Ilmiybaza.uz
SODDA PSIXIK JARAYONLAR. XOTIRA
Xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va
keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir.
Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I.M. Sechenov). S.L.
Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik.
O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra
o‘tmishda badar yo‘qolardi»1.
Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli
reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida
assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning
hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida boladi.
Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari
injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga
olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir
qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi
molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir. Bu
nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus
tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir. O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa
esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari
tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib
oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan
1 Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. В 2-х т. М., 1989. Т.1. Б.302.
Ilmiybaza.uz
bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. SHu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt
xotirada saqlanib turadi.2
Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘ziga xos xususiyati uning atrof-olamni
bevosita aks ettirishga yo‘nalmaganligi, moddiy jismlar va hodisalar bilan ish
eritmasligidan iborat. Jismlar olamini aks ettirish idrok va tafakkurda amalga
oshiriladi. Xotira qabul qilingan obraz va tushunchalarni «ikkinchi aks ettirish» bilan
ish ko‘radi.
Har bir bilish jarayoni uzluksiz xotiraga aylanadi, va har bir xotira biror bir
boshqa narsaga aylanadi. Har bir psixik jarayon boshqa jarayonni amalga
oshirishning sharti bo‘lib xizmat qiladi (yoki o‘sha jarayonning keyingi bosqichi).
Bu uning «ikkilamchi» mahsulotga aylanib, tasavvurda amalga oshish qobiliyatiga
ega bo‘lishini, jarayonning keyingi rivojlanishi uchun tayanch vazifasini o‘tashi
mumkinligini bildiradi.
Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi:
- yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan
takrorlashlar soni;
- unutish tezligi – esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati;
- yodda saqlash hajmi – insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir
bo‘lgan jismlar yoki dalillar soni;
- o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni
ma’lum vaqt oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati;
- qayta tiklash aniqligi insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq
saqlash, asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati;
- xotira shayligi – talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi.
Miya qutisida axborot to‘plash va saqlash vazifasini bajaruvchi hech qanday
soha aniqlanmadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu vazifani yaxlit miyaning o‘zi, uning
yarim sharlari bajaradi.
Biz xotiramizning mavjudligiga shukronalar aytmog‘imiz lozim . U bizni
noto‘g‘ri ishlashdan qaytarishdan tashqari, berilgan vaqtimizni to‘g‘ri
2 Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 134р
Ilmiybaza.uz
taqsimlashga, hayotimizni to‘g‘ri belgilab olishimizga yordam beradi. Oilamizni
tanish, o‘zimizning tilda gapirish, uyimizni topib kelish va oziq-ovqat va suv topish
imkonini beradigan jarayon, bizning xotira hisoblanadi. U tajribalarimizdan
bahramand bo‘lishga,tajribalarni xayotga tatbiq qilishga va yana qayta undan zavq
olishga imkon beradigan jarayon albatta bizning xotira hisoblanadi Kimlarningdir
yomonliklarini unutishimizga qarshilik ko‘rsatadigan xam bizning xotiralar
hisoblanadi.
Sizning esda olib qolganingizjuda katta rol o‘ynaydi. Sizning to‘plagan bilim
omboringiz, o‘tgan quvonch, g‘azab tufayli alamli xotiralar, yoki aybdorlik xisi
xotira jarayonisiz mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi. 3
Tokio universiteti professori YAsudzi Miyasito rahbarligidagi tadqiqotchilar
guruhi xotira mexanizmi bosh miya kul rang moddasining chakka qismida
jamlanganini isbotladi. Xotira faoliyati chizmasini kashf etgan yaponiyalik olimlar
dunyoga mashhur bo‘lgan akademik va neyrofiziolog N.P. Bextereva tasdiqlangan
fikrlarni isbotladilar: miya hayotimizning har bir soniyasini esda saqlaydi, lekin
bizga ayni damda u yoki bu masalalarni hal etishda zarur bo‘lganlarni yuzaga
chiqaradi, xolos. Va, faqat ba’zi vaziyatlarda, masalan, cho‘kayotgan odamning
ongida oxirgi daqiqalarda uning ko‘z o‘ngida butun hayoti yashin tezligida uchib
o‘tadi; bunda miya unga so‘nggi imkoniyatni beradi: balki, avval senda shunga
o‘xshash vaziyat bo‘lgandir, o‘sha usulni qo‘llab, omon qolishing mumkin.
Xotiraga
tegishli
bo‘lgan
fizikaviy,
kimyviy, biokimyoviy, fiziologik, axborotli-
kibernetikaviy
nazariyalar,
shuningdek,
psixologik nazariyalar guruhlarii mavjud. Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan
biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo‘lib XVIII-XIX asrlarda Angliya va
Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariya
asosida V osnove dannoy teorii lejit ponyatie assotsiatsiya – G. Ebbingauz, G.
Myuller, A. Pilseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan psixikaning alohida
noyob hodisalari o‘rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga asosan xotira
3 Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 327p
5.2.Хотира назариялари
Ilmiybaza.uz
o‘xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo‘yicha barqaror bo‘lgan qisqa va uzoq
muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu
nazariyaga binoan, ko‘plab qonunlar, xususan, G. Ebbingauzning unutish qonuni
kashf etilgan. Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha
bo‘lgan qismi unutiladi, olti kundan so‘ng esa birinchi marta yodlab olingan
matnning 20% dan kamroq qismi saqlanib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan assotsiativ
nazariya bir qator hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashdi, ulardan
asosiysi inson xotirasining tanlab o‘tkazish xususiyatini tushuntirib berish edi.
XIX asrning oxirida assotsiativ nazariya geshtalt nazariyasi bilan almashindi.
Bu nazariya uchun boshlang‘ich tushuncha va shu bilan birga, asosida xotiraning
noyob hodisalarini tushuntirib berish mumkin bo‘lgan bosh tamoyil sifatida
birlamchi elementlarning assotsiatsiyasi emas, balki, ularning dastlabki, yaxlit
tashkiloti – geshtalt namoyon bo‘ldi. Aynan, geshtaltning shakllanish qonunlari
ushbu nazariya vakillari (V. Vundt, E.B. Titchener va boshqalar)ning fikriga ko‘ra,
xotirani belgilab beradi. Bu nazariya tarafdorlarining asosif fikri shundan iboratki,
esda olib qolish va eslashda ma’lumot, odatda, assotsiativ asosda tarkib topgan
elementlarning tasodifiy to‘plami emas, balki, yaxlit tuzilma sifatida namoyon
bo‘ladi. Bixeviorizm va psixoanaliz vakillari ham xotira genezisi haqida qoniqarli
javob topa olmadilar. Bixeviorizmchilarning xotira yuzasidan qarashlari
assotsianistchilarning qarashlari bilan mos kelgan edi. Ular o‘rtasidagi yagona farq
bixeviorizmchilarning materialni esda olib qolishdagi yordamning o‘rnini alohida
ta’kidlab, o‘rganish jarayonlarida xotira faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor
qaratgan edilar (D. Uotson, E. Torndayk). Lekin bixeviorizmchilar insondagi ongli
faoliyat va shaxs xususiyatlarining yordamga bog‘liqligini chetlab o‘tdilar.
