O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
__________________________________ fakulteti
_______________________________________yo’nalishi
____-bosqich talabasi
___________________________________________ fanidan
SODDA VA MURAKKAB MASALALAR
mavzusida
KURS ISHI
Qabul qildi: ___________________
Toshkent - 2023
1
Mundarija
Kirish ..................................................................................................... 2
I Bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy
asoslari. .................................................................................................. 5
1.1. Boshlang’ich sinf matematika kursida matnli masalalar ......... 5
1.2. Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari .......... 10
1.3. Matematik masalalar va ularning turlari ............................ 15
II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga
o’rgatish metodikasining umumiy masalalari ................................. 26
2.1.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish
ko’nikmasini shakllantirish metodikasi ........................................... 26
2.2.
Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish ..................................... 33
Darsning borishi: ................................................................................ 36
X U L O SA ......................................................................................... 43
Foydalanilgan adabiyotlar: ............................................................... 44
2
Kirish
Bugungi kunda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish
maqsadida bir qator yangi qarorlar qabul qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 2017- yil 20- apreldagi PQ – 2909 – sonli qarori oliy ta’lim tizimini
tubdan
takomillashtirish,
mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no- mazmunini
tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali
mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darsligida juda ham ko’p
uchraydigan masalalar va ularning yechimlarini topish haqidagi ma’lumotlarni biz
1-sinfdayoq ularga o’rgatib, ulardagi bilish va fikrlash qobiliyatini o’stirib
borishimiz juda ham muhimdir. Masala yechishga o’rgatishning muhimligi shundan
iboratki, o’qituvchi o’zining asosiy e’tiborini matnli masalalar mazmunini
matematika tiliga ko’chirishga qaratmog’i lozim. Avvalo, mukammal matematik
tushunchalarni shakllantirish, ularning dasturda belgilab berilgan nazariy bilimlarni
o’zlashtirishlarida favqulodda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz
o’quvchilarda qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni xohlasak, buning
uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli
har gal to’plamlarni birlashtirish amalini bajarib borishi lozim.1-sinfda bir va ikki
amalli masalalar o’rgatiladi. Masalalar yechishdagi hisoblash ishlari sonli
masalalarni yechish malakalarini shakllantirish mashq qilishga nisbatan kamroq
vaqtni talab qiladi. Masalan, biz o’quvchilarga masalaning yechimlari haqida to’liq
tushuncha berganimizdan so’ng, bu yechgan masalamizning o’quvchi tushunib
yecha olishi uchun biz masalaning eng ratsional qismini aniqlab va shu usulda
masala yechishga ko’proq o’quvchini jalb qilishimiz kerak.
Masalalalarni yechishning jadval usuli, masalalar va ularni taqqoslashni
ikkinchi sinfda o’rgatiladi. Bu davrda o’quvchilarning fikrlash doirasi yanada
kengayadi, ularni jadvalga qarab masala tuzishga, o’zaro teskari masalalar tuzishga
va ularni taqqoslashga undaladi. Bоshlang’ich sinflarda o’rganiladigan masalalar
3
yеchishning u yoki bu nazariy matеriallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim o’rnini
ta’kidlab, dasturda shunday dеyiladi: “Natural sоnlar arifmеtikasi, nоlni o’rganish
maqsadga muvоfiq masalalar va amaliy ishlar sistеmasi asоsida tuziladi. Bu dеgan
so’z har bir yangi tushunchani tarkib tоptirish har dоim bu tushuncha ahamiyatini
tushuntirishga yordam bеradigan, uning qo’llanishini talab qiladigan u yoki bu
masalani yеchish bilan bоg’lanadi”. Sоdda masalalar o’quvchilarni matеmatik
munоsabatlar bilan tanishtirishning muhim vоsitalaridan biri bo’lib хizmat qiladi.
Sоdda masalalardan ulushlar, qatоr gеоmеtrik tushunchalar va algеbra elеmеntlarini
o’rganishda ham fоydalaniladi. Sоdda masalalar o’quvchilarda murakkab
masalalarni yеchish uchun zarur bo’ladigan bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni
tarkib tоptirish uchun asоs bo’lib хizmat qiladi. Yechilishi uchun bir nеchta o’zarо
bоg’liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar dеyiladi.
Boshlang’ich sinflar uchun matematika dasturida bolalarni masalalarni
yechishga o’rgatishga katta ahamiyat bergan. Bu dasturda bolalarga masalalarni
yechishda ular oldindan o’rgangan arifmetik amallarning xossalaridan foydalanishi
va o’zlariga ma’lum bo’lgan usullardan eng ratsionalini tanlay olishga o’rgatish
zarurligi ta’kidlangan. Shunday qilib, masalani yеchish uchun bеrilgan sоnlar va
izlanayotgan sоn оrasidagi qatоr bоg’lanishlarni aniqlash va ularga muvоfiq
ravishda arifmеtik amallarni tanlash, so’ngra bu amallarni bajarish zarur. Shuning
uchun biz ushbu mavzu ya’ni boshlang’ich sinflarda matematikadan sodda
masalalarni yechishda o’quvchilar qiziqishini shakllantirish yo’llarini ushbu bitiruv
malakaviy ishimizda ishlab chiqishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Yuqorida
aytib o’tilgan fikrlar ushbu mavzuning dolzarbligini ifoda etadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Boshlangich sinflarda matematikani
o’qitish samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni
qo’llash usullarini ishlab chiqish, dastur materiallariga mos matnli masalalarni
o’rganishning samarali usullarini aniqlash yangi pedagogok texnologiyalardan
foydalanib masala yechishni amalga oshirish yo’llarini izlashdan iborat. Bitiruv
malakaviy ishning vazifalari quyidagilarni tashkil etadi.
1.
Boshlang’ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar asosida matematika
4
darslarini tashkil etishning mavjud holatini o’rganish .
2.
Matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tashkil
etishning ob’yektiv va sub’yektiv omillarni aniqlash .
3.
Boshlang’ich
sinflarda
matematika
darslarini
zamonaviy
texnologiyalar asosida tashkil etishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, metod va
vositalarni belgilash.
4.
Boshlang’ich sinf matematika darslarini ta’limning zamonaziy interfaol
metodlari asosida tashkil etishda maxsus metodlarni tajriba -sinovdan o’tkazish va
uning samaradorligini aniqlash.
Kurs ishining obyekti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang`ich
sinf matematika darslaridagi o’qitish jarayoni.
Umumta’lim maktablarining boshlang`ich sinf matematika darslarida
masalalar haqidagi tushunchalarni shakllantirish mazmuni, usullari va samarali
vositalari.
Kurs ishining tuzilishi: kirish, asosiy qism boblari, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro’yhatlaridan iborat.
5
I Bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy asoslari.
1.1. Boshlang’ich sinf matematika kursida matnli masalalar
Turmushda sonlar bilan bog’liq bo’lgan cheksiz ko’p hayotiy vaziyatlar
vujudga keladiki, bu sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarish talab qilinadi.
Yechilishi uchun bitta arifmеtik amal bajarilishi zarur bo’lgan masala sоdda masala
dеyiladi.
Bular quyidagilardir:
1.
Yosh tabiatshunoslarga 15 tup olma ko’chati va 10 tup olxo’ri ko’chati
ajratildi . Yosh tabiatshunoslarga qancha ko’chat ajratilgan?
2.
Yengil mashina yo’lda 4 soat bo’ldi va soatiga 56 km tezlik bilan yurdi.
Mashina qancha masofani bosib o’tdi?
3.
Do’konda 2 bo’lak chit sotildi. Birinchi bo’lak uchun 180 so’m, ikknchi
bo’lak uchun ikki marta ko’p pul berishdi, ikkinchi bo’lak uchun qancha pul
berishgan?
Ta’lim maqsadlarida ko’pincha obstrakat vaziyatlardan foydalaniladi va
muhim masalalar deb ataluvchi masala hosil qilinadi. Masalan: 8 ni hosil qilish
uchun 12 dan qaysi sonni ayirish kerak? Biz marta arifmetik masalalarni ko’rib
chiqdik. Ularda qanday umumiylik bor?
Avvalo har bir masala berilgan va noma’lum sonlarni o’z ichiga oladi.
Masaladagi son to’plamlar sonini yoki miqdorlarning qiymatini harakterlaydi,
munosasbatlarini ifodalaydi yoki berilgan mavhum sonlar bo’ladi. Masalan 1-
masalada 15 soni olma ko’chatlari to’plamini sonini haraterlaydi. 2-masalada 56
soni miqdor uzunlikning qiymatidir. 3-masalada 2soni ikki sonning munosabatini 2
va 1-bo’lakdagi chitning bahosini ifodalaydi. 4-masalada 12, 8 mavhum sonlar
berilgan bo’lib , bular mos ravishda kamayuvchi va ayirmadir. Har bir masalada
shart va savol bo’ladi. Masala shartida berilgan sonlar orasidagi va berilgan sonlar
bilan izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanish ko’rsatiladi, bu bog’lanishlar tegishli
arifmetik amallarni tanlashni belgilab beradi. Savol esa qaysi son izlanayotgan son
ekanligini bildiradi.
6
Masalan, 2-masalaning sharti: yengil mashina yo’lda 4 soat bo’ldi va soatiga
56 km tezlik bilan bosib o’tdi? Masalani yechish bu masala shartida berilgan sonlar
va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni ochib berish va bu asosda arifmetik
amallarni tanlash, keyin esa ularni bajarish hamda masala savoliga javob berish
demakdir.
Yuqorida keltirilgan masalaning yechilishini ko’ramiz. 1-masala sharli olma
va olxo’ri ko’chatlari to’plamlar birlashmasi amalini aniqlaydi. Masala savoli
mazkur to’plamlar birlashmasi amali masala yechilishi uchun zarur bo’lgan berilgan
sonlarni qo’shish amaliga mos keladi. 15+10=25 masala savoliga javob: yosh
tabiatshunoslarga 25 tup ko’chat ajratilgan.
2-
masala shartidan mashinaning tezligi va uning harakaty vaqti ma’lum.
Mashina bosib o’tgan yo’lni topish talab etiladi. Bu kattaliklar orasidagi mavjud
bog’lanishdan foydalanib masalani yechamiz: 56∙4=224 masala savoliga javob:
mashina 224 km yo’l bosgan.
3-
masalani yechamiz uchun 2 marta ko’p ifodani ma’nosini bilishdan
foydalaniladi. 18∙2=36 masala savoliga javob: 2-bo’lak 36 so’m turadi.
Ko’rib turibmizki, hayotiy vaziyatdan arifmetik amallarga o’tish turli
masalalarda berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi turli bog’lanishlar bilan
belgilanar ekan.
Masalalarning turlari haqidagi masalaga to’xtalamiz: hamma arifmetik
masalalar ularni yechish uchun bajariladigan amallar soniga qarab soda va nurakkab
masalalarga bo’linadi. Yechilishi uchun bitta arifmetik amal bajarilishi zarur bo’lgan
masala sodda masala deyiladi. Yechilishi uchun bir-biri bilan bog’liq bo’gan bir
nechta ular bir xil amal bo’lishidan qat’iy nazar amaliy bajarish zarur bo’lgan masala
murakkab masaladir.
Sodda masalalarni qanday amal yordamida yechilishiga qarab (qo’shish,
ayirish, ko’paytirish, bo’lish bilan yechiladigan sodda masalalar) yoki ularning
yechilashi davomida shakillantiriladigan tushunchalarga bog’liq ravishda turlarga
ajratish mumkin.
7
Masalalar yechish jarayonining o’zi ma’lum metodika o’quvchilarning aqliy
rivojlanishiga ancha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, chunki u aqliy operatsiyalarni analiz va
sintez, konkretlashtirish va abstraklashtirish, taqqoslashi, umumlashtirilishi talab
etiladi. Masalan, o’quvchi istalgan masalani yechayotganida analiz qiladi, savolni
masala shartida ajratadi, yechish planini tuzayotganida sintez qiladi, bunda
konkretlashtirishdan (masala shartini hayolan chizadi) so’ngra abstraklashdan
foydalanadi (konkret situatsiyadan kelib chiqib arifmetik amalni tanlaydi) biror bir
turdagi masalalarni ko’p marta yechish natijasida o’quvchi bu turdagi masalalarda
berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishlar haqidagi bilimni
umumlashtiradi, buning natijasida bu turdagi masalalarni yechish usuli
umumlashtiriladi.
Bolalarni masala yechishga o’rgatish – bu berilgan va izlanayotgan sonlar
orasidagi bog’lanishni aniqlashni va buning asosida arifmetik amallarni bajarishni
o’rganish demakdir.
