So`lak tarkibini aniqlash va ozuqa ratsionini tuzish

Yuklangan vaqt

2025-09-06

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

9,2 MB


 
 
 
 
So`lak tarkibini aniqlash va ozuqa ratsionini tuzish 
Reja 
1. Og`iz bo`shlig`ida ovqat hazmi 
2. So`lak bezlari va funksiyalari 
3. So`lakning tarkibi va xossalari 
4. 
Ozuqa ratsionini tuzish 
Og’iz bo’shlig’ida ovqat hazmi. Organizmni to’yimli moddalarga bo’lgan 
talabini qondirilishida, organizm tomonidan uzlashtirilihsida va organizmidagi 
hayotiy jarayonlarning mutadilligini ta’minlashda hazm jarayonlarining dastlabki 
qismi og’iz bo’shlig’ida oziq moddalarning  hazmlanishi muhim ahamiyatga ega. 
Og’iz bo’shlig’ida ovqat hazmi hazm jarayonida jiddiy rol o’ynaydi.  Og’izga 
olingan oziqalar og’iz bo’shlig’idagi reseptorlarni qo’zg’atadi. Bu esa ovqat hazmini 
mo’’tadil kechishi uchun juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan so’lakni, me’da va 
me’daosti shiralarining ajralishini reflektor holda qo’zg’atadi. Og’iz bo’shlig’idagi 
reseptorlarni qo’zg’alishi u yerga tushayotgan moddalarni saralash imkonini beradi. 
Bu holda og’iz bo’shlig’iga tushgan ozuqa bo’lmagan yoki zararli moddalar og’iz 
bo’shlig’idan reflektor harakatlar bilan chiqarib tashlanadi. Og’iz bo’shlig’iga 
ovqatlar tushganidan keyin u yerda so’lak ajralishi yoki sekretorlik akti va chaynash 
hamda so’rish kabi murakkab harakat aktlari bajariladi. Odamlar  og’iz bo’shlig’ida 
ovqatlar 15-18 (30 gacha) soniyagina  mexanik va ximiyaviy jihatdan qayta  
ishlanadi nihoyat oxirgi, harakat akti bilan ovqat luqmasi yutiladi. 
So’lak bezlari va ularning funksiyalari. Og’iz bo’shlig’idagi barcha bezlar 
o’z holatiga qarab ikki guruhga; 1) shilliq parda yoki shilliq osti qatlamidagi 
mayda so’lak bezlari  - lab, tanglay, milk, tish va tilda joylashgan. 2) 
quloqoldi, tilosti va jag’osti-katta so’lak bezlariga farqlanadi. 
Logotip
So`lak tarkibini aniqlash va ozuqa ratsionini tuzish Reja 1. Og`iz bo`shlig`ida ovqat hazmi 2. So`lak bezlari va funksiyalari 3. So`lakning tarkibi va xossalari 4. Ozuqa ratsionini tuzish Og’iz bo’shlig’ida ovqat hazmi. Organizmni to’yimli moddalarga bo’lgan talabini qondirilishida, organizm tomonidan uzlashtirilihsida va organizmidagi hayotiy jarayonlarning mutadilligini ta’minlashda hazm jarayonlarining dastlabki qismi og’iz bo’shlig’ida oziq moddalarning hazmlanishi muhim ahamiyatga ega. Og’iz bo’shlig’ida ovqat hazmi hazm jarayonida jiddiy rol o’ynaydi. Og’izga olingan oziqalar og’iz bo’shlig’idagi reseptorlarni qo’zg’atadi. Bu esa ovqat hazmini mo’’tadil kechishi uchun juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan so’lakni, me’da va me’daosti shiralarining ajralishini reflektor holda qo’zg’atadi. Og’iz bo’shlig’idagi reseptorlarni qo’zg’alishi u yerga tushayotgan moddalarni saralash imkonini beradi. Bu holda og’iz bo’shlig’iga tushgan ozuqa bo’lmagan yoki zararli moddalar og’iz bo’shlig’idan reflektor harakatlar bilan chiqarib tashlanadi. Og’iz bo’shlig’iga ovqatlar tushganidan keyin u yerda so’lak ajralishi yoki sekretorlik akti va chaynash hamda so’rish kabi murakkab harakat aktlari bajariladi. Odamlar og’iz bo’shlig’ida ovqatlar 15-18 (30 gacha) soniyagina mexanik va ximiyaviy jihatdan qayta ishlanadi nihoyat oxirgi, harakat akti bilan ovqat luqmasi yutiladi. So’lak bezlari va ularning funksiyalari. Og’iz bo’shlig’idagi barcha bezlar o’z holatiga qarab ikki guruhga; 1) shilliq parda yoki shilliq osti qatlamidagi mayda so’lak bezlari - lab, tanglay, milk, tish va tilda joylashgan. 2) quloqoldi, tilosti va jag’osti-katta so’lak bezlariga farqlanadi.
 
