SOLIQ SIYOSATI VA UNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
1. Soliq siyosati va uning ahamiyati
2. Soliq siyosatining strategiyasi va konsepsiyasi
3. Soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari
4. Soliq siyosatining makroiqtisodiy samarasi
1.Soliq siyosati va uning ahamiyati
Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog’liq bo’lsa,
ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga
bog’liq bo’ladi. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o’ynaydi. Ijtimoiy siyosat o’z
navbatida ichki va tashqi madaniy-ma`rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo’linadi.
Iqtisodiy siyosat ham o’z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi
turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro et
uvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. Shu o’rinda
soliq siyosatining mazmuniga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq
siyosati iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo’lagi bo’lib, davlatning muayyan davrda aniq
maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish,
soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to’lovlarni amaliyotda
ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning
tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar
yig’indisidir.
Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo’nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi,
ular o’rtasidagi nisbatni ta`minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi. Bugungi
kunda respublikamiz soliq siyosatining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi, «Davlat soliq xizmati
to’g’risida»gi Qonuni, hukumatning boshqa soliqqa oid qonun, qarorlari, Prezident
Farmonlari va boshqa me`yoriy hujjatlar bilan izohlanadi. Hozirgi paytda respublikamiz
soliq siyosatining asosi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli tarzda
amaliyotda o’z aksini topayotgan iqtisodiy rivojlanishning besh tamoyilidir. Soliq siyosati
ana shu tamoyillar asosida tashkil etilgan bo’lib, soliq sohasidagi samarali chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
Soliq konsepsiyasi - soliqlarning yo’nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga
oshirish g’oyalarining yaxlitligidir. Mamlakatimizda soliq konsepsiyasi bozor
iqtisodiyotiga o’tish konsepsiyasiga asoslanadi. Agar soliq konsepsiyasi qanchalik chuqur
ilmiy asosga ega bo’lsa, soliq siyosatining barqarorligi shunchalik mustahkam ta`minlanadi.
O’z navbatida soliq konsepsiyasi esa soliqlar sohasidagi chuqur ilmiy tadqiqot ishlari
hamda soliq amaliyotida orttirilgan boy tajribalarning o’zaro uyg’unligiga asoslangan
g’oyalar samaradorligiga bog’liq bo’ladi.
Soliq siyosati barqarorligini ta`minlashda uning strategiyasi va taktikasi ishlab
chiqilishi lozim. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan tadbirlar xususiyati va muddatini
e`tiborga olib soliq siyosati: soliq siyosati strategiyasi va soliq siyosati taktikasiga bo’linadi.
Soliq siyosati strategiyasida muayyan uzoqroq muddatga mo’ljallangan soliqqa oid
iqtisodiy munosabatlarni asosiy yo’nalishlari va chora-tadbirlari ifodalanadi. Bu esa o’z
navbatida ilmiy asoslangan soliq konsepsiyasi bilan bevosita bog’liqdir. Masalan,
respublikamizda jamiyat taraqqiyotining asosiy strategiyasi qilib erkin, ochiq bozor
iqtisodiyotiga, erkin fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy, demokratik jamiyat qurish
belgilangan. Soliq borasidagi ustuvor strategik vazifa esa davlat byudjeti va xo’jalik
yurituvchi sub`yektlarni soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarida muayyan uyg’unlikni
ta`minlovchi soliq tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda takomillashtirib borishdan
iboratdir yoki boshqacha qilib aytganda, soliq siyosati strategiyasi - soliq siyosatining uzoq
muddatli yo’nalishi bo’lib, ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan ulkan ko’lamli
vazifalarni kelajakda bajarilishini ta`minlash ko’zda tutilgan moliyaviy tadbirlar
yig’indisidir.
Soliq siyosati taktikasi esa belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini
ta`minlovchi, tez-tez o’zgarib turuvchi say`i-harakatlarni bildiradi, ya`ni qisqa muddatli va
kichik ko’lamli moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo’nalishlar
majmuasidir. Soliq siyosati konsepsiyasi soliq siyosati strategiyasiga nisbatan, soliq siyosati
strategiyasi esa soliq siyosati taktikasiga nisbatan barqaror, ya`ni kam o’zgaruvchan bo’lib,
ularning barchasi bir-biriga bog’liq holda, bir-birini to’ldirib turadi hamda yaxlit holda soliq
siyosatinining mohiyatini tashkil qiladi.
Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
· mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar va soliqsiz to’lovlarni qonuniy joriy
etish;
· amal qilayotgan soliqlarni samarali ishlashini ta`minlovchi mexanizm shakllantirish
va takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa me`yoriy hujjatlarni takomillashtirib
borish;
· soliq siyosatini amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va ularni
ushbu sohadagi vazifalarini belgilash;
· soliqqa tortish tizimini shakllantirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotni amalga
oshirish va ularni joriy etishni tashkil etish.
Respublikamizning mustaqillikka erishishi, o’zining mustaqil soliq tizimini
shakllantirishni ham taqozo etadi. Shundan kelib chiqib, mustaqillikning dastlabki
yillaridan e`tiboran mustaqil soliq tizimini shakllantirishga qaratilgan islohotlar izchillik
bilan amalga oshirila boshlandi va ushbu islohotlarning samarasi o’laroq hozirgi paytga
kelib respublikamizda bir qadar o’ziga xos bo’lgan soliq tizimi shakllantirildi. O’ziga xos
bo’lgan soliq tizimining shaklantirilishini soliq siyosatining samarasi sifatida e`tirof etish
mumkin. Respublikamiz davlatchilik shaklidan kelib chiqib respublikamizda respublika
byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan umumdavlat soliqlari va mahalliy
byudjetlar daromadlarini shakllantirishga qaratilgan mahalliy soliqlar va yig’imlar amal
qiladi. Soliqlarning byudjetlar o’rtasida taqsimlanishi O’zbekiston Respublikasi Soliq
Kodeksi bilan mustahkamlangan bo’lib, unga muvofiq respublikamiz soliq tizimida amal
qiladigan har bir soliq turi u yoki bu byudjetga tushishi qat`iy belgilab qo’yilgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ayrim umumdavlat soliqlari
mahalliy byudjetlarga to’liqligicha biriktirilishi yoki ulardan tushumlar respublika va
mahalliy byudjetlar o’rtasida taqsimlanishi mumkin. Ushbu tizim bir necha yillardan buyon
mahalliy byudjetlar kamomadini bartaraf etish maqsadida amaliyotda samarali qo’llanilib
kelinmoqda. Shu o’rinda yuridik shaxslarni soliqqa tortishning muhim tartiblariga alohida
to’xtalib o’tish zarur. Respublikamiz soliq qonunchiligida hozirgi vaqtda soliqqa tortishning
umumbelgilangan tizimi bilan bir qatorda, amaldagi barcha soliqlar o’rniga yagona soliqni
to’lashni ko’zda tutuvchi soliqqa tortishning alohida tartiblari ham mavjud. Bu tartib
quyidagilar uchun ko’zda tutilgan:
· savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
· soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimidan foydalanayotgan kichik tadbirkorlik
sub`yektlari;
· qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalari;
· lotoreyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yinlarni
o’tkazishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar;
· tadbirkorlik faoliyatining alohida turlari bilangina shug’ullanuvchi yuridik shaxslar
(bilyardxonalar, qisqa muddatli avtomobil saqlash joylari, bolalar o’yin avtomatlari).
Yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibidagi o’ziga xoslikni mamlakatimiz soliq
tizimining muhim xususiyati sifatida e`tirof etish lozim. Chunki respublikamiz soliq
qonunchiligiga muvofiq bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim bo’lgan
sohalar alohida tartib bo’yicha soliqqa tortilib kelinmoqda.
Shuningdek, mamlakatimiz soliq tizimining muhim xususiyatlari sifatida soliq
to’lovchilarga nisbatan ko’zda tutilgan imtiyozlarni ham qayd etish mumkin.
Jumladan, eksport faoliyatini rag’batlantirishga, xorijiy investisiyalar kirib kelishini
rag’batlantirishga qaratilgan, aholining ijtimoiy shart-sharoitini hisobga olgan holdagi
imtiyozlarni ularning ifodasi sifatida keltirib o’tish mumkin.
Iqtisodiy adabiyotlarda soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari sifatida ikki yo’nalish:
korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati va aholining turli ijtimoiy guruhlari
uchun soliq siyosati kabi yo’nalishlarga bo’lib o’rganiladi.