Masalalarni yechish uquvida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan markaziy
zveno berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni o’zlashtirishdir.
Bolalarning masalalr yecha olish uquvlari va bu bog’lanishlarni qanchalik yaxshi
o’zlashtirganliklariga bog’liqdir. Shuni hisobga olgan holda boshlang’ich sinflarda
yechilishi berilgan sonlari va noma’lumlar orasidagi bir xil bog’lanishlarga
asoslangan konkret va mazmuni va soni berilganlari bilan esa farq qiluvchi masalalar
gruppasi bilan ish ko’riladi. Bunday masalalar gruppasini bir turdagi masalalar deb
ataymiz.
Masalar ustida ishlash o’quvchilarni avval bir turdagi masalalarni yechishga,
so’ngra boshqa turdagi masalalarni uechishga, so’ngra boshqa turdagi masalalarni
yechishga majburlashga olib kelinishi kerak emas. Uning asosiy maqsadi
o’quvchilarni turli hayotiy vaziyatlardagi berilgan sonlar va izlanayotgan son
orasidagi ma’lum bog’lanishlarni ularni murakkablashib borishini ko’zda titgan
holda aniqlay olishga o’rgatishdir. Bunga erishish uchun o’qituvchi bu turdagi
masalalarni yechishni o’rgatish metodikasida ma’lum maqsadlarni ko’zlaydigan
bosqichlarni ko’zda tutish lozim.
8
Birinchi bosqichda o’qituvchi ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechishga
tayyorgarlik ishini olib boradi. Bu bosqichda o’quvchilar mazkur masalalarni
yechishda tegishli amallarni tanlash uchun asos bo’ladigan bog’lanishlarni
o’zlashtirishlari lozim.
Ikkinchi bosqichda o’qituvchi ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechilishi
bilan o’quvchilarni tanishtiradi. Bunda o’quvchilar berilgan sonlar va noma’lum son
orasidagi bog’lanishni aniqlash, buning asosida arifmetik amallarni tanlashni
o’rganadilar, ya’ni masalada ifodalangan konkret, vaziyatdan tegishli arifmetik
amalni tanlashga o’tishni o’rganadilar. Bunday ishlarni olib boorish natijasida
o’quvchilar ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechish usuli bilan tanishadilar.
Uchinchi bosqichda o’qituvchi ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechish
uquvini shakllantiradi. O’quvchilar bu bosqichda ko’rilayotgan turdagi istalgan
masalani uning konkret mazmunidan qat’iy nazar yechishni o’rganishlari kerak,
ya’ni bu turdagi masalalarni yechish usullarini umumlashtirishlari lozim.
Yuqorida qayd qilingan bosqichlar ustida ishlash metodikasini mufassalroq
qarab chiqamiz.
U yoki bu turdagi masalalarni yechishga tayyorgarlik ko’rishi arifmetik
amallarni tanlashda berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi qanday
bog’lanishning tayanishga bog’liq. Shunga muvofiq ravishda maxsus mashqlar
o’tkaziladi.
1.
Ko’p hollarda – masalalar yechishga qadar to’plamlari ustida amallar
bajaradi. Masalan, ko’p sodda masalalarni yechilishi bilan tanishtirish oldidan
to’plamlar ustida amallarga doir mashqlar berish lozim. Bunda to’plamlarning
elementlari konkret predmetlar bo’lishi kerak (cho’plar, qog’ozlar, qiyilgan
geometrik figuralar, rasmlar va hokazolar). Masalan, yig’indini topishga doir
mashqlar taklif qilinadi.
Quyonchalar solingan savatlarni oling. (bolalar buni bajaradilar). O’tloqda 4
ta quyon sakrab yurardi. Ularning yoniga yana 3 ta quyoncha kelib qo’shildi. (yana
9
3 ta suratni olib qo’yadilar). Hammsi bo’lib nechta quyoncha bo’ldi? (bolalar
suratlarni sanaydilar). Biz 4 ga 3 ni qo’shdik: (suratlarni korsatadilar ) va 7 ni hosil
qildik.
Ayirishga doir masalalarni yechishda to’plamning bir qismini ajratish
ko’paytirishda teng sonlar to’plarini birlashtirish, bo’lishda to’plamni teng sonli
to’plamlarga ajratish tayyorgarlik ishi bo’ladi.
To’plamlar ustida amallar yordamida ,, … ta katta, ortiq’’ , ,, … ta kichik’’ ,
,, … marta katta’’ , ,,… marta kichik’’ ifodalarning ma’nosi ochib beriladi,
bu ayirma va karrali munosabat bilan bog’langan masalalarni kiritishga tayyorgarlik
bo’ladi.
2.
Arifmetik masalalar kattalikdan (uzunlik, massa), hajm, vaqt va
boshqalar bilan bog’langan, shuning yoki bu masalaga yangi kattalik bilan
tanishtirish kerak. Bundan keyingi ishlarda foydalanish uchun ba’zi kattaliklarni
bolalar ayrim daftarga yozib borishlari foydali bo’ladi.
3.
Ko’p masalalarni yechishda amallar bu kattalikdan orasidagi mavjud
bog’lanishlarga asoslanib tanlanadi. Amallarni tanlashda o’quvchilar bu
bog’lanishlarni idrok qila olishlari va foydalana bilishlari uchun kattaliklar orasidagi
bog’lanishlarni masalalarni bu kattaliklarning konkret ma’nosi asosda yechish yo;li
bilan ochib berishi kerak. Masalan, quyidagi masalani yechish kerak: ,,Har donasi 4
so’mdan 3 ta otkritka sotib olindi. Qancha pul to’langan?’’ Bu masalani yechish
uchun ushbu bog’lanishdan foydalaniladi: agar tovar bahosi va soni ma’lum bo’lsa,
uning (hajmi) jamini ko’paytirish amali yordamida topish mumkin.
O’quvchilar u yoki bu bog’lanishni o’zlashtirishlari uchun maqsadga
qaratilgan, kuzatishlarni tashkil qilish lozim. Masalan, baho, miqdor va jami puli
biln tanishtirish maqsadida do’konga sayohat tashkil qilish mukin, bunda
o’quvchilar baho bilan tanishadilar, ba’zi tovarlarning bahosini o’z daftariga yozib
qo’yadilar, oldi-sotdi jarayonini kuzatadilar. Keyinchalik darsda bolalar ma’lum bah
ova miqdori bo’yichicha jamini topishga doir sodda masalalar tuzadilar, so’ngra
ko’paytirish amalining konkret ma’nosi haqidagi bilmga asoslanib, bu
10
masalani yechadilar. Masalani yechilishini ko’rganlaridan so’ng agar baho
va miqdori ma’lum bo’lsa, jami pulni ko’pytirish yordamida topish mumkinligiga
e’tibor beradilar. O’quvchilar bu bilimdan keyinchalik sodda masalalarni ham
murakkab masalalarni ham yechishda foydalanadilar.
Masalaning har bir, ayrim turi ustida ishlash o’ziga xos maxsus tayyorgarlik
ishini talab qiladi, bu haqda har bir turdagi masalalarni yechish metodikasini
qaralayotganda aytiladi.
Tayyorgarlik ishlarini ko’zda tutgan holda bolalarni ko’rilayotgan turdagi
masalalarning yechilishi bilan tanishtirishga o’tish mumkin.
1.2. Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari
Masalalar yechishga o’rgatishda quyidagi etaplarga
rioya
qilish
maqsadga muvofiqdir.
1-etap-masala mazmuni bilan tanishtirish; 2-etap-masala yechimini izlash;
3-
etap-masalani yechish;
4-
etap-masala yechimini tekshirish.
Ajratilgan etaplarga bir-biri bilan uzviy bog’langan va bu bosqichning har
bir etapida ish asosan o’qituvchining rahbarligida olib boriladi.
Har bir etapda ishlash metodikasini batafsil ko’rib chiqamiz.
1.
Masala mazmuni bilan tanishtirish. Masala mazmuni bilan tanishtirish
uni o’qib, masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni ko’z oldiga keltirish demakdir.
Masalanui odatda bolalar o’qiydilar.
Masala matni bolalarda bo’lmagan taqdirda yoki ular hali o’qishni
bilamagan holda, masalani o’qituvchi o’qiydi. Bolalarni masalani to’g’ri o’qishga
o’rgatish juda muhimdir. Amalni tanlashni belgilab beradigan ,,bor edi’’, ,,jo’nab
ketdi’’,
,,qoldi’’, ,,baravardan bo’ldi’’kabi so’zlarga va soni ma’lumotlarga urg’u
berib o’qish masala savolini intonatsiya bilan ajratib o’qish. Agar masala tekstida
tushunarsiz so’zlar uchrasa ularni tushuntirish yoki masalada gap ketayotgan
predmetni, masalan, buldozer, o’rish mashinasi va hokazoni ko’rsatish mumkin.
Masalani bolalar bir-ikki marta, ba`zan bir necha marta o’qiydilar, biroq
11
masalani bitta o’qiganda esda qolishga ularni asta-sekin o’rgatib borish kerak,
chunki bu holda ular masalani ko’proq diqqat bilan o’qiydilar.
Masalani o’qiganda, bolalar masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni
tasavvur qila olishlari lozim. Shu maqsadda bolalar masalani o’qib bo’lishganidaqn
keyin masalada nima to’g’grisida gap ketayotganini tasavvur qilib ko’rishlari va
hikoya qilib berishlarini taklif qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
2.
Masala yechimini izlash. Masala mazmuni bilan tanishgandan so’ng
uning yechimini izlashga o’tish mumkin o’quvchilar masalaga kirgan kattaliklar,
berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratib ko’rsatishlari, berilgan sonlar va
izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni aniqlashlari va buning asosida
tegishli arifmetik amalni tanlashlari kerak.
Yangi turdagi masalalarni kiritilayotganida masala yechimini izlashga
o’qituvchi rahbarlik qiladi, keyinchalik o’quvchilar buni mustaqil bajaradilar. U
holda ham bu holda ham kattaliklar, berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratish,
ualr orasidagi bog’lanishlarni aniqlashda bolalarga yordam beradigan maxsus
usullardan foydalaniladi. Bunday usullar jumlasiga masalani ilyustratsiyalash,
masalani takrorlash, masalani tahlil qilish va eshitish planini tuzish kiradi. Bu
usullarning har birini ko’rib chiqamiz:
Masalani ilyustrasiyalash bu masalaga kirgan kattaliklar berilgan va
izlanayotgan, sonlarni ajratish va ular orasida bog’lanishni, aniqlash uchun
ko’rsatmali qurollardan foydalanish demak.
Illyustratsiya predmetli yoki semantik bo’lishi mumkin. Birinchi holda
masalada aytilayotgan predmetlardan yoki bu predmetlarning rasmlaridan
illyustratsiya sifatida foydalaniladi, ular yordamida predmetlar ustida tegishli
amallar ilyustratsiya qilinadi.
Masalan, quyidagi masalani illyusratsiya qilish kerak. ,,Bolalar chana
uchayotgan edi. Ulardan 5 ta qiz bola va 2 ta o’g’il bola uyiga ketishdi. Hammasi
bo’lib uyga nechta bola ketgan?’’ bunday paytda ilyustratsiya uchun bolalarning
o’zlaridan foydalangan ya’ni: doskaga chana uchayotgan bolalarni o’ynovchi
o’quvchilarni chiqarish kerak, so’ngra 5ta qiz uyga ketganini, ya’ni chetga
12
chiqqanini keyin 2 ta o’g’il bola uyga ketganini (qizlarga borib qo’shilishadi)
ko’rsatish kerak. Shunday qilib, to’plamlarni birlashtirish ilyustratsiya qilinadi va
garchi bolalar ketdi deyilsa ham bolalar masala qo’shish amali yordamida yechishi
o’quvchilarga ravshan bo’ladi. Predmetlarning o’zidan ko’ra ko’pincha ularning
rasmlaridan yoki boshqa predmetlardan foydalaniladi.
Predmetli illyustratsiya masalada tasvirlangan hayotiy vaziyat to’g’risida
yaqqol tasavvur qilishga yordam beradi, bu keyinchalik amalni tanlashda asosiy
moment bo’lib xizmat qiladi. Predmetli illyustratsiyadan yangi turdagi masalalarni
yechish bilan tanishtirilayotganda ko’proq sinfda foydalaniladi.
Predmetli illyustratsiya bilan bir qatorda 1-sinfdan boshlab seatik
illyustratsiyadan foydalaniladi- bu masalani qisqa yozib olishdir.