So’lak bezlari faqatgina ovqat hazmida ishtirok etmasdan, balki moddalar 
almashinuvining oxirgi mahsulotlarini chiqarib tashlashda (ajratish funksiyasi) 
hamda me’daosti bezi gormoniga o’xshash uglevodlar almashinuvida ishtirok 
etuvchi gormonni ham ajratadi (ichki sekresiya funksiyasi). Ayrim hayvonlarda, 
masalan itlarda so’lak bezlari issiqlik almashinuvida ham ishtirok etadi. Odamlar 
va hayvonlarda so’lak bezlarining faoliyati turlichadir. Ma’lumotlarga kura, 
odamlarda quloqoldi, tilosti va jag’osti bezlari  tinimsiz faoliyat ko’rsatadi va tinch 
holatda bir minutda 0,25 ml so’lak ajraladi. Har bir so’lak bezidan ajralgan 
so’lakning 
miqdori 
deyarlik 
bir 
xildir. 
Bir 
kecha-kunduzda 
har 
xil 
hayvonlardagidek, aynan bir odamning o’zida ham ajralayotgan so’lak miqdori 
turlichadir. Gapirgan va yozgan paytda so’lak ajralishi tezlashadi. Kunduz kuni 
ajralayotgan so’lak miqdori ko’paysa, kechasi esa so’lakning miqdori juda kuchli 
o’zgaradi. Oziqlarning qabul qilinishi asosiy sekresiyani oshirsa, och  qolish esa 
uni kamaytiradi. Odamlarda so’lak ajralishiga yeyiladigan ovqatlarning quruqligi 
hayvonlardagidek ahamiyatga ega emas. Shu sababli ham suvli ovqatlar va suvsiz 
oziq moddalarga ajraladigan so’lak miqdori orasidagi farq unchalik katta emas. 
Odamlarda reflektor ravishda so’lak ajralishi ular suvsiz qoldirilganida kamayadi. 
Suvning isitilishi yoki sovutilishi so’lak ajralishini tezlashtiradi, lekin suvning 
sovutilishi yoki muz, issiq suvga nisbatan so’lak ajralishini tezlashtiradi. Oziqlar 
chaynalgan paytda, so’lak  ajralishi tezlashadi, ovqat qancha mayda chaynalsa 
so’lak ajralishi shuncha jadal kechadi. Oziqlar og’iz bo’shlig’ini qaysi tomonida 
chaynalsa o’sha tomonda so’lak ko’p ajraladi, xuddi otlardagidek. Jismoniy ish 
bajarilgan paytda so’lak ajralishi kamayadi, lekin uning yopishqoqligi ortadi. 
So’lak ajralishi aqliy-mehnat va his-hayajonli vaqtlarda tormozlanadi. So’lak 
ajralishini reflektor ravishda o’zgarishi me’da va o’n ikki barmoqli ichaklarga borib 
tushgan suv va suyuq oziqlar hisobiga kuchsiz mexanik va kimyoviy 
qo’zg’atuvchilar reseptorlarni qo’zg’atilishi tufayli o’zgarishi yuz beradi. 
Logotip
So’lak bezlari faqatgina ovqat hazmida ishtirok etmasdan, balki moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini chiqarib tashlashda (ajratish funksiyasi) hamda me’daosti bezi gormoniga o’xshash uglevodlar almashinuvida ishtirok etuvchi gormonni ham ajratadi (ichki sekresiya funksiyasi). Ayrim hayvonlarda, masalan itlarda so’lak bezlari issiqlik almashinuvida ham ishtirok etadi. Odamlar va hayvonlarda so’lak bezlarining faoliyati turlichadir. Ma’lumotlarga kura, odamlarda quloqoldi, tilosti va jag’osti bezlari tinimsiz faoliyat ko’rsatadi va tinch holatda bir minutda 0,25 ml so’lak ajraladi. Har bir so’lak bezidan ajralgan so’lakning miqdori deyarlik bir xildir. Bir kecha-kunduzda har xil hayvonlardagidek, aynan bir odamning o’zida ham ajralayotgan so’lak miqdori turlichadir. Gapirgan va yozgan paytda so’lak ajralishi tezlashadi. Kunduz kuni ajralayotgan so’lak miqdori ko’paysa, kechasi esa so’lakning miqdori juda kuchli o’zgaradi. Oziqlarning qabul qilinishi asosiy sekresiyani oshirsa, och qolish