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida davlat soliq siyosatining asosiy
yo’nalishi bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan qator ilmiy asoslangan
soliqlarni joriy etish va shu orqali mavjud soliq tizimini tubdan qayta tashkil etishdan iborat
bo’ldi. Soliq siyosatining keyingi yo’nalishi esa joriy etilgan soliqlarning samarali amal
qilishini ta`minlash maqsadida soliq munosabatlarini amalga oshiruvchi tegishli
muassasalarni tashkil etishga qaratildi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida soliq siyosatida asosan tashkiliy
jihatlarga e`tibor qaratildi, ya`ni soliqlarni joriy etish va soliq siyosatini bevosita amalga
oshiruvchi tegishli muassasalar shakllantirildi. Bu davrdagi soliq siyosatining asosiy
xususiyatlaridan biri soliqlarning ko’proq fiskal ahamiyat kasb etishida, ya`ni ko’proq
e`tibor davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratildi.
Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo’nalishlariga
katta e`tibor beriladi:
· Har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo’jalik yuritishiga
mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni bozor munosabatlariga kirib borishiga har
tomonlama ko’maklashish;
· Ijtimoiy-zaruriy umumdavlat vazifalarini bajarish uchun davlatni kerak bo’lgan
moliyaviy manbalar bilan ta`minlash;
· Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil qilishda
qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta`minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish;
· Aholi turmush darajasini zaruriy me`yorda saqlab turish imkonini izlash va
ta`minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini vaqti-vaqti bilan oshirib borish.
Bunda «iste`mol savatchasi» ma`lumotlarini e`tiborga olish.
Bugungi kunda respublikamizda soliq strategiyasiga ko’ra soliq siyosatining
muhim yo’nalishlari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
· soliq yukini yanada pasaytirish,
· yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishni takomillashtirish,
· bilvosita soliqqa tortish samaradorligin ta`minlash,
· resurs soliqlariga ko’proq e`tibor qaratish,
· soliq tizimining soddaligiga erishish,
· davlat xarajatlarini optimallashtirish.
Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo’jalik yurituvchi
sub`yektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e`tabor qaratish lozimligi
ko’p bora ta`kidlanmoqda. Bunda birinchi navbatda ularning daromadlaridan undiriladigan
bevosita soliqlarning salmog’ini kamaytirish lozimligi alohida ahamiyatga ega. Buning
natijasida korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag’lar ulushining ko’payishi evaziga uning
aylanma mablag’lari miqdorini ko’paytirib borish va optimal darajasini saqlash, ishlab
chiqarishni zamonaviylashtirish, uning samaradorligini oshirish maqsadida ko’proq
investisiya kiritish, xodimlar mehnatini yanada rag’batlantirish imkonini beradi.
Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortilishini takomillashtirish bo’yicha ustuvor
yo’nalish sifatida belgilangan soliq stavkalarini kamaytirish va aholi daromadlarini soliqqa
tortishning uch bosqichli tizimidan ikki bosqichli tizimiga asta - sekin o’tish konsepsiyasini
davom ettirish vazifasi turibdi.
Bevosita soliqlar bo’yicha soliq yukini izchil kamaytirish soliq siyosatining
samaradorligini YaIM ga nisbatan ular tushumining barqaror kamayishi tendensiyasi ham
isbotlaydi. Soliq tizimini takomillashtirishda ustuvor ahamiyat bilvosita soliqqa tortishga
qaratilgan. Bilvosita soliqlar tovarlarga nisbatan qo’shimcha bo’lgani holda, pirovard
natijada ishlab chiqaruvchining moliyaviy holatiga to’g’ridan-to’g’ri ta`sir ko’rsatmaydi
hamda ishlab chiqarishni rivojlantirishga to’sqinlik qilmaydi.
Resurs soliqlari yer, suv va boshqa tabiiy boyliklardan samarali foydalanishni
ta`minlovchi amaliy vosita bo’lgani holda bozor iqtisodiyotida tabiiy resurslardan
foydalanish va kelajak avlodlar uchun saqlash borasida muhim rol o’ynaydi.