Qisqa yozuvda ko’zdan kechirish uchun qulay formada kattaliklar berilgan
va izlanayotgan sonlar shuningdek masalada nima to’g’risida gap ketayotganini
bildiruvchi ba’zi so’zlar, ,,bor edi’’, ,,qo’ydik’’, ,,bo’ldi’’ va h.k. va munosabatni
bildiruvchi so’zlar: ,,katta’’(ko’p), ,,kichik’’ (kam) va h.k. yozib qo’yiladi.
Qisqa yozuvni jadval ko’rinishida yoki, jadvalsiz, shuningdek chizma
formasida bajarish mumkin. Misollar ko’raylik, 1-masala: Baliqchi 10 ta
cho’rtanbaliq, cho’rtanbaliqlardan 8 ta ko’p tangabaliq tutdi. Baliqchi qancha
cho’rtanbaliq va tangabaliq tutgan? Bu masalani jadvalsiz qisqa yozib olish
maqsadida : Cho’rtanbaliq - 10 dona
Tangabaliq -?,8 dona ortiq
2-
masala. Traktor 6 soat ish vaqtida 48 litr yonilg’i sarfladi. Yonilg’i
soatiga o’sha normada sarf bo’lganda 12 soatda traktorga qancha yonlig’i kerak
bo’ladi? Bu masalani jadvalda yozib olgan yaxshi.
Yoqilg’i sarf bo’lish
normasi
Ish vaqti
Sarf bo’lgan jami yoqilg’i
Bir xil
6 soat
12 soat
48 litr
?
Keltirilgan misoldan ko’rinib turibdiki, jadval formada kattaliklarning
13
nomini ham ajratib yozish talab qilinadi.
Ko’p masalalarni chizma yordamida namoyish qilish mumkin: ,,o’quv
yilining boshida o’quvchi uchun kostyum, botinka va shapka sotib olindi. Kostyum
2400 so’m turadi. U botinkadan 3 marta qimmat. Xarid qilingan narsalarning
hammasi qancha turadi?
Chizma
formasida
namoyish
qilishni
kattaliklar
qiymatlarining
munosabatlari
berilgan masalalarning yechilishida (katta, kichik, shuncha) shuningdek
harakat bilan bog’liq masalalarning yechilishida foydalanish maqsadga muvofiq
bo’ladi.
Oxirgi holda harakat qilayotgan jism bosib o’tgan masofani kesma bilan
harakat yo’nalishini strelka bilan, harakat qilayotgan jism yo’ldagi punktlarni
bayroqcha yoki chiziqcha bilan tasvirlab qabul qilingan, bunda tezlik yo’analishini
ko’rsatayotgan, strelkaning tagiga yoki ustiga vaqt esa shu vaqt ichida o’tilgan
masofani tasvirlovchi kesmaning ustiga qo’yiladi, yo’lning uzunligi tegishli
kesmaning tagiga yoziladi.
Sanab o’tilgan ilyustratsiyalarning har birini bolalarning o’zlari bajarganlari
taqdirdagina bu ilyustratsuyalar masala yechimini topishga yordam beradi, chunki
faqat shu holdagina ular masalani o’zlari analiz qilishlari mumkin. Demak bolalarni
illyustratsiyalarni o’zlari bajarishlariga o’rgatish zarur. Avval yangi turdagi masala
bilan tanishtirilayotganda qisqa yozuvchi o’qituvchi rahbarligida bolalarning o’zlari
bajarishadi, so’ngra u masala yechimini topishga yordam beradilar taqdirda mustaqil
bajarishadi.
Illyustratsiyalarni bajarish vaqtida ba’zi bolalar masala yechimini topadilar,
ya’ni ular masalani yechish uchun qaysi amallarni bajarish zarurligini biladilar.
Biroq bolalarni bir qismi berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni
hamda tegishli arifmetik amalni faqat o’qituvchi masalani tahlili deb ataluvchi
maxsus suhbat o’tkazadi.
3.
Masalaning yechilishi. Masalaning yechilishi bu yechim plani
tuzilayotganda tanlangan arifmetik amallarni bajarish demakdir. Bunda har bir
14
amalni bajara turib nimani topayotganimizni tushuntirish shart.
Masala yechimini og’zaki yoki yozma ravishda bajarilishi mumkin. Og’zaki
yechishda tegishli arifmetik amallar tushuntirishlar og’zaki bajariladi. Boshlang’ich
sinflarda yechiladigan masalalarning deyarli yarmi og’zaki bajarilishi kerak. Bunda
bolalarni bajarilayotgan masalalarning deyarli amallarga doir to’g’ri va qisqa
tushuntirishlar berishga o’rgatish kerak.
Yozma yechishda amallar yoziladi. Ular uchun tushuntirishlarni esa
o’quvchilar yozadilar yoki og’zaki aytadilar.
Boshlang’ich sinflarda masala yechilishini quyidagi asosiy formalari bor:
1.
Masala bo’yicha ifoda tuzish va uning qiymatini topish;
2.
Masala bo’yicha tenglama tuzish va uni yechish;
3.
Yechilishi ayrim amallarning ko’rinishida yozish.
Masalalar ustida ishlashda ma’lum sistemani belgilash va uni joriy qilish
malakasi.
Masalalar ustida ishlash rejasi
1.
Masalani o’qib chiqing, masalada nima haqida gap borayotganini
o’zingiz tasavvur qiling.
2.
Masalada nima ma’lum va nimani topish kerakligini aniqlashtirib
oling. Agar masala tekstini tushunib olish qiyin bo’lsa, uni qisqa yozing
(yoki masalaga oid chizma tayyorlang).
3.
qisqa yozuv bo’yicha har bir son nimani ko’rsatishini tushuntir va
masala savolini takrorlang.
4.
O’ylab ko’r, masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi, agar
mumkin bo’lmasa, nega? Oldin nimani, keyin nimani bilish mumkin?
Masalani yechish rejasini tuzing.
5.
Yechishni bajaring va javobini yozing.
6.
O’z yechimingizning to’g’riligini tekshirib ko’ring.
7.
O’zingizga “qiziqarli” savollar bering va ularga javob bering.
15
Shunday qilib biz o’quvchilarni yangi turdagi masalalar bilan tanishtirish
metodikasining umumiy masalalarni qarab chiqdik. Bu bosqichda ish o’qituvchi
rahbarligida olib boriladi.
1.3. Matematik masalalar va ularning turlari
Matematik masalalar sodda va tarkibli masalalarga ajratiladi. Sodda
masalalar bitta amal bilan yechish mumkin bo’lgan masalalar jumlasiga kiritiladi.
Bir nechta sodda masaladan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amal
yordamida yechiladigan masalalar tarkibli masalalar deyiladi.
Har qanday sodda masalaga doir ikkita teskari masala tuzish mumkinki,
ularning har biriga o’sha syujet bo’yicha izlanayotgan son sifatida esa to’g’ri masala
shartida ma’lum bo’lgan son qatnashadi. Masalan: hovlida 5 ta qiz o’ynayotgan edi.
Ularning 2 tasi uyga ketdi. Hovlida nechta qiz qoldi? Masalaga 2 ta teskari masala
tuzish mumkin. Birinchisi ,,Hovlida bir nechta qiz o’ynayotgan edi. 2 ta qiz uyiga
ketgandan so’ng, hovlida 3 ta qiz qoldi. Oldin hovlida nechta qiz qoldi? 2- hovlida
5 qiz. Bir nechta qiz uyiga ketgandan so’ng hovlida 3 ta qiz qoldi. Nechta qiz uyiga
ketgan?’’ Bu masala berilgan 1-masalaga nisbatan, shuningdek 2-masalaga nisbatan
ham teskari masala sifatida qarash mumkin.
Bundan tashqari, sodda masalalar orasidan bilvosita ifodalangan masalalar
ajratiladi. Masalan quyidagi masala shunday masalalar jumlasiga kiradi. ,,Stol ustida
7 ta qalam bor. Bular qutidagi qalamlardan 4 ta ortiq. Qutida nechta qalam bor?’’
Bu masala shartida ,,ortiq’’ deyilgan masala esa ayirish bilan yechiladi.
(7 – 4 = 3).
Sodda masalalarning asosiy turlarini quyidagicha taqsimlash boshlang’ich
maktablarida qo’llanish uchun qulay:
1.
Arifmetik amallar mazmunini ochishga doir masalalar : yig’indini
qoldiqni topishga doir masalalar, bir xil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga doir
masalalar, bo’lishga (mazmuniga ko’ra bo’lishga vat eng qismlarga bo’lishga) doir
masalalar.
2.
Amalning noma’lum komponentlarini (qo’shiluvchi, kamayuvchi,
ayriluvchi, ko’paytuvchi, bo’linuvchi, bo’luvchi) topishga doir masalalar.
3.
Bir necha birlik (yoki bir necha marta) ortiq (yoki kam) munosabati
bilan bog’liq masalalar sonni bir nechta birlik (yoki bir nechta marta) orttirish 9yoki
kamaytirishga doir bevosita (yoki bilvosita) ifodalangan masalalar, sonlarni ayirmali
(yoki karrali) taqqoslashga doir masalalar.
4.
Kattaliklarning proportsional bog’lanishlariga doir masalalar.
Hamma turdagi sodda masalalar o’quvchi uchun quyidagi maqsadlarda
kerak bo’ladi: 1) Matematik masalalning strukturasi (tarkibi) bilan tanishish, ya’ni
uning sharti berilganlari savoli izlanayotgan miqdorlari bilan masalaning yechimi,
savoli, javobi, amal bilan shuningdek, va h.k. atamalari bilan (bular matematik
munosabatlarni ifodalaydi) tanishish.
2)
Bolalarda masala savoliga javob berish uchun bajarish kerak bo’lgan
amallarni tanlashga ongli munosabatda bo’lishni tarbiyalash (masalalar, amallar
mazmunini ochishga yordam beradi).
3)
Shatrga kirgan kattaliklar orasidagi elementar funksional
munosabatlarni
birinchi
marta
ko’rish
amallar
komponentlar
orasidagi
bog’lanishlarni tushuntirish.
4)
Har xil matematik mashqlarni hayot bilan bog’lash bu bolalarni
fanga bo’lgan qiziqishlarni orttiradi, ko’nikmalarni egallash jarayonini jonlantiradi.
5)
Sodda masala tekstini o’zgartirish ustida ishlash o’quvchiga
ko’proq obstrakt matematik tushunchalarni egallashga yordam beradi. Masalan,
ushbu ,,Malika 7 ta daftar sotib oldi. Daftar 200 so`m turadi. Malika qancha pul
to’lagan?’’ Masalaning turini, masalan, daftarning bahosi 200 so`m, 7 ta daftar
qancha turishini biling, kabi abstrakt tushunchalarni kiritish bilan o’zgartirish
mumkin.
6)
O’quvchini har xil tarkibli masalalar yechishga tayyorlash.
Bola ongiga
matematika asoslarini
joylash,
uning bilim
doirasini kengaytirish va tartibga solish, iroda va talabchanlikni tarbiyalash.
Matеmatikani o’qitish sistеmasida sоdda masalalar juda muhim rоl o’ynaydi.
Sоdda
masalalarni yеchish
yordamida matеmatika bоshlang’ich
kursining
markaziy tushunchalaridan biri - arifmеtik amallar haqidagi tushuncha va
bоshqa bir qatоr tushunchalar shakllanadi. Sоdda masalalarni yеcha оlish o’quvi
o’quvchilarning murakkab masalalarni yеchish o’quvini egallashlarida tayyorgarlik
bоsqichi bo’ladi, chunki murakkab. masalalarni yеchish qatоr sоdda masalalarni
yеchishga kеltiriladi. Sоdda masalalarni yеchayotganda masala bilan va uning
tarkibiy qismlari bilan birinchi bоr tanishiladi. Sоdda masalalarni yеchish
munоsabati bilan o’quvchilar masala ustida ishlashning asоsiy usullarini
egallaydilar. Shu sababli o’qituvchi har bir turdagi sоdda masalalar ustida qanday
ish оlib bоrishni bilishi juda muhimdir.
Dastlab, sоdda masalalarning klassifikatsiyasini qarab chiqamiz.
Klassifikatsiyalash (tasniflash) – bunda narsa va hоdisalarni birоr bеlgisiga
qarab ularni guruhlarga ajratiladi.