esa uni kamaytiradi. Odamlarda so’lak ajralishiga yeyiladigan ovqatlarning quruqligi hayvonlardagidek ahamiyatga ega emas. Shu sababli ham suvli ovqatlar va suvsiz oziq moddalarga ajraladigan so’lak miqdori orasidagi farq unchalik katta emas. Odamlarda reflektor ravishda so’lak ajralishi ular suvsiz qoldirilganida kamayadi. Suvning isitilishi yoki sovutilishi so’lak ajralishini tezlashtiradi, lekin suvning sovutilishi yoki muz, issiq suvga nisbatan so’lak ajralishini tezlashtiradi. Oziqlar chaynalgan paytda, so’lak ajralishi tezlashadi, ovqat qancha mayda chaynalsa so’lak ajralishi shuncha jadal kechadi. Oziqlar og’iz bo’shlig’ini qaysi tomonida chaynalsa o’sha tomonda so’lak ko’p ajraladi, xuddi otlardagidek. Jismoniy ish bajarilgan paytda so’lak ajralishi kamayadi, lekin uning yopishqoqligi ortadi. So’lak ajralishi aqliy-mehnat va his-hayajonli vaqtlarda tormozlanadi. So’lak ajralishini reflektor ravishda o’zgarishi me’da va o’n ikki barmoqli ichaklarga borib tushgan suv va suyuq oziqlar hisobiga kuchsiz mexanik va kimyoviy qo’zg’atuvchilar reseptorlarni qo’zg’atilishi tufayli o’zgarishi yuz beradi.
Odamlarda bir kecha-kunduzda o’rtacha 1,5 L so’lak ajraladi va uning deyarlik 
barchasi yutiladi, faqatgina juda kam qismi tupurish hamda og’iz bo’shlig’i  
yuzasidan bug’lanish hisobiga yo’qoladi. 
                                          So’lakning tarkibi va hazmlovchi ta’siri. 
 So’lak ajralishiga – salivasiya deyiladi, u rangsiz, yengil ko’pilanuvchi,engil 
tupiriluvchi, cho’ziluvchi, hidsiz va ta’msiz ishqoriy muhitga ega bo’lgan suyuqlikdir. 
Uning ishqoriyligi bir kunning o’zida turli odamlardagidek, aynan bir odamning 
o’zida ham o’zgarib turadi (pH-5,25-7,54). So’lakning muhiti ovqatlangandan keyin 
kislotali tomonga ham o’tishi mumkin. 
So’lakning reaksiyasi va tarkibi jihatidan hayvonlarnikidan odamlarniki farq qiladi. 
Odamlar so’lagining zichligi 1,002 dan 1,017 gacha o’zgarib turadi. So’lakning 
tarkibida suv 98,5 dan 99,5 % gacha va qattiq moddalar esa 0,5 dan 1,5 % gacha 
bo’lib, uning 2/3 – qismiga yaqini organik moddalar va 1/3 –qismiga yaqini tuzlardir. 
 So’lakda; a) xlorid, fosfat, sul’fat tuzlarining qoldiqlari, natriy, kaliy va kalsiy 
bikarbonatlari, azotning achchik tuzi, ammiak, odamlar so’lagi tarkibida esa   
yuqoridagilardan tashqari sul’fotsianli kislotalar birikmasi – rodanidlar kabi 
anorganik moddalar saqlanadi. b) musin, globulin hamda aminokislotalar, kreatinin, 
siydik kilotasi va mochevina kabi organik birikmalar ham saqlanadi. Sulakning 
tarkibida mikroblarni juda tez eritib yuboruvchi fermentga o’xshash modda lizosim 
saqlanadi, uncha katta bo’lmagan miqdorda proteolitik va linolitik fermentlar va 
shular qatorida oksidaza va peroksidazalar ham saqlanadi. O2, N va ayniqsa CO2 kabi 
jiddiy miqdordagi gazlar ham saqlanadi. So’lak va ovqat hazmlash kanaliga 
tushadigan dastlabki suyuqlik sifatida quruq moddalarni yumshatadi, eruvchi 
moddalarni eritadi va qattiq, dag’al moddalarni shilimshiq modda-musin bilan o’rab 
ularning yutilishini yengillashtiradi. So’lak zararli moddalarni neytrallaydi, ularni 
konsentrasiyasini suyultiradi hamda og’iz bo’shlig’ining shilliq pardasiga o’tirib 
