish qismlari mavjud. Mana shu oxirgi qismi diqqat tomonidan 
gavdalantiriladi. 
3. Ma’lum mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlardan farqli 
o‘laroq, nazorat yoki diqqat faoliyati alohida natijaga ega bo‘lmaydi. 
4. Diqqat mustaqil akt sifatida harakat aqliy bo‘lib qolmasdan, qisqartirilgan 
holatda bo‘lgandagina ajralib chiqadi. Bunda har qanday nazoratni ham diqqat 
sifatida o‘rganib bo‘lmaydi. Nazorat harakatni umumiy tarzda baholaydi, diqqat esa 
uning yaxshilanishini ta’minlaydi. 
5. Diqqat psixik nazorat faoliyati sifatida o‘rganiladigan bo‘lsa, u holda 
diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz ma’lum aktlari yangi aqliy harakatlar 
shakllanishining natijasidir. 
6. Ixtiyoriy diqqat reja asosida amalga oshiriladigan diqqatdir, bu oldindan 
tuzilgan reja yoki namuna bo‘yicha bajariladigan nazorat shaklidir. 
Xozirgi kunda diqqat muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Diqqat tabiati 
haqidagi bahslar avvalgidek davom etmoqda.[1] 
. 
Diqqatni tashkil etishda insonning faolligiga 
ko‘ra diqqatni uch turga bo‘lish mumkin: 
ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi 
diqqatlar. 
Ixtiyorsiz  diqqat – bu ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida xususiyatiga 
muvofiq holda ob’ektda jamlanganligi. 
Ixtiyoriy diqqat  – bu ob’ektda faoliyat talablariga ko‘ra yo‘naltirilgan, ongli 
boshqariladigan jamlanganlik. 
Ixtiyorsiz diqqat uchun ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarning 
birinchi guruxi seskantiruvchilar o‘rtasidagi keskin farq, shuningdek, seskantiruvchi 
ta’sirining davomiyligi, uning o‘lchamlari va shakli, yangiligi, noodatiyligi kabi 
sifatlari ham muhim ahamiyatga ega.[2] 
Sabablarning ikkinchi guruhi tashqi seskantiruvchilarning odamning ichki 
holatiga muvofiqligi, va birinchi navbatda, uning ehtiyojlariga mos kelishi bilan 
bog‘liq. Masalan, qorni to‘q va qorni ochiqqan odamlar ovqat to‘g‘risidagi suhbatga 
turlicha munosabat bildiradilar. 
Sabablarning uchinchi guruhi shaxsning umumiy yo‘nalganligi bilan bog‘liq. 
Bizni ko‘proq qiziqtiradigan va qiziqishlar sohamizni, shuningdek, kasbiy 
qiziqishlarimizni  tashkil etuvchilar, qoidaga ko‘ra, tasodifan duch kelib qolgan 
bo‘lsak ham, e’tiborimizni o‘ziga tortadi. 
 
4.3Diqqat turlari 
Ilmiybaza.uz P.YA. Galperin ham diqqatning qiziqarli konsepsiyasini taklif etdi. Uning konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlardan iborat: 1. Diqqat yo‘nalishli-tadqiqot faoliyatining vaziyatlaridan biri bo‘lib, obraz, fikr, inson psixikasida ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan boshqa hodisa mazmuniga qaratilgan psixik harakatdan iborat. 2. Diqqatning asosiy vazifasi – psixik obraz, harakat mazmuni va boshqalar ustidan nazorat qilish. Insonning har bir harakatida yo‘nalganlik, bajaruvchilik va nazorat qilish qismlari mavjud. Mana shu oxirgi qismi diqqat tomonidan gavdalantiriladi. 3. Ma’lum mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlardan farqli o‘laroq, nazorat yoki diqqat faoliyati alohida natijaga ega bo‘lmaydi. 4. Diqqat mustaqil akt sifatida harakat aqliy bo‘lib qolmasdan, qisqartirilgan holatda bo‘lgandagina ajralib chiqadi. Bunda har qanday nazoratni ham diqqat sifatida o‘rganib bo‘lmaydi. Nazorat harakatni umumiy tarzda baholaydi, diqqat esa uning yaxshilanishini ta’minlaydi. 5. Diqqat psixik nazorat faoliyati sifatida o‘rganiladigan bo‘lsa, u holda diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz ma’lum aktlari yangi aqliy harakatlar shakllanishining natijasidir. 6. Ixtiyoriy diqqat reja asosida amalga oshiriladigan diqqatdir, bu oldindan tuzilgan reja yoki namuna bo‘yicha bajariladigan nazorat shaklidir. Xozirgi kunda diqqat muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Diqqat tabiati haqidagi bahslar avvalgidek davom etmoqda.[1] . Diqqatni tashkil etishda insonning faolligiga ko‘ra diqqatni uch turga bo‘lish mumkin: ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqatlar. Ixtiyorsiz diqqat – bu ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida xususiyatiga muvofiq holda ob’ektda jamlanganligi. Ixtiyoriy diqqat – bu ob’ektda faoliyat talablariga ko‘ra yo‘naltirilgan, ongli boshqariladigan jamlanganlik. Ixtiyorsiz diqqat uchun ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarning birinchi guruxi seskantiruvchilar o‘rtasidagi keskin farq, shuningdek, seskantiruvchi ta’sirining davomiyligi, uning o‘lchamlari va shakli, yangiligi, noodatiyligi kabi sifatlari ham muhim ahamiyatga ega.[2] Sabablarning ikkinchi guruhi tashqi seskantiruvchilarning odamning ichki holatiga muvofiqligi, va birinchi navbatda, uning ehtiyojlariga mos kelishi bilan bog‘liq. Masalan, qorni to‘q va qorni ochiqqan odamlar ovqat to‘g‘risidagi suhbatga turlicha munosabat bildiradilar. Sabablarning uchinchi guruhi shaxsning umumiy yo‘nalganligi bilan bog‘liq. Bizni ko‘proq qiziqtiradigan va qiziqishlar sohamizni, shuningdek, kasbiy qiziqishlarimizni tashkil etuvchilar, qoidaga ko‘ra, tasodifan duch kelib qolgan bo‘lsak ham, e’tiborimizni o‘ziga tortadi. 4.3Diqqat turlari Ilmiybaza.uz 
 Sabablarning to‘rtinchi guruhini ta’sir etuvchi seskantiruvchi hosil qiladigan his-
tuyg‘ular tashkil etadi. Biz uchun qiziqarli bo‘lgan, ma’lum emotsional reaksiyani 
hosil qiladiganlar ixtiyorsiz diqqatning muhim sababi bo‘lib hisoblanadi. 
 Ixtiyoriy diqqatning asosiy xususiyati, uning ongli maqsad tomonidan 
boshqarilishi va iroda kuchi bilan bog‘liqligidir. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi 
psixik jarayonlar kechishini faol boshqarish hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz 
diqqatdan sifat jihatidan farq qilishiga qaramay, ixtiyoriy diqqat, shuningdek, his-
tuyg‘ular, qiziqishlar, odamning avval orttirilgan tajribasi bilan bog‘liq.Diqqatning 
yana bir turi mavjud. . Bu diqqat N.F. Dobrinin tomonidan  ixtiyoriydan keyingi 
diqqat deb nomlandi.  
 Ixtiyoriydan keyingi diqqat ongli maqsadlar bilan bog‘langan holatda qoladi 
va ongli qiziqishlar tomonidan quvvatlab turiladi. SHu bilan birga, ixtiyoriy 
diqqatdan farqli ravishda bunda iroda kuchi deyarli bo‘lmaydi yoki umuman mavjud 
emas.[1] 
Diqqatning ko‘rib chiqilgan uch xil turi inson faoliyati amaliyotida o‘zaro bir-
biriga o‘tishlar bilan uzviy chatishib ketadi va biri ikkinchisiga tayanadi. 
Tabiiy  diqqat o‘zida axborot yangiligi unsurini tashuvchi, u yoki bu tashqi va 
ichki rag‘batlarga nisbatan tanlab javob qaytarishning tug‘ma qobiliyati ko‘rinishida  
odamga tug‘ilishi bilanoq  beriladi. Tabiiy diqqat faoliyatini ta’minlovchi asosiy 
mexanizm taxminiy refleks deb ataladi. 
Ijtimoiy belgilangan diqqat hayot davomida ta’lim va tarbiya natijasida 
shakllanadi, hulq-atvorning iroda tomonidan boshqarilishi, ob’ektlarga tanlab ongli 
ravishda javob qaytarish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Bevosita diqqat  odamning ehtiyojlari va dolzarb qiziqishlariga mos keladigan 
va o‘zi yo‘naltirilgan ob’ektdan tashqari, hech bir narsa tomonidan boshqarilmaydi. 
Bilvosita diqqat maxsus vositalar,  masalan, imo-ishoralar, so‘zlar, ko‘rsatkich 
belgilar, jismlar yordamida boshqariladi. 
Hissiy diqqat  afzalligiga ko‘ra, hissiyotlar va his-tuyg‘u organlarining tanlab 
ta’sir ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq. 
Intellektual diqqat fikrning yo‘nalganligi va jamlanganligi bilan bog‘liq. 
Hissiy diqqatda ong markazida biror-bir hissiy  taassurot joylashgan bo‘ladi, 
intellektual diqqatda esa qiziqish ob’ekti bo‘lib g‘oya xizmat qiladi.[2] 
  Diqqatning 
asosiy 
xossalariga 
barqarorlik, jamlash, taqsimlash, bo‘linish, 
chalg‘ish va diqqat hajmi kiradi. 
Diqqatning barqarorligi ma’lum vaqt davomida bir xil ob’ektda fikrni jamlay 
olishlik qobiliyatidan iborat. Tajriba tadqiqotlari diqqatning ixtiyorsiz davriy 
tebranishlarga moyilligini ko‘rsatdi . Diqqat tebranishi qonunga asoslangan bo‘lib, 
fluktuatsiya deb ataladi. Masalan, diqqat fluktuatsiyasini oddiy tajribada namoyish 
qilish mumkin: kesik piramida beriladi: agar unga ma’lum vaqt davomida tikilib 
turilsa, u ketma-ket, yo qavariq, yo botiq bo‘lib ko‘rinadi . 
Diqqatni jamlash ostida diqqatning jismda jamlanganlik jadalligi yoki darajasi 
tushuniladi. A.A. Uxtomskiyning fikriga ko‘ra, diqqatni jamlash bosh miya 
po‘stlog‘idagi kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘i faoliyatining xususiyati bilan bog‘liq. 
 