Narsa va hоdisalarni tasniflash оdatda ularning birоr asоsiy – bеlgi,
хоssalariga qarab оlib bоriladi. Biz o’quvchilarga “Uchburchakning turlarini ayting”
dеgan savоl bеrganimizda ular to’хtalmasdan “Uchburchaklar tеng yonli, to’g’ri
burchakli va o’tkir burchakli bo’ladi” yoki «To’g’ri burchakli, o’tkir burchakli va
tеng tоmоnli bo’ladi» dеgan javоbni bеradilar. Ko’rinib turibdiki, uchburchaklarni
bunday tasniflashda asоs e’tibоrga оlinmagan, ya’ni uchburchaklarni qanday asоsga
ko’ra tasniflanyapti.
Ma’lumki, uchburchaklar burchaklariga ko’ra o’tkir burchakli, to’g’ri
burchakli va o’tmas burchakli; tоmоnlariga ko’ra esa, turli tоmоnli va tеng yonli
bo’ladi (tеng tоmоnli uchburchak tеng yonli uchburchakning хususiy hоli bo’lib
hisоblanadi).
Sоdda masalalarni ularni yеchishda bajariladigan arifmеtik amallarga
muvоfiq gruppalarga ajratish mumkin. Birоq mеtоdika nuqtai nazaridan bоshqacha
klassifikatsiyalash: masalalarni, ularni yеchilish jarayonida shakllanadigan
tushunchalarga
muvоfiq
ravishda
gruppalarga
bo’lish
qulaydir.
Bunday
gruppalardan uchta ajratish mumkin. Ularning har birini хaraktеrlaymiz. Birinchi
gruppaga shunday sоdda masalalar kiradiki, ularni yеchish davоmida bоlalar har
bir arifmеtik amalning kоnkrеt ma’nоsini o’zlashtiradilar, ya’ni ular
to’plamlar
ustidagi u yoki bu amalga qaysi bir arifmеtik amal mоs kеlishini
o’zlashtiradilar. Bu gruppada bеshta masala bоr:
1)
Ikki sоnning yig’indisini tоpish.
Qizcha 3 ta katta tarеlka va 2 ta kichik tarеlka yuvdi. Qizcha jami nеchta
tarеlka yuvdi?
2)
Qоldiqni tоpish.
O’quvchilar 6 ta qush ini yasadilar. Ikkita inni ular daraхtga ilib qo’ydilar.
Ular yana nеchta inni daraхtga ilishlari kеrak?
3)
Bir хil qo’shiluvchilarning yigindisini (ko’paytmasini) tоpish.
Karim daftarning хar bir varaqiga ikkitadan rasm chizdi. Agar u uchta
varaqqa rasm chizgan bo’lsa, hammasi bo’lib nеchta rasm chizgan?
4)
Tеng bo’laklarga ajratish.
Salima 8 ta оlmani 4 ta tarеlkaga baravardan qilib qo’ydi. Хar bir tarеlkaga
nеchtadan оlma qo’yilgan?
5)
Mazmuni bo’yicha bo’lish.
O’quvchilarning har bir guruhi 8 tupdan оlma ko’chatini tagini yumshatdi,
jami 24 tup оlma ko’chatining tagi yumshatildi. Bu ishni o’quvchilarning nеchta
guruhi bajargan?
Ikkinchi gruppaga shunday sоdda masalalar kiradiki, ularni yеchish
davоmida o’quvchilar arifmеtik amallarning kоmpоnеntlari va natijalari оrasidagi
bоg’lanishni o’zlashtiradilar. Bular jumlasiga nоma’lum kоmpоnеntlarni tоpishga
dоir masalalar kiradi.
1)
Ma’lum yig’indi va ma’lum ikkinchi qo’shiluvchi bo’yicha birinchi
qo’shiluvchini tоpish.
Qizcha bir pyеchta katta tarеlka va 2 ta kichik tarеlka, jami 5 ta tarеlka yuvdi,
Qizcha nеchta katta tarеlka yuvgan?
2)
Ma’lum yig’indi va ma’lum birinchi qo’shiluvchi bo’yicha ikkinchi
qo’shiluvchini tоpish.
Qizcha 3 ta qatta tarеlka va bir nеchta kichik tarеlka yuvdi. U jami 5 ta
tarеlka
yuvdi. Qizcha nеchta kichik tarеlka yuvgan?
3)
Ma’lum ayriluvchi va ma’lum ayirma bo’yicha kamayuvchini tоpish.
O’quvchilar bir nеchta qush ini yasadilar. O’quvchilar 2 ta inni daraхtga
ilganlaridan kеyin, ularda yana 4 ta in qоldi. O’quvchilar nеchta in yasaganlar?
4)
Ma’lum kamayuvchi va ma’lum ayirma bo’yicha ayriluvchini tоpish.
Bоlalar 6 ta qush ini yasadilar. Bоlalar bir nеchta inni daraхtga ilganlaridan
kеyin, ularda yana 4 ta in qоldi. Bоlalar daraхtga nеchta inni ilganlar?
5)
Ma’lum
ko’paytma va
ma’lum
ikkinchi
ko’paytuvchi
bo’yicha
birinchi ko’paytuvchini tоpish.
Nоma’lum sоnni 8 ga ko’paytirib, 32 hоsil qilindi. Nоma’lum sоnni tоping.
6)
Ma’lum ko’paytma va ma’lum birinchi ko’paytuvchi
bo’yicha
ikkinchi ko’paytuvchini tоpish.
9 ni nоma’lum sоnga ko’paytirib, 27 hоsil qildilar. Nоma’lum sоnni tоping.
7)
Ma’lum bo’luvchi va ma’lum bo’linma bo’yicha bo’linuvchini tоpish.
Nоma’lum sоnni 9 ga bo’lib, 4 ni hоsil qildilar. Nоma’lum sоnni tоping.
8)
Ma’lum bo’linuvchi va ma’lum bo’linmaga ko’ra bo’luvchini tоpish.
24 ni nоma’lum sоnga bo’lindi va 6 hоsil qilindi. Nоma’lum sоnni tоping.
Uchinchi gruppaga shupday sоdda masalalar kiradiki, ularni yеchish vaqtida
arifmеtik amallarning yangi ma’nоsi оchiladi. Bular jumlasiga ayirma tushunchasi
bilan bоg’liq bo’lgan sоdda masalalar (6 tur) va nisbat bilan bоg’liq bo’lgan sоdda
masalalar (6 tur) kiradi.
1)
Sоnlarni ayirmali taqqоslash yoki ikki sоn ayirmasini tоpish (1 tur).
Quruvchilar bir uyni 10 haftada, ikkinchi uyni esa 8 haftada qurdilar,
birinchi uyni qurishga nеcha hafta оrtiq sarf qildilar?
2)
Sоnlarni ayirmali taqqоslash yoki ikki sоn ayirmasini tоpish (II tur).
Quruvchilar bir uyni 10 haftada, ikkinchi uyni esa 8 haftada qurdilar.
Ikkinchi uyni qurishga nеcha hafta kam sarf qilindi?
3)
Sоnni bir nеchta birlik оrttirish (bеvоsita fоrma).
Bir uyni 8 haftada qurdilar, ikkinchi uyni qurishga esa birinchidan 2 hafta
ko’p sarf qilindi. Ikkinchi uyni qurishga nеcha hafta sarf qilingan?
4)
Sоnni bir nеchta birlik оrttirish (bеvоsita fоrma).
Bir uyni qurishga 8 hafta sarf qilindi, bu ikkinchi uyni qurishga sarf
qilinganidan 2 hafta kam. Ikkinchi uyni qurishga nеcha hafta sarf qilingan?
5)
Sоnni bir nеcha birlik kamaytirish (bеvоsita fоrma).
Bir uyni qurishga 10 hafta
sarf qilindi, ikkinchi uyni esa bundan 2 hafta
tеzrоq qurishdi. Ikkinchi uyni nеcha hafta qurishgan?
6)
Sоnni bir nеchta birlik kamaytirish (bilvоsita fоrma).
Bir uyni qurishga
10
hafta sarflandi,
bu
ikkinchi
uyni
qurishga sarflanganidan 2 hafta ko’p. Ikkinchi uy nеcha hafta qurilgan?
Nisbat tushunchasi bilan bоg’liq masalalarni sanab o’tamiz.
1)
Sоnlarni karrali taqqоslash yoki ikki sоnning nisbatini tоpish (I tur).
Nargiza 32 ta matеmatika va 8 ta yozuv daftari sоtib оldi. Yozuv daftardan
nеcha marta ko’p matеmatika daftar sоtib оlingan?
2)
Sоnlarni karrali taqqоslash yoki ikki sоnning nisbatini tоpish (II tur).
Nargiza 32 ta matеmatika va 8 ta yozuv daftari sоtib оldi. Matеmatika
daftariga qaraganda nеcha marta kam yozuv daftarlar sоtib оlingan?
3)
Sоnni bir nеcha marta оrttirish (bеvоsita fоrma).
Nargiza 8 ta yozuv daftari sоtib оldi. Matеmatika daftaridan yozuv daftariga
qaraganda 4 marta ko’p sоtib оlindi. Nargiza nеchta matеmatika daftari sоtib оlgan?
4)
Sоnni bir nеcha marta оrttirish (bilvоsita fоrma).
Nargiza 8 ta yozuv daftari sоtib оldi, bular matеmatika daftariga qaraganda
4 marta kam. Nargiza nеchta matеmatika daftari sоtib оlgan?
5)
Sоnni bir nеcha marta kamaytirish (bеvоsita fоrma).
Nargiza 32 ta matеmatika daftari sоtib оldi, yozuv daftaridan esa bundan uch
marta kam sоtib оldi. Nargiza nеchta yozuv daftari sоtib оlgan?
6)
Sоnni bir nеcha marta kamaytirish (bilvоsita fоrma).
Nargiza 32 ta matеmatika daftari sоtib оldi, bular yozuv daftarlarga
qaraganda 4 marta ko’p. Nargiza nеchta yozuv daftari sоtib оlgan?
Bu yеrda sоdda masalalarning faqat asоsiy turlari kеltirildi. Birоq sоdda
masalalar juda хilma-хil bo’lib, ular bu turlar bilan tugallanmaydi.
Sоdda
masalalarni kiritilish tartibi dastur matеriali mazmuniga bo’ysunadi. I sinfda
qo’shish va ayirish amallari o’rganiladi va shu munоsabat bilan qo’shish va
ayirishga dоir sоdda masalalar qaraladi. II sinfda ko’paytirish va bo’lish amallari
o’rganilishi munоsabati bilan bu amallarga dоir sоdda masalalar kiritiladi.
Yuqоrida qayd qilinganidеk, arifmеtik amallarning kоnkrеt ma’nоsini оchib
bеruvchi masalalar jumlasiga yig’indini, qоldiqni, ko’paytmani tоpishga dоir,
mazmuniga qarab bo’lishga dоir va tеng bo’laklarga bo’lishga dоir masalalar
tеgishli bo’ladi.
Yig’indini va qоldiqni tоpishga dоir masalalar bоlalar duch kеladigan
dastlabki masalalar bo’lgani uchun bu masalalar ustida ishlash qo’shimcha
qiyinchiliklar bilan bоg’liq. Bunda o’quvchilar masala va uning qismlari bilan
tanishadilar, shuningdеk, masala ustida ishlashning ba’zi umumiy usullarini
o’zlashtiradilar. Yig’indi va qоldiqni tоpishga dоir masalalar bir vaqtning o’zida
kiritiladi, chunki qo’shish va ayirish amallari bir vaqtda kiritiladi; bundan tashqari,
bu masalalarni qarama-qarshi qo’yilganda,
ularni yеchish uquvi yaхshirоq
shakllanadi. Yig’indi va qоldiqni tоpishga dоir masalalarni yеchishga tayyorgarlik -
bu to’plamlar ustida amallar bajarishdir. Umumiy elеmеntlari bo’lmagan ikki
to’plamni birlashtirish va to’plamning qismini chiqarish. To’plamlarni birlashtirish
amali qo’shish amaliga, to’plamning qismini chiqarish esa ayirish amaliga muvоfiq
kеlishini bоlalar yaхshi o’zlashtirishlari kеrak. To’plamlar ustida amallarni bajarish
bo’yicha tоpshiriqlarni tayyorgarlik davrida va birinchi o’nlik sоnlarini nоmеrlashni
o’rganish davrida kiritish lоzim. Bu tоpshiriqlar fоrmasi bo’yicha masaladan farq
qilmaydi, lеkin amaliy bajariladi. Masalan, o’qituvchi quyidagi masalani o’qiydi:
«Bоla 3 ta qizil, dоiracha va 1 ta ko’k dоiracha qirqdi. Bоla hammasi bo’lib nеchta
dоiracha qirqqan?» Bоlalar parta ustiga avval 3 ta qizil dоiracha, so’ngra 1 ta ko’k
dоiracha qo’yadilar; ularni birlashtiradilar va natijani sanash yo’li bilan tоpadilar.