qolgan zaharli va zararli moddalarni yuvadi. Odamlar so’lagida kraxmalni parchalab 
qator dekistrinlardan keyin glyukozaga aylanishini ta’minlovchi ptialin, hayvonlarda 
esa amilaza fermenti saqlanadi. Ptialin ishqorli, neytral va kuchsiz kislotali muhitda 
ta’sir ko’rsatadi. Me’daning kislotali shirasi bu fermentning ta’sirini tormozlaydi, 
lekin uni parchalamaydi va bu fermentning faoliyat ko’rsatishi uchun eng qulay muhit 
Logotip
Odamlarda bir kecha-kunduzda o’rtacha 1,5 L so’lak ajraladi va uning deyarlik barchasi yutiladi, faqatgina juda kam qismi tupurish hamda og’iz bo’shlig’i yuzasidan bug’lanish hisobiga yo’qoladi. So’lakning tarkibi va hazmlovchi ta’siri. So’lak ajralishiga – salivasiya deyiladi, u rangsiz, yengil ko’pilanuvchi,engil tupiriluvchi, cho’ziluvchi, hidsiz va ta’msiz ishqoriy muhitga ega bo’lgan suyuqlikdir. Uning ishqoriyligi bir kunning o’zida turli odamlardagidek, aynan bir odamning o’zida ham o’zgarib turadi (pH-5,25-7,54). So’lakning muhiti ovqatlangandan keyin kislotali tomonga ham o’tishi mumkin. So’lakning reaksiyasi va tarkibi jihatidan hayvonlarnikidan odamlarniki farq qiladi. Odamlar so’lagining zichligi 1,002 dan 1,017 gacha o’zgarib turadi. So’lakning tarkibida suv 98,5 dan 99,5 % gacha va qattiq moddalar esa 0,5 dan 1,5 % gacha bo’lib, uning 2/3 – qismiga yaqini organik moddalar va 1/3 –qismiga yaqini tuzlardir. So’lakda; a) xlorid, fosfat, sul’fat tuzlarining qoldiqlari, natriy, kaliy va kalsiy bikarbonatlari, azotning achchik tuzi, ammiak, odamlar so’lagi tarkibida esa yuqoridagilardan tashqari sul’fotsianli kislotalar birikmasi – rodanidlar kabi anorganik moddalar saqlanadi. b) musin, globulin hamda aminokislotalar, kreatinin, siydik kilotasi va mochevina kabi organik birikmalar ham saqlanadi. Sulakning tarkibida mikroblarni juda tez eritib yuboruvchi fermentga o’xshash modda lizosim saqlanadi, uncha katta bo’lmagan miqdorda proteolitik va linolitik fermentlar va shular qatorida oksidaza va peroksidazalar ham saqlanadi. O2, N va ayniqsa CO2 kabi jiddiy miqdordagi gazlar ham saqlanadi. So’lak va ovqat hazmlash kanaliga tushadigan dastlabki suyuqlik sifatida quruq moddalarni yumshatadi, eruvchi moddalarni eritadi va qattiq, dag’al moddalarni shilimshiq modda-musin bilan o’rab ularning yutilishini yengillashtiradi. So’lak zararli moddalarni neytrallaydi, ularni konsentrasiyasini suyultiradi hamda og’iz bo’shlig’ining shilliq pardasiga o’tirib qolgan zaharli va zararli moddalarni yuvadi. Odamlar so’lagida kraxmalni parchalab qator dekistrinlardan keyin glyukozaga aylanishini ta’minlovchi ptialin, hayvonlarda esa amilaza fermenti saqlanadi. Ptialin ishqorli, neytral va kuchsiz kislotali muhitda ta’sir ko’rsatadi. Me’daning kislotali shirasi bu fermentning ta’sirini tormozlaydi, lekin uni parchalamaydi va bu fermentning faoliyat ko’rsatishi uchun eng qulay muhit
pH- 6,7 dir. 20 yoshdan boshlab odamlar so’lagida ushbu fermentning kamaya borishi 
kuzatiladi. So’lak tarkibida katta miqdorda ishqorlarning saqlanishi, so’lak hosil 
bo’lishida ularning qondan ajralishi qon reaksiyasining nisbatan doimiyligini 
ta’minlashga yordam beradi. Bundan tashqari so’lak tarkibidagi ishqorlar me’da 
shirasining ortiqcha kislotaligini pasaytiradi. 
 
