SOHA BO`YICHA BELGILANGAN MAVZU ASOSIDA ILMIY TADQIQOT OLIB BORISH JARAYONLARI
Yuklangan vaqt
2024-04-07
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
27,2 KB
SOHA BO`YICHA BELGILANGAN MAVZU ASOSIDA ILMIY
TADQIQOT OLIB BORISH JARAYONLARI
REJA:
1.
Maqola, tezis, taqriz, annotatsiya, rezyume matni talablari.
2.
“Men sevgan kasb” mavzusida maqola yozish
Tayanch so‘zlar:turmush, oila, reja, xalq, maqol, kundalik, maqol, fe’l,
tuslanish, birlik, ko‘plik, zamon ,tezis, taqriz, annotatsiya, rezyume
Mavzuning qisqacha bayoni
Soha bo`yicha belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari
жисмоний тарбия ва спорт соҳасига оид янги сўз ва атамаларнинг
қўлланилишидаги муаммолар ва ечимлар, ўзбек тилининг давлат тили
сифатида ривожланишида спортнинг ўрни ҳамда давлат тили тарғиботи
масалалари, жисмоний тарбия ва спорт соҳасида давлат тилида иш юритиш
масалалари, болалар ҳамда катталар фойдаланадиган спорт жиҳозларининг
ўзбек тилида номланиши, жисмоний тарбия ва спорт соҳасига оид янги сўз ва
атамаларни қўллаш борасида илмий тадқиқотларни олиб бориш зарурати каби
йўналишларни қамраб олади.
Илмий тадқиқотда жисмоний тарбия ва спорт соҳаси бўйича келгусида амалга
оширилиши зарур бўлган вазифаларни тўғри белгилаб олиш мақсадга
мувофиқ
Ўтган давр мобайнида соҳа мутахассислари, олимлар, жумладан, фан доктори
ва профессорлар Ф.Керимов, Р.Холмухаммедов, А.Абдиев, С.Тожибоев,
Х.Рафиев,
доцентлар
О.Ҳайитов
ҳамда
А.Шопўлатовлар
спорт
энсеклопедияси, спорт жиҳозларининг ўзбек тилида номланиши, жисмоний
тарбия ва спорт атамалари, спорт соҳасига оид ўзбек тилига хорижий
тиллардан ўзлаштирилган сўз ва атамалар ҳамда спорт турлари бўйича сўз ва
атамалар ҳамда изоҳли луғатлар яратилмаганлиги соҳада айниқса илмий-
тадқиқот
йўналишида
спорт
атамаларини
турлича
қўллашга
сабаб
бўлаётганлиги қайд этилди.
Вазирлик тизимидаги спорт таълим муассасалари учун лотин алифбосида
ўқув адабиётларини яратиш, шунингдек, Жисмоний тарбия ва спорт
йўналишидаги таълим муассасалари фаолиятини такомиллаштириш бўйича
вазирлик ҳузуридаги мувофиқлаштирувчи кенгаш фаолиятини ҳам янада
жонлантириш, соҳа мутахассислари, олимларнинг жисмоний тарбия ва спорт
соҳаси учун тайёрланган ўқув адабиётларининг муҳокамасини ташкил этиш,
ҳар бир ўқув қўлланма ва адабиётларни сифатли тайёрлашга алоҳида эътибор
қаратиш лозимлиги каби ташаббуслар илгари сурилди.
Maqola - tahliliy jurnalistikaning yetakchi janri sifatida. Uning tarixiy
ildizlari. Maqola janrining asosiy xususiyatlari, o’ziga xosligi va boshqa janrlardan
farqli tomonlari. Unga qo’yiladigan talablar va bajarishi lozim bo’lgan vazifasi.
Maqola janrining turlari:tashviqiy, muammoli, ilmiy-ma'ifiry, diniy-ma'rifiy,
ko’ngilochar
maqolalar.
Tashviqiy
maqola. Janr
xususiyatlari.