Xotira hodisalarining shaxsga bog‘liqligi Z.Freyd tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan
edi. Uning fikriga ko‘ra, insonning ong osti mayllariga imkon bermaydigan barcha
narsalar xotiradan siqib chiqariladi, va, aksincha, uning uchun yoqimli bo‘lganlar
saqlanib qoladi. Bu bog‘liqlik tajribada o‘z tasdig‘ini topmadi. SHu bilan birga,
Z.Freyd va izdoshlarining xizmatlari inson xotirasini o‘rganishda esda saqlash va
unutish xotira jarayonlaridagi ijobiy va salbiy emotsiyalar, motivlar va
Ilmiybaza.uz
ehtiyojlarning ahamiyatinin aniqlashdan iborat bo‘ldi. Psixoanaliz yordamida
insonning motivatsion sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan ong osti unutishning psixologik
mexanizmlari aniqlandi va ta’rif berildi.
XX asrning boshlarida xotiraning mantiqiy nazariyasi yuzaga keldi, unga
asosan, mos keluvchi jarayonlar faoliyati esda olib qolish zarur bo‘lgan materialni u
yoki bu darajada kengroq ma’noli tuzilmalarga birlashtiradigan mazmun
bog‘lovchilarining mavjudligi yoki mavjud emasligiga bevosita bog‘liq holatda
bo‘ladi (A. Bine, K. Byuler). Esda olib qolish va eslashda matnning ma’noga ega
bo‘lgan mazmuni ifodalanadi.
Hozirgi zamon psixologiyasida asosiy tushuncha o‘rnida shaxs faoliyatini
uning barcha psixik jarayonlari, shuningdek, xotira jarayonlarining shakllanishini
bog‘lovchi omil sifatida o‘rganadigan nazariya tan olinmoqda. Bu konsepsiyaga
asosan, esda olib qolish, saqlash va eslash jarayonlarining kechishi ma’lumotning
ob’ekt faoliyatida tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. Ma’lumot faoliyat maqsadi
sifatida namoyon bo‘lgan vaziyatlarda aloqalar yanada samaraliroq tarzda hosil
bo‘lishi va dolzarblashtirilishi tajriba aniqlandi va o‘z tasdig‘ini topdi. Bu
aloqalarning
xususiyatlari,
masalan,
mustahkamligi
va
harakatchanligi
ma’lumotning sub’ekt keyingi faoliyatidagi ishtirokining darajasi, bu aloqalarning
ko‘zlangan maqsadlarga erishishdagi ahamiyati bilan belgilanadi. Faoliyat
nazariyasining asosiy fikri: turli tasavvurlar o‘rtasidagi aloqalar, avvalambor,
sub’ektning ulardan qay tarzda foydalanishi bilan belgilanadi.
Xotira quyidagi asosiy jarayonlardan
iborat: esda olib qolish, esda saqlash va unutish.
Esda saqlash – bu idrok qilingan
ma’lumotni eslab qolish va esda saqlash jarayoni. Bu jarayonning kechish
darajasiga ko‘ra, eslab qolish ikki turga bo‘linadi: ko‘zlanmagan (ixtiyorsiz) va
ko‘zlangan (ixtiyoriy). Ixtiyorsiz esda olib qolish – bu hech qanday vositalarsiz va
kuchlarni namoyon qilmasdan bemaqsad eslab qolishIxtiyoriy esda saqlash
maqsadsiz esda saqlashdan insonning o‘z oldiga ma’lum maqsad qo‘yib, yod
olishning maxsus usullarini qo‘llashi bilan farqlanadi. Ixtiyoriy esda saqlash yod
5.3 Хотира жараёнлари ва
турлари
Ilmiybaza.uz
olish vazifasiga bo‘ysungan o‘ziga xos murakkab aqliy faoliyatdir. Matarialni esda
olib qolish usulariga yod olish kiradi, uning mohiyati o‘quv materialini to‘liq va
xatosiz yod olmagunicha ko‘p marta takrorlashdan iborat. Masalan, she’r, qoida,
ta’rif, qonunlar, formulalar, tarixiy sanalar va boshqalarni yod olish.
Ixtiyoriy esda oib qolishning asosiy xususiyati – bu esda olib qolish
ko‘rinishidagi yuklatilgan vazifada iroda kuchlarini namoyon qilish. Hayotdagi
ko‘pchilik idrok qilinuvchilar esda olib qolish vazifasi yuklatilmagan bo‘lsa,
esimizda saqlanib qolmaydi.
YOd olishda umumiy vazifa bilan birgalikda, xususiy, maxsus vazifalarning
yuklatilishi ham katta ahamiyatga ekanligini ta’kidlab o‘tish joiz. Ba’zi vaziyatlarda,
masalan, idrok qilinayotgan ma’lumotning faqat asosiy mohiyati, faqat asosiy fikr
va ahamiyatga molik bo‘lgan dalillarni esda olib qolish, boshqalarida esa – so‘zma-
so‘z esda olib qolish, uchinchilarida – dalillar izchilligi va h.k.larni aniq esda olib
qolish vazifasi yuklatiladi.
S.L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, esda olib qolish amalga oshirilayotgan
faoliyatning borishi xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, uning fikricha,
ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishning yuqori samaradorligi haqida bir ma’noli
xulosa chiqarish mumkin emas. P.I. Zinchenko, A.A. Smirnovlarning olib borgan
tadqiqotlari ma’lum sharoitlarda ixtiyorsiz esda olib qolishning ixtiyoriy esda olib
qolishdan samaraliroq bo‘lishini isbotladi.
Tizimli bilimlarning katta qismi, maqsadi ma’lum materialni xotirada saqlab
qolish uchun esda olib qolish bo‘lgan maxsus faoliyat natijasida orttirilganligini
hisobga olish zarur. Materialni esda olib qolish va eslashga qaratilgan bunday
faoliyat mnemik faoliyat deb ataladi.