So’lak ajralishi 
 
So’lakni asosan uch juft  –quloq oldi, til osti va jag’ osti so’lak bezlaridan ishlab 
chiqaradi. Bulardan tashqari, so’lak hosil bo’lishida og’iz devorida, til ildizida, 
tomoqda joylashgan mayda qo’shimcha bezchalar va ayrim qadoqsimon hujayralar 
ham ishtirok etadi. Mayda qo’shimcha bezchalarning bir qismi tarkibida oqsil 
saqlovchi suvsimon suyuqliklar ajratsa, aksariyati shilimshiq ajratadi. Asosiy so’lak 
bezlarining hujayra tuzilishi bir xil emas, binobarin ajratgan suyuqliklari ham bir-
biridan ma’lum darajada tafovut qiladi. Jumladan, quloq oldi so’lak bezi doim seroz 
hujayralardan tuzilgan bo’lsa, jag’ osti va til osti so’lak bezlari seroz va shilliq 
hujayralardan tashkil topgandir. Shu tufayli quloq oldi so’lak bezi tarkibida  oqsil 
saqlovchi suvsimon shira suyuqlik ajratadi; til osti va jag’ osti so’lak bezlari esa, 
shilliq modda – mutsin ajratadi. Asosiy so’lak bezlarining faoliyatini o’rganish uchun 
tegishli bez yo’liga fistula qo’yiladi. Yoxud bez yo’li lunj orqali teri yuzasiga chiqarib 
tikiladi. So’lak bezlari yo’liga fistula qo’yish usuli I.P.Pavlov laboratoriyasida 
D.L.Glinskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Bu usul qo’yidadilargan iborat: so’lak 
bezining chiqish yo’li lunjning ichki yuzasidan atrofdagi shilliq parda bilan birgalikda 
kesib olinadi, so’ngra lunj devori teshilib, bezning yo’li tashqariga, teri yuzasiga 
chiqarilib, tikiladi. Operatsiya jarohati bitib ketganidan so’ng tegishli moslama 
yordamida so’lak maxsus idishga yig’ib olinadi (32-rasm). 
 
It va qo’yning quloq oldi so’lak bezlari yo’liga fistula o’rnatish. 
Logotip
pH- 6,7 dir. 20 yoshdan boshlab odamlar so’lagida ushbu fermentning kamaya borishi kuzatiladi. So’lak tarkibida katta miqdorda ishqorlarning saqlanishi, so’lak hosil bo’lishida ularning qondan ajralishi qon reaksiyasining nisbatan doimiyligini ta’minlashga yordam beradi. Bundan tashqari so’lak tarkibidagi ishqorlar me’da shirasining ortiqcha kislotaligini pasaytiradi. So’lak ajralishi So’lakni asosan uch juft –quloq oldi, til osti va jag’ osti so’lak bezlaridan ishlab chiqaradi. Bulardan tashqari, so’lak hosil bo’lishida og’iz devorida, til ildizida, tomoqda joylashgan mayda qo’shimcha bezchalar va ayrim qadoqsimon hujayralar ham ishtirok etadi. Mayda qo’shimcha bezchalarning bir qismi tarkibida oqsil saqlovchi suvsimon suyuqliklar ajratsa, aksariyati shilimshiq ajratadi. Asosiy so’lak bezlarining hujayra tuzilishi bir xil emas, binobarin ajratgan suyuqliklari ham bir- biridan ma’lum darajada tafovut qiladi. Jumladan, quloq oldi so’lak bezi doim seroz hujayralardan tuzilgan bo’lsa, jag’ osti va til osti so’lak bezlari seroz va shilliq hujayralardan tashkil topgandir. Shu tufayli quloq oldi so’lak bezi tarkibida oqsil saqlovchi suvsimon shira suyuqlik ajratadi; til osti va jag’ osti so’lak bezlari esa, shilliq modda – mutsin ajratadi. Asosiy so’lak bezlarining faoliyatini o’rganish uchun tegishli bez yo’liga fistula qo’yiladi. Yoxud bez yo’li lunj orqali teri yuzasiga chiqarib tikiladi. So’lak bezlari yo’liga fistula qo’yish usuli I.P.Pavlov laboratoriyasida D.L.Glinskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Bu usul qo’yidadilargan iborat: so’lak bezining chiqish yo’li lunjning ichki yuzasidan atrofdagi shilliq parda bilan birgalikda kesib olinadi, so’ngra lunj devori teshilib, bezning yo’li tashqariga, teri yuzasiga chiqarilib, tikiladi. Operatsiya jarohati bitib ketganidan so’ng tegishli moslama yordamida so’lak maxsus idishga yig’ib olinadi (32-rasm). It va qo’yning quloq oldi so’lak bezlari yo’liga fistula o’rnatish.
 
Bez yo’lining joylashuviga qarab bu operatsiya otlar, qoramollar, cho’chqalar va 
boshqa hayvonlarda turlicha amalga oshiriladi. Masalan, qo’ylar quloq oldi bezining 
yo’lini tashqariga chiqarib tikish uchun lunj 3-4 jag’ tishlarining ro’parasidan 
teshiladi. Operatsiyaning qolgan qismi xuddi itlarnikidek amalga oshiriladi. Bu usul 
uncha maqsadga muvofiq emas, chunki bunda vazifa hayvonning tegishli sulak 
bezining yoi’li tashqariga chiqarilib teriga tikib qo’yilganidan, organizmda 
ishlanadigan so’lakning bir qismidan mutlaqo maxrum bo’ladi. Natijada hazm 
jarayonlari ozmi-ko’pmi izdan chiqadi: Shu sababli hozir bu usulning bir muncha 
mukammallashtirilgan ko’rinishidan, jumladan, fistuladan chiqadigan so’lakni lunj 
devorida ochilgan ikkinchi teshik orqali rezina naycha bilan oziqa qayta quyish 
usulidan foydalaniladi: istalgan paytda so’lak olish imkoniyati bo’ladi-yu ammo 
tekshirish o’tkazilmaydigan paytda u og’iz bo’shlig’iga qayta quyilib, hazm 
jarayonlarida odatdagidek ishtirok etaveradi. Barcha chorva mollarida so’lak 
ajralishini shu usul yordamida o’rganish mumkin. Otlarda esa bundan tashqari 
ezofagotomiya (qizilo’ngachdan sun’iy teshik ochish) usuli ham qo’llaniladi. 
                           