O‘zbek
jurnalistikasida tashviqiy maqolalarning eng yaxshi namunalari. Tashviqiy maqola
metodikasi
Publitsistikaning eng murakkab janrlaridan biri bu-maqola janridir. Bu
janrning asosiy xususiyati shundaki, voqelik keng qamrovli, chuqur mantiqiy
xulosalar va umumlashtirish, oldindan ko‘ra bilish, tahlil va tekshirishga
asoslangan va o‘ziga xos (original) mulohazalarga ega bo‘lishi kerak.
Publitsistikada maqolaning tarixiy ildizlari chuqur sanaladi. Va ularning
turlari farqlanadi. Shu nuqtai nazardan maqola voqyelikning boshqa voqyelikdan
ustunligi, o‘ziga xosligi, o‘z davrining muhim vaziyatini yoritish va dolzarbligi
bilan ko‘p yillar saqlanishi kerak.
Maqola - juda jiddiy janr. Jurnalistdan katta bilim va mahoratni talab etadi.
Maqolaning kompozitsion tuzilishi aniqlik va oddiylikka asoslanishi va
publitsistikaning asosiy qonuniyati bo‘lgan voqelikni keng yoritish bilan
belgilanadi.
Maqola - publitsistikaning murakkab janrlaridan biri hisoblanadi. Maqola
janrida qalamga olingan bitta muammo aynan aniqlikni, mavzudan chiqib
ketmaslikni ta'minlagani bois fikrni aniq va ravshan faktlarga asoslangan holda
ifodalash imkonini beradi.
Maqola janrida voqelikni sharhlash aniq faktni ifodalashdan boshlanib,
mazkur hodisa muallif qarashiga to‘g‘ri kelishi yoki zid bo‘lishi mumkin. Aynan
shu hol ob'yektga nisbatan muallifning o‘z nuqtai nazarini bildirishi orqali mazkur
voqyelikning jamiyatga nisbatan foydali yoki zararli ekanligi holatlarini ifodalaydi.
Maqola - publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib,
nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot. texnika, fan va
madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg‘or isn tajribalari ornmalashtiriladi, xalq xo'jaligidagi
nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh maqola, nazariy va targ‘ibot maqola, muammoli
maqola keng qoMlanadi. Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola)
tahririyatning eng mas'uliyatli maqolasi bo‘lib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim
masalalami o‘quvchiIar ommasiga yetkazish vazifasi qo‘yiladi. Bunday maqola muayyan
masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, mavjud kamchiliklami ochib tashlashi, har bir
ishning asosiy haqiqiy yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis
qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukamat hujjatlari,
qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada ochib beriladi. Nazariy
maqola va targ'ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g‘oya, istiqlol
mafkurasining asoslari va prinsiplarini, ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika
yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o‘quvchining g‘ovaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan
iborat. Muammoli maqola munozara vabahslashuv mazmunida bo‘lib. unda biror masala
yuzasidan muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi.
Maqolaiar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
1. Kirish - bunda tanlangan mavzuning dolzarbhgi belgilanadi.
2. Asosiy qism - muallif tomonidan rejalangan fíkr bayon qilindi.
3.
Xulosa - mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari
beriladi.
Maqolaiar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan
holatda yoziladi. Maqola yozishda rnaqolaning mavzusini belgilash va unga sariavha tanlash
ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tibomi jalb qiladigan va, al- batta, maqolaning
bosh mavzusini yoritib beradigan boMishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif
haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko'rsatiladi.
Maqolaning belgilari
1. Aniq fikrni izchil rivojlantirish.
Bunda bitta aniq mavzu tanlanib, o‘rganilishi va yoritilishi kerak. Agar
jurnalist bitta maqolaning o‘ziga bir necha savolni qo‘yib unga javob berishga
xarakat qilsa, yo‘lini yo‘qotishi tayin. Maqola janr sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi.
Gazetadagi maqola faqat bitta savolga yoki bitta masalaga bag‘ishlanishi kerak.