Esda olib qolingan materialning anglanganlik darajasiga ko‘ra anglangan va
mexanik esda olib qolish ajratiladi. Mexanik esda olib qolish – bu idrok
qilinayotgan materialning turli qismlari o‘rtasida mantiqiy aloqani anglamasdan
turib esda olib qolish. Bunga misol tariqasida statistik ma’lumotlar, tarixiy sanalar
va h.k.larni esda olib qolishni keltirish mumkin. Mexanik esda olib qolishining
asosini bog‘langanlik bo‘yicha assotsiatsiyalar tashkil etadi. Materialning bir qismi
Ilmiybaza.uz
ikkinchisi bilan vaqt bo‘yicha uning orqasidan kelganligi sababli unga bog‘lanadi.
Bunday bog‘lanishning yuzaga kelishi uchun materialni ko‘p marta takrorlash
lozim.
Bundan farqli o‘laroq, anglangan holda esda olib qolish materialning alohida
qismlari o‘rtasidagi ichki mantiqiy aloqalarni tushunishga asoslangan. Anglangan
holda esda olib qolish doimo tafakkur jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, asosan,
material qismlari o‘rtasidagi ikkinchi daraklovchi tizim darajasidagi umulashtirilgan
aloqalarga tayanadi.
Anglangan holda esda olib qolish mexanik esda olib qolishdan ko‘ra
samaraliroq ekanligi isbotlangan. Xuddi shunday, mexanik esda olib qolishda
xotirada 1 soatdan so‘ng materialning faqat 40%, yana bir necha soatdan keyin esa
– atigi 20%, angalangan holda esda olib qolishda esa 30 kundan keyin ham
materialning 40% saqlanib qoladi.
Materialni anglash bir necha xil usullar yordamida erishiladi. Birinchidan,
o‘rganilayotgan materialning asosiy fikrlarini ajratish va ularni reja ko‘rinishida
guruhlash zarur. Ikkinchidan, ma’nodosh tayanch so‘zlarni ajratish. Ushbu
usulning mohiyati mazmunga ega bo‘lgan har bir qismni esda olib qolish zarur
bo‘lgan materialning bosh g‘oyasini aks ettiruvchi qaysidir so‘z yoki tushuncha
bilan bog‘lashimizdan iborat. Uchinchidan, taqqoslash, ya’ni, jismlar, hodisa va
voqealar
o‘rtasida
o‘xshashlik
va
farqlarni
aniqlash.
Ushbu
usulning
ko‘rinishlaridan biri o‘rganilayotgan materialni avval orttirilgan ma’lumotlar bilan
solishtirish. Va, nihoyat, anglangan tarzda esda olib qolish va uning esda
saqlanishining yuqori ko‘rsatkichiga erishish metodi takrorlash metodi hisoblanadi.
Takrorlashni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash juda muhimdir. Psixologiyada
takrorlashning konsentratsiyalash va taqsimlash usullari mavjud. Birinchi usulda
materiallar tanaffuslarsiz ketma-ket takrorlanadi. Masalan, she’rni yodlash uchun 12
marta takrorlash talab etilsa, o‘quvchi uni yod olmagunicha ketma-ket 12 marta
o‘qiydi. Taqsimlangan takrorlashda har bir takrorlash keyingisidan vaqt oralig‘i
bilan
ajratilgan
bo‘ladi.
Tadqiqotlarga
ko‘ra,
taqsimlangan
takrorlash
konsetratsiyalangan takrorlashdan samaraliroqdir.
Ilmiybaza.uz
Samarali esda olib qolishning ixtiyoriy va ixtiyorsiz shartlari va qonuniyatlari
aniqlangan.
Maqsadsiz samarali esda olib qolishning shartlari: kuchli ahamiyatli tabiiy
seskantiruvchilar; yuqori yo‘nalishli faoliyatni yuzaga keltiruvchilar (harakt
jarayonini to‘xtatish yoki tiklash, hodisaning noodatiyligi); ushbu odam uchun
ahamiyatga ega bo‘lgan seskantiruvchilar (kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan jismlar);
alohida emotsional tusga ega bo‘lgan seskantiruvchilar; ushbu inson ehtiyojlariga
kuchliroq bog‘langanlari; faol harakat ob’ekti bo‘lib hisoblanganlari
Samarali ixtiyoriy esda olib qolishning shartlariga materialning ahamiyatliligi
va mohiyatini anglash; uning tuzilishi, tarkibiy qism va elementlari o‘rtasida o‘zaro
mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash; so‘z-matnli materialda reja, ayanch so‘zlarni
belgilash, materialni chizma, jadval ko‘rinishida taqdim etish; materialning
mazmundorligi va hammabopligi, uning inson yo‘nalishi va shaxsiy tajribasi bilan
solishtirilishi; materialning hissiyotli-estetik boyitilganligi; ushbu materialning
ma’lum sharoitlarda eslashning zarurligiga moyillik; ushbu materialning amaliyotda
qo‘llash imkoniyati; materialning ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish,
masalalarni hal etish vositasi, faol aqliy faoliyatning ob’ekti sifatida namoyon
bo‘lishi.
Xotiraning ma’lum samaralari aniqlangan. Agar tekshiriluvchiga 10ta bo‘g‘inli
qator berilsa, birinchi va oxirgi bo‘g‘inlar oson esda qoladi, o‘rtadagilari esa
unchalik esda qolmaydi, – bu «chegara samarasi». B.V. Zeygarnik samarasi –
tekshiriluvchilarga vazifalarni bajarish taklif etilib, ularga bir xillarini oxirigacha
echishga imkon berilsa, boshqalari yakuniga etkazilmasa, oqibatda tekshiruvdagilar
tugallanmagan vazifalarni to‘liq echilgan vazifalarga qaraganda 2 marta ko‘proq
eslay oladilar.
Xotiraning navbatdagi jarayoni – yodda saqlab qolish. Bu idrok qiingan
ma’lumotni ma’lum muddatgacha esda saqlab qolishdan iborat bo‘lgan xotira
jarayoni. Esda saqlab qolish xotira jarani sifatida o‘zining qonuniyatlariga ega.
Masalan, esda saqlab qolishning dinamik va statik bo‘lishi aniqlangan. Dinamik
esda saqlab qolish operativ xotirada, statik – aksincha, uzoq vaqtli xotirada
Ilmiybaza.uz
namoyon bo‘ladi. Dinamik esda saqlashda material kam o‘zgaradi, statikda,
aksincha, u albatta, o‘zgarish va ma’lum qayta tiklanishga uchraydi. Qayta tiklanish
turli sharoitlarda, masalan, kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarning yo‘qolishi
va ularning boshqa qismlar bilan almashtirilishi, material izchilligining o‘zgarishida,
uning umumlashtirilish darajasida ifodalanadi.