                                            So’lak ajratishning boshqarilishi. 
 
So’lak bezlarining faoliyati organizm ehtiyojiga mos holda neyro-gumoral yo’l bilan 
muntazam boshqarilib turadi. Neyro –gumoral yo’l bilan boshqarilishi sababli so’alk 
bezlari o’z faoliyatini tez o’zgartira oladi va natijada yeyilayotgan ozuqaning hiliga, 
xarakteriga, miqdoriga va tarkibiga mos tushadigan so’lak ajrata oladi. Og’izga 
tushgan ozuqa va oziqmas moddalar og’iz devori, lunj va tildagi xilma-xil (mexano, 
xemo, termo) retseptorlarni ta’sirlaydi; hosil bo’lgan qo’zg’alish nerv impulsi sifatida 
uchlik nervining til tarmog’ida til halqum nervi va adashgan nervning hiqildoq osti 
tarmog’i tarkibidagi tegishli afferent tolalar orqali uzunchoq miyadagi so’lak ajratish 
markaziga beriladi. Oqibatda markaz qo’zg’aladi. Markaziy javob reaksiaysi 
parasimpatik va simpatik nerv tizimini tegishli tolalari orqali so’lak bezlariga yetib 
keladi. Natijada bezlardan  so’lak ajralib chiqadi. Bu shartsiz refleks yo’li bilan so’lak 
ajralishidir. Parasimpatik nerv tolalari qo’zg’alganda ko’p miqdorda suyuq, simpatik 
Logotip
Bez yo’lining joylashuviga qarab bu operatsiya otlar, qoramollar, cho’chqalar va boshqa hayvonlarda turlicha amalga oshiriladi. Masalan, qo’ylar quloq oldi bezining yo’lini tashqariga chiqarib tikish uchun lunj 3-4 jag’ tishlarining ro’parasidan teshiladi. Operatsiyaning qolgan qismi xuddi itlarnikidek amalga oshiriladi. Bu usul uncha maqsadga muvofiq emas, chunki bunda vazifa hayvonning tegishli sulak bezining yoi’li tashqariga chiqarilib teriga tikib qo’yilganidan, organizmda ishlanadigan so’lakning bir qismidan mutlaqo maxrum bo’ladi. Natijada hazm jarayonlari ozmi-ko’pmi izdan chiqadi: Shu sababli hozir bu usulning bir muncha mukammallashtirilgan ko’rinishidan, jumladan, fistuladan chiqadigan so’lakni lunj devorida ochilgan ikkinchi teshik orqali rezina naycha bilan oziqa qayta quyish usulidan foydalaniladi: istalgan paytda so’lak olish imkoniyati bo’ladi-yu ammo tekshirish o’tkazilmaydigan paytda u og’iz bo’shlig’iga qayta quyilib, hazm jarayonlarida odatdagidek ishtirok etaveradi. Barcha chorva mollarida so’lak ajralishini shu usul yordamida o’rganish mumkin. Otlarda esa bundan tashqari ezofagotomiya (qizilo’ngachdan sun’iy teshik ochish) usuli ham qo’llaniladi. So’lak ajratishning boshqarilishi. So’lak bezlarining faoliyati organizm ehtiyojiga mos holda neyro-gumoral yo’l bilan muntazam boshqarilib turadi. Neyro –gumoral yo’l bilan boshqarilishi sababli so’alk bezlari o’z faoliyatini tez o’zgartira oladi va natijada yeyilayotgan ozuqaning hiliga, xarakteriga, miqdoriga va tarkibiga mos tushadigan so’lak ajrata oladi. Og’izga tushgan ozuqa va oziqmas moddalar og’iz devori, lunj va tildagi xilma-xil (mexano, xemo, termo) retseptorlarni ta’sirlaydi; hosil bo’lgan qo’zg’alish nerv impulsi sifatida uchlik nervining til tarmog’ida til halqum nervi va adashgan nervning hiqildoq osti tarmog’i tarkibidagi tegishli afferent tolalar orqali uzunchoq miyadagi so’lak ajratish markaziga beriladi. Oqibatda markaz qo’zg’aladi. Markaziy javob reaksiaysi parasimpatik va simpatik nerv tizimini tegishli tolalari orqali so’lak bezlariga yetib keladi. Natijada bezlardan so’lak ajralib chiqadi. Bu shartsiz refleks yo’li bilan so’lak ajralishidir. Parasimpatik nerv tolalari qo’zg’alganda ko’p miqdorda suyuq, simpatik
nerv tolalari qo’zg’alganda esa kam miqdorda quyuq, ya’ni organik noorganik 
moddalarga boy so’lak ajraladi.  
So’lak ajratishni boshqaradigan markaz faqatgina uzunchoq miyada bo’masdan, 
oraliq miya, talamus va gipotalamus hamda bosh miya po’stlog’idagi nerv 
hujayralarining ma’lum guruhlari ham bu jarayonda ishtirok etadi. So‘lak ajralishini 
boshqarilishida po’stloq hujayralarining ishtirok etishi  so’lak bezlari tabiyatini shartli 
refleks yo’li bilan boshqarilishidan darak beradi. I. P. Povlov  shartli refleks yo’li bilan 
so’lak ajralishini o’rganib, oliy nerv foaliyati xaqidagi ta’limotga dastlab asos solgan. 
Kundalik hayotda hayvonga ozuqa bilan birgalikda turli-tuman ta’sirlar ozuqaning 
ko’rinishi, joyi hidi va boshqalar ta’sir etib turadi. Ozuqani yemasdan oldin uni ko’rish, 
hidlash  po’stloqdagi tegishli zonalarni ta’sirlashtirsa so’ngra ozuqani istemol qilish, 
uzunchoq miyadagi, pirovardida esa  po’stloqdagi so’lak ajratish markazlarning 
qo’zg’alishiga sabab bo’ladi. Bu xodisa shu tartibda bir necha marta takrorlanganidan 