O’qituvchi ular 3 ga birni qo’shib, 4 hоsil qilganliklarini ko’rsatadi. Bоlalar
takrоrlaydilar. Bunday mashqlardan bir nеchta bajarilganidan so’ng «qo’shish»
(plus), «hоsil bo’ladi» (tеng) bеlgilar va qirqma raqamlarda ushbu yozuv kiritiladi:
3+1=4.
Bu tayyorgarlik mashqlari turli hayotiy vaziyatlarni o’z ichiga оlishi juda
muhim.
a)
Qizchada 4 ta rangli qalam bоr edi. Akasi yana 2 ta qalam hadya qildi.
Qizchada jami nеchta qalam bo’ldi?
b)
Bir akvariumda 3 ta baliqcha, ikkinchi akvariumda 4 ta baliqcha bоr
edi. Ikkala akvariumda nеchta baliqcha bоr?
Bоlalarni masalalar yеchishda amallarni prеdmеtlarga tayanmasdan
tanlashga tayyorlash maqsadida har gal quyidagi munоsabatlarni оydinlashtirish
lоzim: yana 1 ta dоirachani qo’shib qo’yilganda (yana 2 ta qalam hadya qilinganda
va h. k.) ularning jami sоni оrtdi. Dеmak, qo’shganimizda оrtar ekan. Bоlalar bu
munоsabatni yaхshi o’zlashtirishlari uchun quyidagi masala savоllarni bеrish
fоydali:
a)
Хоnada 4 ta stul turgan edi, yana 2 ta stul оlib kеlindi. Stullar
ko’paydimi yoki kamaymadimi?
b)
Shохda 5 ta chumchuq o’tirgan edi. Shохda o’tirgan chumchuqlarning
sоni оrtishi (kamayishi) uchun nima yuz bеrishi kеrak?
Bunday tоpshiriqlarning bajarilishi, bir tоmоndan, bоlalar to’plamlarni
birlashtirish amali qo’shish amaliga mоs kеlishini o’zlashtirishlariga yordam bеradi,
ikkinchi tоmоndan esa bоlalar quyidagi munоsabatni o’zlashtiradilar. Agar
qo’shishgan bo’lsa, dеmak оrtdi, bu esa kеyinchalik yig’indini tоpishga dоir
masalalarni yеchishda asоs bo’lib хizmat qilishi kеrak. Qоldiqni tоpishga dоir
masalalarni yеchishga dоir tayyorgarlik ishi хuddi shunday o’tkaziladi.
Yig’indini va qоldiqni tоpishga dоir masalalarning yеchilishlari bilan
tanishtirayotganda yaхshisi dastlabki masalalarni tayyor hоlda bеrmasdan, ularni
bоlalarning o’zlari bilan birgalikda tuzgan ma’qul. Bu bоsqichda ko’rgazmali
qurоllardan ehtiyot bo’lib fоydalanish kеrak. Masalada gap kеtayotgan оbеktni va
оbektlar ustidagi amallarni illyustratsiya qilish kеrak, izlanayotgan narsa esa
«bеrkitilgan» bo’lishi kеrak; aks hоlda bоlalar оbеktlarni sanab javоbni tоpa
bеradilar va amalni tanlashga zarurat qоlmaydi.
Qоldiqni tоpishga dоir masala ustida ishlash ham shunday оlib bоriladi.
So’ngra tayyor masalalar avval o’qituvchi rahbarligida, kеyin esa
mustaqil yеchiladi. Tajriba shuni ko’rsatdiki, birinchi sinf o’quvchilari masaladan
sоnli ma’lumоtlarni va savоlni ajratib оlishga qiynaladilar. Shuning uchun eng
bоshidanоq, bоlalarda masala ustida ishlash umumiy usullarining shakllanishi
haqida o’ylash kеrak. Shu munоsabat bilan qaralayotgan va bоshqa turdagi sоdda
masalalar ustida ishlashning quyidagi mеtоdikasi o’zini to’liq оqladi. Dastlab,
o’qituvchi (kеyinrоq esa o’quvchilar) masalani o’qiydi, o’quvchilar uni to’liq qabul
qiladilar. O’qituvchi yoki bоlalar masalani qayta o’qiganda o’quvchilar masaladagi
sоnli ma’lumоtlarni ifоdalaydigan raqamlarni parta ustiga qo’yadilar, izlanayotgan
sоnni savоl alоmati bilan bеlgilaydilar (kеyinrоq sоnli ma’lumоtlarni va
izlanayotgan sоnni daftarlariga yozadilar). Bu sоnli ma’lumоtlarni va savоlni
ajratish jarayonining o’zidir. So’ngra o’quvchilar har bir sоn nimani ko’rsatishini
tushuntiradilar va masala savоlini aytadilar. Bunda masala sharti va savоli
anglanadi. Qiyin bоlalarga masalada nima haqda gap kеtayotganini tasavvur qilib
ko’rishni va nimani tasavvur qilganlarini aytib bеrishlari taklif qilinadi, bu
bоlalarning tеgishli arifmеtik amalni to’g’ri tanlashlariga оlib kеlishi kеrak. Bundan
kеyin javоbda qanday sоn. Bеrilgan sоnlarning qaysidir biridan katta yoki kichik sоn
hоsil bo’lishini o’ylab ko’rish va aytish taklif qilinadi, bu ham amalni to’g’ri
tanlashga yordam bеradi. Endi bоlalarga masala yеchiladigan amalni aytishni, uni
оg’zaki bajarishni yoki daftarga yozishni taklif qilish mumkin. Kеyin masala
savоliga javоb bayon qilinadi va bоlalar yozishga o’rganganlaridan kеyin yoziladi.
Javоbni qisqa yozish, оg’zaki kеng bayon qilish yoki yеchilishda tagiga chizib
qo’yish mumkin.
Agar masalalarni yеchishda o’quvchilar shu ko’rsatilgan tоpshiriqlarni qatiy
bеlgilangan tartibda ko’p marta bajarsalar, u hоlda ularda masala ustida mazkur
tоpshiriqlarga muvоfiq ravishda ishlash usuli sеkin-asta shakllanadi. Bu esa
kеlgusida bоlalar masalalarni mustaqil hal qila оlishlariga imkоn bеradi.
Dastlabki tayyor masalalarni yеchayotganda bоlalar masala va uning
Yechilishiga dоir tеrminоlоgiyani o’zlashtirishlari ustida ishlashni davоm ettirish
kеrak. Shu maqsadda quyidagi mashqlarni kiritish fоydali, masalani yеchib
bo’lgandan so’ng stоl оldiga to’rt o’quvchini chaqirish kеrak, ulardan biri «masala
sharti» so’zlarini aytadi va shartni ta’riflaydi; ikkinchi o’quvchi «masala savоli»
so’zlarini aytadi va savоlni aytadi, uchinchi o’quvchi «masalaning Yechilishi»
so’zlarini aytadi, so’ngra yеchilishni aytadi, to’rtinchi o’quvchi «javоb» so’zini
aytadi va javоbni ifоdalaydi, turli darslarda shu kabi bir nеchta mashq qilish
natijasida tеrminlar bоlalar tоmоnidan o’zlashtiriladi.
O’qituvchi yoki bоlalar masalani qayta o’qiganda o’quvchilar masaladagi
sоnli ma’lumоtlarni ifоdalaydigan raqamlarni parta ustiga qo’yadilar, izlanayotgan
sоnni savоl alоmati bilan bеlgilaydilar (kеyinrоq sоnli ma’lumоtlarni va
izlanayotgan sоnni daftarlariga yozadilar). Bu sоnli ma’lumоtlarni va savоlni
ajratish jarayonining o’zidir.
So’ngra o’quvchilar har bir sоn nimani ko’rsatishini tushuntiradilar va
masala savоlini aytadilar. Bunda masala sharti va savоli anglanadi. Kеyin bоlalarga
masalada nima haqda gap kеtayotganini tasavvur qilib ko’rishni va nimani tasavvur
qilganlarini aytib bеrishlari taklif qilinadi, bu bоlalarning tеgishli arifmеtik amalni
to’g’ri tanlashlariga оlib kеlishi kеrak. Bundan kеyin javоbda qanday sоn bеrilgan
sоnlarning qaysidir biridan katta yoki kichik sоn hоsil bo’lishini o’ylab ko’rish va
aytish taklif qilinadi, bu ham amalni to’g’ri tanlashga yordam bеradi. Endi bоlalarga
masala yеchiladigan amalni aytishni, uni оg’zaki bajarishni yoki daftarga yozishni
taklif qilish mumkin. Kеyin masala savоliga javоb bayon qilinadi va bоlalar
yozishga o’rganganlaridan kеyin yoziladi. Javоbni qisqa yozish, оg’zaki kеng bayon
qilish yoki yеchilishda tagiga chizib qo’yish mumkin. Agar masalalarni yеchishda
o’quvchilar shu ko’rsatilgan tоpshiriqlarni qat’iy bеlgilangan tartibda ko’p marta
bajarsalar, u hоlda ularda masala ustida mazkur tоpshiriqlarga muvоfiq ravishda
ishlash usuli sеkin-asta shakllanadi. Bu esa kеlgusida bоlalar masalalarni mustaqil
hal qila оlishlariga imkоn bеradi. Dastlabki tayyor masalalarni yеchayotganda
bоlalar masala va uning Yechilishiga dоir tеrminоlоgiyani o’zlashtirishlari ustida
ishlashni davоm ettirish kеrak. Shu maqsadda quyidagi mashqlarni kiritish fоydali:
masalani yеchib bo’lgandan so’ng stоl оldiga to’rt o’quvchini chaqirish kеrak:
ulardan biri «masala sharti» so’zlarini aytadi va shartni ta’riflaydi; ikkipchi
o’quvchi «masala savоli» so’zlarini aytadi va savоlni aytadi; uchinchi o’quvchi
«masalaning Yechilishi» so’zlarini aytadi, so’ngra yеchilishni aytadi; to’rtnnchi
o’quvchi «javоb» so’zini aytadi va javоbni ifоdalaydi, turli darslarda shu kabi bir
nеchta mashq qilish natijasida tеrminlar bоlalar tоmоnidan o’zlashtiriladi.
Bоlalar amalni tasavvurlari bo’yicha, bo’lish natijasini esa ko’paytirish
jadvalidan tоpishga o’rganganlaridan so’ng, bo’lishga dоir masalalarni yеchishni
ko’rsatma qurоllarga tayanmasdan bajarishi mumkin. Maktab ishlari tajribasida
masalalar yеchishda tеng bo’laklarga bo’lishga dоir masalani mazmuni bo’yicha
bo’lishga dоir masalalar bilan aralashtirib yubоriladigan хatоlar uchrashi kuzatiladi.
Bularning оldini оlish uchun tayyorgarlik mashqlarini o’tkazishdan bоshlabоq,
ularni birgalikda, mazmuni bo’yicha bo’lishga dоir bitta mashq, tеng bo’lakka
bo’lishga dоir bitta mashq kiritgan fоydali. Shu bilan birga javоbning kеngaytirilgan
bayonini bеrish talab qilinadi.
Birinchi bоsqich amallarning nоma’lum kоmpоnеntasini tоpishga dоir
masalalar I sinfda, II bоsqich amallarniig nоma’lum kоmpоnеntalarini tоpishga dоir
masalalar esa II sinfda kiritiladi. Bunday masalalarni yеchish davоmida o’quvchilar
arifmеtik amallarning kоmpоnеntalari va natijalari оrasidagi bоg’lanish haqidagi
bilimlarni o’zlashtiradilar.
So’ngra kоnkrеt mazmunli masalalar kiritiladi, masalan: «Qizcha archa
uchun 4 ta ko’k, bir nеchta qizil, jami 7 ta yulduzcha yasadi. Qizcha nеchta qizil
yulduzcha yasagan?»
Yеchish usulini umumlashtirayotganda quyidagi masalalar uchligini kiritish
fоydali: yig’indini, nоma’lum birinchi qo’shiluvchini, ikkinchi qo’shiluvchini
tоpishga dоir masalalar. Yеchishdan kеyin masalalarning o’zlarini va yеchilishlarini
taqqоslash kеrak. Nоma’lum kamayuvchi va ayriluvchini tоpishga dоir masalalar
ustida ishlash ham yuqоrida-giga o’хshash оlib bоriladi. Nоma’lum ko’paytuvchi,
bo’linuvchi va bo’luvchini tоpishga dоir masalalar faqat abstrakt sоnlar bilan
bеriladi. Yеchish tеnglama tuzish va uni qоida bo’yicha yеchishga kеltiriladi.