4.4.DIQQAT XOSSALARI. 
Ilmiybaza.uz Sabablarning to‘rtinchi guruhini ta’sir etuvchi seskantiruvchi hosil qiladigan his- tuyg‘ular tashkil etadi. Biz uchun qiziqarli bo‘lgan, ma’lum emotsional reaksiyani hosil qiladiganlar ixtiyorsiz diqqatning muhim sababi bo‘lib hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatning asosiy xususiyati, uning ongli maqsad tomonidan boshqarilishi va iroda kuchi bilan bog‘liqligidir. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi psixik jarayonlar kechishini faol boshqarish hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qilishiga qaramay, ixtiyoriy diqqat, shuningdek, his- tuyg‘ular, qiziqishlar, odamning avval orttirilgan tajribasi bilan bog‘liq.Diqqatning yana bir turi mavjud. . Bu diqqat N.F. Dobrinin tomonidan ixtiyoriydan keyingi diqqat deb nomlandi. Ixtiyoriydan keyingi diqqat ongli maqsadlar bilan bog‘langan holatda qoladi va ongli qiziqishlar tomonidan quvvatlab turiladi. SHu bilan birga, ixtiyoriy diqqatdan farqli ravishda bunda iroda kuchi deyarli bo‘lmaydi yoki umuman mavjud emas.[1] Diqqatning ko‘rib chiqilgan uch xil turi inson faoliyati amaliyotida o‘zaro bir- biriga o‘tishlar bilan uzviy chatishib ketadi va biri ikkinchisiga tayanadi. Tabiiy diqqat o‘zida axborot yangiligi unsurini tashuvchi, u yoki bu tashqi va ichki rag‘batlarga nisbatan tanlab javob qaytarishning tug‘ma qobiliyati ko‘rinishida odamga tug‘ilishi bilanoq beriladi. Tabiiy diqqat faoliyatini ta’minlovchi asosiy mexanizm taxminiy refleks deb ataladi. Ijtimoiy belgilangan diqqat hayot davomida ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadi, hulq-atvorning iroda tomonidan boshqarilishi, ob’ektlarga tanlab ongli ravishda javob qaytarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bevosita diqqat odamning ehtiyojlari va dolzarb qiziqishlariga mos keladigan va o‘zi yo‘naltirilgan ob’ektdan tashqari, hech bir narsa tomonidan boshqarilmaydi. Bilvosita diqqat maxsus vositalar, masalan, imo-ishoralar, so‘zlar, ko‘rsatkich belgilar, jismlar yordamida boshqariladi. Hissiy diqqat afzalligiga ko‘ra, hissiyotlar va his-tuyg‘u organlarining tanlab ta’sir ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq. Intellektual diqqat fikrning yo‘nalganligi va jamlanganligi bilan bog‘liq. Hissiy diqqatda ong markazida biror-bir hissiy taassurot joylashgan bo‘ladi, intellektual diqqatda esa qiziqish ob’ekti bo‘lib g‘oya xizmat qiladi.[2] Diqqatning asosiy xossalariga barqarorlik, jamlash, taqsimlash, bo‘linish, chalg‘ish va diqqat hajmi kiradi. Diqqatning barqarorligi ma’lum vaqt davomida bir xil ob’ektda fikrni jamlay olishlik qobiliyatidan iborat. Tajriba tadqiqotlari diqqatning ixtiyorsiz davriy tebranishlarga moyilligini ko‘rsatdi . Diqqat tebranishi qonunga asoslangan bo‘lib, fluktuatsiya deb ataladi. Masalan, diqqat fluktuatsiyasini oddiy tajribada namoyish qilish mumkin: kesik piramida beriladi: agar unga ma’lum vaqt davomida tikilib turilsa, u ketma-ket, yo qavariq, yo botiq bo‘lib ko‘rinadi . Diqqatni jamlash ostida diqqatning jismda jamlanganlik jadalligi yoki darajasi tushuniladi. A.A. Uxtomskiyning fikriga ko‘ra, diqqatni jamlash bosh miya po‘stlog‘idagi kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘i faoliyatining xususiyati bilan bog‘liq. 4.4.DIQQAT XOSSALARI. Ilmiybaza.uz 
Diqqatni taqsimlash  ostida odamning bir vaqtning o‘zida bir necha 
faoliyatlarni bajarish qobiliyati tushuniladi. Hayotiy tajribaga ko‘ra,  odam ongli 
psixik faoliyatning faqat bir turini bajara oladi, bir vaqtning o‘zida bir nechtasini 
bajarish  sub’ektiv hissi esa ketma-ket tezlik bilan bir faoliyat turidan ikkinchisiga 
o‘tish oqibatida yuzaga keladi.[2] 
Diqqatning bo‘linishi  – bu diqqatni bir ob’ektdan ikkinchisiga ongli va 
anglangan holda o‘tkazish. Bo‘linish bilan ikki turli yo‘nalishga ega bo‘lgan 
jarayonlar bog‘liqdir, bular: diqqatni ishga tushirish va uzib qo‘yish. Bo‘linish 
ixtiyoriy bo‘lishi mumkin, u holda uning tezligi –  bu sub’ektning o‘zining idrok 
qilishi ustidan irodali nazorati darajasining ko‘rsatkichi, va diqqatning bo‘linishi 
bilan bog‘liq ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin, bu yo ruhiyatning beqarorligi darajasining 
ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi, yo kutilmagan kuchli seskantiruvchilarning paydo 
bo‘lishidan dalolat  beradi. 
Diqqat hajmi  –  sub’ektning etarlicha aniqlik bilan bir vaqtning o‘zida qamrab 
olishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni. Diqqat hajmini tadqiq etish, odatda, individ 
tomonidan aniqlik bilan idrok etiluvchi, bir vaqtning o‘zida taqdim etiladigan 
unsurlar (raqamlar, harflar, jismlar va h.k.) sonini tahlil qilish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Bu maqsadlarda  taxistoskopdan foydalaniladi  –  ma’lum sondagi 
seskantiruvchilarni shunchalik tez, tadqiq qilinuvchi ko‘zlarini bir ob’ektdan 
boshqasiga olib ulgurmasidan oldin  taqdim etishga imkon beradigan asbob, diqqat 
hajmi  – individual tarzda o‘zgaradigan kattalik, lekin, odatda, odamlarda uning 
ko‘rsatkichi 5 ± 2ga teng bo‘ladi. 
Diqqatning chalg‘ishi – bu diqqatning bir ob’ektdan ikkinchisiga ixtiyorsiz 
o‘tkazilishi. Chalg‘ish tashqi seskantiruvchilar ta’sirida yuz berishi mumkin. 
Diqqatni ko‘proq to‘satdan paydo bo‘ladigan, o‘zgaruvchan kuch va chastota bilan 
ta’sir ko‘rsatadigan jism va hodisalar chalg‘itadi. Diqqatning ichki chalig‘ishi kuchli 
kechinmalar, yot hissiyotlar, va odam ayni damda mashg‘ul bo‘lgan ishiga qiziqish 
va mas’uliyatning mavjud emasligi ta’siri ostida paydo bo‘ladi.[1] 
Chalg‘ituvchi 
ta’sirlarga 
qarshilik 
ko‘rsatish 
qobiliyati 
to‘siqlarga 
moslashuvchanlik deb ataladi. Odamlarda bu qobiliyatning rivojlanishida nerv 
tizimidagi farqlar, aynan, uning kuchi, shuningdek, to‘siqlarga qarshilik ko‘rsatishni 
oshirishga qaratilagan maxsus mashqlar  bilan belgilangan ko‘plab individual 
tafovutlar kuzatiladi. 
Diqqat xususiyatlarida  parishonxotirlik mavjud. Parishonxotirlik deb, odatda, 
ikki turlicha hodisaga aytiladi. Birinchidan, ko‘p hollarda parishonxotirlik deb, 
insonning atrofidagilarga e’tibor bermasdan, ishga haddan tashqari berilib 