Soliqlar davlat faoliyatining moliyaviy manbai bo’lganligidan soliq siyosatini ishlab
chiqishning tashkilotchisi va rahbaridir. Buning uchun davlat o’z qo’lidagi butun kuchini
idoralarini jalb qilib, uni ishlab chiqadi. Bunday tashkilotlarga Moliya Vazirligi, Davlat
Soliq Qo’mitasi va boshqa ilmiy-uslubiy tashkilotlar kiradi. Soliq siyosati muvaffaqiyatli
ishlab ketishi uchun davlat ilmiy izlanish tashkilotlari tuzib, ularning ish yakunlaridan
foydalanadi. Ana shunday tashkilot Vazirlar Maxkamasi qoshidagi ilmiy tekshirish markazi
bo’lishi lozim.
Davlat soliq siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlarni yoki yangi kiritilishiga
mo’ljallanayotgan soliqlarni mohiyatini, ahamiyati, kelib chiqish va rivojlanish tarixini
chuqur o’rganish lozim. Ayniqsa, yangi soliqlar joriy qilinishi ilmiy asoslanishi kerak.
Bunda yirik amaliyotchi mutaxassislar va olimlar o’rtasida erkin bahslashuv asosida biror
qarorga kelish zarur. Bu yerda hech qachon bir sohaning mutaxassislari fikri bilangina
chegaralanib qolmaslik kerak, chunki ular o’z manfaatlarini ko’proq ko’zlab, umumdavlat
manfaatlarini ko’ra olmasliklari mumkin. Demak, davlat soliq siyosatini tayyorlovchi va uni
to’liq hayotga tadbiq qilishning tashkilotchilik va boshqaruvchilik rolini bajaradi.
Davlatning soliq siyosatini faol yuritish bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli o’tish va uning
munosabatlarini har tomonlama rivojlantirishning muhim omilidir.
Vazirlar Mahkamasining 5.06.2020 yildagi “Soliq ma’muriyatchiligida
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 359-son qarori qabul qilindi.
Strategiyada quyidagi vazifalar belgilangan: ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va
telekommunikatsiya qurilmalarini modernizatsiya qilish, server va dasturiy ta’minotlar
xarid qilish, axborot tizimlari majmuini yagona platformaga o’tkazish, elektron davlat
xizmatlari ko’rsatish sifatini oshirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish
tizimlarini yo’lga qo’yish. Ushbu vazifalarni amalga oshirish natijasida byudjetga
qo’shimcha tushumlar hajmi 20 trln so’mgacha ortishi kutilmoqda.
Hozirgi vaqtda tizimning ma’lumotlar almashish bilan bog’liq bo’lgan bir qator
muammolari mavjud, jumladan:
mavjud ma’lumotlar bazasi hajmining yetarli emasligi;
serverlar xotira hajmining 90% bandligi;
elektron xizmatlar soni 3,8 baravarga, axborot tizimlar soni 2,5 baravarga ortishi
natijasida korporativ tarmoq tezligini oshirish zarurati yuzaga kelganligi;
turli axborot tizimlarining integratsiyalashuvi natijasida ma’lumotlar bazasida katta
yuklanish hosil bo’lganligi;
yagona platforma mavjud emasligi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish doirasida:
ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish tezligi 10 baravargacha oshiriladi;
ma’lumotlar bazasidagi axborotlarni konfidensialligini ta’minlash darajasi 100%
oshadi, tashqi xavflardan himoya qilish hamda ma’lumotlarni xavfsiz va ishonchli
saqlash imkoniyatlari kengayadi;
ma’lumotlar bazasi hajmi 1 petabaytgacha yetkaziladi.
Business Intelligence va Big Data texnologiyalarini joriy etish Strategiyaning asosiy
vazifalaridan biri sifatida kiritilgan. Ularni joriy etish natijasida:
katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tezkor tahlil qilish tizimlarini
kengaytirish;
xufyona aylanmalar darajasini keskin qisqartirish va soliq solinadigan baza
kengaytirish;
markazlashgan tizimlar orqali shakllangan ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida
bozor kon’yunkturasini o’rganish, tovar va xizmatlarning bozor narxlarini tahlil
qilish hamda prognozlash imkoniyatini yaratish;
xodimlarning 50-60%ida ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bilan
shug’ullanish imkoniyati paydo bo’ladi.