II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish
metodikasining umumiy masalalari
2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini
shakllantirish metodikasi
Bolalar eng oldin tanishadigan dastlabki masalalar tabiiyki bolalar uchun
tushunarli bo’lishi kerak. Yig’indini va qoldiqni topishga doir masalalar shunday
masalalar jumlasiga kiradi. Bunday masalalar bilan yechishni tanishtirishni parallel
olib boorish maqsadga muvofiq.
Bunday masalalarga quyidagi masalalar namuna bo’ladi:
1.
Malika 2 ta qo’g’irchoq va 1 ta koptok rasmini chizdi. Malika nechta
o’yinchoq rasmini chizgan?
2.
Shuhrat jo’yakdan 5 ta pomidor uzdi. Tushlikda 3 ta pomidorni
yeyishdi. Nechta pomidor qoldi?
3.
Stol ustida 5 ta katak va shuncha chiziqli daftar bor. Stol ustida
hammasi bo’lib nechta daftar bor?
Sodda masalalarning qiyinligi bo’yicha, ikkinchi turi bu sonni bir necha
birlik orttirish yoki kamaytirishga doir masalalardir. Shu xildagi masalalar
namunalari;
1.
Botirda 7 ta Salimda esa undan 3 ta ortiq kitob bor. Salimda nechta
kitob bor?
2.
Ozoda 5 ta ertak, Go’zal esa undan 2ta kam ertak o’qidi. Go’zal nechta
ertak o’qigan?
3.
Iroda 5 sm kesma chizdi. So’ngra uni 2 sm uzaytirdi. Kesma uzunligi
qancha bo’ldi?
4.
Qodirning varrak uchun 10 metrli lentasi bor edi. U lentani 3 metr
qisqartirdi. Lentaning uzunligi qancha bo’ldi?
Sodda masalalarning navbatdagi qiyinroq turi bu noma’lum qo’shiluvchini
topishga doir masalalardi. Masalan, taqsimchada 6 ta nok va bir nechta olma bor.
Mevalarning hammasi 9 ta. Taqsimchada nechta olma bor? Shundan keyin
sonlarni ayirmali taqqoslashga doir va ,,Nechta ortiq va nechta kam?’’ savoli
2 xil masala keladi. Misol uchun ushbu masalani keltiramiz. ,,Olimda 5 ta, Karimda
esa 3 ta o’yinchoq bor. Olimning o’yinchoqlari, Karimning o’yinchoqlaridan nechta
ortiq? Shu shartning o’ziga 2 ta savolni bunday ifodalash mumkin. Karimning
o’yinchoqlari Olimning o’yinchoqlaridan nechta kam?
Shundan so’ng o’quvchilar noma’lum kamayuvchi va noma’lum ayriluvchi
topishga doir masalalarni yechish bilan tanishtiradi. Bu xil masalalar 1-sinf
o’quvchilariga ismsiz sonlar bilan ham, syujetli holda ham taklif qilinadi. Oldin
bunday masala yechilishi mumkin. ,,Noma’lum sondan 6 ayrildi va 4 hosil bo’ldi.
Noma’lum son nimaga teng?’’
Sundan so’ng syejetli masala yoki quyidagi masalalar yechiladi.
1.
O’tloqda 12 ta g’oz o’tlab yurgan edi. Bir nechta g’oz daraxtlar orasiga
kirib ketgandan keyin, o’tloqda 6 ta g’oz qoldi. Nechta g’oz daraxtlar orasiga kirib
ketgan?
2.
O’tloqda bir nechta qalam bor edi. Undan 4 ta qalam olingandan keyin
qutida 3 ta qalam qoldi. Qutida nechta qalam bo’lgan?
Shundan keyin bolalar bir nechta bir xil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga
doir masalalar bilan tanishadilar. Ular bu yig’indini qo’shish bilan topadilar.
Bir nechta bir xil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga doir masalalarni
yechishda, shu xildagi masalalarni qo’shishdan emas, balki ko’paytirish bilan
yechishga o’tadilar. Boshqacha aytganda ko’paytmani topishga doir sodda
masalalarni yechishadi. Masalan: ,,Oshxonada har birida 3 litrdan 4 banka meva
sharbati bor. Bu bankalarda necha litr meva bor?’’
Bu xildagi masalalardan keyin bolalar mazmuniga ko’ra bo’lishga doir
masalalar bilan tanishadilar. Masalan: ,,Buvida 10 ta sabzi bor edi. U sabzilarni 5
tadan qilib bog’ladi. Necha bog’ sabzi hosil bo’ldi?’’ degan masala mazmuniga
ko’ra bo’lish bilan ,, 12 ta qalamni 3 ta o’quvchiga baravardan qilib bo’lib
berishdi. Har qaysi o’quvchi nechtadan qalam oldi?’’ degan masala esa teng
qismlarga bo’lish bilan yechiladi.
Qiyinligi bo’yicha masalalarning navbatdagi gruppasi bu noma’lum
ko’pytuvchini topishga doir masalalar undan keyin esa noma’lum bo’linuvchi va
bo’luvchini topishga doir masalalardan iboratdir. Bolalarga bu xil masalalar bilan
bir vaqtda baho, qancha turishi va miqdori orasidagi eng sodda funksional
bog’lanishlardan foydalaniladigan masalalar beriladi. Masalalan: ,,Ikki pachka tuz
uchun 14 tiyin to’lashdi. Tuzni qanday bahoda sotib olishgan?’’
Shundan keyin bolalar karrali taqqoslashga doir masalalar bilan tanishdilar.
Ushbu masalalar bunday masalalarga misol bo’la oladi. ,, Gulzor ustida 8 ta ninachi
va 2 ta kapalak uchib yuribdi. Ninachilar kapalaklardan necha marta ko’p?
Kapalaklar ninachilardan necha marta kam?’’ va ,,Oshxonada bir kunda 80 kg
kartoshka va 8 kg sabzi ishlatildi. Sabziga qaraganda necha marta ko’p kartoshka
ishlatilgan?’’
Shundan keyin 2-sinf o’quvchilari sonni bir nechta martaga kattalashtirish
va kichiklashtirishga doir sodda masalalarni yechish bilan tanishadilar. Masalan:
,,To’tilar 8 ta, kaptarlar esa 4 marta kam. Kaptarlar nechta?’’ va ,,Opasi 9
yoshda, u ukasidan 3 marta katta. Ukasi necha yoshda?’’
Bolalar bilvosita ifodalangan masalalarni katta qiyinchiliklar bilan
yechadilar (to’g’ri masalalarga nisbatan), shu sababali hamma xildagi bilvosita
ifodalangan sodda masalalar qiyinroq yechiladi. O’quvchilarni masala sharoitida
ishlatiladigan
,,ko’p’’ (ortiq), ,,kam’’ so’zlari orasida amal tanlashlariga yo’l qo’ymaslik
uchun bilvosita ifodalangan masalalarni yechishni bevosita ifodalangan masalalar
bilan aralashtirib olib borish kerak.
Sonning ulushini va ulushiga ko’ra sonning o’zini topishga doir masalalar
bilan 3-sinf o’quvchilarini sonlarni karrali taqqoslashni o’rganganlaridan keyin
tanishadilar. Ulushlarga doir eng elementar masalalar qaraladi. Shunday masalalarga
misol: ,,Kitob 60 betli. Bola kitobning 1/3 qismini ko’rdi. Bola necha
bet o’qigan? va ,,Malik she’rining yarmini yod oldi. U 18 satrni yod oldi.
Butun she’r necha satrdan iborat?’’
Shundan keyin o’quvchilar vaqtga doir sodda masalalarni yechish bilan
tanishadilar. ,,Bola uyidan soat 8:30da yo’lga chiqdi vas oat 8:50da maktabga yetib
keldi. Bola yo’lga necha minut vaqt sarflaganini soat modeli yordamida toping’’.
Matematika o’qitishning muhim vazifasi o’quvchilarda faol fikrlash,
turmushda uchraydigan turli masalalarni yechishda qiyinchiliklarni yengish, bu
masalalar yechimining ratsional yo’llarni topish ehtiyojini vujudga keltirishdir.
Matematika o’qitishda qanday qilib to’la o’zlashtirishga erishib, uni muvaffaqiyatli
olib borish mumkin?
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’qishning dastlabki kunlarida o’quvchilar
o’yinqaroq bo’ladilar. Misol va masala yechishda tez charchaydilar. Shuning uchun
dars davomida tevarak-atrofdagi voqea – hodisalar bolalar hayotiga oid faktlardan
iborat qiziqarli o’yinlar didaktik materiallardan o’rinli foydalanish dars
samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ko’rinib turibdiki, ongli o’zlashtirish faqat o’quvchi aqlini nazarda tutmay,
balki uning irodasi tuyg’ularining ham bevosita faol ishtirokini nazarda tutadi.
O’quvchiga o’qish jarayoniga ma’lum darajada hissiy munosabatda bo’lish talab
etiladi. Shundagina masalaning qiyinligi kamayiob, uni yechish osnroq kechadi.
Umuman masalalar yechishda yurli usullardan foydalanish va nima ma’lum?, nima
noma’lum?, qanday amal berilgan?, oxirgi amal nima? kabi savollar mazmunini
ochish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Avval sodda keyin murakkabroq masalalar yechtiriladi. Birinchi bosqich
amallarini o’rganish bilan bir vaqtda masalalar ham yechib boriladi. Bunda, ayirish
amali bilan yechiladigan masalalarga alohida ahamiyat beriladi. Ya’ni sonni bir
nechta birlikka orttirish, bir necha birlikka kamaytirishga oid mashqlarni bolalar
puxta o’zlashtirishi kerak. Shundagina ular darslikdagi amallarning noma’lum
hadlarini topishga doir sodda masalalarni ham yecha oladilar. Masalan, bizga
berilgan birincha qo’shiluvchi x, ikkinchi qo’shiluvchi 5, yig’indi 15 ga teng bo’lsa,
noma’lum qo’shiluvchini qanday topish mumkin?
Yechish: x +5=15
x =15-5
x =10
Demak, birinchi qo’shiluvchini topish uchun, yig’indidan ma’lum ikkinchi
qo’shituvchini ayirish kerak.
Kichik yoshdagi o’quvchining o’qish jarayonida faol bo’lishi uchun:
birinchidan, unga o’qish va ishlashda mustaqillik ko’rsatish uchun keng imkoniyat
berish, ikkinchidan uni samarali metodlar va usullar bilan mustaqil ishlashga
o’rgatish, uchinchidan o’quvchining o’zi ham masalaga ishonch bilan mustaqil
yodosha olishi kerak. Yosh bolalarga matematikani o’rgatishda ko’rgazmali
qurollardan foydalanish talab etiladi. Bola abstrak tushunchalar va qoidalar
o’zlashtira borgani sari bu ko’rsatmalikni asta-asta kamaytira borish muhimdir.
Masala yechishni yuqoridagi talablar asosida ongli va to’g’ri o’zlashtirish
uchun quyidagi bosqichlarga amal qilish lozim:
1.
Berilgan masalaning shartini diqqat bilan o’rganmay turib, hisoblashni
boshlamaslik;
2.
Masalani o’qib chiqib, uning savoliga alohida ahamiyat berishlik;
3.
Masala shartiga qaytib, uni qisqacha yozish.
Bu masalalarni yechganda har bir amal hadlarining nomini aytish va nima
ma’lum, nima noma’lum, qanday topish yo’llarini o’quvchilar to’la idrok qilishi
lozim.
Masalalar qanday amalda bajarilishiga qarab guruh va bosqichlarga
ajratiladi.
1.
Ayirmani topishga doir masalalar.
a)
Karimning 8 ta daftari bor edi. U ukasiga 3 ta daftar berdi. O’zida
nechta daftar qoldi?
Bor edi- 8 ta Berildi- 3 ta Qoldi - ?
Yechish: 8-3=5 ta
Javob: 5 ta daftar qolgan.
b)
Bor edi – 17 va 10 ta Ketdi – 6 ta
Qoldi - ?
Yechish: (17+10)-6=27-6=21 ta
Javob: 21 ta Bu yerda yig’indidan sonni
ayirish bajarildi.