ketishining natijasiga aytiladi. Parishonxotirlikning bu turi u yoki bu faoliyatda 
kuchli jamlanganlik natijasida yuzaga kelganligi sababli soxta parishonxotirlik deb 
ataladi. 
Parishonxotirlikning umuman boshqa bir turi inson diqqatini hech bir narsada 
uzoq vaqt jamlay olmagan vaziyatda, hech birida ushlanib qolmasdan, muntazam 
ravishda bir ob’ektdan ikkinchisiga yoki bir hodisadan ikkinchisiga   o‘tib turishida 
kuzatiladi. Parishonxotirlikning bu turi haqiqiy parishonxotirlik deb ataladi.  
Haqiqiy parishonxotirlikdan aziyat chekuvchi insonning ixtiyoriy diqqati o‘ta 
beqarorligi va chalg‘ib turishi bilan farqlanadi. 
Ilmiybaza.uz Diqqatni taqsimlash ostida odamning bir vaqtning o‘zida bir necha faoliyatlarni bajarish qobiliyati tushuniladi. Hayotiy tajribaga ko‘ra, odam ongli psixik faoliyatning faqat bir turini bajara oladi, bir vaqtning o‘zida bir nechtasini bajarish sub’ektiv hissi esa ketma-ket tezlik bilan bir faoliyat turidan ikkinchisiga o‘tish oqibatida yuzaga keladi.[2] Diqqatning bo‘linishi – bu diqqatni bir ob’ektdan ikkinchisiga ongli va anglangan holda o‘tkazish. Bo‘linish bilan ikki turli yo‘nalishga ega bo‘lgan jarayonlar bog‘liqdir, bular: diqqatni ishga tushirish va uzib qo‘yish. Bo‘linish ixtiyoriy bo‘lishi mumkin, u holda uning tezligi – bu sub’ektning o‘zining idrok qilishi ustidan irodali nazorati darajasining ko‘rsatkichi, va diqqatning bo‘linishi bilan bog‘liq ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin, bu yo ruhiyatning beqarorligi darajasining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi, yo kutilmagan kuchli seskantiruvchilarning paydo bo‘lishidan dalolat beradi. Diqqat hajmi – sub’ektning etarlicha aniqlik bilan bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni. Diqqat hajmini tadqiq etish, odatda, individ tomonidan aniqlik bilan idrok etiluvchi, bir vaqtning o‘zida taqdim etiladigan unsurlar (raqamlar, harflar, jismlar va h.k.) sonini tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu maqsadlarda taxistoskopdan foydalaniladi – ma’lum sondagi seskantiruvchilarni shunchalik tez, tadqiq qilinuvchi ko‘zlarini bir ob’ektdan boshqasiga olib ulgurmasidan oldin taqdim etishga imkon beradigan asbob, diqqat hajmi – individual tarzda o‘zgaradigan kattalik, lekin, odatda, odamlarda uning ko‘rsatkichi 5 ± 2ga teng bo‘ladi. Diqqatning chalg‘ishi – bu diqqatning bir ob’ektdan ikkinchisiga ixtiyorsiz o‘tkazilishi. Chalg‘ish tashqi seskantiruvchilar ta’sirida yuz berishi mumkin. Diqqatni ko‘proq to‘satdan paydo bo‘ladigan, o‘zgaruvchan kuch va chastota bilan ta’sir ko‘rsatadigan jism va hodisalar chalg‘itadi. Diqqatning ichki chalig‘ishi kuchli kechinmalar, yot hissiyotlar, va odam ayni damda mashg‘ul bo‘lgan ishiga qiziqish va mas’uliyatning mavjud emasligi ta’siri ostida paydo bo‘ladi.[1] Chalg‘ituvchi ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati to‘siqlarga moslashuvchanlik deb ataladi. Odamlarda bu qobiliyatning rivojlanishida nerv tizimidagi farqlar, aynan, uning kuchi, shuningdek, to‘siqlarga qarshilik ko‘rsatishni oshirishga qaratilagan maxsus mashqlar bilan belgilangan ko‘plab individual tafovutlar kuzatiladi. Diqqat xususiyatlarida parishonxotirlik mavjud. Parishonxotirlik deb, odatda, ikki turlicha hodisaga aytiladi. Birinchidan, ko‘p hollarda parishonxotirlik deb, insonning atrofidagilarga e’tibor bermasdan, ishga haddan tashqari berilib ketishining natijasiga aytiladi. Parishonxotirlikning bu turi u yoki bu faoliyatda kuchli jamlanganlik natijasida yuzaga kelganligi sababli soxta parishonxotirlik deb ataladi. Parishonxotirlikning umuman boshqa bir turi inson diqqatini hech bir narsada uzoq vaqt jamlay olmagan vaziyatda, hech birida ushlanib qolmasdan, muntazam ravishda bir ob’ektdan ikkinchisiga yoki bir hodisadan ikkinchisiga o‘tib turishida kuzatiladi. Parishonxotirlikning bu turi haqiqiy parishonxotirlik deb ataladi. Haqiqiy parishonxotirlikdan aziyat chekuvchi insonning ixtiyoriy diqqati o‘ta beqarorligi va chalg‘ib turishi bilan farqlanadi. Ilmiybaza.uz 
4.5. 
 Diqqat o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega. Bola hayotining birinchi 
oylarida faqat ixtiyorsiz diqqatning mavjudligi kuzatiladi. Bola dastlab kuchli yoki 
keskin farq qiladigan tashqi qo‘zg‘atuvchilarni sezadi, jismlarga bo‘lgan qiziqishi 
yaqqolroq ko‘rinadi. Bu ixtiyorsiz diqqatning to‘la rivojlanganligidan dalolat 
beradi.[2] 
Ixtiyoriy diqqatning nishonalari, odatda, birinchi yilning oxiri ikkinchi yilning 
boshlariga kelib, namoyon bo‘la boshlaydi. Bolada ixtiyoriy diqqatning shakllanishi 
va rivojlanishi uni tarbiyalash jarayoni bilan bog‘liq. Bolaning atrofidagi odamlar 
asta-sekin bolani o‘zi istaganini emas, balki, uning qilishi zarur bo‘lganlarni 
bajarishga o‘rgatib boradilar. 
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o‘yin katta ahamiyatga ega. O‘yin 
jarayonida bola o‘z harakatlarini o‘yin talablariga muvofiqlashtirishni va ularni 
qoidalarga mos ravishda yo‘naltirishni o‘rganadiMaktabgacha yoshdagi bolaning 
asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining etarlicha barqaror emasligidan iborat. Bola 
yot seskantiruvchilarga oson chalg‘iydi, uning diqqati o‘ta hissiyotlidir. Asta-sekin 
bolada mashqlar va iroda kuchi yordamida o‘z diqqatini boshqara olish layoqati 
shakllanadi[1] 
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida maktab alohida ahamiyat kasb etadi. 
Maktab mashg‘ulotlari jarayonida bola intizomga o‘rganadi, unda   qunt qilish, hulq-
atvorini nazorat qilish layoqati shakllanadi. Yuqori sinflarda o‘smirning ixtiyoriy 
diqqati yuqori taraqqiyot darajasiga ko‘tariladi. O‘quvchi etarlicha uzoq vaqt 
davomida ma’lum faoliyat turi bilan shug‘ullana oladi, o‘z hulq-atvorini nazorat 
qiladi. Diqqatning rivojlanishida ikki asosiy bosqichni ajratish mumkin: asosiy 
xususiyati tashqi tomondan belgilangan diqqatning ustunligidan iborat bo‘lgan 
maktabgacha rivojlanish bosqichi va ichki diqqatning jadal rivojlanishi xususiyatiga 
ega bo‘lgan maktab davri rivojlanishi bosqichlaridir. 
4.6.SEZGI 
XAQIDA 
UMUMIY 
TUSHUNCHA,SEZGINING 
NERV 
FIZIOLOGIK ASOSI. 
 
 Sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga 
bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda 
aks ettirilishini aytamiz.  
 
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo‘lib, tashqi 
olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan 
qo‘zg‘atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi 
va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma’lumki, insondan 
sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy 
bilishga o‘tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo‘lgani bilan uning yuzaga 
kelishi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:  
 
Sezgi a’zolariga ta’sir etadigan narsa va hodisaning bo‘lishi. 
 
Sezuvchi apparat, ya’ni analizatorning mavjud bo‘lishi. Masalan, havoning 
sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz. 
 
Sezgi idrok bilan bog‘liq bo‘ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan 
oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a’zolarimizga ta’siri 
natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to‘plab, har bir sekundda 
Ilmiybaza.uz 4.5. Diqqat o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega. Bola hayotining birinchi oylarida faqat ixtiyorsiz diqqatning mavjudligi kuzatiladi. Bola dastlab kuchli yoki keskin farq qiladigan tashqi qo‘zg‘atuvchilarni sezadi, jismlarga bo‘lgan qiziqishi yaqqolroq ko‘rinadi. Bu ixtiyorsiz diqqatning to‘la rivojlanganligidan dalolat beradi.[2] Ixtiyoriy diqqatning nishonalari, odatda, birinchi yilning oxiri ikkinchi yilning boshlariga kelib, namoyon bo‘la boshlaydi. Bolada ixtiyoriy diqqatning shakllanishi va rivojlanishi uni tarbiyalash jarayoni bilan bog‘liq. Bolaning atrofidagi odamlar asta-sekin bolani o‘zi istaganini emas, balki, uning qilishi zarur bo‘lganlarni bajarishga o‘rgatib boradilar. Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o‘yin katta ahamiyatga ega. O‘yin jarayonida bola o‘z harakatlarini o‘yin talablariga muvofiqlashtirishni va ularni qoidalarga mos ravishda yo‘naltirishni o‘rganadiMaktabgacha yoshdagi bolaning asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining etarlicha barqaror emasligidan iborat. Bola yot seskantiruvchilarga oson chalg‘iydi, uning diqqati o‘ta hissiyotlidir. Asta-sekin bolada mashqlar va iroda kuchi yordamida o‘z diqqatini boshqara olish layoqati shakllanadi[1] Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida maktab alohida ahamiyat kasb etadi. Maktab mashg‘ulotlari jarayonida bola intizomga o‘rganadi, unda qunt qilish, hulq- atvorini nazorat qilish layoqati shakllanadi. Yuqori sinflarda o‘smirning ixtiyoriy diqqati yuqori taraqqiyot darajasiga ko‘tariladi. O‘quvchi etarlicha uzoq vaqt davomida ma’lum faoliyat turi bilan shug‘ullana oladi, o‘z hulq-atvorini nazorat qiladi. Diqqatning rivojlanishida ikki asosiy bosqichni ajratish mumkin: asosiy xususiyati tashqi tomondan belgilangan diqqatning ustunligidan iborat bo‘lgan maktabgacha rivojlanish bosqichi va ichki diqqatning jadal rivojlanishi xususiyatiga ega bo‘lgan maktab davri rivojlanishi bosqichlaridir. 4.6.SEZGI XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA,SEZGINING NERV FIZIOLOGIK ASOSI. Sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz. Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo‘lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo‘zg‘atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma’lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o‘tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo‘lgani bilan uning yuzaga kelishi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: Sezgi a’zolariga ta’sir etadigan narsa va hodisaning bo‘lishi. Sezuvchi apparat, ya’ni analizatorning mavjud bo‘lishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz. Sezgi idrok bilan bog‘liq bo‘ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to‘plab, har bir sekundda Ilmiybaza.uz 
axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada 
tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o‘z ichki holatini adekvat “mos” aks 
ettirishi hosil bo‘ladi. Sezgi a’zolari tashqi olamning  inson ongiga olib kiradigan 
yo‘llaridan biridir. 
Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari 
 
Sezgilarning nerv – fiziologik asosini qo‘zg‘atuvchining o‘ziga aynan 
o‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida  hosil bo‘ladigan nerv jarayoni tashkil 
qiladi. SHuningdek,  sezgilarning nerv fiziologik asosini o‘rganishda I.P.Pavlov 
ta’biri bilan aytganda  analizator apparati tashkil etadi. 
 
Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib 
olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga 
aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil 
topgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 
 periferik (retseptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga o‘tkazadigan maxsus 
transformator qismi; 
 analizatorning periferik bo‘limining markaziy analizator bilan bog‘laydigan 
yo‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan 
qochuvchi) nervlar; 
 analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan nerv signallarining qayta 
ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq bo‘limlari. 
 Analizatorning qobiq bo‘limida retseptor hujayralarining asosiy qismi 
jamlangan o‘zak, ya’ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma’lum miqdorda 
mavjud tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo‘ladi. 
Analizatorning o‘zak qismida retseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan 
bo‘lib, ko‘plab hujayralardan iborat. Mazkur analizatorning periferik, ya’ni tarqalib 
ketgan qismlari boshqa analizatorlarning o‘zaklari bilan yondosh sohalariga kiradi 
va alohida narsalarni izlash jarayonida butun bosh miya qobig‘ining katta qismi 
ishtirok etishiga erishiladi. Analizatorning o‘zagi  analiz va sintez qilish funksiyasini 
bajaradi, masalan, tovushlarning balandligi. 
 
Tarqoq qismlar dag‘al analiz funksiyalarni, masalan musiqiy ohang va 
tovushlarni farqlash bilan bog‘liq bo‘ladi.  
 
Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li 
manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan ta’sirotni 
miyaga olib boruvchi nerv yo‘llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi 
elementlarning o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak–atrofdagi 
olamda to‘g‘ri mo‘ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq 
tarzdagi faoliyatining negizini ta’minlaydi.  
 
 Sezgilarning turlari:  
1. 
Tashqi 
muhitdagi 
narsa 
va 
hodisalarning 
xususiyatlarini 
aks 
ettirishgamoslashgan 
hamda 
retseptorlari 
tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, 
ya’ni ekstroretseptiv sezgilar; 
4.7.Сезгиларнинг таснифи, 
сезгиларнинг 
турлари, 
сезги 
сохасидаги 
қонуниятлари. 
 