Materialni xotirada tiklash eslash va tanish jarayonlari yordamida amalaga
oshiriladi.
Eslash – bu xotiradagi materialdan keyingi faoliyatda foydalanish. Eslashning
fiziologik asosini jism va harakatlarni idrok qilishda avval hosil bo‘lgan nerv
aloqalarini tiklash tashkil etadi. Eslash maqsadsiz (ixtiyorsiz) va maqsadli
(ixtiyoriy) bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda eslash biz uchun kutilmaganda sodir
bo‘ladi. Masalan, o‘qigan maktabimiz yonidan o‘tib keta turib, beixtiyor bizga
ta’lim bergan o‘qituvchi yoki maktabdosh do‘stlarning obrazlarini namoyon
qilishimiz mumkin.
Eslashning turli xillari: haqiqiy eslash, yodga tushirish, tanish mavjud. Alohida
o‘rinni xotiralar – shaxsning tarixiy esdaliklari egallaydilar. Esga tushirishda
ko‘zlangan maqsad – biror narsani eslash – asosiy masalani hal qilish imkonini
beruvchi oraliq maqsadlarga erishish yordamida amalga oshiriladi. Masalan,
qandaydir voqeani eslash uchun bu bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan
dalillarni eslashga harakat qilamiz. Bunda oraliq zanjirlardan foydalanish ongli
xususiyatga ega bo‘ladi. Esga tushirish, shuningdek, irodaviy jarayon bo‘lib
hisoblanadi.
Biror ob’ektni tanish uni idrok qilishda sodir bo‘ladi va insonda ob’ekt haqida
hosil bo‘ladigan tasavvurlar, uning shaxsiy taassurotlari (xotira tasavvurlari) yoki
so‘z bilan ta’riflash (xayol tasavvurlari) asosida shakllangan ob’ektni idrok qilish
sodir bo‘layotganin bildiradi. Masalan, tanishimiz yashaydigan, lekin o‘zimiz hech
qachon u erda bo‘lmagan uyni taniymiz, tanish esa, tasavvurimizda aks etgan, bizga
avval ta’rifi keltirilgan izlab topish mumkin belgilar asosida sodir bo‘ladi. Tanish
jarayonlari bir-biridan ta’riflanish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Biz ob’ektga nisbatan
tanish hissini tuyganimizda, lekin o‘tmish tajribadagilarga o‘xshata olmaganimizda
Ilmiybaza.uz
tanish darajasi kamroq bo‘ladi. Masalan, yuz tuzilishi tanishdek tuyulgan odamning
kimligini va u bilan qanday vaziyatlarda uchrashishimiz mumkinligini eslay
olmaymiz. Bunga o‘xshash vaziyatlar tanishning belgilanmaganligi xususiyatiga
ega bo‘ladi. Boshqa vaziyatlarda tanish to‘liq belgilanmaganligi bilan farqlanadi: biz
odamni ma’lum shaxs sifatida darhol taniymiz. SHuning uchun ushbu vaziyatlar
to‘liq tanish xususiyatiga ega bo‘ladi.
To‘g‘ri tanishning turli xillari bilan bir qatorda tanishdagi xatoliklar ham
mavjud bo‘ladi. Masalan, birinchi marta idrok qilinayotganlar, ba’zida tanishdek,
avval xuddi shu ko‘rinishda sodir bo‘lgandek tuyuladi.
Tanish va eslashning har doim ham bir xilda samarali tarzda amalga
oshirilmaydigan jarayonlarining juda qiziqarli o‘ziga xos xususiyatini ta’kidlab
o‘tish lozim.Ba’zida biz qaysidir ob’ektni taniy olishimiz, lekin usiz eslay
olmasligimiz mumkin. Bunga teskari vaziyatlar ham bo‘ladi: bizda paydo bo‘lgan
tasavvurlarning nima bilan bog‘liqligini tushuntirib bera olmaymiz. masalan, bizni
doimo qandaydir kuy ohangi «kuzatib yuradi», lekin uning qaerdan paydo bo‘lganini
aytib berolmaymiz.
Unutish – avval idrok qilingan ma’lumotni tiklash imkoniyatining mavjud
emasligida ifodalanadigan xotira jarayoni. Unutishning fiziologik asosini
vaqtinchalik nerv aloqalarini dolzarblashishiga halaqit beruvchi po‘stloqdagi
tormozlanishning ba’zi turlari tashkil etadi. Ko‘pincha bu mustahkamlanishlarsiz
rivojlanadigan so‘nuvchi tormozlanishdan iborat bo‘ladi. Unutish ikki asosiy shakl:
a) eslash yoki bilish imkoniyatining mavjud emasligida; b) noto‘g‘ri eslash yoki
tanishda namoyon bo‘ladi. To‘liq eslash va to‘liq yoddan chiqarish o‘rtasida eslash
va tanishning turli darajalari mavjud bo‘ladi. Ba’zi tadqiqotchilar ularni «xotira
darajalari» deb ataydilar. bunday darajalarga quyidagilar kiradi: a) eslash xotirasi;
b) tanuvchi xotira; v) engillashtiruvchi xotira. Masalan, o‘quvchi she’rni yod oldi.
Agar biroz vaqtdan so‘ng uni bexato aytib bera olsa, – bu xotiraning eng yuqori,
birinchi darajasi, agar o‘quvchi yod olganini aytib bera olmasa, lekin she’rni kitob
bo‘yicha yoki eshitganida oson taniy olsa, – bu xotiraning ikkinchi darajasi; agar
o‘quvchi mustaqil holda she’rni eslay olmasa, uni taniy olmasa, lekin takroriy yod
Ilmiybaza.uz
olishda bunga birinchi marta yod olganidan kamroq vaqt ichida erisha olsa,- bu
uchinchi daraja. Unutish ifodalarning bir qancha turli xil ko‘rinishlarini o‘rganib,
insonning ayni damda eslay olmasdan, bir muncha vaqt o‘tgandan so‘ng esga
tushirishi yoki tanishi kabi vaziyatlar haqida ham aytib o‘tish lozim. Vaqt o‘tgandan
so‘ng xotiradan ko‘tarilgan materialni eslash reminissensiya (xira esga keltirish)
deb ataladi. Reminissensiyaning mohiyati, biz to‘liq eslay olmagan material idrok
qilinganidan bir-ikki kun o‘tgandan so‘ng materialni birinchi marta eslashda
kuzatilmagan dalillar va tushunchalar bilan to‘ldirilishidan iborat. Bu hodisa
ko‘pincha katta hajmli materialni so‘zlab berish orqali eslashda kuzatiladi, bunga
nerv hujayralarining charchashi sabab bo‘ladi. Reminissensiya ko‘pincha
maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarda, va ayrim holatlarda
kattalarda ham kuzatiladi.