Soliq organlarining axborot tizimlari majmui to’liq yagona platformaga o’tkazilishi:
ma’lumotlarni kiritish, to’plash, tahlil qilish tizimlarini optimallashtiradi;
ma’lumotlar bazasidagi katta yuklanishlarning oldini oladi;
soliq to’lovchilarning hisobot topshirish jarayonini 5-7 baravargacha yengillashtiradi;
soliq ma’muriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratish, shuningdek,
korrupsiyaviy omillarga yo’l qo’ymaslik bo’yicha preventiv va oldini olish
choralarini qo’llashga imkoniyat yaratadi.
Soliq ma’murchiligida biznes jarayonlarni avtomatlashtirilishi biznes jaryonga
sarflangan umumiy vaqtni 20-30%ga qisqartiradi. Shuningdek, Strategiyada soliq
ma’muriyatchiligi tizimini takomillashtiradigan Case Management System, Case Assesment
System tizimlarining yaratilishi nazarda tutilgan: soliq auditi avtomatik shaklda o’tkaziladi,
monitoring qilish, ma’lumot va tahlillardan foydalanish - real vaqt rejimida amalga
oshiriladi.
Soliq to’lovchilarga ko’rsatiladigan elektron davlat xizmatlari va ularning mobil
ilovalari sonini ko’paytirish esa soliq xizmati xodimlari bilan munosabatlarda inson omilini
60%ga qisqartiradi. Bu nafaqat korrupsiyaning oldini oladi, balki qog’oz shaklidagi hujjat
ishlarini ham keskin kamaytiradi.
Qaror bilan soliq xizmati organlarining boshqa vazirlik va idoralar bilan axborot
almashinuv tizimlari sonini oshirish ham nazarda tutilgan. Bu choralar soliq
to’lovchilarning majburiyatlari hisobini yuritishga oid yirik hajmdagi axborotlarni elektron
tarzda olish, tahlil qilish va soliq solish bazasini kengaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Soliq
ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
qarori qabul qilindi.
Prezidentning mazkur qarori bilan «Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi»
ham ma'qullangan. Strategiyaning asosiy vazifalari etib qo‘yidagilar belgilab olinmoqda:
· Davlat budjetiga soliq tushumlarining barqarorligini ta'minlash;
· soliq organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish va soliq ma'muriyatchiligiga
raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ko‘rsatilayotgan soliq xizmatlari sifatini
yaxshilash;
· barcha toifadagi soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy
ravishda bajarish asosida ularning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun soliq organlari va
soliq to‘lovchilar o‘rtasida ishonchli munosabatlarni yaratish;
· soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qisqartirish, barcha
toifadagi tadbirkorlik sub'yektlariga qulay sharoitlarni ta'minlaydigan transparent va
barqaror soliq tizimini shakllantirish;
· soliq to‘lovchilar faoliyatiga aralashishni, shuningdek, davlat soliq xizmati
organlarida «inson omili»ni hamda korrupsiya holatlarining salbiy ko‘rinishlarini
kamaytirish imkonini beradigan tavakkal-tahlil va masofaviy tahliliy ishlar tizimi asosida
soliq nazorati tizimini shakllantirish.
Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari etib Soliq siyosatini takomillashtirish va iqtisodiyotda
xufiyona aylanma darajasini qisqartirish, jumladan, 2021 yilga kelib jismoniy shaxslarning
daromad solig‘ini to‘lovchilarni 1,5 baravar, QQSni to‘lovchilarni 2 baravar hamda resurs
soliqlari va mol-mulk solig‘i to‘lovchilarni 2 baravar ko‘paytirish; Xizmat ko‘rsatishga
yo‘naltirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish; Soliq tavakkalchiliklarini baholash tizimini
joriy qilish va soliq hisobini takomillashtirish; Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini
yanada takomillashtirish; Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish
mexanizmlarini rivojlantirish belgilanmoqda.
Strategiyadan kutilayotgan natijalar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar
sur'ati o‘sishiga erishish, soliq tekshiruvlari sonini qisqartirish, soliqlarning undirilish
darajasi oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi pozitsiyalari,
ishbilarmonlik faolligining indeks ko‘rsatkichlari yaxshilanishi ham bor.
4. Soliq siyosatining makroiqtisodiy samarasi
Iqtisodiyotning samarali rivojlanishi ko’p darajada davlat tomonidan iqtisodiy
jarayonlarni boshqarishni to’g’ri tashkil etishga bog’liq bo’lib qolmoqda. Shu tufayli ham
O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlaridan biri davlatning
iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi qilib belgilanganidir.