Ilmiybaza.uz axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o‘z ichki holatini adekvat “mos” aks ettirishi hosil bo‘ladi. Sezgi a’zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo‘llaridan biridir. Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari Sezgilarning nerv – fiziologik asosini qo‘zg‘atuvchining o‘ziga aynan o‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. SHuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini o‘rganishda I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi. Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:  periferik (retseptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga o‘tkazadigan maxsus transformator qismi;  analizatorning periferik bo‘limining markaziy analizator bilan bog‘laydigan yo‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;  analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq bo‘limlari. Analizatorning qobiq bo‘limida retseptor hujayralarining asosiy qismi jamlangan o‘zak, ya’ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma’lum miqdorda mavjud tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo‘ladi. Analizatorning o‘zak qismida retseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan bo‘lib, ko‘plab hujayralardan iborat. Mazkur analizatorning periferik, ya’ni tarqalib ketgan qismlari boshqa analizatorlarning o‘zaklari bilan yondosh sohalariga kiradi va alohida narsalarni izlash jarayonida butun bosh miya qobig‘ining katta qismi ishtirok etishiga erishiladi. Analizatorning o‘zagi analiz va sintez qilish funksiyasini bajaradi, masalan, tovushlarning balandligi. Tarqoq qismlar dag‘al analiz funksiyalarni, masalan musiqiy ohang va tovushlarni farqlash bilan bog‘liq bo‘ladi. Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan ta’sirotni miyaga olib boruvchi nerv yo‘llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak–atrofdagi olamda to‘g‘ri mo‘ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini ta’minlaydi. Sezgilarning turlari: 1. Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya’ni ekstroretseptiv sezgilar; 4.7.Сезгиларнинг таснифи, сезгиларнинг турлари, сезги сохасидаги қонуниятлари. Ilmiybaza.uz 
2. Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana 
a’zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni interoretseptiv sezgilar.  
3. Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, 
xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan 
sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar. 
 
Interoretseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari 
o‘zgarishida ko‘zga tashlanadi, bolada esa xatti–harakatning keskin o‘zgarishiga 
sabab bo‘ladi. CHunki bola tana a’zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish 
imkoniyatiga ega emas. SHuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy o‘zgarishi 
belgilardan buni sezish mumkin. 
 
Interoretseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o‘zaro o‘rin 
almashtirish muvozanatini ta’minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir 
so‘z bilan aytganda, organizmdagi jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashib turishning 
gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. SHuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga 
keladigan puls, zo‘riqish, affekt holatlarini yo‘qotish, tug‘ilib kelayotgan mayllarni 
qondirish bilan bog‘liq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a’zolarining faoliyatini 
izdan chiqarish holati yuz berishi mumkin.  
 
Pereferik retseptorlar muskullar, pay va bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘lib, 
maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi.  
 
 
 
 
Gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda o‘z ifodasini topadi. Uning 
markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo‘lib, ular o‘zaro bir-biriga 
perpendikulyar bo‘shliqda tutash holatda yotadi.  
 
Masalan, bosh holatining o‘zgarishi quyidagi sxemada ko‘rish mumkin: 
a) endolimfa suyuqligiga bog‘liq qo‘zg‘alish; 
b) eshitish nervi; 
v) vestibulyar nervi; 
g) bosh miya po‘stining chakka bo‘lmasi; 
d) miya apparatiga o‘tadi; 
 
Vestibulyator sezgi apparati ko‘rish bilan bevosita aloqada bo‘lib, fazoni 
mo‘ljalga olish (orientirlash) jarayonida ishtirok etadi.  
 
Masalan, avtomobil yo‘lidan o‘tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda 
ham uchrashi mumkin. 
 
Ekstroretseptiv sezgilar intermodal, nospetsifik sezgi turkumlariga ham 
ajratiladi. Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish 
mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak, 
tizza uchlari) payqash – vibratsiya sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni 
idrok qilishi. Odatda vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. 
Uning quyidagi ko‘rinishlari ham mavjud:  
a) hid, ta’m va maza sezgilarida; 
b) o‘ta kuchli tovushda, o‘ta yorqin yorug‘likda; 
v) uch xil ta’sirning uyg‘unlashgan integrativ holatida;  
 
 
4.8. Sezgi turlari 
Ilmiybaza.uz 2. Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni interoretseptiv sezgilar. 3. Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar. Interoretseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o‘zgarishida ko‘zga tashlanadi, bolada esa xatti–harakatning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. CHunki bola tana a’zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish imkoniyatiga ega emas. SHuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy o‘zgarishi belgilardan buni sezish mumkin. Interoretseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashtirish muvozanatini ta’minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir so‘z bilan aytganda, organizmdagi jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashib turishning gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. SHuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga keladigan puls, zo‘riqish, affekt holatlarini yo‘qotish, tug‘ilib kelayotgan mayllarni qondirish bilan bog‘liq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a’zolarining faoliyatini izdan chiqarish holati yuz berishi mumkin. Pereferik retseptorlar muskullar, pay va bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘lib, maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi. Gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda o‘z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo‘lib, ular o‘zaro bir-biriga perpendikulyar bo‘shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining o‘zgarishi quyidagi sxemada ko‘rish mumkin: a) endolimfa suyuqligiga bog‘liq qo‘zg‘alish; b) eshitish nervi; v) vestibulyar nervi; g) bosh miya po‘stining chakka bo‘lmasi; d) miya apparatiga o‘tadi; Vestibulyator sezgi apparati ko‘rish bilan bevosita aloqada bo‘lib, fazoni mo‘ljalga olish (orientirlash) jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomobil yo‘lidan o‘tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda ham uchrashi mumkin. Ekstroretseptiv sezgilar intermodal, nospetsifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak, tizza uchlari) payqash – vibratsiya sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni idrok qilishi. Odatda vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Uning quyidagi ko‘rinishlari ham mavjud: a) hid, ta’m va maza sezgilarida; b) o‘ta kuchli tovushda, o‘ta yorqin yorug‘likda; v) uch xil ta’sirning uyg‘unlashgan integrativ holatida; 4.8. Sezgi turlari Ilmiybaza.uz 
 
Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroretseptiv, 
proprioretseptiv, introretseptiv) o‘z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi:  
5. Ko‘rish sezgilari; 
6. Eshitish sezgilari; 
7. Hid bilish sezgilari; 
8. Ta’m bilish sezgilari; 
9. Teri sezgilari; 
10. Muskul – harakat (kinestetik); 
11. Statistik sezgilar; 
12. Organik sezgilar; 
Ko‘rish sezgilari 
 
Insonlar tomonidan rang va yorug‘likni sezish ko‘rish sezgilari orqali amalga 
oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo‘linadi. 
Psixofiziologik qonunga ko‘ra yorug‘lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali 
o‘tib singanda hosil bo‘ladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak 
ranglar, ya’ni qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha tuslarini 
qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko‘rinishlari 
axromatik ranglar deb nomlanadi. 
Eshitish sezgilari 
 
. 
 
Eshitish sezgilari organi quloq bo‘lib, tashqi quloqlar suprasi bilan eshituv 
yo‘lidan iborat. O‘sha quloqlar nog‘ora parda va unga  yopishgan uchta suyakcha: 
bolg‘acha, sopdan va uzangidan tashkil topgan. Ichki quloq (quloq labirinti) o‘zaro 
birlashmagan uchta bo‘lakdan tuzilgan.  
 
 
Hid bilish sezgilari 
 
Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun 
kavagining yuqori tomoni hisoblanib, bu erda hid bilish hujayralari hamda sezuvchi 
nerv tarmoqlari joylashgan. Ular shilliq pardalarda botib turadi 
Ta’m bilish sezgilari 
 
Ta’m bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho‘r singari mazalarni his 
qilish bilan tavsiflanadi. Ta’m bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va 
tanglayning yumshoq qismidan tashkil topgan. Tilning shilliq pardasida maxsus 
ta’m bilish so‘rg‘ichlari mavjud bo‘lib, ularning tarkibi tayoqchasimon 
hujayralardan tuzilgan maxsus ta’m bilish “kurtaklari”ga ega. Ta’m bilish 
so‘rg‘ichlari til yuzasida bir tekis taqsimlanmaganligi uchun uning orqa qismi 
achchiqni, uchi shirin mazani, chetlari esa nordon mazani sezadi. Lekin ularning 
o‘rtasi bo‘lsa mazani aks ettira olmaydi.  
Teri sezgilari. 
 
Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo‘lib, ularning 
bunday nomlanishining bosh omili bu retseptorlarning tarkibi va organizmning 
tashqi shilliq pardalarida joylashganligidadir. 
 