Unutishning boshqa shakllari xatolik bilan eslash va tanishdir. Barchaga
ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan idrok qilinganlar xotirada o‘z yorqinligi va aniqligini
yo‘qotib, rangsizlanib, noaniq bo‘lib qoladi. Lekin avval idrok qilingan materialning
o‘zgarishi boshqa xususiyatga ham ega bo‘lishi mumkin, bunda unutish aniqlikni
yo‘qotishdan emas, esga tushirilganlarning haqiqatda idrok qilinganlarga muvofiq
kelmasligidan iborat bo‘ladi. Bunda biz voqelikda mavjud bo‘lganlarni emas,
boshqa narsalarni eslaymiz, chunki unutish jarayonida u yoki bu darajada idrok
qilingan materialning chuqur qayta tuzilganligi, sifatining qayta ishlanganligi sodir
bo‘lishi mumkin. Qayta ishlashga misol tariqasida voqealar izchilligining vaqt
bo‘yicha noto‘g‘ri eslashni keltirish mumkin.
Hozirgi kunda unutish jarayonlarining kechishi tezligiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillar ma’lumdir. Xuddi shunday, odam materialni yaxshi tushunib etmagan
bo‘lsa, unutish tezroq ro‘y beradi. SHuningdek, material odamga qiziqarli bo‘lmasa,
uning amaliy ehtiyojlari bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, unutish shunchalik tez sodir
bo‘ladi.
Unutish tezligi, shuningdek, material hajmi va uni o‘zlashtirishdagi
qiyinchiliklar darajasiga bog‘liq: material hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yoki uni
idrok qilish qiyinchilik tug‘dirsa, unutish shunchalik tez sodir bo‘ladi. Unutish
Ilmiybaza.uz
jarayoni tezligiga ta’sir etuvchi boshqa omil avvalgi faoliyatningsalbiy ta’siri –
proaktiv tormozlanish, va keyingi faoliyatning salbiy ta’siri – retroaktiv
tormozlanishdir. Agar faoliyat tanaffuslarsiz amalga oshirilsa yoki keyingi faoliyat
avvalgi faoliyat bilan o‘xshash bo‘lsa, shuningdek, keyingi faoliyat avvalgisidan
qiyinroq kechsa, retroaktiv tormozlanish aniqroq kuzatiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan
qonuniyatni maktabdagi o‘quv ishlarini tashkil etishda hisobga olish zarur.
Unutish jarayonini tezlashtiruvchi boshqa muhim omil yosh ko‘rsatkichidir.
YOsh o‘tishi bilan xotira ko‘pchilik vazifalarining izdan chiqishi kuzatiladi. Xuddi
shunday, materialni esda olib qolish qiyinroq kechadi, unutish tezligi oshadi.
Unutish, shuningdek, asab tizimining turli kasalliklarida, kuchli psixik va
mexanik shikastlanishlarda, aqliy va jismoniy toliqishda, tashqi seskantiruvchilar
ta’sirida tezroq sodir bo‘ladi. Xotira buzilishlariga: amneziya (xotiraning
yo‘qolishi), retrograd amneziya (kasallikdan avvalgi voqeaga nisbatan xotiraning
buzilishi) va anterograd amneziya (kasallikdan so‘ng sodir bo‘lgan voqeaga
nisbatan xotiraning buzilishi). O‘ta toliqishda paramneziya – xotira aldanishi
hodisasi ro‘y beradi. So‘zlarni eslashda xatolikka yo‘l qo‘yish kontaminatsiya
(«ahamiyatga ega») deyiladi.
. Xotira xossalarining turini ajratish uchun umumiy asos sifatida esda olib
qolish va eslash jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga bog‘liqligi
namoyon bo‘ladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uch asosiy mezonlarga muvofiq
ravishda ajratiladi:
- faoliyatda ustunlik qiluvchi psixik faoliyatning xususiyatiga ko‘ra, harakat,
emotsional, obrazli va so‘z-mantiqiy xotiralarga bo‘linadi;
- faoliyat maqsadiga ko‘ra – ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiraga bo‘linadi;
- materialning mustahkamlanishi va saqlanib qolishi davomiyligiga ko‘ra –
qisqa muddatli, operativ va uzoq muddatli xotiraga bo‘linadi.
Xotira turlarining psixik faoliyat xususiyatiga ko‘ra tasniflanishini birinchi
marta P.P. Blonskiy tomonidan taklif etilgan. Faoliyat turlarida psixik faoliyatning
motorli, hissiyotli, sensor, aqliy turlari ustunlik qilishi mumkin. Bu faoliyatlarning
har biri harakatlar va ularning mahsuloti bo‘lgan faoliyat, sezgi, obraz, fikrlarda
Ilmiybaza.uz
ifodalanadi. Blonskiy xotiraning ayrim turlari o‘rtasidagi farqlarni aniqlashga
muvaffaq bo‘ldi.
Xotira turlarining mana shu to‘rt xilining xususiyatlarini keltiramiz.
Harakat xotirasi – bu turli harakatlar yoki tizimlarini esda olib qolish, saqlash
va eslash. U, masalan, piyoda yurish, mashinani boshqarish, raqs tushish va
boshqalarda turli harakatli malaka va ko‘nikmalarning shakllanishi uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Emotsional xotira – bu boshdan kechirilgan sezgi va emotsional holatga
nisbatan xotira. Hissiyotlar doimo ehtiyoj va qiziqishlarimizning qanday
qoniqtirilayotgani,
atrof-olam
bilan
munosabatlarimiz
qanday
amalga
oshirilayotgani haqida xabar berib turadilar. Boshdan kechirilgan va xotirada
saqlanib qolgan sezgilar harakatga boshlovchi yoki o‘tmishda salbiy kechinmalarni
uyg‘otgan harakatdan tutib qoluvchi xabarlar sifatida namoyon bo‘ladi.
Obrazli xotira – bu tasavvurlar, tabiat va hayot manzaralari, shuningdek, ovoz,
hid, ta’mlarga nisbatan bo‘lgan xotira. U ko‘rish, eshitish, tuyish, hid bilish va ta’m
bilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan eydetik xotira – ba’zi individlarning(eydetiklar)
avval idrok qilingan jism va sahnalar o‘ta to‘laqonli va obrazini esda saqlash va
eslash qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar uchrab turadi. Eydetik obrazlar jismning
mavjud emasligida yuzaga kelib, oddiy tasavvurga xos bo‘lmagan izchil
ko‘rgazmalilik xususiyatiga ega bo‘lishi bilan tasavvurlarga o‘xshash bo‘ladi.