Maqolada bitta savolga yoki masalaga javob topishning o‘zi fikrini ma'lum
yo‘nalishga qratilganligi uni ko‘p mavzulikdan xalos etadi. Buning uchun
maqolaga qo‘yilgan talab aniq maqsadga yo‘naltirilgan va izchil o‘rganiladigan
bo‘lishi kerak. Qo‘yilgan savolni mayda detallarga bo‘linishi, voqyelikni turli
tomonlarda va o‘lchamlarda tahlil qilish lozim bo‘ladi.
2. Maqolaning boshqa janrlar bilan tengligi. U ham fakt bilan boshlanadi. Fikr
va uning ortidan muallifning asosli mulohazalari o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi
kerak. Fikrlashning boshlanishi aniq dalilli xabarga tashaladi. Bu xabar (signal)
muallifning qarashlariga mos tushishi yoki aksincha qarama-qarshi bo‘lishi
mumkin. Bunga javoban ob'yektga baho berish orqali fikr ishlashni boshlaydi.
Mana shu bir mavzu atrofidagi fakrlar shu mavzuga tegishli bo‘lgan bir necha
savollarni paydo qiladi. Jurnalist ana shu savollarga javob izlash orqali yoritmoqchi
bo‘lgan mavzusi tekshirish bilan ochib boradi.
Fakt haqiqiymi yo haqiqiy emasmi, yoki tasodifiymi, u vaziyatga bog‘liqmi
yoki alohidami, ana shu sodir bo‘lgan, voqyelikning jamiyatga yoki ma'lum guruh
uchun qanday foydali yoki zararli tomonlari bor, uning boshqa sodir bo‘lgan
hodisalar bilan qanday uzviy tomonlari bor.
3.Ko‘tarilgan va rivojlantirilgan tugallik. Muallif fikri oxir oqibatda
maqolaning mavzusini belgilaydi. Uni isbotlash uchun esa maqolani bir tizimga
solish va dalillash kerak bo‘ladi. Dalillash, ya'ni argumentlash muammosi
jurnalistni ayniqsa, tahlilchi jurnalist uchun eng muhim vazifalardan biri
hisoblanadi.
4. Mavzuda savolning qo‘yilishi.
Mavzuni ishlashda juda ko‘p savollar tug‘iladi. Ularni tekshirish orqali ochib
berish jurnalist avval o‘ziga, keyin o‘quvchiga voqyelikni ochib beradi.
5.Maqolada faktlar va dalillarni yig‘ish.
Maqola yozishda jurnalist juda katta bilim doirasiga, zahirasiga ega bo‘lishi
lozim. Har gal uning nazariy bilimlar zahirasi, biror voqelikni ochish, izlanish
orqali yangi bilimlarga boyib boraveradi. Ammo ba'zan nazariy bilimlar
jurnalistning hayotini turli sohalaridagi, jarayonlaridagi, vaziyatlaridagi,
hodisalaridagi holatlarni ochib berishga, faktlar bilan isbotlashga kamlik qiladi.
Shunday xollarda jurnalist maxsus adabiyotlardan, ma'lumotnoma, lug‘atlardan
foydalanishi kerak.Bundan tashqari faktlarni aniq isbotlash uchun, faqat
bilimlardan, tashqari jurnalist shaxsiy kuzatuviga ham tayyorlanishi kerak Dalillar
bilan bir paytda maqolada aniq faktlar muhim rol o‘ynaydi. Uning aniq belgilanishi
- guvohi bo‘lmoq, shohidi bo‘lmoq juda muhimdir. Mana nima uchun, maqolaning
tayyor xolatga keltirishga jurnalist bitta mavzuni har tomonlama o‘rganadi, iloji
boricha ko‘p dalillar topadi. Bu faktlarning hammasi ham maqolada aks etishi shart
emas.
6. Maqolada muallif fikrining ifodalanishi.
Faktlarning umumiy yig‘indisiga asoslanib, muallif fikri o‘z tasdiqini topishi
kerak. Ya'ni muallif aytmoqchi bo‘lgan fikr faktlar asosida ifodalanmog‘i
kerak.Ular esa muallifning to‘g‘ri mulohazalari va qarashlarini beradi. Muallifning
qarashlaridagi tizim voqyelikni kuzatishlari orqali isbotlanadi. Fakt maqolada
haqiqiy va ishonarli bo‘lishi kerak, aks xolda u maqolaning xulosalariga mos
kelmasligi yoki jurnalist chiqargan xulosalar bilan qarama-qarshi bo‘lib qolishi
mumkin. Faktlar bilan ishlashda ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini
aniqlashda muallifning o‘z pozitsiyasi, tutgan yo‘li bo‘lishi kerak.