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, 
birinchisi tegish va tarqalishini tuyish sezgilari, ikkinchisi esa silliq yoki g‘adir – 
budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a’zosiga narsalarning tegishini sezish 
Ilmiybaza.uz Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroretseptiv, proprioretseptiv, introretseptiv) o‘z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi: 5. Ko‘rish sezgilari; 6. Eshitish sezgilari; 7. Hid bilish sezgilari; 8. Ta’m bilish sezgilari; 9. Teri sezgilari; 10. Muskul – harakat (kinestetik); 11. Statistik sezgilar; 12. Organik sezgilar; Ko‘rish sezgilari Insonlar tomonidan rang va yorug‘likni sezish ko‘rish sezgilari orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo‘linadi. Psixofiziologik qonunga ko‘ra yorug‘lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o‘tib singanda hosil bo‘ladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak ranglar, ya’ni qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko‘rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi. Eshitish sezgilari . Eshitish sezgilari organi quloq bo‘lib, tashqi quloqlar suprasi bilan eshituv yo‘lidan iborat. O‘sha quloqlar nog‘ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha: bolg‘acha, sopdan va uzangidan tashkil topgan. Ichki quloq (quloq labirinti) o‘zaro birlashmagan uchta bo‘lakdan tuzilgan. Hid bilish sezgilari Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun kavagining yuqori tomoni hisoblanib, bu erda hid bilish hujayralari hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan. Ular shilliq pardalarda botib turadi Ta’m bilish sezgilari Ta’m bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho‘r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ta’m bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidan tashkil topgan. Tilning shilliq pardasida maxsus ta’m bilish so‘rg‘ichlari mavjud bo‘lib, ularning tarkibi tayoqchasimon hujayralardan tuzilgan maxsus ta’m bilish “kurtaklari”ga ega. Ta’m bilish so‘rg‘ichlari til yuzasida bir tekis taqsimlanmaganligi uchun uning orqa qismi achchiqni, uchi shirin mazani, chetlari esa nordon mazani sezadi. Lekin ularning o‘rtasi bo‘lsa mazani aks ettira olmaydi. Teri sezgilari. Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo‘lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili bu retseptorlarning tarkibi va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidadir. Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, birinchisi tegish va tarqalishini tuyish sezgilari, ikkinchisi esa silliq yoki g‘adir – budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a’zosiga narsalarning tegishini sezish Ilmiybaza.uz 
tashqi qo‘zg‘atuvchi kuchayganda siqiq sezgiga aylanadi, u yanada kuchayganda 
og‘riq sezgisiga aylanadi. 
 
Tuyish sezgilari organi teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish 
tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iborat. Tanachalarning ichida va qisman 
tashqarisida tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular terida va shilliq 
pardalarda bir tekis taqsimlangan, barmoqlarning uchlarida til uchida labda zich 
joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan yuksakroqdir. 
 
 
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po‘stining orqadagi markaziy 
nuqtasida joylashgan deb taxmin qilinadi. Tuyish sezgilarining tashqi, ya’ni fizik 
sababi bu biron- bir narsalarning teriga bevosita tegishidir. 
Muskul – harakat sezgilari, statik sezgilar 
 
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar deb nomlanib, ularga og‘irlikni, 
qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari–gavda 
muskullari, paylar, bo‘g‘imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi 
nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo‘lib, ularning ta’sirida harakat va statik 
sezgilar vujudga keladi. 
 
Muskul – harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta’sir etuvchi 
narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir. 
 
Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash 
sezgilari deb ataladi. 
 
Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki 
quloqdagi vestibulyar apparat retseptor vazifasini bajaradi. Vestibulyar apparat 
quloq dahlizi yarim doira kanallaridan tashkil topgan bo‘ladi, sezuvchi nerv 
tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda 
muvozanatini saqlashda alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib 
yuradigan mayda ohaktosh kristallardan tashkil topgan. 
Organik sezgilar 
 
Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda, qizilo‘ngach, me’da, 
ichak, qon tomirlari, o‘pka va shu kabilarda joylashgan bo‘ladi. Ichki organlardagi 
jarayonlar organik sezgilar retseptorlarining qo‘zg‘atuvchi-laridir.  
Ularga quyidagilar kiradi; 
a) Og‘riq sezgilar; 
b) chanqoq sezgilari; 
v) noxush tuyg‘ular; 
g) ochlikni sezish.  
Analizatorlar 
sezuvchanligining 
faoliyatdagi 
seskantiruvchilarga 
ko‘nikishining ta’siri ostida o‘zgarishi moslashish deb ataladi. Bunda umumiy 
qonuniyat quyidagidan iborat bo‘ladi: kuchli seskantiruvchilardan kuchsizlariga 
o‘tishda sezuvchanlik oshadi, kuchsizlardan kuchlilarga o‘tishda – kamayadi. Turli 
analizatorlar tizimlarining moslashish darajasi bir xilda bo‘lmaydi: yuqori 
moslashish taktil, haroratli, hid bilish va ko‘rish sezgilarida, zaif moslashish – 
eshitish va og‘riq sezgilarida kuzatiladi. Ularning orasidan hid bilish va taktil 
analizatorlar tez fursatda moslashadilar. Yod hidiga to‘liq moslashish bir daqiqadan 
so‘ng yuz beradi. uch soniyadan so‘ng bosim sezgisi seskantiruvchining 1/5 kuchini 
aks ettiradi. Qorong‘ilikka to‘liq moslashish uchun 45 daqiqa kerak bo‘ladi. 
Ilmiybaza.uz tashqi qo‘zg‘atuvchi kuchayganda siqiq sezgiga aylanadi, u yanada kuchayganda og‘riq sezgisiga aylanadi. Tuyish sezgilari organi teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iborat. Tanachalarning ichida va qisman tashqarisida tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular terida va shilliq pardalarda bir tekis taqsimlangan, barmoqlarning uchlarida til uchida labda zich joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan yuksakroqdir. Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po‘stining orqadagi markaziy nuqtasida joylashgan deb taxmin qilinadi. Tuyish sezgilarining tashqi, ya’ni fizik sababi bu biron- bir narsalarning teriga bevosita tegishidir. Muskul – harakat sezgilari, statik sezgilar Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar deb nomlanib, ularga og‘irlikni, qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari–gavda muskullari, paylar, bo‘g‘imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo‘lib, ularning ta’sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi. Muskul – harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta’sir etuvchi narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir. Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilari deb ataladi. Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat retseptor vazifasini bajaradi. Vestibulyar apparat quloq dahlizi yarim doira kanallaridan tashkil topgan bo‘ladi, sezuvchi nerv tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda muvozanatini saqlashda alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallardan tashkil topgan. Organik sezgilar Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda, qizilo‘ngach, me’da, ichak, qon tomirlari, o‘pka va shu kabilarda joylashgan bo‘ladi. Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgilar retseptorlarining qo‘zg‘atuvchi-laridir. Ularga quyidagilar kiradi; a) Og‘riq sezgilar; b) chanqoq sezgilari; v) noxush tuyg‘ular; g) ochlikni sezish. Analizatorlar sezuvchanligining faoliyatdagi seskantiruvchilarga ko‘nikishining ta’siri ostida o‘zgarishi moslashish deb ataladi. Bunda umumiy qonuniyat quyidagidan iborat bo‘ladi: kuchli seskantiruvchilardan kuchsizlariga o‘tishda sezuvchanlik oshadi, kuchsizlardan kuchlilarga o‘tishda – kamayadi. Turli analizatorlar tizimlarining moslashish darajasi bir xilda bo‘lmaydi: yuqori moslashish taktil, haroratli, hid bilish va ko‘rish sezgilarida, zaif moslashish – eshitish va og‘riq sezgilarida kuzatiladi. Ularning orasidan hid bilish va taktil analizatorlar tez fursatda moslashadilar. Yod hidiga to‘liq moslashish bir daqiqadan so‘ng yuz beradi. uch soniyadan so‘ng bosim sezgisi seskantiruvchining 1/5 kuchini aks ettiradi. Qorong‘ilikka to‘liq moslashish uchun 45 daqiqa kerak bo‘ladi. Ilmiybaza.uz 
 A.V. Petrovskiy tahririyati ostida chop etilgan darslikda moslashish 
hodisasining uch xil turi keltiriladi:  seskantiruvchining davomli ta’sirida sezgining 
to‘liq g‘oyib bo‘lishidagi moslashish; kuchli seskantiruvchi ta’siri ostida sezgining 
susayishidagi moslashish. Moslashishning bu ikki turini «salbiy moslashish» 
atamasi ostida birlashtiradilar, chunki buning natijasida analizatorlarning 
sezuvchanligi kamayadi; kuchsiz seskantiruvchi ta’sirida sezuvchanlikning oshishi 
ham moslashish deb ataladi. Moslashishning bu turi ijobiy moslashish hisoblanadi. 
Bu turga, masalan, qorong‘ilik ta’sirida ko‘rish analizatori sezuvchanligining 
oshishida kuzatiladigan qorong‘ilikka moslashish kiradi. 
Moslashish hodisasini retseptor faoliyatida seskantiruvchining davomli ta’siri 
ostida sodir bo‘ladigan chetki o‘zgarishlar yordamida tushuntirish mumkin. 
Ma’lumki, yorug‘lik ta’sirida ko‘z to‘r pardasi tayoqchalaridagi ko‘rish to‘q qizil 
rangi o‘chib ketadi. Qorong‘ilikda esa, aksincha, qizil rang tiklanadi, bu 
sezuvchanlikni oshiradi. 
Moslashish hodisasi analizatorlarning markaziy bo‘limlarida kechadigan 
jarayonlar yordamida ham tushuntiriladi. Uzoq vaqt davomidagi qo‘zg‘alish 
natijasida bosh miya po‘slog‘i sezuvchanlikni kamaytiradigan  ichki himoya 
tormozlanishi kuzatiladi. Tormozlanishning rivojlanishi  boshqa o‘choqlarning 
kuchli qo‘zg‘alishini keltirib chiqaradi, bu esa yangi sharoitlarda sezuvchanlikning 
oshishiga yordam beradi. 
Moslashish maqsadga muvofiq bo‘lgan biologik ahamiyatga ega. U kuchsiz 
seskantiruvchilarni 
aks 
ettirishda 
qatnashadi 
va 
analizatorlarni 
kuchli 
seskantiruvchilar ta’siridan himoya qiladi. 
Sezgilar jadalligi faqat seskantiruvchining kuchi va retseptor moslashishining 
darajasiga bog‘liq bo‘lmay, ma’lum vaqtda boshqa his-tuyg‘u organlariga ta’sir 
ko‘rsatuvchi ta’sirlarga ham bog‘liqdir. Boshqa analizator faoliyati ta’sirida 
analizator sezuvchanligining o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro ta’siri  deb ataladi. 
Sezuvchanlikning o‘zgarishi analizatorlar o‘rtasidagi po‘stloq orqali aloqalari, 
yuqori darajada bir vaqtdagi induksiya qonuni bilan tushuntiriladi. I.P. Pavlov 
bo‘yicha, kuchsiz seskantiruvchi  katta yarim sharlar po‘stlog‘ida oson tarqaluvchi 
(irradirlovchi) qo‘zg‘alish jarayonini hosil qiladi. Qo‘zg‘alish jarayonining 
irradiatsiyasi natijasida boshqa analizatorning sezuvchanligi oshadi. Kuchli 
seskantiruvchi ta’sirida, aksincha, jamlanishga moyil bo‘lgan qo‘zg‘alish jarayoni 
yuzaga keladi. O‘zaro induksiya qonuniga ko‘ra, bu holat markaziy bo‘limlardagi 
boshqa analizatorlarning tormozlanishiga va sezuvchanligining pasayishiga olib 
keladi. 
. Analizatorlarning o‘zaro ta’sirlashishi, hamda, muntazam mashqlar  natijasida 
sezuvchanlikning oshishi sensibilizatsiya deb ataladi. A.R. Luriya sensibilizatsiya 
turiga ko‘ra, sezuvchanlik oshishining ikki tomonini ajratib ko‘rsatadi. Birinchisi 
davomli, muttasil xususiyatli va organizmda ro‘y beradigan barqaror o‘zgarishlarga 
bog‘liq bo‘lgani uchun ob’ektning yoshi aniq holatda sezuvchanlikning o‘zgarishi 
bilan bog‘langan bo‘ladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, his-tuyg‘u organlari 
sezuvchanligining kuchliligi yosh o‘tishi bilan oshib borib,   20-30 yoshlarda eng 
yuqori cho‘qqiga chiqadi, keyinchalik esa asta-sekin pasayib boradi. Sensibilizatsiya 
turiga ko‘ra, sezuvchanlik oshishining ikkinchi tomoni vaqtinchalik xususiyatiga 
Ilmiybaza.uz A.V. Petrovskiy tahririyati ostida chop etilgan darslikda moslashish hodisasining uch xil turi keltiriladi: seskantiruvchining davomli ta’sirida sezgining to‘liq g‘oyib bo‘lishidagi moslashish; kuchli seskantiruvchi ta’siri ostida sezgining susayishidagi moslashish. Moslashishning bu ikki turini «salbiy moslashish» atamasi ostida birlashtiradilar, chunki buning natijasida analizatorlarning sezuvchanligi kamayadi; kuchsiz seskantiruvchi ta’sirida sezuvchanlikning oshishi ham moslashish deb ataladi. Moslashishning bu turi ijobiy moslashish hisoblanadi. Bu turga, masalan, qorong‘ilik ta’sirida ko‘rish analizatori sezuvchanligining oshishida kuzatiladigan qorong‘ilikka moslashish kiradi. Moslashish hodisasini retseptor faoliyatida seskantiruvchining davomli ta’siri ostida sodir bo‘ladigan chetki o‘zgarishlar yordamida tushuntirish mumkin. Ma’lumki, yorug‘lik ta’sirida ko‘z to‘r pardasi tayoqchalaridagi ko‘rish to‘q qizil rangi o‘chib ketadi. Qorong‘ilikda esa, aksincha, qizil rang tiklanadi, bu sezuvchanlikni oshiradi. Moslashish hodisasi analizatorlarning markaziy bo‘limlarida kechadigan jarayonlar yordamida ham tushuntiriladi. Uzoq vaqt davomidagi qo‘zg‘alish natijasida bosh miya po‘slog‘i sezuvchanlikni kamaytiradigan ichki himoya tormozlanishi kuzatiladi. Tormozlanishning rivojlanishi boshqa o‘choqlarning kuchli qo‘zg‘alishini keltirib chiqaradi, bu esa yangi sharoitlarda sezuvchanlikning oshishiga yordam beradi. Moslashish maqsadga muvofiq bo‘lgan biologik ahamiyatga ega. U kuchsiz seskantiruvchilarni aks ettirishda qatnashadi va analizatorlarni kuchli seskantiruvchilar ta’siridan himoya qiladi. Sezgilar jadalligi faqat seskantiruvchining kuchi va retseptor moslashishining darajasiga bog‘liq bo‘lmay, ma’lum vaqtda boshqa his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ta’sirlarga ham bog‘liqdir. Boshqa analizator faoliyati ta’sirida analizator sezuvchanligining o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro ta’siri deb ataladi. Sezuvchanlikning o‘zgarishi analizatorlar o‘rtasidagi po‘stloq orqali aloqalari, yuqori darajada bir vaqtdagi induksiya qonuni bilan tushuntiriladi. I.P. Pavlov bo‘yicha, kuchsiz seskantiruvchi katta yarim sharlar po‘stlog‘ida oson tarqaluvchi (irradirlovchi) qo‘zg‘alish jarayonini hosil qiladi. Qo‘zg‘alish jarayonining irradiatsiyasi natijasida boshqa analizatorning sezuvchanligi oshadi. Kuchli seskantiruvchi ta’sirida, aksincha, jamlanishga moyil bo‘lgan qo‘zg‘alish jarayoni yuzaga keladi. O‘zaro induksiya qonuniga ko‘ra, bu holat markaziy bo‘limlardagi boshqa analizatorlarning tormozlanishiga va sezuvchanligining pasayishiga olib keladi. . Analizatorlarning o‘zaro ta’sirlashishi, hamda, muntazam mashqlar natijasida sezuvchanlikning oshishi sensibilizatsiya deb ataladi. A.R. Luriya sensibilizatsiya turiga ko‘ra, sezuvchanlik oshishining ikki tomonini ajratib ko‘rsatadi. Birinchisi davomli, muttasil xususiyatli va organizmda ro‘y beradigan barqaror o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgani uchun ob’ektning yoshi aniq holatda sezuvchanlikning o‘zgarishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, his-tuyg‘u organlari sezuvchanligining kuchliligi yosh o‘tishi bilan oshib borib, 20-30 yoshlarda eng yuqori cho‘qqiga chiqadi, keyinchalik esa asta-sekin pasayib boradi. Sensibilizatsiya turiga ko‘ra, sezuvchanlik oshishining ikkinchi tomoni vaqtinchalik xususiyatiga Ilmiybaza.uz 
ega bo‘lib, fiziologik, shuningdek, sub’ekt holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi favqulotda 
psixologik ta’sirlarga bog‘liq bo‘ladi. 
Sezgilarning o‘zaro ta’sirlashuvida sinesteziya, ya’ni, qo‘zg‘alish ta’sirida 
boshqa analizatorlarga xos bo‘lgan bir xil sezgi analizatorining hosil bo‘lishi kabi 
holat ham kuzatiladi. Masalan, odamda tovushlar ta’siri ostida rangli sezgilar hosil 
bo‘lishi mumkin, ba’zi ranglar uyg‘unligi esa o‘z navbatida harorat sezuvchanligiga 
ta’sir ko‘rsatadi. Hammaga ma’lumki, baland tovushlarni «yorqin» ranglar bilan, 
pastlarini esa «to‘q» ranglar bilan baholaymiz. 
 