So‘z-mantiqiy xotira fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va
eslashda ifodalanadi. So‘z-mantiqiy (semantik, verbal) xotira yordamida inson aqliy
qobiliyati axborot bazasi hosil bo‘ladi, ko‘pchilik fikrlash operatsiyalari (o‘qish,
hisob va h.k.) amalga oshiriladi. So‘z-mantiqiy xotirada muhim o‘rinni ikkinchi
xabar tizimi egallaydi. So‘z-mantiqiy xotira – bu o‘zining sodda shakllarida
hayvonlarga ham xos bo‘lgan motorli, emotsional va obrazli xotiralardan farqli
ravishda faqat insonga xos bo‘lgan maxsus xotira. Xotiraning bu turi maktab va oliy
o‘quv yurtlaridagi o‘quv jarayonida bilimlarni o‘zlashtirishda etakchi o‘rinni
egallaydi.
Ilmiybaza.uz
Xotira faoliyat maqsadiga bog‘liqligiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiralarga
bo‘linadi. Biror narsani esda olib qolish yoki esga tushirish maxsus maqsadga ega
bo‘lmagan esda olib qolish va eslash ixtiyorsiz xotira deyiladi. SHunday maqsad
ko‘zlanganida ixtiyoriy xotira haqida so‘z yuritiladi.
Axborot saqlashning vaqt bo‘yicha belgilanganligiga bog‘liq ravishda xotirani
qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotiraga bo‘lish mumkin. CHegaralangan
vaqt (30 soniyagacha) ichida axborot saqlash xususiyatiga ega bo‘lgan va ushlab
qolinadigan elementlar sonining chegaralanganligi bilan ajralib turadigan xotira
qisqa muddatli xotira deyiladi.Bu xotira idrok qilinganlarning faqatgina
umumlashtirilgan obrazini, uning ahamiyatga molik elementlarini saqlab qoladi.
Xotira ushbu turining hajmi 5-7 ob’ekt bilan chegaralangan.
Uzoq muddatli xotira – materialni chegaralanmagan vaqt oralig‘ida va
axborotni chegaralanmagan hajmda ushlab qolish xususiyatiga ega bo‘lgan xotira
turlaridan biri.
Operativ xotira – ma’lum faoliyatni bajarishda namoyon bo‘ladigan, shu
faoliyatga qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiradan kelayotgan axborotni
saqlashga binoan xizmat ko‘rsatuvchi joriy faoliyatni bajarish uchun zarur bo‘lgan
xotira turi. Bu xotira turi axborotni saqlash davomiyligi va o‘z xossalariga ko‘ra
qisqa va uzoq muddatli xotiralar o‘rtasidagi oraliq holatni egallaydi. Operativ
xotirada materialning saqlanish vaqti operatsiyaning bajarilish davomiyligi bilan
aniqlanadi.
Anglanish darajasiga ko‘ra xotira mexanik va mantiqiy xotiraga bo‘linadi.
Mantiqiy xotira – yod olinishi zarur bo‘lgan materialdagi mantiqiy aloqalarni
o‘rnatish va tushunishga asoslangan xotira turi. Tafakkur va xotiraning aloqasi
psixologiyada mavjud bo‘lgan tushunarli bo‘lgan narsa oson eslab qolinadi, degan
aqidada qayd etiladi. Mexanik xotira o‘rganish va hayotiy tajriba orttirish qobiliyati
shaklida namoyon bo‘ladi.
Ko‘rib chiqilgan xotira turlari alohida o‘zlari mavjud bo‘la olmaydi. Fikr va
tushuncha xotirasi so‘z-mantiqiy xotira sifatida, shuningdek, har bir xususiy
vaziyatda ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz bo‘la
Ilmiybaza.uz
Inson xotirasini yaxshilash usullarning
mohiyati yod olinishi zarur bo‘lgan materialni
ma’lum taxlitda tuzishdan iborat. Mana
shunday usullardan ba’zilari.
Maromlashtirish metodi ma’lumotni marom yoki qofiya bilan bog‘liq bo‘lgan
she’r, qo‘shiq, satrlarga o‘tkazishdan iborat.
Emotsional assotsiatsiyalash metodi esda olib qolinadigan materialning inson
hissiy kechinmalari bilan aloqasiga asoslangan. Insondagi kuchli his-tuyg‘ular va
kechinmalar hosil qiladigan material oson esda olib qolinishi aniqlandi. Materialni
yaxshi va oson esda olib qolish uchun bu materialni yodlayotgan odamda qiziqish
uyg‘otishi kerak.
Aloqalar metodi matnning tayanch so‘zlarini yagona yaxlit hosilaga, yagona
hikoyaga birlashtirishdan iborat.
Joylar metodi ko‘rish assotsiatsiyalarga asoslangan: esda olib qolish kerak
bo‘lgan jismni aniq tasavvur qilib, uning obrazini xotirada oson topish mumkin
bo‘lgan joy obrazi bilan birlashtirish zarur. Bu metod jismlar va joylar izchilligi
tomonidan belgilangan assotsiatsiyalarga asoslangan.
Doimiy yo‘nalish sifatida ish joyigacha bo‘lgan yo‘l, xonadondagi xonalar va
xonalar ichkarisidagi alohida «joylar» (divan, shkaf, kreslo va boshqalar) joylashuvi
xizmat qilishi mumkin. Joylar ma’lum izchillikda raqamlanadi va esda olib qolinishi
zarur bo‘lgan jismlar ko‘rish obrazlarini xotirada qayd etgan holda tanlangan
yo‘nalish bo‘yicha joylashtiriladi. SHu tarzda zarur material ma’lum izchillikda esda
olib qolinadi.
7.Амалий тавсиялар.
Инсонга кўплаб турли-туман жисмлар ва ҳодисалар ўз таъсирини кўрсатади,
лекин бир мунча муддатдан сўнг биз идрок қилган жисмлардан баъзиларининг
образларини тасодифан ёки билган ҳолда хотирамизда тиклашимиз мумкин.
Бу ҳодиса тасаввур деб аталади.
Тасаввурларни хотиранинг бирламчи ва эмоционал таъсир образларидан
фарқлаш заруриятига эътибор қаратиш лозим.
5.4.Xotirani o`rganish metodlari va
amaliy tavsiyalar.