Fikrning asta-sekin rivojlana borishi, uning fakt va dalillar hisobiga
to‘liqlashgani sari maqolaning muallifi o‘quvchini xulosa qilishga undaydi.
Muallif fikrining izchil rivojlanishi orqali paydo bo‘ladigan mantiqiy nutqdir.
U o‘quvchiga hayotdagi ma'lum bir voqyelik haqida tasavvur beradi.
Maqolada ko‘tarilgan savolning yechimini ko‘rsatish orqali. Shulardan kelib chiqib
maqolaga ta'rif beramiz.
Maqola-publitsistikaning eng asosiy janrlardan biri bo‘lib, aniq faktga va
isbotga asoslangan jamiyatdagi ma'lum voqea, hodisalariga nisbatan jiddiy
fikrlarning rivojlantirish tufayli muallifning erishgan aniq natijalariga asoslangan
xulosalaridir.
Mazmun mohiyatiga ko‘ra maqolalar bir necha turga bo‘linadi.
Taqriz haqida umumiy ma’lumot
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki
ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek,
mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari,
muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi; asarga baho
beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng
kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi,
zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki Taqriz ham bo‘ladi. Masalan,
nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi,
biroq bu taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi.
O‘zbek adabiyotida taqriz XX asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng
rivojlana boshlagan. Endilikda taqriz o‘zbek adabiy tanqindchiligining eng muhim
janrlaridan bo‘lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G‘afur G‘ulom kabi
yozuvchilar,
O`.Hoshimov,
S.Husayn,
Olim
Sharafiddinov,
V.Zohidov,
I.Sultonov, H.Yoqubov, M.Qo‘shjonov, I.Haqqulov va boshqa olimlar o‘zbek
adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratdilar.
Ichki taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va
ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi. Biroq, taqriz matbuotda e’lon
qilinmaydi,rus tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G.Belinskiyning roli
katta. U taqrizni haqiqiy san’at darajasiga ko‘tardi. Taqriz badiiy asar haqida
shunchaki ma’lumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim
masalalarini ko‘taruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida o‘ylashga
o‘rgatuvchi uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi.
Taqriz xarakteriga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. Masalan, kengaytirilgan annotatsiya
tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik ma’lumot beriladi. Tanqidiy yoki
publitsistik maqola taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala
haqida fikr yuritiladi.
Ilm [bilim; fan; nazariya] – O‘qish-o‘rganish va tadqiqot, tahlil etish bilan
erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot.
Fan [mahorat; ilm, bilim] - Tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini
ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan natijalar bilan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi
bilimlar tizimi.
Taqriz – sаylаnmа bаyоnning bir turi. U bаdiiy, ilmiy, mеtоdik vа
bоshqааsаrlаrgа bеrilgаn bаhоdir. Taqrizdааsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаi
nаzаrdаn bаhоlаnаdi. Аsаrning yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi.
Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy
izоhlаr bеrаdi.
Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi.
Tаqriz qilinаyоtgаn аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vааmаliy аhаmiyati
hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si
еmаs, bаlki uning (аsаrning) хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi.
Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:
1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.
2. Kitob (film, teatr)ning baholanishi.
Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Kitob (film, teatr)da hikoya qilinadi.
Kitob (film, teatr)da muammolar ko‘tariladi.
Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Men … hisoblayman – Ясчитаю…
Mening fikrimcha… - Помоему…
Meningnazarimda… - На мой взгляд…
… mengayoqdi. – Мне понравился (-лась)…
… menda katta taassurot uyg‘otdi. - Большое впечатление на меня
оказала…
Kitob (film, teatr) …o‘rgatadi. - Книга (фильм, театр) учит…