so’ng po’stloqdagi ko’rish, hid bilish va so’lak ajratish markazlari o’zaro funksional  
jihatdan bir-biriga bog’lanib, o’zaro aloqador bo’lib qoladi.Bunday aloqadorlik ancha 
mustahkamlanganidan so’ng, ozuqaning ko’zga ko’rinishi yohud hidini burunga 
kirishining o’zidayoq mustaqil, ravishda hayvon ozuqani hali yutmasdan turib so’lak 
ajralishiga sabab bo’laveradi. Kundalik hayotda ozuqalanish bilan bog’liq bo’lgan 
xilma-xil ta’sirotlarga jovaban so’lak ajralish bilan bog’liq shartli reflekslari hosil bo’lib 
turadi. Hayot uchun ahamiyatini yoqotgan, “25 kundan”ya’ni shartli ta’sirot shartsiz 
ta’sirot bilan, mustahkamlanayotgan shartli refleks esa yoqoladi. Shunday qilib so’lak 
ajralishi jarayonini shartsiz va shartli murakkab reflektor yo’l bilan boshqarilib turadi. 
Nerv tizimi bilan bir qatorda gumoral sistema ham so’lak ajratishning boshqarilishida 
ishtirok etadi. Jumladan, parasimpatik nerv sistema qo’zg’alganda kallekrein degan 
to’qima gormoni hosil bo’ladi. U qon tomirlarini kengaytirib va hujayralar po’stining 
moddalar o’tkazish qobiliyatini o’zgartiradi; shu bilan so’lak ajratishga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. 
Ozuqa ratsionini tuzish 
Logotip
nerv tolalari qo’zg’alganda esa kam miqdorda quyuq, ya’ni organik noorganik moddalarga boy so’lak ajraladi. So’lak ajratishni boshqaradigan markaz faqatgina uzunchoq miyada bo’masdan, oraliq miya, talamus va gipotalamus hamda bosh miya po’stlog’idagi nerv hujayralarining ma’lum guruhlari ham bu jarayonda ishtirok etadi. So‘lak ajralishini boshqarilishida po’stloq hujayralarining ishtirok etishi so’lak bezlari tabiyatini shartli refleks yo’li bilan boshqarilishidan darak beradi. I. P. Povlov shartli refleks yo’li bilan so’lak ajralishini o’rganib, oliy nerv foaliyati xaqidagi ta’limotga dastlab asos solgan. Kundalik hayotda hayvonga ozuqa bilan birgalikda turli-tuman ta’sirlar ozuqaning ko’rinishi, joyi hidi va boshqalar ta’sir etib turadi. Ozuqani yemasdan oldin uni ko’rish, hidlash po’stloqdagi tegishli zonalarni ta’sirlashtirsa so’ngra ozuqani istemol qilish, uzunchoq miyadagi, pirovardida esa po’stloqdagi so’lak ajratish markazlarning qo’zg’alishiga sabab bo’ladi. Bu xodisa shu tartibda bir necha marta takrorlanganidan so’ng po’stloqdagi ko’rish, hid bilish va so’lak ajratish markazlari o’zaro funksional jihatdan bir-biriga bog’lanib, o’zaro aloqador bo’lib qoladi.Bunday aloqadorlik ancha mustahkamlanganidan so’ng, ozuqaning ko’zga ko’rinishi yohud hidini burunga kirishining o’zidayoq mustaqil, ravishda hayvon ozuqani hali yutmasdan turib so’lak ajralishiga sabab bo’laveradi. Kundalik hayotda ozuqalanish bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil ta’sirotlarga jovaban so’lak ajralish bilan bog’liq shartli reflekslari hosil bo’lib turadi. Hayot uchun ahamiyatini yoqotgan, “25 kundan”ya’ni shartli ta’sirot shartsiz ta’sirot bilan, mustahkamlanayotgan shartli refleks esa yoqoladi. Shunday qilib so’lak ajralishi jarayonini shartsiz va shartli murakkab reflektor yo’l bilan boshqarilib turadi. Nerv tizimi bilan bir qatorda gumoral sistema ham so’lak ajratishning boshqarilishida ishtirok etadi. Jumladan, parasimpatik nerv sistema qo’zg’alganda kallekrein degan to’qima gormoni hosil bo’ladi. U qon tomirlarini kengaytirib va hujayralar po’stining moddalar o’tkazish qobiliyatini o’zgartiradi; shu bilan so’lak ajratishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ozuqa ratsionini tuzish
O‘zbekiston Respublikasi aholisining yoshiga, jinsiga va kasbiy faoliyati guruhlari 
uchun sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashga qaratilgan o‘rtacha kunlik ratsional 
ovqatlanish normativlari tasdiqlandi. 
Ayollarda asosiy modda almashinuvi erkaklarga nisbatan pastligi va jismoniy faollik 
o‘lchamlari kamroq bo‘lganligi sababli, bir xil kasb sohasida erkaklar va ayollar 
uchun ovqatlanish normativlari farq qiladi. 
Taklif qilinayotgan ratsional ovqatlanish normativlari inson mehnatining og‘irligi va 
kasb guruhlari asosida, mamlakatimizning iqlimi va ovqatlanishdagi milliy 
xususiyatlarini inobatga olgan holda, quvvatga va asosiy oziq-ovqat moddalariga 
bo‘lgan fiziologik extiyojini qondirishga qaratilgan quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
1-guruh mehnatga layoqatli aholi uchun tavsiya qilingan bir kunlik ratsional 
ovqatlanish oziq-ovqat me’yorlari (grammda) 
 