Ilmiybaza.uz
Хотиранинг бирламчи образлари деб, бевосита объектнинг идрок
қилинишидан сўнг пайдо бўладиган ва сониялар билан ўлчанадиган вақт
оралиғида сақланиб қоладиган образларга айтилади. Масалан, бир-икки сония
бирор жисм – ручка, стол лампаси, суратга тикилиб туринг, сўнг
кўзларингизни юмиб, уни иложи борича ёрқинроқ тасаввур қилишга ҳаракат
қилинг. Сиз дарҳол тез орада сўнувчан ва ғойиб бўладиган ёрқин ва жонли
образни ҳосил қиласиз. Хотиранинг бирламчи образлари изчил образларга
ўхшаш маълум хусусиятларга эга бўладилар: а) объектни идрок қилишдан
сўнг пайдо бўлади; б) давомийлиги жуда оз; в) ёрқинлиги, жонлилиги ва
кўргазмалилиги кўргазмали тасаввурларга қараганда кўпроқ бўлади; г) ягона
идрок илдизига эга, умумлаштиришдан иборат бўлмайди.
Иккинчи томондан, улар изчил образлардан фарқ қилувчи, ҳақиқий
тасаввурларга яқинлаштирувчи хоссаларга эга. Биринчидан, хотиранинг
бирламчи
образлари
идрок
қилишда
диққатнинг
маълум
объектга
йўналганлигига боғлиқ. Иккинчидан, ёрқин изчил образни ҳосил қилиш учун
узоқ вақт (15-20 сония) маълум объектга тикилиб туриш лозим, хотиранинг
ёрқин бирламчи образлари эса давомий бўлмаган идрок қилиш (1-2 сек.) вақт
оралиғида ҳосил бўлади.
Эмоционал таъсир образлари деб, бир жинсли объектлар ёки кучли
ҳиссий таъсир кўрсатган объектни давомли идрок қилгандан сўнг онгда ўта
жонлилик билан пайдо бўладиган ихтиёрсиз образларга айтилади образлари
етарлича ёрқин рангларда пайдо бўлади. Qандайдир куйни тинглаганингиздан
сўнг у узоқ вақт «қулоқларингиз остида жаранглаб туради». Кўпинча, бу
ҳиссиётларни жунбушга келтирган куй бўлиб чиқади. Эмоционал таъсирли
образлар аниқлиги ва кўргазмалилиги, ва ихтиёрсизлиги, шунингдек,
умумлаштиришга эга бўлмаган идрокнинг оддий нусхаси эканлиги билан
изчил образларга ўхшаш бўлади. Лекин улар изчил образлардан идрокдан вақт
Ilmiybaza.uz
бўйича бир неча соатлар, баъзида эса ҳатто бир неча кунлар билан ажратилган
бўлиши билан фарқ қилади.
Кўриш типига мансуб одам матни эсга туширади, китоб саҳифасини
тасаввур қилиб, хаёлан уни мутоала қилади. Агар қандайдир рақамларни,
масалан телефон рақамини эслаб қолиш керак бўлиб қолса, уни қоғозда
ёзилган тарзда тасаввур қилади.
Эшитиш типига мансуб одам матнни хотирлаб, талаффуз этилаётган
сўзларни эшитгандек бўлади. Рақамлар ҳам эшитиш образи шаклида ёдда
сақланади.
Ҳаракатли типга мансуб одам матн ёки рақамларни ёдда сақлаб қолиш
учун уларни ичида қайтаради. Ёрқин ва жонли тасаввурлар устунлиги
кузатиладиган одамлар тасаввурларнинг образли типига мансубдир. Бундай
одамларнинг психик ҳаётида тасаввурлар катта аҳамиятга эга. Масалан,
қандайдир воқеаларни хотирлаб, улар хаёлан бу воқеаларга тегишли бўлган
алоҳида саҳналарни «кўрадилар»; бирор нарса ҳақида мулоҳаза юритиб ёки
гапириб, кўргазмали образлар ва ҳ.к.лардан кенг фойдаланадилар.
Қатор тадқиқотлар натижаларига кўра, болалар ҳаётидаги ҳодисалар
тўғрисидаги биринчи хотиралар 1,5 ёшда пайдо бўлади. Шунинг учун айнан
шу вақтда болаларда «эркин тасаввурлар» пайдо бўлади. Уч ёшга келиб эса,
кўриш тасаввурлари бола ҳаётида муҳим аҳамият касб этади. Икки ёшда
нутқий
тасаввурлар
юқори
ривожланиш
нуқтасига
етади.
Бундай
тасаввурларсиз боланинг нутқни эгаллаши, унинг катталар билан мулоқоти
жараёнларини амалга ошириб бўлмайди.
Тасаввурлар мактабгача ёшдаги боланинг психик ҳаётида ўта муҳим
ўринни эгаллайдилар. Одатда, бу ёшдаги бола образлар ёрдамида кўргазмали
фикр юритади. Лекин болалардаги бирламчи тасаввурлар ёрқин бўлмайди.
Психологик тадқиқотларга кўра, тасаввурларнинг аниқлиги ва ёрқинлиги
машқларни бажариш таъсирида ошиб боради. Тасаввурлар ривожланишининг
муҳим шарти бўлиб етарлича бой бўлган перцептив маълумотларнинг
мавжудлиги ҳисобланади. Бундай тасдиқланишнинг моҳияти тасаввурларнинг
Ilmiybaza.uz
идрокнинг одатий усулига боғлиқлигидан иборатдир ва бу ҳолат аниқ
муаммоларни ҳал этишда ҳисобга олиниши зарур. Масалан, кўпчилик чет
тилидаги сўзларни кўриш орқали, ўз она тилидаги сўзларни эса эшитиш-
ҳаракат орқали тасаввур қилади. Бу ўз тилимизни доимо эшитишимиз ва
одамлар билан мулоқот жараёнида нутқни ўрганишимиз, чет тилини эса,
одатда, китоблар ёрдамида ўрганишимиз билан тушунтирилади. Натижада чет
тилидаги
сўзларни
тасаввур
қилиш
кўриш
образлари
кўринишида
шаклланади.
5.5 ХОТИРАНИ ЯХШИЛАШ ВА ХОТИРА МАШҚИ
Кишиларнинг исмини ёки берилган боб материалини тезроқ ва яхшироқ
эслаб қолиш учун кундалик ҳаётимизда quyidagilarni bajarishimiz mumkin.
Баъзан бизни хотирамиз пастлиги хавотирга солади: биз таниш
исмларни ёки энг муҳим нарсаларни эслаб қола олмаслигимиздан;
суҳбатимиз мавзусини йўқотиб, кирган хонамизда бизга нима
кераклигини ёддан чиқариб қўйишимиздан қўрқиб кетамиз (Неггтапп,
1982). Бундай хотира сусайишини бартараф этиш учун нима қилиш
керак?