(17-6)+10=11+10=21. (10-6)+17=4+17=21
Bu ifodalarda ayirmaga sonni qo’shish bajarildi. Ko’rinib turibdiki, bu
masalani uch xil usul bilan ham yechish mumkin ekan.
2.
Bir necha birlik orttirishga doir masala.
Ba’rnoning 8 ta kitobchasi bor edi. Onasi unga bir nechta kitob olib
kelganidan so’ng, uning kitoblari 10 ta bo’ldi. Onasi Ba’rnoga nechta kitob olib
kelgan?
Bor edi – 8 ta Bo’ldi – 10 ta Olib keldi - ?
Yechish: 8 + x = 10
x = 10 - 8
x = 2
Javob: onasi Barnoga 2 ta kitob olib kelgan.
3.
Sharifa mehnat darsida archani bezatish uchun 3 ta ayiqcha va 2 ta ortiq
ulardan olmaxon qiyib olgan. U hammasi bo’lib nechta shalk qiyib olgan? Bu
masalaga rasm solib ko’rsatmali usul bilan yechish mumkin. bu qanday masala? Bu
masala orttirishga doir masala bo’lib quyidagicha yechiladi. Ayiqchalar 3 ta,
olmaxonlar2 ta ortiq
3+(3+2)=3+5=8
Javob: 8 ta shakl
4.
1-tokchada 7 ta kitob bor. Bu 2-tokchadagidan 2 ta kam. 2-tokchada
nechta kitob bor?
Bunday
masalalar vositali masalalar deyiladi. Ularni yechish uchun
oldin vositasiz holatga keltirib olinadi.
1-
tokchadagi kitoblar 2-tokchadagidan 2 ta kam bo’lsin.
2-
tokchadagi kitoblar 1-tokchadagidan 2 ta ortiq. Ya’ni (7+2) ta
bo’ladi.
Buning qisqacha yozuvi: 1-tok – 7 ta
2-tok -? 2 ta ortiq
Yechish: 7+2=9. Javob: 2-tokchada 9 ta kitob bor.
5.
Noma’lum kamayuvchini topishga doir masala. Bor edi – x
Yechish: x – 2 = 8 Ketdi – 2
x = 8 + 2
Qoldi – 8 x = 10
Javob: 10 ta
Noma’lum ayriluvchini topishga doir masala. Bor edi- 10 ta
Ketdi – x ta Qoldi – 8 ta
Yechish: 10 – x = 8
x = 10 - 8
x = 2
Tek: 8+2=10
6.
Berilgan masalaga teskari masala tuzish.
7.
Berilishiga ko’ra masala tuzish. O’quvchilar 4 ta va 6 ta bayroqcha
yasadilar. Shundan bog’chaga 5 ta bayroqcha sovg’a qilindi. O’quvchilarda qancha
bayroqcha qoldi.
Yechish: 1. O’quvchilar jami nechta bayroqcha yasadilar? 4+6=10
2. Qancha bayroqcha qoldi? 10-5=5 Javob: 5 ta
8.
Onam bir tupdan 6 ta olma, ikkinchidan esa 4 ta olma uzdi. Olmalarning
8 tasi yeyildi. Nechta olma qoldi?
Bu masalani yechishda bolalar masala shartini sxema asosida , didaktik
materiallar yordamida qisqa yozganlaridan keyin ular bilan quyidagicha suhbat
o’tkaziladi:
-
Masalada nima noma’lum?
-
Nechta olma qolganligi
-
Buni tezda bilish mumkinmi?
-
Yo’q. Nega?
-
Ikkala tupdan hammasi bo’lib nechta olma uzganligini bilmaymiz.
-
Buni bilish uchun nima qilamiz?
-
Buni bilish uchun 6 ni 4 ga qo’shamiz.
-
6+4=10 bo’ladi. Endi nimani bilamiz?
-
Nechta olma qolganini topamiz.
-Buni qanday bilish mumkin.
-
Yig’indidan 8ni ayirish kerak.
(6+4)-8=10-8=2. Javob : 2 ta olma qolgan.
2.2. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Ma’lumki, 1-sinf o’quvchilari darsda yechiladigan masala mazmunini
to’g’ridan-to’g’ri tushunmaydilar, chunki ular hamma narsaga qiziquvchan
bo’lganligi uchun ham ularning fikrlari tarqoq bo’ladi. Shuning uchun ham
masalalar yechish jarayonida o’quvchilar fikrini to’la qila olish va masala
mazmunini yanada tushunarliroq bayon qilish kerak bo’ladi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalgam oshirish yo’llaridan biri darsda
ko’rsatilgan qurollardan o’rinli foydalanish bilan birga yaxshi tashkil etilgan og’zaki
suhbat hisoblanadi. Fikrimizning dalili uchun bir necha masalaning yechilishi
namunasini ko’rib o’tamiz:
1.
Simyog’ochga 4 ta qaldirg’och qo’ngan edi. Yana 3 ta qaldirg’och kelib
qo’ndi, so’ngra 2 ta qaldirg’och uchib ketdi. Simyog’ochda nechta qaldirg’och
qoldi?
O’qituvchi kartochkani ko’rsatib suhbat o’tkaziladi. Simyog’ochga qo’nib
turgan qaldirg’ochlar 4 ta
Bor edi-4 ta q. Qo’ndi- 3 ta q Uchdi -2 ta q. Qoldi – 2 ta q.
-
Bolalar simyog’ochda avval nechta qaldirg’och bor edi?
-
4 ta qaldirg’och bor edi.
-
Yana nechta qaldirg’och kelib qo’ndi?
-
3 ta qaldirg’och kelib qo’ndi.
-
Simyog’ochda hammasi bo’lib nechta qaldirg’och bo’ldi?
-
7 ta qaldirg’och bo’ldi.
-
Shundan nechtasi uchib ketdi.
-
2 ta qaldirg’och uchib ketdi.
-
Simyog’ochda nechta qaldirg’och qoldi.
Kartochkadagi qaldirg’ochning usti qog’oz bilan berkitiladi. Bunday
tushuntirish orqali o’quvchilar faqat masala mazmuniga tushunibgina qolmasdan
balki, o’gzaki yechishga ham yetib boradilar. Shundan so’ng masala sharti yana bir
marta o’quvchilar bilan birgalikda takrorlanadi va shartiga ko’ra quyidagi tartibda
ifoda tuzib yechiladi.
Simyog’ochda 4 ta qaldirg’och bor edi. Yana 3 ta qaldirg’och kelib qo’ndi:
3+4. Shundan 2 tasi uchib ketdi: 4+3-2
Endi bu ifoda osonlikcha yechiladi. Ya’ni avval 4 va 3 sonlari qo’shiladi.
Yig’indi(7) hosil bo’ladi. Yig’indidan 2 soni ayriladi. Natijada izlangan son (5) hosil
bo’ladi.
Javob: 5 ta qaldirg’och qoldi.
Shundan so’ng o’quvchilar yuqoridagilarni daftarlariga yozib oladilar.
2.
Nasibada 4 ta olma bor edi. Onasi unga yana 3 ta olma berdi. U 2 ta
olmani yedi. Uning nechta olmasi qoldi?
Bor edi-4 ta Onasi berdi- 3ta O’zi yedi – 2 ta Qoldi-?
Kartochkani bolalarga ko’rsatib, suhbat o’tkaziladi.
-
Bolalar siz kartochkadan nimani ko’ryapsiz?
-
2 qator olmalarni.
-
Nechta olma rasmini ko’rdingiz?
-
4 ta olma va 3 ta olmani
-
Nasibaga onasi nechta olma berdi?
-
3 ta olma berdi.
-
Nasiba nechta olma yedi?
-
U olmalardan 2 tasini yedi.
-
Uning nechta olmasi qoldi?
-
O’zida 4 ta, onasi 3 ta olma bergan edi. Jami 4+3=7 ta olma bo’ldi. 2
ta olmani yeganidan keyin 4 + 3 = 7 – 2 = 5 ta olma qoldi.
O’quvchilar o’qituvchilar yordamida ifoda tuzib masalani boshqa usulda
yechishlari ham mumkin. 4+3-2=4-2+3=2+3=5. Javob: 5 ta olma qoldi.
Bu safar masala ayirmaga sonni qo’shish usuli bilan yechiladi.
3.
Akvariumning bir tomonida 4 ta baliq yuribdi, 2-tomonida 3 ta baliq
yuribdi. Nodira 2-tomondagi baliqlardan 2 tasini oldi. Akvariumda nechta baliq
qoldi?
Masala sharti o’qib tushuntiriladi va akvarium haqida tushuncha beriladi.
-
Akvarium bu
–
baliqchalar solib qo’yilgan
idish.
Ko’rgazma bolalarga ko’rsatiladi va og’zaki yechiladi.
-
Bolalar akvariumning bir tomonida nechta baliq bor ekan?
-
4 ta baliq bor ekan.
-
Ikkinchi tomonida-chi?
-
3 ta baliq.
-
Nodira nechta baliq oldi, qaysi tomondagidan?
-
2 ta baliq oldi, ikkinchi tomondagidan.
-
Akvariumda nechta baliq qoldi?
Shundan keyin bironta o’quvchini darstaxtaga chiqarib, ifoda tuzdiriladi
va hosil bo’lgan ifodaning son qiymati topiladi.
(4+3)-2=4+(3-2)=4+1=5 ta Javob: 5 ta baliq qoldi.
4.
Gulnorada 4 ta lola bor edi. Nigora unga yana 2 ta lola sovg’a qildi.
Shundan keyin bolalardan birining guli to’kildi. Gulnorada nechta lola qoldi?
O’qituvchi ko’rgazmani bolalarga ko’rsatadi. So’ngra masala shartini o’qib
tushuntiradi.
Bor edi- 4 ta Berildi – 2 ta Qoldi-?
O’quvchilar savol-javob orqali masalani og’zaki yechadilar.
-
Gulnorada nechta lola bor edi?
-
To’rtta lola bor edi.
-
Nigora unga nechta lola berdi?
-
Ikkita lola berdi.
-
Qani, Baxtiyor ifodani tuzchi?
-
Baxtiyor darstaxtaga chiqib ifodanituzadi: 4+2
-
Gulnoraning lolasi nechta bo’ldi?
-
Oltita bo’ldi
-
Nechta lolaning guli to’kildi?
-
Baxtiyor: ,,Bittasining” deb javob beradi va (4+2)-1 ifodani tuzib,
uning qiymatini hisoblaydi. Bolalar daftarlariga yozadilar.
Javob: Gulnorada 5 ta lola qoldi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, shunday rasmli qog’oz lavhachalar orqali
masalalar ifodasini tuzish va yechish oson bo’ladi. Oz vaqt ichida ko’p masala
yechiladi. O’quvchilar qog’oz lavhalardagi masalaga mos rasmli o’z ko’zlari bilan
ko’rib, masalaning mazmunini tez tushunadilar va uni oson yechadilar, fanga
qizqadilar, dars jarayonida o’quvchilarning faolligi ortadi.
Darsning borishi:
I.
Tashkiliy qism:
a) salomlashish:;
b)
o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
c)
ma’naviyat daqiqasi
O’qituvchi: --- O’quvchilar bugun sinfda kim navbatchi? Darsda kim
qatnashmayapti?
O’quvchi: --- Bugun sinfda men navbatchiman. Darsda 26 ta o’quvchidan
hammasi qatnashyapti.
O’qituvchi: --- Juda yaxshi. Endi sizlar bilan siyosiy bilimlarimizni
takrorlab olamiz-a?!
O’qituvchi: --- Bu yil prezidentimiz tomonlaridan qanday nomlandi?
O’quvchi: --- “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlandi.
O’qituvchi: --- Shu yilning boshida prezidentimizning 1-kitoblari qanday
nom bilan chiqdi?
O’quvchi: ---“ Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik
har bir rahbar faoliyatining kundalik mezoni bo’lishi lozim”
O’qituvchi: ---Juda yaxshi. Endi bizga 451-sonli qarorni kim eslatib o’tadi?
O’quvchi: --- “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini
oshirish”.
O’qituvchi: --- Barakalla. Yaqinda biz qaysi bobomiz tavalludlarini
nishonladik? O’quvchilar: ---Buyuk sohibqiron Amir Temur bobomizning
tavalludlarini nishonladik!
O’qituvchi: --- Yaxshi, Bu bobomizning necha yillik tavalludlarini
nishonladik?
O’quvchi: --- 681 yillik tavalludlarini nishonladik!
O’qituvchi:--- Endi kim aytadi, 681 sonida nechta yuzlik, nechta o’nlik va
nechta birlik bor?