Psixofiziologiyada bo‘sag‘alarning ikki 
turi: absolyut sezuvchanlik bo‘sag‘asi va 
farqlash bo‘sag‘asini farqlaydilar. 
Ceskantiruvchining eng kuchsiz ta’siri 
ostida dastlab paydo bo‘ladigan sezilarli darajada his etish sezgining quyi absolyut 
sezuvchanlik bo‘sag‘asi deb ataladi. Yirik o‘lchamli ta’sirlanish ta’sirida ma’lum 
sezgining mavjudligi, ta’sirlanishning borgan sayin o‘sishi natijasida sezgining 
g‘oyib bo‘lishi yoki og‘riqli sezgi yuqori absolyut sezish bo‘sag‘asi deb ataladi. 
Absolyut sezuvchanlik sifatida kuchsiz seskantiruvchilarni sezish qobiliyati, 
farqlashga sezuvchanlik  sifatida esa – seskantiruvchilar o‘rtasidagi kuchsiz 
farqlarni sezish qobiliyati tushuniladi. Seskantiruvchining eng kichik o‘lchami 
ta’sirida paydo bo‘ladigan dastlabki his etish sezuvchanlikning absolyut bo‘sag‘asi 
deb ataladi. Fiziolog olim G.V. Gershuni va xodimlarining tadqiqotlari shuni 
ko‘rsatdiki, sezgi bo‘sag‘asidan quyiroqda joylashgan tovush seskantiruvchilari, 
miya elektr faolligining o‘zgarishi va ko‘z qorachig‘ining kengayishini yuzaga 
keltirishi mumkin. Sezgilarni hosil qilmaydigan seskantiruvchilar ta’sir doirasi G.V. 
Gershuni tomonidan «sensor osti sohasi» deb ataldi. 
Sezuvchanlik (bo‘sag‘a) va seskantiruvchining kuchi o‘rtasida qarama-qarshi 
bog‘liqlik mavjud: sezgining paydo bo‘lishi qanchalik katta kuch talab etgan bo‘lsa, 
odamdagi sezuvchanlik shunchalik past bo‘ladi. Sezuvchanlik bo‘sag‘alari har bir 
odam uchun o‘ziga xosdir. 
Quyi va yuqori absolyut bo‘sag‘alarning kattaligi turli sharoitlar: inson yoshi 
va faoliyat xususiyati, retseptorning vazifa bajarish xususiyati, ta’sir etish kuchi va 
davomiyligi va h.k.lar ta’sirida o‘zgaradi. YUqori darajadagi sezuvchanlikka 
o‘spirinlik davrida erishiladi. 
Absolyut sezuvchanlik bilan bir qatorda 
nisbiy sezuvchanlik – ta’sir jadalligining 
o‘zgarishiga 
nisbatan 
sezuvchanlik 
ham 
mavjud. Nisbiy sezuvchanlik farqlashning 
boshlanishi bilan o‘lchanadi. Sezgilar kuchi 
yoki sifatida  unchalik sezilmaydigan farqni 
yuzaga keltiradigan faoliyatdagi seskantiruvchining kuchiga nisbatan eng kichik 
qo‘shimcha farqlash bo‘sag‘asi yoki ko‘p tomonlama bo‘sag‘a deb ataladi  
 
 
 
4.9 
.Сезги 
сезувчанлик 
психологик 
асоси 
ҳақида 
қисқача хулоса. 
 
 
.4.10. Идрок ҳақида 
тушунча.Idrokning nерв-
физиологик асослари, 
хусусиятлари ва 
қонуниятлари. 
Ilmiybaza.uz ega bo‘lib, fiziologik, shuningdek, sub’ekt holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi favqulotda psixologik ta’sirlarga bog‘liq bo‘ladi. Sezgilarning o‘zaro ta’sirlashuvida sinesteziya, ya’ni, qo‘zg‘alish ta’sirida boshqa analizatorlarga xos bo‘lgan bir xil sezgi analizatorining hosil bo‘lishi kabi holat ham kuzatiladi. Masalan, odamda tovushlar ta’siri ostida rangli sezgilar hosil bo‘lishi mumkin, ba’zi ranglar uyg‘unligi esa o‘z navbatida harorat sezuvchanligiga ta’sir ko‘rsatadi. Hammaga ma’lumki, baland tovushlarni «yorqin» ranglar bilan, pastlarini esa «to‘q» ranglar bilan baholaymiz. Psixofiziologiyada bo‘sag‘alarning ikki turi: absolyut sezuvchanlik bo‘sag‘asi va farqlash bo‘sag‘asini farqlaydilar. Ceskantiruvchining eng kuchsiz ta’siri ostida dastlab paydo bo‘ladigan sezilarli darajada his etish sezgining quyi absolyut sezuvchanlik bo‘sag‘asi deb ataladi. Yirik o‘lchamli ta’sirlanish ta’sirida ma’lum sezgining mavjudligi, ta’sirlanishning borgan sayin o‘sishi natijasida sezgining g‘oyib bo‘lishi yoki og‘riqli sezgi yuqori absolyut sezish bo‘sag‘asi deb ataladi. Absolyut sezuvchanlik sifatida kuchsiz seskantiruvchilarni sezish qobiliyati, farqlashga sezuvchanlik sifatida esa – seskantiruvchilar o‘rtasidagi kuchsiz farqlarni sezish qobiliyati tushuniladi. Seskantiruvchining eng kichik o‘lchami ta’sirida paydo bo‘ladigan dastlabki his etish sezuvchanlikning absolyut bo‘sag‘asi deb ataladi. Fiziolog olim G.V. Gershuni va xodimlarining tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, sezgi bo‘sag‘asidan quyiroqda joylashgan tovush seskantiruvchilari, miya elektr faolligining o‘zgarishi va ko‘z qorachig‘ining kengayishini yuzaga keltirishi mumkin. Sezgilarni hosil qilmaydigan seskantiruvchilar ta’sir doirasi G.V. Gershuni tomonidan «sensor osti sohasi» deb ataldi. Sezuvchanlik (bo‘sag‘a) va seskantiruvchining kuchi o‘rtasida qarama-qarshi bog‘liqlik mavjud: sezgining paydo bo‘lishi qanchalik katta kuch talab etgan bo‘lsa, odamdagi sezuvchanlik shunchalik past bo‘ladi. Sezuvchanlik bo‘sag‘alari har bir odam uchun o‘ziga xosdir. Quyi va yuqori absolyut bo‘sag‘alarning kattaligi turli sharoitlar: inson yoshi va faoliyat xususiyati, retseptorning vazifa bajarish xususiyati, ta’sir etish kuchi va davomiyligi va h.k.lar ta’sirida o‘zgaradi. YUqori darajadagi sezuvchanlikka o‘spirinlik davrida erishiladi. Absolyut sezuvchanlik bilan bir qatorda nisbiy sezuvchanlik – ta’sir jadalligining o‘zgarishiga nisbatan sezuvchanlik ham mavjud. Nisbiy sezuvchanlik farqlashning boshlanishi bilan o‘lchanadi. Sezgilar kuchi yoki sifatida unchalik sezilmaydigan farqni yuzaga keltiradigan faoliyatdagi seskantiruvchining kuchiga nisbatan eng kichik qo‘shimcha farqlash bo‘sag‘asi yoki ko‘p tomonlama bo‘sag‘a deb ataladi 4.9 .Сезги сезувчанлик психологик асоси ҳақида қисқача хулоса. .4.10. Идрок ҳақида тушунча.Idrokning nерв- физиологик асослари, хусусиятлари ва қонуниятлари.