Кириш қисмида гап борган PRTR (эсда олиб қолиш) методи мазкур
машқларни таклиф этади :
Материални бир неча бор қайтаринг, узоқ муддат эслаб қолиш имконини
беради. Эринманг. Исмни ёдда сақлаб қолиш учун уни талаффуз қилган
заҳотиёқ такрорланг, бироз кутиб, яна қайтаринг.
Такрорлаш ва материал билан ишлашга кўпроқ вақт ажратинг.
Минимал даражада такрорлаш билан мураккаб материални тез ўқиш (юзаки
кўз югуртириш) унинг хотирада қолишига ёрдам бермайди. Материални
такрорлаб, уни танқидий англаш катта фойда келтиради. Фаол машқ қилиш
(ёдлаш) лозим.
Материални эслаб қолиш учун уни ўзингизга қулай қилиб ташкил
этинг. Кейин уларнинг мазмунини яхши эслаб қолиш учун мантларни
Ilmiybaza.uz
конспект қилиб, маърузаларни ўз сўзларингиз билан ёзиб олинг. Ахбаротнинг
онгсиз равишда такрорлашдан маъно йўқ. Яхшиси ассоциатив (боғланишли)
алоқаларни ўрнатиб, маълумотларни тартибга солиш, янги материални сиз
ўзингиз билган ва бошингиздан ўтказган нарсалар билан солиштиринг ҳамда
ўз фикрингиз билан қайта ҳикоя қилиб беринг. Буларсиз сиз ноқулай вазиятга
тушиб қолишингиз ва агар савол сиз режалаштирмаган шаклда берилган
пайтда ушбу саволни тушунмай қолишингиз мумкин. Гапларни эслаб
қолишнинг муфассал гуруҳини ташкил этишнинг кўпроқ тасаввурларига эга
бўлинг.
Нотаниш тушунчаларни ёдда сақлаб қолиш учун мнемоик (эсга
олишни осонлаштирадиган) услублардан фойдаланинг, нотаниш сўзларни
таян-сўзлар билан боғланг. Номланишларни образли тасаввур қилиш учун
вазиятларни ўйлаб топинг. Маълумотларни акронимларга ажратиб чиқинг.
Ассоциатив (боғланишли) алоқалар орқали хотирада ахбаротни
янгилаб туринг.
Ҳаёлан эслаб қолиш рўй берган вазият ва кайфиятни ўзингизда
тасаввур қилинг. Ҳаёлан уша жойларга қайтиб боринг. Ҳар бир айтмоқчи
бўлган фикрингиз кетма-кетлиги аввалгисининг ортидан келиши учун қулай
тарзда вазиятларни ёдга олинг.
Воқеалар яхши ёдда сақланиб турганида ҳамда сиз уларни эсдан
чиқиб қолиши даражасига етказмасдан эсга олишга ҳаракат қилинг.
Турли хил маълумотларнинг аралашиб кетиш эҳтимолини минимум
даражага келтиринг. Бир вақтнинг ўзида бир-бирига ўхшаш мавзуларни,
масалан испан ва француз тилларини биргаликда ўрганманг, чунки бири
иккинчисига ҳалақит қилади.
Бир вақтнинг ўзида биладиган билимларингизни ҳам мустаҳкамлаб,
ҳам аниқлаштириб олиш учун ўз билимларингизни такрорланг. Кейинчалик
ахбаротларни ёдга олиш керак бўлганда, ўзингизга ортиқча даражада ишониб
юборманг. Ўзлаштирганларингизни такрорланг. Тоза қоғозга бўлимлар
режасини тузиб олинг. Турли хил тушунчаларга мустақил тарзда бобнинг
Ilmiybaza.uz
сўнгида уларни ўқиб чиққинунгизга қадар уларга таъриф беринг. Машқ
қилинг. Матнларда, хусусан мазкур бобдаги яхши ўзлаштириш маслаҳатлари
сизга ёрдам бериши мумкин.
Ўзини текшириб кўрмасдан ўзига ишониш, ўзига ортиқча баҳо
беришга олиб келишини Юджен Цехмейстер ва Джон Шогнессилар
талабаларнинг икки гуруҳи билан тажрибалар ўтказиш жараёнида
аниқладилар. Биринчи гуруҳ талабалари ўнлаб аниқ фактларга асосланган
фикрларни бир неча маротаба қайта-қайта ўқиб чиқиб, сўнгра ўз
фикрларини ҳар бир фактга нисбатан сўзлаб бердилар, кейин эса уларни
қай даражада яхши эслаб қолганликларини билиш учун текшириб
кўришди. Кейинчалик текширувда ўзлари жавоб бера олмаган саволлари
учраган бўлса хам, ушбу гуруҳ талабалари ўз кучларига жуда ишонар эди.
Иккинчи гуруҳ талабалари фикрларни ўқиб чиқишди, бироқ қолган вақт
мобайнида амалий машғулотлар билан банд бўлишди – саволларга жавоб
қайтаришди. Бунинг учун ўқиб чиққанларини эсга олишга тўғри келди.
“Кўп карра ўқиб чиққан” гуруҳ талабалари билан таққослаганда, иккинчи
гуруҳ талабалари хотирани текшириш тестларида бир хил яхши
кўрсаткичларга эришдилар. Ундан ташқари, ушбу гуруҳ талабалари
нимани яхши билишлари-ю, нимани яхши билмасликлари тўғрисидаги
саволларга яхши жавоб бера олишди. Шундай қилиб, ўзи-ўзини текшириб
кўриш услуби материалларни яхши эслаб қолиб, муаммоларни аниқлаш ва
шу орқали биз ҳали билмайдиган нарсаларимизга кўпроқ диққатимизни
жамлаш имкониятини беради. Бир сафар Британия бош вазири Бенджамин
Дизраэли шундай деган эди: “Сиз кам билишингизни тушунингиз, бу-
билим олиш учун қўйилган катта қадамдир”.
Хотира психологияси уни мукаммаллаштиришнинг аниқ ва равон
услубларини таклиф этади. Улар орасида: узоқ муддатга эслаб қолиш;
фаол тарзда такрорлаш, фойдали, жонли, образли ассоциатив алоқаларни
ташкил этиш, ёдда тутиш машқлари; ҳаёлан аниқ бир вазият ва кайфиятга
мурожат этиш; хотирадагилар ёлғон хабар орқали йўқолиб кетмасдан
Ilmiybaza.uz
олдин қайта хикоя қилиш; ахборотлар аралашиб кетишига йўл қўймаслик;
ўзи-ўзини назорат қилиш ва такрорлашдир.