O’quvchi: --- 6 ta yuzlik, 8 ta o’nlik va 1 ta birlik bor.
O’qituvchi: --- 410 sonini kim tahlil qiladi?
O’quvchi:--- 4 ta yuzlik, 1 ta o’nlik.
O’qituvchi: --- Konstitutsiyada biz hozir bilishimiz kerak bo’lgan 41-42-
moddalarni kim eslatadi?
O’quvchilar moddalarni aytib o’tadilar.
41- modda. Har kim be’pul ta’lim olish huquqiga ega.
42- modda. Har kim malakali, bepul tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga
ega.
O’qituvchi: ---Yaxshi, hammamiz bu moddalarni bilamizmi?
O’quvchi: --- Haaa!
O’qituvchi: --- Judayam yaxshi, Respublikamizning muhim siyosiy kunlari
va qarorlaridan xabardorsiz…
O’qituvchi: ---Endi mana shunday muhim siyosiy ma’lumotlardan
chetlashmagan holda darsni davom ettiramiz.
II. Asosiy qism:
1)
Uyga vazifa tahlili;
O’qituvchi: --- Uyga topshiriq qilib nima berilgan edi?
O’quvchi: ---Uyga vazifa qilib 837-838-misol va masalalarni bajarib kelish
berilgan.
O’qituvchi: --- Yaxshi, hammamiz bajarganmizmi?!
O’quvchilar: --- Ha-a-a!
O’qituvchi: --- Uyga vazifani tekshirish uchun sizlar bilan “piramida”
o’yinini o’tkazamiz. Hozir sizlarni 3 guruhga ajrataman. Har bir guruh o’zi uchun
belgilangan plakatdagi tarqatmali savollarga javob beradi. Qay darajada vazifani
bajarganingizni savolga bergan javobingizdan bilib olamiz.
2)
Yangi mavzu bayoni
O’qituvchi: ---Juda yaxshi, endi sizlar bilan “ Ikki xonali va uch xonali
songa bo’lish” mavzusinidagi 839-845-misol va masalalarni o’rganamiz.
Mavzuni boshlashdan oldin kim qanday kasb egasi bo’lmoqchi ekanini
aniqlab olamiz.
O’quvchilardan egallamoqchi bo’lgan kasblari so’raladi.
O’qituvchi: --- Yaxshi. Endi mana shu kasblarimizni egallash uchun biz
oladigan bilimlar juda muhim ekanini bilib olamiz.
O’qituvchi: ---Hamma 839-masala shartiga e’tiborini qaratsin.
839-masala: Masalalarni yeching .
6666:66
1112:16
96*28
3012:12
334*34
324*20
2688:96
Bog’dan o’quvchilar 3012 kg olma terishdi. Olmalarni 96 ta yashiklarga teng
taqsimlab chiqishdi. Shundan so’ng 324 kg olma qoldi. O’quvchilar har bir yashikka
necha kg dan olma solishgan.
Jami 3012kg
Yashik
96 ta
Qoldi
324 kg
Bitta yashikda
? kg
Yechish: 1) 3012 – 324= 2688
2) 2688 : 96 = 28
Javob: har bir yashikda 28 kg olma bor
O’qituvchi
masalamizda o’quvchilar olmalarni terishibdi. Biz ham
maktab
bog’iga yordamga chiqqanmizmi?
O’quvchilar
ha-a-a!
O’qituvchi
Mana shu vaqtda siz jonivorlarga, daraxtlarga shikast
yetkazmaganmizmi? Ehtiyotkorlik bilan harakat qilganmizmi?
O’quvchilar
Tabiatga zarar yetkazmay yordam berganmiz!
O’qituvchi
Juda yaxshi. Tabiatni asrasak, u bizga ham shunday
mehribonlik
ko’rsatadi.
Hamma yozib bo’ldimi? Endi sizlar bilan 840-841-misolni og’zaki va
doskada ko’rib chiqamiz.
840-misol:
(47926 + 50378) : (2101- 1845)=384
1) 47926 + 50378=98304
2) 2101 – 1845= 256
3) 98304 : 256=384
841-masala:
Maktab kutubxonasiga 4321 ta kitob olib kelindi. Tuman kutubxonasida esa
undan 20 marta ortiq kitob bor. Tuman kutubxonasida jami qancha kitob bor?
Maktab kutubxonasida 4321 ta kitob
Tuman kutubxonasida ? ta, 20 marta ortiq
Yechish: 4321 * 20= 86420
Javob:
tuman kutubxonasida 8642 ta kitob bor
O’qituvchi: --- Bu masalamiz biz sevib o’qiydigan kitoblarimiz haqida
ekan-a? Chindan ham kitobni sevamizmi?
O’quvchi: --- Ha-a-a! Chunki u bizga doim hamroh bo’ladi.
O’quvchi: --- Bizni to’g’ri yo’lga yetaklaydi.
O’qituvchi: --- Barakalla! Doim kitoblar bilan oshno bo’lishimiz kerak. Endi
842-843 masala bilan tanishamiz.
842- masala:
Yuk mashinasiga umumiy massasi 3115 kg bo’lgan 17 ta motoroller va 24
ta velosiped ortildi. Agar bitta motorollerning massasi 107 kg bo’lsa, velosipedning
massasini toping?
Yechish: 1) 107 * 17= 1819
2) 3115 – 1819= 1296
3) 1296 : 24= 54
Javob: velosipedning masssasi 54 kg.
843-misol: Tengsizliklar tuzing va ularni tekshiring:
1)
7020 va 90 sonlarining bo’linmasi 5030 va 4961 sonlari ayirmasidan
katta. 7020 : 90 > 5030-4961
2)
704 va 42 sonlari ko’paytmasi 26470 va 3704 sonlari yog’indisidan
kichik. 704 * 42 < 26470+3704
O’quvchilar mustaqil ravishda bajaradilar. Bajarib bo’lganlaridan so’ng
o’qituvchi birma –bir aytadi, ular tekshirib boradilar.
Yuqoridagi har bir masalada har bir guruhdan 3 tadan birinchi va to’g’ri
bajargan o’quvchini baholashi aytiladi.
Dars davomida o’zlashtirishi qiyin bo’layotgan o‘quvchilarga: tarqatmali
materiallar orqali nisbatan soddaroq bo’lgan savollar beriladi.
1)
eng katta to’rt xonali sonni eng kichik uch xonali songa bo’ling
2)
75 km masofani 15 km/soat tezlik bilan necha soatda bosib o’tish
mumkin
3)
234 sonini shu sondagi yuzlar xonasidagi songa bo’ling
3) Yangi mavzuni mustahkamlash.
O’qituvchi:--- mavzuni mustahkamlash uchun sizlar bilan kim topqir
o’yinini o’ynaymiz.
Iqtidorli o’quvchilarga:Matematikadan eng yaxshi biladigan o’quvchilar
chiqishi aytiladi, ular 2 ga karrali bo’lgan sonlarni tashlab, qolgan sonlarni aytishlari
kerak bo’ladi. Qolgan o’quvchilar kuzatib, diqqat qilib boradilar. Yutqizgan
o’quvchi o’yinni tark etadi.
III. Yakuniy qism.
a)
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantirilib, baholari e’lon
qilinadi.
b)
Uyga vazifa berish.
844-845-misol va masalalarni bajarib kelish beriladi.
O’qituvchi
tomonidan tushuntiriladi.
X U L O SA
Matematika o’qitishda tashkil etilgan sodda masalalarni yechish
o’quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, misol
va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog’liq
bo’lgan tomonlarini tushunishlariga imkon beradigan faoliyat turlaridan biridir.
Hozirgi paytda yangi axborot va pedagogik texnologiyalar rivojlangan bir
paytda boshlang’ich sinf o’quvchilarini majburiy itoatkorlikka asoslangan
an’anaviy usulda o’qitish emas, balki o’quvchilarning o’qishga, bilim
o’zlashtirishga bo’lgan ongli munosabatini tarbiyalashni amalga oshirishga
qaratilgan o’qitishning noan’anaviy shakllarini ta’lim jarayoniga tadbiq
etishdek muhim vazifalar qo’yilgan.
Masala ustida og’zaki ishlagandan keyin masala mazmunini matematik
atamalar tiliga o’tkazish kerak va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv
shaklida ifodalash kerak.
Shuni nazarda tutish kerakki, hamma hollarda ham qisqacha yozishni
bajarish bilan birga masala sharti analiz ham qilinadi. Qisqacha yozishning
vazifasi ana shundan iborat. Haqiqatdan, masalani qisqacha yozish o’quvchi
xotirasiga tayanch bo’lib, sonli ma’lumotlarni tushunish va yaratish imkonini
beradi, bu ma’lumotlarni masalada nima berilganligini va nimani izlash
kerakligini aniqlashga yordam beradi. Shunday qilib matematik masalalar
yechish o’quvchilarning matematik bilimlarini rivojlantirish usullaridan biri
sifatida qaralishi lozim. Shu bilan birga murakkab va qiziqarli masalalar o’qitish
samaradorligini oshirishning eng yaxshi usullaridan biri sifatida bo’lishi ham
mumkin. Shu sababli boshlang’ich sinf matematika darslarida masalalar yechish
usullarini to’g’ri tashkil etish, undan oqilona foydalanish, masalaning turli
shakllarini tashkil etish va unda turli didaktik vositalardan imkon darajasida
foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri sifatida
qaralmog’i maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I. Iqtisodiy-siyosiy adabiyotlar.
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T., 2014.
2. “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim
standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 6-
apreldagi 187-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997- yil. 9-son,
225- modda.
4. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997- yil. 11-12-son, 295-modda.
5. “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida” dagi PQ – 2909 – sonli qarori 2017- yil 20- aprel
“Ilmiy-uslubiy adabiyotlar”.
6. Alixonov S, “ Matematika o’qitish metodikasi “ Toshkent.:
“O’qituvchi” 2001-yil
7. Аlixonov S, “Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish
mеtodikasi”,- Namangan: “Мaruzalar to’plami”, 2010-yil
8. Bikboyeva A. U, Yangiboyeva E, “ Matematika 1-4 sinflar
uchun “ Toshkent.: 2003-yil
9. Matematika. 3-sinf. N. U. Bikbayeva, E. Yangabayeva. 2010 yil.
10. M.E.Jumayev,
Z.G’.Tadjiyeva,
O.Toshmetova,
Z.Yunusova
“Boshlang’ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish
metodikasi” Toshkent 2005 – y.
11. Jumayev M.E., „Matematika o’qitish metodikasidan praktikum“-
Toshkent.: O’qituvchi, 2004, 328 bet.
12. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z „Boshlang’ich sinflarda matematika
o’qitish metodikasi“ Toshkent.: Fan va texnologiya, 2005, 312 bet.
13. N.U.Bikbaeva, R.I.Sidel’nikova, G.A.Adanbekova „Boshlang’ich
sinflarda matematika o’qitish metodikasi“ Toshkent.: O’qituvchi, 1996 yil 74-
240 betlar
14. Jumayev M.E. Bolalarda matematika tushunchalarni shakllantirish
nazariyasi.-T.: ”Ilm-Ziyo”, 2005,
15. Jumayev M. „Boshlang’ich sinflarda matematika
o’qitish
metodikasidan labaratoriya mashg’ulotlari “ Toshkent.: Yangi asr avlodi, 2006,
256- bet.
16. Jumayev M.E. ”O’quchining ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida
bo’lajak
boshlang’ich
sinf
o’qituvchilarining
metodik
–
matematik
tayyorgarligi” – Toshkent.: Fan, 2009, - 240 b.
17. Levenberg L.Sh. Axmadjonov L.G. ”Boshlang’ich
sinflarda
matematika o’qitish metodikasi” Toshkent O’qituvchi 1985 yil.
18. Tadjiyeva Z.G’. Boshlang’ich sinflarda fakultativ darslarni tashkil
etish.-T.: 2005, 68- bet.
19. Mardonova G’.I. „Matematikadan test to’shiriqlari 1-sinf”-
Toshkent.: O’qituvchi, 2007, 48 bet.
20. Mardonova G’.I. „Matematikadan test to’shiriqlari 2-sinf”-
Toshkent.: O’qituvchi, 2007, 60 bet.
21. Mardonova G’.I. „Matematikadan test to’shiriqlari 3-sinf”-
Toshkent.: O’qituvchi, 2007, 64 bet.
INTERNETDAN FOYDALANILGAN SAYTLAR
1. www.pedagog.uz
2. www.ziyo.uz
3. www.edu.uz
4. www.ziyonet.uz