1-guruh — asosan aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, yengil jismoniy 
faollik, talabalar, ijtimoiy fanlarga oid mutaxassisliklar, EHM operatorlari, 
o‘qituvchilar, dispetcherlar, pult boshqaruvchilar, hisobchilar, kotib(a)lar JFK 
(jismoniy faollik koeffitsiyenti) — 1,4). Bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi 1800 — 
2450 kkal; 
2-guruh mehnatga layoqatli aholi uchun tavsiya qilingan bir kunlik ratsional 
ovqatlanish oziq-ovqat me’yorlari (grammda) 
Logotip
O‘zbekiston Respublikasi aholisining yoshiga, jinsiga va kasbiy faoliyati guruhlari uchun sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashga qaratilgan o‘rtacha kunlik ratsional ovqatlanish normativlari tasdiqlandi. Ayollarda asosiy modda almashinuvi erkaklarga nisbatan pastligi va jismoniy faollik o‘lchamlari kamroq bo‘lganligi sababli, bir xil kasb sohasida erkaklar va ayollar uchun ovqatlanish normativlari farq qiladi. Taklif qilinayotgan ratsional ovqatlanish normativlari inson mehnatining og‘irligi va kasb guruhlari asosida, mamlakatimizning iqlimi va ovqatlanishdagi milliy xususiyatlarini inobatga olgan holda, quvvatga va asosiy oziq-ovqat moddalariga bo‘lgan fiziologik extiyojini qondirishga qaratilgan quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1-guruh mehnatga layoqatli aholi uchun tavsiya qilingan bir kunlik ratsional ovqatlanish oziq-ovqat me’yorlari (grammda) 1-guruh — asosan aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, yengil jismoniy faollik, talabalar, ijtimoiy fanlarga oid mutaxassisliklar, EHM operatorlari, o‘qituvchilar, dispetcherlar, pult boshqaruvchilar, hisobchilar, kotib(a)lar JFK (jismoniy faollik koeffitsiyenti) — 1,4). Bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi 1800 — 2450 kkal; 2-guruh mehnatga layoqatli aholi uchun tavsiya qilingan bir kunlik ratsional ovqatlanish oziq-ovqat me’yorlari (grammda)