SOLIQ TIZIMI VA UNING VAZIFALARI
Davlat budjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Soliq
iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish
shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soliq –
bu davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy
mablag‘larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan
budjetga majburiy to‘lovlarni undirish shakli.
Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta
taqsimlanadi.
Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va
usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:
- davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
- ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
- iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).
Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari
miqyosining o‘sishi o‘z navbatida soliqlarning o‘sishini taqozo qiladi va uning
darajasini belgilab beradi.
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo‘lgan davlat sarflarining va shunga mos
ravishda soliq hajmining o‘sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
1. Aholi sonining o‘sishi.
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya.
3. Atrof-muhitning ifloslanishi.
4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish.
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining
o‘sishi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy
tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog‘liq bo‘lmagan holda soliq
undirishning majburiyligi;
- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllari
uchun soliq me’yorlarining rag‘batlantiruvchi rolini ta’minlash;
- soliq to‘lovi bo‘yicha barcha subyektlar majburiyati ustidan moliyaviy
nazorat.
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
1.
Naflilik tamoyili – turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga
moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq
undirilishi kerakligini bildiradi.
2.
To‘lovga layoqatlilik tamoyili – soliq miqdori soliq to‘lovchining
boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq
solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.
3.
Adolatlilik tamoyili – daromadlari va hukumat dasturlaridan
foydalanish darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan kishilar teng miqdorda soliq to‘lashi
zarur.
Soliq bo‘yicha imtiyozlar qonunchilikda belgilangan tartib va sharoitlar
asosida o‘rnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng
tarqalgan:
- obyektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;
- soliq to‘lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan, urush
faxriylarini) ozod qilish;
- soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;
- soliq olinadigan summadan chegirish;
- soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma’lum
miqdorga kamaytirish).
Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi
ifodasi soliq stavkasi (R`) deyiladi:
R
R`
D 100%.
Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi.
Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda
progressiv (o‘sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib
boruvchi) soliqlarga bo‘linadi (21.1-rasm).
Daromad hajmi
21.1-rasm. Progressiv, proporsional va regressiv soliqlarning grafik
ko‘rinishi
1.
Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘sib boruvchi
soliqlar progressiv soliqlar deyiladi.
2.
Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi
soliqlar regressiv soliqlar deyiladi.
3.
Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘zgarishsiz
qoluvchi soliqlar proporsional soliqlar deyiladi.
Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot
tannarxiga qo‘shilish usuli (to‘g‘ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab
ham turkumlanadi.
Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‘sishiga
olib kelishini birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning
mulohazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan
tashqari oshirish ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan rag‘batini susaytiradi, fan-
texnika taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va oxiroqibatda,
davlat budjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Soliq
stavkasi
progressiv soliq
proporsional soliq
regressiv soliq